Ta’lim muassasasi menejmenti
Reja:
1.
Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.
2.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom.
3.
O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.
4.
Ta’lim muassasasi Ustavi-rahbarlik va boshqaruv tizimini
aniqlovchi hujjat.
5.
Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi.
6.
Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish.
Tayanch iboralar: Boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish,
natijalarni nazorat va tahlil qilish, menejment, umumiy o'rta ta'lim maktabi, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta'lim muassasalarining Ustavi,
director, muasssis, boshqarish tamoyillari, pedagogik tahlil, tashkil etish, Pedagogik
Kengash, ichki nazorat
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo'lgan jarayon emas. Balki
ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta'lim tizimida ham boshqarishning to'g'ri tashkil
etilishi juda muhim. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy
yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni
shakllantirish uchun o'ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy
mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma'lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli
ta'sir ko'rsatish demakdir.
Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik
jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil
qilishga aytiladi.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo'yicha
yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham
teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o'rniga «o'zaro harakat»,
«hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo'llanilmoqda.
Ta'lim
muassasalarini
boshqarish
nazariyasi
ta'lim
muassasalarining
menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan
ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o'zaro
hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo'sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani
anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta'lim muassasasida davlat-jamoat
boshqaruvining pedagogik-psixologik asosiarini tushunishimizda ushbu yo'nalishda
tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa
egalari o'z mulklari va xodimlarni o'zlari boshqarganlaridan ko'ra tanlangan yo'nalish
bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini
tushunib yetganlaridan so'ng paydo bo'ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan
demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Meneiment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan
shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham
taalluqli hisoblanadi. Meneiment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan
maksimal natiialarga erishish maqsadida muavvan xodim voki guruhga ta'sir etish,
ular bilan hamkorlik qilish jaravonidir. Ta'lim muassasasi menejmenti haqida so'z
yuritilganda, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning
4.6-bandida so'z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to'xtalib
o'tilganligini alohida ta'kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilishicha, ta'lim
muassasasi menejmentining quyidagi vazifalari ko'rsatib berilgan:
7) uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim
muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li
bilan boshqarib borilishi;
8) barcha darajadagi ta'iim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta'lim
to'g'risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi;
9) ta'limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;
10) moliya-xo'jalik faoliyatini olib borish hamda ta'iim jarayonini
tashkil
etishda
o'quv
yurtlarining
huquqlari
kengayadi
va
mustaqilligi
ta'minlanadi;
11) ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan
belgilangan
tartibda
attestatsiyadan
o'tkaziladi
hamda
akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat
ko'rsatish huquqi beriladi;
12) muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o'z ichiga
oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta'lim muassasalarining
samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmentining bir qator o'ziga xos
xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o'tishadi. Ular orasida quyidagi
xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
13)ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan
ma'naviy o'lchovga ega;
14) ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlar katta rol o'ynaydi);
15) menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat
manfaatlarining o'zaro dialektik birligi;
16)ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, endilikda ta'lim tizimini davlat tomonidan
boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o'tiladi.
Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi - ta'lim muassasalarining dolzarb
masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o'qituvchilar, o'quvchilar
hamda ota-onalarga ta'lim dasturlarini, turlarini, ta'lim muassasalarini tanlashda
huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta'lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O'zbekiston Respublikasining
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining (1997-yil) 3-moddasida, ya'ni ta'lim sohasida
davlat siyosatining asosiy tamoyillarida aks etgan. Ta'iim sohasidagi davlat siyosatini
amalga oshirish uchun respublikamizda ta'limni boshqarishning davlat organlari
tuzilgan.
O'zbekiston
Respublikasining
«Ta'lim
to'g'risida»gi
Qonunida,
O'zbekistonda ta'lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va
uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari
tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.
Xalq ta'limi Vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi O'zbekiston
Respublikasida ta'limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi.
Vazirliklar o'zini vakolatlik doirasida:
17) ta'iim sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqaradi; — ta'lim
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik
qiladi;
18) davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy
tayyorgarligiga bo'lgan talablarning bajarilishini ta'minlaydi;
19) o'qitishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning
texnik va axborot vositalarini o'quv jarayoniga joriy etadi, o'quv va o'quv-uslubiy
adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
20) ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim
muassasalarida eksternat to'g'risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
21) davlat oliy ta'iim muassasasining rektorini tayinlash to'g'risida O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
22) pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta'limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi: Xalq ta'limi
vazirligining mahalliy organlariga xalq ta'limi viloyat boshqarmalari, shahar, tuman
bo'limlari kiradi. Xalq ta'limi bo'limlari mahalliy hokimlik tasarrufiga kiradi va unga
bo'ysunadi. Qopraqolpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, xalq ta'limi viloyat
boshqarmalari, shahar va tuman bo'limlari ikki tomonlama — O'zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga va tegishli ravishda Qopraqolpog'iston
Respublikasi Vazirlar kengashiga, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga
bo'ysunadilar.
Ular maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini
ta'minlash uchun ko'maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning
o'rinbosarlarini tayinlash ham kiradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya'ni, vazirliklar va xalq
ta'limi bo'limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab
faoliyatini o'rganadi, ta'lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg'or
tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi,
kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo'llarini izlaydi, maktab direktori va
o'qituvchilarga yordam ko'rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o'quv-uslubiy va ilmiy
rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o'quv-ta'lim va
kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan ta'minlsh, ularni
tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi (O'rta maxsus
kasb-hunar ta'limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq
vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ta'lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-
onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o'rta
ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo'naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o'tkaziladigan maktab jamoasining konferensiyasi
jamoatchilik boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Konferensiyada maktab
Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi, o'qitish qaysi
tilda olib borilishi aniqlanadi va hokazo. Konferensiyalar oraliqida o'z-o'zini
boshqarishning yuqori organi vazifasini maktab kengashi bajaradi. Maktab kengashi
bir yilda 4 marta chaqiriladi.
Davlat ta'lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta'lim muassasalarining
faoliyat ko'rsatishi ham ta'limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Umumiy o'rta ta'lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
haqidagi Nizom, ta'lim muassasalarining Ustavi - ta'lim muassasalarini
boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati.
O'zbekiston Respublikasining «Umuiniv o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13 maydagi 203-sonli
Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
1. Umumiy qoidalar.
2. Umumiy o'rta ta'limning maqsadi va vazifalari.
3. Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish.
4. O'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish.
6. Umumiy o'rta ta'limni boshqarish.
7. Mablag' bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti.
8. Xalqaro hamkorlik.
Nizomga asosan, umumiy o'rta ta'limning maqsadi o'quvchilarni davlat ta'lim
standartlariga muvofiq o'qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta'lim olish huquqini
ro'yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o'rta ta'lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g'oyalaridan biri
bo'lib, majburiv va qo'shimcha komponentlar umumiy o'rta ta'lim mazmunining
asosini tashkil etadi.
Maiburiy komponent davlat ta'lim standard bilan belgilanadi va o'quvchilarni
tayyorlashning o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalarida bilimlar asoslarini
yanada puxta o'rganish va kasb egallash uchun yetarli bo'lgan zarur darajasini
belgilaydi.
Qo'shimcha komponent o'quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning
moddiy-texnika va kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Qo'shimcha o'quv yuklanmalarining hajmi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq
belgilanadi. O'quvchilar bilim sifati va ta'lim natijalarining davlat ta'lim standartiga
muvofiqligini nazorat qilishni ta'minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan
birga bosqichli nazorat o'tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o'quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari,
sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o'quvchini
navbatdagi sinfga o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan
tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta'lim muassasalarida esa
muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasida, umumiy o'rta ta'limda ham xalqaro hamkorlik
yo'lga qo'yilgan «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida»gi Nizomning sakkizinchi
bo’limida qayd etilganidek, umumiy o'rta ta'limni boshqarish organlari va ularning
mahalliy organlari sanalgan ta'lim muassasalari xalqaro hamkorlikni pedagogik
axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o'rganish va malaka
oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg'armalar va tashkilotlarning grantlarini
olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda
shartnomalar asosida amalga oshiradilar. Mazkur Nizom umumiy o'rta ta'lim
(maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o'zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to'g'risida»gi Nizom O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-sonli Qaroriga
muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi masalalar yoritilgan:
1. Umumiy qoidalar.
2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.
3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o'quvchilarni qabul qilish, ta'lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish.
5. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish.
6. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini mablag' bilan ta'minlash va moddiy-
texnika ta'minoti.
7. Xalqaro hamkorlik.
Umumiy qoidalarda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o'rta ta'lim
negizida o'qitish muddati 3 yil bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimining majburiy mustaqil
turi hisoblanishi hamda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda
belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Ikkinchi bo'limda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maqsadi, vazifalari va
uni tashkil etish haqida gapiriladi.Quyidagilar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining
vazifalari sifatida belgilangan:
- davlat ta'lim standartlari doirasida umumta'lim va kasb-hunar dasturini
bajarish:
- o'quvchilarning uzluksiz ta'limning keyingi bosqichida o'qishni davom
ettirish, tanlangan mutaxassisliklar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish
uchun zarur va yetarli bo'lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini
chuqurlashtirish:
- respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo'lgan
ehtiyojini qondirish.
Bundan tashqari ushbu bo'limda akademik litseylar qoidaga ko'ra, Oliy ta'lim
muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb-hunar kollejlari esa hududlarning
demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga bo'lgan mahalliy
ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil etilishi ko'rsatib berilgan.
Uchinchi
bo'limda
o'rta-maxsus,
kasb-hunar
ta'limi
muassasalariga
o'quvchilar qabul qilish; umumiy ta'lim va kasb-hunar dasturlarining amalga
oshirilishi; nazorat turlari; kursdan-kursga, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi
muassasasining bir turidan boshqasiga o'tkazish va diplom berish tartiblari bayon
etilgan.
To'rtinchi bo'limda esa akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida kimlar
pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu ta'lim
muassasalariga professor-o'qituvchilarni va muxandis pedagoglarni ishga qabul
qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o'tilgan.
Beshinchi bo'limda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish tartibini o'z
ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o'quv-
uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish,
o'quv ta'lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan
ta'minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
(o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan
tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda ta'lim muassasasi
direktori tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.
Oltinchi bo'limda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini mablag' bilan ta'minlash
amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, ta'lim muassasasining
moliyaviy mablag'lari uning tasarrufida bo'lishi belgilab berilgan.
Yettinchi bo'limda esa o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari
belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga egaligi, xorijiy
mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkinligi e'tirof etiladi.
Ta'lim muassasasining Ustavi ta'lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va
boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim jarayonining quyidagi ikki muhim
tarkibiy jihati ajratib ko'rsatiladi:
1) davlat ta'lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash uchun
qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi;
2) bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik,
mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o'rgatish).
Shuningdek, ta'lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga
qo'yiluvchi talablar, o'qituvchi, o'quvchilar hamda ta'lim muassasasi rahbarlarining
huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Masalan, o'quvchilar ta'lim standartlari asosida ta'lim olish uchun intilishlari,
ta'lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta'lim berishlari,
ta'lim oluvchilarning o'quv dasturlarini davlat ta'lim standartlari darajasida
o'zlashtirishlarini ta'minlashlari zarur. Ta'lim muassasasi rahbari (direktori) esa
o'quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta'min etadi, o'quv dasturlari
talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta'lim-tarbiya ishlarining sifati va
samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to'laqonli rioya etilishi,
ma'naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratadi.
Ustavda o'z-o'zini boshqarish, jamoada o'zaro munosabatning o'rnini kabi
masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta'lim muassasasining direktori
o'qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so'zlar bilan
muomala qilish huquqiga ega emas.
O'zbekiston Respublikasida, amalda bo'lgan «Umumiy o'rta ta'lim muassasasi
(maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi» Xalq ta'limi Vazirligining 221-sonli
(1998-yil 17 dekabr), «O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining Ustavi» esa
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998-yil 5 yanvar)
Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Ta'lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to'g'risida»gi
Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta'limni boshqarishning vakolati mas'ul davlat
organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining
idoralarida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Ta'lim muassasasining Ustavida ta'lim muassasasining joylashgan o'rni, uning
turi, ta'lim tili, guruh rahbarlari, o'qituvchilarning huquq va burchlari, ta'lim
oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta'lim
muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xo'jalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq
belgilanishi
ko'rsatib
berilgan.
Ta'lim
muassasasining
Ustavi
quyidagi
bo'limlardan tashkil topadi:
1. Qisqacha ta'lim muassasasi haqidagi ma'lumotlar.
2. Ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari.
3. Ta'lim muassasasini boshqarish:
a) ta'lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o'z-o'zini
boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
e) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarining huquq va
burchlari;
e) ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining huquq va
burchlari.
4.
O'quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
a)
ta'lim mazmunining Davlat ta'lim standartlari bo'yicha ishlab
chiqilgan o'quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b)
o'quv
jarayonini
tashkil
etish;
e) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazish tartibi; e) qo'shimcha pulli
mashg'ulotlarni joriy etish; j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg'ulotlarning davom
etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).
5. O'qituvchi. Huquq va burchlari.
6. O'quvchi. Huquq va burchlari.
7. O'quv-ishlab chiqarish ta'limi ustalari, ma'muriy va yordamchi xodimlarning
huquq va burchlari.
8. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat
va mas'uliyatlari.
9. Ta'lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo'jalik ta'minoti.
Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday
faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o'z vazifalarini bir qator tamoyillarga
asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta'lim tizimini boshqarishda
asos bo'lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar
(rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga
alohida urg'u berilgan. Mazkur o'rinda ta'lim muassasasini boshqarishning har bir
tamoyiliga (Slаstiyonin V.А. «Obщаya pedаgogikа» 2003-yil) o'quv qo'llanmasiga
tayangan holda) alohida-alohidata'rif berishga harakat qilamiz. Ta'lim muassasasi
boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillari
- pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish;
- boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
- boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining
ratsional uyg'unligi;
- yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
- ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'ektivligi va to'liqligi
Pedagogik
tizimni
boshqarishni
demokratiyalash
va
insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul
qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha
uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida
ma'muriyatning muntazam hisobot berishi, o'qituvchi va o'quvchilarga ta'lim
muassasasi hayotiga oid o'z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta'lim muassasasida
demokratik g'oyalarning ustuvor o'rin tutishini anglatadi.
Ta'lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda
bo'lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati
darajasiga erishish, o'quvchi va o'qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish,
o'z iste'dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta'lim muassasasini boshqarishga
nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta'lim muassasasini bir butun yaxlit tizim
sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo'ladi. Tizimning birinchi
belgisi yagonaligi hamda uni bo'laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir.
Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi
belgisi tizimning integrtsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o'ziga
xos sifatga ega bo'lgani bilan, o'zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana
olish sifati hosil bo'ladi. To'rtinchi belgisi ta'lim muassasalarining tashqi muhit
bilan chambarchas bog'liqligidir. Chunki ta'lim muassasalari tashqi muhitga
moslashib, ushbu ta'lim jarayonini qayta quradi hamda o'zining maqsadlariga
erishish uchun tashqi muhitni o'ziga bo'ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va
yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o'rtasidagi o'zaro harakat va aloqani
ta'minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan
holatlarining ratsional uvg'unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq
bo'lganda, albatta, ma'muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o'qituvchilar va
o'quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va
o'qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e'tibor berilsa,
pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko'zga tashlanadi.
Ta'lim
muassasasi
ichidagi
boshqaruvda
markazlashtirish
va
markazlashtirmaslikni uyg'unlashtirish ma'muriy va jamoatchilik boshqaruvi
rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida
qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka-hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamovili
pedagogik jarayonni boshqarishda yakkahokimlikka yo'l qo'ymaslikka qaratilgan.
Boshqarish faoliyatida o'qituvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli
qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o'ta muhimdir. Vazifalarni
kollegial hal qilish har bir jamoa a'zosining javobgarligini yo'qqa chiqarmaydi.
O'z navbatida yakkahokimlikning o'ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik
pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni
ta'minlaydi.
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma'qul bo'lsa, qarorning ijrosini
ta'minlashda yakkahokimlikka bo'ysunish ma'quldir.
Ta'lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni
amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning obvektivligi va to'liqligi. Ta'lim
tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to'liqligiga
ham bogiiq. Agar axborotlar aniq, to’liq yig'ilsa yoki haddan ziyod ko'p bo'lsa, qaror
qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz
ta'lim-tarbiya
jarayonida
o'quvchilarning
o'zlashtirishi
haqidagi
ma'lumotlarni yig'amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi
yo'nalishiga e'tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko'plab
og'ishlar kuzatiladi.
Ta'lim muassasasining rahbari o'zining faoliyatida menejer vazifasini ham
bajaradi. Shuning uchun u o'z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instruktiv va metodik
materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta'lim muassasasi ma'muriyati maktab
ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta'lim jarayoniga
tatbiq etishga alohida e'tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta'lim muassasasi
faoliyatining muvaffaqiyatli
amalga oshirilishiga
yordam beradi. Ta'lim
muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chizma).
Axborotlar jamg'armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv
ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi. Maktab ichki boshqaruvining o'ziga xosligi
quyidagi vazifalarda aniq ko'rinadi:
1. Ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
2. Maqsad qo'yish va rejalashtirish.
3. Tashkil qilish.
4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
5. Tartibga solish.
Boshqaruv axboroti
Muddatiga
ko’ra
-har kuni
- har oyda
- chorakda
-yillik
-tahlil qiluvchi
- baholovchi
- konstruktiv
- tashkiliy
- maktabni
-boshqarma
- boshqarmadan
tashqari
- direktiv
- tanishtiruvchi
-tavsiya etuvchi
Foydalanish
maqsadiga ko’ra
Olingan manbaiga
ko’ra
Vazifasiga
ko’ra
1-rasm. Boshqaruv axborotining turlari
1.Ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan,
avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib
bo'lmaydi.
Ta'lim
muassasasini
boshqarish
samaradorligi
rahbarning
ham,
o'qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog'liq. Agar
o'z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to'g'ri tahlil qilinmasa, jamoa
orasida o'zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda
pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
1) kundalik tahlil;
2) tizimli tahlil;
3) yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil o'quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma'lumot
yig'ib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundaiik tahlij
natijasida pedagogik jarayonga o'zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundaiik
tahlilning predmetiga o'quvchilarning har kungi o'zlashtirish va intizomlari darajasi,
ta'lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi,
maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar
kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg'ulotlar tizimini o'rganishga
qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta'lim metodlarini to'g'ri uyg'unlashtirish,
o'quvchilar
tomonidan
bilimlarning
puxta
o'zlashtirilishiga
erishish,
o'qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik
madaniyatini ko'tarish hamda ta'lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil
qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta'minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o'quv choragi, yarim yillik va o'quv yili yakunida amalga
oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo'llarini o'rganishga qaratiladi. Yakuniy
tahlil uchun ma'lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat
yakunlari, o'quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
2. Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo'yish va
reialashtirishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi - ishning umumiy yo'nalishi, mazmuni, shakli
va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad - rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy
maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo'shimcha maqsad qo'yiladi.
Ta'lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan
dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma'lum bir
muddat davridagi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib
bo'lgandan so'ng qabul qilinishi mumkin. Ta'lim muassasasini boshqarish
amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo'llaniladi:
1) muddatli (perspektiv);
2) yillik;
3) yakuniy.
Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so'nggi yillarda, ta'lim muassasasida
amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallab
qabul qilinadi.
Ta'lim muassasasida, qabul qilinishi mumkin bo'lgan muddatli reja quyidagi
ko'rinishda bo'lishi mumkin:
1. Rejalashtirilgan muddatda ta'lim muassasasi oldiga qo'yilgan vazifalar.
2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarning yillik
o'zlashtirish darajasi muddatlari.
3. Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish
muddatlari.
4. Ta'lim muassasasining pedagogik kadrlariga qo'yilgan talablari.
5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar)
orqali oshirish.
6. Ta'lim muassasasini texnika hamda o'quv-metodik (qurilish ishlari,
axborotlashtirish, ko'rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko'lamini
rivojlantirish.
7. O'qituvchi va o'quvchilami ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun o'quv yili hamda yozgi ta'tilni qamrab oladi. Yillik
rejalashtirish o'quv yili davomida amalga oshiriladi va ta'lim jarayonini tashkil
etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o'quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning
aniqlashgan ko'rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan
ko'rinishlari o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar qo'mitasining faoliyatini
boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o'qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari
bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida
rejalashtirish vazifasining to'la amalga oshirilishi ta'lim muassasasi faoliyati
samaradorligini oshiradi.
3. Qabul qilingan rejalarni to'liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning
boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo'lishini tashkil
etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma'nolarda qo'llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda
darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta'minlaydigan o'quv-tarbiya
jarayonining maqsadida namoyon bo'ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi,
oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi
ta'lim muassasasi rahbarlari, o'qituvchilar, o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish
organlari faoliyati tushuniladi. Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar
sifatida ta'lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan
majlis, direktor o'rinbosaiiarining majlisi, tezkor yig'ilishlar, metodik seminarlarni
qayd etish mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib
olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat ishlar,
tanlov ishlari ko'riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig'ilishlarida ta'lim
muassasasi hayoti va faoliyatiga doirdolzarb masalalar hal qilinadi. Shuning uchun
pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun
ta'lim muassasalarda direktor yig'ilishlari tashkil etiladi. Direktor yig'ilishlarida
rahbariyat va o'qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xodimlar ham
qatnashishlari mumkin.
Ta'lim muassasasi o'rinbosarlarining yig'ilishlarida kundalik savollar va
ma'muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta'lim
muassasasi rejasi bo'yicha o'quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo'lib
o'tadi.
Tezkor axboriy rnajlislar ta'lim muassasasida ta'lim jarayonini tashkil etishning
zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib
chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o'quvchilarning barchasi uchun
tashkil qilinadi.
4. lchki nazorat ham ta'lim muassasasini boshqarishda alohida o'rin tutadi.
Nazoratni tashkil etishda yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha
talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, obvektivlik, harakatlilik,
to'ldiruvchilik kabilarni ko'rsatish mumkin. Pedagogik boshqaruvga doir
adabiyotlarda, ta'lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo'nalishlarda tashkil
etilishi bayon etilgan:
1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo'yilishi.
2. Ta'lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.
3. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarining sifati.
4. O'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.
5. O'qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarining
bajarilish holati.
6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarining tashkil etilish holati va sifati.
7. Pedagogik kadrlar bilan ishlash.
8. Ta'lim muassasasi faoliyatining o'ziga xos samaradorligi.
9. Qabul qilingan qarorlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ko'rsatilgan
talablarning bajarilishi.
Ta'lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini
turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo'lib qolmoqda. Shunga
qaramasdan, ko'pgina pedagogik adabiyotlarda ichki nazoratning quyidagi turlari
ajratilib ko'rsatiladi:
Qo’shimcha
Ta’lim muassasasi ichki
nazorati
Asosiy
2-rasm. Ta’lim muassasasi ichki nazorati
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o'rganishda ta'lim muassasasi
jamoasi, o'quvchilar guruhi yoki alohida o'qituvchining pedagogik faoliyati tizimi,
ta'lim muassasasidagi ta'lim darajasi, shuningdek, o'quvchilarning ekologik va
estetik tarbiyasi tizimiga e'tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida
o'qituvchi faoliyatini o'rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o'qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining
tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tekshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari
jarayonida shakllanishiga ta'sir etuvchi o'ziga xos omillar e'tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta'lim
muassasasida ta'lim olinganlik darajasini aniqlashda qo'llaniladi.
Mavzuli umumlashtiruvchi nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan
o'qituvchilari va sinflarning alohida o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini
o'rganishdan iborat.
Majmuaviv (kompleks) nazorat shakli bir necha o'quv fanlari bir yoki bir necha
sinf (guruh)larda turli o'quvchilarning ishlarini o'rganishni tashkil etish maqsadida
amalga oshiriladi.
5. Tartibga solishning asosiy maqsadi ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil
qilishda ta'lim muassasasining oldiga qo'yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish,
boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yoi qo'yilgan holatlarni
tuzatishdan iborat.
Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o'tgan o'quv
yilida erishilgan natijalarni, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu
asosdan kelib chiqib, yangi o'quv yilida ta'lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy
vazifalarni qo'yadi.
Pedagogik Kengash - ta'lim muassasasining boshqaruv organi. Ta'hm
Mavzuli
Frontal
Alohida
Sinf-muloqot
Predmetli
Mavzuli umumlashtiruvchi
Kompleks
muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa
faoliyati bilan bog'liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o'qituvchi va
tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o'stirish maqsadida pedagogik
xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik
Kengash ta'lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
23)ta'lim muassasasi (umumiy o'rta ta'lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar
kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o'tkaziladi, tasdiqlaydi
va bajarilishini nazorat qiladi;
24)ta'lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni
rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini belgilaydi;
25)ta'lim muassasasida o'quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta'lim
samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni
qabul qiladi;
26)ta'lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha yo'1-
yo'riqlarni ishlab chiqadi;
27)pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va
yakuniy xulosa chiqaradi;
28) ta'lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o'z vakolati doirasida me'yoriy
talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
29)
ta'lim muassasasini rivojlantirish yo'nalishlarini istiqbol rejasini
belgilash;
30)
ta'lim
muassasasi
jamoasi
oldiga
qo'yilgan
maqsad
va
vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
31)o'quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yiliik va taqvimiy
ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
32) o'quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama
qilish, amaliyotga tatbiq etish;
33)ta'lim muassasasi ta'lim jarayoniga oid barcha masalalarni o'z vakolati
doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
34)pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini
rivojlantirish bo'yicha o'z takliflarini berish;
35) o'quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo'yicha qaror
qabul qilishda qatnashish, uni o'tkazish shakli va vaqtini belgilash;
36) ta'lim
oluvchilarni
sinfdan-sinfga,
kursdan-kursga
ko'chirish
va
bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo'yish bo'yicha qaror qabul qilish;
37) ta'lim jarayonini tashkil qilish hamda ta'lim muassasasini rivojlantirishga
doir masalalar bo'yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
38) ta'lim maqsadiga muvofiq holda o'quvchilarni rag'batlantirish va jazolash
bo'yicha masalalarni hal etish;
39) chorak, yarim yiliik (semestr), yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
40) pedagogik Kengash a'zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga
asosan amalga oshirishni talab qilish;
41) ta'lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko'rsatgan ta'lim muassasasi
xodimlarini rag'batlantirishga tavsiya qilish;
42) yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarga o'rnatilgan
tartibda hujjatlar berish to'g'risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig'ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta'lim
muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati
bir qator hujjatlarda o'z aksini topadi:
3-rasm. Pedagogik kengash hujjatlari
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Direktor va uning o'rinbosarlari vazifalari. Ta'lim muassasasining o'quv-
Pedagogik kengash
Yillik hisobot
Kengash materiallari
Kengash bayonnomasi yoziladigan
muhrlangan daftar
Ish rejasi
tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta'lim muassasasi
direktori olib boradi.
Ta'lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
43)davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta'lim muassasasining manfaatlarini
ifodalash;
44)o'quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'min etish;
45)o'quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta'lim-tarbiya ishiarining
sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi,
shuningdek, ta'lim muassasasidan tashqarida ma'naviyat ishlarini tashkil qilinishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
46)pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo'yish, ularning vazifalarini
belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh
rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish
hamda bo'shatish;
47)
ta'lim
muassasasi
pedagogik
xodimlarini
attestatsiyadan
o'tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
48)ta'lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta'lim-tarbiyaning
ilg'or shakl va usullarini qoilashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
49)ta'lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag'lar, sarf-xarajat hisobini
yuritish;
50) ta'lim muassasasi me'yoriy hujjatlarining to'g'ri yuritilishini ta'minlash;
51)
ta'lim
muassasasi
pedagogik
Kengashi,
mahalliy
hokimlik
organlari oldida o'z faoliyati to'g'risida hisob berib turish.
Ta'lim muassasasi direktorining o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarining
vazifalari:
52)
o'quv
haftasi
va
o'quv
mashg'ulotlarining
davomiyligini
ta'minlash;
53)dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o'z vaqtida
samarali o'tkazilishini ta'minlash;
54)har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta'lim muassasasi
pedagogik Kengashi a'zolariga o'quv jarayonining borishi xususidagi axborot va
ma'lumotlarni berib borish;