Talab taklif va bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
Yuklangan vaqt
2025-09-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
65,5 KB
Talab taklif va bozor muvozanati
Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi
ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va
doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab
tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida
amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak,
talab-bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan
ta’minlanmasa, u xohish vaistak bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil
variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan
miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida
iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan
ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan
talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir
iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga
bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Ko‘pchilik iste’molchilarning shu turdagi tovar
yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Yakka talab va bozor talabi miqdor jihatidan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har
doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining
o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir
qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni
quyidagi 7.1- jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar
miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama- qarshi bog‘liqlik talab
qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi
teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin:
gorizontal chiziq talab miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi (7.1-rasm).
Bir kilogramm savzi narxi,
so‘m
Savziga bo‘lgan yakka talab
miqdori, bir oyda kilogramm
Savziga bo‘lgan bozor talabi
miqdori, bir oyda tonna
700
10
10
600
20
20
500
30
30
400
50
50
300
60
60
P, so ‘m
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining
o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1. Iste’molchilarning didlari. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy
o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi.
Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib
keladi.
2. Bozordagi iste’molchilar soni. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar
soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi.
Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini,
undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini
mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga
bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar
bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
3. Iste’molchining daromadlari. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga
ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda
ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday
tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab
iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni
xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi
mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga
ancha
yuqori
Daromad, ming so ‘m
oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut
mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab
miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan
tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896)
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan ular
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin
(7.2-rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan
ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu
turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri
chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan
iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli
daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan
20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20
ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda.
Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi
sekinlashmoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha - 4 donadan 6 donagacha,
40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha - 6 donadan 7 donagacha. Daromadning
bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan
(daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7
donasi sotib olinmoqda).
7.1- rasm. Engel egri chizig‘i.
Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga
qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab
chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor
kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi
o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga
muvofiq bo‘ladi:
- o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar;
- o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan,
sariyog‘
narxining
oshishi
margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi
esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar
avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha,
avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. Kelgusida
iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar
miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi,
iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif qonuni.
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi
yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga
chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan
mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator
muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor
taklifini ifodalovchi misol 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
Bir kilogramm piyoz narxi,
so‘m
Piyozning
yakka
taklifi
miqdori, bir oyda kilogramm
Piyozning
bozor
taklifi
miqdori, bir oyda tonna
700
60
60
600
50
50
500
30
30
400
20
20
300
10
10
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga
chiqarilishini ko‘rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar
taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq ro‘lini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar
ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar.
1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida
mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga
narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi.
Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi,
tomchilatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini
qisqartiradi.
2. Ishlab
chiqarish
texnologiyasi.
Texnologiyalarning
takomillashuvi
mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan,
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi
paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish
xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj
to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar
ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur
tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti
taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini
oshiradi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining
kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib
berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining
keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki
tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash
mumkin (7.3-rasm).
7.2- rasm. Taklif egri chizig‘i.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash
xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq
vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif
kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi
ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab
chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish
imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan
yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi, ya’ni renta qanchalik oshmasin, yer taklifini
oshirib bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar,
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham
noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor
muvozanati.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib
turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum
nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif
miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tarilsa, ayrim vaqtlarda taklif miqdori talab
miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori
o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor
muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan
uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli
narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar
muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu
muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari
mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini
muvozanatli narxda topadi.
Talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli
nuqtasini hosil qilamiz (7.4-rasm):
Tb=Tf=Nm=Mm ,
bu yerda:
Tb - talab;
Tf - taklif;
Nm - muvozanatli narx;
Mm - tovarning muvozanatli miqdori.
Grafikda
E
nuqtaga
muvozanatlashgan
narx
(Nm)
va
tovarning
muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, piyoz narxi 500 so‘m
bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna piyozni sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna
piyozni bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning
400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi:
sotuvchilar faqat 20 tonna piyozni sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga
tayyor bo‘ladilar va hokazo.
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m
darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi vujudga keladi va taqchil tovar
bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli
muvozanatlik holatini farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki
doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga
moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
R, so ‘m
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram
kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish,
yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar
haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda
yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste’molchining
tovar
narxlarining
o‘zgarishiga
sezgirlik
darajasini
aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar
narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot
miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga
talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli
o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi
mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda
narxning 1 foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
Et = — t AR ’
bu yerda:
AQ - talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
AR - narxlarning foizli o‘zgarishi.
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi.
Ularning asosiylari quyidagilar.
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning
o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha
egiluvchan
bo‘ladi.
Masalan,
sof
raqobatli
bozorda
taklif
qilinadigan
mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir