TAKOMILLASHTIRILGAN “ILK QADAM” TAYANCH DASTURINI TATBIQ ETISH
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
31,4 KB
Ilmiybaza.uz
TAKOMILLASHTIRILGAN “ILK QADAM” TAYANCH DASTURINI
TATBIQ ETISH
Reja:
1.Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturining mazmun-mohiyati.
2. Dasturning maqsadi, vazifasi, yo’nalish va tamoyillari.
3. Dastur asosida ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish.
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: dastur,bilish jarayoni,integral, rejalashtirish, faoliyat
turi, shakllantirish.
1.Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturining mazmun-mohiyati
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolaning kelajak hayotida muvaffaqiyatga
erishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va ma`naviy qobiliyati bilish
jarayonida, bizni o’rab turgan atrof-muhitni o’rganish, nutq o’stirish, badiiy
asarlar tinglash, rasm chizish, qurish-yasash, jismoniy mashqlar bajarish va
boshqa faoliyat turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yonalishlar bir-biri bilan
uyg`unlashtirilib- integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda oyin
shaklida qiziqarli tarzda olib boriladi. Oyin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va
istaklariga mos kelganligi sababli, o’yin jarayonida o’rganayotgan mavzuni
quvnoqlik
bilan
takrorlaydi,
engillik
bilan
o’zlashtiradi.
Mazkur
takomillashtirilgan Dasturda “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun, “Maktabgacha ta`lim
Kontseptsiyasi” hamda “Maktabgacha ta`limga qo’yiladigan davlat talablari”dan
(2017 yil) kelib chiqib, bolani intellektual va jismoniy rivojlantirish, milliy-
madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, maktab ta`limiga
tayyorlash jihatlari zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan
holda qayta ko’rib chiqildi. “Maktabgacha ta`limga qo’yiladigan davlat
talablari”ning barcha yo’nalishlarida berilgan indikatorlar takomillashtirilgan “Ilk
qadam” tayanch dasturiga to’liq qamrab olindi. Dastur maktabgacha yoshdagi
bola rivojlanishiga moslashtirildi, aniqlashtirildi, misollar bilan boyitildi.
Noan`anaviy usullarda ishlash yollari korsatildi.
Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturida bolaning hayoti va sog`lig`ini
himoyalash, ta`lim-tarbiya jarayonini puxta olib borish, uning taffakkur, tasavvur
va nutqini rivojlantirish bilan birga, mustaqil o’rganishga, fikrlashga,
ijodkorlikka,
o’z
shaxsini
hurmat
qilish,
o’ziga
ishonch
tuyg`usini
shakllantirishga qo’yilgan vazifalar kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy
tomondan boyitildi. Dasturda muhim tarbiyaviy vazifalardan biri – bolaning
sog`lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirish, gigienik va harakat
Ilmiybaza.uz
madaniyatini singdirib borishga alohida ahamiyat berildi. Ijtimoiy-hissiy
rivojlanish yo’nalishida milliy ozlikni anglash, ozi va o’zgalar shaxsini hurmat
qilish, his-tuyg`ularini ifodalash, og`il va qiz bolaga xos bo’lgan fazilatlarni
tushunish, kattalar va tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish va milliy
qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishga urg`u berildi. Dasturda bola
nutqini har tomonlama rivojlantirishga (fonetik, leksik, grammatik) alohida e`tibor
qilindi, misollar, tavsiyalar bilan boyitildi.Bolani ma`naviy-axloqiy, estetik
jihatdan tarbiyalash, qalbida kitobga nisbatan havas uyg`otish, ilk kitobxonlik
madaniyatini shakllantirishga qo’yilgan talablar boyitildi; milliy merosimiz,
o’zbek xalq og`zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqa, raqs, rasm, loy ishi, applikatsiya,
qurish-yasash bo’limlari to’ldirildi. Dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini
tarbiyalash nazarda tutilgan va bolani mehribonlik, go’zallikni his qilishni
o’rgatishga alohida ahamiyat berildi. Bolani tabiat bilan tanishtirish asosida ilk
ekologik madaniyatini tarbiyalash, ona-tabiatni asrab-avaylash, o’simliklarni
parvarish qilish ko’nikmalarini rivojlantirish vazifalari kengaytirildi.
2.Dasturning maqsadi, vazifasi, yo’nalish va tamoyillari
Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturi maktabgacha ta`lim tizimidagi
barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan dastur hisoblanadi.
Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab
ta`limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, oziga ishongan, o’z
oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan,
milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog`lom bolani
tarbiyalashdan iborat.
Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy- hissiy jihatdan kamol
toptirish va sog`lig`ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini
rivojlantirish, axloqiy va ma`naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda
mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga etkazish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
Ilmiybaza.uz
- maktabgacha ta`limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
- maktabgacha ta`limning demokratikligi;
- bola shaxsiga yo’naltirilganligi;
- bolani sog`lomlashtirishga qaratilganligi;
- bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
- maktabgacha ta`limda o’yin faoliyatining etakchiligi;
- maktabgacha ta`limning insonparvarligi;
- maktabgacha ta`limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
- maktabgacha ta`limning oila va boshlang`ich ta`lim bilan uzviyligi.
Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi
sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo’yishi lozim:
- ijodkorlik, tasavvur eta olish, zukkolik;
- mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish;
- muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo’llarini topishga intilish;
- jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.
“Ilk qadam” tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va
maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:
- davlat _80 i4 va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, barkamol shaxsga bo’lgan
munosabatining kuchayganligi;
- erkin fuqaro ma`naviyatining shakllanishi;
- milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o’zlikni anglash tuyg`usi rivojlanayotganligi;
-
milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlarga
hurmat-ehtirom
tuyg`usini
shakllanayotganligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, oz-o’ziga xizmat va
gigiena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik, bilish
jarayoni va atrof-muhit to’g`risidagi bilimlarga ega bo’lish yo’nalishlariga mos
tarzda umumiy rivojlanishini ta`minlaydi.
Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:
Ilmiybaza.uz
- jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik;
- bilish jarayoni va atrof-muhit to’g`risidagi bilimlarga ega bo’lish yo’nalishlarida
ta`lim-tarbiya vazifalari kiritilgan.
3.Dastur asosida ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish
Ta`lim-tarbiya jarayoni pedagog-tarbiyachilardan katta sabr, mehr va bola
tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvni talab qiladi. To’g`ri yo’sinda
olib borilgan tarbiya natijasida bola mustaqil fikr yuritishga va katta hayotga dadil
qadam qo’yishga hozirlik ko’radi. Ta`lim-tarbiyaviy ishlarni muvafaqqiyatli
amalga oshirilishi maktabgacha ta`lim muassasalardagi pedagogik jarayonning
har bir faoliyat turini to’g`ri tashkil etishga bog`liqdir. Tarbiyachining
maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etishida M.Montessori, IMEN kabi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy
interfaol usullardan foydalanishi samarali natija beradi. Pedagogik texnologiyalar
bilan sug`orilgan mashg`ulotlarda bolalar o’zlarini erkin his qiladilar, barcha
topshiriqlarni bajonudil bajaradilar. Bolalar egallashlari kerak bo’lgan bilim,
ko’nikma va malakalarni tez va zo’riqishsiz, oson egallaydilar, o’ynab zavq
oladilar, tafakkurlari rivojlanadi.
BOLANING OLTI YOShDAN ETTI YOShGAChA BO`LGAN DAVRDA
RIVOJLANIShI
Bola hayotining ettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va
aniqlashadi. 6-7 yoshli bola o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshdagi bolada mustaqil faoliyat
ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi, qiziquvchanlik yanada ortadi, kattalar
fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Bu
davrda bolaning bo’yi 122-128 sm ga etadi, og`irligi 25-28 kg bo’ladi. Uning
idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, borliqni bilishga intila boshlaydi,
Ilmiybaza.uz
gigienik malakalari shakllana boradi. Jismoniy mashqlar va o’yinlar asosida
harakatlarni takomillashtirish, jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik)ni,
kundalik harakat faolligiga bo’lgan ehtiyojini shakllantirish. Mashqlarni bajarish
paytida chidamlilik, muvozanat saqlash, harakatlarni boshqarish va fazoda
chamalashni takomillashtirish. Uyushqoqlik bilan harakat qilishga; matonat,
mustaqillikni ko’rsatishga o’rgatish jismoniy mashqlarga qiziqishlarini qo’llab-
quvvatlash, ularni faqat ko’rsatgandagina emas, balki so’z bilan tushuntirganda
ham aniq bajarishga o’rgata borish. Mashqlarni aniq, berilgan tezlikda, musiqa
ohangiga moslab bajarish. Harakatli va sport o’yinlarida mustaqil qatnashish
ishtiyoqini o’stirish, o’yinda o’z xatti-harakatiga va tengdoshiga nisbatan adolatli
bo’lish; o’zaro do’stlik munosabatlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Kuchli aqliy faoliyat bilan bog`liq bo’lgan mashg`ulotlarda charchashning oldini
olish va ishlash qobiliyatini saqlash maqsadida engil jismoniy mashqlarni bajarish
kerakligini bolaga tushuntiriladi. Bolalarda jismoniy daqiqalarni tayyorlash va
o’tkazishda tashabbuskorlikni o’stirish zarur.
Bolalarni jismoniy rivojlantirishda va chiniqtirish maqsadida dastur talablarida
xonada engil kiyimda bo’lish, derazaning darchasini ochib qo’yish,kiyim va
poyabzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash, yuz, bo’yin, qo’lni
tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish, badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy
haroratidagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a`zolarini
artish, avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda
quruq qilib artishga odatlantirish, kattalarning ruxsati va nazorati ostida
cho’milish, cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish, yalangoyoq yurganda
oyoqni shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish, chiniqtirish qoidalarini ongli
ravishda bajarish ko’nikmalarini tarbiyalash lozimligi ta`kidlanadi. 6 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan bola o’zini parvarishlash ko’nikmalariga ega bo’ladi. Bola
mustaqil yuvinadi, tozalikka rioya qiladi. Bolani ozodalikka va tartibga
odatlantirish, tashqi ko’rinishdagi kamchilikni o’z vaqtida bartaraf qilish, yo’l
qo’yilgan
kamchilikni
tuzatish
ehtiyojini
tarbiyalash,
tengdoshlarining
kiyimlaridagi tartibsizliklarni to’g`rilashga ko’maklashish, o’z-o’ziga xizmat
Ilmiybaza.uz
qilish jarayonida bolada uyushqoqlikni va maqsadga qaratilganlikni, madaniy
axloq ko’nikmalarini shakllantirish, uyqudan turgandan so’ng yuvinish, uyquga
yotishdan oldin oyoqni yuvish, qo’llarni ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga
borgandan keyin va ifloslanganda yuvish, ovqatdan keyin og`iz va tomoqni
chayish, tishlarni to’g`ri tozalash, sovundan to’g`ri foydalanish, kiyimlarni joyiga
ilish, oyoq kiyimni taxlash va ipini bog`lashga o’rgatish asosiy dasturning asosiy
vazifalari sirasiga kiradi.
Dastur asosida bolada quyidagi shaxsiy gigiena asoslari shakllantiriladi:
- kun davomida tanasi tozaligi, kiyimlari, sochlari, ust-boshi ozodaligini kuzatib
turish;
- mustaqil ravishda xonasini yig`ishtirish va o’yinchoqlarini o’z joyiga terib
qo’yish;
-sog`lom turmush tarzi bo’yicha suhbatlar o’tkazish;
- gavdasini to’g`ri tutishini kuzatish, yassitovonlikning oldini olish;
- gigiena va etika mavzularida sahna ko’rinishi tashkil etishga, infektsiyalar
nimaligi va ularning qanday yo’llar bilan yuqishini tushuntirish;
- nima uchun bolalikdanoq sog`liqni saqlash to’g`risida qayg`urish lozimligi
haqidagi tushunchalarni kengaytirish;
- vanna, hojatxonadan mustaqil foydalanish;
- shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalarini tushuntirish.
Ovqatlanish gigienasi bo’yicha:
- to’g`ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish;
- oshxona jihozlari, qoshiq, sanchqidan foydalanish;
- tartibli ovqatlanish, ovqat vaqtida gavdani to’g`ri tutish;
- idish-tovoqni stoldan yig`ishtirib qo’yishga odatlantirish.
Uxlash gigienasi bo’yicha:
- aynan bir vaqtda uxlashga yotish,
- uxlash oldidan yuvinish,
- alohida o’rinda uxlash.
Dasturda quyidagicha taxminiy kun tartibini rejalashtirish
Ilmiybaza.uz
tavsiya etiladi
7.00 – 7.30 Orindan turish, ertalabki yuvinib – taranish(uyda)
7.30 – 8.30 Qabul, sog`lig`ini tekshirish, o’yinlar, ertalabkibadantarbiya
8.30 – 8.55 Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta
8.55 – 9.10 O’yinlar, mashg`ulotlarga tayyorgarlik
9.10 – 11.00 Mashg`ulotlar
11.00 – 11.15 Sayrga tayyorgarlik
11.15 – 13.00 Sayr (o’yinlar, mehnat, kuzatish, harakatlio’yinlar -10 daqiqa,
jismoniy mashqlar 20 – 30daqiqa)
13.00 – 13.15 Sayrdan qaytish
13.15 – 13.35 Tushlik
13.35 – 15.25 Uyqu
15.25 – 15.50 Uyqudan turish, yuvinish
15.50 – 16.05 Engil ikkinchi tushlik
16.05 – 18.15 oyinlar, mustaqil faoliyat, sayr
18.15 – 18.40 Kechki ovqat
18.40 – 19.30 O’yinlar, bolalarni uyga ketishi
19.30 – 20.10 Sayr (uyda)
20.10 – 20.40 Tinch o’yinlar, gigienik muolajalar (uyda)
20.40 – 6.30(7.30)
Tungi uyquga tayyorlanish va tungi uyqu (uyda)
Maktabgacha
ta`lim
muassasasida
ta`lim-tarbiya
jarayoninirejalashtirish
tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir,
tarbiyachi bolalarning psixologik-fiziologik rivojlanish darajasini, “Maktabgacha
ta`limga qo’yiladigan davlat talablari”ni hamda uasosida yaratilgan ta`lim-
tarbiya dasturini yaxshi bilishi talab etiladi. Reja tarbiyachiga dastur talablarini
bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta`lim-tarbiya berish va
tarbiyalashning usullarini oldindan o’ylab olish, maqsadni aniqroq ko’rish
imkonini beradi. Reja bo’lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday
qilishini, qaysi qo’llanmalardan foydalanishni biladi. Ta`lim tarbiyaviy ish rejasi
Ilmiybaza.uz
tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga
tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg`ulotlar
jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o’n besh kunga mo’ljallangan
badantarbiya mashqlari, ota- onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatning
yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat, mashg`ulot, sayr,
kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to’liq yoritiladi. Maktabgacha ta`lim
muassasalarida mashg`ulotlar ertalab 9.30 dan boshlanib, davomiyligi kichik
guruhlarda 10-15 daqiqagacha, katta va tayyorlov guruhlarida 25-30 daqiqadan
oshmasligi darkor. Mashg`ulotlar oralig`ida bolalar bilan tetiklashtiruvchi,
charchog`ini oluvchi o’yinlar o’tkaziladi. Har bir yo’nalish bo’yicha oy oxirida
bolalar bilan mujassam - nazorat mashg`ulotlari o’tkaziladi va bolalarning dastur
vazifalarini qay darajada egallaganliklari tahlili qilinadi.
1-kichik
guruh
mashg`ulotlar
jadvaliga
kiritilgan
“Ta`limiy
o’yin-
mashqlari”larida (sensor tarbiya) zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan biri -
Mariya Montessori metodikasini keng qo’llash tavsiya etiladi.
I-kichik guruhda 0,5 dan taqsimlangan atrof olam bilan tanishtirish mashg`uloti –
tabiat bilan tanishtirish mashg`uloti bilan, badiiy adabiyot bilan tanishtirish
mashg`uloti - loy mashg`uloti bilan, qurish-yasash mashg`uloti esa bir xafta yirik
qurilish jihozlari, bir safar mayda qurilish jihozlari bilan almashtirilib o’tiladi.
II-kichik guruhdan boshlab jadvalda 0,5 dan taqsimlangan tabiat bilan tanishtirish
mashg`uloti - badiiy adabiyot bilan, qurish-yasash mashg`uloti esa - applikatsiya
mashg`uloti bilan almashtirilib o’tiladi. Katta-tayyorlov guruhlarda qurish-yasash
mashg`uloti qo’l mehnati bilan almashlashtirilib o’tiladi. O’qish va savodga
tayyorgarlik vazifalari o’z ichiga kichik guruhda asosan tovushlarni to’g`ri
talaffuz etish mashqlarini oladi. O’rta, katta guruhlarda esa o’qish va savodga
tayyorgarlik vazifalari nutq o’stirish mashg`uloti vazifalariga qo’shib olib
boriladi. Tayyorlov guruhda esa alohida savodga tayyorgarlik mashg`uloti
kiritiladi Quyida taqdim etilayotgan mashg`ulotlar jadvali maktabgacha yoshdagi
bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, to’plangan ilg`or ish tajriba
Ilmiybaza.uz
asosida ishlab chiqilgan. Maktabga tayyorlov guruhida (6-7 yosh) o’tkaziladigan
mashg`ulotlar jadvali
Mashg`ulot nomi
O`quv yili davomida
Haftada
Bir
oyda
1-
yarim
yillik
2-
yarim
yillik
Jami
1
Atrof-muhit
bilan
tanishtirish
2
8
32
40
72
2
Tabiat
bilan
tanishtirish
0,5
2
8
10
18
3
Ilk
matematik
tasavvur-
larni
shakllantirish
2
8
32
40
72
4
Nutq o’stirish
1
4
16
20
36
5
Savodga
tayyorgarlik
1
4
16
20
36
6
Badiiy adabiyot
bilan
tanishtirish
0,5
2
8
10
18
7
Rasm
2
8
32
40
72
8
Loy ishi
1
4
16
20
36
Ilmiybaza.uz
9
Applikatsiya
0,5
2
8
10
18
1
Qurish-yasash
(qo’l mehnati)
0,5
2
8
10
18
1
Jismoniy tarbiya
2
8
32
40
72
1
Musiqa
2
8
32
40
72
Jami
15
60
240
300
540
Ko’ngilochar tadbirlar va bayramlarda bolaning faol qatnashishi hamda qo’lga
kiritilgan shaxsiy natijalardan quvonishni rag`batlantirish,bolaning ijodiy
faoliyatini rivojlantirish, qiziqarli o’yinlarni mustaqil o’ylab topishga bo’lgan
intilishini qo’llab quvvatlash, shuningdek, o’z jamoasining va tengdoshlarining
yutug`idan quvona olish ko’nikmasini tarbiyalash talab etiladi.
6-7 yoshli bolalar bilan o’tkaziladigan ertaliklar
Ertaliklar
Otkazish vaqti
1
Mustaqillik bayrami
25-30 avgust
2
O’qituvchi
va
murabbiylar kuni
25-sentyabr-1-oktyabr
3
Mehrjon bayrami
25 oktyabr - 5 noyabr`
4
Yangi yil bayrami
25 – 30 dekabr`
Ilmiybaza.uz
Nazorat savollari:
1.Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturining mazmun-mohiyati haqida
so’zlab bering.
2. Dasturning maqsadi, vazifasi, yo’nalish va tamoyillari haqida gapirib bering.
3. Dastur asosida ta`lim-tarbiya ishlari qanday rejalashtiriladi?
4. MTMlarida uyqu gigienasi teganda nimalarni tushunasiz?
Adabiyotlar royxati
1. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” tayanch dasturi. T.: 2016.
2. Maktabgacha ta`limga qoyiladigan davlat talablari. T.: 2017
3. M.Fayzullaeva va boshq. “Maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya
jarayonini rejalashtirish”.T.: 2015
4. Z.Ibrohimova. “Ilk qadam” Tayanch dasturi bo’yicha badiiy adabiyot
majmuasi. 1-2-kitoblar. T.“Muharrir” nashiryoti, 2013.
5. K.Nizomova. “6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash va maktabga
moslashuvini o’rganish.” T.: 2006.
6. T.S.Usmonxo’jaev, S. T. Islomova. “Maktabgacha ta`lim muassasalarida badan
tarbiya”. T.: 2006
7. N. Ravshanova. “Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigienik
tarbiyasi haqida”.T.: 2007
5
Onajonlar bayrami
5-7 mart
6
Navro’z bayrami
20 mart - 20 aprel`
7
Xotira va qadrlash kuni
5 - 7 may
8
Xayr, bog`cham! Salom,
maktab!
25-30 may
Ilmiybaza.uz
8.
Z.A.Rahmanqulova.
“Maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
matematik
tasavvurlarini shakllantirish” . T.: “Bekinmachoq-plyus”. 2012
9. V.Umarova, Z.Rahmanqulovalar. “Ilk qadam” tayanch dasturi bo’yicha
“Adabiyot toplami”. T.: “Bekinmachoq-plyus”. 2012
10. F.Qodirova va boshq. “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish”. T.:
2012