TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

28,5 KB


TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi.
2. Ta’lim tizimini boshqarish.
 a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
 b) mahalliy davlat hokimiyati organlari;
 v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
 g) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi.  Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy  taraqqiyoti  sohasida  ustuvor  deb  e’lon  qilingandir.  O‘zbekiston
Respublikasi  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya  etilishini,  jamiyatning
ma’naviy  yangilanishini,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini
shakllantirishni,  jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilishni  ta’minlaydigan  demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi  va farovonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish
respublikada  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  asosiy  maqsadi  va
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar  asosida,  zamonaviy  madaniyat,  iqtisodiyot,  fan,  texnika  va
Logotip
TA’LIM VA FAN SOHASINI BOSHQARISH. Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. 2. Ta’lim tizimini boshqarish. a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; b) mahalliy davlat hokimiyati organlari; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; g) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilingandir. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish  O‘zbekiston  taraqqiyotining  muhim  shartidir.
 O‘zbekiston
Respublikasi  Konstitutsiyasining  41-moddasiga  ko‘ra  «Har  kim  bilim  olish
huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab
ishlari davlat nazoratidadir». 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinib
hayotga joriy etildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar  o‘rgatishning huquqiy asoslarini
belgilaydi hamda har kimning bilim  olishdan iborat  konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga  qaratilgan  bo‘lib,  ushbu  qonunning  3-moddasiga  ko‘ra  ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarini  rivojlantirish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda
ta’lim olishni tashkil etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida
bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga
kasb-hunar o‘rgatish, barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi
bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi, oilada yoki
o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim
muassasalarida  eksternat  tartibida  attestatsiyadan  o‘tish  huquqini  berish  orqali
ta’minlanadi.
Logotip
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilinib hayotga joriy etildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu qonunning 3-moddasiga ko‘ra ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb- hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish. O‘zbekiston Respublikasida bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish, barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi, oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va
ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
 Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga
tayyorlangan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  ko‘zlaydi.  Bu  ta’lim  olti-yetti
yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim
muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:
boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).
Boshlang‘ich  ta’lim  umumiy  o‘rta  ta’lim  olish  uchun  zarur  bo‘lgan
savodxonlik,  bilim  va  ko‘nikma  asoslarini  shakllantirishga  qaratilgandir.
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi.
Bolalarning  qobiliyati,  iste’dodini  rivojlantirish  uchun  ixtisoslashtirilgan
maktablar tashkil etilishi mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim
asosida  akademik  litseyda  yoki  kasb-hunar  kollejida  o‘qishning  yo‘nalishini
ixtiyoriy  ravishda  tanlash  huquqiga  ega.  Akademik  litseylar  va  kasb-hunar
kollejlari  egallangan  kasb-hunar  bo‘yicha  ishlash  huquqini  beradigan  hamda
bunday  ish  yoki  ta’limni  navbatdagi  bosqichda  davom  ettirish  uchun  asos
bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. 
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat  va
Logotip
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar). Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga:
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar
bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan,
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil
davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar  ikkinchi  va undan keyingi  oliy ma’lumotni  shartnoma asosida
olishga haqlidirlar.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura,
ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Kadrlar  malakasini  oshirish va ularni  qayta tayyorlash  kasb  bilimlari  va
ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning
bo‘sh  vaqti  va  dam  olishini  tashkil  etish  uchun  davlat  organlari,  jamoat
birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik,
ilmiy,  texnikaviy,  sport  va  boshqa  yo‘nalishlarda  maktabdan  tashqari  ta’lim
muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga
bolalar,  o‘smirlar  ijodiyoti  saroylari,  uylari,  klublari  va  markazlari,  bolalar-
o‘smirlar  sport  maktablari,  san’at  maktablari,  musiqa  maktablari,  studiyalar,
Logotip
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar- o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar,
kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Davlat  oilada  ta’lim  olishga  va  mustaqil  ravishda  ta’lim  olishga
ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli
ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga
vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda
yordam ko‘rsatiladi.
 
Ta’lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»
gi  qonunning  25-moddasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasining  Vazirlar
Mahkamasi ta’lim  tizimini  boshqarish  bo‘yicha quyidagi  vakolatlarni  amalga
oshiradi:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini
belgilash;
ta’lim  muassasalarini  akkreditatsiyadan,  pedagog,  ilmiy  kadrlarni
attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
boshqa  davlatlarning  ta’lim  muassasalariga  O‘zbekiston  Respublikasining
hududida ta’lim  faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini  beruvchi  ruxsatnomalar
berish;
qonun  hujjatlariga  muvofiq  xorijiy  davlatlarning  ta’lim  to‘g‘risidagi
hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini
belgilash;
davlat ta’lim standartlari tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat  grantlari  miqdori  va  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilish  tartibini
belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
Logotip
kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.   Ta’lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunning 25-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash; ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash; davlat ta’lim standartlari tasdiqlash; davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash; davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
ta’lim  oluvchilarni  akkreditatsiya  qilingan  bir  ta’lim  muassasasidan
boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
 Shuningdek,  qonunning  27-moddasida  mahalliy  davlat  hokimiyati
organlarining  ham  vakolatlari  berilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  mahalliy  davlat
hokimiyati  organlari  ta’lim  muassasalari  faoliyatining  mintaqalarni  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlantirish  ehtiyojlariga  muvofiqligini  ta’minlaydilar;  ta’lim
muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika
tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga
oladilar;  o‘z  hududlaridagi  ta’lim  muassasalarini  vakolat  doirasida  moliyalash
miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek
pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini
ta’minlaydilar;  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga
oshiradilar. 
Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun
hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil
etilishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasida  ta’limni  boshqarish  bo‘yicha  maxsus  vakolat
berilgan davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyat
yuritadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi
respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat
boshqaruv  organi  hisoblanadi. 2004  yil  20  iyulda  O‘zbekiston  Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi faoliyatini takomillatirish to‘g‘risida” gi 341-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash,
professor-o‘qituvchilar  malakasining  talab  etiladigan  darajasini  ta’minlash,
o‘qitishning innovatsiya usullarini  joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish  hamda  talaba  yoshlar  o‘rtasida  tarbiyaviy  va  ma’naviy-ma’rifiy
Logotip
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. Shuningdek, qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ham vakolatlari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar; o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 2004 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillatirish to‘g‘risida” gi 341-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini ta’minlash, o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni  tashkil  etish  masalalaridagi  faoliyati  ustidan  nazorat  bo‘shashtirib
yuborilganligini,  bu  mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga  salbiy  ta’sir
ko‘rsatayotganligini qayd etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini
takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga
muvofiq  kadrlarni  sifatli  o‘qitish  va  tarbiyalashni  tashkil  etish  maqsadida
quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni
tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli,
malakali  kadrlar  tayyorlashga  yo‘naltirilgan  yagona  davlat  siyosatini  amalga
oshirish;
ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta masxus,
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish; 
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-
metodik  rahbarlikni  amalga  oshirish,  ular  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ularda
davlat  ta’lim  standartlari  talablari  hamda  ta’lim  darajasi  va  mazmuniga,
mutaxassislarning  kasbiy  tayyorgarligi  sifatiga  qo‘yiladigan  boshqa  talablar
bajarilishini ta’minlash;
mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvorliklariga  muvofiq
kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va
tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni
o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash;
o‘quv-tarbiya  jarayonida  o‘qitishning  ilg‘or  shakllarini,  shu  jumladan
masofadan  turib  o‘qitish,  yangi  pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
uzluksiz  ta’lim  tizimi  uchun  yangi  avlod  o‘quv  adabiyoti  yaratish
Logotip
ishlarni tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini, bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini qayd etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta masxus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash; idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy- metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash; o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish