Ilmiybaza.uz
1
TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir
darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim
oluvchilar
faoliyatini
faollashtiradigan
metodlar
bilan
boyitish
ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun
dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim
oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil
rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi
metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol
metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar
tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol
ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
Ilmiybaza.uz
2
-
ta’lim
oluvchining
tashabbuskorligi
va
mas’uliyatining
qo‘llab-
quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Ilmiybaza.uz
3
“Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir
yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki
shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga
ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z
javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan
savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga
ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki
«pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum”
metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish
imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin,
ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini
jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va
munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat
og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr
yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim
oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda
ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib
qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
“АҚЛИЙ ҲУЖУМ” методи
Ilmiybaza.uz
4
Аниқ ва тўғри жавоб танлаб олинади
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng,
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga
olinadi.
3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
Quyida (1-chizma) “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.
1-chizma. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
Муаммоли савол берилади
Фикр ва ғоялар эшитилади ва жамлаб
борилади
Фикр ва ғоялар гуруҳланади
Ilmiybaza.uz
5
2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli
qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
natijalar
baholanmasligi
ta’lim
oluvchilarda
turli
fikr-g‘oyalarning
shakllanishiga olib keladi;
ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati
mavjud;
ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Ilmiybaza.uz
6
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish
maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki
berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda
faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va
turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki
ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta
oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
keltirilgan (2-chizma).
“КИЧИК ГУРУҲЛАРДА ИШЛАШ” методи
Кичик гуруҳлар шакллантирилади
Мавзу ёритилади
1-гуруҳга
топшириқ
2- гуруҳга
топшириқ
3-гуруҳга
топшириқ
4- гуруҳга
топшириқ
Кўрсатма бериш ва йўналтириш
Муҳокама ва таҳлил қилиш
1- гуруҳ
тақдимоти
2- гуруҳ
тақдимоти
3-гуруҳ
тақдимоти
4- гуруҳ
тақдимоти
Баҳолаш
Ilmiybaza.uz
7
2-chizma. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan
iborat:
1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan
bo‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib
turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;
vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;
Ilmiybaza.uz
8
o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli
ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;
guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;
guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
9
“Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki
savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish
orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida
joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni
o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari
mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va
ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini
so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki
bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar
muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan
so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va
nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
“ДАВРА СУҲБАТИ” методи
1
2
Белгилар:
1-таълим олувчилар
2-айлана стол
Ilmiybaza.uz
10
3-chizma. Davra stolining tuzilmasi
Yozma davra suhbatida (3-chizma) ham stol-stullar aylana shaklida
joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim
oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob
varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan
so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib,
konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha
konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib
olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan (4-
chizma).
Суҳбатни ўтказиш шартлари билан
таништириш
Конвертлар ва “Жавоблар
варақалари”ни тарқатиш
Конвертларга саволлар ёзиш
Саволларга жавоб ёзиш
Баҳолаш ва таҳлил қилиш
Конвертни ёнидаги ўқувчига узатиш
Ilmiybaza.uz
11
4-chizma. “Davra suhbati” metodining tuzilmasi
“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan
tanishtiradi.
3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda
necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har
bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi
konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.
4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va
“Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.
5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha
yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar
varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda
yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining
o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar
varaqalari”ni baholaydi.
8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
Ilmiybaza.uz
12
Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining
bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali
ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi.
Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim
oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim
oluvchilarni ob’ektiv baholashi mumkin.
“Davra suhbati” metodining afzalliklari:
o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;
barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar;
har bir ta’lim oluvchi o‘zining baholanishi mas’uliyatini his etadi;
o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.
“Davra suhbati” metodining kamchiliklari:
ko‘p vaqt talab etiladi;
ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi
talab etiladi;
ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash
talab etiladi.
Ilmiybaza.uz
13
“Ishbop o‘yin” metodi - berilgan topshiriqlarga ko‘ra yoki o‘yin
ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik
qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi
hisoblanadi.
O‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan
ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi.
Bir tomondan o‘yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko‘ra
ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Ishbop
o‘yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo‘ladi. Ishtirokchilarning
bir qismi qat’iy belgilangan va o‘yin davomida o‘zgarmas rolni ijro etishlari lozim.
Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o‘z
maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop o‘yinda har bir ishtirokchi alohida rolli
maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-
guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifasi bo‘yicha qaror
qabul qiladi, so‘ngra guruh bilan maslahatlashadi. O‘yin yakunida har bir
ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop o‘yin”
metodining tuzilmasi keltirilgan (5-chizma).
Вазифаларни тақсимлаш
Вазифалар бўйича иштирокчилар
қарор қабул қиладилар
Ўйинни амалга ошириш
Муҳокама қилиш
Ўйин шартлари ва баҳолаш
мезонлари билан таништириш
Баҳолаш
“ИШБОП ЎЙИН” методи
Ilmiybaza.uz
14
5-chizma. “Ishbop o‘yin” metodining tuzilmasi
“Ishbop o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi.
Qatnashchilar uchun yo‘riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
2. Ta’lim oluvchilarni o‘yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash
mezonlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.
4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radilar.
5. Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o‘yinni amalga oshiradilar.
Ta’lim beruvchi o‘yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
6. O‘yin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning
xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi, berilgan vaziyatda
o‘zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib
ketish qobiliyatini ko‘rsata olishi kerak.
“Ishbop o‘yin” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarning bilimlarini va tajribalarini o‘z qarashlari va hulqlari
orqali ifoda etishga yordam beradi;
Ilmiybaza.uz
15
ta’lim oluvchining boshlang‘ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun
yaxshi imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilar o‘z bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda imkoniyatlarini
namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.
“Ishbop o‘yin” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
vaqt ko‘p sarflanadi;
tanlangan mavzu ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;
ta’lim oluvchining his-hayajoni to‘g‘ri qaror qabul qilishga halaqit berishi
mumkin.
Ilmiybaza.uz
16
Сценарий ишлаб чиқилади
Ўйиннинг мақсади ва вазифалари
тушунтирилади
Роллар тақсимланади
Роллар ижро этилади
Якуний хулосага келинади
“РОЛЛИ ЎЙИН” методи
“Rolli o‘yin” metodi - ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har
xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir.
Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib
borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim
beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan
kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda
qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar.
Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni yechish bo‘yicha
ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli
o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
“Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan
ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Chunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim
oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi.
Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi
kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiyani
shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi
keltirilgan (6-chizma).
Ilmiybaza.uz
17
6-chizma. “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi
“Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi
hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.
2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.
4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni
kuzatib turadilar.
5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro
etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan
ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa
qilinadi.
Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab
chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb
etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini
oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga
mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim
oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib,
kerakli xulosa chiqarishlari lozim.
Ilmiybaza.uz
18
“Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari:
o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga
yordam beradi;
ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi;
ta’lim oluvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.
“Rolli o‘yin” metodining kamchilik tomonlari:
ko‘p vaqt talab etiladi;
ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
ta’lim oluvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin;
barcha ta’lim oluvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
19
“Bahs-munozara” metodi - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan
o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-
munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi
yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda
olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish
lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo
bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
“o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya
qilish;
fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;
bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;
bir-birlariga o‘zaro hurmat.
Quyida (7-chizma) “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan.
“БАҲС-МУНОЗАРА” методи
Муаммоли савол ташланади
Турли фикрлар тингланади
Фикр-ғоялар тўпланади
Таҳлил қилинади
Аниқ ва мақбул ечимни топиш
Ilmiybaza.uz
20
7-chizma. “Bahs-munozara” metodining tuzilmasi
“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab
chiqadi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va
ularni munozaraga taklif etadi.
3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va
fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan
birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga
o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va
g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
“Bahs-munozara” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;
ta’lim oluvchilar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga
imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga
yordam beradi.
“Bahs-munozara” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;
Ilmiybaza.uz
21
ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu
tanlash
talab etiladi.
Ilmiybaza.uz
22
“Muammoli
vaziyat”
metodi
-
ta’lim
oluvchilarda
muammoli
vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish
bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi
ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan
muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa
olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan
ishonchlarining
yo‘qolishiga
olib
keladi.
«Muammoli
vaziyat»
metodi
qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va
oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar. Quyida
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan (8-chizma).
Гуруҳларнинг муаммоли вазиятнинг
ечимини ишлаб чиқиши
Муаммоли вазият тавсифини келтириш
Гуруҳларга бўлиш
Гуруҳларнинг муаммоли вазиятнинг келиб
чиқиш сабабларини аниқлаши
Гуруҳларнинг муаммоли вазиятнинг оқибатлари
тўғрисида фикр юритиши
Тўғри ечимларни танлаш
“МУАММОЛИ ВАЗИЯТ” методи
Ilmiybaza.uz
23
8-chizma. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va
vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon
qiladi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari
bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib
chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha
taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-
mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil
qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va
o‘z variantlarini taklif etadilar.
Ilmiybaza.uz
24
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi
bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul
variantlarini tanlab oladi.
“Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va yechimlarni topishni
o‘rganadilar;
ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat
yaratiladi;
ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:
ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
ko‘p vaqt talab etiladi.
Ilmiybaza.uz
25
“Loyiha” metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda
belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot
o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar
rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va
natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka
tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining
birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim
oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki
boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-
nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini
boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq
etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va
amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.
Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan (9-chizma).
“ЛОЙИҲА” методи
5. Текшириш
4. Амалга
2. Режа тузиш
6. Хулоса чиқариш
3. Қарор қабул
қилиш
1. Маълумот
йиғиш
Ilmiybaza.uz
26
9-chizma. “Loyiha” metodining bosqichlari
“Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim
oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida
topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.
2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida
ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-
ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga
asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar
muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha
erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar
taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim
oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga
oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
5. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik
guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar.
Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki
kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida
hisobot qilinadi: og‘zaki hisobot; materiallarni namoyish qilish orqali hisobot;
loyiha ko‘rinishidagi yozma hisobot.
Ilmiybaza.uz
27
6. Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni birgalikda
yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida
erishilgan ko‘rsatkichlarni me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda
me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi.
Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab
chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning
imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash
jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi
lozim.
“Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:
yakka tartibdagi ish;
kichik guruhiy ish;
jamoa ishi.