TA’LIM MUASSASASI XODIMLARINING UZLUKSIZ MALAKA OSHIRISH TIZIMINI YARATISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Yuklangan vaqt
2024-07-22
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
31,1 KB
1
TA’LIM MUASSASASI XODIMLARINING UZLUKSIZ MALAKA
OSHIRISH TIZIMINI YARATISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Reja:
1. Ta’lim muassasasi xodimlarining uzluksiz malaka oshirishini tashkil
etishning metodalogik asoslari:
2. Malaka oshirish davriyligini asoslash, malaka oshirish kurslari
davomiyligida bir xillikdan voz kechish;
3. Ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarning nazariy
va amaliy asoslarini o‘zlashtirish;
4. Ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirishning asosiy tashkiliy
shakllari.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublika Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining
ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirsh bo‘yicha chiqargan qarorlarida
belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yuqori malakali, raqobatbordosh, salohiyatli
kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning samarali
tizimini yaratish. Ta’lim muassasalari ta’lim mazmunining zamon talablari
darajasida modernizatsiya qilinishi bilan birga, ta’limning mazmun-mohiyatidan
kelib chiqqan holda malaka oshirishning Davlat talablari, o‘quv reja va o‘quv
dasturlarni tahlil va tahrir qilishda quyidagilarni nazarda tutish bo‘yicha quyidagi
tavsiyalar beriladi:
2
1. Davlat talablarida ta’lim muassasalari rahbar xodimlari, metodistlari,
o‘qituvchi-pedagog xodimlari va tarbiyachilarning faoliyatida zarur bo‘ladigan
nazariy bilimlar aniq shajaralash tizimini hisobga olish.
2.
Ularning
pedagogik
faoliyatida
bevosita
va
bilvosita
amalda
qo‘llaniladigan amaliy ko‘nikma va malakalar aniq ko‘rsatilishi (masalan:
o‘qituvchi quyidagilarni bajara olishi, qo‘llay olishi, uddalay olishi) lozim.
3. Mazkur davlat talablaridan zamonaviy o‘qituvchining ma’naviy, kasbiy,
pedagogik, psixologik va metodik qiyofasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilish.
4. Pedagogik, psixologik, metodik va kasbiy mahorat faoliyatining
o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligi va boshqa komponentlar to‘g‘risida to‘liq
tasavvur hosil qilish.
5. Tayanch o‘quv rejadagi amaliyotga va ma’ruzaga qo‘yiladigan soatlar
hamda kurslar bo‘yicha yaratilgan modelli malaka oshirish dasturlari davlat ta’lim
standarti va davlat talablari asosida variyativ o‘quv dasturlar ishlab chiqish. Ta’lim
jarayonini tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik
mahoratga ega, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni mukammal o‘zlashtirib olgan,
innovatsiyalar asosida darsni tashkil etuvchi, yuksak shaxsiy fazilatlarga ega
o‘qituvchilarga talab tobora ortib bormoqda.
Amaldagi o‘quv reja va o‘quv dasturlari tinglovchilarning ma’lumoti, ish
tajribasi, faoliyat darajasini bahloshning har yillik reyting ballari va toifalari hisobga
olish, shu bilan birga o‘z malakalarini uzluksiz oshirib borayotgan yuqori toifa (oliy,
birinchi) va faoliyat diagnostika natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lgan o‘qituvchilar ham xozirgi kunda barcha toifalar uchun ishlab chiqilgan
o‘quv reja va o‘quv dasturlar asosida malaka oshirish kurslarini quyidagi
metodologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar:
1. Malaka oshirish ta’limini tashkil etish borasidagi xalqaro va
mamlakatimizda erishilgan ilg‘or tajribalarni e’tiborga olib, mashg‘ulotlarning
kunlik davomiyligini tinglovchilar salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqib belgilash,
uning tartibini ishlab chiqish va amalyotga joriy etish;
3
2. Malaka oshirish davriyligini asoslash, malaka oshirish kurslari
davomiyligida bir xillikdan voz kechish. Kurslarning davomiylik muddatini
belgilashda mazkur kurslarda ta’lim oladigan tinglovchilarning ma’lumoti, ish
tajribasi, olib borayotgan ilmiy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy ishlari faoliyat
darajasini diagnostik bahloshning har yillik reyting ballarini hisobga olingan
me’yoriy xujjatlar ishlab chiqish;
3. Pedagoglarning kasbiy-shaxsiy, metodik va pedagogik-psixologik
tayyorgarligiga qarab, ularning o‘z malakalarini uzluksiz oshirib borayotgan yuqori
toifa (oliy, birinchi) va faoliyat diagnostika natijalariga ko‘ra yuqori
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun mualliflik yoki maqsadli yoki
muammoli qisqa muddatli (modelli) malaka oshirish kurslaridan o‘tib borganlarini
inobatga olib, ulardan yakuniy test yoki yozma ish va 1 yoki 2 para ochiq dars o‘tib
berish asosida tashkil etilib, test va sinov natijasi hamda ularining samaradorlik
darajasiga ko‘ra malaka oshirish turi (yoki shakli)ni imkoniyatini berish tartibini
ishlab chiqish bo‘yicha tavsiya sifatida taklif etilmoqda.
Islohotlarning sifati va samaradorligi o‘qituvchining ijodkorligi, faolligi,
izlanuvchanligi, pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Ta’lim muassasalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va axborotlarga bo‘lgan
ehtiyojlarini o‘rganish hamda monitoringini olib borish, ta’lim jarayonida
pedagoglarning ilmiy, pedagogik, psixologik, didaktik va metodik usullardan
foydalanishidagi
bo‘shliqlarni
aniqlash,
to‘ldirish
yo‘llarini
belgilashni
muvofiqlashtirish yo‘llarini belgilash zarur.
Bunda bevosita Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ma’lum o‘quv jarayonida
joriy etilgan an’anaviy “Ustoz-shogird ta’lim tashkiloti” tizimi o‘ziga xos
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu jarayon samaradorligini yanada takomillashtirishda
tuman metodika sho‘basi, tayanch ta’lim tashkilotilarda tashkil etilgan tuman fan
uyushmalari va malaka oshirish hududiy markazlari bilan hamkorlikda aniq
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Ya’ni uzluksiz metodik xizmat
ko‘rsatishning sifat va samaradorligini oshirish hamda uni takomillashtirib borish
talab etiladi.
4
Ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirishning asosiy tashkiliy shakli
pedagog kadrlarning yakka tartibda shaxsiy dasturi (ish rejasi) asosida uzluksiz
mustaqil malaka oshirishlari hisoblanadi. Keyingi yillarda “uzluksiz o‘rganish”,
“umr bo‘yi ta’lim” tushunchalari dolzarb bo‘lmoqda. Doimiy rivojlanish, o‘z
shaxsini takomillashtirish jarayoni ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborini
tortmoqda. O‘qituvchi faoliyatining kasbiy diagnostikasi uning yanada yuqori
natijaga erishishini ta’minlash uchun o‘zlashtirishi va o‘z faoliyatida qo‘llashi zarur
bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ish ko‘nikmalari hamda malakalarni aniqlashdan
iborat.
Buning uchun o‘qituvchi kacbiy faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘yicha
tayyorgarlik darajasini aniqlab, xulosalar chiqariladi. Pedagog tuman metodika
shu’basi metodisti (fani yo‘nalishida), ta’lim muassasasi ma’muriyati va
metodbirlashmasi rahbari tomonidan pedagogik diagnostikadan o‘tkazilgandan
keyin uning kasbiy mahorati, metodik tayyorligi, psixologik va pedagogik, umumiy
madaniy-ma’rifiy darajasi, huquqiy, iqtisodiy, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari
fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi yuzasidan malakasini oshirish
bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Yuqoridagidan kelib chiqib, o‘qituvchi faoliyatini quyidagi asosiy tarkibiy
qismlarga ajratib diagnostika qilish mumkin:
• mutaxassislik fani bo‘yicha nazariy bilimlari va shu sohadagi so‘nggi
yangiliklarni bilishi;
• fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlari, kasbiy mahorati va ularni
amalda qo‘llashi samaradorligi;
• tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi;
• ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishi va ulardan amalda foydalanishi;
• ilg‘or pedagogik va innovatsion axborot texnologiyalarni o‘zlashtirishi va amalda
qo‘llashi;
• pedagogik, psixologik, iqtisodiy masalalar, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari
bo‘yicha tayyorgarligi darajasi;
5
• o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini DTSga mosligi, ularning fan
olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlarda ishtiroki;
• ta’lim muassasasi pedagogika kengashi, fan metodbirlashmasi ishidagi faolligi,
tayyorlagan ilmiy-metodik ma’ruzalari, axborotlarining mazmun-mohiyati, ilmiy-
metodik jihatdan asoslanganligi;
• sinfdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish sifati va samaradorligi hamda
o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlashda sinfdan va ta’lim
tashkilotidan tashqari to‘garaklar va qo‘shimcha ta’limga jalb etishi; • ta’lim
muassasasi, oila, mahalla va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari
samaradorligi;
• ko‘rik-tanlov, musobaqa, konferensiya, seminarlarda ishtiroki;
• ommaviy axborot vositalarida (gazeta, jurnal, radio, televedenie, ...) chiqishlari;
• hamkasblari, o‘quvchilari va ota-onalarning baholari.
Yuqorida keltirilgan o‘qituvchining amalga oshirishi kerak bo‘lgan tarkibiy
qismlar bo‘yicha kasbiy diagnostika tegishlicha shakl va usullarda amalga oshiriladi:
hujjatlar asosida o‘rganish, kuzatish, suhbat, so‘rovnoma, test, o‘zini-o‘zi
diagnostika qilish, Xalqaro baholash dasturi asosida o‘qituvchining pedagogik
faoliyati to‘g‘risida hamkasblari, o‘quvchilar, ota-onalar fikrlarini o‘rganish hamda
to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish va
tavsiyalar berishdan iborat. Berilgan tavsiyalar asosida pedagog ta’lim muassasasi
rahbariyati bilan kelishib, uzluksiz mustaqil malaka oshirish (pedagogning kursdan-
kursgacha bo‘lgan davrdagi) ish reja-dasturini ishlab chiqadi. Pedagog kasbiy
faoliyatida qaysi sohada qiynalayotgan bo‘lsa, shu masalalarni ish reja-dasturiga
kiritadi va o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan
tasdiqlanadi.
(“Tasdiqlayman” ............ tumanidagi ........ – sonli ta’lim muassasasining
o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari; Ismi, sharifi; imzo, yil, sana).
Pedagog uzluksiz mustaqil malaka oshirish ish reja dasturini ishlab chiqishda
quyidagilarni hisobga olishi tavsiya etiladi:
6
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi Farmon va qarorlari,
Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorlari va boshqa huquqiy-ma’yoriy
xujjatlarni mazmun-mohiyatini o‘rganib borish.
2. Kasbiy mahoratni oshirish uchun optimallashtirilgan va takomillashtirilgan
Davlat ta’lim standarti, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturi, darsliklar, zarur
bo‘lgan metodik tavsiyanoma, qo‘llanmalar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari,
ishlanmalar, davriy, ommabop axborot vositalari, respublika (viloyat, shahar) gazeta
va jurnallaridagi ta’lim tizimiga oid yangiliklarni o‘rganib borish. O‘z kasbiy bilim,
ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirishga, yangilashga erishishni ta’minlash.
3. Ilmiy-metodik mahoratni oshirish (innovatsiya, pedagogik texnologiya
yo‘nalishlarida):
• ilg‘or ta’lim texnologiyalari, innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda,
ta’lim jarayoni sifat va samaradorligini oshirishni yangicha loyihalashtirishda, har
bir dars mavzusi bo‘yicha uning mazmunini algoritmlash va maqsadga muvofiq
shakldagi tizimga keltirish, o‘quv jarayonini ilg‘or innovatsion texnologiyalar
asosida modellashtirishda ishtirok etish;
• hududlardagi ilg‘or tajriba tayanch ta’lim muassasalariga borib, innovatsiya,
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib borish va ular bilan hamkorlik ishlarini
tashkil etish;
• pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy
markazlarining tegishli kafedra va bo‘limlaridan (internet tizimi yoki boshqa
uslublardan foydalangan holda) fanga (yoki ta’lim menejmenti, pedagogika,
psixologiya va h.k.) tegishli yangiliklarni o‘rganib borish va uni amaliyotga tatbiq
etish;
• tuman, shahar (viloyat) bosqichlarida o‘tkaziladigan doimiy harakatdagi
o‘quv-seminar, seminar-treninglarda faol ishtirok etish va o‘zining ilg‘or o‘qitish
metodikalari, ma’ruzalari bilan qatnashish;
• ta’lim muassasasi rejalari asosida namunaviy ochiq darslarni tashkil etib
borish.
7
5. Pedagogik-psixologik bilimlarni oshirib borish, xususiy metodikaning
metodologik asoslarini chuqur o‘zlashtirish, dars mashg‘ulotlarida guruh (sinf)dagi
tarbiyasi og‘ir, noqobul bo‘lgan bolalarga: • pedagogik yondashuv; • psixologik
yondashuv; • individual yondashuvni takomillashtirib borish. O‘quvchida o‘qish
jarayonida motivatsiya hosil qilish, his-tuyg‘usini uyg‘otish, uning qiziqishi,
xohishi, qobiliyati, moyilligiga xos xususiyatlari va ulardan ta’lim-tarbiya
maqsadlarida samarali foydalanish.
6. Ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarning nazariy
va amaliy asoslarini o‘zlashtirish hamda ularni o‘quv jarayonida qo‘llash.
O‘qitishning yangi innovatsion texnologiyalaridan, internetdan erkin, samarali
foydalanish.
7.
Pedagoglarning
mustaqil
fikrlashlari
asosida
o‘quvchilarda
takomillashtirilgan DTS va moderniazatsiya qilingan o‘quv dasturlariga mos
keladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
8. Ilmiy, ilmiy-ommabop, siyosiy, o‘quv-metodik, badiiy va boshqa
adabiyotlarni mustaqil ravishda o‘qish va o‘rganish hamda ularning qisqacha
mazmunini konspektlashtirish.
9. Interfaol usullardan foydalanish va tashkil etish uchun guruhlarda ishlash,
ijodiy fikrlash, didaktik o‘yinlar, munozara, bahs, auksion dars, dars-sud, dars-
parlament, debat-muloqot, insert, klaster, tanqidiy fikrlash va boshqa noan’anaviy
darslarda ishtirok etish hamda amaliyotda qo‘llash.
10. Ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan, tashabbuskor pedagoglarning (o‘zi
ishlayotgan va ishlamayotgan ta’lim muassasalarda – kelishgan holda) dars tahliliga
kirish orqali ilg‘or ish tajribalarni kuzatish, o‘rganish, to‘plash, tanlash, tahlil etish
va ijobiy natijalarni amaliyotda qo‘llash.
11. Metodbirlashma tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilangan
muddatlarda
“Ochiq
dars”larni
ilg‘or
pedagogik,
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv metodlarni qo‘llagan holda tashkil
etib borish.