TA’LIMNI TASHKIL ETISH SAKLLARI VA TURLARI. STEAM ta’lim
(STEAM education).
Reja:
1. Ta’limni tashkil etishning shakllari.
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsning turlari va tuzilishi.
4. Darsga qo’yiladigan talablar.
5. O’qituvchining darsga tayyorlanishi.
6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Tayanch so’zlar: tashkil etish, shakl, ta’limni tashkil etish shakli, ta’limni
tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta’limni tashkil etishning yordamchi
shakllari.
1.Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli - bu
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq
ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli
shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga
o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual,
individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi,
o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining
nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari
kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars;
ma’ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli
ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual
shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda
XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) o’quv faoliyati mazmuni,
metodi va sur’atini to’la
individualashtirish
imkoniyatining mavjudligi;
2)
aniq bir masalani hal
etishda ta’lim oluvchining har
bir harakati va
1) vaqtning tejamli emasligi;
2)
o’qituvchi ta’sirining
cheklanganligi (o’qituvchining
vazifasi o’quvchiga topshiriq berish
va uni bajarilishini tekshirishdan
iborat);
XVIII asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib,
uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli yegallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy
Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik
maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo’lib qolgan.
Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika”
asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga
o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari
kabi tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham
keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1)
yaxlit
o’quv-tarbiyaviy
jarayonning
tartibli
ketishini
ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim;
2)
jarayonlarning
oddiy
boshqarilishi: muammoning jamoa
bo’lib muhokama qilinishi, masalaning
yechimini birgalikda izlash jarayonida
bolalar
o’rtasida
o’zaro
munosabatlarning
shakllanish
imkoniyati;
3) o’qituvchining o’quvchilar va
1) tizimning asosan bilimlarni
o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
uchun
mo’ljallanganligi;
2)
bo’sh
o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
uchun
qiyinchiliklarning yuzaga kelishi
va
kuchli
o’zlashtiruvchi
o’quvchilar
qobiliyatlarining
rivojlanish sur’atining ortga
surilishi;
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan
o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga
keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol,
mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining
samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati)
o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning
individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim
dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan
laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar
tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta
o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar
tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar
tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo’llaniladi.
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o’qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi
xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida
o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratiladi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur o’quvchilariga ko’ra zamonaviy dars
o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga
ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi,
o’quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi va
izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga
qaratilganligi, insonparvarlik yo’nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli
ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.1
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har
biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan
asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini
emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
3.Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
• Aralash (kombinatsion dars).
• Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
• O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
• O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
• Laboratoriya darslari.
• Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish); v) yangi mavzuni
bayon qilish;
g) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o’quvchilarni baholash;
1https://en.wikipedia.org/wiki/Lesson
e) uy vazifasini berish.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasini berish.
O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish;
v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) o’quvchilarni baholash.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish
darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o’tkazish;
g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). Laboratoriya
darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
c) laboratoriya ishini o’tkazish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo’yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga
erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq
ifodalanadi.
4.Darsga qo’yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda
foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat
usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni
amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash
kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish,
o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga
amal qilish, o’ quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat
qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy
tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning
idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra
bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.