TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI. TA’LIMNI TASHKIL ETISH
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
32,3 KB
Ta’limni tashkil etish shakllari
Mavzu rejasi:
1. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli, ularning turlari va tuzilishi.
2. Darsga qo‘yiladigan talablar va o‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
3. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Ta'lim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik g'oyalar (tizimlar) tarixiy
taraqqiyot jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi
tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o'qitish nazariyasi va
amaliyotining umumiy qonuniyatidir.
Ta'lim turlari (yunoncha «species» alohida, o'ziga xos xususiyatga ega) o'quv
jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
—arxaik (ibtidoiy);
—qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
—avestiy (Baqtriya, Sug'diyona, Xorazmda — eramizdan av. VII— VI asrlar);
—yunon (Ellin, rim-yunon, rim — eramizdan av. V—I asrlar);
—o'rta asr (dogmatik, sxolastik V—XVI asrlar);
—yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o'qitish
muammoli-dasturlashtirilgan, komputerlashtirilgan innovatsion);
—xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-
dasturlashtirilgan, komputerli o'qitish, masofali, Internet yordamida o'qitish va shu
kabilar).
Avesto g'oyalariga ko'ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi
VII—VI asrlarda, Markaziy Osiyo hududida zardushtiyiik dini yuzaga kela
boshlaganda tashkil topdi. «Avesto» zardushtiylik muqaddas manbayi bo’lib, u o'z
davrining ensiklopediyasi hisoblagan. «Avesto» g'oyalariga binoan bolalar va
yoshlarni o'qitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:
1) diniy va ma'naviy tarbiyalash;
2) jismoniy tarbiya;
3) o'qish va yozishga o'rgatish.
Yoshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini uyg'otish
muhim yo'nalish hisoblangan. «Avesto»da barkamol shaxs obrazi haqida aniq
tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o'qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan
avvalgi 469—399 er. avv. yillar) va uning o'quvchilari tomonidan keng qo'llagan
yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat
metodi nomini olgan. O'qituvchi (faylasuf) o'quvchida qiziqish, bilishga intilishni
uyg'otadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida o'quvchini voqea-
hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. O'qituvchining mulohazasi
ko'pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to'ldirilib turiladi. Suqrotcha
suhbatlar bir yoki bir necha o'quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o'qitish — jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib,
o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda, G'arbiy Yevropada, dogmatik
o'qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin
tutgan. Musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega
bo'lgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin
deb hisoblangan. «Haqiqiy g'oyalar» (Abu Ali ibn Sino. «Donishnoma» «Bilimlar
kitobi»), haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishga ikki to'siq xalaqit qiladi: so'zlarining aniq
va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika alohida
o'rin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani o'qitish va tarbiyalashda u
tomonidan Qur'onning arab tilida yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti
hisoblangan. Bundan tashqari XV—VII asrlarda, bir qator maktablarda fors tili ham
o'rgatilgan. Asosiy ta'limni bolalar maktablar - boshlang'ich maktabda olganlar
(muqaddas kitobni o'qish va talqin qilish mashg'ulotlari, o'qish, yozish va hisobga
o'rganganlar). Dogmatik o'qitishda o'quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash,
o'qish, yod olish, eslab qolish va matnni so'zma-so'z takrorlashdan iborat bo'lgan.
Oliy ta'lim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o'quv
maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va G'ijduvondagi madrasalarni
kiritish mumkin. Bu ma'rifiy markazlarning rivojlanishi XV-VH asrlarga to'g'ri
kelgan. Madrasalarda, o'qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda
arab tilini ham o'rganganlar. O'quv rejasiga grammatika, Qur'on, Hadis, ritorika,
logika, metafizika, geologiya, adabivot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O'qitish
asosan og'zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o'quv adabiyotlari
asta-sekin ancha ko'p qirrali, turli-tuman bo'lib boradi. Maktab ta'limi erkaklar
uchun mo'ljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani o'qitish uchun uyga
o'qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o'qitish o'rniga asta-sekin o'quv jarayonida ko'rgazmalilikni keng
jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta'lim shakllari
qo'llanila boshlandi.
Bugungi kunda o'rta asrda keng qo'llanilgan ta'lim turlari -dogmatik va
sxolastik o'qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim nomidan mohiyati anglanib turibdi.
Ko'rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish
sanaladi.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim turi vaqtni tejash, o'qituvchi va
o'quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta'lim
jarayonini ancha samarali boshqarishni ta'minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka
ham ega, ya'ni, «tayyor» bilimlarni berish va o'quvchilarni bilimlarni o'zlashtirishda
mustaqil
hamda
mahsuldor
fikrlashdan
ozod
etish,
o'quv
jarayonini
individuallashtirish, differensatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli o'qitishda o'quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni
mustaqil egallash, o'quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini
rivojlantirish yo'li bilan ta'lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi
bilan ajralib turmaydi, chunki o'quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir
necha bosqichlardan iborat bo'ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga
oshirilishi kerak.
Bunday o'qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi.
Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O'quv muammosi bir
qadar qiyin, lekin o'quvchilarning kuchi yetadigan bo'lishi kerak. Muammoni ilgari
surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi
bosqichida o'quvchilar savol bo'yicha mavjud muammoni ko'rib chiqadilar, tahlil
qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va
yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni
yechish uchun zarur bo'lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U
xayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi («Men nima qilishni bilaman!»).
Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki
gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va
umumlashtirish bosqichlari keladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o'quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat
bo'lishi mumkin. Muammoli savoida izlash va javoblar turli variantlari ko'zda
tutiladi, ya'ni, oldindan tayyor javob bu yerda mumkin emas. Muammoli savolga
misol: «Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda cho'kadi, temirdan yasalgan
kema esa cho'kmaydi?».
Muammoli masala uni yechish yo'llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga
keltiruvchi o'quv-o'rganish topshirig'idir. Muammoli masala asosini mavjud
bilimlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol:
«2Q5*3q21 tengligi to'g'ri bo'lishi uchun qanday amallarni bajarish kerak?».
O'qish jarayonida muammoli vaziyat subyekt (o'quvchi) o'zi uchun qiyin bo'lgan
masalani yechishni istashi, lekin unga ma'lumotlar yetishmasligi va u o'zi ularni
izlashi zarurligini ko'zda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: «6 ta gugurt qutisidan
tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli uchburchaklar
yasang».
Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish asosida
bilimlarni mustaqil egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, mahsuldor fikrlashini
rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari o'quvchilar
idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va hal etish
uchun ko'p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil yechish
imkoniyatini har bir o'quvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan o'qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-
ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib
keluvchi «dastur» terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o'quv
jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday o'qitish asosini kibernetik
yondashish tashkil etadi. Unga binoan o'qitish murakkab dinamik tizim sifatida
qaraladi.
Komputerli ta'lim. O'qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi
— shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (ShEHM) rivojlanishi komputerli
(komputerlashtirilgan) ta'limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta'lim
dasturlari bilan ta'minlangan komputerlarni deyarli barcha didaktik masalalar:
axborotni berish, o'qitish jaravonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib
borish, mashqlarni bajarish, o'quv jaravoni rivojlanishi haqida ma'lumotlarni
to'plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda komputerlardan ta'limda foydalanishning keng
rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo'nalishlarni aniqlashga imkon berdi:
—alohida o'quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya va
boshqalar) bo'yicha o'zlashtirish darajasini oshirishni ta'minlash;
- umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari — qo'yilgan masalani hal etish,
mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to'plash, analiz,
sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko'nikmani shakllantirishga imkon beruvchi
jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish.
Bundan tashqari komputerlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o'tkazish,
baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu o'qituvchi vaqtini tejashga imkon
beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va komputerli ta'limlar o'qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi.
Algoritm to'g'ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim,
ko'nikma va malakalarni to'la o'zlashtirish uchun zarur bo’lgan o'quv faoliyati
tartibi va ketma-ketligini o'quvchiga ko'rsatadi. O'quv dasturlari va komputerli
ta'limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga
bog'liq.
Ta'lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi. Dunyoda shunday
ta'lim tizimi yuzaga kelganki, uni ko'pchilik «qo'llab turuvchi, ta'minlovchi,
yordamchi o'qitish» deb ataydilar. U odamni kundalik muammolarni hal etishga
tayyorlashga asoslangan bo'lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo’llab turish
uchun mo'ljallangan.
Ayni vaqtda «innovatsion» (yangilik kiritish) ta'limni tashkil etishga alohida
ahamiyat berilmoqda. Mazkur ta'limning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud:
1) bu oldindan ko'ra bilish, ya'ni, o'quvchini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida
o'qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo'ljallashga o'rgatishdan iborat bo'lib,
o'quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, ko'zlash, modellashtirish
va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur.
2) o'quvchining hamkorlikda ta'lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va
xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan
global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta'minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia — masofa) —
masofadan turib o'qitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy o'qitish — ta'lim
texnologiyasi bo'lib, unga ko'ra o'quvchi qayerda va qanday holatda bo'lishidan
qat'iy nazar muayyan ta'lim muassasasi ta'lim dasturini o'rganish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari:
darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o'rganilayotgan materialni computer
telekommunikatsiyalari orqali uzatish, videotasmalar, munozaralar va seminarlar
o'tkazish, regional va milliy televideniye hamda radio orqali o'quv dasturlarini
namoyish etish, kabelli televideniye va ovozli pochta, ikki tomonlamali
videokonferensiyalar, telefon orqali qayta aloqa bilan bir tomonlama
videotranslyatsiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali o'qitish
o'qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan,
jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o'qish imkonini yaratadi, o'quv fanlari
erkin tanlanadi, fan, ta'lim va madaniyat mashhur namoyondalari bilan
munosabatlar imkonini beradi. O'quvchi va o'qituvchilarning faol o'zaro
munosabatlari, mustaqil ishlashni faollashtirish va o'quvchilarning mustaqil bilim
olish ehtiyojlarini qoniqtirishga xizmat qiladi.
Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini
o'tkazadi.
Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko'rsatiladi: individual,
individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan
tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o'quvchilarni qamrab olishi,
o'quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari,
mustaqilligi darajasi va o'qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi
belgilariga ko'ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual;
2) sinf-darsli;
3) ma'ruza-seminarli.
Qadim zamonlarda mavjud bo'lgan o'qitishning eng qadimgi shakli
ta'limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-
avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo'lishi bilan
qavm boshlig'i turli belgilar yordamida o'zining tajribalarini yoshlarga o'rgatgan.
O'qituvchi va o'quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida
repetitorlikni ko'rsatish mumkin. O'qishni tashkil etishning individual shakli antik
davr va o'rta asrlarda yagona usul bo'lgan, undan ba'zi mamlakatlarda XVIII
asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta'lim bir qator afzalliklarga ega,
shuning uchun bu usul bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan.
Uning
ustunligi
o'quv
faoliyati
mazmuni,
metodi
va
suratini
to'la
individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va
operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta'lim
o'qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo'lishini talab etadi. Individual
o'qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo'lib,
ular quyidagilardan iborat:
1) vaqtning tejamli emasligi;
2) o'qituvchi ta'sirining cheklanganligi (o'qituvchining vazifasi o'quvchiga topshiriq
berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
3) boshqa o'quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat
ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o'qitish usulining ahamiyati
pasayib, uning o'rnini ta'limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ta'limning individual-guruhli shaklidan Yevropada, XVI asrda keng
foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda
ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo'la oladi, bu davrda o'quvchilar
uchun asosiy o'quv qo'llanma zardushtiylikning muqaddas manbayi «Avesto»
(eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo'lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi
maktablarda individual o'qitish jamoali o'qitish bilan birga olib borilar edi. O'qituvchi
«Avesto» kitoblaridan birini ochadi va o'quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz
chiqarib o'qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o'qilganni takrorlaganlar,
mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o'qituvchining
o'quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual
va jamoali mashg'ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo'lgan. Otda yurish, ov qilish,
qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar
harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta'lim olish jarayoni kun
chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo'lmagan.
XV asrda jamoali o'qitishni tashkil etish g'oyasini Muhammad Tarag'ay
Ulug'bek davom ettiradi. Mutafakkir o'zining madrasalarida individual
mashg'ulotlar tizimini bekor qiladi va «jamoa» sinf-dars tizimiga yaqin bo'lgan
shaklini joriy qiladi. Umumiy ma'ruzani 50—70 nafar kishidan iborat katta guruhga
odatda, o'z sohasida mashhur bo'lgan olim mudarris (o'qituvchi-professor) o'qiydi,
amaliy mashg'ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris
(o'qituvchi) olib boradi. O'qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar
hisoblangan. Samarqand madrasasida ma'ruzalarni allomaning o'zi va Qozizoda
Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur
olimlar o'qiganlar. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek va uning izdoshlari tomonidan
matematika, metafizika, astronomiya, geografiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar
yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin «jamoa» usulida
ham o'zining salbiy tomonlari bo'lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur
bo'lgan guruhli-laboratoriya metodida bo'lgani kabi o'zlashtirishni individual
xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o'zlashtirmagan ba'zi shogirdlar ham ilg'orlar
qatorida bir qo'llanmani o'rganishdan boshqasini o'rganishga o'z-o'zidan o'tavergan,
kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar2.
Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg'ulotlarni o'qituvchi bir o'quvchi
bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo'lgan turli yoshdagi bolalar guruhi
bilan olib borishidan iborat edi. O'qituvchi navbat bilan har bir o'quvchidan o'tilgan
materialni so'raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual
topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o'z ishlari bilan shug'ullanadilar. O'qishni bunday
tashkil etishda, bolalar mashg'ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli
vaqtlarida kelishlari mumkin bo'lgan.
XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi.
Ushbu o'zgarishlar bolalarga ta'lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga
zamin yaratdi. Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) ta'lim sanaladi. U G'arbiy
Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g'arbiy qismlari) birodarlik1
maktablarida ilk bor qo'llanilgan va o'qish sinf-darsli shaklining asosi bo'lib qolgan.
Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika»
asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga
o'quv yili, o'quv kuni, dars, mashg'ulotlar orasidagi tanaffus, o'quv ta'tillari kabi
tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yuiduzlari turkumida bo'lganida bolalarni dam
olishga yuboradilar («ta'til» lotinchada — kunlarning eng qizigan davri deganini
bildiradi).
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo'lsada, bugungi kunda ham
keng ko'lamda qo'llanilib kelinmoqda. Sinf-dars tizimining mazmuni o'quv ishlarini
tashkil etish o'ziga xos shakli sifatida, quyidagilardan iborat:
—bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo'lgan
o'quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o'qishning umumiy davriga
asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;
—sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo'yicha
tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan
belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo'ladi;
—mashg'ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
—dars odatda bir fan yoki mavzuga bag'ishlangan bo'ladi, shu bois o'quvchilar
sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
—darsda o'quvchilarning ishiga o'qituvchi rahbarlik qiladi, u o'z fani bo'yicha
o'qish natijalari, har bir o'quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida
o'quvchini keyingi sinfga o'tishi haqida qaror qabul qiladi.
Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning
hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va
tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-
biri bilan ketma-ket bog’langan quyidagi uchta qismini ajratib ko'rsatadi:
1) ilgari o'rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va
o'quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko'rsatmani yaratishga
qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go'yoki «eshik»
hisoblanadi.
2) asosiy masalani hal etishga yo'naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi
hisoblanadi.
3) amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko'nikma va malakalarni
mustahkamlashga qaratiladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta
hissa qo'shdi. U o'qituvchi va o'quvchining faoliyatiga taalluqli o'qitish tamoyillari
va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o'quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga
olishning zarurligini asoslab berdi.
Ta'limning sinf-dars tizimi alohida o'quv fanlarini o'qitish metodikasi va
didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko'rsatib berdi.
Afzalliklari:
yaxlit
o'quv-tarbivaviy
jaravonning
tartibli
ketishini
ta'minlovchi aniq tashkiliy tizim; jaravonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning
jamoa bo'lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash
jaravonida bolalar o'rtasida o'zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;
o'qituvchining o'quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta'sir
ko'rsatishi; ta'limning emotsionalligi (zero, o'qituvchi bir vaqtning o'zida
o'quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi). O'quv faoliyatiga
musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi. bilimsizlikdan
bilimlarni o'zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o'rtacha darajada o'zlashtiruvchi
o'quvchilar uchun mo'ljallanganligi, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun
qiyinchiliklarning
yuzaga
kelishi
va
kuchli
o'zlashtiruvchi
o'quvchilar
qobiliyatlarining rivoilanish sur'atining ortga surilishi; o'qituvchi uchun o'qitish
mazmuni va o'qitish sur'atlari hamda metodlari bo'vicha individual ishlarni tashkil
etish. shuningdek, o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda
qiyinchilikning yuzaga kelishi: katta va kichik voshli o'quvchilar o'rtasidagi
munosabatlarning qaror topmasligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo'lgan
o'quvchilarni o'qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb xysusiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o'qitish shakli yuzaga keldi
(AQSHda Batov, Yevropada Maingeyms tizimi).
Yevropa va AQSHda, XX asr boshida o'quvchilarning individual, faol. mustaqil
o'quv ishlarini ta'minlashga qaratilgan ko'plab ta'lim tizimlarining samaradorligi
sinab ko'rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o'qituvchi Yelena
Park Xerst tomonidan birinchi bor qo'llanilgan ta'limning individuallashtirilgan
tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan
pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba'zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi
deb ham ataydilar.
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o'quv faoliyatining muvafiaqiyati
maktabda ishlash sur'atining har bir o'quvchining jmkoniyatlari, ularning
qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog'liq: ta'lim faoliyati ustun turadigan o'qishni
an'anaviy tashkil etish o'quvchining mustaqil o'quv faoliyatining markaziy
hisoblanishi. o'qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan
iboratligi. sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi. darslarning
bekor qilinishi, o'qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o'quvchining
laboratoriya yoki ustaxonalarda o'qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil
shug'ullanishlari va zarur bo'lgan paytda o'qituvchidan yordam so'rashlari. Mazkur
tizim bir qator kamchiliklariga ko'ra keskin tanqidga uchragan.
XX asr 20-yillarida maktab ishlari llmiy tekshirish instituti ta'limning loyihali
tizimini targ'ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O'qitish
bu tizimining mazmuni o'quvchilarning o'zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab
olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog’langan bo'lishi va o'quv
guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo'nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo'jalik-ishlab
chiqarish yoki madaniy-turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo'lgan.
60-yillarda Tramk reiasi juda mashhur bo'ldi. Uni amerikalik professor
pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O'qitishni tashkil etishning bu shakli katta
auditoriyalarda (100-150 odam) mashg'ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda va
o'quvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli
xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma'ruzalarni olib borishga o'quv
vaqtining 40%i ajratiladi. Kichik guruhlarda mashg'ulotlarga (seminarlar) — 20 %
i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i
ajratiladi.
70-yillarda o'qishni tashkil etish noan'anaviy shakllarini izlash davom
ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini
modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog'liq bo'lgan. Izlanishlar asosiy masalasi —
o'qishni individuallashtirish edi.
Birinchi universitetlar paydo bo'lishi bilan ta'limning ma'ruza-seminar tizimi
yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarii hech bir katta
o'zgarishlarga ega emas. Ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo'yicha amaliyot hozirgacha leksion-seminar tizim
sifatida o'qishning asosiy shakllaridan biri bo'lib kelmoqda. Leksion-seminar tizimi
o'zining sof ko'rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida
qo'llaniladi. O'zbekistonda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tatbiq etilishi
bilan leksion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o'rta
maktab katta sinflarida ham qo'llanila boshlandi.
Darsda o'quvchilar
o'quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy
shakllarining turlari. Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish
yo'llarini izlashda darsda o'quvchilar o'quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari
alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida
asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan — ommaviy, guruhli va individual.
Ta'limning ommaviy shakli sinfdagi jami o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligi
ostida birgalikda harakatlarini ko'zda tutadi. Guruhli shaklida esa o'quvchilar 3—6
kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun
topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo'lishi mumkin. Individual shakli har bir
o'quvchining alohida mustaqil ishlashini ko'zda tutadi.
O'qitish frontal shaklida, o'qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun sinf o'quv
faoliyatini boshqarib boradi. U o'quvchilarning hamkorliklarini ta'minlaydi va
hamma uchun bir bo'lgan ish sur'atini belgilaydi. Frontal ishlashning pedagogik
samaraliligi ko'p jihatdan o'qituvchining butun sinfni nazorat qila bilishiga va shu
bilan bir vaqtda har bir o'quvchining ishini ko'zdan qochirmasligiga bog'liq bo'ladi.
Agarda o'qituvchi ijodiy jamoali ishlash muhitini yarata olsa, o'quvchilar diqqatini
va faolliklarini ta'minlab tura olsa samarasi yana oshadi. Ammo frontal ishlash
individual farqlarni hisobga olmaydi, u o'rta o'quvchiga mo'ljallangan. Shuning
uchun ba'zi o'quvchilar berilgan ish sur'atidan ortda qoladilar, boshqalari esa
zerikib, qiynalib ketadilar. O'qish guruhli shaklida o'qituvchi sinf o'quvchilari
guruhlari o'quv-o'rganish faoliyatilarini boshqaradi. O'quvchilarni zvenoli,
brigadali, birlashtirish-guruhli va differensiyalangan guruhlarga taqsimlash
mumkin. O'qish zvenoli shakli o'quvchilar doimiy guruhi o'quv faoliyatini tashkil
etishni ko'zda tutadi.
Birlashtirish-guruhli shaklida sinfni odatda katta umumiy topshiriqni har biri
faqatgina bir qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko'zda tutadi.
Differensatsiyalashgan-guruhli ta'lim shakli doimiy guruhlar bilan ham, bir xildagi
o'quv imkoniyatlariga ega va o'quv ko'nikmalari bir xil darajada shakllangan
o'quvchilarni birlashtirishini ko'zda tutadi. Guruhli shakllariga o'quvchilarning juft
bo'lib ishlashlarini ham kiritiladi. O'quv guruhlari faoliyatlarini o'qituvchi o'zi
bevosita hamda o'z yordamchilari — o'quvchilar fikriga qarab tayinlangan zvenolar
va brigadalar orqali boshqaradi.
Individual ta'lim o'quvchilarning boshqa o'quvchilar bilan bevosita aloqalarini
ko'zda tutmaydi. O'z mohiyatiga ko'ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan
ishlashdan tubdan farq qilmasada, biroq o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlariga
muvofiq o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad
yo'lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Darsda o'qituvchining e'tibori bir necha o'quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan
o'quvchilar mustaqil ishlasalar ta'limning bunday shakli individual-guruhli shakl
deb ataladi.
Zamonaviy ta'lim amaliyotida ko'proq ikki tashkiliy shakl:: ommaviy va individual
shakllardan foydalaniladi. Ayni vaqtda guruhli va juftli o'qish shaklidan amaliyotda
ancha keng foydalaniladi.
Ta'limning ommaviy shakli ham, guruhli shakli ham jamoaviy hisoblanmasada,
lekin ayrim pedagoglar ularni ommaviy ta'lim deb ko'rsatishga harakat qiladilar.
Jamoaviy ishlash faqatgina differensatsiyalashgan guruhli ishlar asosidagina tashkil
etiladi. O'quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o'qituvchi va
o'quvchilarning dinamik yoki o'zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan
munosabatlaridir.
Ta'lim maqsadlari va foydalanshning qulayligi nuqtayi nazaridan ta'lim
shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, qo'shimcha va yordamchi ta'lim.
Dars — ta'limni tashkil elish asosiy shakli. Dars ta'lim jarayonining yaxlitligi
nuqtayi nazaridan ta'limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars
tiziinining xususiyatlari aks etadi, unda o'quvchilarni ommaviy qamrab olish,
tashkiliy tartib va o'quv ishlarining muntazamligi ta'minlanadi. Dars iqtisodiy
jihatdan foydalidir. O'quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini
bilishi o'qituvchi uchun har bir o'quvchi faoliyatiga rag'batlantiruvchi ta'sir
ko'rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta'lim
shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo'lmaydigan ustunligi
hisoblanadi.
Dars bevosita o'qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida
muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli
sanaladi. Darsda har bir o'quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha
o'quvchilarning mashg'ulot jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini egallab
olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash
hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Dars ta'limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o'ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o'quvchilarning doimiy guruhi, o'quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o'rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o'z
xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo'lishi mumkin. Bu o'quv
materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o'quvchilar va jamoa sifatida
sinfning xususiyatlariga bog'liq.
Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari ajratib ko'rsatilgan:
— aralash darslar;
— yangi ma'lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo'yicha yoki
umumlashtirishlarni anglab yetish va o'zlashtirish maqsadiga ega darslar;
— bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
— o'rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega
darslar;
— malaka va ko'nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
— bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o'rganish darsi;
— o'z tuzilishi bo'yicha oddiy bo'lgan, ya'ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega
bo'lgan dars turlari (o'rta va katta sinflarda qo'llash uchun mos keladi).
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar yoshlarini hisobga olib o'quv ishlari turli
xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o'rganilganni
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to'g'ri keladi. Hatto tekshirish
darslari ham bu yerda ko'pincha ishlar boshqa turlarini o'z ichiga oladi: materialni
og'zaki yetkazish, qiziqarli hikoyani o'qish. Darsning aynan mana shu turi aralash
(kombinatsiyalashgan),
yoki
murakkab
tuzilishli
deb
ataladi.
Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uv vazifalarini tekshirish va
o'quvchilar bilan savol-javob. yangi materialni o'rganish. o'zlashtirishini dastlabki
tekshirish. mashq misollari davomida vangi bilimlarini mustahkamlash. ilgari
o'rganilganlarni suhbat ko'rinishida takrorlash. o'quvchilar bilimlarini tekshirish va
baholash uvga vazifa berish.
O'quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni
berish (o'rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o'z ichiga olgan va uni
o'rganishga ko'p vaqtini talab qiluvchi, o'quvchilarga tanish bo'lmagan yangi
material uning mazmuni bo'lgan ta'lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni,
aniq maqsadi va o'quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab,
ba'zi hollarda yangi materialni o'zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa — o'qituvchi
rahbarligi ostida o'quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda —
unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining
tuzilishi: yangi materialni o'rganish uchun asos bo'lgan avvalgi materialni
takrorlash. O'qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi,
bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa
berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o'quv ishining asosiy mazmuni ilgari
o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o'zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor
tushunib olish hisoblanadi.
O'quvchilar o'z bilimlarini yangi manbalar bo'yicha anglab oladilar va
chuqurlashtiradilar yoki ularga ma'lum bo'lgan qoida asosida yangi masalalar
yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og'zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari
o'rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o'zlashtirish maqsadida ulardan
alohida masalalar bo'yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo'yicha bunday darslar
quyidagi bosqichlardan o'tishni ko'zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og'zaki va
yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko'nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni
mustahkamlash darslari bilan bog'liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar
jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o'rganishda
davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar
tomonidan o'qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini dastlab
jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida
qo'llanilishini o'quvchilarning o'zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka
va ko'nikmalarini qo'llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo'llashni o'zlashtirib
olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslar (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar)
ilgari o'tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va
tizimlashtiriladigan, o'quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to'ldiriladigan va
o'rganilayotgan kursning muhim g'oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi.
Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o'quv kurslarining yakunida
o'tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash
va umumlashtirishning o'zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o'qib berish yoki
o'qituvchining o'quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o'tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o'qituvchiga o'quvchilarning ma'lum sohadagi
bilim, malaka va ko'nikmalari shakllanganlik darajasi, o'quv materialini
egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning
bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o'quvchidan
ushbu mavzu bo'yicha uning hamma bilim, ko'nikma va malakalarini qo'llashini
talab etadi. Tekshirish og'zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi
mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy
bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo'yish va ularni o'quvchilar
tomonidan qabul qilish sharoitlarini ta'minlash, ish sharoitini yaratish, o'quv
faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab
qolish yuzasidan beriladigan ko'rsatmalarni shakllantirishni ko'zda tutadi. Darsga
yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda
barcha yoki yakka o'quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi
va istiqbollari belgilanadi.
Ta'limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik
jarayonning yaxlitligini ta'minlaydi va ta'limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini
ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo'lgan talablarda o'zining
aniq ifodasini topadi. Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi
lozim:
fanning
ilg'or
yutuqlari,
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanish,
darsni o'quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda
barcha
didaktik
tamoyil
va
qoidalarning
optimal
nisbatlarini ta'minlash;
o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular
tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
o'quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog'liqliklarni o'rnatish;
ilgari o'rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o'quvchilarning rivojlanish
darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o'quv-tarbiyaviy
faoliyat
barcha
bosqichlarining
mantiqiyligi
va
emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko'nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini
shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.