TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. TA’LIMNI TASHXISLASH (Ta’limni tashkil etish shakllari. Individual; individual - guruhli; sinf-dars; ma’ruza - seminarli; sinfdan tashqari; auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
75,0 KB
Ilmiybaza.uz
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. TA’LIMNI
TASHXISLASH
REJA:
3.1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va
shakllarining tavsifi.
3.2. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma - xil turlari.
Innavatsion, masofaviy ta’lim.
3.3. Ta’limni tashkil etish shakllari. Individual; individual - guruhli; sinf-dars;
ma’ruza - seminarli; sinfdan tashqari; auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan
tashqari.
3.4. Sharq allomalarining ta’lim va tarbiyaga oid qarashlari.
3.5. Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yilgan talablar.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so’zlar: tashkil etish, shakl, ta’limni tashkil etish shakli, ta’limni
tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta’limni tashkil etishning yordamchi
shakllari, tashxis, tashxis etish, nazorat, hisobga olish, tekshirish, baholash, baho,
ta’lim sifati, monitoring.
3.1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va
shakllarining tavsifi.
Ta'lim turlari (yunoncha «species» alohida, o'ziga xos xususiyatga ega) o'quv
jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
—arxaik (ibtidoiy);
—qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
—avestiy (Baqtriya, Sug'diyona, Xorazmda — eramizdan av. VII— VI asrlar);
—yunon (Ellin, rim-yunon, rim — eramizdan av. V—I asrlar);
—o'rta asr (dogmatik, sxolastik V—XVI asrlar);
—yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko'rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali
o'qitish muammoli-dasturlashtirilgan, komputerlashtirilgan innovatsion);
—xorijiy
(tushuntirish,
tushuntirish-ko'rgazmali,
dasturlashtirilgan,
muammoli-dasturlashtirilgan, komputerli o'qitish, masofali, Internet yordamida
o'qitish va shu kabilar).
Avesto g'oyalariga ko'ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi
VII—VI asrlarda, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini yuzaga kela
boshlaganda tashkil topdi. «Avesto» zardushtiylik muqaddas manbayi bo’lib, u o'z
davrining ensiklopediyasi hisoblagan. «Avesto» g'oyalariga binoan bolalar va
yoshlarni o'qitish hamda tarbiyalash quyidagilardan iboratdir:
1) diniy va ma'naviy tarbiyalash;
2) jismoniy tarbiya;
3) o'qish va yozishga o'rgatish.
Ilmiybaza.uz
Yoshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muhit, tabiatga muhabbat hissini
uyg'otish muhim yo'nalish hisoblangan. «Avesto»da barkamol shaxs obrazi haqida
aniq tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o'qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan
avvalgi 469—399 er. avv. yillar) va uning o'quvchilari tomonidan keng qo'llagan
yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod suqrotcha suhbat
metodi nomini olgan. O'qituvchi (faylasuf) o'quvchida qiziqish, bilishga intilishni
uyg'otadigan savoldan foydalanadi, mulohaza yuritish asosida o'quvchini voqea-
hodisalarning mohiyatini idrok etishga undaydi. O'qituvchining mulohazasi
ko'pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to'ldirilib turiladi. Suqrotcha
suhbatlar bir yoki bir necha o'quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o'qitish — jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib,
o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda, G'arbiy Yevropada, dogmatik
o'qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin
tutgan. Musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega
bo'lgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin
deb hisoblangan. «Haqiqiy g'oyalar» (Abu Ali ibn Sino. «Donishnoma» «Bilimlar
kitobi»), haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishga ikki to'siq xalaqit qiladi: so'zlarining aniq
va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika alohida
o'rin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani o'qitish va tarbiyalashda u
tomonidan Qur'onning arab tilida yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti
hisoblangan. Bundan tashqari XV—XVII asrlarda, bir qator maktablarda fors tili ham
o'rgatilgan. Asosiy ta'limni bolalar maktablar - boshlang'ich maktabda olganlar
(muqaddas kitobni o'qish va talqin qilish mashg'ulotlari, o'qish, yozish va hisobga
o'rganganlar). Dogmatik o'qitishda o'quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash,
o'qish, yod olish, eslab qolish va matnni so'zma-so'z takrorlashdan iborat bo'lgan.
Oliy ta'lim madrasalarda berilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o'quv
maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va G'ijduvondagi madrasalarni
kiritish mumkin. Bu ma'rifiy markazlarning rivojlanishi XV-XVII asrlarga to'g'ri
kelgan. Madrasalarda, o'qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda
Ilmiybaza.uz
arab tilini ham o'rganganlar. O'quv rejasiga grammatika, Qur'on, Hadis, ritorika,
logika, metafizika, geologiya, adabivot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O'qitish
asosan og'zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o'quv adabiyotlari
asta-sekin ancha ko'p qirrali, turli-tuman bo'lib boradi. Maktab ta'limi erkaklar
uchun mo'ljallangan. Ammo har bir badavlat oila qiz bolani o'qitish uchun uyga
o'qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o'qitish o'rniga asta-sekin o'quv jarayonida ko'rgazmalilikni keng
jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta'lim shakllari
qo'llanila boshlandi.
Bugungi kunda o'rta asrda keng qo'llanilgan ta'lim turlari -dogmatik va
sxolastik o'qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim nomidan mohiyati anglanib turibdi.
Ko'rgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab qolish
sanaladi.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta'lim turi vaqtni tejash, o'qituvchi va
o'quvchilarning kuchlarini asrash, qiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta'lim
jarayonini ancha samarali boshqarishni ta'minlaydi. Biroq muayyan kamchilikka
ham ega, ya'ni, «tayyor» bilimlarni berish va o'quvchilarni bilimlarni o'zlashtirishda
mustaqil
hamda
mahsuldor
fikrlashdan
ozod
etish,
o'quv
jarayonini
individuallashtirish, differensatsiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli o'qitishda o'quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni
mustaqil egallash, o'quvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini
rivojlantirish yo'li bilan ta'lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi
bilan ajralib turadi, chunki o'quvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir
necha bosqichlardan iborat bo'ladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga
oshirilishi kerak.
Bunday o'qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi.
Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida qiyinchilik his etiladi. O'quv muammosi bir
qadar qiyin, lekin o'quvchilarning kuchi yetadigan bo'lishi kerak. Muammoni ilgari
surish bilan birinchi bosqich yakunlanadi. Muammoni hal etishning keyingi
Ilmiybaza.uz
bosqichida o'quvchilar savol bo'yicha mavjud muammoni ko'rib chiqadilar, tahlil
qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar va
yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni
yechish uchun zarur bo'lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan. U
xayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi («Men nima qilishni bilaman!»).
Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki
gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va
umumlashtirish bosqichlari keladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o'quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat
bo'lishi mumkin. Muammoli savolda izlash va javoblar turli variantlari ko'zda
tutiladi, ya'ni, oldindan tayyor javob bu yerda mumkin emas. Muammoli savolga
misol: «Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda cho'kadi, temirdan yasalgan
kema esa cho'kmaydi?».
Muammoli masala uni yechish yo'llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga
keltiruvchi o'quv-o'rganish topshirig'idir. Muammoli masala asosini mavjud
bilimlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol:
«2Q5*3q21 tengligi to'g'ri bo'lishi uchun qanday amallarni bajarish kerak?».
O'qish jarayonida muammoli vaziyat subyekt (o'quvchi) o'zi uchun qiyin
bo'lgan masalani yechishni istashi, lekin unga ma'lumotlar yetishmasligi va u o'zi
ularni izlashi zarurligini ko'zda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: «6 ta gugurt
qutisidan tomonlari bir gugurt qutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli
uchburchaklar yasang».
Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish
asosida bilimlarni mustaqil egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, mahsuldor
fikrlashini rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari
o'quvchilar idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va
hal etish uchun ko'p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil
yechish imkoniyatini har bir o'quvchiga taqdim etishning qiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan o'qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-
ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib
Ilmiybaza.uz
keluvchi «dastur» terminidan kelib chiqadi. Ushbu turning asosiy maqsadi o'quv
jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunday o'qitish asosini kibernetik
yondashish tashkil etadi. Unga binoan o'qitish murakkab dinamik tizim sifatida
qaraladi.
Kompyuterli ta'lim. O'qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi
— shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (ShEHM) rivojlanishi komputerli
(komputerlashtirilgan) ta'limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta'lim
dasturlari bilan ta'minlangan komputerlarni deyarli barcha didaktik masalalar:
axborotni berish, o'qitish jaravonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib
borish, mashqlarni bajarish, o'quv jaravoni rivojlanishi haqida ma'lumotlarni
to'plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda komputerlardan ta'limda foydalanishning keng
rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo'nalishlarni aniqlashga imkon berdi:
—alohida o'quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya
va boshqalar) bo'yicha o'zlashtirish darajasini oshirishni ta'minlash;
- umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari — qo'yilgan masalani hal etish,
mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to'plash, analiz,
sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko'nikmani shakllantirishga imkon beruvchi
jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish.
Bundan tashqari komputerlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o'tkazish,
baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu o'qituvchi vaqtini tejashga imkon
beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va komputerli ta'limlar o'qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi.
Algoritm to'g'ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim,
ko'nikma va malakalarni to'la o'zlashtirish uchun zarur bo’lgan o'quv faoliyati
tartibi va ketma-ketligini o'quvchiga ko'rsatadi. O'quv dasturlari va komputerli
ta'limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga
bog'liq.
Ilmiybaza.uz
3.2. Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma - xil turlari.
Innavatsion, masofaviy ta’lim.
Ta’limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan
tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-
bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z
ta’sirini o’tkazadi
Dunyoda shunday ta'lim tizimi yuzaga kelganki, uni ko'pchilik «qo'llab
turuvchi, ta'minlovchi, yordamchi o'qitish» deb ataydilar. U odamni kundalik
muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan bo'lib, shaxsning faoliyati va
hayot tarzini qo’llab turish uchun mo'ljallangan.
Ayni vaqtda «innovatsion» (yangilik kiritish) ta'limni tashkil etishga alohida
ahamiyat berilmoqda. Mazkur ta'limning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud:
1) bu oldindan ko'ra bilish, ya'ni, o'quvchini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida
o'qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo'ljallashga o'rgatishdan iborat bo'lib,
o'quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, ko'zlash, modellashtirish
va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur.
2) o'quvchining hamkorlikda ta'lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish
(lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga
olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta'minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia — masofa) —
masofadan turib o'qitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy o'qitish — ta'lim
texnologiyasi bo'lib, unga ko'ra o'quvchi qayerda va qanday holatda bo'lishidan
qat'iy nazar muayyan ta'lim muassasasi ta'lim dasturini o'rganish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari:
darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o'rganilayotgan materialni computer
telekommunikatsiyalari orqali uzatish, videotasmalar, munozaralar va seminarlar
o'tkazish, regional va milliy televideniye hamda radio orqali o'quv dasturlarini
namoyish etish, kabelli televideniye va ovozli pochta, ikki tomonlamali
Ilmiybaza.uz
videokonferensiyalar,
telefon
orqali
qayta
aloqa
bilan
bir
tomonlama
videotranslyatsiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali o'qitish
o'qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan,
jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o'qish imkonini yaratadi, o'quv fanlari
erkin tanlanadi, fan, ta'lim va madaniyat mashhur namoyondalari bilan munosabatlar
imkonini beradi. O'quvchi va o'qituvchilarning faol o'zaro munosabatlari, mustaqil
ishlashni faollashtirish va o'quvchilarning mustaqil bilim olish ehtiyojlarini
qoniqtirishga xizmat qiladi.
Ta’limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan
tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-
bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z
ta’sirini o’tkazadi.
3.3. Ta’limni tashkil etish shakllari. Individual; individual - guruhli; sinf-
dars; ma’ruza - seminarli; sinfdan tashqari; auditoriyadan tashqari, maktab
va maktabdan tashqari.
Ta’limni tashkil etishning shakllari. Ta’limni tashkil etish shakli – bu
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq
ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z
ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: in-dividual,
individual-guruhli,
sinf-dars,
leksiya-seminar
va
sinfdan
tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi,
o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari,
mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi
belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars;
ma’ruza-seminar.
Ilmiybaza.uz
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning
individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik
davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII
asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Аfzаlliklаri
Kаmchiliklаri
1) o’quv fаоliyati mаzmuni,
mеtоdi
vа
sur’аtini
to’lа
individuаlаshtirish imkоniyatining
mаvjudligi;
2) аniq bir mаsаlаni hаl etishdа
tа’lim оluvchining hаr bir hаrаkаti
vа оpеrаtsiyalаrini kuzаtib bоrishgа
imkоn bеrishi.
1) vаqtning tеjаmli emаsligi;
2) o’qituvchi tа’sirining chеklаngаnligi
(o’qituvchining
vаzifаsi
o’quvchigа
tоpshiriq
bеrish
vа
uni
bаjаrilishini
tеkshirishdаn ibоrаt);
3)
bоshqа
o’quvchilаr
bilаn
hаmkоrlikdа
ishlаsh
imkоniyati
chеklаngаnligi (bu hоlаt ijtimоiylаshuv
jаrаyonigа sаlbiy tа’sir ko’rsаtаdi);
4)
jаmоаdа
ishlаsh
tаjribаsining
shаkllаnmаsligi.
XVI asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning
o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy Rossiya
(hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk
bor qo’llanilgan va u sinf-dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII
asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jhatdan
asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni,
dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham
keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
Аfzаlliklаri
Kаmchiliklаri
Ilmiybaza.uz
1)
yaхlit
o’quv-tаrbiyaviy
jаrаyonning tаrtibli kеtishini tа’minlоvchi
аniq tаshkiliy tizim;
2)
jаrаyonlаrning
оddiy
bоshqаrilishi: muаmmоning jаmоа bo’lib
muhоkаmа qilinishi, mаsаlаning еchimini
birgаlikdа
izlаsh
jаrаyonidа
bоlаlаr
o’rtаsidа
o’zаrо
munоsаbаtlаrning
shаkllаnish imkоniyati;
3) o’qituvchining o’quvchilаr vа
ulаrning tаrbiyasigа dоimiy emоtsiоnаl
tа’sir ko’rsаtishi;
4) tа’limning emоtsiоnаlligi (zеrо,
o’qituvchi bir vаqtning o’zidа o’quvchi-
lаrning kаttа guruhi bilаn ish оlib bоrаdi),
o’quv
fаоliyatigа
musоbаqаlаshish
elеmеntlаrini kiritish uchun shаrоitning
yarаti-lishi;
5)
bilimsizlikdаn
bilimlаrni
o’zlаshtirish
sаri
hаrаkаtlаrning
muntаzаmligi vа kеtmа-kеtligi.
1)
tizimning
аsоsаn
bilimlаrni
o’rtаchа
dаrаjаdа
o’zlаshtiruvchi
o’quvchilаr uchun mo’ljаllаngаnligi;
2) bo’sh o’zlаshtiruvchi o’quvchilаr
uchun qiyinchiliklаrning yuzаgа kеlishi
vа kuchli o’zlаshtiruvchi o’quvchilаr
qоbiliyatlаrining rivоjlаnish sur’аtining
оrtgа surilishi;
3)
o’qituvchi
uchun
o’qitish
mаzmuni vа o’qitish sur’аtlаri hаmdа
mеtоdlаri bo’yichа individuаl ishlаrni
tаshkil etish, shuningdеk, o’quvchilаrning
individuаl хususiyatlаrini hisоbgа оlishdа
qiyinchilikning yuzаgа kеlishi;
4) kаttа vа kichik yoshli o’quvchilаr
o’rtаsidаgi
munоsаbаtlаrning
qаrоr
tоpmаsligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan
o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga
keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol,
mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining
samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati)
o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning
Ilmiybaza.uz
individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-
reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki
ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar
tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta
o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim
sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi
o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo’llaniladi.
Dars – ta’lim tashkil etishning asosiy shakli. Dаrs bеvоsitа o’qituvchi
rаhbаrligidа аniq bеlgilаngаn vаqt dаvоmidа muаyyan o’quvchilаr guruhi bilаn оlib
bоrilаdigаn tа’lim jаrаyonining аsоsiy shаkli sаnаlаdi. Dаrsdа hаr bir o’quvchi
хususiyatlаrini hisоbgа оlish, bаrchа o’quvchilаrning mаshg’ulоt jаrаyonidа
o’rgаnilаyotgаn fаn аsоslаrini egаllаb оlishlаri, ulаrning idrоk etish qоbiliyatlаri vа
mа’nаviy-ахlоqiy sifаtlаrini tаrbiyalаsh hаmdа rivоjlаntirish uchun qulаy shаrоitlаr
yarаtilаdi.
Dаrs tа’limning bоshqа shаkllаridаn fаrq qiluvchi o’zigа хоs bеlgilаrgа egа,
chunоnchi: o’quvchilаrning dоimiy guruhi, o’quvchilаr fаоliyatigа ulаrning hаr biri
хususiyatlаrini hisоbgа оlish bilаn rаhbаrlik qilish, o’rgаnilаyotgаn fаn аsоslаrini
bеvоsitа dаrsdа egаllаb оlish (bu bеlgilаri dаrsning fаqаt mаzmunini emаs, bаlki o’z
хususiyatini hаm аks ettirаdi).
Dаrsning turlаri vа tuzilishi. Dаrsning quyidаgi turlаri mаvjud:
Аrаlаsh (kоmbinаtsiоn dаrs).
Yangi bilimlаrni bаyon qilish dаrsi.
O’rgаnilgаnlаrini tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrsi.
O’quvchilаrning bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsi.
Lаbоrаtоriya dаrslаri.
Аmаliy dаrslаr.
Аrаlаsh dаrsning tuzilishi:
Ilmiybaza.uz
а) tаshkiliy qism;
b) o’tilgаn mаvzuni tаkrоrlаsh (uy vаzifаsini tеkshirish);
v) yangi mаvzuni bаyon qilish;
g) o’rgаnilgаn mаtеriаlni mustаhkаmlаsh;
d) o’quvchilаrni bаhоlаsh;
е) uy vаzifаsini bеrish.
Yangi bilimlаrni bаyon qilish dаrsining tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) yangi mаvzuni bаyon qilish;
v) o’rgаnilgаn mаtеriаlni mustаhkаmlаsh;
d) uy vаzifаsini bеrish.
O’rgаnilgаnlаrni tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrsining tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) o’rgаnilgаn mаvzulаrgа dоir sаvоl-jаvоb o’tkаzish;
v) o’rgаnilgаn mаvzulаrgа dоir аmаliy tоpshiriqlаrni bаjаrish;
g) o’quvchilаrni bаhоlаsh.
O’quvchilаrning bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsining
tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;b) o’rgаnilgаnlаrni umumiy tаrzdа tаkrоrlаsh (yodgа
tushirish);
v) nаzоrаt ishini o’tkаzish;
g) uy vаzifаsi (o’rgаnilgаnlаrni qаytа tаkrоrlаsh mаqsаdidа).
Lаbоrаtоriya dаrslаrining tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
b) nаzаriy mаtеriаllаrni mustаhkаmlаsh;
v) lаbоrаtоriya ishini o’tkаzish;
g) o’quvchilаrni bаhоlаsh;
d) uy vаzifаsi.
Аmаliy dаrslаrning tuzilishi:
а) tаshkiliy qism;
Ilmiybaza.uz
b) nаzаriy mаtеriаllаrni mustаhkаmlаsh;
v) аmаliy ish tоpshiriqlаrini bаjаrish;
g) o’quvchilаrni bаhоlаsh;
d) uy vаzifаsi.
Darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar. Darsning
maqsadi
va
vazifalari.
Darsning
ta’limiy,
tarbiyaviy
va
shaxsni
rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
Darsga qo’yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga
erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq
ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish,
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan
birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish,
ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish,
o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal
qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan
manfaatdor bo’lishdan iborat.
Ilmiybaza.uz
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy
tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok
etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil
etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra
bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
O’qituvchining dаrsgа tаyyorgаrligi. O’qituvchining dаrsgа tаyyorgаrligidа
quyidаgi
to’rttа
bоsqich
ko’zgа
tаshlаnаdi:
tаshхislаsh,
bаshоrаtlаsh,
lоyihаlаshtirish vа rеjаlаshtirish. Аlgоritmni аmаlgа оshirish аniq shаrоitlаrni
tаshхislаsh bilаn bоshlаnаdi. Tаshхis didаktik jаrаyon kеchаdigаn bаrchа
shаrоitlаrni оydinlаshtirish, uning nаtijаlаrini bеlgilаshdir. Undа o’quvchilаrning
imkоniyatlаri, ulаrning fаоliyatlаri vа хulqlаri, mоtivlаri, tаlаb vа lаyoqаtlаri,
qiziqish vа qоbiliyatlаri, bilimdоnlik dаrаjаsi, o’quv mаtеriаlining хususiyati, uning
аmаliy аhаmiyati, dаrs tuzilishi, yangi ахbоrоtni o’zlаshtirish, mustаhkаmlаsh vа
tizimlаshtirish, bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish hаmdа tuzаtish kаbi
hоlаtlаr nаmоyon bo’lаdi. Bаshоrаtlаsh bo’lаjаk dаrsni tаshkil etilishining turli
vаriаnlаrini bаhоlаsh vа ulаrdаn qаbul qilingаn mеzоnlаrgа muvоfiq eng mа’qulini
tаnlаb оlish. Lоyihаlаshtirish vа rеjаlаshtirish o’quvchilаrning o’quv fаоliyatini
bоshqаrish dаsturini yarаtish bo’lib, u dаrsgа tаyyorlаnishning yakuniy bоsqichi
hisоblаnаdi. Lоyihа (bоshqаrish dаsturi) qisqа vа аniq, erkin tuzilgаn, pеdаgоg o’zi
uchun bоshqаrish jаrаyoni muhim vаziyatlаri (kimdаn vа qаchоn so’rаsh, qаyеrdа
mаvzuni kiritish, mаshg’ulоt kеyingi bоsqichigа qаndаy o’tish, оldindаn ko’zdа
tutilmаgаn qiyinchiliklаr yuzаgа kеlgаnidа jаrаyonni qаysi sхеmа bo’yichа qаytа
o’zgаrtirish)ni bеlgilаb оlishgа imkоn bеruvchi hujjаtdir.
Tа’limni tashkil etishning yordаmchi shаkllаri. Tа’limning yordаmchi
shаkllаri: to’gаrаk, kоnfеrеntsiya, mаslаhаt (kоnsultаtsiya), fаkultаtiv mаshg’ulоt,
o’quv ekskursiyalаri, o’quvchilаrning mustаqil uy ishlаri vа bоshqаlаr sаnаlаdi.
Ilmiybaza.uz
Mаktаbdаn tаshqаri mаshg’ulоtlаrning аsоsiy vа bаrqаrоr turlаrigа o’qish
jаrаyonining tаrkibiy qismi sifаtidа qаrаlаdigаn, o’quvchilаrning mustаqil uy
ishlаri kirаdi. Uning аsоsiy mаqsаdi – dаrsdа o’zlаshtirilgаn bilim, ko’nikmа vа
mаlаkаlаrini kеngаytirish, chuqurlаshtirish, ulаrni esdаn chiqаrishning оldini оlish,
o’quvchilаrning individuаl lаyoqаti, istе’dоd vа qоbiliyatini rivоjlаntirishdаn ibоrаt.
Fаn to’gаrаklаri yo’nаlishi, mаzmuni, ish mеtоdi, o’qish vаqti vа bоshqа
jihаtlаri bilаn аjrаlib turаdi. Ulаr o’quvchilаrning qiziqish vа qоbiliyatlаrini
rivоjlаntirish, o’qishgа ijоbiy munоsаbаtni shаkllаntirishgа yordаm bеrаdi..
Tа’limning yordаmchi shаkllаrigа ekskursiyalаr hаm kirаdi. Ulаr оmmаviy,
guruhli vа kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalаri аlоhidа fаnlаr
hаmdа bir qаnchа fаnlаr bo’yichа hаm rеjаlаshtirilаdi. Ekskursiyani muvаffаqiyatli
o’tkаzish uchun o’qituvchi ungа puхtа tаyyorlаnishi: оb’еkt vа mаshrut bilаn
оldindаn tаnishib chiqishi, to’lа rеjаni ishlаb chiqishi, o’quvchilаrni bo’lаjаk
tоpshiriqlаrni bаjаrishgа jаlb etа оlishi kеrаk.
O’quv rеjаsi turli fаkultаtiv vа tаnlоv bo’yichа kurslаrni tаshkil etishni
ko’zdа tutаdi. Ulаr o’quvchilаr, ulаrning оtа-оnаlаri istаk vа qiziqishlаrini hisоbgа
оlish bilаn bоg’liqlikdа ishlаb chiqilаdi. Fаkultаtiv vа tаnlоv fаnlаri ro’yхаtini
аniqlаshdа fаqаt o’quvchilаr istаklаri emаs, bаlki ijtimоiy tаlаblаr vа mаktаb
imkоniyatidаn kеlib chiqilаdi. Fаkultаtiv vа tаnlоvi bo’yichа mаshg’ulоtlаr
mаjburiy vа umumiy o’rtа tа’lim fаnlаri bilаn uzviy bоg’liqlikdа o’tkаzilishi kеrаk.
Mаslаhаt
(kоnsultаtsiya
-
o’quv
suhbаti)gа
tаlаblаr
ko’pinchа
o’quvchilаrning mа’lum o’quv mаtеriаli yoki tоpshirig’i ustidа mustаqil ishlаshi
sаbаbli yuzаgа kеlаdi. Bundа ko’prоq o’quvchi sаvоl bеrаdi. To’g’ri tаshkil etilgаn
kоnsultаtsiya o’quvchilаrgа o’quv mаtеriаlini egаllаshdа qiyinchiliklаrni еngishgа
yordаm bеrаdi. Kоnsultаtsiya dаvоmidа o’qituvchi o’quvchilаr fаоliyatini u yoki bu
mаsаlаni to’g’ri tushunishgа mustаqil kеlаdigаn, ulаr uchun qiyin tоpshiriqni
tushunib оlаdigаn qilib, o’rgаnilаyotgаn mаtеriаlni mоhiyatini оchishgа
o’rgаnаdigаn
qilib
yo’nаltirаdi.
Kоnsultаtsiya
o’qituvchigа
o’quvchilаr
bilimlаridаgi kаmchiliklаrni аniqlаsh, аlоhidа e’tibоr bеrishni tаlаb etuvchi
vаziyatlаrgа ulаrning diqqаtini jаlb etishgа imkоn bеrаdi. To’g’ri tаshkil etilgаn
Ilmiybaza.uz
kоnsultаtsiya o’quvchilаrdа o’zini nаzоrаt qilish, bilimlаrgа tаnqidiy ko’z bilаn
qаrаshni tаrbiyalаydi. O’qimishlilik dаrаjаsini to’g’ri аniqlаshgа yordаm bеrаdi.
3.4. Sharq allomalarining ta’lim va tarbiyaga oid
qarashlari.
Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.
Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-
muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Yer satxini o’lchash»,
«Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini
belgilash» va
boshqalar
Al-Khwarizmi and his colleagues the Banu Musa were scholars at the
House of Wisdom in Baghdad. Their tasks there involved the translation of
Greek scientific manuscripts and they also studied, and wrote on, algebra,
geometry and astronomy. Certainly al-Khwarizmi worked under the patronage
of Al-Mamun and he dedicated two of his texts to the Caliph. These were his
treatise on algebra and his treatise on astronomy. The algebra treatise Hisab
al-jabr w'al- muqabala was the most famous and important of all of al-
Khwarizmi's works. It is the title of this text that gives us the word "algebra"
and, in a sense that we shall investigate more fully below, it is the first book to
be written on algebra.
Al-Xorazmiy va uning hamkasbi Banu Muso Bag'dodda Baytul
xikmadaolimlar bo’lganlar. Ularmavjud yunon ilmiy qo'lyozmalarini
tarjima qilidilar,ularni o'rgandilar va algebra, geometriya, astronomiya oid
asarlar yozdilar. Albatta, al-Xorazmiy Al-Ma'mun rahnamoligida ishlagan
va xalifaga bag'ishlab ikki asar yozgan. Bu uning algebra haqidagi va
astronomiya haqidagi risolalalari edi. al-Xorazmiy asarlari ichida eng
mashhur va muxim ahamiyatga ega bolgani “Aljabr val- muqobala hisobi
haqida qisqacha kitob”edi. Shu asar “algebra” tushunchasini yoritilgan eng
birinchi kitob edi.
Ilmiybaza.uz
Didaktik qarashlari:
О Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U
birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov
metodlariga asos soldi.
О U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik
shakllarda ifodaladi.
О Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari»
nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
О Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy
ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning
asarlaridagi pedagogik fikrlari ilmiy-pedagogik qarashlari.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt-
saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari
haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarkhan ibn Awzalagh al-
Farabi was born in approximately ah 257/ad 870.
Al-Farabi became an expert in philosophy and logic, and also in music:
one of his works is entitled Kitab al-musiqa al-kabir (The Great Book of
Music). However, perhaps the book for which he is best known is that whose
title is abbreviated to al-Madina al-fadila (The Virtuous City), and which is
often compared, misleadingly in view of its Neoplatonic orientation, to Plato's
Republic. Other major titles from al-Farabi's voluminous corpus included the
Risala fi'l-'aql (Epistle on the Intellect), Kitab al-huruf (The Book of Letters)
and Kitab ihsa' al-'ulum (The Book of the Enumeration of the Sciences).1
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarhan ibn Aalagh al-Forobiy
tahminan hijriy 257(milodiy 870 yilda) tug’ilgan. U haqli ravishda hamma
zamonlarda ham islom olamining buyuk faylasuflaridan biri sifatida tan
olinadi.Al Forobiy falsafa, mantiq sohalarida izlanishlar olb borgan, shu bilan
Ilmiybaza.uz
birga musiqa nazariyasiga oid Kitab al-musiqa al-kabir (Buyuk musiqa
kitobi)ni yozgan. Biroq uning eng mashhur asari “Madina al-fadila” (Fozil
odamlar shahri)ni gayriplaton yo’nalishi vakillari tomonidan Platon
davlatchiligi bilan taqqoslaganlar. Farobiyning ko’p tomli asarlari “Baxt –
saodatga erishuv tugrisida”, “Ixso - al - ulum”, “Ilmlarning kelib chikishi”,
“Ak;lma’nolari tyFrisida”asarlarni o’z ichiga olgan.
Pedagogik qarashlari:
О Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir:
Ta’lim - so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya - esa amaliyot,
ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
О Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh,
ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
О Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining
ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va
hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini
ayamasin.
О 4. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba
orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi.
Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib
chiqadi.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari:
«Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik qarashlari:
О Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning
ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi
ikki turga bo’ladi.
О Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’
o’ynaydi: l.Irsiyat.2. Muhit. 3.Tarbiya.
О Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari
Ilmiybaza.uz
xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga bilim berishda:
-o’quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
-uzviylik, izchillik;
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga
e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning tarbiya ta’lim haqida. Asarlari: «Tadbir al-
Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-
konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va
boshqalar.
____________________________________________________________
Ibn Sino dunyoga Lotincha talqin etilgan Avitcenna nomi bilan ma'lum. U
haqida bugungi kunda turli ma’lumotlar mavjud. Ibn Sinoning hayoti haqidagi
ma’lumotlarni uning talabalari tomonidan yozilgan manbalar tufayli to’liqroq
ma’lumot olish imkoniyatiga egamiz.
Ibn Sina's two most important works are The Book of Healing and The
Canon of Medicine. The first is a scientific encyclopaedia covering logic,
natural sciences, psychology, geometry, astronomy, arithmetic and music. The
second is the most famous single book in the history of medicine. These works
were begun while he was in Hamadan.
Ibn Sina's wrote about 450 works, of which around 240 have survived. Of
the surviving works, 150 are on philosophy while 40 are devoted to medicine,
the two fields in which he contributed most. He also wrote on psychology,
geology, mathematics, astronomy, and logic. His most important work as far
as mathematics is concerned, however, is his immense encyclopaedic work, the
Kitab al-Shifa' (The Book of Healing). One of the four parts of this work is
devoted to mathematics and ibn Sina includes astronomy and music as
branches of mathematics within the encyclopaedia. In fact he divided
mathematics into four branches, geometry, astronomy, arithmetic, and music,
and he then subdivided each of these topics. Geometry he subdivided into
Ilmiybaza.uz
geodesy, statics, kinematics, hydrostatics, and optics; astronomy he subdivided
into astronomical and geographical tables, and the calendar; arithmetic he
subdivided into algebra, and Indian addition and subtraction; music he
subdivided into musical instruments.2
Ibn Sinoning ikki eng muhim ishlari “Kitobush shifo” va “Tib
qonunlari”hisoblanadi. “Kitobush shifo”da mantiq, tabiiy fanlar, psixologiya,
geometriya, astronomiya, arifmetika va musiqa fanlari qamrab olingan ilmiy
ensiklopediyadir. “Tib qonunlari” tibbiyot tarixidagi eng mashhurligi bilan
yagona kitob hisoblanadi. U bu o’z asarlarini Hamadondayasahagan yillarida
yoza boshlagandi.
Ibn Sino 450 ga yaqin asarlar yozgan ulardan 240 tasi bizgacha yetib
kelgan. Ulardan 40 tasi tibbiyotgabag'ishlangan, 150 tasifalsafiy asarlar, Ibn
Sino mazkur asarlari bilan ilmiy rivojlanishga katta hissa qo’shgan. U,
shuningdek, psixologiya, geologiya, matematika, astronomiya, mantiq
fanlariga oid asarlar yozdi. Uning eng muhim ish sifatida matematika bilan
bog'liq bo'lib, shu bilan birga, uning ulkan qomusiy ishi, “Kitab al-
Shifo”(shifolash
Kitob)dir.
Bu
asarningchorak
qismi
matematikaga
bag'ishlangan va ibn Sino qomusiy asarida astronomiya va musiqa haqida
ma’lumotlarni o'z ichiga oladi. Aslida u matematikani geometriya,
astronomiya, arifmetik va musiqa ichiga olgan to’rt qkismga bo'ladi.
Geometriyani u geodeziya, statika, kinematika, gidrostatika va optika kabi
qismlarga ajratadi; astronomiyani u astronomik va geografik jadvallar va
taqvimlarga bo'ladi; U algebrani arifmetik va Hindcha qo'shish va ayirishga;
musiqani u musiqa asboblari turlariga bo'ladi.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:
О Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor.
Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
О U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa
2 http://www-groups.dcs.st-and.ac.uk/~history/Biographies/Avicenna.
Ilmiybaza.uz
tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy
guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi
guruxga
fizika, matematika, metafizika
dunyo
qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish
zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini
ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik;
2) ta’limda engildan qiyinga 123ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan
mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda
o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va
qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib
boorish.
3.5. Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yilgan talablar.
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish,
uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali
boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha
jihatlarni uning mahsuli bilan bog’liq holda, o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil
qilishdan iborat.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va
hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish,
dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
Ilmiybaza.uz
uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab
borishi lozim.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o’quv materialini o’zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o’quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko’rsatilgan mantiqiy
ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo’g’in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan
avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim
(kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli bo’ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo’g’ini har bir mavzuni o’zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashxislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o’rgatishdir. Bunday
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni,
murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari,
muayyan pedagogik sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bo’g’ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo’lishi mumkin. YAngi mavzuni
o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash,
o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Ilmiybaza.uz
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o’zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo’llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to’rtinchi bo’g’ini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini
yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan
o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni
o’zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo’g’in ta’lim oluvchilarning, ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va
bahoni (natija sifatida) ham oladi.
O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu
kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar
baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun
nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat,
ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip,
o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son
jihatdan o‘lchamiga aytiladi.