TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI (Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni, Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
86,1 KB
Ilmiybaza.uz
TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI
REJA:
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor
muvozanati.
4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi.
Tayanch iboralar: talab tushunchasi, talab qonuni, narx, talab egri chizig‘i, engel
qonuni, engel egri chizig‘i, taklif tushunchasi, taklif egri chizig‘i, vaqt omili, naflilik
funksiyasi, so‘nggi qo‘shilgan naflilik, befarqlik kartasi.
Ilmiybaza.uz
Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin
tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif
o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har
qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif
ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va
taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi
mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga
ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo‘nalishlardan
biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Talab qonuni
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy
kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir.
Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab
ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal
qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab
– bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil
variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan
miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida
iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan
ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning
ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni
Ilmiybaza.uz
alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi
yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi
tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu
miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab
miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p
ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni
quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
2-jadval. Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
Bir kilogramm kartoshka
narxi (so‘m)
Kartoshkaga bo‘lgan yakka
talab miqdori (bir oyda
kilogramm)
Kartoshkaga bo‘lgan bozor
talabi miqdori (bir oyda
tonna)
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga
olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori
o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab
miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (3-chizma).
Ilmiybaza.uz
so‘m
700
600
500
400
300
200
100
0
P
D
D
10 20 30 40 50 60 Q, tonna
3-chizma. Talab egri chizig‘i.
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi.
1. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab
hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham
bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
2. Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) iste’molchining didi;
2) bozordagi iste’molchilar soni;
3) iste’molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
3. Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
Ilmiybaza.uz
4. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning
tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
5. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi,
iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya
va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi.
Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni
kamaytiradi.
Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda
ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan
oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi.
Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori
bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non,
kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki
ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat
mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi.
Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan
tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896)
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (4-
chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan
ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi
Ilmiybaza.uz
tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i
pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni
kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga
bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20
ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20
ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda.
Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi
sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40
ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan
yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan
(daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi
sotib olinmoqda).
Daromad, ming so‘m
100
90
80
70
60
50
40
30
20
10
0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona
4-chizma. Engel egri chizig‘i.
6. Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga
qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab
chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor
konyunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiybaza.uz
7. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda
ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) o‘zaro bir-birini
almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi.
Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib
keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi.
Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi.
Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va
tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi
joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning
ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab
bo‘ladi.
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif
qonuni
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan
sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga
chiqarilishini ko‘rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar
taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning
Ilmiybaza.uz
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
5-jadval. Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik
Bir kilogramm kartoshka
narxi (so‘m)
Kartoshkaning
yakka
taklifi miqdori (bir oyda
kilogramm)
Kartoshkaning
bozor
taklifi miqdori (bir oyda
tonna)
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash
mumkin (6-chizma).
Р, so‘m
S
700
600
500
400
300 S
200
100
0 10 20 30 40 50 60 Q, tonna
6-chizma. Taklif egri chizig‘i.
ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
Ilmiybaza.uz
rx o‘zgarishining kutilishi;
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining
o‘zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs
narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi.
Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va
taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini
oshiradi, yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini
qisqartiradi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi
mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan,
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi
paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish
xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj
to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar
ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur
tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti
taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini
oshiradi.
5. Narx
o‘zgarishining
kutilishi.
Kelgusida
mahsulot
narxining
o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga
Ilmiybaza.uz
mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda
neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki
tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash
xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq
vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif
kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi
ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab
chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish
imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar
cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib
bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar,
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham
noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor
muvozanati.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini
ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda
bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib
ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx
pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga
teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga
kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni
muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli
Ilmiybaza.uz
narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar
muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu
muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari
mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini
muvozanatli narxda topadi.
Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka
joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma):
Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm
– tovarning muvozanatli miqdori.
P,
700
600
500
400
300
200
100
0
so‘m
D ortiqcha ishlab chiqarish S
E
S taqchillik D
10 20 30 40 50 60 Q, tonna
7-chizma. Muvozanatli narx.
Grafikda YE nuqtaga muvozanatlashgan narx (Nm) va mahsulotning
muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. YA’ni, kartoshka narxi 500 so‘m
bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna kartoshkani sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna
kartoshkani bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning
400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar
faqat 20 tonna kartoshkani sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor
bo‘ladilar va hokazo.
Ilmiybaza.uz
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m
darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar
bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik
holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki
doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga
moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram
kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash
va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap
boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi
korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda
narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi
uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan
egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid
miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda
narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Ilmiybaza.uz
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo‘yicha
hisoblanadi:
P
Q
ЭТ
,
Bu yerda:
Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
Р – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning
o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha
egiluvchan
bo‘ladi.
Masalan,
sof
raqobatli
bozorda
taklif
qilinadigan
mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir
alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog‘i.
Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab
shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga
o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda
kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining
10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning
bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil
qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli
ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab
odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi.
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin
kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar
oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa,
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi
Ilmiybaza.uz
10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin.
Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa
o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar
ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki,
daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad
bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Iste’molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi
ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Д
Q
ЭТ
,
Bu yerda:
(Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
(D – daromadning foizli o‘zgarishi.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda,
narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
P
Q
ЭТф
,
Бу ерда:
Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
P – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning
mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik
uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va
shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida
vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning
Ilmiybaza.uz
o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida
ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
ste’molchi hatti-harakati nazariyasi.
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining hatti-harakati
orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida
mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati
nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda. Talabalarni mazkur
nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini
ko‘rib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi
hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasining mazmuni bilan 4-mavzuda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu
nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi
qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir
ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi
tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi
iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi
taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati
bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan
izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada
afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan
naflilikning hosilasini ifodalaydi:
XY
U X Y
, )
(
.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini
iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik
Ilmiybaza.uz
umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi
hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga
qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori
sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi»
mavjud bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu
iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan
iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa,
ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan
boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan
qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi
naflilikka ega bo‘ladi. Yalpi (umumiy) naflilik so‘nggi qo‘shilgan naflilik
ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so‘nggi
qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste’mol qilingan
muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin.
11-jadval. Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan va
yalpi naflilik
Iste’mol
qilingan
muzqaymoqlar soni
So‘nggi
qo‘shilgan
naflilik (MU)
Yalpi naflilik (U)
0
1
2
3
4
5
6
-
4
3
2
1
0
-3
0
4
7
9
10
10
7
Jadvaldan ko‘rinadiki, musbat ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilikning oshib
borishi bilan, yalpi naflilik miqdori o‘sib bormoqda. Biroq, bu o‘sish sur’ati
Ilmiybaza.uz
muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo‘shilishi bilan pasayib bormoqda. Manfiy
ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilik yalpi naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni
maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha
bayon etiladi: iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki,
daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi
qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil
qiymatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni:
y
y
x
x
P
MU
P
MU
,
bu yerda: MU – X va Y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning
narxi.
Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini
ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga
taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim
rol o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi
uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud
bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri
chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har
ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar
to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon
harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi
shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar
o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud
bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har
bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini
ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
В
С
В
А I3
I2
I1
0 А
12-chizma. Befarqlik kartasi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud
bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch
egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan
tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi
hatti-harakatini
tushunishda
iste’molchi
budjetining
cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining
muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u
yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati
Ilmiybaza.uz
orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi
tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi budjet chizig‘i shaklida
ham aks ettirish mumkin.
Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omil-
lardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
2. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y
beradi?
3. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering?
4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang?
5. Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
6. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasichi? Ularning
iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang?
7. Iste’molchi budjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. N. Gregory Mankiw. Essentials of Economics. 8th Edition. Cengage Learning;
8. Edition (January 1, 2017). ISBN-13: 978-1337091992 67-105 bet
2. Ш. Шодмонов, М. Рахматов. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.:«Замин
нашр», 2021. – 856 б 233-264 bet
3. John Sloman, Dean Garrat. Economics. Pearson. 10th edition. UK. 2018. 34-75
bet
4. Sh.E. Sherkulov. Iqtisodiyot nazariyasi: O‘quv qo‘llanma 2022 131-145 bet
5. Экономическая теория: учебник / С.С. Носова. - 4-е изд., стер. - Москва:
КНОРУС, 2017. - 792. c. 89-97 bet