Ta’lim metodlari va vositalari
Reja:
1.Talim metodlari tushunchasi
2. Zamonaviy didaktikada ta`lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar
3.Ta`lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Maktabdagi o‘quv jarayonining sifati ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ular
orasida o‘qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular
bilimlarning ongli va chuqur o‘zlashtirilishiga, o‘quvchilarda mustaqillik va ijodiy
faollikning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Usul va metod tushunchalari
o‘zaro bog‘liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod»
so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi
ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda
«maqsadga erishish usullari»1 deya sharhlangan.
Pedagogika amaliyotida o‘qitish usullari va metodlarining juda katta
boyligi to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘itilayotgan fanning xarakteri,
bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga
olinadi.
Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi
terminologiyadan foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o‘qitish
metodlari bilishning umumiy qonunlariga muvofiqligini anikqash imkonini beradi.
Barcha qomusiy olimlar foydalangan o‘qitish metodlarini bir necha guruhga
ajratish mumkin. Bular: ko‘rsatmali tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon
qilishning savol-javobli yo‘llari (Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy), ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-
Xorazmiy) va hokazolardan iboratdir. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur
olimlarning barchasi o‘quvchilar faoliyatini kuchaytirish va ularda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish maqsadini ko‘zlaganlar.
Metodlar va usullarni tanlash o‘qituvchi darsda hal qilishi mo‘ljallangan
masalaga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil
metodlar qo‘llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda
yana boshqa xil metodlar qo‘llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o‘ylash va
samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O‘qituvchi darsning eng
boshida 4-5 daqiqa umumiy so‘rashni amalga oshiradi va o‘quvchilarning qaysi
guruhi o‘tgan dars bo‘yicha yetarli darajada o‘zlashtirmaganini aniqlaydi va
keyingi so‘rashda sinfning diqqat-e'tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi.
Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan o‘quvchilardan so‘raydi. Natijada
sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo‘ladi. Bu usul
o‘quvchilarning mashg‘ulotlardagi nuqsonlarini payqash va shu zaxoti bartaraf
etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir.
Garchi har bir o‘qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud
bo‘lsa-da, ularni qo‘llashdan ko‘zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta'limiy
ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo‘lib, birinchidan, o‘quvchilarni
ularning e'tiqodiga, e'tiqodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi,
ikkinchidan, o‘qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o‘qish-o‘rganish
diqqat-e'tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o‘tkir aql, mustahkam
iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur.
O‘qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib,
o‘quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni
o‘rgatishdir.
Hozirgi o‘qitish jarayonida qo‘yiladigan talablar nima va o‘quvchilarda
darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun
nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta'limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni
o‘zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o‘quvchilar
qatnashishi lozim bo‘lgan masalalar bilan tanishishni ham talab qiladi. Bunday
masalalar kosmosni o‘zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida
foydalanish, cho‘llarni hosildor yerlarga va bog‘-rog‘larga aylantirish, qishloq
xo‘jaligini intensivlashtirish va xokazolardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek,
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish
jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud
tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham
mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va
o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek,
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish
jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud
tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi.
Misol uchun, tashhisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit
foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul»
(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U
ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi
alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga
imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud
emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan
foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
-
didaktik maqsad asosida;
-
ta’lim mazmuni asosida;
-
o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi
asosida;
-
o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi
boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan
foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim obyekt
ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari
bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari
ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso‘y fikrini quyidagicha davom
ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va
o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar
tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni
qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak».
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan
kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar
tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha
tizimlashtiriladi.
Suhbat. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash
va savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat.
O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi.
O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o‘quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda
aks etadi.
O‘qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan,
sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O‘quvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va
hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni
qismlarga taqsimlab har bir o‘quvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini
aniqlashga yo‘naltiriladi.
Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet (yoki jarayon),
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy
rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va
umumlashtirishdan iboratdir.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum
sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O‘quvchilar hodisalarni kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo‘llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o‘zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O‘qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi,
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
Ijodiy mashq. Ushbu metod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga
xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil
yondashish, dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy
bajarish jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan
tavsiflanadi.
Shunday qilib, o‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilar nazariy hamda
amaliy bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo‘ldir.
Unga quyidagi muayyan talablar qo‘yiladi:
1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li
fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari
va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan
metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.
2. O‘qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur.
Shundagina o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal
qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini ko‘ra oladi.
3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun
qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni
o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligi.
7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi har
qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u
qandaydir maqsad qo‘yishni, unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu
faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. har
qanday faoliyat uning ob'yektini talab qiladi.
Metod strukturasiga o‘qitish usullari kiradi. Lekin metod mazkur usullar
majmuidan iborat emas. Usul o‘qituvchi yoki o‘quvchilar aqliy yoki amaliy
ishining alohida operatsiyalari bo‘lib, ular mazkur metodda tavsiya etilgan
materialni o‘zlashtirish shaklini to‘ldiradi. Masalan, o‘qituvchi eslab qolish usulini
beradi. Usul metoddan ajraladi, o‘zining bilimlarini o‘zlashtirishdagi va
ko‘nikmalar hamda malakalarni shakllantirishdagi ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘qitish usullarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib
toptiradigan va
faollashtiradigan usullar;
- fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga
keltiradigan usullar;
- o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish bilan bog‘liq kechinmalari
va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar;
- nazorat va o‘quvchilarning o‘zini o‘zi nazorat qilish usullari;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o‘zaro
munosabatlarini boshqarish usullari.
O‘qitishning turli metodlariga bir xil usullarni kiritish mumkin. So‘nggi
yillarda pedagogika fani va maktab amaliyotida o‘qitish metodlari muammosiga
alohida e'tibor berilmoqda. Shu muammo bo‘yicha anchagina tadqiqotlar
bajarilmoqda, ilg‘or pedagogik amaliyotda o‘qitishning samarador metodlarining
va ularning tizimlarini qo‘llashning talaygina yo‘llari topildi, ammo umumiy ta'lim
maktabiga qo‘yilayotgan yangi talablar o‘qitishning metodlari va usullarini yanada
takomillashtirishni talab qilmoqda.
O‘quvchilar aqliy kamol topishining xarakterini belgilaydigan yo‘l
bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, shaxsning xususiyatlarini
shakllantiradi. O‘qitishning maqsadi insoniyatning tajribasini o‘zgartirishning
o‘zidir. O‘qitish nazariyasi metodlarini insoniyat tajribasidan oladi va ularni o‘quv
mashg‘ulotlariga moslashtiradi. Shuning uchun o‘qitish metodlari doimiy ravishda
yangilanadi, takomillashadi, fan-texnikaning rivojlanishi va ijtimoiy rivojlanish
asosida yangi metodlar vujudga keladi.
O‘qitish metodlarining juda ko‘p turlari mavjud va ularning sonini aniq
belgilab bo‘lmaydi. Metodlar o‘qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va
vazifalariga asoslanib tasniflanadi. Maktabdagi o‘qitish metodlarining yagona
tasnifi yo‘q. Nazariya va amaliyotda bir qancha tasniflar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro
zid kelmaydi, biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi, o‘qitish
jarayonini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Tasnif tartib va tizimni vujudga keltiradi,
umumiy va muayyan nazariy va amaliy, muhim va tasodifiy o‘qitish metodlarini
aniqlashga yordam beradi, shu orqali ulardan amaliyotda samaraliroq
foydalanishga xizmat qiladi. O‘qitish metodlarini tasniflashda o‘quvchiga dastur
materialini o‘rganishning maqsadga muvofiqroq yo‘llarini tanlash imkonini
yaratadi, o‘z ishidagi yutuq va kamchiliklarni tushunishda yordam beradi,
o‘qituvchilarning faoliyatini takomillashtirish uchun qulay sharoitni vujudga
keltiradi.
O‘QITISH METODLARINING TASNIFI
Pedagogikada o‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud
emas. Hozirgi didaktikada o‘qitish metodlarini bilimlar manbai bo‘yicha (S. O.
Lordkipanidze, Ye. Ya. Golant), didaktik maqsadlar bo‘yicha (B. P. Yesip), bilish
faoliyatining saviyasi bo‘yicha (I. Ya. Lerner, M. N. Skatkin, M. I. Maxmutov)
farqlash eng ko‘p tarqalgan.
Metodlarning binar sxemalari, ularni uch o‘lchovli va hatto, keng qamrovli
farqlash ham uchraydi. Ana shu tasniflarning har birida afzalliklar va kamchiliklar
mavjud bo‘lib, ular adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan.
O‘qitish metodlarini bilish manbalari bo‘yicha tasniflash ancha oddiy
bo‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan.
Bu belgi bo‘yicha metodlar quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni so‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik,
ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Ko‘rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma'lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi
o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq chegaralab bo‘lmaydi.
Har bir o‘qitish metodining o‘z vazifasi bor. Adabiyotlarda o‘qitish metodlarining
rag‘batlantiruvchi (motivlashgan), ta'limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi
umumpedagogik vazifalari ifodalangan.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni
tanlashda ana shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini
hisobga olib, shu asosda rag‘batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini
kuchaytiruvchi murabbiydir.
Tasniflash ta'limning nazariy asoslarini ko‘rishga yordam beradi, pedagogik
fikrni chuqurlashtiradi va shunga ko‘ra ijod uchun asos bo‘ladi. O‘qitish
metodlarini tasniflash o‘qituvchilar faoliyati o‘rtasida taqsimlanadi. Birinchi
guruhga o‘qitish usullari va ikkinchi guruhga esa o‘qish usullari kiradi.
Quyida o‘qitish metodlarining taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarini
ko‘rib chiqamiz. Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Burhoniddin
Zarnudjiylarning metodlari tasniflarida asosan mantiqiy bilish faoliyatini
kuchaytirish nazarda tutilgan bo‘lib, ular ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
hamda mustahkamlash, ko‘rsatmalilik nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lash,
izlanish metodlaridan iboratdir.
I. Ya.Lerner va M.N.Skatkin o‘qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:
- tushuntirish - rasmlar metodi;
- reproduktiv metod;
- muammoli bayon qilish metodi;
- qisman izlanish metodi;
- tadqiqot metodi.
M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi ma'lum turdagi darslarda
qo‘yiladigan vazifalarga bog‘liqdir.
1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya - tushuntirish, ma'ruza, suhbatlar,
ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish etish.
2. O‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni
shakllantirish va amaliy ishlar.
3. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar, og‘zaki
so‘rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.
S. I. Perovskiy va Ye. Ya. Golant tasnifi: faol va passiv metodlarga bo‘lish:
- agar o‘quvchilar mustaqil ishlasa faol metodlar (laboratoriya metodi, kitob
bilan ishlash);
- agar o‘quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar (hikoya,
ma'ruza, tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya).
Bunday tasniflash maqul emas, chunki u o‘quvchilarning ongliligi va
faolligi prinsipini buzadi. Yu.K.Babanskiyning tasnifi bo‘yicha metodlar uchta
katta guruhga bo‘linadi:
- o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- ularni rag‘batlantirish va motivlashtirish;
- nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodlari. (Ikkinchi guruhda ishning
qator yangi metodlari va usullari mavjud.) Muallif quyidagilarni tavsiya etadi:
- bilishga doir o‘yinlar, o‘quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga
keltirish, rag‘batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.
T.A.Ilina olimlarning tasniflarini umumlashtirib, Yu.K.Babanskiyning
tasnifini ma'qullagan va tasniflashning quyidagi tartibini tavsiya etgan:
- yangi bilimlarni (o‘qituvchining so‘zlariga tayangan holda berish
uchun foydalanilgan tushuntirish, hikoya, maktab ma'ruza metodlari);
- yangi bilimlar o‘zlashtirilishi, mustahkam malakalar shakllanishi uchun
foydalaniladigan metodlar: suhbat, ekskursiya, eksperiment va laboratoriya ishi,
darslik va kitob bilan ishlash, o‘yinlar, mashqlar;
- darsning har bir bosqichida foydalansa bo‘ladigan texnik vositalar bilan
ishlash metodlari;
- mustaqil ish.
S. P. Baranov o‘z tasnifini guruhlar bo‘yicha taqsimlaydi. Birinchi guruhga
o‘qitishning o‘qituvchi eng asosiy rol o‘ynaydigan hikoya, suhbat, tasniflash,
tushuntirish va xokazolarni kiritadi. Bunda o‘quvchining asosiy vazifasi o‘qituvchi
mulohazalarining mantiqiga ergashish, bayon qilinayotgan mazmunni tushunish,
eslab kolish va keyinchalik o‘rganilgan materialni qayta gapirib bera olishdan
iborat bo‘ladi. Uning fikri o‘qituvchi mulohazalarining tizimiga qanchalik yaqin
bo‘lsa, o‘quv materialini o‘rganishning tavsiya etilgan yo‘li shunchalik ishonchli
bo‘ladi.
YANGI MATERIAL USTIDA ISHLASH
1. O’qituvchi yangi material ustida ishlashni quyidagi savollar bilan
boshlashi mumkin: "Biz sizlar bilan qanday sonlarni o’rgangan edik? (1-2-3-4-5)
Shu sonlarning qaysinisi eng katta son? (5) hisoblashda 5 dan keyin qanday son
keladi? (6) 6 soni qanday hosil bo’ladi? 5 ta doiracha bor bo’lsa (polotnoga
qo’yilgan), ular oltita bo’lishi uchun nima qilish kerakligini ko’rsat". Chaqirilgan
o’quvchi buning uchun 5 ta doirachaga yana 1 ta doiracha qo’shish kerakligini
ko’rsatadi. O’qituvchi yana bolalardan so’raydi: "Bola, sanoq bo’yicha nechanchi
doirachani qo’shdi? (Oltinchi.) Doirachalarning hammasi nechta bo’ldi? (6 ta.) Olti
soni qanday yozilishini biladiganlar bormi?" Chaqirilgan o’quvchi yoki
(xohlovchilar topilmasa) o’qituvchining o’zi 6 raqamini ko’rsatadi va polotnoga
qo’yadi.
Shundan keyin o’qituvchi bolalarga 6 sonini hosil qilish (5 ta bir xil
doirachaga yana 1 ta boshqacha rangli doirachani qo’shish) amalini narsalar bilan
bajarishni, so’ngra 6 soni qanday hosil qilinganini kesma raqamlar bilan yozishni
buyuradi. 7 sonini hosil qilish ham xuddi shu yo’sinda bajariladi: 6 ta bir xil rangli
uchburchakka yana 1 ta boshqacha rangli uchburchak qo’shiladi va kesma raqamlar
bilan (6+1=7) yoziladi.
2. Shundan so’ng 5 va 6 (6 va 7) sonlarini taqqoslash ishlari bajariladi.
Buning uchun to’plam polotnosida 5, 6 va 7 ta narsadan iborat sonlar polonachasi
namoyish etiladi. Bunda 6 ning 5 dan 1 ta ko’pligi aniqlanadi. Bolalar tegishli
yozuvlarni kesma raqamlar bilan bajaradilar. Keyin darslikdagi rasmlar bo’yicha
ishlashga o’tish mumkin.