Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari

Yuklangan vaqt

2024-07-22

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

23,2 KB


 
 
 
 
 
 
Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim 
menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari 
 
 
Reja: 
1. Ta’lim menejmenti tushunchasi.  
2. Ta’lim menejmentining mohiyati va shakllanishi.  
3. Ta’lim menejmentining predmeti, maqsad va vazifalari.  
4. Ta’lim menejmentining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini 
ta’minlash ko’p jihatdan zamon talablariga javob beradigan rahbar va 
mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog’liq. Bugungi kunda ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini barpo etish sharoitida rahbarlarni tayyorlash, ularning 
malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o’rin tutadi. 
Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari uzoq vaqt davom etib 
keleyotgan tarixiy davrlar bilan izohlanadi, menejment alohida, mustaqil fan sifatida 
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida shakllanadi. 
Menejment – inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil etish 
(boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, 
tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment 
– bu ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, yani insonlar yoki ularning 
guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va 
vositalari majmui. 
Ta’lim menejmenti fanining predmeti, vazifalari va metodlari. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari Reja: 1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. 2. Ta’lim menejmentining mohiyati va shakllanishi. 3. Ta’lim menejmentining predmeti, maqsad va vazifalari. 4. Ta’lim menejmentining ilmiy-tadqiqot metodlari. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ko’p jihatdan zamon talablariga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog’liq. Bugungi kunda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish sharoitida rahbarlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o’rin tutadi. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari uzoq vaqt davom etib keleyotgan tarixiy davrlar bilan izohlanadi, menejment alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida shakllanadi. Menejment – inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida boshqaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment – bu ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, yani insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmui.
 
 
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yaki bu faoliyat turini tashkil 
etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan 
insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning 
imkoniyatlari va qobiliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning imoniyatlari va 
qobiliyatlaridan to’g’ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni 
bildiradi. Menejment eng avvolo insonlarni boshqaradi, ularni o’z faoliyatiga 
qiziqtirish, tadbirkorlikke, mehnatga ijodiy yondashish, o’ziga ishonsh tuyg’ularini 
shakllantirish, sohalar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashiga 
ko’maklashish,yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini 
boshqarish demakdir. 
Menejment fani ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan bog’liq holda rivojlanib 
borib maqsad va vazifalarga, xizmat qilish sohalariga ko’ra bir necha turlarga 
bo’linadi: amaliy menejment, innovatsion menejment, strategik menejment, 
marketing menejmenti, ta’lim menejmenti va h.k., biz ularni menejment fanining 
shohobchalari deb atashimiz mumkin. 
Mutaxasislarning fikirga ko’ra, umumiy menejment barcha xo’jalik yuritish 
tizimi uchun taaluqli bo’lib, amaliy, innovatsion va strategic menejmentni o’z ichiga 
oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv sohalariga taaluqli bo’lib, 
innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategic menejment 
(strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo’naltirilgan 
boshqaruv faoliyatidan iboratdir. 
Menejement fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri amalga oshirish, 
xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishda, shuningdek, 
korxona va muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda ko’zlagan natijalarga 
erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning 
bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi fan bo’lib, uning asosiy maqsadi 
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda boshqaruvning barcha bo’g’inlarida 
samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. 
Menejment fan sifatida o’z maqsadiga ko’ra quydagilarni o’rganadi: boshqarish 
nazariyasi va amaliyoti; boshqaruv ob’ekti va sub’ekti; boshqarish tamoyillari va 
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yaki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning imoniyatlari va qobiliyatlaridan to’g’ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvolo insonlarni boshqaradi, ularni o’z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikke, mehnatga ijodiy yondashish, o’ziga ishonsh tuyg’ularini shakllantirish, sohalar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashiga ko’maklashish,yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir. Menejment fani ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan bog’liq holda rivojlanib borib maqsad va vazifalarga, xizmat qilish sohalariga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: amaliy menejment, innovatsion menejment, strategik menejment, marketing menejmenti, ta’lim menejmenti va h.k., biz ularni menejment fanining shohobchalari deb atashimiz mumkin. Mutaxasislarning fikirga ko’ra, umumiy menejment barcha xo’jalik yuritish tizimi uchun taaluqli bo’lib, amaliy, innovatsion va strategic menejmentni o’z ichiga oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv sohalariga taaluqli bo’lib, innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategic menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo’naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir. Menejement fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to’g’ri amalga oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishda, shuningdek, korxona va muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga hamda ko’zlagan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilishni o’rgatuvchi fan bo’lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda boshqaruvning barcha bo’g’inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment fan sifatida o’z maqsadiga ko’ra quydagilarni o’rganadi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqaruv ob’ekti va sub’ekti; boshqarish tamoyillari va
 
 
usullari; rahbar madaniyati; rahbar va lider, ularning fazilatlari; rahbar reytingi; 
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari; 
xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish, samaradorlikni boshqarish; 
o’z-o’zini boshqarish; hududiy boshqarish va h.k. 
Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo’lib, boshqaruvchi tizim 
ichidagi munosabatlarni, uning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va 
uslublarini o’rganadi, ya’ni turli soha tashkilotlari mamuriyati faoliyatini tashkil 
etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivatsiya qilish (undash) 
hamda rahbarlikni oqilona uyushtirish usullarini o’rganadi. 
Ma’muriy menejmentning asosiy maqsadi – tashkilot ma’muriyati rivojlanishida 
uyg’inlikni ta’minlashdan, ya’ni tashkilotning barcha ichki va tashqi elementlari 
faoliyatining samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlashdan iboratdir. 
Ma’muriy menejmentning asosiy sub’ektlari – ma’muriy boshqarish apparatlari, 
ularning bo’g’nlari va turli pog’onadagi rahbarlar va xodimlar bo’lib, ularning har 
biri tegishli vazifalarga, vakolatlarga va mas’uliyatlarga ega bo’ladi. 
Ta’lim menejementi – bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o’ziga xos pog’onaviylikka 
asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogic jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga 
ko’ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral 
model, birinchi pog’ona – pedagogic jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog’ona 
– o’quvchilar faoliyatini boshqarish. 
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan 
ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo’yilgan 
maqsadlarga erishish va raqobatbardorsh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning 
munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali 
boshqarishni ta’minlashdan iborat. 
Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, 
boshqaruv mas’uliyati va madanaiyati, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, 
boshqarishning qonun-qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim 
muassasi rahbarlarining funktsional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda 
usullari; rahbar madaniyati; rahbar va lider, ularning fazilatlari; rahbar reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqarish funktsiyalari; xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish, samaradorlikni boshqarish; o’z-o’zini boshqarish; hududiy boshqarish va h.k. Ma’muriy menejment boshqarishning maxsus qismi bo’lib, boshqaruvchi tizim ichidagi munosabatlarni, uning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini o’rganadi, ya’ni turli soha tashkilotlari mamuriyati faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivatsiya qilish (undash) hamda rahbarlikni oqilona uyushtirish usullarini o’rganadi. Ma’muriy menejmentning asosiy maqsadi – tashkilot ma’muriyati rivojlanishida uyg’inlikni ta’minlashdan, ya’ni tashkilotning barcha ichki va tashqi elementlari faoliyatining samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlashdan iboratdir. Ma’muriy menejmentning asosiy sub’ektlari – ma’muriy boshqarish apparatlari, ularning bo’g’nlari va turli pog’onadagi rahbarlar va xodimlar bo’lib, ularning har biri tegishli vazifalarga, vakolatlarga va mas’uliyatlarga ega bo’ladi. Ta’lim menejementi – bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o’ziga xos pog’onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogic jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko’ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog’ona – pedagogic jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog’ona – o’quvchilar faoliyatini boshqarish. Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardorsh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, boshqaruv mas’uliyati va madanaiyati, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, boshqarishning qonun-qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasi rahbarlarining funktsional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda
 
 
axborot va kommunikatsiya, rahbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda 
tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkliy 
tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan 
foydalanish, personalni boshqarish hamda ta’lim muassasalarini boshqarishda 
motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi.  
 
Menejment fanining shakllanish davriga qadar, insoniyat paydo bo’lgan davrdan 
boshlab, insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat ko’rsatganlar. Ular hayotiy 
ehtiyojlarni qondirish maqsadida mehnat qilishgan va farzandlar tarbiyasi bilan 
shug’ullanishgan, shu davrlarda boshqarishga muhtojlik vujudga kelgan, ularning 
mehnat faoliyatlari davomida o’zaro munosabatlar shakllanib borgan, mazkur 
jarayonlarda o’zaro ta’sir, munosabatlar, boshqarish usullari shakllanib, rivojlanib 
borgan bo’lib, bu davrlarni boshqarishning amaliyot davri deb aytish mumkin. 
Qadimda va ayniqsa, o’rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyati 
murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi. Turkistonda Amir 
Temur hukmronligi vaqtida barpo etilgan va bugungi kun gacha saqlanib kelayotgan 
tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalarining o’zaro munosabatlari rasmiy 
tarizda 
shakllanganligidan 
va 
ular 
ma’lum 
bir 
maqsad 
yoınalishida 
boshqarilganligidan dalolat beradi. 
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, 
Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asrlarda Amir Temur 
hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy 
bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. 
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab 
chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning 
oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada 
kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlanadi. 
Ammo XIX asrning ikkinchi yarimida va XX asr chegarasida texnika va 
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni 
murakkablashtirib yuboradi va uni faoliyatining maxsus bilimlarni talab etuvchi 
axborot va kommunikatsiya, rahbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, personalni boshqarish hamda ta’lim muassasalarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi. Menejment fanining shakllanish davriga qadar, insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab, insonlar u yoki bu shakl va mazmunda faoliyat ko’rsatganlar. Ular hayotiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida mehnat qilishgan va farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishgan, shu davrlarda boshqarishga muhtojlik vujudga kelgan, ularning mehnat faoliyatlari davomida o’zaro munosabatlar shakllanib borgan, mazkur jarayonlarda o’zaro ta’sir, munosabatlar, boshqarish usullari shakllanib, rivojlanib borgan bo’lib, bu davrlarni boshqarishning amaliyot davri deb aytish mumkin. Qadimda va ayniqsa, o’rta asrlarda shakllangan davlatlar, imperiyalar faoliyati murakkab tashkilotlarni boshqarish amaliyotidan darak beradi. Turkistonda Amir Temur hukmronligi vaqtida barpo etilgan va bugungi kun gacha saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarning yaratilishi turli kasb egalarining o’zaro munosabatlari rasmiy tarizda shakllanganligidan va ular ma’lum bir maqsad yoınalishida boshqarilganligidan dalolat beradi. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asrlarda Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlanadi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarimida va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni faoliyatining maxsus bilimlarni talab etuvchi
 
 
maxsus sohasiga aylantiradi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv 
sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning 
samarali usillarini izlashga olib keladi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan 
vujudga kelgan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning isboti sifatida boshqarish nazariyasi va 
amaliyoti rivojlanishining bir necha tarixiy davrlarga bo’linishini ko’rishimiz 
mumkin (1-jadval). 
 
Davrlar 
Rivojlanish bosqichlari 
 
 
 
 
I Davr 
(Qadimiy 
davr) 
Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng 
birinchi, oddiy, boshlang’ish shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida 
vujudga kelgan. Bu davrda boshqarish urug’, jamoa, qabila a’zolari 
bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan. Qadimiy Misrda 
davlat xo’jaligini boshqarish bo’yicha boy tajribalar to’plangan 
bo’lib, bu davrda (eramizdan avvalgi 3000-2500 yillar) etarli 
darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat 
qiluvchi 
qatlam 
(amaldor-mirzalar) 
shakllanadi. 
Boshqaruv 
faoliyatiga birinchilar qatori tavsif bergan shaxs SUQROTdir 
(eramizdan avvalgi 480-397 yillar). U boshqarishning turli 
shakllarini taxlil qilish asosida boshqarishning universallik 
tamoyilini tadqiq qildi. Platon (eramizdan avvalgi 428-394 yillar) 
davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi. ALEKSANDR 
MAKEDONSKIY (eramizdan avvalgi 365-323 yillar) harbiylarni 
boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi. 
 
 
 
II Davr 
(Industrial 
davr) 
Bu davrda davlat boshqaruvi nazariyasi sohasida Adam Smitning 
xizmati katta bo’lib, u boshqarish sohasida mutaxassis sifatida 
tanildi, chunki u mehnat taqsimotining turli shakllarini tahlil qilib, 
shoh va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. Robert Ouenning 
ta’limoti menejment maktablarining shakllanishiga katta ta’sir 
ko’rsatdi. Uning ishlab chiqarish boshqarishini insonparvarlishtirish, 
maxsus sohasiga aylantiradi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usillarini izlashga olib keladi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga kelgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning isboti sifatida boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining bir necha tarixiy davrlarga bo’linishini ko’rishimiz mumkin (1-jadval). Davrlar Rivojlanish bosqichlari I Davr (Qadimiy davr) Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng birinchi, oddiy, boshlang’ish shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan. Bu davrda boshqarish urug’, jamoa, qabila a’zolari bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan. Qadimiy Misrda davlat xo’jaligini boshqarish bo’yicha boy tajribalar to’plangan bo’lib, bu davrda (eramizdan avvalgi 3000-2500 yillar) etarli darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat qiluvchi qatlam (amaldor-mirzalar) shakllanadi. Boshqaruv faoliyatiga birinchilar qatori tavsif bergan shaxs SUQROTdir (eramizdan avvalgi 480-397 yillar). U boshqarishning turli shakllarini taxlil qilish asosida boshqarishning universallik tamoyilini tadqiq qildi. Platon (eramizdan avvalgi 428-394 yillar) davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi. ALEKSANDR MAKEDONSKIY (eramizdan avvalgi 365-323 yillar) harbiylarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi. II Davr (Industrial davr) Bu davrda davlat boshqaruvi nazariyasi sohasida Adam Smitning xizmati katta bo’lib, u boshqarish sohasida mutaxassis sifatida tanildi, chunki u mehnat taqsimotining turli shakllarini tahlil qilib, shoh va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. Robert Ouenning ta’limoti menejment maktablarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning ishlab chiqarish boshqarishini insonparvarlishtirish,
 
 
hamda o’qitish zaruriyatini tan olish, ishchilarning mehnat va 
maishiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha g’oyalari bugungi kunda 
ham dolzarb masaladir. Boshqarish nazariyasi va amaliyotida 
birinchi burilish xisoblash texnikasining yaratilishi va qollanilishi 
bilan bag’liqdir. 
 
 
 
III Davr 
(Tartibga 
solish 
davri) 
Bugungi menejment XIX asrda sodir bo’lgan sanoat inqilobi natijasi 
bo’lib, ishlab chiqarishning boshlang’ish tipi bo’lgan fabrikalarning 
paydo bo’lishi va katta guruhdagi kishilarni ish bilan ta’minlash 
zaruriyati, ularning individual egalarining barcha xodimlar 
faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni murakkabligi natijasida 
eng yaxshi xodimlarni tanlab olib ularni o’qitishlari birinchi 
menejerlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi, chunki ular joylarda 
korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi. 
 
 
IV Davr 
(Axborot 
davri) 
So’ngi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid “miqdoriy 
maktab” vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabning paydo 
bo’lishi boshqarishda matematika va kompyuterlarni qo’llash bilan 
bog’liqdir. 60-yillarda matematik tahlil va menejerning sub’ektiv 
qarorlarining integratsiyasiga erishadigan matematik apparat 
yordamida foydalanishga asoslangan boshqarish kontseptsiyasini 
ishlab chiqish boshlandi. Bir qator boshqarish funktsiyalarining 
formalashuvi, inson va EHM mehnatining birga qo’shilishi, tashkil 
qilish elementi tarkibini qayta ko’rb chiqishni talab qila boshladi. 
Hozir matematik usullar amalda boshqarish fanining barcha 
yo’nalishlarida foydalanilmoqda. 
  
Frederik Teylor (1856-1915) menejmentni o’rganishga kirishgan birinchi 
mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati 
samaradorligi qiziqtirgan bo’lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos 
soldi va “Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mehnatni me’yorlash 
hamda o’qitish zaruriyatini tan olish, ishchilarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha g’oyalari bugungi kunda ham dolzarb masaladir. Boshqarish nazariyasi va amaliyotida birinchi burilish xisoblash texnikasining yaratilishi va qollanilishi bilan bag’liqdir. III Davr (Tartibga solish davri) Bugungi menejment XIX asrda sodir bo’lgan sanoat inqilobi natijasi bo’lib, ishlab chiqarishning boshlang’ish tipi bo’lgan fabrikalarning paydo bo’lishi va katta guruhdagi kishilarni ish bilan ta’minlash zaruriyati, ularning individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni murakkabligi natijasida eng yaxshi xodimlarni tanlab olib ularni o’qitishlari birinchi menejerlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi, chunki ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi. IV Davr (Axborot davri) So’ngi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid “miqdoriy maktab” vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabning paydo bo’lishi boshqarishda matematika va kompyuterlarni qo’llash bilan bog’liqdir. 60-yillarda matematik tahlil va menejerning sub’ektiv qarorlarining integratsiyasiga erishadigan matematik apparat yordamida foydalanishga asoslangan boshqarish kontseptsiyasini ishlab chiqish boshlandi. Bir qator boshqarish funktsiyalarining formalashuvi, inson va EHM mehnatining birga qo’shilishi, tashkil qilish elementi tarkibini qayta ko’rb chiqishni talab qila boshladi. Hozir matematik usullar amalda boshqarish fanining barcha yo’nalishlarida foydalanilmoqda. Frederik Teylor (1856-1915) menejmentni o’rganishga kirishgan birinchi mutaxassislardan, uni inson samaradorligi emas, tashkil qilish faoliyati samaradorligi qiziqtirgan bo’lib, ilmiy boshqarish maktabining rivojlanishiga asos soldi va “Ilmiy boshqarish” maktabi asoschisi sifatida mehnatni me’yorlash
 
 
asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi,amaliyotga ishchilarni tanlab olish, 
joylashtirish va mehnatni rag’batlantirish ilmiy yondashuvini tadbiq qildi. 
Boshqarish fanining rivojlanishi Frenk va Lilian Shilbetlar nomi bilan ham 
bog’liq, ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o’tkazib, ish joyini tashkil 
qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. 
Boshqaruv nazariyalari asischilaridan biri Anri Fayol’ boshqarish jarayonining 5 
ta asosiy funktsiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qo’yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko’rastadi. A.Fayol’ tomonidan 
ishlab chiqarilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha: mehnat taqsimoti; avtoritet 
va hokimiyat ma’suliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy 
manfaatning umumiy manfaatga bo’ysinishi; mehnatni rag’batlantirishning 
markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi 
menejerlarning ishini muvofiqlashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar 
qatiyligi; tashabbus. 
Robert Ouen birinchi bo’lib kishilarga e’tiborni qaratish zarur degan fikirni olg’a 
suradi, uning g’oyasi bo’yicha firmalar stanok va mashinalarga qarashga ko’p vaqt 
sarflab odamlar haqida oz g’amxo’rlik qiladi. Uning g’oyasining asosiy mazmuni 
insonlarga ham e’tibor qaratish, ular uchun ham vaqt sarflash, ularga g’amxo’rlik 
qilish, dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat. 
Elton Meyo “Inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U 
ishchilar guruhi o’z nazorat tizimiga ega bo’lgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan 
holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash 
mumkin, deb hisoblagan edi. “Inson munosabatlari” harakatida esa ishlab 
chiqarishga qaratilishi sababli “inson munosabatlari” harakati butun ilmiy harakatga 
qarama-qarshi turib qoldi. Asosiy g’oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tiborni 
qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tashkilot samaradorligini 
oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi.  
Duglas Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “inson munosabatlari” maktabida 
alohida o’rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida xodimlarga quyidagicha ta’rif 
beradi. “X” nazariyasi – bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash, 
asoslarining metodologiyasini ishlab chiqdi,amaliyotga ishchilarni tanlab olish, joylashtirish va mehnatni rag’batlantirish ilmiy yondashuvini tadbiq qildi. Boshqarish fanining rivojlanishi Frenk va Lilian Shilbetlar nomi bilan ham bog’liq, ular mehnat harakatlari sohasida tadqiqotlar o’tkazib, ish joyini tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. Boshqaruv nazariyalari asischilaridan biri Anri Fayol’ boshqarish jarayonining 5 ta asosiy funktsiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko’rastadi. A.Fayol’ tomonidan ishlab chiqarilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha: mehnat taqsimoti; avtoritet va hokimiyat ma’suliyati; intizom; rahbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo’ysinishi; mehnatni rag’batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi menejerlarning ishini muvofiqlashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar qatiyligi; tashabbus. Robert Ouen birinchi bo’lib kishilarga e’tiborni qaratish zarur degan fikirni olg’a suradi, uning g’oyasi bo’yicha firmalar stanok va mashinalarga qarashga ko’p vaqt sarflab odamlar haqida oz g’amxo’rlik qiladi. Uning g’oyasining asosiy mazmuni insonlarga ham e’tibor qaratish, ular uchun ham vaqt sarflash, ularga g’amxo’rlik qilish, dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat. Elton Meyo “Inson munosabatlari” maktabining asoschisi hisoblanadi. U ishchilar guruhi o’z nazorat tizimiga ega bo’lgan ijtimoiy tizim ekanligini asoslagan holda, mazkur tizimga ma’lum tarzda ta’sir etib, mehnat natijalarini yaxshilash mumkin, deb hisoblagan edi. “Inson munosabatlari” harakatida esa ishlab chiqarishga qaratilishi sababli “inson munosabatlari” harakati butun ilmiy harakatga qarama-qarshi turib qoldi. Asosiy g’oya shundan iboratki, kishilarga oddiy e’tiborni qaratish mehnat unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tashkilot samaradorligini oshirish, undagi inson resurslari samaradorligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Duglas Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “inson munosabatlari” maktabida alohida o’rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida xodimlarga quyidagicha ta’rif beradi. “X” nazariyasi – bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash,
 
 
jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur bo’lib, ular mehnatdan bo’yin 
tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, qistash va muntazam ravishda 
mehnatga yo’naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat 
ko’rsatishni afzal ko’radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o’z hafzisligi 
uchun tashvishlanadi. “U” nazariyasi – mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan 
passiv bo’lib yaratilmagan. Ular faol, tashbbuskor, g’ayratli va uddaburon bo’lib, 
tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli loqayd bo’lib qolgan bo’lishi 
mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni 
his etish xislatlari shakllangan bo’ladi. Bunday kishi nafaqat o’ziga mas’uliyat oladi, 
balki unga intiladi, ularda o’zini-o’zi nazorat qilishga moyillik bo’lgani uchun 
tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas. 
XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. 
G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish 
maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning 
qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishgan; bir qancha o’zgaruvchan 
omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishgan. Bu maktab namoyandalari 
(amerikalik Chester Barnard, Gerbert Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi 
to’rtta: tizimli, vaziyatli, funktsional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan. 
Platon Mixaylovich Kerjentsev (1881-1940) boshqaruv yo’nalishida juda katta 
ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga oshirgan bo’lib, uning boshqarish bo’yicha 
“Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt 
uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yo’nalishida darsliklarni yozishda asos qilib 
olingan. 
1950-yillarning oxiradan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada 
kuchaydi va shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish intituti, boshqarish va normativ 
bo’yicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oily o’quv 
yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari va 
fakul’tetlari tashkil etilib, ular bo’yicha maxsus fanlar o’qitila boshlangan. 
jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur bo’lib, ular mehnatdan bo’yin tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, qistash va muntazam ravishda mehnatga yo’naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat ko’rsatishni afzal ko’radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o’z hafzisligi uchun tashvishlanadi. “U” nazariyasi – mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan passiv bo’lib yaratilmagan. Ular faol, tashbbuskor, g’ayratli va uddaburon bo’lib, tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli loqayd bo’lib qolgan bo’lishi mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni his etish xislatlari shakllangan bo’ladi. Bunday kishi nafaqat o’ziga mas’uliyat oladi, balki unga intiladi, ularda o’zini-o’zi nazorat qilishga moyillik bo’lgani uchun tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas. XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishgan; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishgan; bir qancha o’zgaruvchan omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishgan. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Chester Barnard, Gerbert Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rtta: tizimli, vaziyatli, funktsional va miqdorli yondashuvlarni asoslab berishgan. Platon Mixaylovich Kerjentsev (1881-1940) boshqaruv yo’nalishida juda katta ahamiyat kasb etuvchi ishlarni amalga oshirgan bo’lib, uning boshqarish bo’yicha “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabi asarlari boshqarish yo’nalishida darsliklarni yozishda asos qilib olingan. 1950-yillarning oxiradan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi va shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish intituti, boshqarish va normativ bo’yicha markaziy ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etiladi. Mazkur oily o’quv yurtlarining “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari va fakul’tetlari tashkil etilib, ular bo’yicha maxsus fanlar o’qitila boshlangan.