TA’LIMNI BAHOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV. PIRLS BAHOLASH DASTURI
Yuklangan vaqt
2024-05-16
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
121,5 KB
Ilmiybaza.uz
TA’LIMNI BAHOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV. PIRLS
BAHOLASH DASTURI
Mashg'ulotdan maqsad: Ta’limni baholashda innovatsion yondashuv haqidagi
bilimlarini kengaytirish, uni amalga oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga
asoslangan usullar haqida tasavvur va tushunchalar hosil qilish. PIRLS baholash
dasturi haqida bilimlarni boyitish.
Kerakli jihozlar: Ta’limni baholashda innovatsion yondashuvga oid uslubiy
qo'llanmalar, tarqatma va didaktik materiallar. PIRLS baholash dasturiga oid
testlar
Bilishi kerak bo’lgan manbalar:
- Ta’limni baholashda innovatsion yondashuv to'g'risidagi adabiyotlar;
- PIRLS baholash dasturiga oid adabiyotlarni.
Bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar:
- Ta’limni baholashda innovatsion yondashuvga oid adabiyotlarni o'rganish;
- PIRLS baholash dasturi bo’yicha topshiriqlar tizimi.
Ishni bajarish tartibi:
Ta’limni baholashda innovatsion yondashuvga oid adabiyotlardan ma'lumotlar
yig'ish;
PIRLS baholash dasturi haqida bilimlar berish;
Ta’limni baholashda innovatsion yondashuvning o'quv jarayonidagi ahamiyati
haqida suhbat;
Ilmiybaza.uz
PIRLS baholash dasturining ahamiyatini yoritib berish;
egallagan bilimlarni nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Maktabda ta'lim olayotgan har bir bola iqtidorini, individual
imkoniyatlarini va boshqa qator shaxsiy sifatlarini batafsil o’rganmay, tahlil
qilmay turib mazkur o’quvchi kelajagini pedagogik jihatdan to’g‘ri baholab
bolmaydi. O'quvchilarning faolligini ta’minlashda bugungi kunda psixologik
xizmat tizimi tomonidan bartaraf qilinishi lozim bo’lgan qator muammolar
mavjud. Bolalarni ruhiv intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul qilish
shunday masalalardan biridir. Keyingi paytda olti, yetti yoshga kirgan barcha
bolalarni yoppasiga maktabga qabul qilish an'anaga avlangan. Psixologlar esa hech
qachon ishni bunday tartibda hal etishga yo’l qo’ymagan bo‘lar edilar. Sababi, har
bir bola ham aqliy, ham jismoniy jihatdan o’ziga xos individual imkonivatlarga
ega: ba'zi bolalar olti, yetti, hatto sakkiz yoshga to’lsalar-da, talimni boshqa
tengdoshlari qatori o’zlashtirishga tayyor bo’lmaganlar. Biz esa ularni maktab
rejasiga. ba'zan esa ota-onasining xohishiga qarab maktabga qabul qilaveramiz.
Mashg’ulotlarga esa bolalarni majburan olib boramiz. Natijada bola ruhiv jihatdan
turli kasalliklarga yo'liqishi mumkin. Bu esa bolaning aqliy va intellektual jihatdan
tabiiy rivojlanishi ildiziga ataylab bolta urish demakdir. Bunday holatlarga zudlik
bilan barham berish, ya'ni har bir maktab ta’limiga ilk bor qadam qo’ygan bolani
maxsus va mukammal ishlab chiqilgan psixologik testdan o’kazish va uning
natijalari asosidagina maktabga qabul qilish haqida mas’uliyat bilan o'ylashimizga
to’g’ri keladi.
Maktabda baholash ham psixologik mezonlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Psixologik-pedagogik adabiyotlardan ma’lumki, boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun
eng birinchi maqsad - bu yaxshi baho olish va shu baho orqali o'z «men»ligini ilk
bor his etish, ota-onasi va kattalar hurmatiga sazovor bo'lishdir. Shuning uchun
o'quvchilar yaxshi baho olishga intiladilar. Lekin ko'p hollarda baholash
mezonining buzilishi o'quvchi ruhiyatiga, ayni paytda, shaxs sifatidagi
Ilmiybaza.uz
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etmay qolmaycli. Shuning uchun boshlang'ich sinf
o'quvchilarida baholashning psixologik mezonlari chuqurroq o'vlab ko'rilishi
kerak. Bola shaxsini to'g'ri tushunish va uning harakatlarini tahlil qila olish zarur.
«Har bir shaxs qaytarilmas temperamentdir», - degan edi fiziolog olim I.P.Pavlov.
Qolaversa, har bir shaxsning o'zigagina xos imkoniyatlari mavjudligi va unga
hamisha jiddiy e’tibor berish zarurligi haqida O‘rta Osiyoning buyuk
mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, al-Forobiy va Abu Rayhon Beruniy ham o'z
zamonlarida alohida qayd etib o'tganlar. Chunonchi, o'qituvchi bola shaxsini
tarbiyalash uchun dastavval uning «Betakror olamiga» kira olishi va shunga mos
keluvchi tarbiyaviy tadbirlar rejasini tuzmog'i va qo’llamog'i lozim.
PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli
mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni
oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.
Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh
marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
PIRLS 2016
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar
qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda
foydalanadilar:
Ilmiybaza.uz
global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini
kuzatib borish;
yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;
PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni
takomillashtirish;
adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi
tegishli ishlarni olib borish;
o'qishni va o'qitishni o'rganish.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish
ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro
miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim
sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab
qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va
ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish
qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan
ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish
qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida
mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab
qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda
o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega
bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar,
shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida
o'qishini ikki turi baholanadi: