TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

22,4 KB


TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI
Reja:
1. Badiiy tahlilda sub’ekt muammosi.
2. Badiiy tahlilda ob’ekt va sub’ekt tushunchasi
3. Badiiy asarga xolis yondashish.
4. Badiiy asarga yondashishda munaqqid faoliyatining o’rni
5. tahlilida savol va topshiriqlarning ahamiyati.
6.
Tayanch tushunchalar:
    O’quv  tahlil  ,  Tahlilning  yo’naltirilganligi,  shaxs  tushunchasi,  Tahlil
qatnashchilarining o’zaro munosabatlari, tahlil-kashfiyot, obe’ktiv munosabat, joy
va qatnashchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra cheklanishlari.
 Badiiy asarning ilmiy tahlilini amalga oshirishda unda tabiiy ravishda namoyon
bo‘ladigan ob’ekt va sub’ekt munosabatidagi o‘ziga xoslikni hisobga olish ham
alohida  ahamiyat kasb  etadi.  Negaki,  tekshirilayotgan  estetik  hodisa  va  uni
yaratgan  kishi  bilan  ushbu  badiiy  hodisani  tekshirayotgan  shaxs  o‘rtasidagi
munosabatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi tekshiruv natijasining qimmatiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi aniq. Shunisi ham borki, subyekt va ob’ekt tushunchalari yon
dashuv  qaysi  nuqtadan  yo‘naltirilganiga  qarab,  tez  o‘zgarib ketishga  moyil
hodisalardir. Shu sabab ba’zan ularni bir- biridan farqlash qiyin bo‘lib qoladi.
 Falsafiy va estetik ma’nolardagi subyekt atamasi lotincha “subjectum” so‘zidan
kelib chiqqan bo‘lib, «ega» ma’nosini bildiradi. Ilmiy atama sifatida esa subyekt
bilish hamda faoliyat ko‘rsatishga qodir ong va irodaga ega shaxsni anglatadi.
Obyekt termini lotincha «objectum» so‘zidan olinib, «narsa» ma’nosini bildiradi.
Ilmiy tushuncha sifatida esa u inson va uning tafakkuridan tashqarida mavjud
Logotip
TAHLILDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATI Reja: 1. Badiiy tahlilda sub’ekt muammosi. 2. Badiiy tahlilda ob’ekt va sub’ekt tushunchasi 3. Badiiy asarga xolis yondashish. 4. Badiiy asarga yondashishda munaqqid faoliyatining o’rni 5. tahlilida savol va topshiriqlarning ahamiyati. 6. Tayanch tushunchalar: O’quv tahlil , Tahlilning yo’naltirilganligi, shaxs tushunchasi, Tahlil qatnashchilarining o’zaro munosabatlari, tahlil-kashfiyot, obe’ktiv munosabat, joy va qatnashchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra cheklanishlari. Badiiy asarning ilmiy tahlilini amalga oshirishda unda tabiiy ravishda namoyon bo‘ladigan ob’ekt va sub’ekt munosabatidagi o‘ziga xoslikni hisobga olish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, tekshirilayotgan estetik hodisa va uni yaratgan kishi bilan ushbu badiiy hodisani tekshirayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi tekshiruv natijasining qimmatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Shunisi ham borki, subyekt va ob’ekt tushunchalari yon dashuv qaysi nuqtadan yo‘naltirilganiga qarab, tez o‘zgarib ketishga moyil hodisalardir. Shu sabab ba’zan ularni bir- biridan farqlash qiyin bo‘lib qoladi. Falsafiy va estetik ma’nolardagi subyekt atamasi lotincha “subjectum” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ega» ma’nosini bildiradi. Ilmiy atama sifatida esa subyekt bilish hamda faoliyat ko‘rsatishga qodir ong va irodaga ega shaxsni anglatadi. Obyekt termini lotincha «objectum» so‘zidan olinib, «narsa» ma’nosini bildiradi. Ilmiy tushuncha sifatida esa u inson va uning tafakkuridan tashqarida mavjud
bo‘lib, uni bilishga urinayotgan shaxs uchun faoliyat, til, ilm va san’at shaklida
namoyon bo‘ladigan mustaqil real borliqni anglatadi
Adabiy-estetik ma’noda «obyekt» tushunchasi sub’ektning xohish-irodasidan
tashqarida mavjud bo‘lib, uning faoliyati qaratilgan va o‘qigan kishiga estetik ta’sir
ko‘rsatadigan badiiy asarni anglatadi.
Badiiy-estetik  «subyekt»  biror  badiiy  asarni  tekshirish  natijasida  unga  xos
bo‘lgan xususiyatlarni kashf etgan va o‘z kuzatish natijalaridan boshqa kishilarni
ham xabardor qilishni ko‘zda tutgan shaxsni bildiradi. Biror badiiy asar  bilan
tanishmoqchi bo‘lgan o‘qirman, o‘quvchi va talabaga hamda  muayyan adabiy
yaratiqqa  xos  xususiyatlarni  tekshirmoqchi  bo‘lgan  adabiyotshunosga  tatbiqan
badiiy  asar  obyekt  hisoblanadi  shu  asar  bilan  tanishmoqchi  yoxud  uni
o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar esa subyekt sanaladi.
Har qanday badiiy asar obyektivlik va subyektivlikning  ajralmas birligidan
dunyoga kelgan bo‘ladi. Negaki, chinakam  san’atkor badiiy asarida real borliqni
shunchaki  boriday  ko‘rsatib  qo‘ya  qolmaydi,  balki  voqelikni  o‘z  shaxsiyati
prizmaidan o‘tkazib, uni muayyan darajada sub’ektivlashtirib aks ettiradi. Adabiy
asarga  tahliliy  yondashish  amaliyoti  uchun  badiiy  tasvirning  ob’ektivligi  va
ifodaning sub’ektivligi ko‘zda tutish katta metodik ahamiyat kasb etadi. Odatda
badiiy asar shunchaki o‘qilayotganda ham, maxsus ilmiy tek- shirilayotganda ham
undagi  ob’ektiv  jihatlarga  ko‘proq  e’tibor  qaratiladiki,  bu  asar  haqidagi
tasavvurning  bir  qadar  kambag‘allashuviga  olib  keladi.  Badiiy  asarning  faqat
ob’ektiv jihatini tekshirishga qaratilgan yondashuv istasa-istamasa san’atning inson
ruhiy  faoliyatining  bir  turi  sifagidagi  ahamiyatini  pasaytirib,  oxir-oqibatda,
adabiyot  hayotning illyustratsiyasiginadir degan yanglish to‘xtamga olib keladi.
Bunday yondashuvda adabiy asarning ko‘p jihatdan muallif sub’ektiga bog‘liq
bo‘lgan jonli hissiy mazmun,ehtiros va ko‘tarinki ruhi hisobga olinmagan bo‘ladi.
Bilishning  ob’ekti  sifatida  borliqdagi  barcha  boshqa  ob’ektlardan  jiddiy  farq
qiladigan  badiiy  asar  sof  bir  ob’ekt,  mavjudlik  sifatida  ilmiy  bilishga  qarshi
turmaydi  Sub’ektivlik  bilan  sug‘orilgan  va  sub’ektga  qaratilgan
adabiyotshunoslikning tadqiqot materiali kishi ilmiy tafakkurini doimiy boyitib
boradigan faol xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmning tekshirish ob’ekti sifatidagi badiiy
asarga xos xususiyatlar milliy adabiyotshunoslikda dsyar li o‘rganilmagan. Ulkan
Logotip
bo‘lib, uni bilishga urinayotgan shaxs uchun faoliyat, til, ilm va san’at shaklida namoyon bo‘ladigan mustaqil real borliqni anglatadi Adabiy-estetik ma’noda «obyekt» tushunchasi sub’ektning xohish-irodasidan tashqarida mavjud bo‘lib, uning faoliyati qaratilgan va o‘qigan kishiga estetik ta’sir ko‘rsatadigan badiiy asarni anglatadi. Badiiy-estetik «subyekt» biror badiiy asarni tekshirish natijasida unga xos bo‘lgan xususiyatlarni kashf etgan va o‘z kuzatish natijalaridan boshqa kishilarni ham xabardor qilishni ko‘zda tutgan shaxsni bildiradi. Biror badiiy asar bilan tanishmoqchi bo‘lgan o‘qirman, o‘quvchi va talabaga hamda muayyan adabiy yaratiqqa xos xususiyatlarni tekshirmoqchi bo‘lgan adabiyotshunosga tatbiqan badiiy asar obyekt hisoblanadi shu asar bilan tanishmoqchi yoxud uni o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxslar esa subyekt sanaladi. Har qanday badiiy asar obyektivlik va subyektivlikning ajralmas birligidan dunyoga kelgan bo‘ladi. Negaki, chinakam san’atkor badiiy asarida real borliqni shunchaki boriday ko‘rsatib qo‘ya qolmaydi, balki voqelikni o‘z shaxsiyati prizmaidan o‘tkazib, uni muayyan darajada sub’ektivlashtirib aks ettiradi. Adabiy asarga tahliliy yondashish amaliyoti uchun badiiy tasvirning ob’ektivligi va ifodaning sub’ektivligi ko‘zda tutish katta metodik ahamiyat kasb etadi. Odatda badiiy asar shunchaki o‘qilayotganda ham, maxsus ilmiy tek- shirilayotganda ham undagi ob’ektiv jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratiladiki, bu asar haqidagi tasavvurning bir qadar kambag‘allashuviga olib keladi. Badiiy asarning faqat ob’ektiv jihatini tekshirishga qaratilgan yondashuv istasa-istamasa san’atning inson ruhiy faoliyatining bir turi sifagidagi ahamiyatini pasaytirib, oxir-oqibatda, adabiyot hayotning illyustratsiyasiginadir degan yanglish to‘xtamga olib keladi. Bunday yondashuvda adabiy asarning ko‘p jihatdan muallif sub’ektiga bog‘liq bo‘lgan jonli hissiy mazmun,ehtiros va ko‘tarinki ruhi hisobga olinmagan bo‘ladi. Bilishning ob’ekti sifatida borliqdagi barcha boshqa ob’ektlardan jiddiy farq qiladigan badiiy asar sof bir ob’ekt, mavjudlik sifatida ilmiy bilishga qarshi turmaydi Sub’ektivlik bilan sug‘orilgan va sub’ektga qaratilgan adabiyotshunoslikning tadqiqot materiali kishi ilmiy tafakkurini doimiy boyitib boradigan faol xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmning tekshirish ob’ekti sifatidagi badiiy asarga xos xususiyatlar milliy adabiyotshunoslikda dsyar li o‘rganilmagan. Ulkan
rus adabiyotshunosi M. M. Baxtin o‘zining «Adabiyotshunoslik metodologiyasi
sari»  maqolasida ushbu  muammoga  atroflicha  to‘xtalib,  ilmiy  bilishning
adabiyottanuv deb atalmish alohida shaklini «...badiiy asar vositachiligida muaplif
va o‘qirmandan iborat ikki shaxsning dialogi tarzidagi bilishdir»- degan fikrga
keladi. Bu muhim xulosaning tabiiy oqibati sifatida adabiyotshunoslik borasidagi
ilmiy bilishning tugallanmasligi, oxiri yo‘qligi ayon bo‘ladi. Negaki, muayyan
badiiy asar va uning muallifi bilan necha davrlar mobaynida tinimsiz almashib
turadigan  o‘qirmanlar  avlodi  o‘rtasidagi  dialog,  musohaba davom  etar  ekan,
bunday bilishning biror joyda to‘xtashi mumkin bo‘lmaydi.
Ayrimlarda  adabiyotshunoslikning  ob’ektini  ob’ektivlashtirish  mumkin
emasligi borasidagi qarashida, ehtimoi M. M. Baxtin oshirinqirabroq yuborgandir,
degan ishtiboq paydo bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asarning tadqiqotchi fikri
qarshisida  ob’ektiv  va  bir  qadar  turg‘un  hodisa  sifatida  hozir  bo‘lishi
ta’minlanmaydi, faqat adoqsiz dialog shaklida davom etaveradigan bilish jarayoni
xolis ilmiy xulosalarga kelish imkonini  bermaydi. Demak, badiiy asar  haqida
ob’ektiv  va  xolis  ilmiy  fikr  aytish  mumkin  emas deyishadi  bunday  qarash
tarafdorlari.  Ammo  ularning  xavotir  va  xulosalari,  bizningcha,  asosli  emas.
Chindan  ham  muallif  va  tahlilchi  (o‘qirman)  dialogi  zamonlar  osha  to‘xtam
bilmaydi. Har bir yangi tahlilchi yoki o‘qirman muayyan bir asarga o‘z didi,
saviyasi, dunyoqarashi nuqtai nazari bilan yondashadi va undan o‘z qarashlaridan
kelib chiqib yutuq hamda kamchiliklar topadi. Lekin asl badiiy asar mohiyatida har
qanday dunyoqarash, saviya va didlar sinoviga dosh beradigan  shunday badiiy
haqiqat va qadriyatlar bo‘ladiki, ular turli avlod vakillarida ham bir-biriga yaqin
qarashlar paydo qiladi.
Shuning  uchun  ham  M.  Baxtinning  adabiyotshunoslik  metodologiyasining
g‘oyat o‘ziga xosligi borasidagi to‘xtamlari asosli ekaniga qo‘shilish kerak bo‘ladi.
Birinchidan, adabiy asarni idrok etishgina emas, balki uni ilmiy bilish kechimi ham
aniq  fanlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p sub’ektivlik xususiyatiga ega.
Chunki adabiy asarni  ilmiy bilishdan oldin  undagi sub’ekt tomonidan amalga
oshirilgan ob’ektiv tasvirpar boshqa bir sub’ekt tomonidan sub’ektiv idrok etilishi
kerak bo‘ladi. Keyin, agar muayyan asar tovush, so‘z va jumlalarning shunchaki
uyumi sifatida emas, balki uning  haqiqiy holati bo‘lmish badiiy-estetik hodisa
Logotip
rus adabiyotshunosi M. M. Baxtin o‘zining «Adabiyotshunoslik metodologiyasi sari» maqolasida ushbu muammoga atroflicha to‘xtalib, ilmiy bilishning adabiyottanuv deb atalmish alohida shaklini «...badiiy asar vositachiligida muaplif va o‘qirmandan iborat ikki shaxsning dialogi tarzidagi bilishdir»- degan fikrga keladi. Bu muhim xulosaning tabiiy oqibati sifatida adabiyotshunoslik borasidagi ilmiy bilishning tugallanmasligi, oxiri yo‘qligi ayon bo‘ladi. Negaki, muayyan badiiy asar va uning muallifi bilan necha davrlar mobaynida tinimsiz almashib turadigan o‘qirmanlar avlodi o‘rtasidagi dialog, musohaba davom etar ekan, bunday bilishning biror joyda to‘xtashi mumkin bo‘lmaydi. Ayrimlarda adabiyotshunoslikning ob’ektini ob’ektivlashtirish mumkin emasligi borasidagi qarashida, ehtimoi M. M. Baxtin oshirinqirabroq yuborgandir, degan ishtiboq paydo bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asarning tadqiqotchi fikri qarshisida ob’ektiv va bir qadar turg‘un hodisa sifatida hozir bo‘lishi ta’minlanmaydi, faqat adoqsiz dialog shaklida davom etaveradigan bilish jarayoni xolis ilmiy xulosalarga kelish imkonini bermaydi. Demak, badiiy asar haqida ob’ektiv va xolis ilmiy fikr aytish mumkin emas deyishadi bunday qarash tarafdorlari. Ammo ularning xavotir va xulosalari, bizningcha, asosli emas. Chindan ham muallif va tahlilchi (o‘qirman) dialogi zamonlar osha to‘xtam bilmaydi. Har bir yangi tahlilchi yoki o‘qirman muayyan bir asarga o‘z didi, saviyasi, dunyoqarashi nuqtai nazari bilan yondashadi va undan o‘z qarashlaridan kelib chiqib yutuq hamda kamchiliklar topadi. Lekin asl badiiy asar mohiyatida har qanday dunyoqarash, saviya va didlar sinoviga dosh beradigan shunday badiiy haqiqat va qadriyatlar bo‘ladiki, ular turli avlod vakillarida ham bir-biriga yaqin qarashlar paydo qiladi. Shuning uchun ham M. Baxtinning adabiyotshunoslik metodologiyasining g‘oyat o‘ziga xosligi borasidagi to‘xtamlari asosli ekaniga qo‘shilish kerak bo‘ladi. Birinchidan, adabiy asarni idrok etishgina emas, balki uni ilmiy bilish kechimi ham aniq fanlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p sub’ektivlik xususiyatiga ega. Chunki adabiy asarni ilmiy bilishdan oldin undagi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan ob’ektiv tasvirpar boshqa bir sub’ekt tomonidan sub’ektiv idrok etilishi kerak bo‘ladi. Keyin, agar muayyan asar tovush, so‘z va jumlalarning shunchaki uyumi sifatida emas, balki uning haqiqiy holati bo‘lmish badiiy-estetik hodisa
tarzida  o‘rganilmoqchi bo‘lsa, o‘sha asarni dastlabki o‘qish paytidagi  ob’ektiv
taassurot so‘zsiz hisobga olinishi lozim bo‘ladi.  Aks holda o‘rganilayotgan asar
tahlili yo matnning nutqiy tarkibini tekshirish yoki mafkuraviy jihatdan e’tiborga
loyiq  fikrlarni  talqin  qilish  bo‘ladiyu,  ammo  badiiy  asarni  mlmiy  tahlil  etish
darajasiga chiqolmaydi.
    Badiiy asar tekshiruvchida uyg‘otgan his-tuyg‘ular va ularning badiiy ifodasi
ilmiy bilishning ob’ektiga aylangandagina badiiy tahlil natijasida asarning qaysidir
muhim jiddiy qirrasi ochilishi mumkin. Agar asar loqayd idrok etilsa, uni ilmiy
tekshirish natijasida personajlarning yurish-turishi, qilgan ishlari, aytgan gaplari
borasidagi  na ilmiy va na estetik qimmati bor bir hovuch axborotgagina ega
bo‘linadi.  Boshqacha  aytganda,  sub’ektiv  idrokka asoslanmagan  ilmiy  tahlilda
hamisha asarning tashqi jihatlarinigina ko‘rib, mohiyatini anglamay qolish xavfi
bo‘ladi. Shundan ma’lumki, tadqiqotchining tekshirilayotgan asar ichiga «kirishi»
va yoki, aksincha, asarning badiiy olamini o‘z ichki olamiga «kiritishi» ilmiy
tahlilning  zarur  omili  ekap.  Demak,  nafaqat  badiiy  asarning  o‘zi,  balki
tadqiqotchida shu asar uyg‘otgan fikriy va hissiy taassurotlar ham ilmiy tadqiqot
ob’ekti bo‘lishi kerak. Tushunarliki, bu taassurotlar yo‘q joydan paydo bo‘lmay,
asardan, ya’ni ob’ektdan kelib chiqadi. Badiiy asarning ilmiy tahlili badiiy matnga
tayangani va shu material bilan ish ko‘rgani uchun ham bu jarayonda adabiy asarga
xos ob’ektiv jihat-xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Adabiyotshunos olimning ruhiyat olamini badiiy asarni ilmiy tekshirishning
yolg‘iz quroli, tuyg‘u va fikrlarini esa ham asar estetik haroratini aniqlaydigan
o‘lchagich, ham asar mazmuni salmog‘ini tortadigan tarozi, ham syujetning turli
nuqtalaridagi kuchlanishlar darajasini belgilaydigap aniqlagich deyish mumkin.
Ko‘rinadiki, aytilgan sof sub’ektiv omillardan tashqari, badiiy asar haqida ob’ektiv
ilmiy  xulosa  chiqarishning  boshqa  uskunalari  mavjud  emas.  Demak.
tekshirilayotgan badiiy asarning qimmatini o‘lchaydigai vositalar:
taxlilchining
ruhiyat olami, qarashlari va
tuyg‘ulari tizimi ekan hamda bu vosita har bir sinchida betakror ko‘rinishga ega
ekan,  tahlil  natijasida  kelinadigap  to‘xtamning  ham  o‘ta  sub’ektiv  bo‘lishi
mantiqqa muvofikdir.
Logotip
tarzida o‘rganilmoqchi bo‘lsa, o‘sha asarni dastlabki o‘qish paytidagi ob’ektiv taassurot so‘zsiz hisobga olinishi lozim bo‘ladi. Aks holda o‘rganilayotgan asar tahlili yo matnning nutqiy tarkibini tekshirish yoki mafkuraviy jihatdan e’tiborga loyiq fikrlarni talqin qilish bo‘ladiyu, ammo badiiy asarni mlmiy tahlil etish darajasiga chiqolmaydi. Badiiy asar tekshiruvchida uyg‘otgan his-tuyg‘ular va ularning badiiy ifodasi ilmiy bilishning ob’ektiga aylangandagina badiiy tahlil natijasida asarning qaysidir muhim jiddiy qirrasi ochilishi mumkin. Agar asar loqayd idrok etilsa, uni ilmiy tekshirish natijasida personajlarning yurish-turishi, qilgan ishlari, aytgan gaplari borasidagi na ilmiy va na estetik qimmati bor bir hovuch axborotgagina ega bo‘linadi. Boshqacha aytganda, sub’ektiv idrokka asoslanmagan ilmiy tahlilda hamisha asarning tashqi jihatlarinigina ko‘rib, mohiyatini anglamay qolish xavfi bo‘ladi. Shundan ma’lumki, tadqiqotchining tekshirilayotgan asar ichiga «kirishi» va yoki, aksincha, asarning badiiy olamini o‘z ichki olamiga «kiritishi» ilmiy tahlilning zarur omili ekap. Demak, nafaqat badiiy asarning o‘zi, balki tadqiqotchida shu asar uyg‘otgan fikriy va hissiy taassurotlar ham ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘lishi kerak. Tushunarliki, bu taassurotlar yo‘q joydan paydo bo‘lmay, asardan, ya’ni ob’ektdan kelib chiqadi. Badiiy asarning ilmiy tahlili badiiy matnga tayangani va shu material bilan ish ko‘rgani uchun ham bu jarayonda adabiy asarga xos ob’ektiv jihat-xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Adabiyotshunos olimning ruhiyat olamini badiiy asarni ilmiy tekshirishning yolg‘iz quroli, tuyg‘u va fikrlarini esa ham asar estetik haroratini aniqlaydigan o‘lchagich, ham asar mazmuni salmog‘ini tortadigan tarozi, ham syujetning turli nuqtalaridagi kuchlanishlar darajasini belgilaydigap aniqlagich deyish mumkin. Ko‘rinadiki, aytilgan sof sub’ektiv omillardan tashqari, badiiy asar haqida ob’ektiv ilmiy xulosa chiqarishning boshqa uskunalari mavjud emas. Demak. tekshirilayotgan badiiy asarning qimmatini o‘lchaydigai vositalar: taxlilchining ruhiyat olami, qarashlari va tuyg‘ulari tizimi ekan hamda bu vosita har bir sinchida betakror ko‘rinishga ega ekan, tahlil natijasida kelinadigap to‘xtamning ham o‘ta sub’ektiv bo‘lishi mantiqqa muvofikdir.
Shu o‘rinda nazariya uchun g‘oyat muhim bo‘lgan tabiiy bir savol tug‘iladi:
adabiyot ilmida sub’ektivizmning o‘rni shu qadar katta bo‘lsa, to‘la sub’ektivizmga
o‘tib  ketmaslik,  adabiy  yaratiq  borasidagi  qarashlarni  ob’ektivlashtirish,
xolislashtirishning qanday yo‘li bor? Adabiy asar to‘g‘risida ob’ektiv fikr bildirish
mumkinmi o‘zi? Tajriba ko‘rsatadiki, adabiy ob’ekt ta’sirida paydo bo‘ladigan
sezimlarning o‘zini ob’ek- tivlashtirish, ularga tashqaridan xolis nazar tashlash
mumkii ekan. Tadqiqotchi-o‘qirmanning o‘z his-tuyg‘ulari haqqoniyligi haqida
o‘ylay boshlashining o‘zi ob’ektiv ilmiy tahlil sari tashlangan ilk muhim qadam
hisoblanadi.
Adabiyotshunos-o‘qirmanning o‘z taassurotlari  borasida:  “Ular o‘zi nima?”,
«Qayerdan, nega paydo bo‘ldi?» va, eng muhimi, «Bu taassurot va tuyg‘ularim
asarning mohiyatidan kelib ziqqanmi yoki u boradagi tasodifiy sezimlarimdangina
iboratmi?» tarzida hisob berishi esa ilmiy taxlilni amalga oshirish sari qo‘yilgan
ikkinchi qadami bo‘ladi. Taxlilga doir yumushlarning asl mohiyati shunda, bu
adabiyotshunosni ilmiy xolislik sari olib borishi mumkin bo‘lgan yolg‘iz va to‘g‘ri
yo‘ldir. Badiiy tahlilning ob’ektivligi, xolisligi sub’ekt, ya’ni adabiyottanuvchining
badiiy asarga ob’ekt sifatida yondashishi, uning o‘zigagina xos qonuniyatlarni
topib, uning barcha unsurlari ana shu qonuniyatlarga qanchalik bo‘ysunganligini
tekshirishi orqali ta’minlanadi.
Tahlil  qiluvchining  asardan  olgan  taassurotlari  asarning  asl  xususiyatlariga
to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini, mabodo to‘g‘ri kelmasa, to‘g‘ri keltirish haqida
chinakamiga bosh qotirish sinchining bilish predmetini yanada ob’ektivlashtiradi.
Adabiyotshunoslikdagi  ilmiylik  tamoyili  asardan  olingan  ilk  taassurotlarni
mutlaqlashtirib, unda nuqson ko‘rmaslikni emas, balki doimo o‘z taassurotlaridan
shubhalanib, ularning asosli ekanini izchillik bilan tekshirib turishni taqozo qiladi.
“Buning eng maqbul amaliy yo‘li asarni qayta o‘qish, qayta o‘qishgina emas, balki
qayta-qayta o‘qishdir. Professional adabiyotshunos o‘zida ilk o‘qiganda qolgan
taassurotlarni  takrorlash  uchun emas,  balki  ularning haqqoniyligini  sinchiklab,
hatto, ijikilab tekshirib ko‘rish maqsadida qayta-qayta o‘qish odatini shakllantirishi
kerak», deb yozadi badiiy tahlil tamoyil va usullari bilan maxsus shug‘ullangan rus
olimi A. Yesin. Chindan ham asarning san’at hodisasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan
Logotip
Shu o‘rinda nazariya uchun g‘oyat muhim bo‘lgan tabiiy bir savol tug‘iladi: adabiyot ilmida sub’ektivizmning o‘rni shu qadar katta bo‘lsa, to‘la sub’ektivizmga o‘tib ketmaslik, adabiy yaratiq borasidagi qarashlarni ob’ektivlashtirish, xolislashtirishning qanday yo‘li bor? Adabiy asar to‘g‘risida ob’ektiv fikr bildirish mumkinmi o‘zi? Tajriba ko‘rsatadiki, adabiy ob’ekt ta’sirida paydo bo‘ladigan sezimlarning o‘zini ob’ek- tivlashtirish, ularga tashqaridan xolis nazar tashlash mumkii ekan. Tadqiqotchi-o‘qirmanning o‘z his-tuyg‘ulari haqqoniyligi haqida o‘ylay boshlashining o‘zi ob’ektiv ilmiy tahlil sari tashlangan ilk muhim qadam hisoblanadi. Adabiyotshunos-o‘qirmanning o‘z taassurotlari borasida: “Ular o‘zi nima?”, «Qayerdan, nega paydo bo‘ldi?» va, eng muhimi, «Bu taassurot va tuyg‘ularim asarning mohiyatidan kelib ziqqanmi yoki u boradagi tasodifiy sezimlarimdangina iboratmi?» tarzida hisob berishi esa ilmiy taxlilni amalga oshirish sari qo‘yilgan ikkinchi qadami bo‘ladi. Taxlilga doir yumushlarning asl mohiyati shunda, bu adabiyotshunosni ilmiy xolislik sari olib borishi mumkin bo‘lgan yolg‘iz va to‘g‘ri yo‘ldir. Badiiy tahlilning ob’ektivligi, xolisligi sub’ekt, ya’ni adabiyottanuvchining badiiy asarga ob’ekt sifatida yondashishi, uning o‘zigagina xos qonuniyatlarni topib, uning barcha unsurlari ana shu qonuniyatlarga qanchalik bo‘ysunganligini tekshirishi orqali ta’minlanadi. Tahlil qiluvchining asardan olgan taassurotlari asarning asl xususiyatlariga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini, mabodo to‘g‘ri kelmasa, to‘g‘ri keltirish haqida chinakamiga bosh qotirish sinchining bilish predmetini yanada ob’ektivlashtiradi. Adabiyotshunoslikdagi ilmiylik tamoyili asardan olingan ilk taassurotlarni mutlaqlashtirib, unda nuqson ko‘rmaslikni emas, balki doimo o‘z taassurotlaridan shubhalanib, ularning asosli ekanini izchillik bilan tekshirib turishni taqozo qiladi. “Buning eng maqbul amaliy yo‘li asarni qayta o‘qish, qayta o‘qishgina emas, balki qayta-qayta o‘qishdir. Professional adabiyotshunos o‘zida ilk o‘qiganda qolgan taassurotlarni takrorlash uchun emas, balki ularning haqqoniyligini sinchiklab, hatto, ijikilab tekshirib ko‘rish maqsadida qayta-qayta o‘qish odatini shakllantirishi kerak», deb yozadi badiiy tahlil tamoyil va usullari bilan maxsus shug‘ullangan rus olimi A. Yesin. Chindan ham asarning san’at hodisasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan
yangi qirralari, tafsil (detal) va nozik jihatlarini ochishga xizmat qiladigan qayta
o‘kish badiiy matnni ilmiy anglash yo‘lidagi muhim omildir.
Aytilganlardan anglashiladiki, ilk taassurotlarning hamisha tahrirga muhtojlik
ehtimoli katta bo‘lganidan bir marta o‘qiboq qilinadigan badiiy tahlil ishonchli
chiqmaydi. Sinchi oldida unchalik muallif yozgan asarni emas, undan ham yomoni,
mutlaqo muallif yozgan asarni emas, balki o‘zining ilk tasavvuridagi tamomila
boshqa bir xayoliy bitikni tahlil qilib qo‘yish xavfi paydo bo‘ladi. Holbuki, maktab
adabiyot  o‘qitish  amaliyotida  har  doim,  hatto,  oliy  filologik  ta’limda  ham
ko‘pincha asarni bir marta o‘qigandan keyinoq tahlil qilishga odatlanilgan. Asarni
tahlil qilish jarayonida muallif yoki domlalarga ergashmay, mustaqil fikrlash talab
etiladi-yu, ammo o‘quvchi va talabalar qayta o‘qishga yo‘naltirilmaydi. Shunday
bo‘lgach, o‘quv tahlili ko‘pincha syujetning esda qolgan jo‘ngina qayta hikoyasi
yoxud asarning g‘oyasi to‘g‘risida qolipdagi yodaki xulosalar berishdan iborat
bo‘lib qolishidan ajablanish kerak emas. Ilmiy tahlil qilinadigan badiiy material
hali yetarlicha o‘zlashtirib olinmagani sababli, ayniqsa, murakkab tarkibli o‘ziga
xos  asarlar  bilan  ish  ko‘rilganda,  ilk  taassurot  va  tasavvurlar  mutlaqo  kifoya
qilmaydi.
Badiiy asarni auditoriyadagi barcha o‘quvchi va talabalar bilan birga qayta
o‘qish  samarali  bo‘ladi.  Katta  hajmli  asarlarning,  hech  bo‘lmaganda,  muhim
o‘rinlarini,  kichik  hajmli  asarlarni  esa,  to‘lig‘icha  izohlab  qayta  o‘qish,  tala-
balarning imkoni ko‘tarsa, bir necha bor qayta o‘kish ilmiY tahlil sari ochilgan yo‘l
deyish mumkin. Qayta o‘qish badiiy asar tahliliga tayyorgarlikning yo‘l-yo‘lakay
emas, balki eng muhim usulidir. Adabiy ta’lim shu tarzda amalga oshirilgandagina
yoshlar o‘rganilayotgan badiiy matnga sinchkovlik bilan qarashga odatlanadilar.
     Badiiy tahlilda ob’ekt anglashilishi va sub’ekt uni tuyishi uchun sub’ekt ma’lum
darajada ob’ektlashishi, ob’ekt esa imkoni boricha sub’ektlashtirilishi zarur. Ya’ni
badiiy  asarni  tushunish  va  tahlil  etishda  ob’ekt  falsafa  ilmidagi  kabi  holicha
qimmatga ega emas, u sub’ekt tomonidan anglangan darajadagina qimmatga ega
bo‘ladi.  Yetuk  bir  asar  uni  anglashga  chog‘i  kelmagan  tahlilchi  tomonidan
tushunilmasligi, aslida g‘arib bir bitik  esa zo‘r asar sifatida taqdim etilishi ham
mumkin.  Negaki,  tahlilchining  tafakkur  darajasi  va  ichki  ruhiy  olami  estetik
ob’ektni  idrok  etish  va  izohlashning  asosiy  vositalaridir.  Shuning uchun  ham
Logotip
yangi qirralari, tafsil (detal) va nozik jihatlarini ochishga xizmat qiladigan qayta o‘kish badiiy matnni ilmiy anglash yo‘lidagi muhim omildir. Aytilganlardan anglashiladiki, ilk taassurotlarning hamisha tahrirga muhtojlik ehtimoli katta bo‘lganidan bir marta o‘qiboq qilinadigan badiiy tahlil ishonchli chiqmaydi. Sinchi oldida unchalik muallif yozgan asarni emas, undan ham yomoni, mutlaqo muallif yozgan asarni emas, balki o‘zining ilk tasavvuridagi tamomila boshqa bir xayoliy bitikni tahlil qilib qo‘yish xavfi paydo bo‘ladi. Holbuki, maktab adabiyot o‘qitish amaliyotida har doim, hatto, oliy filologik ta’limda ham ko‘pincha asarni bir marta o‘qigandan keyinoq tahlil qilishga odatlanilgan. Asarni tahlil qilish jarayonida muallif yoki domlalarga ergashmay, mustaqil fikrlash talab etiladi-yu, ammo o‘quvchi va talabalar qayta o‘qishga yo‘naltirilmaydi. Shunday bo‘lgach, o‘quv tahlili ko‘pincha syujetning esda qolgan jo‘ngina qayta hikoyasi yoxud asarning g‘oyasi to‘g‘risida qolipdagi yodaki xulosalar berishdan iborat bo‘lib qolishidan ajablanish kerak emas. Ilmiy tahlil qilinadigan badiiy material hali yetarlicha o‘zlashtirib olinmagani sababli, ayniqsa, murakkab tarkibli o‘ziga xos asarlar bilan ish ko‘rilganda, ilk taassurot va tasavvurlar mutlaqo kifoya qilmaydi. Badiiy asarni auditoriyadagi barcha o‘quvchi va talabalar bilan birga qayta o‘qish samarali bo‘ladi. Katta hajmli asarlarning, hech bo‘lmaganda, muhim o‘rinlarini, kichik hajmli asarlarni esa, to‘lig‘icha izohlab qayta o‘qish, tala- balarning imkoni ko‘tarsa, bir necha bor qayta o‘kish ilmiY tahlil sari ochilgan yo‘l deyish mumkin. Qayta o‘qish badiiy asar tahliliga tayyorgarlikning yo‘l-yo‘lakay emas, balki eng muhim usulidir. Adabiy ta’lim shu tarzda amalga oshirilgandagina yoshlar o‘rganilayotgan badiiy matnga sinchkovlik bilan qarashga odatlanadilar. Badiiy tahlilda ob’ekt anglashilishi va sub’ekt uni tuyishi uchun sub’ekt ma’lum darajada ob’ektlashishi, ob’ekt esa imkoni boricha sub’ektlashtirilishi zarur. Ya’ni badiiy asarni tushunish va tahlil etishda ob’ekt falsafa ilmidagi kabi holicha qimmatga ega emas, u sub’ekt tomonidan anglangan darajadagina qimmatga ega bo‘ladi. Yetuk bir asar uni anglashga chog‘i kelmagan tahlilchi tomonidan tushunilmasligi, aslida g‘arib bir bitik esa zo‘r asar sifatida taqdim etilishi ham mumkin. Negaki, tahlilchining tafakkur darajasi va ichki ruhiy olami estetik ob’ektni idrok etish va izohlashning asosiy vositalaridir. Shuning uchun ham