TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI

Yuklangan vaqt

2024-08-26

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

151,0 KB


 
 
103 
 
 
 
 
TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI 
 
 
Reja: 
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni. 
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni. 
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor 
muvozanati. 
4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi. 
 
 
Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin 
tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif 
o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har 
qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif 
ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va 
taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi 
mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.  
Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga 
ta’sir 
etuvchi 
omillarni 
o‘rganishda 
iqtisodiyot 
nazariyasida 
muhim 
yo‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib 
chiqamiz. 
 
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir 
qiluvchi omillar. Talab qonuni 
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi 
ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va 
103 TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI Reja: 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni. 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni. 3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. 4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi. Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, mavzuning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va
 
 
104 
doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab 
tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy 
tushuncha) sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – 
bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan 
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil 
variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan 
miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida 
iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir 
bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.  
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan 
talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir 
iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu 
turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) 
iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi 
bozor talabi deyiladi. 
Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu 
miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab 
miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p 
ta’sir qiladigan omil narx omilidir. 
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni 
quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz. 
 
2-jadval. Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
Bir kg un narxi (so‘m) 
1 oy davomida unga 
bo‘lgan yakka talab 
miqdori (kg) 
1 oy davomida unga 
bo‘lgan bozor talabi 
miqdori (tn) 
350 
300 
10 
20 
1,0 
2,0 
104 doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz. 2-jadval. Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik. Bir kg un narxi (so‘m) 1 oy davomida unga bo‘lgan yakka talab miqdori (kg) 1 oy davomida unga bo‘lgan bozor talabi miqdori (tn) 350 300 10 20 1,0 2,0
 
 
105 
250 
200 
150 
30 
50 
60 
3,0 
5,0 
6,0 
 
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar 
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining 
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar 
miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik 
talab qonuni deyiladi. 
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari 
bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq 
talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (3-chizma). 
 
so‘m 
 
350 
300 
250 
200 
150 
100 
 50 
 0 
 
P  
 D    
 
 
 
      
       D 
 
 
 
 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 
3-chizma. Talab egri chizig‘i. 
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni 
tasviriy aks ettiradi. 
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib 
olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.  
105 250 200 150 30 50 60 3,0 5,0 6,0 Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (3-chizma). so‘m 350 300 250 200 150 100 50 0 P D D 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 3-chizma. Talab egri chizig‘i. Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
 
 
106 
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni 
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. 
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining 
o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. 
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:  
1) iste’molchining didi;  
2) bozordagi iste’molchilar soni;  
3) iste’molchining daromadlari;  
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;  
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. 
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir 
ko‘rsatishini qarab chiqamiz. 
1. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, 
narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.  
2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, 
iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining 
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning 
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda 
aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib 
keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan 
talabni kamaytiradi. 
3. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga 
qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni 
nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni 
kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat 
hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat 
qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib 
olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega 
106 Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz. 1. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi. 2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi. 3. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega
 
 
107 
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish 
imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri 
bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.  
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda 
o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u 
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.  
 Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin 
(4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan 
ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu 
turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri 
chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan 
iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli 
daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. 
 Chizmadan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming 
so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 
donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga 
oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining 
o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 
donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. 
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay 
to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur 
tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). 
   
 Daromad, ming so‘m 
  100 
  
107 bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi. Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (4-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. Chizmadan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). Daromad, ming so‘m 100
 
 
108 
  90 
  80  
  70 
  60 
  
  50  
  40  
  30 
  20 
  10 
  
  0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona 
4-chizma. Engel egri chizig‘i. 
 
Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga 
qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab 
chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor 
kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.  
4. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda 
ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) o‘zaro bir-birini 
almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar. 
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi 
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. 
Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib 
keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.  
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi 
bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. 
Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. 
Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.  
108 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona 4-chizma. Engel egri chizig‘i. Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. 4. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar. O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
 
 
109 
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va 
tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini 
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, 
iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va 
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. 
 
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif 
qonuni 
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va 
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi 
bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi 
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab 
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan. 
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga 
chiqarilishini ko‘rsatadi. 
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar 
taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning 
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi 
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.  
 
5-jadval. Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
1 kg un narxi (so‘m) 
1 oy davomida unning 
yakka taklifi miqdori (kg) 
1 oy davomida unning 
bozor taklifi miqdori (tn) 
350 
300 
250 
200 
150 
60 
50 
30 
20 
10 
6,0 
5,0 
3,0 
2,0 
1,0 
109 5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi. 5-jadval. Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik. 1 kg un narxi (so‘m) 1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg) 1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn) 350 300 250 200 150 60 50 30 20 10 6,0 5,0 3,0 2,0 1,0
 
 
110 
 
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi 
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. 
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni 
ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash 
mumkin (6-chizma). 
 
R,so‘m 
     S 
350        
300 
250     
200  
150 S 
100 
 50 
 0  
  1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 
6-chizma. Taklif egri chizig‘i. 
 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar 
ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 
1) resurslarning narxi;  
2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 
3) soliq va subsidiyalar;  
4) boshqa tovarlarning narxi; 
5) narx o‘zgarishining kutilishi;  
6) bozordagi sotuvchilar soni. 
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining 
o‘zgarishini taqozo qiladi. 
110 Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (6-chizma). R,so‘m S 350 300 250 200 150 S 100 50 0 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 6-chizma. Taklif egri chizig‘i. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 1) resurslarning narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlarning narxi; 5) narx o‘zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni. Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
 
 
111 
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 
1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida 
mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga 
narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. 
Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, 
yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini 
qisqartiradi. 
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi 
mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning 
mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, 
paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi 
paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish 
xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj 
to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar 
ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni 
kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur 
tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti 
taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini 
oshiradi. 
5. Narx 
o‘zgarishining 
kutilishi. 
Kelgusida 
mahsulot 
narxining 
o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga 
mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda 
neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. 
6. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
111 Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi. 2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi. 5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. 6. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi.
 
 
112 
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki 
tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. 
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash 
xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq 
vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif 
kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi 
ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab 
chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish 
imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan 
yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini 
oshirib bo‘lmaydi. 
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, 
musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham 
noo‘zgaruvchan bo‘ladi. 
 
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi 
nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. 
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib 
turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum 
nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif 
miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab 
miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori 
o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. 
Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi 
deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor 
muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir 
qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo 
iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 
112 Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi. 3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
 
 
113 
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari 
mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini 
muvozanatli narxda topadi.  
Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta 
grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma):  
Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – 
tovarning muvozanatli miqdori. 
so‘m 
 
350 
300  
250 
200 
150 
100 
 50 
 0 
 
P  
 D ortiqcha ishlab chiqarish  S    
 
   E    
     
S       D 
   taqchillik    
 
 
 
 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 
 
7-chizma. Muvozanatli narx. 
Grafikda Ye nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli 
miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, narx 250 so‘m bo‘lganda, xaridorlar mazkur tovar 
(un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga 
tayyor bo‘ladi. 200 so‘mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay 
o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib 
olishga tayyor bo‘ladi va hokazo. 
Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab 
chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m 
darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil 
tovar bozorini tavsiflaydi. 
113 Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma): Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori. so‘m 350 300 250 200 150 100 50 0 P D ortiqcha ishlab chiqarish S E S D taqchillik 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna 7-chizma. Muvozanatli narx. Grafikda Ye nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, narx 250 so‘m bo‘lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor bo‘ladi. 200 so‘mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bo‘ladi va hokazo. Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
 
 
114 
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli 
muvozanatlik holatni farqlash zarur. 
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki 
doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga 
moslasha olmasligi bilan bog‘liq. 
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal 
qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.  
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram 
kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. 
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, 
yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar 
haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda 
yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. 
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda 
narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi 
uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta 
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan 
egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid 
miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. 
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan 
sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi 
deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb 
ataladi.  
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 
P
Q
ЭТ

 
, 
114 Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: P Q ЭТ    ,
 
 
115 
Bu yerda:  
Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 
   R – narxlarning foizli o‘zgarishi. 
 
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. 
Ularning asosiylari quyidagilar: 
1. 
Mahsulotlarning 
o‘rnini 
bosuvchanligi. 
Iste’molchiga 
biror 
mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga 
talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan 
mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir 
alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.  
2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog‘i. 
Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga 
talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 
foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot 
miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil 
yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil 
qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining 
kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot 
miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi. 
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab 
odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. 
Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu 
sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning 
keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga 
narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, 
mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 
10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. 
Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki 
baliqqa o‘tkazishi mumkin.  
115 Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; R – narxlarning foizli o‘zgarishi. Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi. 2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog‘i. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi. 3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.
 
 
116 
Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar 
ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan 
ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun 
daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Iste’molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga 
o‘zgarishini 
ifodalovchi 
ko‘rsatkich 
talabning 
daromad 
bo‘yicha 
egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
Д
Q
ЭТ



, 
Bu yerda:  
Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; 
   D – daromadning foizli o‘zgarishi. 
 
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan 
sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi 
deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham 
ataladi.  
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 
P
Q
ЭТф

 
, 
Bu yerda:  
Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi; 
   R – narxlarning foizli o‘zgarishi. 
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning 
mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik 
uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va 
shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida 
vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning 
116 Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Iste’molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Д Q ЭТ    , Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; D – daromadning foizli o‘zgarishi. Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: P Q ЭТф    , Bu yerda: Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi; R – narxlarning foizli o‘zgarishi. Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning