Ta’lim metodlari va vositalari
Reja:
1. “Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi.
2. Ta’lim metodlarining klassifikatsiyasi.
3. Ta’lim olganlikni tashxis etish.
Tayanch iboralar!
Metod, usul, metodika, ta’lim metodlari, usullari, Ta’lim metodlarining
klassifikatsiyasi, taxlim vositalari, Ta’lim olganlikni tashxis etish, baxolash,
tekshirish.
1. “Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi. “Metod”
so‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo‘li” kabi
ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga
erishish yo‘llari” deya sharhlangan.
“Ta’lim
metodlari
dastlab
pedagog
ongida
muayyan
yo‘nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va
o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Философиский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва: Наука, 1987. – С. 278
Ларнер И.Я. Дидактические основы методов общения. – Москва: Педагогика, 1981. – С. 35
Aksariyat
mualliflar
“Ta’lim
metodlari
o‘quvchilarning
o‘quv-bilish
faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim
metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar
majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga
erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga
oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda
yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol
uchun, tashxisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi
evaziga bajariladi.
“Ta’lim metodi” tushunchasi bilan birga ko‘p hollarda “metodik usul” (sinonimlari –
pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy
qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi.
Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim
Таълим методлари
Мотивацияли
Ривожлантирувчи
Ташкилий
Тарбиявий
Таълимий
Тарбия методларининг асосий функциялари
faoliyatida qo‘llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: didaktik
maqsad
asosida;
ta’lim
mazmuni
asosida;
o‘quvchilarning
o‘quv
ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; o‘qituvchining
tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
2. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. Didaktik jarayon tuzilmasiga ko‘ra
ta’lim metodlari quyidagi uch guruhga ajratiladi:
Yuqorida ko‘rsatilgan metodlar quyidagi tarzda ham nomlanadi:
1. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
Методик усуллар
Масалани ўргатиш
Намойиш (кўргазмали, объектив –
тажриба, амалий ва ақлий ҳаракатни
намойиш этиш, ҳоказолар)
Йўл-йўриқ кўрсатиш
Топшириқ бериш
Методик усулларнинг турлари
Гуруҳлар
Ўқиш ва меҳнатга рағбатлантирувчи
ҳамда мотивлаштириш методлари
Таълим методлари гуруҳлари
Ўқув-билиш фаолиятини ташкил
этиш ва амалга ошириш методлари
Ўқув-билиш фаолиятини бошқариш методлари
2. O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
O‘quvchiga bilimlarni yetkazish shakliga ko‘ra ta’lim metodlari:
1. Og‘zaki bayon qilish metodlari.
2. Ko‘rgazmali metodlar.
3. Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi.
Ta’lim metodlari tizimida muhim o‘rin tutadigan og‘zaki bayon qilish
metodlarining o‘zi ham quyidagi turlarga ajratiladi:
Og‘zaki bayon qilish metodlari o‘quvchilarning umumiy madaniyati,
mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Ushbu
metodlar o‘quvchining nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi
ahamiyati beqiyos.
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z
o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi
zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga
oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi
Турлари
Ҳикоя
Суҳбат
Тушунтириш
Маъруза
Оғзаки баён қилиш методларининг турлари
Ҳикоя ўқитувчи томонидан мавзуга оид далил, ҳодиса ва воқеаларнинг яхлит ёки
қисмларга бўлиб, тасвирий воситалар ёрдамида образли тасвирлаш йўли билан ихчам,
қисқа ва изчил баён қилиниши
asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa
bo‘lishi hamda o‘quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni
uyg‘otishi kerak.
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot
ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi)
bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi
fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga
imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa
diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda
bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar,
jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil
asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni,
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat.
Суҳбат - савол ва жавоб шаклидаги диалогик таълим методи
Yakuniy
suhbat
o‘quvchilar
tomonidan
egallangan
bilimlarni
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim
darajasi va ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun
dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi.
Savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, ular o‘quvchilarni mustaqil
fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga
undash, dalillarni ilgari surishga rag‘batlantirsin.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng
qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni
o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar
qiyin o‘rinlariga alohida urg‘u berilib, mazmuni ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona
foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi va u butun dars
jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-
sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib
olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan
iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o‘quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan
tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir
bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda
Маъруза йирик ҳажмдаги ўқув материалини оғзаки баён қилиш методи саналиб, у
қатъий мантиқий кетма-кетлик, узатилаётган ахборотларнинг кўплиги, билимлар
баёнининг тизимлилиги каби ўзига хос хусусиятларини намоён этади
mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon
qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan
foydalanish; o‘quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish;
ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o‘quvchilar ma’ruzaning asosiy
o‘rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim o‘rinlarni ta’kidlab
ko‘rsatish; ma’ruza mazmunini ko‘rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya,
videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.
Ta’lim sifatini oshirishda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga
ega. Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish
maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni,
faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik
yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan
o‘zlashtirilayotgan
bilimlarning
85
foizi
ko‘rish
retseptorlari
yordamida
o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “Yuz marta
eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli,
Намойиш методи ўрганилаётган объект ҳаракат динамикасини очиб беришда қўл
келади ва айни чоғда предметнинг ташқи кўриниши ва ички тузилиши ҳақида
тўлақонли маълумот беришда кенг қўлланилади
Турлари
Намойиш
Тасвирлаш
Кўргазмали методнинг турлари
Экскурсия
hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi,
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish
ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining
maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har
doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni
namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan
hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy
ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni
o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish,
shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol
bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan
o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilarning yoshiga mos holda
to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan
predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.
Tasvirlash (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq
bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur
bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi
qay
darajada
o‘zlashtirilganligiga
bog‘liq
bo‘ladi.
Ko‘rsatmalardan
Тасвирлаш нарса, ҳодисалар ва жараёнларни уларнинг рамзий кўринишлари – чизма,
расм, фотосурат, ясси моделлар ва бошқалар ёрдамида кўрсатишни тақозо этади
foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan ob’ekt
mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi,
aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda
chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar
va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va
voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya
metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida
qo‘llaniladigan ta’lim metodlaridan iubdan farq qiladi.
Ekskursiya bir vaqtning o‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish
maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish
darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o‘quvchilarga
yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy
jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz,
qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la
olishi lozim.
Амалий ишлар методи ўзлаштирилган билимларни амалий масалалар ечимини
топишга йўналтирилган жараёнда қўллашни тақозо этади, бунда назарий билимларни
амалиётда қўллаш кўникмаси ҳосил қилинади
Экскурсия нарса ва ҳодисалар моҳиятини табиий шароитлар (ишлаб чиқариш
муассасалари, фермер ва жамоа хўжаликлари, табиат) ёки махсус муассасалар (музей,
кўргазма заллари ва ҳоказолар)да бевосита ўрганилишининг ташкил этилиши
Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona,
geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir
etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda
yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Amaliy ishlar metodi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar
yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi:
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida
nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini
egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa
turlarga bo‘linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar jihatlariga ko‘ra yozma ishlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan
asosan texnik jarayonlar (ya’ni geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm
hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
Турлари
Машқ
Амалий ишлар
Амалий ишлар методларининг турлари
Лаборатория
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda
birmuncha yuqori bo‘ladi: mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
bajarish qoidasini bilish; vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni
bajarishni
tashkil
etish
quyidagi
bosqichlardan
iborat:
o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; topshiriqni
bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi; o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar
tomonidan o‘quv harakatining dastlabki bajarilishi; zarur ko‘nikma va
malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini takrorlashlari
va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan
harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga
imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda
turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari
bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod
o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga
keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi
faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan
takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o‘quvchilarning
mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan
faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o‘quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni
bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh
bosqichda tashkil etiladi:
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik
o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, o‘yin ham
ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o‘quv fanlari bo‘yicha didaktik
o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan
o‘quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan.
Дидактик ўйин ўрганилаётган объект, ҳодиса ва жараёнларни моделлаштириш
асосида
ўқувчининг
билишга
бўлган
қизиқиши
ва
фаоллик
даражасини
рағбатлантирувчи ўқув фаолияти тури
Босқичлар
Ўқитувчининг тушунтириши,
фаолият моҳиятини назарий
жиҳатдан англаш
Таълим жараёнини бошқариш босқичлари
Кўрсатма бериш,
йўл-йўриқ
кўрсатиш
Тажриба-синовни ташкил этиш
(бу босқичда икки-уч нафар ўқувчи
амалий ҳаракатларни бажаради,
қолган ўқиувчилар эса
уларнинг фаолиятини кузатади)
Фаолиятни ташкил этиш (ўқувчи
топшириқни мустақил равишда
бажаради, бажаришга қийланалган
ўқувчиларга эътибор қаратилиб,
уларга ёрдам кўрсатилади)
Назорат (бу босқичда ўқувчиларнинг ишлари қабул қилинади ва
баҳоланади; ишнинг сифати, материалнинг мақсадга мувофиқ
танланганлиги, вақт нутқаи назардан тезкорлик, топшириқни бажариш
тизимининг тўғрилиги ва самарадорлигига эътибор берилади)
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va
yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga
jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarga ijtimoiy-
foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim
ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki
jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli
psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda
o‘quvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina
ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda
shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy
tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asocida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan
yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar
inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim,
tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o‘rganilayotgan fan
mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; xususiy fanlar
metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga
qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining
maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan
vaqt; o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o‘quvchilarning
darsga
tayyorgarlik
darajasi;
o‘quv
muassasalari,
auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali
qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o‘qituvchining imkoniyatlari,
nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati,
shaxsiy
sifatlari;
o‘quv
muassasalarida
fanlararo
hamkorlikning
o‘rnatilganligi.
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki,
ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish
metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq
yechimlar qabul qiladi.
3. Ta’lim olganlikni tashxis etish. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan
barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash sanaladi. Tashxissiz
didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga
erishish mumkin emas.
O‘quvchilar bilimni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik
darajasi o‘rtasida farq aniqlanadi. Didaktik tashxisning maqsadi o‘quv
jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z
vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning
kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarini ularga erishish yo‘llari va
vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi
jarayon va bosqichlarini aniqlaydi. Tashxis quyidagi nazorat shakllarini o‘z ichiga
oladi:
Ташхислаш
Назорат
Маълумотларни таҳлил қилиш
Динамика
Текшириш
Баҳолаш
Статистик маълумотларни
тўплаш ва уларни таҳлил қилиш
Воқеликнинг кейинги ривожини
тахмин қилиш
Ривожланиш анъаналарини аниқлаш
Ташхислашнинг асосий таркибий қисмлари
O‘quvchilarning BKMni nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy
tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim
jarayonida
nazorat
va
hisobga
olishning
vazifalari.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari. Ta’lim jarayonining
muhim tarkbiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar
o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni
to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun
o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi
lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va
o‘lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning
maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv
mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Tekshirish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Ya’ni:
1. O‘quvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash. Odatda, u o‘quv
yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari
darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv
yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi
mumkin va o‘rinli.
2. Har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy
tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida
elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur
tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir.
Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali
mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
3. Oraliq tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish.
O‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘zlashtirilganlarni
takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi,
biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini
tashxislash imkonini bermaydi. Tashxisning boshqa shakl va metodlari bilan birga
qo‘llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.
4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki
kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish. Uning maqsadi –
kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning
asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.
5. O‘quvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish.
O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U
olingan
baholarni
qo‘shib,
o‘rtacha
arifmetik
ballni
mexanik
tarzda
chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda
belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim
darajasi (sifati)ni
tashxislashdir.
Nazorat, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholash va
tahlil qilishni ham o‘z ichiga oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari,
reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari,
Баҳо - ўқувчиларга уларнинг таълим олиши, билимларни ўзлаштиришга нисбатан
ижодий ёндашишини рағбатлантириш мақсадида таъсир кўрсатиш воситаси
xotiralash belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining
o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi.
Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichli esa a’lo,
yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir
baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko‘rsatkich
(masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi.
Bahoni amalda egallangan BKM bilan davlat ta’lim standartiga ko‘ra
o‘zlashtirilishi belgilangan BKM umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida
tushunish zarur.
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi
faoliyatini umumlashtirish, xulosalash demakdir.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga
e’tiborni qaratish lozim: 1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish; 2)
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati to‘g‘risida xulosa
chiqarish; 3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik; 4) o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq,
batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik
o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.
O‘zlashtirishni nazorat qilish quyidagi vazifalarini bajaradi:
Вазифалар
Ўқитиш
Назорат
Тарбиялаш
Ривожлантириш
Назорат қилиш ва ҳисобга олиш вазифалари
Nazorat qilishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning BKM darajasini aniqlash
va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga
o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv metod hamda
usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv
materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
jarayonida
yoki
uy
vazifalarini
tekshirishda
o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan
ma’lumotlarni bilish olishlariga imkon tug‘iladi.
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar,bo‘sh vaqtdan unumli
foydavlanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va qobiliyatlarini o‘zi
mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishga va
uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini
baholashda o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida
ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham
o‘quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Agar nazorat o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi
sanaladi.
O‘quvchilarning o‘quv
faoliyatini nazorat
qilish
va
tashxislash
tamoyillari. Pedagogika o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish va tashxislash tamoyillari aniqlangan. Ular: xolislik (ob’ektivlik), tizimlilik
va oshkoralik.
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni
mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga