Ta’lim menejmentning tizimli xususiyatlari

Yuklangan vaqt

2024-07-22

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

23,8 KB


 
 
 
 
Ta’lim menejmentning tizimli xususiyatlari 
 
 
Reja: 
1. Tizim, pedagogik tizim va didaktik tizim tushunchalari.  
2. Ta’lim boshqaruvining tizimli tavsifi.  
3. Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari.  
4. Boshqaruv modellari. 
 
Tizim haqida tushuncha. Tizim (sistema) uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar 
birligi bo’lib, uning tuzilishi yaxlitligini ta’minlash bilan birga rivojlanish 
yo’nalishini hamda maqsadini belgilaydi. Tizim o’z tarkibiy tuzilishidagi 
o’zgarishlar asosida bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi va unda yangi xususiyatlar 
paydo bo’ladi. 
Tizim (sistema) – 1) tartibga solingan, o’zaro bog’langan va ta’sir ko’rsatib 
turadigan pedagogik hodisa; 2) tartibga solingan tushunchalar yig’indisi. 
Tabiat, jamiyat texnikani o’rganish, tahlil qilishda keyingi vaqtda ilmiy 
tafakkurning erishgan yutuqlari asosida tizimli yondashish tobora ko’proq rasm 
bo’lmoqda. Tizimli yondashuvning narsa-hodisalarni moddiy olamning turli 
tomonlarini o’rganishda oddiy, ya’ni uni alohida, o’z holicha - yakka holda, 
atrofdagi muhit bilan bog’lanishlarini inobatga olmay o’rganishdan qator ustunligi 
mavjud. 
Tabiat, jamiyatdagi jarayonlarni o’z holicha tahlil qilish ularning boshqa 
hodisalar, jarayonlar bilan bog’liqligini, kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini aniq 
ko’rish imkoniyatini bermaydi. 
Tizimli yondashuvda narsa-hodisalarning mavjud muhitdagi o’rni, uning boshqa 
atrofdagi narsa-hodisalar bilan bog’liqligini ochish ancha osondir. Shu asosda uning 
o’tmishini, hozirgi holati va istiqbolini bilib olish mumkin. Buning uchun tizim 
Ta’lim menejmentning tizimli xususiyatlari Reja: 1. Tizim, pedagogik tizim va didaktik tizim tushunchalari. 2. Ta’lim boshqaruvining tizimli tavsifi. 3. Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari. 4. Boshqaruv modellari. Tizim haqida tushuncha. Tizim (sistema) uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar birligi bo’lib, uning tuzilishi yaxlitligini ta’minlash bilan birga rivojlanish yo’nalishini hamda maqsadini belgilaydi. Tizim o’z tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar asosida bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi va unda yangi xususiyatlar paydo bo’ladi. Tizim (sistema) – 1) tartibga solingan, o’zaro bog’langan va ta’sir ko’rsatib turadigan pedagogik hodisa; 2) tartibga solingan tushunchalar yig’indisi. Tabiat, jamiyat texnikani o’rganish, tahlil qilishda keyingi vaqtda ilmiy tafakkurning erishgan yutuqlari asosida tizimli yondashish tobora ko’proq rasm bo’lmoqda. Tizimli yondashuvning narsa-hodisalarni moddiy olamning turli tomonlarini o’rganishda oddiy, ya’ni uni alohida, o’z holicha - yakka holda, atrofdagi muhit bilan bog’lanishlarini inobatga olmay o’rganishdan qator ustunligi mavjud. Tabiat, jamiyatdagi jarayonlarni o’z holicha tahlil qilish ularning boshqa hodisalar, jarayonlar bilan bog’liqligini, kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini aniq ko’rish imkoniyatini bermaydi. Tizimli yondashuvda narsa-hodisalarning mavjud muhitdagi o’rni, uning boshqa atrofdagi narsa-hodisalar bilan bog’liqligini ochish ancha osondir. Shu asosda uning o’tmishini, hozirgi holati va istiqbolini bilib olish mumkin. Buning uchun tizim  
 
tarkibiy qismlari (komponentlari)ning umumiy tizimidagi har birining bajaradigan 
vazifasi, ularning o’zaro bog’liqligi va munosabati alohida-alohida va so’ngra 
yaxlitligicha tahlil qilinadi. 
Tarkibiy qismlarning har birining vazifasi aniqlanib, umumiy maqsad va natija 
belgilanadi. Bunda ilmiy tadqiqotning bir necha metodologik tamoyillariga rioya 
qilish zarurdir. Chunonchi, oddiydan murakkabga, yakka, alohidalikdan 
umumiylikka, tarixiylikdan mantiqiylikka o’tish o’rganilayotgan ob’ekt uchun 
muhim bo’lib hisoblanadi. 
Bundan tashqari ijtimoiy hodisalarni, ayniqsa inson faoliyati bilan bog’liq 
tizimlarni o’rganishda yuqoridagilardan tashqari insoniy sifatlar va faoliyat nuqtai-
nazaridan o’rganish ham tizimli yondashuv uchun ham juda muhimdir. 
Bularsiz inson faoliyatining qirralari, ular o’rtasidagi aloqadorlikni to’la ochish 
mumkin emas. Tizimli yondashuv metodologik tamoyil sifatida o’rganilayotgan 
ob’ektni yaxlitligicha va qismlarga bo’lib o’rganishni to’la amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. 
Tizimlar mavjudligi va bajaradigan vazifasi jihatdan tabiat, texnik, ijtimoiy 
tizimlarga bo’linadi. Tizim mavjud bo’lishi yoki faoliyat ko’rsatishi uchun ma’lum 
tuzilishga ega bo’lishi va uni ichki barqarorligi, bog’liqligini ta’minlovchi, 
munosabatlarni shakllanishi zarur. Uning tuzilishi o’z navbatida tarkibiy qismlar 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikka mazmun hamda tashkiliy tomondan belgilab beradi. 
Har qanday tizim ob’ektiv olamda mutlaqo alohida faoliyat ko’rsata olmaydi. U 
o’zidan boshqa katta tizimning tarkibiga kiradi. 
Tizimli yondashuv pedagogik hodisalarni tadqiq qilishda ular mohiyatini chuqur 
anglash, qismlarga bo’lib va yaxlitlgicha tahlil qilish asosida bog’lanishlarni ochish 
imkoniyatini beradi. Tizimli yondashuv pedagogik hodisalar va qonuniyatlarni bir 
butun va uning tashkil etuvchi qismlar, umumiylikdan xususiylikka qarab tahlil 
qilish asosida ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni gnoseologik mohiyatini ochish, 
tizimni tashkil etuvchi qismlar umumiy tizimda o’rni, bajaradigan funksional 
vazifalarini aniqlash orqali har birini o’ziga xos tomonlarini aniqlash demakdir. 
tarkibiy qismlari (komponentlari)ning umumiy tizimidagi har birining bajaradigan vazifasi, ularning o’zaro bog’liqligi va munosabati alohida-alohida va so’ngra yaxlitligicha tahlil qilinadi. Tarkibiy qismlarning har birining vazifasi aniqlanib, umumiy maqsad va natija belgilanadi. Bunda ilmiy tadqiqotning bir necha metodologik tamoyillariga rioya qilish zarurdir. Chunonchi, oddiydan murakkabga, yakka, alohidalikdan umumiylikka, tarixiylikdan mantiqiylikka o’tish o’rganilayotgan ob’ekt uchun muhim bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari ijtimoiy hodisalarni, ayniqsa inson faoliyati bilan bog’liq tizimlarni o’rganishda yuqoridagilardan tashqari insoniy sifatlar va faoliyat nuqtai- nazaridan o’rganish ham tizimli yondashuv uchun ham juda muhimdir. Bularsiz inson faoliyatining qirralari, ular o’rtasidagi aloqadorlikni to’la ochish mumkin emas. Tizimli yondashuv metodologik tamoyil sifatida o’rganilayotgan ob’ektni yaxlitligicha va qismlarga bo’lib o’rganishni to’la amalga oshirish imkoniyatini beradi. Tizimlar mavjudligi va bajaradigan vazifasi jihatdan tabiat, texnik, ijtimoiy tizimlarga bo’linadi. Tizim mavjud bo’lishi yoki faoliyat ko’rsatishi uchun ma’lum tuzilishga ega bo’lishi va uni ichki barqarorligi, bog’liqligini ta’minlovchi, munosabatlarni shakllanishi zarur. Uning tuzilishi o’z navbatida tarkibiy qismlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikka mazmun hamda tashkiliy tomondan belgilab beradi. Har qanday tizim ob’ektiv olamda mutlaqo alohida faoliyat ko’rsata olmaydi. U o’zidan boshqa katta tizimning tarkibiga kiradi. Tizimli yondashuv pedagogik hodisalarni tadqiq qilishda ular mohiyatini chuqur anglash, qismlarga bo’lib va yaxlitlgicha tahlil qilish asosida bog’lanishlarni ochish imkoniyatini beradi. Tizimli yondashuv pedagogik hodisalar va qonuniyatlarni bir butun va uning tashkil etuvchi qismlar, umumiylikdan xususiylikka qarab tahlil qilish asosida ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni gnoseologik mohiyatini ochish, tizimni tashkil etuvchi qismlar umumiy tizimda o’rni, bajaradigan funksional vazifalarini aniqlash orqali har birini o’ziga xos tomonlarini aniqlash demakdir.  
 
Pedagogik jarayonlarni tizim asosida tadqiq qilishda olimlardan F.F.Korolyov, 
N.V.Kuzmina, 
N.F.Talizina, 
T.A.Ilina, 
K.Z.Zaripovlar 
shug’ullanganlar. 
Tadqiqotlarda tizimli yondashuvni qo’llash eng avvalo «Tizim» tushunchasini 
aniqlab olishni taqozo qiladi. Chunki bu tushuncha metodologik ahamiyatga ega 
bo’lib, tizimning xususiyatlari u orqali aniqlanadi. «Tizim» tushunchasi 
aniqlanmasa, mazkur metodning boshqa metodlardan farqi, uning parametrlari, 
tizimli qonuniyatlar va tizimni takomillashtirish masalalarini aniqlash mumkin 
bo’lmay qoladi. «Tizim» tushunchasidan keyin uni tashkil etuvchi, yaxlitligini 
ta’minlovchi qismlarini aniqlash lozim bo’ladi. «Tizim» to’g’risida biz fikr 
yuritganda umuman «tizim» (ijtimoiy, texnik, tabiiy)larni emas, balki faqat 
«pedagogik tizim»ni nazarda tutamiz. Hamma tizimlar, jumladan «pedagogik tizim» 
uchun ham umumiy ularning turli bir-biriga bog’liq o’zaro aloqadorlik va 
bog’lanishlar ega umumlashtiruvchi xususiyat va qonuniyatlarga ega tashkil etuvchi 
qismlarni tushunish kerak. Bu tashkil etuvchi qismlar tizimda alohida funksional 
vazifalarni bajaradi hamda umumiy tizimni yaxlitligini ta’minlash bilan birga 
umumiy vazifa jihatidan o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Tizimni tadqiq qilish 
maqsadiga ko’ra uning har bir tarkibiy qismi alohida komponent sifatida qaralishi 
va tadqiqot ob’ekti bo’lishi mumkin. 
Pedagogik tizim deganda tuzilishi (struktura) va bajaradigan vazifasi jihatidan 
bir-biriga o’zaro bog’lanishda bo’lgan ta’lim-tarbiya maqsadlariga xizmat qiluvchi 
tizimni tushunishi kerak. 
Tuzilishi (struktura) uning muhim tashkil etuvchi komponenti hisoblanadi. 
Uning qismlari birligi tizimning o’ziga xosligini, boshqalardan farqini bildiradi. 
Pedagogik tizimning tashkiliy tuzilishini tahlil qilishdan oldin, ularni tuzilishi, 
paydo bo’lishi va faoliyatini ko’rsatishini bilish kerak. Pedagogik tizimlar jamiyatda 
unga ehtiyoj paydo bo’lganda tug’iladi. Masalan: jamiyatda ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj 
maktab va o’qituvchilarni keltirib chiqardi. Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim 
islohoti umumiy o’rta ta’lim bo’g’inida yangi o’quv yurtlari – professional ta’lim 
muassasalarini keltirib chiqardi. 
Pedagogik jarayonlarni tizim asosida tadqiq qilishda olimlardan F.F.Korolyov, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, T.A.Ilina, K.Z.Zaripovlar shug’ullanganlar. Tadqiqotlarda tizimli yondashuvni qo’llash eng avvalo «Tizim» tushunchasini aniqlab olishni taqozo qiladi. Chunki bu tushuncha metodologik ahamiyatga ega bo’lib, tizimning xususiyatlari u orqali aniqlanadi. «Tizim» tushunchasi aniqlanmasa, mazkur metodning boshqa metodlardan farqi, uning parametrlari, tizimli qonuniyatlar va tizimni takomillashtirish masalalarini aniqlash mumkin bo’lmay qoladi. «Tizim» tushunchasidan keyin uni tashkil etuvchi, yaxlitligini ta’minlovchi qismlarini aniqlash lozim bo’ladi. «Tizim» to’g’risida biz fikr yuritganda umuman «tizim» (ijtimoiy, texnik, tabiiy)larni emas, balki faqat «pedagogik tizim»ni nazarda tutamiz. Hamma tizimlar, jumladan «pedagogik tizim» uchun ham umumiy ularning turli bir-biriga bog’liq o’zaro aloqadorlik va bog’lanishlar ega umumlashtiruvchi xususiyat va qonuniyatlarga ega tashkil etuvchi qismlarni tushunish kerak. Bu tashkil etuvchi qismlar tizimda alohida funksional vazifalarni bajaradi hamda umumiy tizimni yaxlitligini ta’minlash bilan birga umumiy vazifa jihatidan o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Tizimni tadqiq qilish maqsadiga ko’ra uning har bir tarkibiy qismi alohida komponent sifatida qaralishi va tadqiqot ob’ekti bo’lishi mumkin. Pedagogik tizim deganda tuzilishi (struktura) va bajaradigan vazifasi jihatidan bir-biriga o’zaro bog’lanishda bo’lgan ta’lim-tarbiya maqsadlariga xizmat qiluvchi tizimni tushunishi kerak. Tuzilishi (struktura) uning muhim tashkil etuvchi komponenti hisoblanadi. Uning qismlari birligi tizimning o’ziga xosligini, boshqalardan farqini bildiradi. Pedagogik tizimning tashkiliy tuzilishini tahlil qilishdan oldin, ularni tuzilishi, paydo bo’lishi va faoliyatini ko’rsatishini bilish kerak. Pedagogik tizimlar jamiyatda unga ehtiyoj paydo bo’lganda tug’iladi. Masalan: jamiyatda ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj maktab va o’qituvchilarni keltirib chiqardi. Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim islohoti umumiy o’rta ta’lim bo’g’inida yangi o’quv yurtlari – professional ta’lim muassasalarini keltirib chiqardi.  
 
Mustaqil Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi komil 
insonni shakllantirish. Bu umumiy maqsad har bir bo’g’in (ta’lim turlari) da o’ziga 
xos maqsadlarga bo’linadi. Hamma bo’g’indagi umumiy maqsadga funksional, 
ya’ni bajaradigan vazifasi jihatdan o’zaro bog’lanishda, aloqadorlikda bo’ladi. Bular 
uchun 
umumiy 
tomon 
maqsaddir. 
Demak, 
pedagogik 
tizim 
uchun 
struktura(tuzilish)dan keyin belgilovchi komponent (xususiyat) maqsad hisoblanadi. 
Pedagogik tizimlar uchun umumiy vazifa bilimlarni ijtimoiy tajribani avloddan-
avlodga yoki ayni paytda yoshlarga yetkazish. Bilimlar malaka, ko’nikmalar tarzida 
yosh avlodga axborot tariqasida beriladi. Pedagogik tizimning yana bir muhim 
xususiyati axborot bo’lib, shu maqsadda pedagogik tizim yaratiladi. 
Pedagogik tizimni yaratish yana bir muhim masalani hal qilishni taqozo qiladi, 
ya’ni qo’yilgan maqsadga erishish yo’l va vositalarni, shakl va metodlarini ma’lum 
tarkib, kishilarga mo’ljallangan asosda amalga oshirish. Har qanday pedagogik tizim 
o’ziga xos pedagogik ta’sir ko’rsatish vositalariga ega bo’ladi. Pedagogik vositalar 
insoniy va texnik tarzda bo’lib, ta’sir etishning kommunikativ vositasi bo’lib 
hisoblanadi. O’z navbatida pedagogik tizim uchun bu komponent ham muhim 
hisoblanadi. 
Pedagogik tizim ma’lum o’quvchilar tarkibi va ularni ta’lim-tarbiyalashga 
tayyorlangan pedagoglar bo’lganda tashkil etiladi. 
Bular pedagogik tizimning sub’ektlari bo’lib, ular o’zaro sub’ekt-ob’ekt, ob’ekt-
sub’ekt munosabatlarida bo’lib, tizimning maqsadini amalga oshirishda asosiy 
komponent hisoblanadilar. Bular pedagogik tizim maqsad va vazifasining 
o’zgarishiga olib keladi. Misol uchun ta’lim jarayonida uzoq vaqt o’qituvchi asosiy 
belgilovchi bilim manbai, bilim o’rgatuvchi, o’quvchi esa passiv bilim o’rganuvchi 
bo’lib keldi. Mustaqillik sharoitida erkin, ozod shaxsni tarbiyalash maqsadi ta’lim 
jarayonini yangi metodologik asosda qurishni, uni o’qituvchi hukmronligidan xalos 
qilishni taqozo qiladi. O’quvchi mutloq tobelikdan teng, hamkor sifatida insoniy 
g’ururi, 
shaxsini 
poymol 
qilmaslik 
asosida 
o’qitish 
jarayonini 
insonparvarlashtirishni taqozo qilmoqda. 
Mustaqil Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi komil insonni shakllantirish. Bu umumiy maqsad har bir bo’g’in (ta’lim turlari) da o’ziga xos maqsadlarga bo’linadi. Hamma bo’g’indagi umumiy maqsadga funksional, ya’ni bajaradigan vazifasi jihatdan o’zaro bog’lanishda, aloqadorlikda bo’ladi. Bular uchun umumiy tomon maqsaddir. Demak, pedagogik tizim uchun struktura(tuzilish)dan keyin belgilovchi komponent (xususiyat) maqsad hisoblanadi. Pedagogik tizimlar uchun umumiy vazifa bilimlarni ijtimoiy tajribani avloddan- avlodga yoki ayni paytda yoshlarga yetkazish. Bilimlar malaka, ko’nikmalar tarzida yosh avlodga axborot tariqasida beriladi. Pedagogik tizimning yana bir muhim xususiyati axborot bo’lib, shu maqsadda pedagogik tizim yaratiladi. Pedagogik tizimni yaratish yana bir muhim masalani hal qilishni taqozo qiladi, ya’ni qo’yilgan maqsadga erishish yo’l va vositalarni, shakl va metodlarini ma’lum tarkib, kishilarga mo’ljallangan asosda amalga oshirish. Har qanday pedagogik tizim o’ziga xos pedagogik ta’sir ko’rsatish vositalariga ega bo’ladi. Pedagogik vositalar insoniy va texnik tarzda bo’lib, ta’sir etishning kommunikativ vositasi bo’lib hisoblanadi. O’z navbatida pedagogik tizim uchun bu komponent ham muhim hisoblanadi. Pedagogik tizim ma’lum o’quvchilar tarkibi va ularni ta’lim-tarbiyalashga tayyorlangan pedagoglar bo’lganda tashkil etiladi. Bular pedagogik tizimning sub’ektlari bo’lib, ular o’zaro sub’ekt-ob’ekt, ob’ekt- sub’ekt munosabatlarida bo’lib, tizimning maqsadini amalga oshirishda asosiy komponent hisoblanadilar. Bular pedagogik tizim maqsad va vazifasining o’zgarishiga olib keladi. Misol uchun ta’lim jarayonida uzoq vaqt o’qituvchi asosiy belgilovchi bilim manbai, bilim o’rgatuvchi, o’quvchi esa passiv bilim o’rganuvchi bo’lib keldi. Mustaqillik sharoitida erkin, ozod shaxsni tarbiyalash maqsadi ta’lim jarayonini yangi metodologik asosda qurishni, uni o’qituvchi hukmronligidan xalos qilishni taqozo qiladi. O’quvchi mutloq tobelikdan teng, hamkor sifatida insoniy g’ururi, shaxsini poymol qilmaslik asosida o’qitish jarayonini insonparvarlashtirishni taqozo qilmoqda.  
 
O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli 
intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda 
mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi 
tushunamiz, lekin afsuski, amalda tajribalarimizda unga rioya qilmaymiz. 
Pedagogik tizimni tahlil yoki tadqiq qilganda yuqorida keltirilgan komponentlar 
uning tuzilishi, yaxlitligini ta’minlashini ta’kidladik. Ammo shuni ham aytish 
lozimki, pedagogik tizimni ayrim-ayrim komponentlari ham alohida ob’ekt sifatida 
qaralishi mumkin. Pedagogik tizimlarni o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda 
umumiylikdan xususiylikka va aksincha yondashish mumkin. Tizimli yondashuv 
mohiyati shundaki, analitik va sintetik (alohidalik-umumiylik) tarzda tadqiq qilish 
orqali tizimni batafsil o’rganish, ochilmagan, foydalanilmagan imkoniyat va 
komponentlarni shu asosda ochish mumkin bo’ladi. 
Pedagogik tizimlar faqat ularni tashkil etuvchi qismlar jihatidan emas, balki uni 
funksional komponentlar jihatidan ham talqin qilish lozim. Bunda uni tashkil etuvchi 
qismlar bajaradigan vazifalari, maqsadi jihatidan o’zaro bog’lanishlarda bo’lib, 
tizimdagi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Bu jarayonda ham 
tizimda tashkil etuvchi qismlar tashkiliy va maqsadlarni amalga oshirish funksional 
munosabatlar shakllanadi. Tizimda tashkiliy tuzilish va funksional komponentlar 
uning faoliyati asosida bo’lib, bir butunligi, yaxlitligini ta’minlaydi. Shuning uchun 
ilmiy tadqiqot olib boruvchi o’z maqsadiga ko’ra ularni yo tuzilishi(struktura), yo 
bajaradigan vazifasi jihatidan o’rganishi mumkin. 
Pedagogik tizim ham ijtimoiy bo’lib, jamiyatning tarkibiy qismi, u bilan bog’liq, 
unga xizmat qiladi. O’z navbatida o’zi bir necha nisbatan mustaqil pedagogik 
tizimlarni o’z ichiga oladi. Pedagogik tizim mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimidan 
iborat bo’lib, o’z navbatida bir necha bo’g’inlarga, tizimlariga bo’linadi. Bularning 
har biri o’z tuzilishiga ega bo’lib, jamiyatda komil insonni shakllantirishning 
ma’lum vazifasini bajaradi. 
Tizimlarni o’rganish uchun eng avvalo ularni boshqa tizimlardan farq qiluvchi 
belgilarini aniqlash lozim. Buning uchun tashkil etuvchi komponentlarini, maqsad 
va vazifasini, mazmun va mohiyatini aniqlash lozim. Masalan, Xalq ta’limi tizimi 
O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda tajribalarimizda unga rioya qilmaymiz. Pedagogik tizimni tahlil yoki tadqiq qilganda yuqorida keltirilgan komponentlar uning tuzilishi, yaxlitligini ta’minlashini ta’kidladik. Ammo shuni ham aytish lozimki, pedagogik tizimni ayrim-ayrim komponentlari ham alohida ob’ekt sifatida qaralishi mumkin. Pedagogik tizimlarni o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishda umumiylikdan xususiylikka va aksincha yondashish mumkin. Tizimli yondashuv mohiyati shundaki, analitik va sintetik (alohidalik-umumiylik) tarzda tadqiq qilish orqali tizimni batafsil o’rganish, ochilmagan, foydalanilmagan imkoniyat va komponentlarni shu asosda ochish mumkin bo’ladi. Pedagogik tizimlar faqat ularni tashkil etuvchi qismlar jihatidan emas, balki uni funksional komponentlar jihatidan ham talqin qilish lozim. Bunda uni tashkil etuvchi qismlar bajaradigan vazifalari, maqsadi jihatidan o’zaro bog’lanishlarda bo’lib, tizimdagi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Bu jarayonda ham tizimda tashkil etuvchi qismlar tashkiliy va maqsadlarni amalga oshirish funksional munosabatlar shakllanadi. Tizimda tashkiliy tuzilish va funksional komponentlar uning faoliyati asosida bo’lib, bir butunligi, yaxlitligini ta’minlaydi. Shuning uchun ilmiy tadqiqot olib boruvchi o’z maqsadiga ko’ra ularni yo tuzilishi(struktura), yo bajaradigan vazifasi jihatidan o’rganishi mumkin. Pedagogik tizim ham ijtimoiy bo’lib, jamiyatning tarkibiy qismi, u bilan bog’liq, unga xizmat qiladi. O’z navbatida o’zi bir necha nisbatan mustaqil pedagogik tizimlarni o’z ichiga oladi. Pedagogik tizim mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimidan iborat bo’lib, o’z navbatida bir necha bo’g’inlarga, tizimlariga bo’linadi. Bularning har biri o’z tuzilishiga ega bo’lib, jamiyatda komil insonni shakllantirishning ma’lum vazifasini bajaradi. Tizimlarni o’rganish uchun eng avvalo ularni boshqa tizimlardan farq qiluvchi belgilarini aniqlash lozim. Buning uchun tashkil etuvchi komponentlarini, maqsad va vazifasini, mazmun va mohiyatini aniqlash lozim. Masalan, Xalq ta’limi tizimi  
 
uchun xarakterli komponentlar uning maqsadi va vazifasi, unda ishtirok etuvchi 
sub’ektlar faoliyati, o’quvchi va ularga ta’sir ko’rsatuvchi o’qituvchilar tarkibi 
hamda ular faoliyatini va ta’sir ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya 
vositalari, ta’lim-tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar muloqoti hamda 
ta’lim-tarbiyaning natijasidan iboratdir. 
Tizim uchun eng xarakterli xususiyati va uning tuzilishi bilan birga maqsad va 
natijadir. Maqsad va natija tizimni tashkil etuvchilarning eng muhimi bo’lib, uni 
tashkil etuvchi bosh komponent hisoblanadi. Xalq ta’limi tizimi uchun bosh maqsad 
komil insonni shaklllantirishdir. Natija esa komil insonni shakllanganlik darajasi. 
Ko’p komponentli xalq ta’limi tizimining har bir bo’g’ini komil insonni 
shakllantirishning ma’lum vazifalarini hal qiladi. 
Xalq ta’limi tizimi deganda, har bir mamlakatning iqtisodiy-siyosiy, milliy-
tarixiy, madaniy shart-sharoitlari ta’sirida shakllangan ta’lim-tarbiya muassasalari 
majmuini tushunish kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, xalq ta’limi tizimi 
mamlakatimizdagi uzluksiz ta’lim tizimidan iboratdir. Mamlakatimizdagi uzluksiz 
ta’limning tuzilishi maqsad, vazifalari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilgan. «Uzluksiz ta’lim kadrlar 
tayyorlash asosiy, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, 
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir», - deyiladi Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida. 
Uzluksiz ta’lim quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
 maktabgacha ta’lim; 
 umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limi; 
 professional ta’lim; 
 oliy ta’lim; 
 oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 
 kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
 maktabdan tashqari ta’lim. 
uchun xarakterli komponentlar uning maqsadi va vazifasi, unda ishtirok etuvchi sub’ektlar faoliyati, o’quvchi va ularga ta’sir ko’rsatuvchi o’qituvchilar tarkibi hamda ular faoliyatini va ta’sir ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya vositalari, ta’lim-tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar muloqoti hamda ta’lim-tarbiyaning natijasidan iboratdir. Tizim uchun eng xarakterli xususiyati va uning tuzilishi bilan birga maqsad va natijadir. Maqsad va natija tizimni tashkil etuvchilarning eng muhimi bo’lib, uni tashkil etuvchi bosh komponent hisoblanadi. Xalq ta’limi tizimi uchun bosh maqsad komil insonni shaklllantirishdir. Natija esa komil insonni shakllanganlik darajasi. Ko’p komponentli xalq ta’limi tizimining har bir bo’g’ini komil insonni shakllantirishning ma’lum vazifalarini hal qiladi. Xalq ta’limi tizimi deganda, har bir mamlakatning iqtisodiy-siyosiy, milliy- tarixiy, madaniy shart-sharoitlari ta’sirida shakllangan ta’lim-tarbiya muassasalari majmuini tushunish kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, xalq ta’limi tizimi mamlakatimizdagi uzluksiz ta’lim tizimidan iboratdir. Mamlakatimizdagi uzluksiz ta’limning tuzilishi maqsad, vazifalari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilgan. «Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash asosiy, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir», - deyiladi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:  maktabgacha ta’lim;  umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limi;  professional ta’lim;  oliy ta’lim;  oliy ta’limdan keyingi ta’lim;  kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;  maktabdan tashqari ta’lim.  
 
Mamlakatimiz uzluksiz ta’limining bu bo’g’inlari o’zaro bog’liq va jamiyatda 
bajaradigan vazifasi jihatidan o’zaro munosabatlarda bo’lib, bir-biriga vorislik 
tariqasida faoliyat ko’rsatadi. Ularning har birining o’ziga xos tomonlari, o’z 
tuzilishi, maqsad va vazifalari mavjud bo’lib, bir-biriga nisbatan mustaqildir. 
Shuning uchun ular faoliyatini boshqarish va rahbarlik qilish o’ziga xos 
xususiyatlariga ega. Shu bilan e’tirof etish kerakki, ularni boshqarishda umumiy 
qonuniyatlar, tamoyillar, shakl va metodlar mavjudligini ham tan olish zarur. 
Pedagogik jarayon muayyan tizim hisoblanadi. Shu jarayonni boshqarish, ya’ni 
ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi ham murakkab tizim sifatida ikkita tizim : 
boshqaruvchi direktor(uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar metod birlashma 
rahbarlari, jamoat tashkilotlari, o’quvchilar jamoasi rahbarlari) va boshqariluvchi 
(pedagoglar jamoasi, o’quvchilar jamoasi) lardan tashkil topadi va ular doimo 
mustahkam birlikda va o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Bular o’rtasidagi 
bog’lanishlarni chuqur tushunish va ular imkoniyatidan foydalanish ularga tizim 
sifatida qarashni taqozo qiladi. 
O’quv yurti ichki nazoratiga tizim sifatida yondashish pedagogik jarayon 
qonuniyatlarining mohiyatini va uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarni 
tushunish, ular harakatini o’zaro muvofiqlashtirish imkoniyatini beradi. Har bir 
tarkibiy qismning umumiy tizimdagi o’rnini alohida aniqlash, shu bilan birga ularni 
uyg’unligi, bir butunligini chuqur tasavvur qilish asosida yaxlitligini ta’minlashga 
imkon beradi. Bunda pedagogik jarayon har tarkibiy qismning o’z funksiyasini 
bajarishi butun tizim maqsadiga erishishini ta’minlovchi mexanizm sifatida qarash 
lozim. Shu asosda pedagogik jarayon sub’ektlari rahbarlar, pedagoglar va 
o’quvchilar jamoasi harakatlarining maqsadi, mazmuni, vosita va metodlarini umum 
maqsadga erishishi uchun yo’naltirish mumkin bo’ladi. 
Ta’lim tizimiga bunday yondashish o’z-o’zidan emas, balki rahbarning 
boshqarishning nazariy asoslarini bilishi va undan amaliy faoliyatda foydalana olishi 
bilan shu asosda boshqarish mafsad va vazifalarining, metodlarining yaxlitligini 
ta’minlashini taqozo qiladi. 
Mamlakatimiz uzluksiz ta’limining bu bo’g’inlari o’zaro bog’liq va jamiyatda bajaradigan vazifasi jihatidan o’zaro munosabatlarda bo’lib, bir-biriga vorislik tariqasida faoliyat ko’rsatadi. Ularning har birining o’ziga xos tomonlari, o’z tuzilishi, maqsad va vazifalari mavjud bo’lib, bir-biriga nisbatan mustaqildir. Shuning uchun ular faoliyatini boshqarish va rahbarlik qilish o’ziga xos xususiyatlariga ega. Shu bilan e’tirof etish kerakki, ularni boshqarishda umumiy qonuniyatlar, tamoyillar, shakl va metodlar mavjudligini ham tan olish zarur. Pedagogik jarayon muayyan tizim hisoblanadi. Shu jarayonni boshqarish, ya’ni ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi ham murakkab tizim sifatida ikkita tizim : boshqaruvchi direktor(uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar metod birlashma rahbarlari, jamoat tashkilotlari, o’quvchilar jamoasi rahbarlari) va boshqariluvchi (pedagoglar jamoasi, o’quvchilar jamoasi) lardan tashkil topadi va ular doimo mustahkam birlikda va o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Bular o’rtasidagi bog’lanishlarni chuqur tushunish va ular imkoniyatidan foydalanish ularga tizim sifatida qarashni taqozo qiladi. O’quv yurti ichki nazoratiga tizim sifatida yondashish pedagogik jarayon qonuniyatlarining mohiyatini va uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarni tushunish, ular harakatini o’zaro muvofiqlashtirish imkoniyatini beradi. Har bir tarkibiy qismning umumiy tizimdagi o’rnini alohida aniqlash, shu bilan birga ularni uyg’unligi, bir butunligini chuqur tasavvur qilish asosida yaxlitligini ta’minlashga imkon beradi. Bunda pedagogik jarayon har tarkibiy qismning o’z funksiyasini bajarishi butun tizim maqsadiga erishishini ta’minlovchi mexanizm sifatida qarash lozim. Shu asosda pedagogik jarayon sub’ektlari rahbarlar, pedagoglar va o’quvchilar jamoasi harakatlarining maqsadi, mazmuni, vosita va metodlarini umum maqsadga erishishi uchun yo’naltirish mumkin bo’ladi. Ta’lim tizimiga bunday yondashish o’z-o’zidan emas, balki rahbarning boshqarishning nazariy asoslarini bilishi va undan amaliy faoliyatda foydalana olishi bilan shu asosda boshqarish mafsad va vazifalarining, metodlarining yaxlitligini ta’minlashini taqozo qiladi.  
 
Ta’lim tizimini boshqarishga tizimli yondashuv ichki nazoratda pedagoglar va 
o’qituvchilarning 
muvofiqlashtirilgan 
samarali 
faoliyatini, 
tarbiyaga 
va 
tarbiyalanuvchilar harakatlarining bir-biriga mosligini tashkil etish zaruriyatidan 
kelib chiqadi. Axborot to’plash tashkiliy-pedagogik, o’zaro muloqotni jamoa jipslik 
darajasiga mos keladigan shaklini belgilash va shu asosda jamoaga ma’muriy, 
axloqiy, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatishning qulay shaklini belgilash asosida 
o’quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishga 
imkon beradi.  
Olib borilgan tadqiqot ishlari va uzoq vaqt ta’lim muassasalari bilan ishlash 
shuni ko’rsatadiki, ular ta’lim muassasasi faoliyatini yaxlit bir pedagogik tizim 
sifatida emas, balki har bir tarkibiy qismni alohida-alohida tasavvur qilib ish 
ko’riladi. Bunday yondashishga pedagogik jamoa faoliyatini, ta’lim-tarbiya 
jarayonini umumiy maqsadga yo’naltirish ancha qiyin bo’ladi. Alohida kishilar 
jamoa faoliyatining imkoniyatlarini aniqlash va undan to’liq foydalanish uchun 
ta’lim muassasasi rahbari hamda har bir o’qituvchi pedagogik tizim haqida yaxlit 
tasavvurga ega bo’lishi lozim. 
Buning uchun rahbar muttasil o’z ustida ishlashi, izlanuvchan bo’lishi, 
boshqarish va rahbarlikdagi ilg’or tajribalarni o’rganishi va o’z faoliyatida qo’llashi 
muhimdir. 
Pedagogik tizimni boshqarish jamiyatning boshqa sohalarini boshqarishga 
qaraganda juda murakkab va ko’p qirralidir. Buning boisi shuki, bu sohada eng 
qimmatli hisoblangan inson shaxsi - insonni o’zi shakllanadi. Inson ta’lim-
tarbiyasida yo’l qo’yilgan xato jamiyat uchun juda ko’p iqtisodiy, axloqiy va 
ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 
Bir mutafakkir aytgan ediki, oltindan qimmatbaho zebi-ziynat buyumini 
yasayotgan zargar xato qilsa, u oltinni qayta eritib, buyumni yangidan yasashi 
mumkin. Ammo inson tarbiyasida qilingan xato jamiyat oldida juda katta jinoyatdir. 
Shuning uchun har bir pedagogik tizim sohasida ishlaydigan odam va rahbar ta’lim-
tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur bilish bilan birga boshqarish ilmini ham 
Ta’lim tizimini boshqarishga tizimli yondashuv ichki nazoratda pedagoglar va o’qituvchilarning muvofiqlashtirilgan samarali faoliyatini, tarbiyaga va tarbiyalanuvchilar harakatlarining bir-biriga mosligini tashkil etish zaruriyatidan kelib chiqadi. Axborot to’plash tashkiliy-pedagogik, o’zaro muloqotni jamoa jipslik darajasiga mos keladigan shaklini belgilash va shu asosda jamoaga ma’muriy, axloqiy, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatishning qulay shaklini belgilash asosida o’quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Olib borilgan tadqiqot ishlari va uzoq vaqt ta’lim muassasalari bilan ishlash shuni ko’rsatadiki, ular ta’lim muassasasi faoliyatini yaxlit bir pedagogik tizim sifatida emas, balki har bir tarkibiy qismni alohida-alohida tasavvur qilib ish ko’riladi. Bunday yondashishga pedagogik jamoa faoliyatini, ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy maqsadga yo’naltirish ancha qiyin bo’ladi. Alohida kishilar jamoa faoliyatining imkoniyatlarini aniqlash va undan to’liq foydalanish uchun ta’lim muassasasi rahbari hamda har bir o’qituvchi pedagogik tizim haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi lozim. Buning uchun rahbar muttasil o’z ustida ishlashi, izlanuvchan bo’lishi, boshqarish va rahbarlikdagi ilg’or tajribalarni o’rganishi va o’z faoliyatida qo’llashi muhimdir. Pedagogik tizimni boshqarish jamiyatning boshqa sohalarini boshqarishga qaraganda juda murakkab va ko’p qirralidir. Buning boisi shuki, bu sohada eng qimmatli hisoblangan inson shaxsi - insonni o’zi shakllanadi. Inson ta’lim- tarbiyasida yo’l qo’yilgan xato jamiyat uchun juda ko’p iqtisodiy, axloqiy va ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Bir mutafakkir aytgan ediki, oltindan qimmatbaho zebi-ziynat buyumini yasayotgan zargar xato qilsa, u oltinni qayta eritib, buyumni yangidan yasashi mumkin. Ammo inson tarbiyasida qilingan xato jamiyat oldida juda katta jinoyatdir. Shuning uchun har bir pedagogik tizim sohasida ishlaydigan odam va rahbar ta’lim- tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur bilish bilan birga boshqarish ilmini ham  
 
egallashi lozim. Bu ilm unga ta’lim-tarbiya jarayonini, pedagoglar faoliyatini to’g’ri 
tashkil etish, yagona maqsadga yo’naltirish kalitini beradi. 
Hozirgi zamonda pedagogik tizim mamlakatimizda yaxlit uzluksiz ta’lim tizimi 
sifatida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, xalq 
ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, viloyat, shahar, tuman 
hokimliklari ko’rsatma, farmon qarorlari asosida boshqariladi. Ammo bevosita 
boshqarish va rahbarlik pedagogik tizimga Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik tizimning 
maktabgacha ta’lim – Maktabgacha ta’lim vazirligi, umumiy o’rta ta’lim, 
maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalari - Xalq ta’limi vazirligi 
tasarrufidadir. O’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, Oliy ta’lim, oliy ta’limdan 
keyingi ta’lim - Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida. Pedagogik kadrlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi o’z yo’nalishlari bo’yicha har ikkala 
vazirlik tasarrufida bo’ladi. 
Ta’lim muassasalari rahbarlari dastlabki ko’nikmalar bilan emas, balki 
fundamental, ya’ni ta’limni yaxlit bir tizim sifatida qarab, boshqarish va 
rahbarlikning o’z mahoratlarini pedagogik jamoa xususiyatlarini inobatga olib 
tashkil etishning maqsad va vazifalari, metodlarini ishlab chiqishlari lozim. 
 
 
 
Didaktik tizim – ta’lim mazmuni, uni tashkil etishning shakl, metod, 
jarayonlari va o’qitish maqsadlaridan iborat tizim. 
Pedagogik tizim – 1) ma’lum pedagogic kontseptsiya, nazariya va 
yondashuvlarning mualliflar tomonidan pedagogic amaliyotga joriy etishdagi 
izchillik; 2) o’quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan pedagogic 
prontsip, vosita, usul va metodlar yig’indisi. 
 
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ta’lim muassasasi boshqaruv modellarini 
yaratish va joriy qilish masalalariga jiddiy о‘rin berilgan. Bu muammoning turli 
jihatlari bilan kо‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan (R. Axlidinov, R. Djurayev, U. 
egallashi lozim. Bu ilm unga ta’lim-tarbiya jarayonini, pedagoglar faoliyatini to’g’ri tashkil etish, yagona maqsadga yo’naltirish kalitini beradi. Hozirgi zamonda pedagogik tizim mamlakatimizda yaxlit uzluksiz ta’lim tizimi sifatida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, viloyat, shahar, tuman hokimliklari ko’rsatma, farmon qarorlari asosida boshqariladi. Ammo bevosita boshqarish va rahbarlik pedagogik tizimga Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik tizimning maktabgacha ta’lim – Maktabgacha ta’lim vazirligi, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalari - Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidadir. O’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, Oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim - Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida. Pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi o’z yo’nalishlari bo’yicha har ikkala vazirlik tasarrufida bo’ladi. Ta’lim muassasalari rahbarlari dastlabki ko’nikmalar bilan emas, balki fundamental, ya’ni ta’limni yaxlit bir tizim sifatida qarab, boshqarish va rahbarlikning o’z mahoratlarini pedagogik jamoa xususiyatlarini inobatga olib tashkil etishning maqsad va vazifalari, metodlarini ishlab chiqishlari lozim. Didaktik tizim – ta’lim mazmuni, uni tashkil etishning shakl, metod, jarayonlari va o’qitish maqsadlaridan iborat tizim. Pedagogik tizim – 1) ma’lum pedagogic kontseptsiya, nazariya va yondashuvlarning mualliflar tomonidan pedagogic amaliyotga joriy etishdagi izchillik; 2) o’quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan pedagogic prontsip, vosita, usul va metodlar yig’indisi. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ta’lim muassasasi boshqaruv modellarini yaratish va joriy qilish masalalariga jiddiy о‘rin berilgan. Bu muammoning turli jihatlari bilan kо‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan (R. Axlidinov, R. Djurayev, U.  
 
Inoyatov, Sh. Kurbanov, U. Nishanaliyev, A. A. Orlov, M. M. Potashnik, X. 
Rashidov, E. Seytxalilov va boshqalar).  
Istalgan tip va turdagi ta’lim muassasasida boshqarishni tashkil qilish 
qо‘llanadigan boshqaruv tizimi (modeli) ga bog‘liq.  
Boshqaruvning chiziqli-shtab strukturasi keng tarqalgan. Uning asosini 
chiziqli-iyerarxik struktura tashkil qilib, har bir bо‘g‘inda shtablar yaratiladi. Ular 
rahbar tomonidan tasdiqlanadigan va quyi “qavat”larga amalga oshirish uchun 
uzatiladigan yechim (qaror) variantlarini ishlab chiqadi. Boshqaruvning bu modeli 
asosiy kamchiligi vaqt о‘tishi hamda ta’limning maqsad va vazifalari о‘zgarishi 
bilan zamonaviy bosqichda bu kabi shtablarning cheksiz ortib ketayotgani, barcha 
dolzarb muammolarni qamrab olishga urinib, ulardan uzoqlashib, ta’lim sifati 
muammosidan uzilib qolayotgani sanaladi. Ta’lim muassasasida ta’lim sifati bilan 
kamida umumta’lim, maxsus, ishlab chiqarish shtablari shug‘ullangani sababli ular 
bir-birini takrorlaydi, rahbarlar esa avvalgidek katta yuklama bilan ishlaydi.  
Ta’lim muassasasini chiziqli-tezkor boshqaruv modelida boshqarish shtablar 
orqali amalga oshadi. Bu kafedra mudirlari va dispetcherlar ham bо‘lishi mumkin. 
Bu modelning asosiy afzalligi turli darajada murakkablikdagi boshqaruv 
muammolarini tezkor hal qilish imkoni mavjudligidir. Kamchiligi esa bunday 
shtabning boshqarilmas a’zolari soni kattaligi, natijada, boshqarish vazifasining bir 
ma’murdan boshqasiga qayta-qayta topshirilishi sanaladi. Bunday modelni 
realizatsiyalash uchun har bir shtab xodimining vazifasini cheklash, uning lavozim 
yо‘riqnomasini belgilash maqsadga muvofiq, biroq bu modelda ta’lim muassasasi 
boshqarishning asosiy vazifasi – ta’lim jarayonining demokratlashtirish, 
insonparvarlashtirish va ta’lim sifati nuqtayi nazaridan samaradorligi kuzatilmaydi.  
Boshqaruvning integral modeli oxirgi mahsulot – mutaxassisga talablar asosida 
ishlab chiqilgan. Bunday modelning ishlab chiqilishi ta’lim jarayonining ta’lim 
oluvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan kompleks xarakteri bilan belgilanadi. 
Integral mezon sifatida ta’lim muassasasi tayyorlagan mutaxassis shaxsi xizmat 
qiladi. Bu kasbiy ta’lim muassasasida nazariy va ishlab chiqarish ta’limining uzviy 
aloqadorligi bilan belgilanadi. Aynan shu jarayonda har bir komponent shakllanadi. 
Inoyatov, Sh. Kurbanov, U. Nishanaliyev, A. A. Orlov, M. M. Potashnik, X. Rashidov, E. Seytxalilov va boshqalar). Istalgan tip va turdagi ta’lim muassasasida boshqarishni tashkil qilish qо‘llanadigan boshqaruv tizimi (modeli) ga bog‘liq. Boshqaruvning chiziqli-shtab strukturasi keng tarqalgan. Uning asosini chiziqli-iyerarxik struktura tashkil qilib, har bir bо‘g‘inda shtablar yaratiladi. Ular rahbar tomonidan tasdiqlanadigan va quyi “qavat”larga amalga oshirish uchun uzatiladigan yechim (qaror) variantlarini ishlab chiqadi. Boshqaruvning bu modeli asosiy kamchiligi vaqt о‘tishi hamda ta’limning maqsad va vazifalari о‘zgarishi bilan zamonaviy bosqichda bu kabi shtablarning cheksiz ortib ketayotgani, barcha dolzarb muammolarni qamrab olishga urinib, ulardan uzoqlashib, ta’lim sifati muammosidan uzilib qolayotgani sanaladi. Ta’lim muassasasida ta’lim sifati bilan kamida umumta’lim, maxsus, ishlab chiqarish shtablari shug‘ullangani sababli ular bir-birini takrorlaydi, rahbarlar esa avvalgidek katta yuklama bilan ishlaydi. Ta’lim muassasasini chiziqli-tezkor boshqaruv modelida boshqarish shtablar orqali amalga oshadi. Bu kafedra mudirlari va dispetcherlar ham bо‘lishi mumkin. Bu modelning asosiy afzalligi turli darajada murakkablikdagi boshqaruv muammolarini tezkor hal qilish imkoni mavjudligidir. Kamchiligi esa bunday shtabning boshqarilmas a’zolari soni kattaligi, natijada, boshqarish vazifasining bir ma’murdan boshqasiga qayta-qayta topshirilishi sanaladi. Bunday modelni realizatsiyalash uchun har bir shtab xodimining vazifasini cheklash, uning lavozim yо‘riqnomasini belgilash maqsadga muvofiq, biroq bu modelda ta’lim muassasasi boshqarishning asosiy vazifasi – ta’lim jarayonining demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va ta’lim sifati nuqtayi nazaridan samaradorligi kuzatilmaydi. Boshqaruvning integral modeli oxirgi mahsulot – mutaxassisga talablar asosida ishlab chiqilgan. Bunday modelning ishlab chiqilishi ta’lim jarayonining ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan kompleks xarakteri bilan belgilanadi. Integral mezon sifatida ta’lim muassasasi tayyorlagan mutaxassis shaxsi xizmat qiladi. Bu kasbiy ta’lim muassasasida nazariy va ishlab chiqarish ta’limining uzviy aloqadorligi bilan belgilanadi. Aynan shu jarayonda har bir komponent shakllanadi.  
 
Bu modelning boshqalariga nisbatan oshkor ustunligini ta’kidlagan holda, uni 
obyektiv deyish qiyin. Bu holatni DTSda bitiruvchi modelini mehnat bozorining 
о‘rnatilgan talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqishni kо‘zda tutishi bilan 
izohlash mumkin. Bitiruvchi ish topa olganida yoki loaqal mehnat bozoriga 
moslasha olganida raqobatbardosh sanaladi. Bitiruvchining ishga joylashishini faqat 
ta’lim sifati: mehnat bozorida talab mavjud bо‘lgan bitiruvchining shaxsiy 
rivojlanish darajasi, uning qobiliyatlari, kasbiy bilim, malaka va kо‘nikmalari 
darajasi kafolatlay oladi.  
Ta’lim muassasasini boshqarishning hududiy-avtomatlashtirilgan tizimi 
standartning mintaqaviy komponenti ustuvorligiga asoslanadi. Bunday tizimni 
qо‘llash uchun ta’lim muassasasida har bir keyingi bosqich talablari oldingisidan 
kelib chiqadigan bо‘lishi uchun yetarlicha sharoit yaratish lozim. Bu tizimning 
kamchiligi ta’lim sifati hech bir tarzda e’tiborga olinmasligidir.  
Boshqaruvning vertikal strukturasi “kengash – direktor – direktor 
о‘rinbosari – rahbar va jamoa” vertikalini aks ettiradi. Bunday model boshqarishni  
markazlashtirish va bо‘lish (desentralizatsiya) о‘rtasidagi nisbatni о‘zgartiradi, 
bо‘linmalar о‘rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi, ta’lim dasturlarini boshqarishni 
realizatsiyalashni ta’minlaydi. Bu modelda direktor о‘rinbosarlari, bо‘linma 
rahbarlari vazifalarining tavsifi mavjud emasligi ta’lim sifatini boshqarishga 
qiyinchilik tug‘diradi.  
Ta’lim 
muassasasini 
boshqarishning 
chiziqli 
modeli 
strukturasida 
boshqaruvning asosiy bо‘g‘inlari: kengash, direktor, о‘rinbosarlar, bо‘lim 
boshliqlari, marketolog belgilangan. Bu modelning asosiy g‘oyasi mehnat bozori va 
buyurtmachilar talablaridagi о‘zgarishlarga egiluvchan reaksiya qilish, о‘quv 
dasturlari va mutaxassis tayyorlanadigan kasblar rо‘yxatini о‘zgartirishdan iborat.  
Ta’lim muassasasini bо‘linma va xizmatlarning gorizontal aloqadagi 
hamkorligi prinsipi bо‘yicha boshqarish modeli: bо‘linmalar, strukturalar, 
bо‘limlar, fakultetlar, ilmiy birlashmalar va kafedralarga birlashtirilgan.  
Ta’lim sifati monitoringi ijtimoiy boshqaruv nazariyasida boshqaruv siklining 
eng muhim, nisbatan mustaqil bо‘g‘inlaridan biri sifatida qaraladi. Monitoringni 
Bu modelning boshqalariga nisbatan oshkor ustunligini ta’kidlagan holda, uni obyektiv deyish qiyin. Bu holatni DTSda bitiruvchi modelini mehnat bozorining о‘rnatilgan talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqishni kо‘zda tutishi bilan izohlash mumkin. Bitiruvchi ish topa olganida yoki loaqal mehnat bozoriga moslasha olganida raqobatbardosh sanaladi. Bitiruvchining ishga joylashishini faqat ta’lim sifati: mehnat bozorida talab mavjud bо‘lgan bitiruvchining shaxsiy rivojlanish darajasi, uning qobiliyatlari, kasbiy bilim, malaka va kо‘nikmalari darajasi kafolatlay oladi. Ta’lim muassasasini boshqarishning hududiy-avtomatlashtirilgan tizimi standartning mintaqaviy komponenti ustuvorligiga asoslanadi. Bunday tizimni qо‘llash uchun ta’lim muassasasida har bir keyingi bosqich talablari oldingisidan kelib chiqadigan bо‘lishi uchun yetarlicha sharoit yaratish lozim. Bu tizimning kamchiligi ta’lim sifati hech bir tarzda e’tiborga olinmasligidir. Boshqaruvning vertikal strukturasi “kengash – direktor – direktor о‘rinbosari – rahbar va jamoa” vertikalini aks ettiradi. Bunday model boshqarishni markazlashtirish va bо‘lish (desentralizatsiya) о‘rtasidagi nisbatni о‘zgartiradi, bо‘linmalar о‘rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi, ta’lim dasturlarini boshqarishni realizatsiyalashni ta’minlaydi. Bu modelda direktor о‘rinbosarlari, bо‘linma rahbarlari vazifalarining tavsifi mavjud emasligi ta’lim sifatini boshqarishga qiyinchilik tug‘diradi. Ta’lim muassasasini boshqarishning chiziqli modeli strukturasida boshqaruvning asosiy bо‘g‘inlari: kengash, direktor, о‘rinbosarlar, bо‘lim boshliqlari, marketolog belgilangan. Bu modelning asosiy g‘oyasi mehnat bozori va buyurtmachilar talablaridagi о‘zgarishlarga egiluvchan reaksiya qilish, о‘quv dasturlari va mutaxassis tayyorlanadigan kasblar rо‘yxatini о‘zgartirishdan iborat. Ta’lim muassasasini bо‘linma va xizmatlarning gorizontal aloqadagi hamkorligi prinsipi bо‘yicha boshqarish modeli: bо‘linmalar, strukturalar, bо‘limlar, fakultetlar, ilmiy birlashmalar va kafedralarga birlashtirilgan. Ta’lim sifati monitoringi ijtimoiy boshqaruv nazariyasida boshqaruv siklining eng muhim, nisbatan mustaqil bо‘g‘inlaridan biri sifatida qaraladi. Monitoringni  
 
ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil funksiyasi sifatida qarash shartli bо‘lib, 
konseptual va operatsion jihatdan foydali. Real ta’lim jarayonida monitoring 
boshqaruvning barcha bо‘g‘in va bosqichlari bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun 
uning jiddiy tavsiflarini faqat ta’lim muassasasi boshqaruvining boshqa bо‘g‘inlari 
bilan nisbatlash orqaligina tо‘liq о‘rganish mumkin.  
Kasbiy ta’lim kompleksini boshqarishning bir muncha boshqa modeli A. I. 
Rikov tomonidan taklif qilinadi. U uchta asosiy xizmatni о‘z ichiga oladi:  
- kasbga yо‘naltirish (psixolog, tarbiyachilar, marketolog);   
- kasbiy ta’lim (maxsus va umumta’lim fan о‘qituvchilari, litsenziyalash va 
attestatsiya bо‘yicha о‘rinbosar);   
- kasbiy moslashish (mehnat monitoringi guruhi, birja).  
Bunday model ta’lim sifatini boshqarish funksiyasini litsenziyalash va 
attestatsiyalash bо‘yicha direktor о‘rinbosari xizmati zimmasiga yuklashni nazarda 
tutadi, biroq bu taxmin, xolos.  
Ochiq, о‘zini о‘zi rivojlantiradigan pedagogik tizim boshqaruvning shunday 
modeliki, uning yadrosi umumiy ta’lim muassasalari, band bо‘lmagan aholi bilan 
bog‘langan fanlararo markaz sanaladi. Bunday model ta’lim oluvchi shaxsiga 
maqsadli yо‘naltirilgan, uning о‘zini tо‘liq namoyon qilishi va ijodiy 
imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun pedagogik sharoitlarni yaratadi.  
Nozarat uchun savollar: 
1. Tizim, pedagogik tizim va didaktik tizim tushunchalarini tahlil qiling? 
2. Ta’lim boshqaruvining tizimli tavsifi haqida tushuncha bering? 
3. Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering?  
4. Boshqaruv modellarini ko’rsating? 
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar: 
1. Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano-
Standart, 2017. 
2. Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo’stoni” 2011.  
3. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov,  Innovatsion menejment. T.: O‘zbekis-ton 
Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 
ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil funksiyasi sifatida qarash shartli bо‘lib, konseptual va operatsion jihatdan foydali. Real ta’lim jarayonida monitoring boshqaruvning barcha bо‘g‘in va bosqichlari bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun uning jiddiy tavsiflarini faqat ta’lim muassasasi boshqaruvining boshqa bо‘g‘inlari bilan nisbatlash orqaligina tо‘liq о‘rganish mumkin. Kasbiy ta’lim kompleksini boshqarishning bir muncha boshqa modeli A. I. Rikov tomonidan taklif qilinadi. U uchta asosiy xizmatni о‘z ichiga oladi: - kasbga yо‘naltirish (psixolog, tarbiyachilar, marketolog); - kasbiy ta’lim (maxsus va umumta’lim fan о‘qituvchilari, litsenziyalash va attestatsiya bо‘yicha о‘rinbosar); - kasbiy moslashish (mehnat monitoringi guruhi, birja). Bunday model ta’lim sifatini boshqarish funksiyasini litsenziyalash va attestatsiyalash bо‘yicha direktor о‘rinbosari xizmati zimmasiga yuklashni nazarda tutadi, biroq bu taxmin, xolos. Ochiq, о‘zini о‘zi rivojlantiradigan pedagogik tizim boshqaruvning shunday modeliki, uning yadrosi umumiy ta’lim muassasalari, band bо‘lmagan aholi bilan bog‘langan fanlararo markaz sanaladi. Bunday model ta’lim oluvchi shaxsiga maqsadli yо‘naltirilgan, uning о‘zini tо‘liq namoyon qilishi va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun pedagogik sharoitlarni yaratadi. Nozarat uchun savollar: 1. Tizim, pedagogik tizim va didaktik tizim tushunchalarini tahlil qiling? 2. Ta’lim boshqaruvining tizimli tavsifi haqida tushuncha bering? 3. Pedagogik tizimning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering? 4. Boshqaruv modellarini ko’rsating? Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar: 1. Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano- Standart, 2017. 2. Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo’stoni” 2011. 3. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov, Innovatsion menejment. T.: O‘zbekis-ton Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.  
 
4. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris-
Nashriyot”., 2006.  
5. SHarifxo‘jaev M., Abdullaev YO. Menejment. Darslik. –T.: O‘qituvchi, 
2001.  
Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 
2012 Routledge. 
4. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris- Nashriyot”., 2006. 5. SHarifxo‘jaev M., Abdullaev YO. Menejment. Darslik. –T.: O‘qituvchi, 2001. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.