TA’LIM MAZMUNI. (Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

25,3 KB


TA’LIM MAZMUNI.
Mavzu rejasi:
1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. 
Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar:
1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni
tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan
bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  kompetentsiyalarning  aniq  belgilangan  hajmi  va
ko‘lami tushiniladi.
Ta’lim  mazmuni  tarkibida  quyidagilar  aks  etadi:  olam  va  inson  haqidagi
bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga
emotsional-faoliyat tajribasi. 
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy
omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3) ta’limninq maqsad va vazifalari;
4) innovatsion rivojlanish darajasi;
5) axborotlarning hajmi va ko‘lami;
6) o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.
Zamonaviy  sharoitda  fan  va  texnika  rivoji  ta’lim  va  uning  natijalariga
qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan
kelib  chiqqan  holda  ta’lim  mazmunini  modernizatsiyalashni  davrning  o‘zi
Logotip
TA’LIM MAZMUNI. Mavzu rejasi: 1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. 2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. 3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar: 1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi. Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi. Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma; 3) ta’limninq maqsad va vazifalari; 4) innovatsion rivojlanish darajasi; 5) axborotlarning hajmi va ko‘lami; 6) o‘quvchilarning yosh xususiyatlari. Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi
pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim
mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy
o‘rta  ta’lim  maktablarining  maqsadini  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va
malakalarni  o‘zlashtirish  tarzidan  o‘z-o‘zini  rivojlantirishga  qaratilgan
kompetensiyalarni  kompetentli-faoliyatli  yondashuvga  asoslanishdan  kelib
chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari
va  qobiliyatlarini  rivojlantirish  emas,  balki  o‘quv  fanlari  bo‘yicha  asosan
bilimlarni  axborot-verbal  tarzda  yetkazish,  ko‘nikma  va  malakalarni
shakllantirishdan  iborat  bo‘lib  qolmoqda.  Bunday  reproduktiv  tarzda
o‘zlashtirilgan  ma’lumotlar  o‘quvchining  amaliy  faoliyat  tajribasini
rivojlantirishga yetarlicha  imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p
axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va
uning  real  voqelikka  mos  kelmasligi  kabi  tafovutlar  ko‘zga  tashlanmoqda.
Aniqrog‘i,  o‘quvchi  real  hayotdan  uzoqlashib  qolgandek,  uning  oldiga  faqat
ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi.
Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab
qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi
yo‘qoladi.
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda
yangicha,  ya’ni  kompetent  yondashuvni  joriy  etishdir.  Albatta,  umumiy  o‘rta
ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan
har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun
kompetent  yondashuvni  fenomen  sifatida  talqin  etish  mumkin  bo‘lsada,  u
pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida
ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni
tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi
atamalardan  keng  foydanilmoqda.  Pedagogik  hamjamiyatda  kompetensiya  va
kompetentlik,  ulardan  qaysi  biri  tanyach  (universal)  hisoblanishi,  ularni
shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda,
mazkur  tushunchalarni  aniqlashtirish  bo‘yicha  qizg‘in  munozaralar  davom
etmoqda. 
Logotip
pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi. Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.
Kompetent  yondashuv  o‘quvchidan  alohida-alohida  bilim  va  ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab
bilan  bog‘liqlikda  o‘z  navbatida  o‘qitish  metodlarini  tanlash  tizimi  ham
o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini  tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z
navbatida  ta’lim  jarayonida  qo‘yiladigan  talablarga  muvofiq  keladigan
kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur
yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni
didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi
(triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma
- Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil
etilishi talab etiladi.
Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim
- Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka -
Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab
etiladi.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda,
kasbiy  ta’limdan  farqli  ravishda  «umumta’limiy  kompetensiya»  tushunchasini
ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi
o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham,
uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. 
O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq
mo‘ljal(orientir).  Biroq  maktab  ta’limi  davrida  o‘quvchida  «yuksak»
kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga
tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur
kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini
to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng
asosiy  -  fuqarolik  kompetensiyasini  o‘zlashtiradi  va  ta’limning  keyingi
Logotip
Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi. Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi. Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal(orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi. Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi
bosqichlarida  ham  mazkur  kompetensiyaning  yetakchilik  roli  saqlanib  qolishi
zarur.
2.Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini
loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs
rivojlanishi  talablariga  mos  bo‘lishi  tamoyili.  Bu  tamoyil  ta’lim  mazmuniga
an’anaviy  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  bilan  birga  jamiyatning
rivojlanganligi,  ilmiy  bilim,  madaniy  hayot  darajasi  va  shaxsning  rivojlanish
imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil
ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir
o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga
olishni  ko‘zda  tutadi.  Bu  umumiy  o‘rta  ta’lim  mazmunini  loyihalashtirish
jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u
bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim
tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv
materiali,  pedagogik  faoliyat,  o‘quvchi  shaxsi  kabi  komponentlarining  o‘zaro
mosligini ko‘zda tutadi.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda
o‘quvchilarning  umuminsoniy  va  milliy  madaniyatni  faol  ijodiy  va  amaliy
o‘zlashtirishlari  uchun shart-sharoitlar  yaratish bilan bog‘liqdir. Buning  uchun
insonparvar g‘ oyalar umumiy ta’limmazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z
navbatida  ijtimoiy-gumanitar  va  tabiiy-ilmiy  fanlarning  o‘zaro  bog‘liqligi  va
o‘zaro  munosabatlari  tamoyilining  o‘zgartirilishini  talab  etadi,  uning  asosini
shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur.
Ta’lim
 
mazmunini
 
fundamentallashtirish
 
tamoyili
 
ta’limni
insonparvarlashtirishdagi  to‘siqlarni  yo‘qotishga  imkon  beradi.  U  ijtimoiy-
gumanitar  va  tabiiy-ilmiy  bilimlarni  birlashtirish,  ketma-ketlikni  o‘rnatish  va
fanlararo  aloqalarni  o‘quvchilarning  idrok  etishi  va  amaliy  faoliyat
metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
Logotip
bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur. 2.Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun insonparvar g‘ oyalar umumiy ta’limmazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy- gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini
o‘sib  boruvchi  yo‘nalishda  rejalashtirishdan  iborat  bo‘lishini  anglatadi,  bunda
birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan
bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi
o‘rni, umumiy o‘rta ta’ lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga
hamda  umuminsoniy,  milliy  madaniyat  tizimi  aloqadorlikda  ko‘rib  chiqishni
ko‘zda tutadi. 
Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur
tamoyil  ta’lim  mazmunini  loyihalashda  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlari  va
tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko‘zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos
bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  kompetentsiyalar  tizimi  ta’lim  mazmunida  aks
ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
ta’lim  mazmunini  mustaqil  fikr  yuritish  va  axborot  iste’moli  madaniyatini
shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta’lim mazmunining aniq ilmiy
va  amaliy  ahamiyat  kasb  etishi;  ta’lim  mazmunining  murakkablik  darajasini
hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;
ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim muassasalari
moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish.
3.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab
beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv
dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi.
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza»,
«model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli
ta’lim  muassasalarida  ta’limning barqarorlik darajasini  ta’minlashga  erishiladi,
o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash
mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda
amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  rivojlangan  xorijiy
mamlakatlarning  ilg‘or  tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-
Logotip
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta ta’ lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko‘zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks ettiriladi. Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish. 3.Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  holda  tashkil  etish,  ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy,  umuminsoniy  va  ma’naviy  qadriyatlar  asosida  o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
ta’lim  va  uning  pirovard  natijalari,  o‘quvchilarning  malaka  talablarini
egallaganlik  darajasini  tizimli  baholash  tartibini,  shuningdek  ta’lim-tarbiya
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
Davlat  ta’lim  standarti  quyidagi  asosiy  prinsiplarga  asoslanadi:  o‘quvchi
shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta’lim standartining
ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi
va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va
yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch
va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ta’lim  sohasida  me’yorlarni  belgilash
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: umumiy o‘rta
ta’limning tayanch o‘quv rejasi; umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi.
Logotip
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi.
Umumiy  o‘rta  ta’limning  tayanch  o‘quv  rejasi  umumiy  o‘rta  ta’lim
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal
hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’limmazmunini
o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab
ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli bo‘lgan umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Toshkent  shahar  xalq  ta’limi  bosh  boshqarmasi  va  viloyatlar  xalq  ta’limi
boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik
kengashlariga  dars  jadvalini  tuzishda  tayanch  o‘quv  rejadagi  umumiy  soatlar
hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida
15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv
fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi
va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim
mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari
hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari  quyidagilardan tashkil  topadi:
bilim  -  o‘rganilgan  ma’lumotlarni  eslab  qolish  va  qayta  tushuntirib  berish;
ko‘nikma - o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka -
o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni  notanish vaziyatlarda qo‘llay
olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va
malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning
malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy
Logotip
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’limmazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim - o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma - o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka - o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy