Talab tushunchasi. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

Yuklangan vaqt

2024-07-26

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

106,7 KB


 
 
 
 
 
 
Talab tushunchasi. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati 
 
 
Reja 
1. Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Talab egri 
chizig’i.  
2. Talab miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar: isteʼmolchi didi, bozordagi 
isteʼmolchilar soni, ularning pul daromadi, o’rnini bosuvchi tovarlar narxi, kelajakda 
narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.  
3. Oliy va past toifali tovarlar. Engel qonuni. Engel egri chizig’i. 
 
Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Talab egri 
chizig’i. 
Biz ushbu darslikning birinchi bobida ehtiyoj kategoriyasining mazmuni, 
turlari va unga ta’sir etuvchi omillarni, shuningdek, ikkinchi bobda ishlab 
chiqarishning mazmuni omillari kabi masalalarni кo’rib chiqdik. Bu bobda shu 
kategoriyalarning bozor iqtisodiyoti davridagi ko’rinishi va amal qilish 
mexanizmlarini ko’rib chiqamiz. 
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif kategoriyalari     va ularning 
amal qilish qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif nisbatining o’zgarishi narx 
shakllanishi hamda darajasi sezilarli ta’sir qiladi. Bu bobda dastlab talab va taklif 
tushunchalari, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o’matilishi 
tushuntirib beriladi. Shu o'rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir 
etuvchi   omillar, ular o’rtasidagi muvozanatlikni bayon   etishga alohida e’tibor 
beriladi. Shuningdek, talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi 
omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan biriga 
Talab tushunchasi. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Reja 1. Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Talab egri chizig’i. 2. Talab miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar: isteʼmolchi didi, bozordagi isteʼmolchilar soni, ularning pul daromadi, o’rnini bosuvchi tovarlar narxi, kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. 3. Oliy va past toifali tovarlar. Engel qonuni. Engel egri chizig’i. Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Talab egri chizig’i. Biz ushbu darslikning birinchi bobida ehtiyoj kategoriyasining mazmuni, turlari va unga ta’sir etuvchi omillarni, shuningdek, ikkinchi bobda ishlab chiqarishning mazmuni omillari kabi masalalarni кo’rib chiqdik. Bu bobda shu kategoriyalarning bozor iqtisodiyoti davridagi ko’rinishi va amal qilish mexanizmlarini ko’rib chiqamiz. Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif kategoriyalari va ularning amal qilish qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif nisbatining o’zgarishi narx shakllanishi hamda darajasi sezilarli ta’sir qiladi. Bu bobda dastlab talab va taklif tushunchalari, talab va taklif ta’sirida muvozanatlashgan narxning o’matilishi tushuntirib beriladi. Shu o'rinda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, ular o’rtasidagi muvozanatlikni bayon etishga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan biriga
 
 
aylangan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan ham tanishib chiqamiz. 
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalarga bolgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy 
kategoriya sifatida insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy va 
doimiydir. Lekin u taraqqiyotning turli davrlarida o’z shaklini o’zgartirib turishi 
mumkin. Xususan, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab 
tushunchasidir. Talab ehtiyoj dan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tu­ 
shuncha) sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab-
bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan 
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bolib qolaveradi. Masalan, talaba yangi 
rusumdagi qo’l telefonini xarid qilish maqsadida do’konga kirdi. Qol telefonining 
narxi 300 ming so’m bolib, talabada faqat 200 ming so’m mavjud, deb faraz 
qilaylik. Bu holda talabaning yangi rusumdagi telefonga nisbatan ehtiyoji talab- 
ga aylanmaydi va binobarin, qondirilmaydi. Bu o’rinda talaba yana 100 ming so’m 
miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming so’mgacha bo’lgan telefon xarid 
qilishi mumkin. Shu holdagina uning qol telefoniga nisbatan ehtiyoji talabga 
aylanadi. 
Talabning bir qator muqobil variantlari   mavjud boladi,  chunki narx 
o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu 
bogliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt 
oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va 
xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. 
 
Talab miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar: isteʼmolchi didi, bozordagi 
isteʼmolchilar soni, ularning pul daromadi, o’rnini bosuvchi tovarlar narxi, 
kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. 
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bolgan talabning 
ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni 
alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga boigan talabi 
aylangan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan ham tanishib chiqamiz. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalarga bolgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Lekin u taraqqiyotning turli davrlarida o’z shaklini o’zgartirib turishi mumkin. Xususan, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyoj dan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tu­ shuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab- bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bolib qolaveradi. Masalan, talaba yangi rusumdagi qo’l telefonini xarid qilish maqsadida do’konga kirdi. Qol telefonining narxi 300 ming so’m bolib, talabada faqat 200 ming so’m mavjud, deb faraz qilaylik. Bu holda talabaning yangi rusumdagi telefonga nisbatan ehtiyoji talab- ga aylanmaydi va binobarin, qondirilmaydi. Bu o’rinda talaba yana 100 ming so’m miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming so’mgacha bo’lgan telefon xarid qilishi mumkin. Shu holdagina uning qol telefoniga nisbatan ehtiyoji talabga aylanadi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bogliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talab miqdoriga taʼsir qiluvchi omillar: isteʼmolchi didi, bozordagi isteʼmolchilar soni, ularning pul daromadi, o’rnini bosuvchi tovarlar narxi, kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bolgan talabning ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga boigan talabi
 
 
yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi 
tovar yoki xizmatga boigan talablari yigindisi bozor talabi deyiladi. 
Yakka talab ham bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor 
har doim ham bir xil bolib turmaydi, balki o’zgaruvchan boladi. Talab miqdorining 
o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko’p ta’sir 
qiladigan omil narx omilidir. 
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi boladigan bogliqlikni 
quyidagi jadval maiumotlari asosida qarab chiqamiz. 
 
1-rasm. Talab egri chizig’i 
Jadvaldagi misolda kartoshkaning 300 so’mdan 700 so’mgacha bo’lgan narx 
darajalarida ularga bo’lgan talab miqdorlari ifodalangan. Ma’lumotlar tovar 
narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, 
narxning o’sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. 
Narxning eng yuqori-700 so’m darajasida yakka talab (masalan, o’rtacha bir 
oilaning talabi) eng oz miqdor-10 kg ni tashkil etgan bo’lsa, narx pasayishi bilan 
talab miqdori ko’payib bormoqda: 600 so’mda-20 kg, 500 so’mda - 30 kg va h.k. 
Narxning eng past darajasi-300 so’mga talabning eng yuqori miqdori - 60 kg to’g’ri 
kelmoqda. Jadvalning fiavbatdagi ustunida kartoshkaga bo’lgan bozor talabi 
miqdori ifodalangan. Bunda muayyan hududda taxminan 1000 ta oila istiqomat 
qiladi va ular kartoshka narxining o’zgarishiga nisbatan deyarli bir xil xatti-harakat, 
yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga boigan talablari yigindisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bolib turmaydi, balki o’zgaruvchan boladi. Talab miqdorining o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko’p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi boladigan bogliqlikni quyidagi jadval maiumotlari asosida qarab chiqamiz. 1-rasm. Talab egri chizig’i Jadvaldagi misolda kartoshkaning 300 so’mdan 700 so’mgacha bo’lgan narx darajalarida ularga bo’lgan talab miqdorlari ifodalangan. Ma’lumotlar tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, narxning o’sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. Narxning eng yuqori-700 so’m darajasida yakka talab (masalan, o’rtacha bir oilaning talabi) eng oz miqdor-10 kg ni tashkil etgan bo’lsa, narx pasayishi bilan talab miqdori ko’payib bormoqda: 600 so’mda-20 kg, 500 so’mda - 30 kg va h.k. Narxning eng past darajasi-300 so’mga talabning eng yuqori miqdori - 60 kg to’g’ri kelmoqda. Jadvalning fiavbatdagi ustunida kartoshkaga bo’lgan bozor talabi miqdori ifodalangan. Bunda muayyan hududda taxminan 1000 ta oila istiqomat qiladi va ular kartoshka narxining o’zgarishiga nisbatan deyarli bir xil xatti-harakat,
 
 
munosabatda bo’ladilar, degan shartga asoslanildi. Misoldan ko’rinadiki, bozor 
talabi miqdorining narxga nisbatan o’zgarishi ham yakka talabning o’zgarishiga 
mutanosib ravishda ro’y bermoqda. 
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida 
bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Real 
iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi 
bilan unga bo'lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat 
Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen 
kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol 
qilishlari kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatgan. Tushuntirish 
shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy 
qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila 
go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p 
bo’lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, 
bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining 
kamaymasdan, aksincha ko’payishiga olib kelishi mumkin. 
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari 
bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq 
bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi. 
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni 
tasviriy aks ettiradi. Undagi har bir nuqta tovaming aniq narxi va iste’molchi shu 
narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi. 
Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bogiiqlikni ko’rsatuvchi 
bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi. 
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining 
o’zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bogliq 
boladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. 
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 
1) iste’molchining didi; 
2) bozordagi iste’molchilar soni; 
munosabatda bo’ladilar, degan shartga asoslanildi. Misoldan ko’rinadiki, bozor talabi miqdorining narxga nisbatan o’zgarishi ham yakka talabning o’zgarishiga mutanosib ravishda ro’y bermoqda. Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o’sishi bilan unga bo'lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilishlari kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p bo’lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining kamaymasdan, aksincha ko’payishiga olib kelishi mumkin. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi. Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi. Undagi har bir nuqta tovaming aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi. Narx va talab hajmining o’zgarishi o’rtasidagi teskari bogiiqlikni ko’rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o’zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bogliq boladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni;