TA’LIM MAZMUNI. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
Reja:
1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
5. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
6. Ta’lim metodlarining mohiyati. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari.
Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim
standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-metodik majmua,
ta’lim, metod, motivatsiyali, izohli-tasvirli, reproduktiv, evristik, amaliy,
illyustratsiya, ko’rgazmali, labaratoriya. Arxaik, qadimgi, avestiy, yunon,
dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish,
dasturlashtirilgan ta'lim, komputerli o'qitish, innovatsio,masofaviy ta'lim,
individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli, sinfdan tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari, ommaviy, guruhli, asosiy,
qo'shimcha va yordamchi ta'lim, aralash (kombinatsiyalashgan), o'qitish,
tarbiyalash, rivojlantirish,
nostandart darslar, tashxislash, bashoratlash,
loyihalashtirish (reallashtirish).
1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’ lim mazmuni deganda o’quvchilarning
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq
belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi.
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi
bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-
muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni aniqlovchi
asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2) jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3) ta’limninq maqsad va vazifalari;
4) innovatsion rivojlanish darajasi;
5) axborotlarning hajmi va ko’lami;
6) o’ quvchilarning yosh xususiyatlari.
Kompetent yondashuv o’quvchidan alohida-alohida bilim va ko’nikmalarni
o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab
bilan bog’liqlikda o’z navbatida o’qitish metodlarini tanlash tizimi ham
o’zgarishga uchraydi. O’qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo’llash o’z
navbatida ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarga muvofiq keladigan
kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o’ rta ta’limni
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur
yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni
didaktik birliklar sifatida ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi
(triada) - «Bilim - Ko’nikma - Malaka»ni oltita birlik (siksten) - «Bilim -
Ko’nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik»
tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Kompetentsiyaviy
yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) -
«Bilim - Ko’nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikste
n ) - «Bilim - Ko’nikma - Malaka
- Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab
etiladi.
2.Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga
oshiriladi:
-Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat
va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot
darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni
talab etadi.
-Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu
tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq
bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga
olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish
jarayonida taqdim etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u
bilan bog’liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
-Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi
navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va
amaliy o’zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. Buning
uchun insonparvar g’ oyalar umumiy ta’ lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa
o’z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog’liqligi va
o’zaro munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini talab etadi, uning asosini
shaxsga yo’nalganlik tashkil etishi zarur.
-Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili
ta’limni
insonparvarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-
gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o’rnatish va
fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat
metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
-Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim
mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi,
bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib
chiqadi.
-Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili.
Ushbu tamoyil
o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni
yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta ta’ lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit
mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi
aloqadorlikda ko’rib chiqishni ko’zda tutadi.
-Ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili.
Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari
va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko’zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga
mos bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks
ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
-ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini
shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;
-ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim
mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar imkoniyatlarining
mavjud o’quv dasturlariga mosligi;
-ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim
muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
-ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish.
3.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim
standartidir. O’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga
kiradi.
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza»,
«model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli
ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi,
o’quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini baholash
mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadi
- umumiy o’rta ta’lim tizimini
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan
xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
-umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-o’quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
-ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
-davlat ta’lim standartlari talablarining ta’ lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’ minlash.
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: o’quvchi
shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
-umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga,
shaxs ehtiyojiga mosligi;
-umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan
uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
-umumiy o’rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi
va yaxlitligi;
-umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
-o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun
tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning
ta’minlanganligi;
-rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
-umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi;
-umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta’limning
malaka talablari; baholash tizimi.
Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi umumiy o’rta ta’lim
muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal
hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o’quv reja
umumiy o’rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini
ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo’yicha umumiy o’rta ta’limning
malaka talablarini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi darajasini hamda umumiy
o’rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar
majmuidan iborat.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari asosida o’quv materiallari o’quv-
metodik majmuada o’z ifodasini topadi.
O’quv-metodik majmua
- darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik
qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
“Metod” so'zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish
yo'li” kabi ma'nolarni anglatadi. Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy
tarzda “maqsadga erishish usullari*1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda “ta'lim metodi” tushunchasiga berilgan
ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim
metodlari-
zamonaviy
Ta’lim
metodlari-
o’quv
jarayonining
murakkab
tarkibiy
Ta’lim
metodlari
deganda
o’qituvchining
Ta’lim
metodi-
belgilangan
darajada o’quv-
tarbiyaviy
maqsadlarga
erishishga
yo’naltirilgan
pedagog
va
o’quvchilarning
o’zaro bog’liq
faoliyat
usullaridir.
(V.I.Zagvyazinsk
iy)
unsuri (komponenti)
bo’lib, o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatining
barcha yo’nalishlarini
yoritishga
xizmat
qiladi, ular o’rtasida
ko’p sonli aloqa va
bog’lanishlarni yuzaga
keltiradi. (G.I.Shukina)
o’rgatuvchanligi va
o’quvchilarning o’quv
materialini egallashga
yo’naltirilgan
turli
didaktik
masalalar
yechimini topishga oid
o’quv-bilish
faoliyatlarini tashkil
etish
usullari
tushuniladi.
(I.F.Xarlamov)
maqsadga
erishishni
ta’minlovchi
algoritmlashtiri
lgan, muayyan
mazmunga ega
harakatlar
tizimidir.
(P.I.Podla
siy)
1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar
Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham
mavjud.
“Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va
o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi
o'zida, umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Ta'lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ta’lim metodlari
Motivatsiyali
Tashkiliy
Tarbiyaviy
Ta’limiy
Rivojlantiruvchi
“Ta'lim metodi” atamasi bilan birga ko'p hollarda “metodik usul” (sinonimlari
- pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham Qo'llaniladi. U ta'lim metodining
tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam
sifatida ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim usullarini chog'ishtirish
orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon
bermaydi, biroq o'qituvchi faoliyatida tez-tez qo'llaniladigan usullarni ajratib
ko'rsatish mumkin:
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa birmuncha samarasiz bo'lishi mumnkin. Universal ta'lim metodiari mavjud
emas, shu bois darsda turlita'lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan
foydalanish mumkin. Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida
aniqlanadi:
-didaktik maqsad asosida;
-ta'lim mazmuni asosida;
-o'quvchilarning o'quv ko'nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
-o'qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O'qituvchi tomonidan qo'llanilayotgan ta'lim metodlari majmuasi
boshlang'ich sinflardan yuqori sinflarga o'tish asosida o'zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo'llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo'llashga bo'lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim metodlaridan
Metodik usullar
Namoyish (ko’rgazmali, obektiv-tajriba, amaliy
va aqliy harakatni namoyish etish hakozolar )
Topshiriq berish
Yo’l-yo’riq ko’rsatish
Masalani organish
foydalanish ko'Iami, holati o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog'liq holda o'zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo'layotgan yana bir muhim obyekt ta'lim
metodlarining tasnifidir. “Ta'lim metodlari tasnifi ularning ma'lum belgilari bo'yicha
tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o'nlab ta'lim metodlari ma'lum”,
ekanligini ta'kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, “Biroq
bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g'oya yagona va o'zgarmas metodlar
majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi.
Metodlarning quyidagi ko’rinishlari ta’lim jarayoning hamma
bosqichida ishlatiladi:
1.
Materialni og'zaki bayon qilish (hikoya, suhbat, tushuntirish.
maktab ma'ruzasi). O'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish o'qituvchining
tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o'ylash evaziga amalga oshiriladi.
Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o'qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu
o'rinda o'qituvchining o'quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo'yish, rejani
e'lon qilish, o'quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo'ladi.
2.
Suhbat.
O'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayoni: ular
e'tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o'zaro taqqoslash, puxta o'ylash va
savollarga to'g'ri javob tayyorlashdan iborat.
O'qituvchining rahbarligi: mavzuni qo'yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to'ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o'zlashtirishda o'quvchilar mavjud bilimlari va
tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib bosma matn xizmat qiladi.
O'qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o'quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o'rgatish, o'zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko'rinishlarda
aks ctadi.
4. O'qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan.
sayohat va ekskursiyalar) jaravonlarda.
O'quvchilarning o'quv predmetlari bo'yicha o'zlashtirish holati va hodisalarni
kuzata borib, turli fan o'qituvchilarining ko'rsatmalari bo'yicha ularni qismlarga
taqsimlab har bir o'quvchining o'ziga xos, o'xshash va muhim jihatlarini aniqlashga
yo'naltiriladi.
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib muayyan predmet (yoki jarayon),
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O'qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy
rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va
umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya'ni, ma'lum sharoitda
muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O'quvchilar hodisalarni kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbayi kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O'qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o'quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo'llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o'rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O'quvchilar tomonidan bilimlarni
o'zlashtirish jarayonining o'ziga xosligi, nazariy asoslar o'zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o'xshash harakatlarning ko'p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbayi: o'zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O'qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi,
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o'ziga xos xususiyatga ega bo'Iib, o'ziga xoslik
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil
yondashish, dalillarni saralash va o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni
ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo'llash va kengaytirish kabi holatlar bilan
tavsiflanadi.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbayi» bo'yicha tizimlashtirilgan metodlar —
og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o'zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e'tiborni «ta'lim
metodini to'g'ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho'ro umumta'lim
maktablarining o'quv jarayonida metodlarning cheksiz ko'pligi, xatto ularni bir
necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o'quv-
tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to'g'ri, asoslangan
metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g'oya» mohiyat jihatidan noto'g'ri
bo'lishiga qaramay, o'n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o'rin tutib
keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbayi bo'yicha ham, didaktik maqsadlar
bo'yicha aniqlangan ta'lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy
muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo'llash ta'lim
sifatining yuqori darajasini ta'minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar
davom ettirildi. O'tgan asrning 80-yillaridan boshlab o'quvchilarning bilish
faoliyati xarakteriga mos ta'lim tasnifi yaratildi.
Reproduktiv ta'lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi
unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o'qituvchining bilimlarni tushuntirishi,
ularni o'quvchilarning yodida saqlanishini ta'minlashi va qayta ishlab chiqishi
(reproduksiya). O'zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo'Iishiga ularni ko'p
marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta'limning barcha bosqichlari,
asosan, boshlang'ich sinflarda o'qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga
oshirish ko'nikmalarini o'zlashtirishda muhim o'rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
Evristik ta'lim metodini qo'llashda o'qituvchi tomonidan turli vositalar
yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O'qituvchi bilimlarning bir
qismini o'quvchilarga ma'lum qiladi, qolganini esa o'quvchilar bilish topshiriqlarini
yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o'zlashtiradi, o'zlari
bilimlarni mustaqil egallashadi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan masalani bir necha
qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o'quvchilarning ketma-ketlikka rioya
etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman
izlanuvchan metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
Muammoli metodning mohiyati mashg'ulotlar jarayonida muammoli
vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo'lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar
yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo'li balki, shu bilan birga
o'quv yo'li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi
Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat»,
«muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki,
muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko'rinishi hisoblanib, o'zida
subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni
bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko'nikmalarini o'zlashtirishni
taqozo etadi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashga o’qituvchi va o’quvchilar
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
o'quv materialiga oid
o'quv materiali mohiyatining
tafovutlarning taklif etilishi;
anglab yetilishi;
muammoli vaziyatlarni tuzish;
muammoli vaziyat yuzasidan
muammoning mavjudligini
fikrlash;
aniqlab berish;
mavjud bilimlar va tajribani
muammoli topshiriqlarni
qayta tiklash;
Loyihalash
muammoli masalaga o'tkazish;
topshiriqni bajarish
Muammoli tizim
usullar
Muammoli vaziyat
Vaziyat
Ziddiyatlar
Ma'lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi
sifatida o'zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
2) o'quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta'lim metodlarini
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
I.
O'qish va mehnatga rag'batlantiruvchi hamda motivlashtirish
metodlari.
II.
O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
III.O'quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O'z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta'lim metodlari tizimi nazariy-amaliy
jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o'quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi.
Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta'lim
metodlari tizimiga o'xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko'ra ta'lim
jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko'ra har
qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta'limiy faoliyat ham quyidagi uchta
tarkibiy qismdan iboratdir:
1)
tashkiliy;
2)
rag'batlantiruvchi;
3)
nazorat.
Ana shu asosida ta'lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1.
O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2.
O'quv-bilish faoliyatini rag'batlantirish va motivlash metodlari.
3.
Nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko'rilgan o'qish metodlarining tasnifi
kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda
funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o'quv-
tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta'minlaydi1.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o'tilganidek, ta'lim
metodlari tizimida og'zaki bayon qilish metodlari muhim o'rin tutadi.
Og’zaki bayon qilish metodlarining turlari
Og’zaki
mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular
o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini
rivojlantirish bilan bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li
bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan
o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi,
shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda
yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud
bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning
axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi boiib, u fanga
qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat — faoliyatni endigina boshlagan o'qituvchi uchun murakkab ta'lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta'minlash ko'p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o'quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O'qituvchi oddiy savollar berishi, o'quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o'ylash uchun vaqt ajratishi, o'quvchilarning javoblarini esa
Og’zaki bayon qilish metodlari
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza