Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
12
Sahifalar soni
48
Faytl hajmi
180,5 KB
Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Reja:
1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlarining mohiyati. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari.
4. Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. Darsning turlari
va tuzilishi.
5. Nostandart darslar. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
6. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
Tayanch iboralar: ta’lim, metod, motivatsiyali, izohli-tasvirli, reproduktiv,
evristik, amaliy, illyustratsiya, ko’rgazmali, labaratoriya. Arxaik, qadimgi, avestiy,
yunon, dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish,
dasturlashtirilgan ta'lim, komputerli o'qitish, innovatsio, masofaviy ta'lim,
individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli, sinfdan tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari, ommaviy, guruhli, asosiy,
qo'shimcha va yordamchi ta'lim, aralash (kombinatsiyalashgan), o'qitish, tarbiyalash,
rivojlantirish,
nostandart
darslar,
tashxislash,
bashoratlash,
loyihalashtirish
(reialashtirish).
Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so'zining yunoncha
tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni anglatadi.
Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari*1
deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta'lim metodi» tushunchasiga berilgan
ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim
metodlari-
zamonaviy
darajada o’quv-
tarbiyaviy
maqsadlarga
erishishga
yo’naltirilgan
pedagog va
o’quvchilarning
o’zaro bog’liq
faoliyat usullaridir.
(V.I.Zagvyazinskiy
)
Ta’lim
metodlari- o’quv
jarayonining
murakkab tarkibiy
unsuri (komponenti)
bo’lib, o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatining
barcha yo’nalishlarini
yoritishga xizmat
qiladi, ular o’rtasida
ko’p sonli aloqa va
bog’lanishlarni
yuzaga keltiradi.
(G.I.Shukina)
Ta’lim metodlari
deganda o’qituvchining
o’rgatuvchanligi va
o’quvchilarning o’quv
materialini egallashga
yo’naltirilgan turli
didaktik masalalar
yechimini topishga oid
o’quv-bilish
faoliyatlarini tashkil
etish usullari
tushuniladi.
(I.F.Xarlamov)
Ta’lim
metodi-
belgilangan
maqsadga
erishishni
ta’minlovchi
algoritmlashtiril
gan, muayyan
mazmunga ega
harakatlar
tizimidir.
(P.I.Podlas
iy)
1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar
Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi faoliyatning
umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o'qituvchi
va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq
harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa
shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida, umumiy holda
faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
1. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to'laqonli yorituvchi ta'rifni
aniqlashga bo'lgan urinish bugun ham davom etayapti, yangi-yangi ta'riflar ilgari
surilmoqda. Biroq, «ta'lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan
turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o'zaro yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta'lim metodlari o'quvchilarning o'quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta'lim
metodlari ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar
majmuidir.
Ta'lim metodlari ta'lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta'lim
mazmunini o'zlashtirish yo'llari ifoda etiladi, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta'lim maqsadiga erishish
vositasi sifatida namoyon bo'lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o'qish
faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta'lim metodlari doimo u yoki bu o'qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu
bois ularning o'zaro shartlanganligini ta'kidlash joiz. Ta'lim metodi tuzilmasi
chizmada quyidagicha namoyon bo'ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko'ra):
2.Rasm. Ta’lim metodi tuzilmasi
Chizmadan anglanib turibdiki, ta'lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib
turadi: maqsadli tarkib: faoliyatli tarkib; ta'lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o'qituvchining dars
boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta'lim maqsadi o'qituvchi va
o'quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta'lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu jarayonda aniq maqsadga yo'naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta'lim
tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm
asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini
ifodalashga xizmat qiladi. Ta'lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
O’quv faoliyati
O’qituvchi faoliyati
O’quvchining vositali faoliyati
Maqsad sari harakatlanish
mexanizmi
O’quvchi faoliyati
Erishilga
n maqsad
Ta’lim
metodi
Ta’lim
maqsadi
Ta’lim metodlari
Motivatsiyali
Tashkiliy
Tarbiyaviy
Ta’limiy
Rivojlantiruvchi
3.Rasm. Ta’lim metodlarining asosiy funksiyalari
Bu funksiyalar ta'lim metodini qo'llash jarayonida, bir-biridan ajratilgan holda
yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o'zaro singib ketadi. Misol uchun,
tashxisli funksiya o'qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga
bajariladi.
«Ta'lim metodi» atamasi bilan birga ko'p hollarda «metodik usul» (sinonimlari
- pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham Qo'llaniladi. U ta'lim metodining
tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida
ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim usullarini chog'ishtirish orqali joriy
etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq
o'qituvchi faoliyatida tez-tez qo'llaniladigan usullarni ajratib ko'rsatish mumkin:
4.rasm. Metodik usullarning turlari
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa
birmuncha samarasiz bo'lishi mumnkin. Universal ta'lim metodiari mavjud emas, shu
bois darsda turli ta'lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish
mumkin. Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
—didaktik maqsad asosida;
—ta'lim mazmuni asosida;
—o'quvchilarning o'quv ko'nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
—o'qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O'qituvchi tomonidan qo'llanilayotgan ta'lim metodlari majmuasi boshlang'ich
Metodik usullar
Namoyish (ko’rgazmali, obektiv-tajriba,
amaliy va aqliy harakatni namoyish etish
hakozolar )
Topshiriq berish
Yo’l-yo’riq ko’rsatish
Masalani organish
sinflardan yuqori sinflarga o'tish asosida o'zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta
boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo'llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni
qo'llashga bo'lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim metodlaridan foydalanish ko'Iami,
holati o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog'liq holda
o'zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo'layotgan yana bir muhim obyekt ta'lim
metodlarining tasnifidir. «Ta'lim metodlari tasnifi ularning ma'lum belgilari bo'yicha
tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o'nlab ta'lim metodlari ma'lum», —
ekanligini ta'kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, — «Biroq
bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g'oya yagona va o'zgarmas metodlar
majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi.
O'qitish - favqulodda harakatchan, didaktik jarayon. Metodlar tizimi ham bu
harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo'shqin bo'lishi, metodlarni qo'llash
amaliyotidagi doimiy o'zgarishlarni hisobga olishi kerak»'.
Ta'lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko'p bo'lsada, bu borada yagona to'xtamga
kelinmagan. Ushbu o'rinda, ta'lim amaliyotida qo'llanilib kelayotgan metodlar tizimi
(tasnifi)ga to'xtalib o'tamiz.
Ta'lim
metodlarining
tasnifi
asosiy
didaktik
maqsadlar
bo'yicha
tizimlashtiriladi2.
M.A.Danilov va B.P.Yesipovlarning qarashlariga ko'ra
1. Bilimlami egallash metodlari.
2. Ko'nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
3. Bilimlarni qo'llash metodlari.
4. Nazorat (bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish)
metodlari
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo'yicha qo'llash
maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydilar:
1. Materialni og'zaki bayon qilish (hikoya, suhbat, tushuntirish. maktab
ma'ruzasi).
O'quvchilar
tomonidan
bilimlarni
o'zlashtirish
o'qituvchining
tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o'ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni
uzatish vositasi sifatida o'qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda
o'qituvchining o'quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo'yish, rejani e'lon qilish,
o'quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo'ladi.
2. Suhbat. O'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish jarayoni: ular e'tiboriga
havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani
safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o'zaro taqqoslash, puxta o'ylash va savollarga
to'g'ri javob tayyorlashdan iborat.
O'qituvchining rahbarligi: mavzuni qo'yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to'ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o'zlashtirishda o'quvchilar mavjud bilimlari va
tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash,
ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib bosma matn xizmat qiladi.
O'qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o'quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o'rgatish, o'zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko'rinishlarda aks
ctadi.
4. O'qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan. sayohat
va ekskursiyalar) jaravonlarda.
O'quvchilarning o'quv predmetlari bo'yicha o'zlashtirish holati va hodisalarni
kuzata borib, turli fan o'qituvchilarining ko'rsatmalari bo'yicha ularni qismlarga
taqsimlab har bir o'quvchining o'ziga xos, o'xshash va muhim jihatlarini aniqlashga
yo'naltiriladi.
Bilimlarni o'zlashtirish manbayi bo'Iib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba,
model, xaritalar xizmat qiladi. O'qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash,
uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib
borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya'ni, ma'lum sharoitda
muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O'quvchilar hodisalarni kechish jarayonini
kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbayi kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O'qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o'quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo'llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o'rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O'quvchilar tomonidan bilimlarni
o'zlashtirish jarayonining o'ziga xosligi, nazariy asoslar o'zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o'xshash harakatlarning ko'p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbayi: o'zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O'qituvchi
mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni
bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy
natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o'ziga xos xususiyatga ega bo'Iib, o'ziga xoslik
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish,
dalillarni saralash va o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish
jarayonida bilimlarni qo'llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbayi va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi,
mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o'qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni
boshqarish kabilar qayd etiladi.
O'qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o'zlashtirilishining ta'minlash,
mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat
va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko'rsatish hamda to'g'rilash kabi holatlarda namoyon
boiadi1.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbayi» bo'yicha tizimlashtirilgan metodlar —
og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o'zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e'tiborni «ta'lim
metodini to'g'ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho'ro umumta'lim
maktablarining o'quv jarayonida metodlarning cheksiz ko'pligi, xatto ularni bir necha
tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o'quv-tarbiyaviy
ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to'g'ri, asoslangan metodni
tanlash hisoblangan, Ana shu «g'oya» mohiyat jihatidan noto'g'ri bo'lishiga qaramay,
o'n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o'rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki
tasnif bilimlar manbayi bo'yicha ham, didaktik maqsadlar bo'yicha aniqlangan ta'lim
metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga
tanqidiy yondashildi, ularni qo'llash ta'lim sifatining yuqori darajasini
ta'minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O'tgan
asrning 80-yillaridan boshlab o'quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta'lim
tasnifi yaratildi.
I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlarning qarashlariga ko’ra
1. Izohli-tasvirli
2. Reproduktiv
3. Evristik yoki qisman-izlanuvchan muammoli bayon
4. Tadqiqotchilik
5.rasm. Ta’lim metodlarining tasnifi
Ushbu metodlar, mualliflarning ta'kidlashlaricha, bir-biridan o'quvchilarning
ta'lim mazmuni turlarini o'zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari
xarakteri va o'quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o'qituvchi holati
... bo'yicha farqlanadi1.
Izohli-tasvirli ta'lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning
mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o'quvchilar esa ularni qabul
qiladilar (repsepsiya). Bu yo'lda turli ta'lim vositalari (shu jumladan, ko'rgazmali
vositalar)dan foydalaniladi. O'qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish,
balki ularning o'quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat
bo'ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta'lim jarayonlarida foydalanishda quyidagi holatlar
yuzaga keladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
- tusuntirish
- harakatni ko’rsatish
- dalillardan xabardor qilish
- o’quvchining materialni anglab
yetishini
rag’batlantirishga
yo’naltiruvchi usullar
- turli didaktik materiallardan
foydalanish
- axborotlarni qabul qilish
- o’quv materialini tushunib
olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni
yodda saqlash
O’quv materialini tushunish
Reproduktiv ta'lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi
unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o'qituvchining bilimlarni tushuntirishi,
ularni o'quvchilarning yodida saqlanishini ta'minlashi va qayta ishlab chiqishi
(reproduksiya). O'zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo'Iishiga ularni ko'p marta
takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta'limning barcha bosqichlari, asosan,
boshlang'ich sinflarda o'qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish
ko'nikmalarini o'zlashtirishda muhim o'rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
- avval o'zlashtirilgan mavzu,
paragraf yoki bob bo'yicha so'rov;
- o'quvchilar
uchun
turli
mashqlarni saralash va taklif qilish;
- masalalarni
yechishdagi
o'quv harakatlarining namunasi va
algoritmini namoyish qilish;
- o'quv harakatlari ko'nikmasi
va
malakasini shakllantirish
—turli
konteksda
bilimlarni
qayta ishlash;
—namuna bo'yicha topshiriqlarni
bajarish;
—mashqlarni bajarish;
—namunaviy masalalarni yechish
usullarini egallash;
—
namunaviy
masalalarni
yechish algortmini egallash
Evristik ta'lim metodini qo'llashda o'qituvchi tomonidan turli vositalar
yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O'qituvchi bilimlarning bir
qismini o'quvchilarga ma'lum qiladi, qolganini esa o'quvchilar bilish topshiriqlarini
yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o'zlashtiradi, o'zlari bilimlarni
mustaqil egallashadi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan masalani bir necha qarashlarga
ajratilishi, ularni bajarishda o'quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim
metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb
ataladi.
Evristik metodni qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
Muammoli
metodning
mohiyati
mashg'ulotlar
jarayonida
muammoli
vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo'lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar
yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo'li balki, shu bilan birga
o'quv yo'li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
-oquvchilarni masalaning mohiyatini
o’rganishga jalb etish
-evristik suhbatda qatnashish
-yechim rejasini aniqlashda mulohaza
yuritish namunasini ko’rsatish
-masalani yechish rejasini olg’a surish
-masalani bosqichlarga ajratish
-izlanuvchan
harakat
usullarini
egallash
-evristik suhbat
-masalalar yechish yo’llarini izlab
topish
Muammoli tizim
usullar
Muammoli vaziyat
Vaziyat
Ziddiyatlar
6.rasm. Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi
Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat»,
«muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki,
muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko'rinishi hisoblanib, o'zida subyektning
aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi
bilimlar, usullar va harakat ko'nikmalarini o'zlashtirishni taqozo etadi. Agar
o'quvchida qiyinchiliklarni yo'qotish yo'llarini izlab topish uchun boshlang'ich
ma'lumotlar bo'lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi,
ya'ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo
mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko'nikmalar majmuasi va
izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu
holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli
vaziyatni o'zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga
aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam
beruvchi yo'nalishlar ko'rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli
masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko'rsatilsa, u
muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma'lum muammoni,
demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta'kidlanganidek,
barcha muammoli vaziyat muammo bo'la olmaydi. Inson har doim muammoli
masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo'lsa, uni muammoli
masalaga aylantiradi, ya'ni, uning yechimi uchun o'zidagi bilimlar tizimiga tayanadi
va ma'lum ko'rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u
boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi
masalalarni loyhalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashga o’qituvchi
va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
— o'quv materialiga oid
— o'quv materiali mohiyatining
tafovutlarning taklif etilishi;
anglab yetilishi;
— muammoli vaziyatlarni tuzish;
- muammoli vaziyat yuzasidan
— muammoning mavjudligini
fikrlash;
aniqlab berish;
— mavjud bilimlar va tajribani
— muammoli topshiriqlarni
qayta tiklash;
Loyihalash
— muammoli masalaga o'tkazish;
— topshiriqni bajarish
Tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda, o'qituvchi o'quvchilar bilan
hamkorlikda hal etilishi zarur bo'lgan masalani aniqlab oladi, o'quvchilar esa mustaqil
ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o'zlashtirib
oladilar va uning yechimi bo'yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O'rnatilgan
masalani yechish davomida o'quvchilar ilmiy bilish metodlarini o'zlashtirib
tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko'nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Ta'lim jarayonida tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda o'qituvchi va
o'quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o'quvchilarga
o'quv
muammosini taklif etish;
- o'quvchilar bilan hamkorlikda
tadqiqot
masalasini
o'rnatish;
o'quvchilarning
ilmiy
faoliyatini
tashkil etish
- o'quv
muammolari
mohiyatini anglab olish;
- tadqiqot
muammosini
o'qituvchi
va o'quvchilar bilan birgalikda
o'matishda faollik ko'rsatish;
- ularni
yechish
usullarini
topish;
- tadqiqiy masalalarni yechish
usullarini o'zlashtirish
Evristik va tadqiqotchilik metodlari o'quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi
yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko'nikma va malakalariga ega
bo'lishni taqozo etadi. Buning natijasida o'quvchilar mustaqil ravishda yangi
bilimlami o'zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o'quvchilarining o'zlashtirish
darajalarini hisobga olgan holda ma'lum holatlarda qo'llaniladi. Ushbu metodlardan
boshlang'ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o'qituvchilarning flkrlariga ko'ra
birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta'Iim tizimiga shaxsga yo'naltirilgan
ta'limni faol joriy etishga yo'naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan
inavjud sharoitda ushbu yo'nalishdagi loyihalarni tayyorlash o'ziga xos dolzarb
ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va
pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt
I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot' ham amalga oshirilgan.
Didaktikada ta'Iim metodiarining binar (ikki)li va ko'pbinarli omil asosida
tizimlashtirishga bo'lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi,
M.I.Maxmutov tomonidan ta'Iim metodlari va o'qish metodlari aj'ratiladi:
7- rasm. Ta ‘lim metodiarining tasnifi
Shunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi:
1. Axborotli-ma'lumotli va bajaruvchi.
2. Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul).
3. Yo'riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy.
4. Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi.
5. Undovchi va izlanuvehi.
Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.l.Palamarchuklar ta'Iim metodlarining uch
o'lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbayi, o'quvchilarning bilish
faolligi va mustaqillik darajasi hamda o'quv-bilishning mantiqiy yo'li yaxlit tarzda
chog'ishtiriladi.
S.G.Shopavalenko ta'Iim metodlari tasnifini to'rt belgi asosida asoslovchi
quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:
1) mantiqiy-mazmunli;
2) manbali;
3) mazmunli;
4) tashkiliy boshqaruvchi.
I.P.Podlasiy birmuncha keng tarqalgan ta'Iim metodlari tasnifiga yaqinlashar
ekan, quyidagi fikrni ta'kidlaydi: «Boshqa bir qator ta'Iim metodlari tasnifi ham
mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta'Iim jarayonida metodlarni hamkorlik
shakllari bilan uyg'unlashtirishga alohida urg'u beradi»' va quyidagi metodlarni
ko'rsatadi:
M.I.Maxmutovning binarli ta'Iim metodlari
O'qish metodlari
1. Bajaruvchi.
2. Reproduktiv (nomahsul).
3. Produktiv (mahsuldor) — amaliy.
4. Qisman izlanuvchi.
5. Izlanuvchi
Ta'Iim metodlari
1. Axborotli — ma'lumotli.
2. Tushuntiruvchi.
3. Yo'riqli — amaliy.
4. Tushuntirish — undovchi.
5. Undovchi
Monologik metodlar
Hamkorlik shakllari
Diologik metodlar
Ma'ruza
Individual
Suhbatlar
Hikoya
Guruhli
Intervyu
Namoyish
Frontal
-
— Jamoaviy
-
Ta'Iim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta'Iim vositalari yordamida joriy
etiladi.
Ta'Iim shakllari ta'Iim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko'rinishidir. Bugungi
kunda ta'Iim muassasalarida quyidagi ta'Iim shakllaridan samarali foydalanib
kelinmoqda: ma'ruza, seminar, amaliy mushg'ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat,
o'quv konferensiyasi va boshqalar.
Ta'Iim jarayonida ta'limning samaradorligini ta'minlovchi muhim elementlardan
biri sifatida ta'Iim vositalari e'tirof etiladi. Ta'Iim vositalari sirasiga quyidagilar
kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio,
televideniye, komputer, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari
(kolbalar, Probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketlar,
diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.
N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta'lim metodlari tasnifi asosida didaktik
jarayon nazariyasi yotadi1. Ma'lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik
texnologiyaning
asosi
sifatida
o'zida
quyidagi
uchta
komponentni
mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
2) o'quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta'lim metodlarini quyidagi uch
guruhga ajratish mumkin:
I. O'qish va mehnatga rag'batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
II. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
III.
O'quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O'z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
I. O'qish va mehnarga rag’batlantiruvchi hamda motivlashirish metodlari
I kichik guruh
II kichik guruh
III kichik guruh
O'qishga
qiziqishni
rag’batlantiruvchi metodlar
O'qish
va
mehnatda
burch hamda javobgarlikni
rag’batlantiruvchi metodlar
Mehnatga
va
muayyan
kasbga
qiziqishni
rag’batlantiruvchi
metodlar
- biluv o’yinlari;
- o’quv bahsi;
-
hissiy-axloqiy
kechinmali vaziyatlar yaratish
-
appersepsiyali
(idrokning
tajribaga
bog’liqligi)
vaziyatlarni
yaratish
-
biluv
yangiliklari
vaziyatlarini yaratish
- o’qish va mehnatning
muhimligiga ishontirish
- talablarni ifodalash
-
talablarni
bajarish
uchun mashq
- o’qishdagi rag’bat
- o’qishdagi kamchilik
uchun tanbeh
- g’oliblarni
ma’naviy va moddiy
rag’batlantirish
- o’quvchilarning
ishlab
chiqarish
vositalarini
mustaqil
boshqarishga
intilishlarini
rag’batlantirish
-
ish
joyidagi
xulqini rag’batlantirish
II. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
I kichik guruh
II
kichik
guruh
III kichik guruh
O'quv-bilish
faoliyatining
mo'ljal
asoslarini
vujudga
keltirish
metodlari
O'quv-bilish
faoliyatini
bajarish
metodlari
Mehnatda va mehnatda
nazorat va o'z-o'zini
nazorat metodlari
Og'zaki:
- hikoya;
- suhbat;
- tushuntirish;
- ma'ruza;
- yo'riqnonia
Amaiiy:
- mashq;
- o'quv-
ishlab
chiqarish
tajribasi;
- o'quv-
unumli
mehnat;
- kitob bilan
ishlash;
- yozma ish
Og'zaki:
- individual so'rov;
- yalpi so'rov;
- dasturii og'zaki so'rov
Ko'rsatmali:
- illyustratsiya;
- namoyish
Izlanuvchi:
- qisman-
izlanuvchi
-
tadqiqotchilik;
-
algoritmlik;
- tashxisli
Yozma:
-
nazorat-yozma ish;
-
yozma sinov (test);
-
yozma imtihon;
-
dasturii
yozma
sinov
(test);
-
Iaborotoriya-amaliy;
-
nazorat
laborotoriya
ishi;
-
mashinali nazorat;
-
-
unumli
mehnatni
son
va
sifat
jihatdan
baholash
III.O’quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari
Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:
- Bevosita
- Bilvosita yo’riqnoma yordamida
- O’z-o’zini nazorat
Nazorat metodlari:
- O’qituvchi topshirig’i
- Dasturli qo’llanmadan foydalaniladi
- Ta’limning texnik vositalari yordamida
O’quv faoliyatini tuzatish (korreksiya) metodlari:
- Tezkor
- Yakuniy natija bo’yicha
- Foiz ko’rsatkichi bo’yicha
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta'lim metodlari tizimi nazariy-amaliy
jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o'quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi.
Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta'lim
metodlari tizimiga o'xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko'ra ta'lim jarayoniga
nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko'ra har qanday murakkab
faoliyat, shu jumladan, ta'limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan
iboratdir:
1) tashkiliy;
2) rag'batlantiruvchi;
3) nazorat.
Ana shu asosida ta'lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2. O'quv-bilish faoliyatini rag'batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko'rilgan o'qish metodlarining tasnifi kichik
guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funksiyalari
bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o'quv-tarbiya
jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta'minlaydi1.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o'tilganidek, ta'lim
metodlari tizimida og'zaki bayon qilish metodlari muhim o'rin tutadi.
8.rasm. Og’zaki bayon qilish metodlarining turlari
Og’zaki
mashqlardan
ta’lim
jarayonida
keng
foydalaniladi.
Ular
o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini
rivojlantirish bilan bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan
ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan
o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek,
o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi,
ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi
maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amaiga
oshiriladi. O'qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi
asosiy tushunchalarga alohida urg'u berishga e'tiborni qaratadi. Hikoya qisqa (5—10
daqiqa), shu bilan birga o'quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni
uyg'otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta'lim metodlari (xususan, namoyish yoki
muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro'y berishi mumkin.
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi boiib, u fanga
Og’zaki bayon qilish metodlari
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi
bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat — faoliyatni endigina boshlagan o'qituvchi uchun murakkab ta'lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta'minlash ko'p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o'quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O'qituvchi oddiy savollar berishi, o'quvchilarga ular
yuzasidan batafsil o'ylash uchun vaqt ajratishi, o'quvchilarning javoblarini esa diqqat
bilan tinglashi, zarur o'rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish
deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga
oldindan ma'lum bo'lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil
etilib, o'quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning
induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga
kelinadi.
Suhbat ko'proq o'quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o'zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko'rinishlarda, ya'ni,
kirish, vakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o'quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko'zlangan maqsad hal etilishi zarur boigan ishlar mohiyatining o'quvchilar tomonidan
anglab yetilganligini tekshirib ko'rishdan iborat. Bunday suhbatlar o'quvchilarning
o'quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi
bilimlarni o'zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va
tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat — o'quvchilarning boshlang'ich bilim
darajasi hamda ularning yangi o'quv metodikasini o'zlashtirishga tayyorgarligini
aniqlash uchun tajribali o'qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o'rganilgan
materialni mustahkamlash uchun dars so'nggida qo'llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo'naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo'q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o'quvchilarni mustaqil fikrlash,
ularda faollikning yuzaga kelishini ta'minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni
ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat
jarayonida
o'quvchilar
bilimlarni o'zlarining
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o'zlashtira olsinlar.
Tushuntirish o'quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash
asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi.
Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o'rganishda
foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o'quv materialining bir qadar qiyin unsurlari
ko'zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi
ko'p
hollarda
o'qituvchining
ko'rgazmali
vositalardan
oqilona
foydalanishiga bog'liq bo'ladi.
Ma'ruza — yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish metodi sanalib,
uning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat'iy mantiqiy ketma-ketlik,
uzatilayotgan axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab
ma'ruzasi mazmunini murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog'lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma'ruza
maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo'llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini
qamrab olishi mumkin. Ma'ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin
kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqtda o'quvchilarni qisqacha yozib olish
(konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab ma'ruzasining samaradorligini ta'minlash shartlari1 quyidagilardan
iborat:
—o'qituvchi tomonidan eng maqbul ma'ruza rejasining tuzilishi;
—rejadan o'quvchilarni xabardor etish, ularni ma'ruza mavzusining maqsadi va
vazifalari bilan tanishtirish;
—rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon
etilishi;
—rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma
asosida xulosalanishi;
—ma'ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o'tishda ular o'rtasidagi mantiqiy
aloqalarning o'rnatilishini ta'minlash;
—bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
—jonli til, o'z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
—auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o'quvchilarning aqliy faoliyatlarini
mohirlik bilan boshqarish;
—ma'ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
—ma'ruzaning asosiy qismlarini o'quvchilar tomonidan qayd etib (yozib)
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
—zarur (yozib olinadigan) o'rinlarni oldindan ajratib qo'yish;
—o'rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va ularning
mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko'rgazmalar (namoyish, illyustratsiya,
videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma'ruzani seminar, amaliy
mashg'ulotlar bilan uyg'unlashtirish.
Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko'rgazmali metodlar ham alohida
ahamiyatga ega.
9- rasm. Ko 'rgazmali metodlarning turlari
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko'rsatmalilik tamoyiliga amal qilish
maqsadga muvofiq ekanligida ko'rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko'rishni,
faqat 3 foizigina eshitishni ta'minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-
psixologik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma'lum bo'ladiki, shaxs
tomonidan o'zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari yordamida
o'zlashtiriladi. Demak, o'zbek xalqi tomonidan ko'p bora qo'llaniladigan «Yuz marta
eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Namoyish metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda
qo’l keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida
to’laqonli ma'lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda
odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning
Ko’rgazmali metodlar
Namoyish
Tasvir
o'zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida
xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Ko'rsatish ko'p holatlarda o'rganilayotgan
obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa
sinf taxtasiga chizish yoki o'qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko'rsatib berishi
hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish
osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko'proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim
ham mumkin bo'lavermaydi. Shu bois o'qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish
qilishda sun'iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot
bog'ida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun'iy ravishda
yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni
o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o'rnatish, shuningdek,
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so'z bilan aytganda faol bilish
jarayoniga yo'naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining bilish
jarayoni mohiyatan o'quvchilarning yoshiga mos holda to'g'ri tanlanishi hamda
mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim
jihatlariga yo'naltirishiga bog'liqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq bo'lsada,
didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni
ularning ramziy ko'rinishlari — chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va
boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o'zaro bog'liqlikda bir-birini to'ldirgan holda
qo'llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o'quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur boisa
namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o'rtasidagi
bog'lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning samarasi ko'pincha o'qituvchi tomonidan ko'rsatuv texnologiyasi qay
darajada o'zlashtirilganligiga bog'liq bo'ladi. Ko'rsatmalardan foydalanishning bilish
jarayonidagi didaktik ahamiyati o'rganilayotgan obyekt mohiyatini to'laqonli yorita
olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida
zarur o'rinlarda kerakli hajmda ko'rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi
o'quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg'itadi. Ayrim hollarda tarqatma
materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar
xizmatidan foydalanishga to'g'ri keladi.
Ko'rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
—ko'rgazmalilikning o'quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
—namoyish etilayotgan obyektlar barcha o'quvchilarga yaxshi ko'rinib turishi;
—namoyishda uning boshlang'ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning
ajralib turishi;
—tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib
ko'rsatish asosida tashkil etilishi;
— namoyish va illyustratsiya o'quv materialining mazmuni bilan uyg'un bo'la
olishi lozim.
Amaliy ishlar metodlari o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlar
yordamida ularda amaliy ko'nikina va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi.
10.rasm. Amaliy metodlarning turlari
Amaliy ishlar metodi — o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini
topishga yo'naltirilgan jarayonda qo'llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda qo'llash ko'nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy
sharoitlar — maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o'qituvchi tomonidan
nazorat qilinadi va zarur hollarda yo'riqnoma yoki maxsus ko'rsatmani o'quvchilar
e'tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o'quvchilarda amaliy ko'nikma va
malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida
nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Amaliy metodlar
Mashq
Labaratoriya
Amaliy ishlar
Mashq — aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko'nikmalarini
egallash yo'lidagi ko'p marta takrorlanishlar bo'lib, mashqsiz ko'nikma hamda
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og'zaki, yozma, grafikaviy
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa
turlarga bo'linadi.
Yozma mashqlar - ta'limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko'nikma va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo'ilaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o'xshash jihatlarga ega bo'lib, ulardan
asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik,
rasm hamda texnologik ta'lim)da keng ko'lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha
yuqori bo'ladi:
—mashqlarni bajarishga nisbatan ongli yondashish;
—bajarish qoidasini bilish;
—vaqt bo'yicha takrorlanishning to'g'ri taqsimlanishi. Mashqni bajarishni
tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
—o'qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
—topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko'rsatishi;
—o'qituvchi nazorati ostida o'quvchilar tomonidan o'quv harakatining dastlabki
bajarilishi;
—zarur ko'nikma va malakalar shakllangunicha o'quv harakatlarning ko'p bora
takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o'quvchilar ovoz chiqarib o'quv harakatlarini takrorlashiari va
bajarishlari lozim bo'ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan
harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko'nikma va malakalarni egallashga imkon
beradi.
Laboratoriya ishlari o'quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli
texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o'tkazish metodlari bo'lib, ular
ko'proq tabiiy fanlar asoslarini o'rganishda qo'ilaniladi. Bu metod o'quvchilarning
asbob-uskunalar bilan ish ko'rish, o'lchash ishlarini amalga oshirish va ularning
natijalariga ishlov berish kabi ko'nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi.
Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar
hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu
harakatlar o'quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba
va o'lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o'quvchilarning
mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo'naltirilgan
faoliyatini
tashkil
etishga
xizmat
qiladi.
U
o'quvchilarning
bilimlarini
chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat bilish hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni
tuzatish borasidagi ko'nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh
bosqichda tashkil etiladi:
1. O'qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash
bosqichi.
2. Ko'rsatma, yo’l-yo'riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o'quvchi amaliy harakatlarni
bajaradi, qolgan o'quvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (harbir o'quvchi topshiriqni mustaqil ravishda
bajaradi, ayni o'rinda topshiriqni bajarishga qiynalgan o'quvchilarga alohida e'tibor
qaratilib, ularga yordam ko'rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda o'quvchilarning ishlari qabul qilinadi va
baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nuqtayi
nazaridan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to'g'riligi va samaradorligi kabi
holatlarga alohida e'tibor beriladi).
Zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy
bilimlar negizida amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik
o'yinlardan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Didaktik o'yin o'rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o'quvchining bilishga bo'lgan qiziqishi va faollik darajasini rag'batlantiruvchi
o'quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o'yin ham ijtimoiy faoliyat ko'rinishi sanaladi.
Hozirgi vaqtda o'qituvchilar qo'lida barcha o'quv fanlari bo'yicha didaktik
o'yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim bo'yicha yaratilgan
o'quv dasturlarda turli didaktik o'yinlarning ro'yxati yetarli darajada ko'rsatilgan.
Ta'limning globallashuvi ta'limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va
yo'nalishi jihatidan xilma-xil bo'lgan komputer o'yinlarining maktab amaliyotiga
jadal kirib kelishini ta'minlamoqda. Didaktik o'yinlar o'quvchilarga ijtimoiy-foydali
mehnat hamda, o'qish ko'nikmalarini faol o'zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning
mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O'yinlar bolalarni ijtimoiy
munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik
zo'riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o'yinlardan foydalanilganda o'quvchilarning
manfaatdor bo'lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo'lgan taqdirdagina ularni taqdirlash
mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil
etilgan o'yin ijobiy natija bermaydi.
Ta'lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o'qituvchilarning amaliy
tajribasini o'rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o'quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan
yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga
olinishi lozim:
- zamonaviy
didaktikaning
yetakchi
g'oyalari,
ta'lim,
tarbiya
va
rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
- o'rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o'ziga xosligi;
- xususiy fanlar metodikasining o'ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni
saralashga qo'yiluvchi talablarning o'zaro aloqadorligi;
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
- u yoki bu mavzuni o'rganishga ajratilgan vaqt;
- o'quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
- o'quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
- o'quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta'minlanganlik darajasi,
jihozlar, ko'rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
- o'qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik
darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
-o'quv
muassasalarida
fanlararo
hamkorlikning
o'rnatilganligi.
O'qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og'zaki, ko'rgazmali
yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini
nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Xopkins Xarvis Singletom Wattsning fikriga ko‘ra yuksak darajadagi
o‘qituvchining repertuaridan o‘qitish va o‘rgatishning turli modellari
strategiyalari va to‘g‘ri yo‘nalish berish usullari joy olgan bo‘ladi. Asosiy
maqsad ta’lim berishga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilar o‘rtasida
to‘g‘ri munosabat o‘rnatadi yangi yo‘nalishlar yaratadi va darsga qiziqtiradi.1
Ta'lim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik g'oyalar (tizimlar) tarixiy
taraqqiyot jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi
tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o'qitish nazariyasi va
amaliyotining umumiy qonuniyatidir.
Ta'lim turlari (yunoncha «species» alohida, o'ziga xos xususiyatga ega) o'quv
jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
—arxaik (ibtidoiy);
—qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
—avestiy (Baqtriya, Sug'diyona, Xorazmda — eramizdan av. VII— VI asrlar);
—yunon (Ellin, rim-yunon, rim — eramizdan av. V—I asrlar);
—o'rta asr (dogmatik, sxolastik V—XVI asrlar);
—yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali
o'qitish muammoli-dasturlashtirilgan, komputerlashtirilgan innovatsion);
—xorijiy
(tushuntirish,
tushuntirish-ko'rgazmali,
dasturlashtirilgan,
muammoli-dasturlashtirilgan, komputerli o'qitish, masofali, Internet yordamida
o'qitish va shu kabilar).
Avesto g'oyalariga ko'ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi
VII—VI asrlarda, Markaziy Osiyo hududida zardushtiyiik dini yuzaga kela
boshlaganda tashkil topdi. «Avesto» zardushtiylik muqaddas manbayi bo’lib, u o'z
davrining ensiklopediyasi hisoblagan. «Avesto» g'oyalariga binoan bolalar va
yoshlarni o'qitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:
1 Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004.44-47 betlar
1) diniy va ma'naviy tarbiyalash;
2) jismoniy tarbiya;
3) o'qish va yozishga o'rgatish.
Yoshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini
uyg'otish muhim yo'nalish hisoblangan. «Avesto»da barkamol shaxs obrazi haqida
aniq tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o'qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan
avvalgi 469—399 er. avv. yillar) va uning o'quvchilari tomonidan keng qo'llagan
yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat
metodi nomini olgan. O'qituvchi (faylasuf) o'quvchida qiziqish, bilishga intilishni
uyg'otadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida o'quvchini voqea-
hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. O'qituvchining mulohazasi
ko'pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to'ldirilib turiladi. Suqrotcha
suhbatlar bir yoki bir necha o'quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o'qitish — jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib, o'rta
asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda, G'arbiy Yevropada, dogmatik o'qitishda lotin
tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin tutgan. Musulmon
pedagogik konsepsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega bo'lgan. Komillikka
bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin deb hisoblangan.
«Haqiqiy g'oyalar» (Abu Ali ibn Sino. «Donishnoma» «Bilimlar kitobi»), haqiqiy
bilimlarni o'zlashtirishga ikki to'siq xalaqit qiladi: so'zlarining aniq va fikrlarining
tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika alohida o'rin egallaydi.
Musulmon mamlakatlarida bolani o'qitish va tarbiyalashda u tomonidan Qur'onning
arab tilida yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti hisoblangan. Bundan tashqari
XV—VII asrlarda, bir qator maktablarda fors tili ham o'rgatilgan. Asosiy ta'limni
bolalar maktablar - boshlang'ich maktabda olganlar (muqaddas kitobni o'qish va
talqin qilish mashg'ulotlari, o'qish, yozish va hisobga o'rganganlar). Dogmatik
o'qitishda o'quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o'qish, yod olish, eslab qolish
va matnni so'zma-so'z takrorlashdan iborat bo'lgan.
Oliy ta'lim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o'quv
maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va G'ijduvondagi madrasalarni
kiritish mumkin. Bu ma'rifiy markazlarning rivojlanishi XV-VH asrlarga to'g'ri
kelgan. Madrasalarda, o'qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda
arab tilini ham o'rganganlar. O'quv rejasiga grammatika, Qur'on, Hadis, ritorika,
logika, metafizika, geologiya, adabivot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O'qitish
asosan og'zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o'quv adabiyotlari
asta-sekin ancha ko'p qirrali, turli-tuman bo'lib boradi. Maktab ta'limi erkaklar
uchun mo'ljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani o'qitish uchun uyga
o'qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o'qitish o'rniga asta-sekin o'quv jarayonida ko'rgazmalilikni keng
jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta'lim shakllari
qo'llanila boshlandi.
Ayni vaqtda, respublika hududida, faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta'lim
muassasalarida ta'limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
- tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim (u an'anaviy yoki axborot beruvchi
ta'lim ham deb ataladi);
- muammoli o'qitish;
- dasturlashtirilgan ta'lim yoki komputerli o'qitish.
Bugungi kunda o'rta asrda keng qo'llanilgan ta'lim turlari -dogmatik va
sxolastik o'qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim nomidan mohiyati anglanib turibdi.
Ko'rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish
sanaladi.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim turi vaqtni tejash, o'qituvchi va
o'quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta'lim
jarayonini ancha samarali boshqarishni ta'minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka
ham ega, ya'ni, «tayyor» bilimlarni berish va o'quvchilarni bilimlarni o'zlashtirishda
mustaqil
hamda
mahsuldor
fikrlashdan
ozod
etish,
o'quv
jarayonini
individuallashtirish, differensatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli o'qitishda o'quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni
mustaqil egallash, o'quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini
rivojlantirish yo'li bilan ta'lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi
bilan ajralib turmaydi, chunki o'quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir
necha bosqichlardan iborat bo'ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga
oshirilishi kerak.
Bunday o'qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi.
Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O'quv muammosi bir
qadar qiyin, lekin o'quvchilarning kuchi yetadigan bo'lishi kerak. Muammoni ilgari
surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi
bosqichida o'quvchilar savol bo'yicha mavjud muammoni ko'rib chiqadilar, tahlil
qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va
yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni
yechish uchun zarur bo'lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U
xayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi («Men nima qilishni bilaman!»).
Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki
gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va
umumlashtirish bosqichlari keladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o'quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat
bo'lishi mumkin. Muammoli savoida izlash va javoblar turli variantlari ko'zda
tutiladi, ya'ni, oldindan tayyor javob bu yerda mumkin emas. Muammoli savolga
misol: «Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda cho'kadi, temirdan yasalgan
kema esa cho'kmaydi?».
Muammoli masala uni yechish yo'llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga
keltiruvchi o'quv-o'rganish topshirig'idir. Muammoli masala asosini mavjud
bilimlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol:
«2Q5*3q21 tengligi to'g'ri bo'lishi uchun qanday amallarni bajarish kerak?».
O'qish jarayonida muammoli vaziyat subyekt (o'quvchi) o'zi uchun qiyin
bo'lgan masalani yechishni istashi, lekin unga ma'lumotlar yetishmasligi va u o'zi
ularni izlashi zarurligini ko'zda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: «6 ta gugurt
qutisidan tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli
uchburchaklar yasang».
Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish
asosida bilimlarni mustaqil egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, mahsuldor
fikrlashini rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari
o'quvchilar idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va
hal etish uchun ko'p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil
yechish imkoniyatini har bir o'quvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan o'qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-
ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib
keluvchi «dastur» terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o'quv
jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday o'qitish asosini kibernetik
yondashish tashkil etadi. Unga binoan o'qitish murakkab dinamik tizim sifatida
qaraladi. Dasturiy ta'lim yangi didaktik, psixologik va kibernetik g'oyalar asosida XX
asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U o'quvchining bilim egallashi yo'lida
har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida, o'z vaqtida
yordam ko'rsatish, qiyinchiliklarning oldini olish, qiziqishini yo'qotmaslik va salbiy
oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o'quv jarayonining texnologiyasini
yaratishga yo'naltiradi. Dasturiy ta'limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
—o'quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;
—o'quv jarayonining bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha bilimlar portsiyalari va
fikrlash amallaridan iborat bo'lgan ketma-ket qadamlardan iborat bo'lishi;
—har bir qadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshiriq va shu
kabilar);
—nazorat topshiriqlarini to'g'ri bajarganida o'quvchining yangi materiallarni
olishi va navbatdagi qadamni bajarishi;
—to'g'ri
javob
topganda
o'quvchining
yordamchi
va
qo'shimcha
tushuntirishlarni olishi;
—har bir o'quvchining mustaqil ishlashi, kuchi yetadigan mavzu bo'yicha
o'quv materialini egallashi;
—barcha nazorat topshiriqlari bajarilish natijalarining qayd etilishi (ular
o'quvchilarning o'zlariga (ichki qayta aloqa) va pedagogga (tashqi qayta aloqa)
ma'lum qilinadi);
—o'qituvchining ta'lim tashkilotchisi va qiyinchilik yuzaga kelganda
yordamchi (maslahatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondashuvning amalga
oshirilishi;
—ta'lim jarayonida o'qitishning o'ziga xos vositalarining keng qo'llanilishi
(dasturlashtirilgan o'quv qo'llanmalari, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari,
o'qitish mashinalari).
Komputerli ta'lim. O'qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi —
shaxsiy
elektron-hisoblash
mashinalari
(ShEHM)
rivojlanishi
komputerli
(komputerlashtirilgan) ta'limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta'lim
dasturlari bilan ta'minlangan komputerlarni deyarli barcha didaktik masalalar:
axborotni berish, o'qitish jaravonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib
borish, mashqlarni bajarish, o'quv jaravoni rivojlanishi haqida ma'lumotlarni
to'plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda komputerlardan ta'limda foydalanishning keng
rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo'nalishlarni aniqlashga imkon berdi:
—alohida o'quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya
va boshqalar) bo'yicha o'zlashtirish darajasini oshirishni ta'minlash;
- umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari — qo'yilgan masalani hal etish,
mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to'plash, analiz,
sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko'nikmani shakllantirishga imkon beruvchi
jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish.
Bundan tashqari komputerlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o'tkazish,
baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu o'qituvchi vaqtini tejashga imkon
beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va komputerli ta'limlar o'qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi.
Algoritm to'g'ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim,
ko'nikma va malakalarni to'la o'zlashtirish uchun zarur bo’lgan o'quv faoliyati tartibi
va ketma-ketligini o'quvchiga ko'rsatadi. O'quv dasturlari va komputerli ta'limning
samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog'liq.
Yomon tuzilgan algoritmlar komputerli o'qitishning sifatini keskin pasaytiradi.
Komputerli ta'limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
1) o'qitish dasturlarining sifati;
2) hisoblash texnikasining sifati.
Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, ya'ni, o'quvchilarning idrok
etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan ta'lim
dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish ko'p vaqt va kuch talab
etadi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika ta'lim muassasalarida
EHMlar soni va ulardan foydalanish ko'lami ortib va takomillashib bormoqda,
biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yo'q.
Ta'lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi. Dunyoda shunday
ta'lim tizimi yuzaga kelganki, uni ko'pchilik «qo'llab turuvchi, ta'minlovchi,
yordamchi o'qitish» deb ataydilar. U odamni kundalik muammolarni hal etishga
tayyorlashga asoslangan bo'lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo’llab turish
uchun mo'ljallangan.
Ayni vaqtda «innovatsion» (yangilik kiritish) ta'limni tashkil etishga alohida
ahamiyat berilmoqda. Mazkur ta'limning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud:
1) bu oldindan ko'ra bilish, ya'ni, o'quvchini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida
o'qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo'ljallashga o'rgatishdan iborat bo'lib,
o'quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, ko'zlash, modellashtirish
va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur.
2) o'quvchining hamkorlikda ta'lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish
(lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga
olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta'minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia — masofa) —
masofadan turib o'qitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy o'qitish — ta'lim
texnologiyasi bo'lib, unga ko'ra o'quvchi qayerda va qanday holatda bo'lishidan
qat'iy nazar muayyan ta'lim muassasasi ta'lim dasturini o'rganish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari:
darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o'rganilayotgan materialni computer
telekommunikatsiyalari orqali uzatish, videotasmalar, munozaralar va seminarlar
o'tkazish, regional va milliy televideniye hamda radio orqali o'quv dasturlarini
namoyish etish, kabelli televideniye va ovozli pochta, ikki tomonlamali
videokonferensiyalar,
telefon
orqali qayta
aloqa
bilan
bir
tomonlama
videotranslyatsiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali o'qitish
o'qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan,
jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o'qish imkonini yaratadi, o'quv fanlari
erkin tanlanadi, fan, ta'lim va madaniyat mashhur namoyondalari bilan
munosabatlar imkonini beradi. O'quvchi va o'qituvchilarning faol o'zaro
munosabatlari, mustaqil ishlashni faollashtirish va o'quvchilarning mustaqil bilim
olish ehtiyojlarini qoniqtirishga xizmat qiladi.
Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini
o'tkazadi.
Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko'rsatiladi: individual,
individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan
tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o'quvchilarni qamrab olishi,
o'quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari,
mustaqilligi darajasi va o'qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi
belgilariga ko'ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual;
2) sinf-darsli;
3) ma'ruza-seminarli.
Qadim zamonlarda mavjud bo'lgan o'qitishning eng qadimgi shakli
ta'limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-
avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo'lishi bilan
qavm boshlig'i turli belgilar yordamida o'zining tajribalarini yoshlarga o'rgatgan.
O'qituvchi va o'quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida
repetitorlikni ko'rsatish mumkin. O'qishni tashkil etishning individual shakli antik
davr va o'rta asrlarda yagona usul bo'lgan, undan ba'zi mamlakatlarda XVIII
asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta'lim bir qator afzalliklarga ega,
shuning uchun bu usul bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan.
Uning
ustunligi
o'quv
faoliyati
mazmuni,
metodi
va
suratini
to'la
individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va
operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta'lim
o'qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo'lishini talab etadi. Individual
o'qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo'lib,
ular quyidagilardan iborat:
1) vaqtning tejamli emasligi;
2) o'qituvchi
ta'sirining
cheklanganligi
(o'qituvchining
vazifasi
o'quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
3) boshqa
o'quvchilar
bilan
hamkorlikda
ishlash
imkoniyati
cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o'qitish usulining ahamiyati
pasayib, uning o'rnini ta'limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ta'limning individual-guruhli shaklidan Yevropada, XVI asrda keng foydalana
boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham
foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo'la oladi, bu davrda o'quvchilar uchun
asosiy o'quv qo'llanma zardushtiylikning muqaddas manbayi «Avesto» (eramizdan
avvalgi VII-XVI asrlar) bo'lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda
individual o'qitish jamoali o'qitish bilan birga olib borilar edi. O'qituvchi «Avesto»
kitoblaridan birini ochadi va o'quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib
o'qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o'qilganni takrorlaganlar, mashqlarni
maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o'qituvchining o'quvchi bilan erkin
suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali
mashg'ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni
harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo'lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan
foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy
tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta'lim olish jarayoni kun chiqqandan
kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo'lmagan1.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o'zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining
maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o'qitish
va tarbiyalash») bo'limida o'quvchilarga jamoali o'qitish haqida quyidagi
tavsiyalarni beradi:
1) agarda o'quvchilar birgalikda o'qisalar, ular zerikmaydilar, fanni
o'rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun
o'zaro
musobaqalashish
istagi
rivojlanadi,
ular
bolaning
o'qishi
yaxshilanishiga yordam beradi;
2) o'zaro suhbatlarda o'quvchilar kitobdan o'qish yoki kattalardan
eshitgan qiziqarli ma'lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;
3) bolalar birgalikda, yig'ilganlarida bir-birilari bilan do'stlashadilar va
bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-
birlariga o'quv materiallarini o'zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan
bolalar mag'rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o'rganadilar2.
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo'lida o'quvchiga maslahatlar»
nomli o'zining ilmiy asarida dars olib borish bo'yicha tavsiyalar beradi. Uning ko'p
yillik dars o'tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha
o'ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib
kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi
yoziladi. O'qituvchi maktabda darsga tushinish va o'zlashtirish mumkin bo'lgan
o'quv materiallarini tanlab olishi, darsda o'rganiladigan materiallarni tushuntirib
berishi kerak. O'quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba
takrorlanganda o'zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo'lish va
boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi1.
XV asrda jamoali o'qitishni tashkil etish g'oyasini Muhammad Tarag'ay
Ulug'bek
davom
ettiradi.
Mutafakkir
o'zining
madrasalarida
individual
mashg'ulotlar tizimini bekor qiladi va «jamoa» sinf-dars tizimiga yaqin bo'lgan
shaklini joriy qiladi. Umumiy ma'ruzani 50—70 nafar kishidan iborat katta guruhga
odatda, o'z sohasida mashhur bo'lgan olim mudarris (o'qituvchi-professor) o'qiydi,
amaliy mashg'ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris
(o'qituvchi) olib boradi. O'qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar
hisoblangan. Samarqand madrasasida ma'ruzalarni allomaning o'zi va Qozizoda
Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur
olimlar o'qiganlar. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek va uning izdoshlari tomonidan
matematika, metafizika, astronomiya, geografiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar
yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin «jamoa» usulida
ham o'zining salbiy tomonlari bo'lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur
bo'lgan guruhli-laboratoriya metodida bo'lgani kabi o'zlashtirishni individual
xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o'zlashtirmagan ba'zi shogirdlar ham ilg'orlar
qatorida bir qo'llanmani o'rganishdan boshqasini o'rganishga o'z-o'zidan o'tavergan,
kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar2.
Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg'ulotlarni o'qituvchi bir o'quvchi
bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo'lgan turli yoshdagi bolalar guruhi
bilan olib borishidan iborat edi. O'qituvchi navbat bilan har bir o'quvchidan o'tilgan