TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

28,8 KB


TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.
Mavzu rejasi:
1. Ta’limni tashkil etishning shakllari. 
2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsning turlari va tuzilishi. 
4. Darsga qo‘yiladigan talablar.
5. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
1.Ta’limni  tashkil  etishning  shakllari. Ta’limni  tashkil  etish  shakli  -  bu
o‘qituvchi  va  o‘quvchining  belgilangan  tartibda,  muayyan  maqsadga  muvofiq
ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni  vaqtda  ta’limning  quyidagi  shakllari  ajratib  ko‘rsatiladi:  individual,
individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan
tashqari,  maktabdan  tashqari.  Ular  o‘quvchilarni  qamrab  olishi,  o‘quvchilar
faoliyatini  tashkil  etishi,  jamoaviy  va  individual  shakllarining  nisbatlari,
mustaqilligi  darajasi  va  o‘qish  jarayoniga  rahbarlik  qilish  xususiyatlari  kabi
belgilariga  ko‘ra  quyidagi  uch  asosiy  turga  ajratiladi:  individual;  sinf-dars;
ma’ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning
individual shakli hisoblanadi. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik
Logotip
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. Mavzu rejasi: 1. Ta’limni tashkil etishning shakllari. 2. Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. 3. Darsning turlari va tuzilishi. 4. Darsga qo‘yiladigan talablar. 5. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. 6. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. 1.Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma’ruza-seminar. Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik
davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII
asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1)o‘quv faoliyati mazmuni, 
metodi va sur’atini to‘la 
individualashtirish 
imkoniyatining mavjudligi;
2)aniq bir masalani hal etishda 
ta’lim oluvchining har bir 
harakati va operatsiyalarini 
kuzatib borishga imkon berishi.
1) vaqtning
tejamli
emasligi;
2) o‘qituvchi
ta’sirining
cheklanganl
igi
(o‘qituvchin
XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning
o‘rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng
ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy
jarayonning tartibli ketishini
ta’minlovchi aniq tashkiliy
tizim;
2) jarayonlarning oddiy
boshqarilishi: muammoning
jamoa bo‘lib muhokama
qilinishi, masalaning echimini
birgalikda izlash jarayonida
bolalar o‘rtasida o‘zaro
munosabatlarning shakllanish
imkoniyati;
3) o‘qituvchining o‘quvchilar va
ularning tarbiyasiga doimiy
1) tizimning asosan
bilimlarni o‘rtacha
darajada o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun
mo‘ljallanganligi;
2) bo‘sh o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun
qiyinchiliklarning yuzaga
kelishi va kuchli
o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar
qobiliyatlarining
rivojlanish sur’atining
ortga surilishi;
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G‘arbiy Rossiya
(hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk
Logotip
davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Afzalliklari Kamchiliklari 1)o‘quv faoliyati mazmuni, metodi va sur’atini to‘la individualashtirish imkoniyatining mavjudligi; 2)aniq bir masalani hal etishda ta’lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi. 1) vaqtning tejamli emasligi; 2) o‘qituvchi ta’sirining cheklanganl igi (o‘qituvchin XVI asrdan boshlab individual o‘qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o‘rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Afzalliklari Kamchiliklari 1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; 2) jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo‘lib muhokama qilinishi, masalaning echimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; 3) o‘qituvchining o‘quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy 1) tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi; 2) bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G‘arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk
bor qo‘llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu tizimlar XVII
asrda  Yan  Amos  Komenskiy  tomonidan  “Buyuk  didaktika”  asarida  nazariy
jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga  o‘quv yili,
o‘quv  kuni,  dars,  mashg‘ulotlar  orasidagi  tanaffus,  o‘quv  ta’tillari kabi
tushunchalarni kiritdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan o‘quvchilarni
o‘qitishda  individuallashtirishga  ahamiyat  qaratish  masalasi  ayniqsa  dolzarb
xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o‘qitish shakli yuzaga keldi
(AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil
o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi
sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena
Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta’limning individuallashtirilgan
tizimi  ular  orasida  eng  radikal  hisoblangan.  Bu  tizim  dalton-reja  nomi  bilan
pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi
deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar tizimi
yuzaga  kela  boshlaydi.  U  yaratilgan paytdan  beri  hali  deyarli  hech bir  katta
o‘zgarishlarga  ega  emas.  Ma’ruza,  seminar,  amaliy  va  laboratoriya  ishlari,
konsultatsiya  va  tanlagan  kasbi  bo‘yicha  amaliyot  hozirgacha  leksiya-seminar
tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar
tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo‘llaniladi.
2.Dars  -  ta’lim  tashkil  etishning  asosiy  shakli. Dars  bevosita  o‘qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi
xususiyatlarini  hisobga  olish,  barcha  o‘quvchilarning  mashg‘ulot  jarayonida
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratiladi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur o‘quvchilariga ko‘ra zamonaviy dars
o‘quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga
Logotip
bor qo‘llanilgan va u sinf- dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o‘quv yili, o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o‘qitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi). Yevropa va AQShda, XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar. Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza- seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta o‘zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo‘llaniladi. 2.Dars - ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur o‘quvchilariga ko‘ra zamonaviy dars o‘quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat’i nazar quyidagi xususiyatlarga
ega  bo‘lishi  lozim:  ta’limning  tarbiyaviy  maqsadlarga  bo‘ysundirilganligi,
o‘quvchini  komil  shaxs  sifatida shakllantirishga  yo‘naltirilganligi,  ilmiyligi  va
izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi,
insonparvarlik  yo‘nalishiga  egaligi,  tizimliligi,  bilimlarni  ongli  ravishda
o‘zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.1
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki
o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
3.Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
•
Aralash (kombinatsion dars).
•
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
•
O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
•
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilish
darsi.
•
Laboratoriya darslari.
•
Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish); 
c)  yangi mavzuni bayon qilish;
g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o‘quvchilarni baholash;
e) uy vazifasini berish.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash; 
d) uy vazifasini berish.
O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
1https://en.wikipedia.org/wiki/Lesson
Logotip
ega bo‘lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo‘ysundirilganligi, o‘quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik yo‘nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.1 Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi). 3.Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud: • Aralash (kombinatsion dars). • Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. • O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi. • O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi. • Laboratoriya darslari. • Amaliy darslar. Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish); c) yangi mavzuni bayon qilish; g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash; d) o‘quvchilarni baholash; e) uy vazifasini berish. Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) yangi mavzuni bayon qilish; v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash; d) uy vazifasini berish. O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; 1https://en.wikipedia.org/wiki/Lesson
b) o‘rganilgan mavzularga doir savol-javob o‘tkazish;
v) o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish; 
g) o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilish
darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);  
v) nazorat ishini o‘tkazish;
g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). 
Laboratoriya darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash; 
c) laboratoriya ishini o‘tkazish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga
erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq
ifodalanadi.
4.Darsga  qo‘yiladigan  talablarga  har  bir  darsning  ta’lim  vazifalarini  aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish,  turli  xildagi  shakli,  metodlari  va  ko‘rinishlaridan  mos  ravishda
foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat
usullari  bilan  birga  o‘quvchilar  mustaqil  faoliyatlarini  turli  shakllaridan  birga
Logotip
b) o‘rganilgan mavzularga doir savol-javob o‘tkazish; v) o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish; g) o‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish); v) nazorat ishini o‘tkazish; g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). Laboratoriya darslarining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; c) laboratoriya ishini o‘tkazish; g) o‘quvchilarni baholash; d) uy vazifasi. Amaliy darslarning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish; g) o‘quvchilarni baholash; d) uy vazifasi. Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi. 4.Darsga qo‘yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni
amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash
kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy
imkoniyatlarini  aniqlash,  darsdagi  faoliyat,  aniq  erishilishi  mumkin  bo‘lgan
tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va
mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash,
o‘quvchilarni  umuminsoniy  qadriyatlarda  tarbiyalash,  hayotiy  muhim  sifatlar
(tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga
qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga
diqqat-e’tiborli  munosabatda  bo‘lib,  pedagogik  odob  talablariga  amal  qilish,
o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor
bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga
o‘quvchilarda  o‘quv-o‘rganish  faoliyati  ijobiy  sifatlari,  qiziqish,  ijodiy
tashabbuskorlik  va  faollik  shakllantirish  hamda  rivojlantirish,  o‘quvchilarning
idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini  loyihalashtirish”,  “o‘zib  ketish”  darajasidagi  o‘quv  mashg‘ulotlarini
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra
bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
5.O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida
quyidagi  to‘rtta  bosqich  ko‘zga  tashlanadi:  tashxislash,  bashoratlash,
loyihalashtirish  va  rejalashtirish.  Algoritmni  amalga  oshirish  aniq  sharoitlarni
tashxislash  bilan  boshlanadi.  Tashxis  didaktik  jarayon  kechadigan  barcha
sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari  va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish  va  qobiliyatlari,  bilimdonlik  darajasi,  o‘quv  materialining  xususiyati,
uning  amaliy  ahamiyati,  dars  tuzilishi,  yangi  axborotni  o‘zlashtirish,
mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil
Logotip
foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi. Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat. Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi. 5.O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to‘rtta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil