Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

Yuklangan vaqt

2024-07-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

369,4 KB


 
 
 
 
 
 
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Talab va taklif nazariyasi. Bozor 
muvozanati 
 
 
Reja 
1. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizigʻi.  
2. Taklif miqdoriga taʼsir ko’rsatuvchi omillar: resurslar narxi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar, boshqa tovarlar narxi, narx o’zgarishining 
kutilishi, ishlab chiqaruvchilar soni.  
3. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Talab va taklif 
miqdorlarining mos kelishi.  
4. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Talab va taklif 
egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar. Isteʼmolchi xatti-harakati 
nazariyasi. 
 
 
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizigʻi. 
Bozor holatining o’zgarishiga iste’molchi yoki xaridorning munosabati 
ularning talabi orqali namoyon bolsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
munosabati taklif orqali namoyon boladi. 
Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va 
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan 
sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi 
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab 
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 1-jadvalda ko’rsatilgan. 
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Reja 1. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizigʻi. 2. Taklif miqdoriga taʼsir ko’rsatuvchi omillar: resurslar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar, boshqa tovarlar narxi, narx o’zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar soni. 3. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi. 4. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Talab va taklif egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar. Isteʼmolchi xatti-harakati nazariyasi. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizigʻi. Bozor holatining o’zgarishiga iste’molchi yoki xaridorning munosabati ularning talabi orqali namoyon bolsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon boladi. Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 1-jadvalda ko’rsatilgan.
 
 
1-jadval. 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, kartoshka narxining 700 so’m darajasida 
yakka taklif (masalan, bitta sotuvchi taklifi) eng yuqori miqdor - 60 kg ni tashkil 
etgan. Narx pasayib borishi bilan esa taklif miqdori ham pasayib bormoqda: 600 
so’mda - 50 kg, 500 so’mda - 30 kg va h.k. 
Jadvalning navbatdagi ustunida esa kartoshkaning bozor taklifi (ya’ni, jami 
sotuvchilar tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan) miqdori ifodalanib, u ham o’z 
tavsifiga ko’ra yakka taklifga mos tushadi. Demak, narxning oshishi bilan shunga 
mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning 
tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan 
tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi. 
Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun 
rag’batlantirish vazifasini bajaradi. 
Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni 
ko’rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash 
mumkin (1-rasm). 
1-jadval. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, kartoshka narxining 700 so’m darajasida yakka taklif (masalan, bitta sotuvchi taklifi) eng yuqori miqdor - 60 kg ni tashkil etgan. Narx pasayib borishi bilan esa taklif miqdori ham pasayib bormoqda: 600 so’mda - 50 kg, 500 so’mda - 30 kg va h.k. Jadvalning navbatdagi ustunida esa kartoshkaning bozor taklifi (ya’ni, jami sotuvchilar tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan) miqdori ifodalanib, u ham o’z tavsifiga ko’ra yakka taklifga mos tushadi. Demak, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi. Iste’molchi uchun narxning oshishi to’siq rolini o’ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin (1-rasm).
 
 
 
1-rasm.Taklif egri chizig’i 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qa- tor 
omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 
1) resurslar narxi; 
2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 
3) soliq va subsidiyalar; 
4) boshqa tovarlar narxi; 
5) narx o’zgarishining kutilishi; 
6) bozordagi sotuvchilar soni. 
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi taklif  hajmining 
o’zgarishini taqozo qiladi. 
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 
1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o’rtasid mustahkam 
o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning 
oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, 
mineral o’g’itlar narxining pasayishi bug’doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari 
narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi. 
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi 
mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning 
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ко‘payadi. Masalan, 
1-rasm.Taklif egri chizig’i Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qa- tor omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 1) resurslar narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlar narxi; 5) narx o’zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni. Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi taklif hajmining o’zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o’rtasid mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o’g’itlar narxining pasayishi bug’doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi. 2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ко‘payadi. Masalan,
 
 
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi 
paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 
3. Soliqlar   va   subsidiyalar   darajasi.    Soliqlarning    aksariyat turlari 
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab 
chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga 
boj to’lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir 
tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya-davlat tomonidan aholi 
yoki korxonalarga o’z zararlarini qoplash 
yoki 
boshqa maqsadlar uchun 
qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag’) bersa, bu amalda xarajatlarni 
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 
4. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o’zgarishi ham 
mazkur tovar taklifini o’zgartiradi. Masalan, boshqa o’zgarmas sharoitlarda qo’y 
go’shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, 
qassoblar tomonidan mol go’shti taklifining oshirilishiga olib keladi. 
5. Narx o’zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o’zgarishining 
kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib 
berish xohishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin 
pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. 
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar 
qanchalik ko’p bolsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko’p boladi. 
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki 
tovar ishlab chiqarish ko’payadi. 
Taklif miqdoriga taʼsir ko’rsatuvchi omillar: resurslar narxi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar, boshqa tovarlar narxi, narx 
o’zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar soni. 
Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish 
xususiyati, saqlash 
xarajatlari va transporttashish imkoniyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq 
vaqt saqlab bolmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif 
kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy 
resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, narxning 
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksariyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to’lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya-davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o’z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsadlar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag’) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 4. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o’zgarishi ham mazkur tovar taklifini o’zgartiradi. Masalan, boshqa o’zgarmas sharoitlarda qo’y go’shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go’shti taklifining oshirilishiga olib keladi. 5. Narx o’zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o’zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. 6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bolsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko’p boladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi. Taklif miqdoriga taʼsir ko’rsatuvchi omillar: resurslar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar, boshqa tovarlar narxi, narx o’zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar soni. Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transporttashish imkoniyatlari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bolmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, narxning
 
 
o’zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab 
chiqarishga o’tish imkoniyati mavjud bo’lsa taklif o’zgaradi. Qishloq xo’jaligiga 
yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, 
yer taklifini oshirib bo’lmaydi. 
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, 
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham 
noo’zgaruvchan boladi. 
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini 
ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda 
bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx 
ko’tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi. 
Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor 
muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan 
narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham 
yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bolmaydi, 
ularga ta’sir qiluvchi ko’plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo’ladi. 
Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo’ladi. 
Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining 
muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o’z ifodasini 
muvozanatlashgan narxda topadi. 
Oldingi bandlarda ко‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta 
grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilarniz (2-
rasm). 
o’zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o’tish imkoniyati mavjud bo’lsa taklif o’zgaradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo’lmaydi. Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo’zgaruvchan boladi. Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi. Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bolmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko’plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo’ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo’ladi. Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o’z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi. Oldingi bandlarda ко‘rib chiqilgan bozor talabi va taklifi egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib, bozorning muvozanatlashgan nuqtasini hosil qilarniz (2- rasm).
 
 
 
2-rasm. Bozor muvozanati. 
Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (N) va mahsulotning 
muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, kartoshka narxi 500 so’m 
bo’lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna 
kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning 
400 so’m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvchilar 
faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor 
bo’ladilar va hokazo. 
Grafikda narxning 700 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozomi ifodalaydi. Aksincha, 300 so’m 
darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar 
bozorini tavsiflaydi. 
Bozor muvozanatini o’ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash 
mumkin: 
Tb=Tf=Nm=Mm 
 
bu yerda: Tb-talab, Tf-taklif, 
Nm-muvozanatlashgan narx, 
Mm-tovarning muvozanatli miqdori. 
Muvozanatlashgan narxning mohiyatini tushunish uchun vaqt omili katta 
2-rasm. Bozor muvozanati. Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (N) va mahsulotning muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, kartoshka narxi 500 so’m bo’lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning 400 so’m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvchilar faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor bo’ladilar va hokazo. Grafikda narxning 700 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozomi ifodalaydi. Aksincha, 300 so’m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Bozor muvozanatini o’ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash mumkin: Tb=Tf=Nm=Mm bu yerda: Tb-talab, Tf-taklif, Nm-muvozanatlashgan narx, Mm-tovarning muvozanatli miqdori. Muvozanatlashgan narxning mohiyatini tushunish uchun vaqt omili katta
 
 
ahamiyatga ega bo’ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq 
davrli muvozanat holatlarini farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim 
qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. 
Bu 
ishlab 
chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq. 
Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish orqali 
ishlab chiqarish va taklifni ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday 
vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari (masalan, dam olish va bayram kunlari) 
ishlash, ish smenasini ko’paytirish kabi tadbirlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatni 
ta’minlash uzoq muddatli davrda amal qiluvchi omillardan foydalanishni taqozo 
qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha 
quvvatlarni vujudga keltirish bilan bogliq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu 
davrda yangi korxonalarni qurish ham mumkin boladi. 
Iste’molchining tovar 
narxlarining 
o’zgarishiga   sezgirlik 
darajasini 
aniqlashda narx bo’yicha egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim 
mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bolmagan o’zgarishlar sotib olinadigan 
mahsulot miqdorida katta o’zgarishlar bolishiga olib kelishi mumkin. Bunday 
mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi 
sezilarli o’zgarish xarid miqdorida faqat katta boimagan o’zgarishlarga olib kelishi 
mumkin. 
Talab   hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda 
narxning bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi 
ko’rsatkicl, talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu 
ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning 
narx bo’yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: 
 
Bu yerda: 
 - talab miqdorining foizli o’zgarishi;  
-narxlarning foizli 
o’zgarishi. 
Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi tovarning muayyan narx darajasi 
uchun alohida hisoblanadi. Masalan, 1-jadval asosida kartoshkaga talabning narx 
ahamiyatga ega bo’ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanat holatlarini farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish orqali ishlab chiqarish va taklifni ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari (masalan, dam olish va bayram kunlari) ishlash, ish smenasini ko’paytirish kabi tadbirlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatni ta’minlash uzoq muddatli davrda amal qiluvchi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bogliq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish ham mumkin boladi. Iste’molchining tovar narxlarining o’zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narx bo’yicha egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bolmagan o’zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o’zgarishlar bolishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o’zgarish xarid miqdorida faqat katta boimagan o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkicl, talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: Bu yerda: - talab miqdorining foizli o’zgarishi; -narxlarning foizli o’zgarishi. Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi tovarning muayyan narx darajasi uchun alohida hisoblanadi. Masalan, 1-jadval asosida kartoshkaga talabning narx
 
 
bo’yicha egiluvchanligini ko’rib chiqaylik. Ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1 kg 
kartoshka narxi 700 so’mdan 600 so’mga tushganda bozor talabi miqdori 10 
tonnadan 20 tonnaga qadar ortgan. Bunday holda talab elastikligi: 
ga teng. 
Ya’ni, kartoshka narxining 1 foizga pasayishi unga   bo’lgan talab 
miqdorining 7 foizga o’sishiga olib kelgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovarning 
har bir muayyan narx darajasi uchun talabning narx bo’yicha egiluvchanligi 
ko’rsatkichlari farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi ma’lumotlar bo’yicha, kartoshka 
narxi 600 so’mdan 500 so’mga pasayganda talab egiluvchanligi ko’rsatkichi 3% ni, 
500 so’mdan 400 so’mga pasayganda 3,3% ni tashkil etadi va h.k. 
Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Talab va taklif 
miqdorlarining mos kelishi. 
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. 
Ularning asosiylari quyidagilar: 
1. O’rinbosar tovarlarning mavjudligi. Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir 
qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Masalan, qishda sovuqdan 
saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan 
foydalanish mumkin. Yoki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan 
bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o’rinda kurtka, 
plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning 
o’rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning boshqa o ‘rinbosar tovarlari 
qanchalik ko’p bo’lsa, unga bo’lgan talab shunchalik ko’p egiluvchan boladi. 
Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan tovarlarning o ‘rinbosar tovarlari 
juda ko’p bolib, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay 
egiluvchan hisoblanadi. 
2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste’molchi 
daromadida tovar qiymati qanchalik katta o’rinni egallasa, unga talab shunchalik 
yuqori egiluvchan bo’ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o’sishi 
bir necha so’mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam 
bo’yicha egiluvchanligini ko’rib chiqaylik. Ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1 kg kartoshka narxi 700 so’mdan 600 so’mga tushganda bozor talabi miqdori 10 tonnadan 20 tonnaga qadar ortgan. Bunday holda talab elastikligi: ga teng. Ya’ni, kartoshka narxining 1 foizga pasayishi unga bo’lgan talab miqdorining 7 foizga o’sishiga olib kelgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovarning har bir muayyan narx darajasi uchun talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichlari farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi ma’lumotlar bo’yicha, kartoshka narxi 600 so’mdan 500 so’mga pasayganda talab egiluvchanligi ko’rsatkichi 3% ni, 500 so’mdan 400 so’mga pasayganda 3,3% ni tashkil etadi va h.k. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi. Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. O’rinbosar tovarlarning mavjudligi. Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Masalan, qishda sovuqdan saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan foydalanish mumkin. Yoki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o’rinda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning o’rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning boshqa o ‘rinbosar tovarlari qanchalik ko’p bo’lsa, unga bo’lgan talab shunchalik ko’p egiluvchan boladi. Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan tovarlarning o ‘rinbosar tovarlari juda ko’p bolib, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan hisoblanadi. 2. Tovar qiymatining iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste’molchi daromadida tovar qiymati qanchalik katta o’rinni egallasa, unga talab shunchalik yuqori egiluvchan bo’ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o’sishi bir necha so’mni tashkil qiladi va bu talab qilinayotgan tovar miqdorida juda kam
 
 
o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 
foizga o’sishi bir necha million so’mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday 
oshishi juda ko’p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi 
va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda 
kamaytiradi. 
2. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab 
odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. 
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu 
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning 
keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga 
narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 
3. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig’i qancha uzoq bo’lsa, 
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo’ladi. Masalan, agar mol go’shtining narxi 
10%ga ko’tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. 
Lekin bir qancha vaqt o’tishi bilan u o’zining moyilligini tovuq go’shti yoki baliqqa 
o’tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo’yicha talab egiluvchanligi ham 
mavjud. Daromadlar ko’payishi bilan tovar va xizmatlarga boigan talab ham 
oshadi. Bundan ko’rinadiki, daromad talabga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir darajasini 
aniqlash uchun 
daromad bo’yicha talab 
egiluvchanligi ko’rsatkichidan 
foydalaniladi. 
Iste’molchi daromadining bir foizga o’zgarishi   talabning   necha foizga 
o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi 
ko’rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
 
Bu yerda: 
 - talab miqdorining foizli o’zgarishi; 
- daromadning foizli 
o’zgarishi. 
Misol uchun, iste’molchi daromadi oyiga 100 rning so’m boMganida 5 kg 
go’sht mahsulotlari iste’mol qilib, daromadi 150 rning so’mga qadar oshganda, 
uning go’sht mahsulotlari iste’moli hajmi oyiga 7 kg 
o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o’sishi bir necha million so’mni tashkil qilishi mumkin. Narxlarning bunday oshishi juda ko’p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi. 2. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan, zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 3. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig’i qancha uzoq bo’lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo’ladi. Masalan, agar mol go’shtining narxi 10%ga ko’tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o’tishi bilan u o’zining moyilligini tovuq go’shti yoki baliqqa o’tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo’yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko’payishi bilan tovar va xizmatlarga boigan talab ham oshadi. Bundan ko’rinadiki, daromad talabga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo’yicha talab egiluvchanligi ko’rsatkichidan foydalaniladi. Iste’molchi daromadining bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bu yerda: - talab miqdorining foizli o’zgarishi; - daromadning foizli o’zgarishi. Misol uchun, iste’molchi daromadi oyiga 100 rning so’m boMganida 5 kg go’sht mahsulotlari iste’mol qilib, daromadi 150 rning so’mga qadar oshganda, uning go’sht mahsulotlari iste’moli hajmi oyiga 7 kg
 
 
 
ga etdi, deb faraz qilaylik. Iste’molchining go’sht mahsulotlariga tala- bining 
daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichini hisoblaymiz: 
 
Ya’ni, iste’molchi daromadining 1% ga ortishi o’z navbatida uning go’sht 
mahsulotlariga bo’lgan talabi miqdorining 0,8% ga ortishiga olib kelmoqda. Xuddi 
talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi singari taklifning narx bo’yicha 
egiluvchanligi ko’rsatkichini ham aniqlash mumkin. 
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, 
narxning bir foizga o’zgarishi taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi 
ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu 
ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. 
Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula 
bo’yicha hisoblanadi: 
 
Bu yerda: 
-taklif miqdorining foizli o’zgarishi; 
- narxlarning foizli 
o’zgarishi. 
Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, kartoshka narxining turli 
darajalaridagi o’zgarishga muvofiq keluvchi taklif egiluvchanligi ko’rsatkichlarini 
aniqlash mumkin. Masalan, 1 kg kartoshkaning dastlabki narxi 700 so’mdan 600 
so’mga pasayishi sotuvchilar tomonidan taklif miqdorini 60 tonnadan 50 tonnaga 
qadar qisqartirilishiga olib kelgan. Bu holda, kartoshka taklifining narx bo’yicha 
egiluvchanligi ko’rsatkichi: 
ga teng. 
Ya’ni, kartoshka narxining 1% ga pasayishi uni bozor taklifining 1,2% ga 
qisqarishiga olib kelgan. Ta’kidlash lozimki, talabning narx bo’yicha egiluvchanligi 
singari taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichlari ham tovarning har bir 
muayyan narx darajasi 
uchun farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi maiumotlar bo’yicha kartoshka narxi 
ga etdi, deb faraz qilaylik. Iste’molchining go’sht mahsulotlariga tala- bining daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichini hisoblaymiz: Ya’ni, iste’molchi daromadining 1% ga ortishi o’z navbatida uning go’sht mahsulotlariga bo’lgan talabi miqdorining 0,8% ga ortishiga olib kelmoqda. Xuddi talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi singari taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichini ham aniqlash mumkin. Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o’zgarishi taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. Bu ko’rsatkich ko’pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: Bu yerda: -taklif miqdorining foizli o’zgarishi; - narxlarning foizli o’zgarishi. Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, kartoshka narxining turli darajalaridagi o’zgarishga muvofiq keluvchi taklif egiluvchanligi ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Masalan, 1 kg kartoshkaning dastlabki narxi 700 so’mdan 600 so’mga pasayishi sotuvchilar tomonidan taklif miqdorini 60 tonnadan 50 tonnaga qadar qisqartirilishiga olib kelgan. Bu holda, kartoshka taklifining narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi: ga teng. Ya’ni, kartoshka narxining 1% ga pasayishi uni bozor taklifining 1,2% ga qisqarishiga olib kelgan. Ta’kidlash lozimki, talabning narx bo’yicha egiluvchanligi singari taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichlari ham tovarning har bir muayyan narx darajasi uchun farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi maiumotlar bo’yicha kartoshka narxi
 
 
600 so’mdan 500 so’mga pasayganda taklif egiluvchanligi ko’rsatkichi 2,4% ni, 
500 so’mdan 400 so’mga pasayganda 1,7% ni tashkil etadi va h.k. 
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning 
mavjud o’zgarishini hisobga olish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o’zgarishiga moslashish uchun qanchalik 
uzoqroq vaqtga ega bo’Isa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o’zgaradi va 
shunga mos ravishda taklifhing egiluvchanligi ham yuqori boladi.  Biz yuqorida 
vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o 
‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligi da 
ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Shu o ‘rinda, talab va taklif egiluvchanligi 
ko’rsatkichlarini aniqlashda ularning turli darajalarini umumiy holda baholash 
muhim o’rin tutadi. Bunda asosan, quyidagi uchta holatni ajratib ko’rsatish 
mumkin: 
1) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (ET,ETf> l). Bunday 
talab yoki taklif «egiluvchan» yoki «nisbatan egiluvchari» deb ataladi. U talab yoki 
taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi 
o’zgarishiga qaraganda ahamiyatli darajada ro’y berishini anglatadi; 
2) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 ga teng (ET,ETf = l). Bunday 
talab yoki taklif «birga teng egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan 
tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishi bilan teng 
borishini anglatadi; 
3) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan kichik (ET,ETf< l). Bunday 
talab yoki taklif «noegiluvchan» yoki «nisbatan no egiluvchan» deb ataladi. U talab 
yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi 
o’zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro’y berishini anglatadi. 
Tovarlarning talab yoki taklif bo’yicha egiluvchanlik darajasini bilish real 
hayotda ularning narx strategiyasini ishlab chiqish hamda tovar sotishdan olinadigan 
yalpi daromadni eng yuqori hajmiga yetkazishda ham muhim rol o’ynaydi. 
Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Talab va taklif 
egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar. Isteʼmolchi xatti-
600 so’mdan 500 so’mga pasayganda taklif egiluvchanligi ko’rsatkichi 2,4% ni, 500 so’mdan 400 so’mga pasayganda 1,7% ni tashkil etadi va h.k. Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o’zgarishini hisobga olish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o’zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo’Isa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o’zgaradi va shunga mos ravishda taklifhing egiluvchanligi ham yuqori boladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o ‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligi da ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Shu o ‘rinda, talab va taklif egiluvchanligi ko’rsatkichlarini aniqlashda ularning turli darajalarini umumiy holda baholash muhim o’rin tutadi. Bunda asosan, quyidagi uchta holatni ajratib ko’rsatish mumkin: 1) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (ET,ETf> l). Bunday talab yoki taklif «egiluvchan» yoki «nisbatan egiluvchari» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishiga qaraganda ahamiyatli darajada ro’y berishini anglatadi; 2) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 ga teng (ET,ETf = l). Bunday talab yoki taklif «birga teng egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishi bilan teng borishini anglatadi; 3) talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan kichik (ET,ETf< l). Bunday talab yoki taklif «noegiluvchan» yoki «nisbatan no egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro’y berishini anglatadi. Tovarlarning talab yoki taklif bo’yicha egiluvchanlik darajasini bilish real hayotda ularning narx strategiyasini ishlab chiqish hamda tovar sotishdan olinadigan yalpi daromadni eng yuqori hajmiga yetkazishda ham muhim rol o’ynaydi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Talab va taklif egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar. Isteʼmolchi xatti-
 
 
harakati nazariyasi 
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda 
bozor talabining shakllanishi va namoyon bo’lishini iste’molchining xatti-harakati 
orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g’arb adabiyotlarida 
mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati 
nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda. Talabalarni mazkur nazari- 
yaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko’rib 
chiqamiz. 
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi 
hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So’nggi qo’shilgan naflilik 
nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya 
yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko’rishi qoidalari 
bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining 
biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi 
tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi 
iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi. 
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi   tovarlarga   boshqa bir miqdordagi 
tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko’rsatkichlarda olchashning 
ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi 
bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada 
afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas. 
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan 
naflilikning hosilasini ifodalaydi: 
U( X, Y) = XY 
So’nggi qo’shilgan naflilik - muayyan ne’matning navbatdagi birligini 
iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik 
umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi 
hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga 
qara- ganda kamroq naflilikka ega boladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori 
harakati nazariyasi Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo’lishini iste’molchining xatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g’arb adabiyotlarida mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda. Talabalarni mazkur nazari- yaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz. Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko’rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi. Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko’rsatkichlarda olchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas. Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: U( X, Y) = XY So’nggi qo’shilgan naflilik - muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qara- ganda kamroq naflilikka ega boladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori