Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining funksiyalari
Yuklangan vaqt
2024-07-22
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
19,6 KB
Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining funksiyalari
Reja:
1. Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvida pedagogik tahlil.
2. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish ta’lim muassasasi menejmentining vazifasi
sifatida.
3. Ta’lim muassasasi menejmentida tashkil etish vazifasi.
4. Ta’lim muassasasi ichki nazorati.
Yoshlarimizga jahon ta’lim mezonlariga mos xolda chuqur bilim berish, ularni
Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash masalalari
ta’lim sohasining asosiy vazifasidir. Bu esa uz o’rnida ta’lim boshqaruvi organlari,
muassasalari, o’quv yurtlari rahbarlaridan tashkilotchi xamda tadbirkor, yuqori
bilim va yuksak madaniyat egasi bo’lishini talab etadi.
Ma’lumki, aksariyat umumta’lim maktablari rahbarlari xalq ta’limi xodimlari
orasida eng ko’p mehnat sarf qilib ishlayotganlar toifasiga kiradi. Shuning bilan
birgalikda ular faoliyatlari davomida juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bunday ahvolining obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ularning asosiylari
quyidagilardan iborat:
- ta’lim boshqaruvining nazariy asoslari to’g’risida sust bilimga ekanliklari;
- maktab ichki boshqaruvning samarasizligi;
- maktab boshqaruvida inson omilini hisobga olmaslik;
- qog’ozbozlik va buyruqbozlikka asoslangan uslubning saqlanayotganligi;
-maktab rahbarlari o’rtasidagi ish taqsimotining amalda yaxshi ishlmayotganligi;
- malaka oshirish masalasiga e’tiborsizlik;
- kadrlar qo’nimsizligi;
- vaqtdan unumli foydalanmaslik va hokazo.
Quyida boshqaruvda asosiy yo’nalishlari hisoblangan maktab ichki nazoratni
tashkil etishning ayrim masalalari to’g’risida to’xtalamiz. Umumta’lim maktabini
rivojlantirishning hozirgi bosqichida unga rahbarlik qilish, ogir va mas’uliyatli
vazifadir. Maktab ichki nazorati:
bu jamoaning uz oldiga quyilgan maqsadga muvofiq ravishda o’quv-tarbiya
jarayonini xar tomonlama o’rganish va tahlil qilishdir.
Doimiy puxta uylangan nazorat, muvaffaqiyatlarni to’g’ri aniqlash va
mustahkamlash,
pedagogik
jamoa
faoliyatida
mavjud
bo’lgan
kamchiliklarning oldini olish imkonini beradi.
Maktab ichki nazorati o’qituvchilar bilan bir qatorda maktab rahbarlarini xam
intizomga o’rgatadi. Bu ish rejali, muntazam, aniq bir maqsadga qaratilgan,
kompleks bo’lishi, o’quv-tarbiya jarayonining hamma tomonlarini qamrab
olishi zarur.
Nazorat tadbirlari bosqichlaridan ayrimlari sanab o’tamiz:
- obyekt, mavzu tanlash, maqsad belgilash (odatda bu maktabning yillik rejasida
belgilanadi);
- tekshirish dasturini to’zish (savollar to’plami, anketalar, diagnostik jadvallar,
nazorat topshiriqlari, testlar va boshqalar) nazorat shakli xamda metodlarni tanlash;
- ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil qilish;
- tekshiruv natijalarini pedagogik-diagnostik tahlilini o’tkazish;
- o’quv-tarbiya jarayonini mukammallashtirish bo’yicha tavsiyanoma va takliflar
ishlab chiqish;
- tekshirish natijalari yuzasidan qabul qilingan boshqaruv qarori.
Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari
nazoratning barcha obyektlari, yo’nalishlari to’g’risida aniq, puxta tasavvurga ega
bo’lishlari lozim. Taxminan quyidagicha: o’quv rejasidan ayrim fanlari o’qitish
ahvoli; dastur materiallarini o’zlashtirish darajasining davlat talablariga (davlat
ta’lim standartlariga) mosligi; pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli
o’quvchilar bilan ishlash tizimi; maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori
ma’lumot olishni ta’minlaydigan tizimning samaradorligi va rasionalligi (ixtiyoriy
fanlar fakultativlar, maxsus kurslar va boshqalar); sust o’zlashtiradigan o’quvchilar
bilan ishlash tizimi samaradorligi; pedagogik jamoaning majburiy tayanch va
umumiy ta’limni ta’minlash bo’yicha ishlari; metodik ishlar; tarbiyaviy ishlar;
maktab hujjatlarini yuritish; o’quv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi; kuni
uzaytirilgan guruhlarda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar.
Davriy rejalar asosidagi attestasiyalar orasida ish faoliyati natijalarini
aniqlash, davlat attestasiyasiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida, ta’lim
muassasalariga uz-o’zini attestasiyadan o’tkazish tavsiya etiladi. O’z-o’zini
attestasiyadan o’tkazish maktab ma’muriyatidan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab
etadi. Tajribalar uz-o’zini attestasiyadan o’tkazishni ikki bosqichida tashkil etish
maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda. Birinchi bosqich davomida maktab
ma’muriyatiga kuydagi masalalarni tahlil qilish lozim buladi:
- maktab o’quv-moddiy bazasini tavsifnomasi;
- o’quv-tarbiya jarayonining zarur vositalar, asbob-uskunalar va jihozlar bilan
ta’minlanganligi xamda normativlarga mosligi (aniq holati, inventarizasiya aktlari);
- o’quv-tarbiya jarayonining, fan xonalarining uslubiy ta’minoti darajasi va ulardan
foydalanish samaradorligi;
- byudjet mablag’lardan foydalanishning so’ngi uch yildagi ahvoli;
- byudjetdan tashqari mablag’larning mavjudligi;
- o’quv-tarbiya jarayonini kompyuterlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning
ahvoli va x.k.
Birinchi bosqichda, shuningdek, uz-o’zini attestasiya etish jarayonida tegishli
tekshiruv ishlarini (nazorat ishlari, test sinovlari, anketalar va boshqalar) ishlab
chiqish uchun mutaxassisliklardan iborat guruhlar tuziladi. Ta’kidlash joizki, bu
maqsadlardan tuman (Shahar) xalq ta’lim bo’limlari ishlab chiqilgan materiallardan
foydalanish lozim, ular bir nechta variantda bo’lsa, xulosalarning obyektivligi
yuqori darajada buladi.
Ikkinchi bosqichda maktab direktori o’z-o’zini attestasiyadan o’tkazish uchun
metod birlashmalar rahbarlari va a’zolaridan iborat komissiya tuzadi xamda uning
tarkibini o’zining buyrug’i bilan tasdiqlaydi. Komissiya tarkibiga qo’shni
maktablarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish tavsiya etiladi.
Komissiya kuyidagi ishlarni amalga oshirishlari joiz:
1. Oldindan, bir necha variantda tayyorlangan xamda konvertlarga solinib,
muhrlangan materiallardan foydalangan xolda tekshiruv ishlarini o’tkazish. (xar bir
sinfda kamida 4-5 tekshiruv ishlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir).
2. Darslarni kirib ko’rish va tahlil etish
3. Fakultativ, sinfdan tashqari mashg’ulotlari va tadbirlarni kuzatish.
4. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini va boshqalarni aniqlash kerak buladi.
Maktab jamoasi uz faoliyatini obyektiv tarzda baholash uchun so’ngi uch yil
ichida bo’lib utgan olimpiada yakunlari, bitiruv imtihonlari, oliy va o’rta o’quv
yurtlariga kirish uchun topshirilgan test natijalari xamda boshqa ko’rsatkichlar tahlil
etiladi.
Ma’lumot haqida shahodatnoma o’z-o’zini attestasiyadan o’tkazganda so’ng
komissiya a’zolari tomonidan xulosalar yoziladi xamda o’quv-tarbiya jarayonini
takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritiladi.
O’quv-tarbiya jarayonini baholashda reyting usuli xam keng qo’llanilmoqda.
Miqdoriy ko’rsatkichlar asosida shaxsning sifat tavsifnomasini aniqlash jarayoni
reyting deb ataladi.
Bundan tashqari maktab ichki boshqaruvida jiddiy muammolardan biri -
maktab hujjatlarini yuritish ustidan nazoratni tashkil qilish. Maktab hujjatlari -
maktab - ishlarining ko’zgusidir, ular uz ichiga quyidagilarni oladi: o’quv-
pedagogik,
moliya-xo’jalik
va
ish
yuritish
hujjatlari.
O’quv-pedagogik
hujjatlarining ayrimlari ustida to’xtalib utamiz. O’quvchilarning harakat daftari katta
nazorat hujjati hisoblanib, maktabda 50 yil saqlanadi. Maktab direktori o’zgarganda
akt bo’yicha yangi direktorga topshiriladi. Harakat daftarining yozuvlari o’quvchilar
soni, harakati va ro’yxati to’g’risida, to’la, aniq ma’lumot beradi. Bu kitobdagi
yozuvlarning to’g’riligiga maktab direktori javob beradi. Shuning uchun bu
hujjatning to’g’ri yuritilishi o’quv yili davomida 3-4 marta tekshiriladi. Jumladan
sinf jurnallari, kundaliklar, o’quvchilar daftarlarining nazorati xam maktab
rahbarlari uchun o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilishning qulay va zarur usullaridan
biri hisoblanadi.
Xullas, maktabda ishiga nazoratni kuchaytirish , pedagogik jamoa faoliyatini
oqilona va to’g’ri tashkil etish, kelgusidagi muvaffaqiyatlarning garovidir.
Ichki boshqaruvning maqsadi, mazmuni va vazifalari.
Maktabda boshqaruv mehnati bilan shug’ullanuvchi kishilar (maktab
direktori, direktorning o’quv-tarbiya va xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari,
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uslubiy birlashma rahbarlari, kasaba uyushmasi
tashkilotining raisi) boshqaruvchilik jamoasini tashkil etadi.
Maktabda boshqaruv tizimi asosan 2 ga bo’linadi.
Maktab rahbarlari va o’qituvchilar, tarbiyachilar, yoshlar tashkilotchisi, sinf
rahbarlari, uslub birlashmalarning a’zolari, texnik xodimlar.
Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni xam 2 asosiy guruhga a)
mutaxassislarga (o’qituvchi va tarbiyachilarga); b) texnik xodimlarga (laborant,
farrosh, elektoromontyor, maktab qorovulli kabilarga) bo’lish mumkin. Maktabga
o’qituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlarni to’g’ri tashlash va ularni joy-joyiga
kuyish maktab ichki boshqaruvidagi muhim masalalardan biridir. Maktab
xodimlarining tanlash bobida kuyidagi qoidaga rioya qilish bu borada muhim
ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning siyosiy bilimini,
haloligini, ishni bilishini hisobga olish zarur.
Bu urinda ishning kO’zini bilish, ishchanlik, uyushqoqlikni ta’minlash
boshqaruv apparati ishidagi asosiy vazifa ekanini anglash lozim.
Umumta’lim maktablarida boshqaruvchilarning boshqarish madaniyatini
oshirish va uni demokratlashtirish hozirgi bozor iqtisodi davrining muhim
talablaridan biridir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi islohotlar davridagi
xo’jalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish konstitutsiyaviy qoidalar, ilmiy
aqidalar asosida olib boriladi. Maktabni boshqarish shakllari va usullari
jumhuriyatimiz iqtisodiy taraqqiyotining xar bir bosqichida jamiyat hal qilishi lozim
bo’lgan vazifalarga muvofiq o’zgarib, takomillashib borishi mumkin. Ammo
jumhuriyatimiz iqtisodiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida xam, Ayniqsa,
hozirgi islohotlar davrida xam xalq ta’limi sohasining boshqarishning qoidalari va
mazmuni u ahamiyatini saqlanib qaladi. Demak, maktab ichki boshqaruvchini
to’g’ri tashkil qilish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Biz ana shu
boshqarish qoidalariga alohida to’xtalib utishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Xalq ta’limi tizimi va maktabni boshqarishning eng muhim qoidasi -
demokratiyalashdir. Bu aqida hozirgi mustaqillik davrida jamiyatni yanada
demokratlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
xo’jaliklar boshqarish tizimining eng asosiy sharti bo’lgan demokratik qoidaning
g’oyat maqbul shakllarini izlab topish bugungi muhim va dolzarb muammolardan
biridir.
Boshqarishning ilmiyligi hozirgi bozor iqtisodi sharoitida ijtimoiy taraqqiyot
qonunlarini tobora tolaroq bilib borish bilan belgilanadi.
Maktabda pedagogik mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish muammosi
ko’pincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, sinfdan tashqari tadbirlardan va
O’qituvchi-tarbiyachilarni ijtimoiy topshiriqlarni tartibga solishdan iborat deb
qaraladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim muassasasi ichki boshqaruvida pedagogik tahlil deganimiz nima?
2. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish ta’lim muassasasi menejmentining
vazifalarini tahlil qiling?
3. Ta’lim muassasasi menejmentida tashkil etish vazifasi haqida tushuncha
bering?
4. Ta’lim muassasasi ichki nazorati deganda nimani tushunasiz?
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
1. Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano-Standart, 2017.
2. Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo’stoni” 2011.
3. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov, Innovatsion menejment. T.: O‘zbekis-ton Faylasuflari Milliy
jamiyati, 2010.
4. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris-Nashriyot”.,
2006.
5. SHarifxo‘jaev M., Abdullaev YO. Menejment. Darslik. –T.: O‘qituvchi, 2001.
Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.