Ta’lim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash
Yuklangan vaqt
2024-07-22
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
19,3 KB
Ta’lim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash
Rеjа:
1. Baholash turlari va mezonlari.
2. Qayta topshirish va qayta o‘qish
3. Apellyasiya shartlari
Pedagogika-psixologiya fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va
baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim
standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar
yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad
bajariladi.
3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi,
ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi.
SHuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining
ajralmas qismidir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini
hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan. Har bir fan bo‘yicha
o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik
davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali
baholanadi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan
o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi
bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki
bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular
bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati
shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish
o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi.
Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda
o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan
o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki
oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda
og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish
asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar» mavzusini
qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z
javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik
va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki
tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar
baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali
ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki
tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. CHunonchi, uni qo‘llash jarayonida:
nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin. SHu
bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini
ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi. Og‘zaki ommaviy tekshirish
o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga haratilgan savollarga javob
beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik
o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo
o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga
tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning
to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha
o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar
o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu
tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini
guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki,
o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib
bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil
etadi. YOzma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va
mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu
jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini
tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga
asoslangan
tekshirish.
Bajarilayotgan
amaliy
harakatlar
(sport,
mehnat
harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat
bo‘lishi mumkin. O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat
qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball
qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka
undaydi.
Ma’lumki,
bugun
ta’lim
tizimida
reyting
nazoratidan
keng
foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash,
bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning
turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.
Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning
yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston
Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. Test – aniq maqsad asosida
muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon
beruvchi sinov vositasi. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga
tashlanadi.
Ular quyidagilardir: 1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining
mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish
mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir
xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan
sohadir. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun
kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim
muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga
tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng
samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim
ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining
eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida
baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Besh balli baholash tizimi
qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka
hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan. Demak, ushbu jarayonda talab va
amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi. Ikkinchidan, baholash mezoni
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiharishga emas, aksincha,
o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va
malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni
tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi zarur. Baholashning besh balli tizimi
birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo‘yish tartibini bildirib,
mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining o‘rtacha arifmetik qiymati asosida
choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat. Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan
uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday
natijalarni qayd etgan bo‘lsa, unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa
o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy
baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan
javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi. «Reyting» (inglizcha
baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan
belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini
nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida
o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim standartida belgilangan barcha
talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi. Reyting tizimida
o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha shakllardan o‘tish jarayonida
to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10
balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball
qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to‘plagan bali 27 ballni
tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini
to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha attestatsiya qilinmaydi.
Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib
chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy
mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni
egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning o‘rniga
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish
yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi.
Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga
ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi. Biroq, bugungi kunda ham
maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois
pedagoglar mazkur tizimning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘llarini
izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda.
Xususan: -baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf
jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga
imkon bermaydi. SHu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni
qo‘yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi; - raqamni
balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega
emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul dars davomida
shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab etadi; -
o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun
qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga
asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q.
Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy
mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim
olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-
sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil
– aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir. Kommunikativ motiv –
tengdoshlarining munosabati, fikri. O’quvchilar tengdoshlarining munosabati,
fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana
olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham
o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida
gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida maqtash
mumkin, lekin koyish mumkin emas.
Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
1. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z sinfdoshlarining
muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko‘rsatishga
o‘rgatishdan iborat;
2. o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda
o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi
a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi.
Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga
o‘rgatib borish zarur.
3. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini
tahlil etadi. YAkunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib
qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi
yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O’zo‘zi bilan
musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past 30
o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa
bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish
uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Talabalarning ta’lim natijalarini baholash mezonlari va ECTSga
konvertatsiya qilish:
Daraja
“5”
ballik
tizim
(baho)
O’zlashtirish
% da
An’anaviy
da
Baholash mezonlari
O’quv
boshqarma
uchun
Professor-o’qituvchi uchun
A+
4,75 –
5
91 – 100
A’lo
Talaba
materialni
mustaqil
ravishda
tez
o’zlashtiradi:
xatolarga
yo’l
qo’ymaydi;
mashg’ulotlarda faol ishtirok
etadi; savollarga to’liq va aniq
javob beradi.
A
4,46 –
4,74
90 – 95
Talaba materiallarni mustaqil
ravishda o’zlashtiradi: xatolarga
yo’l
qo’ymaydi;
savollarga
to’liq va aniq javob beradi.
B+
4,05 –
4,45
81 – 90
Yaxshi
Talaba
materiallarni
yaxshi
o’zlashtiradi, uni mantiqiy ifoda
eta oladi; mashg’ulotlarda faol
ishtirok etadi; savollarga to’liq
va aniq javob beradi, biroq
uncha
jiddiy
bo’lmagan
xatolarga yo’l qo’yadi.
B
3,55 – 71 – 80
Talaba
materiallarni
yaxshi
4,04
o’zlashtiradi, savollarga to’liq
va aniq javob beradi, biroq
uncha
jiddiy
bo’lmagan
xatolarga yo’l qo’yadi.
C+
3,26 –
3,5
66 – 70
Qoniqarli
Talaba
asosiy
materiallarni
biladi, biroq aniq ifoda etishga
qiynaladi;
savollarga
javob
berishda aniqlik va to’liqlik
etishmaydi; materiallarni taqdim
etishda ayrim xatoliklarga yo’l
qo’yadi;
kommunikasiya
jarayonida qiyinchilik sezadi.
C
3,0
–
3,25
60 – 65
Talaba
asosiy
materiallarni
biladi, biroq aniq ifoda etishga
qiynaladi;
savollarga
javob
berishda aniqlik va to’liqlik
etishmaydi; materiallarni taqdim
etishda ayrim xatoliklarga yo’l
qo’yadi.
F
3,0 dan
kam
59 dan kam
Qoniqarsiz Talaba
materialllarni
o’zlashtirmagan;
savollarga
javob
bera
olmaydi;
mashg’ulotlarda
ishtirok
etmaydi.