Ta’lim muassasasini boshqarishning umumiy asoslari

Yuklangan vaqt

2024-07-22

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

24,9 KB


 
 
 
 
 
Ta’lim muassasasini boshqarishning umumiy asoslari 
 
 
Reja: 
1. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari.  
2. Boshqaruvda motivatsiya va rag‘batning o‘rni.  
3. Boshqaruvga doir zamonaviy yondashuvlar.  
4. Ta’lim muassasasini boshqarish metodlari.  
5. Kvalimetriya metodi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish. 
 
Ta’lim muassasalarini boshqarish va rahbarlik etish O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risi»dagi 
qonuniga asoslanib ish yuritiladi. 
Maktabni boshqarish maktab kengashi tomonidan jamoa o`zini-o`zi boshqarish 
va to`g`ridan-to`g`ri rahbar tomonidan tasdiqlangan maktab Qonuniga tegishli 
amalga oshiriladi. O`quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va tashkillashtirish, 
o`qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini va ijodkorligini rivojlantirish 
maqsadida maktab pedagog kengashi, o`qituvchilarni birlashtirib jamoa tuzadi. 
Pedagoglar kengashining boshlig`i pedagoglar tomonidan saylanadi. Uning ish 
tartibi maktab Qonunida ko`rsatilgan. 
Shuni takidlab o`tish joizki, yuqorida ko`rsatilgan qoidalar, yo`l-yo`riq va 
talablar asosida maktabni ilmiy asosda boshqarish - maktab boshchilari, maktab 
o`qituvchilarning mutaxassisligi bo`yicha tashkillashtirilgan metod birlashmalar 
boshliqlari, maktab kengashi va konferentsiya boshliqlari, o`qituvchilar va guruh 
boshchilarining maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslarini, 
Ta’lim muassasasini boshqarishning umumiy asoslari Reja: 1. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari. 2. Boshqaruvda motivatsiya va rag‘batning o‘rni. 3. Boshqaruvga doir zamonaviy yondashuvlar. 4. Ta’lim muassasasini boshqarish metodlari. 5. Kvalimetriya metodi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish. Ta’lim muassasalarini boshqarish va rahbarlik etish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risi»dagi qonuniga asoslanib ish yuritiladi. Maktabni boshqarish maktab kengashi tomonidan jamoa o`zini-o`zi boshqarish va to`g`ridan-to`g`ri rahbar tomonidan tasdiqlangan maktab Qonuniga tegishli amalga oshiriladi. O`quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va tashkillashtirish, o`qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini va ijodkorligini rivojlantirish maqsadida maktab pedagog kengashi, o`qituvchilarni birlashtirib jamoa tuzadi. Pedagoglar kengashining boshlig`i pedagoglar tomonidan saylanadi. Uning ish tartibi maktab Qonunida ko`rsatilgan. Shuni takidlab o`tish joizki, yuqorida ko`rsatilgan qoidalar, yo`l-yo`riq va talablar asosida maktabni ilmiy asosda boshqarish - maktab boshchilari, maktab o`qituvchilarning mutaxassisligi bo`yicha tashkillashtirilgan metod birlashmalar boshliqlari, maktab kengashi va konferentsiya boshliqlari, o`qituvchilar va guruh boshchilarining maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslarini,  
 
boshqarish borasidagi oldingi  pedagogik tajribalarni qanchallik darajada egallab 
olganligiga bog`liq bo`ladi. 
Hozirgi vaqtda boshqarish davlat va xususiy mulkka asoslanadi. Boshqarishning 
maqsadi – mehnatkashlarning moddiy va manaviy talablarini to`liq qondirish 
uchun ishlab chiqarishni, barcha jamoa munosabatlarini rivojlantirish va 
tashkillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda boshqarishning birinchi vazifasi 
insonlarning iqtisodiy va moddiy holatini, jamoaning faoliyatini, ularni 
qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Jamoaning manaviy turmushini boshqarishning oldiga qo`ygan maqsadi -bu 
savodli, madaniyatli, har tomonlama rivojlangan, yuqori darajali pok va odobli 
insonlarni tarbiyalashdan iborat. 
Boshqarishning turlari. 
Hozirgi vaqtda respublikaning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash va ishlab 
chiqarish munosabatlarini shakllantirish iqtisodiy boshqarishning oldida turgan 
eng muhim vazifalaridan biri. 
Ijtimoiy-siyosiy boshqarish - bu jamoaimiz ichidagi turli qatlamlardagi insonlar 
o`rtasida munosabatlarni boshqarishdan iborat. Bu boshqarishning oldiga 
qo`ygan maqsad – jamoaimizni yomon illatlardan tozalash, jamoaimizni 
iqtisodiy 
bir 
holatga 
keltirib, 
davlatni 
boshqarishni 
shakllantirish. 
Umumiylashtirib aytganimizda, ta’lim muassasalarini boshqarish jamoa va 
manaviy boshqarishning ajralmas bir bo`lagi hisoblanadi. 
Boshqarish tamoyillari 
Hozirgi vaqtda boshqarish tamoyillariga asoslangan holda maktab tizimini 
boshqarishning ahamiyati O`zbekiston Respublikasida xalq ta’lim tizimi 
qonunida va O`zbekiston Respublikasining umumiy o`rta ta’lim maktabi 
haqidagi qonunida belgilab ko`rsatilgan. 
Demak, 
maktabning 
ichki 
tuzilishini 
boshqarish 
tamoyillari 
asosida 
tashkillashtirish hozirgi kundagi eng ahamiyatli davr talabidir. Boshqarish 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 
boshqarish borasidagi oldingi pedagogik tajribalarni qanchallik darajada egallab olganligiga bog`liq bo`ladi. Hozirgi vaqtda boshqarish davlat va xususiy mulkka asoslanadi. Boshqarishning maqsadi – mehnatkashlarning moddiy va manaviy talablarini to`liq qondirish uchun ishlab chiqarishni, barcha jamoa munosabatlarini rivojlantirish va tashkillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda boshqarishning birinchi vazifasi insonlarning iqtisodiy va moddiy holatini, jamoaning faoliyatini, ularni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. Jamoaning manaviy turmushini boshqarishning oldiga qo`ygan maqsadi -bu savodli, madaniyatli, har tomonlama rivojlangan, yuqori darajali pok va odobli insonlarni tarbiyalashdan iborat. Boshqarishning turlari. Hozirgi vaqtda respublikaning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash va ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish iqtisodiy boshqarishning oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri. Ijtimoiy-siyosiy boshqarish - bu jamoaimiz ichidagi turli qatlamlardagi insonlar o`rtasida munosabatlarni boshqarishdan iborat. Bu boshqarishning oldiga qo`ygan maqsad – jamoaimizni yomon illatlardan tozalash, jamoaimizni iqtisodiy bir holatga keltirib, davlatni boshqarishni shakllantirish. Umumiylashtirib aytganimizda, ta’lim muassasalarini boshqarish jamoa va manaviy boshqarishning ajralmas bir bo`lagi hisoblanadi. Boshqarish tamoyillari Hozirgi vaqtda boshqarish tamoyillariga asoslangan holda maktab tizimini boshqarishning ahamiyati O`zbekiston Respublikasida xalq ta’lim tizimi qonunida va O`zbekiston Respublikasining umumiy o`rta ta’lim maktabi haqidagi qonunida belgilab ko`rsatilgan. Demak, maktabning ichki tuzilishini boshqarish tamoyillari asosida tashkillashtirish hozirgi kundagi eng ahamiyatli davr talabidir. Boshqarish tamoyillari quyidagilardan iborat:  
 
1. Demokratik tamoyil. Biz yashab turgan jamoaning xalq 
xo`jaligining, xalq ta’lim tizimi va maktabni boshqarishning eng ahamiyatli 
tamoyillarining biri bo`lib, bu deganimiz xalqning o`z-o`zini boshqarish 
degan manoni anglatadi. 
2. Boshqarishning ilmiylilik tamoyili. Bu tamoyilni amalga oshirish 
davlatning rivojlangan qonuniyatlarini to`liq o`rganishni va ularni 
amaliyotda o`z o`rnida qo`llana bilishni, ta’lim muassasalarida va xalq 
ta’limini boshqarishda ijodkorlik ishlarini rivojlantirishda foydalana bilishni 
talab etadi. Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkillashtirishning mazmuni 
bir qancha kengroq bo`lib, unga birinchidan, pedagoglarning ixtisosligi, 
qobiliyati va qiziquvchiligini hisobga olgan holda to`g`ri tanlash va ularni 
o`rinlariga joylashtirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishda qo`llanilayotgan usullarni o`rgatish, ta’lim-tarbiyaning texnik 
usullarni o`rganish va bularning hammasini pedagogik jarayonda foydalana 
olish masalalari kiradi. 
3. Boshqarishning jamoatchilik tamoyili. Jamoatchilik bilan 
birgalikda ish yuritish rahbar shaxsning to`g`ri ish olib borishi bo`lib 
hisoblanadi. Shuningdek, muassasalarda barcha boshqarish ishlarini 
o`ylashib olib borish va har qanday holatlarda ish olib borayotgan shaxsning 
o`z vazifalarini bilib to`g`ri olib borishi yaxshi natija beradi. 
Demak, har bir shaxsning o`z javobgarchiligini bo`yniga olishi bu tartib va 
mehnat intizomliligini taminlaydi. 
4. Boshqarishning ish natijalarini tekshirish tamoyili. Boshqarish 
tizimida muassasalarda yuqoridan qabul etilgan qaror va buyruqlarning 
bajarilishini nazorat etish katta ahamiyatga ega. To`g`ri yo`lga qo`yilgan 
ishning ahvolini tekshirish xalq xo`jaligining hamma sohalarida, xalq ta’lim 
tizimi va madaniy qurilish sohalaridagi hamma vazifalarning bajarilishi 
hamda tekshirilishi va nazorat etish borasida kamchiliklarning o`rinlanishi 
bu nazorat etishning eng ahamiyatli vazifalarining biri bo`lib hisoblanadi. 
5. Boshqarishni rejalashtirish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limiga, 
1. Demokratik tamoyil. Biz yashab turgan jamoaning xalq xo`jaligining, xalq ta’lim tizimi va maktabni boshqarishning eng ahamiyatli tamoyillarining biri bo`lib, bu deganimiz xalqning o`z-o`zini boshqarish degan manoni anglatadi. 2. Boshqarishning ilmiylilik tamoyili. Bu tamoyilni amalga oshirish davlatning rivojlangan qonuniyatlarini to`liq o`rganishni va ularni amaliyotda o`z o`rnida qo`llana bilishni, ta’lim muassasalarida va xalq ta’limini boshqarishda ijodkorlik ishlarini rivojlantirishda foydalana bilishni talab etadi. Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkillashtirishning mazmuni bir qancha kengroq bo`lib, unga birinchidan, pedagoglarning ixtisosligi, qobiliyati va qiziquvchiligini hisobga olgan holda to`g`ri tanlash va ularni o`rinlariga joylashtirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo`llanilayotgan usullarni o`rgatish, ta’lim-tarbiyaning texnik usullarni o`rganish va bularning hammasini pedagogik jarayonda foydalana olish masalalari kiradi. 3. Boshqarishning jamoatchilik tamoyili. Jamoatchilik bilan birgalikda ish yuritish rahbar shaxsning to`g`ri ish olib borishi bo`lib hisoblanadi. Shuningdek, muassasalarda barcha boshqarish ishlarini o`ylashib olib borish va har qanday holatlarda ish olib borayotgan shaxsning o`z vazifalarini bilib to`g`ri olib borishi yaxshi natija beradi. Demak, har bir shaxsning o`z javobgarchiligini bo`yniga olishi bu tartib va mehnat intizomliligini taminlaydi. 4. Boshqarishning ish natijalarini tekshirish tamoyili. Boshqarish tizimida muassasalarda yuqoridan qabul etilgan qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat etish katta ahamiyatga ega. To`g`ri yo`lga qo`yilgan ishning ahvolini tekshirish xalq xo`jaligining hamma sohalarida, xalq ta’lim tizimi va madaniy qurilish sohalaridagi hamma vazifalarning bajarilishi hamda tekshirilishi va nazorat etish borasida kamchiliklarning o`rinlanishi bu nazorat etishning eng ahamiyatli vazifalarining biri bo`lib hisoblanadi. 5. Boshqarishni rejalashtirish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limiga,  
 
shunigdek, maktabga boshchilik etish va uni boshqarish sohasidagi rejalarni 
davlatimiz siyosatini va yuqori organlarning qarorlarining amalga 
oshirilishini hisobga olgan holda olib boriladi. 
6. Boshqarishning natijalilik tamoyili - bu jamoa oldiga qoygan 
maqsadga qisqa muddat ichida kam xorajat va kam ish kuchini ishlatib, 
ishning natijaliligini talab etadi. 
Shuning uchun ish borasida belgilangan tamoyillarini amalda qo`llash 
maktabning ichki boshqarishini tashkillashtirishda katta pedagogik ahamiyatga 
ega. 
 
Boshqaruv metodlari 
 Ta’lim menejmentida boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular 
boshqaruv 
jarayonida 
hodimlar 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
va 
ularni 
muvafiqlashtirishda qo’llaniladigan ta’sir etish yo’llari va usullarining yig’indisi 
hisoblanadi. Boshqaruv metodlari asosini mazkur ta’sir ko’rsatish usullari 
majmui, ya’niy ta’sir ko’rsatish mexanizmi tashkil etadi. 
 Boshqarish metodi boshqarish faoliyatini amalga usullari va yo’llari 
majmuidan, 
boshqarish 
tizimiga 
samarali, 
maqsadga 
muvafiq 
ta’sir 
ko’rsatishdan, ya’niy boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan 
iboratdir. 
 Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod – bu tamomila ob’ektiv, rahbarga 
bog’liq bo’lmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ham ta’sir 
o’tkazish usullari majmuidan iborat bo’lsa-da, metoddan farq qiladi. U yoki bu 
rahbarning sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Qiyoslash 
uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsa-da, 
lekin musiqachilarning ijro etish uslub(manera)lari har xildir. 
 Oldingi vaqtlarda boshqaruv metodlarini tavsiflashda asosiy e’tibor faqat 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy metodlarga qaratilar edi. Zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoitlarda umumiy o’rta ta’lim muassasalarini boshqarishga 
ko’p darajada mos keladigan metodlarning to’rtta asosiy guruhlari: iqtisodiy, 
shunigdek, maktabga boshchilik etish va uni boshqarish sohasidagi rejalarni davlatimiz siyosatini va yuqori organlarning qarorlarining amalga oshirilishini hisobga olgan holda olib boriladi. 6. Boshqarishning natijalilik tamoyili - bu jamoa oldiga qoygan maqsadga qisqa muddat ichida kam xorajat va kam ish kuchini ishlatib, ishning natijaliligini talab etadi. Shuning uchun ish borasida belgilangan tamoyillarini amalda qo`llash maktabning ichki boshqarishini tashkillashtirishda katta pedagogik ahamiyatga ega. Boshqaruv metodlari Ta’lim menejmentida boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida hodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvafiqlashtirishda qo’llaniladigan ta’sir etish yo’llari va usullarining yig’indisi hisoblanadi. Boshqaruv metodlari asosini mazkur ta’sir ko’rsatish usullari majmui, ya’niy ta’sir ko’rsatish mexanizmi tashkil etadi. Boshqarish metodi boshqarish faoliyatini amalga usullari va yo’llari majmuidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvafiq ta’sir ko’rsatishdan, ya’niy boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod – bu tamomila ob’ektiv, rahbarga bog’liq bo’lmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ham ta’sir o’tkazish usullari majmuidan iborat bo’lsa-da, metoddan farq qiladi. U yoki bu rahbarning sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub(manera)lari har xildir. Oldingi vaqtlarda boshqaruv metodlarini tavsiflashda asosiy e’tibor faqat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy metodlarga qaratilar edi. Zamonaviy ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlarda umumiy o’rta ta’lim muassasalarini boshqarishga ko’p darajada mos keladigan metodlarning to’rtta asosiy guruhlari: iqtisodiy,  
 
tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to’plash metodlarini 
ajratib ko’rsatish mumkin. 
 
Boshqaruv metodlari: 
1. Iqtisodiy metodlar; 
2. Tashkiliy-ma’muriy metodlar; 
3. Ijtimoiy-psixologik metodlar; 
4. Axborotlar to’plash metodlari. 
 
Iqtisodiy metodlar. Bu metodlar o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy 
ko’rsatgichlarning yig’indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun 
talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat 
ko’rsatishlari 
uchun 
sharoitlar 
yaratadi. 
Ta’lim 
muassasasi 
faoliyatini 
takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish, ya’niy xodimlarning 
innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining 
faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar 
tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati to'la o'rganilgannan keyin, 
faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar 
rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o’z xodimlarini faoliyatlari natijalariga ko’ra 
rag’batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yaki moddiy yordam 
ko’rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo’ladi. 
Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo’naltiriladi. 
Tashkiliy-ma’muriy metodlar. Ushbu metodlar ham iqtisodiy metodlar 
bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko’rsatish usullari va shakllari 
o’zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun 
rahbarlar ta’sir ko’rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyriqlar, farmoyishlar va 
ko’rsatmalar tayyorlash, ularni o’z vaqtida tegishli shaxslarga etkazish va 
bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi. 
Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o’qituvchilar va o’quvchilar, umuman 
tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to’plash metodlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Boshqaruv metodlari: 1. Iqtisodiy metodlar; 2. Tashkiliy-ma’muriy metodlar; 3. Ijtimoiy-psixologik metodlar; 4. Axborotlar to’plash metodlari. Iqtisodiy metodlar. Bu metodlar o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatgichlarning yig’indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish, ya’niy xodimlarning innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati to'la o'rganilgannan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o’z xodimlarini faoliyatlari natijalariga ko’ra rag’batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yaki moddiy yordam ko’rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo’ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo’naltiriladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar. Ushbu metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko’rsatish usullari va shakllari o’zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko’rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyriqlar, farmoyishlar va ko’rsatmalar tayyorlash, ularni o’z vaqtida tegishli shaxslarga etkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi. Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o’qituvchilar va o’quvchilar, umuman  
 
olganda barcha jamoa a’zolari o’rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan 
holda, ularning qiziqishi, manfaatlari, ko’nikma va malakalari, bilimi hamda 
qobiliyatlarini o’rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy 
chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini 
muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-ma’muriy metoddan foydalanishdan 
ko’zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo’lishi 
zarur bo’lgan o’zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz 
rivojlanishni huquqiy va ma’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. 
Ijtimoiy-psixologik 
metodlar. 
Jamoa 
a’zolari 
o’rtasida 
shunday 
munosabatlarni 
vujudga 
keltirishni 
nazarda 
tutadiki, 
bunda 
rahbar 
bo’ysinuvchilarning bemalol, erkin harakat qilishi, o’zini-o’zi namyon qilishi, turli 
jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muhitni 
yaratishi zarur. 
Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi 
jamoasida sog’lom muhitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin. 
Mazkur metod ta’lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar 
faoliyatining takomillashishi, ularning oz faoliyatlaridan qoniqishlar hosil qilishida, 
shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi, rahbar-xodim, 
o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muhim ahamiyat 
kasb etib, pedagogik xodimlar va o’quvchilarning qiziqishlari, intilishi va 
tashabbuslarini rag’batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, 
ma’naviy va ma’rifiy tushunchalarini rivojlantirish, shuningdek, bilim, ko’nikma va 
malakalarining ortib borishini hamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini 
ta’minlaydi. 
Bu metod kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga ta’sir 
ko’rsatisha qaratilgan bo’lib, bir necha usullarni o’z ichiga oladi. Mazkur usullarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Ijtimoiy me’yorlash yo’llar: 
- ichki tartib-qoidalar; 
- jamoat tashkilotlarining nizomi; 
olganda barcha jamoa a’zolari o’rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda, ularning qiziqishi, manfaatlari, ko’nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini o’rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-ma’muriy metoddan foydalanishdan ko’zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo’lishi zarur bo’lgan o’zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va ma’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat. Ijtimoiy-psixologik metodlar. Jamoa a’zolari o’rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar bo’ysinuvchilarning bemalol, erkin harakat qilishi, o’zini-o’zi namyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur. Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi jamoasida sog’lom muhitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin. Mazkur metod ta’lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar faoliyatining takomillashishi, ularning oz faoliyatlaridan qoniqishlar hosil qilishida, shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakllanishi, rahbar-xodim, o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etib, pedagogik xodimlar va o’quvchilarning qiziqishlari, intilishi va tashabbuslarini rag’batlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy tushunchalarini rivojlantirish, shuningdek, bilim, ko’nikma va malakalarining ortib borishini hamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini ta’minlaydi. Bu metod kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga ta’sir ko’rsatisha qaratilgan bo’lib, bir necha usullarni o’z ichiga oladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi: 1. Ijtimoiy me’yorlash yo’llar: - ichki tartib-qoidalar; - jamoat tashkilotlarining nizomi;  
 
- ishchi sharafi kodeksi; 
- ishlab chiqarish odob qoidalari; 
- ishtirokchiga ta’sir etish shakllari. 
2. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy) usullar: 
- siyosiy targ’ibot; 
- mehnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish; 
- ma’muriy faoliyatni nazorat qilish; 
- mehnatkashlarni boshqarishga jalb qilish shakllari. 
3. Ijtimoiy tartibga solish usullari: 
- Shartnomalar, o’zaro majburiyatlar; 
- Manaviy talab va manfaatlarni qondirish navbati (tartibi) va boshqalar. 
4. Ma’naviy rag’batlantirish usullari ikki xil bo’ladi: 
Jamoaviy va shaxsiy ma’naviy rag’batlantirishlar. Bular: 
- “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar; 
- faxriy unvonlar berish; 
- minnatdorchilik izhor qilish; 
- hurmat taxtasiga qo’yish; 
- qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va hokazolar. 
 
Psixologik usullarga quyidagilar kiradi: 
- kichik guruh va jamoalarni shakllantirish; 
- mehnatni insonparvarlashtirish (gumanizatsiya); 
- psixologik rag’batlantirish; 
- kasb-malaka bo’yicha tanlash va o’qitish; 
- kasbga bo’lgan manfaatni ta’minlash (bu xodimlarda mehnat faoliyatiga ichki 
qiziqish uyg’otadi); 
- xodimlarni bajarayotgan ishiga psixologik mos kelishi bo’yicha tanlash. 
 
Axborotlar to’plash metodlari. Barcha metodlar qatori axborotlar to’plash 
metodlari ham ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish uchun 
- ishchi sharafi kodeksi; - ishlab chiqarish odob qoidalari; - ishtirokchiga ta’sir etish shakllari. 2. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy) usullar: - siyosiy targ’ibot; - mehnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish; - ma’muriy faoliyatni nazorat qilish; - mehnatkashlarni boshqarishga jalb qilish shakllari. 3. Ijtimoiy tartibga solish usullari: - Shartnomalar, o’zaro majburiyatlar; - Manaviy talab va manfaatlarni qondirish navbati (tartibi) va boshqalar. 4. Ma’naviy rag’batlantirish usullari ikki xil bo’ladi: Jamoaviy va shaxsiy ma’naviy rag’batlantirishlar. Bular: - “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar; - faxriy unvonlar berish; - minnatdorchilik izhor qilish; - hurmat taxtasiga qo’yish; - qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va hokazolar. Psixologik usullarga quyidagilar kiradi: - kichik guruh va jamoalarni shakllantirish; - mehnatni insonparvarlashtirish (gumanizatsiya); - psixologik rag’batlantirish; - kasb-malaka bo’yicha tanlash va o’qitish; - kasbga bo’lgan manfaatni ta’minlash (bu xodimlarda mehnat faoliyatiga ichki qiziqish uyg’otadi); - xodimlarni bajarayotgan ishiga psixologik mos kelishi bo’yicha tanlash. Axborotlar to’plash metodlari. Barcha metodlar qatori axborotlar to’plash metodlari ham ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish uchun  
 
rahbarlarning boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik 
jarayonning holati to’g’risida ishonchli axborotlar to’plash va ta’lim jarayoni 
ishtirokchilarining faoliyatini ob’ektiv baholashni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatida qo’llaniladigan 
metodlarning ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi metodlardan biri hisoblangan 
mazkur metod me’yoriy hujjatlarni va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, 
ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, so’rovnomalar o’tkazish, hodimlarni 
attestatsiyadan o’tkazish, tahliliy baholash, umumlashtirish va tizimlashtirish, 
statistika va matematik tahlil va boshqa ko’pgina usullarni o’z ichiga oladi. 
Axborot to’plash metodlari: 
 me’yoriy hujjatlarni va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish; 
 ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish; 
 so’rovnamalar o’tkazish; 
 attestatsiya; 
 tahliliy baholash; 
 umumlashtirish va tizimlashtirish; 
 statistik va matematik tahlil. 
Ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish va zaruriy sharoitlar 
yaratish, shuningdek, boshqaruv jarayonini qayta tashkil etishda rahbarlar mavjud 
yo’nalishlar bo’yicha ishonchli va asosli axborotlar to’plashda mazkur usullardan 
tashkil topgan axborotlar to’plash metodlaridan foydalanadi, ya’niy me’yoriy 
hujjatlarni o’rganadi ba ularda belgilangan talablarning bajarilishini tahlil qiladi, 
o’quvchilarning bilimini DTS talablari bo’yicha tekshiradi, shuningdek, 
o’zlashtirish ko’rsatkichlarining dinamikasini tahlil qiladi, o’qituvchilarning 
darslarini kuzatadi, ochiq darslarga qatnashadi va pedagogik xodimlar faoliyatini 
o’rganadi, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, rahbar-xodim, o’qituvchi-o’quvchi 
munosabatlari so’rovnomalar o’tkazish orqali aniqlanadi. To’plangan ma’lumotlar 
yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik va kunlik natijalar bo’yicha statistik va 
matematik tahlillar asosida solishtiriladi, zamonaviy talablardan kelib chiqqan 
holda, mavjud holat oldingi holatga nisbatan taqqoslanadi va kelgusida bajarilishi 
rahbarlarning boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik jarayonning holati to’g’risida ishonchli axborotlar to’plash va ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini ob’ektiv baholashni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatida qo’llaniladigan metodlarning ichida muhim ahamiyat kasb etuvchi metodlardan biri hisoblangan mazkur metod me’yoriy hujjatlarni va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, so’rovnomalar o’tkazish, hodimlarni attestatsiyadan o’tkazish, tahliliy baholash, umumlashtirish va tizimlashtirish, statistika va matematik tahlil va boshqa ko’pgina usullarni o’z ichiga oladi. Axborot to’plash metodlari:  me’yoriy hujjatlarni va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish;  ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish;  so’rovnamalar o’tkazish;  attestatsiya;  tahliliy baholash;  umumlashtirish va tizimlashtirish;  statistik va matematik tahlil. Ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish va zaruriy sharoitlar yaratish, shuningdek, boshqaruv jarayonini qayta tashkil etishda rahbarlar mavjud yo’nalishlar bo’yicha ishonchli va asosli axborotlar to’plashda mazkur usullardan tashkil topgan axborotlar to’plash metodlaridan foydalanadi, ya’niy me’yoriy hujjatlarni o’rganadi ba ularda belgilangan talablarning bajarilishini tahlil qiladi, o’quvchilarning bilimini DTS talablari bo’yicha tekshiradi, shuningdek, o’zlashtirish ko’rsatkichlarining dinamikasini tahlil qiladi, o’qituvchilarning darslarini kuzatadi, ochiq darslarga qatnashadi va pedagogik xodimlar faoliyatini o’rganadi, ta’lim muassasasidagi munosabatlar, rahbar-xodim, o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari so’rovnomalar o’tkazish orqali aniqlanadi. To’plangan ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik va kunlik natijalar bo’yicha statistik va matematik tahlillar asosida solishtiriladi, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, mavjud holat oldingi holatga nisbatan taqqoslanadi va kelgusida bajarilishi  
 
zarur bo’lgan vazifalar belgilanadi hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish 
yo’nalishlarida qarorlar qabul qilinadi. 
 
Boshqarish usullari. 
1. Boshqarishning tashkillashtirish-ilmiy usullari. 
2. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari. 
3. Boshqarishning huquqiy usullari. 
4. Boshqarishning to`g`ri-ko`rsatma berish usullari. 
5. Boshqarishda rag`batlantirishdan foydalanish usullari. 
6. Kadrlarni odob-axloq tomondan rivojlantirish usullari. 
7. Boshqarishda kuzatish usullari. 
8. Boshqarishda suhbat usullari. 
9. O`quv muassasalarining hujjatlarini to`g`ri olib borish usullari. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari haqida ma’lumot bering? 
2. Boshqaruvda motivatsiya va rag‘batning o‘rni haqida tushuncha bering? 
3. Boshqaruvga doir zamonaviy yondashuvlarni ko’rsating? 
4. Ta’lim muassasasini boshqarish metodlari? 
5. Kvalimetriya metodi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish deganda 
nimani tushinasiz? 
 
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar: 
1. Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano-
Standart, 2017. 
2. Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo’stoni” 2011.  
3. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov,  Innovatsion menejment. T.: O‘zbekis-ton 
Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 
4. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris-
Nashriyot”., 2006.  
zarur bo’lgan vazifalar belgilanadi hamda mazkur vazifalarni amalga oshirish yo’nalishlarida qarorlar qabul qilinadi. Boshqarish usullari. 1. Boshqarishning tashkillashtirish-ilmiy usullari. 2. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari. 3. Boshqarishning huquqiy usullari. 4. Boshqarishning to`g`ri-ko`rsatma berish usullari. 5. Boshqarishda rag`batlantirishdan foydalanish usullari. 6. Kadrlarni odob-axloq tomondan rivojlantirish usullari. 7. Boshqarishda kuzatish usullari. 8. Boshqarishda suhbat usullari. 9. O`quv muassasalarining hujjatlarini to`g`ri olib borish usullari. Nazorat uchun savollar: 1. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari haqida ma’lumot bering? 2. Boshqaruvda motivatsiya va rag‘batning o‘rni haqida tushuncha bering? 3. Boshqaruvga doir zamonaviy yondashuvlarni ko’rsating? 4. Ta’lim muassasasini boshqarish metodlari? 5. Kvalimetriya metodi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish deganda nimani tushinasiz? Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar: 1. Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano- Standart, 2017. 2. Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo’stoni” 2011. 3. R.I.Gimush, F.M.Matmurodov, Innovatsion menejment. T.: O‘zbekis-ton Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 4. Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris- Nashriyot”., 2006.  
 
5. SHarifxo‘jaev M., Abdullaev YO. Menejment. Darslik. –T.: O‘qituvchi, 
2001.  
Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 
2012 Routledge. 
5. SHarifxo‘jaev M., Abdullaev YO. Menejment. Darslik. –T.: O‘qituvchi, 2001. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.