TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI ( Boshlang’ich ta’limda darsning turlari va tuzilishi, O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo’shimcha ta’limning asosiy maqsadi va vazifalari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
32,9 KB
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI
1. Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari.
2. Boshlang’ich ta’limda darsning turlari va tuzilishi.
3. Boshlang’ich ta’limda ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
4. Darslarni tashkil etishga nisbatan qo’yiladigan didaktik talablar.
5. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo’shimcha ta’limning
asosiy maqsadi va vazifalari.
Didaktik tizim. Ta’lim turlari. An’anaviy, muammoli, dasturlashtirilgan
ta’lim turlari. Kompyuter yordamida o`qitish. Ta’limni tashkil etish shakllari xaqida
tushuncha. Ta’limni tashkil yetishning an’anaviy shakli. Dars – o`qitishning asosiy
tashkiliy shakli. Darsga qo`yiladigan talablar. Dars turlari va tuzilishi. Xozirgi kunda
darslarni modernizatsiyalash yo`llari. Darsda o`quvchilar o`quv faoliyatini
uyg`unlashtirish. O`qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti.
Darsning texnologik xaritasi.Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari: uy vazifasi, fan
to`garaklari, o`quv sayohati, amaliyot va boshqalar. Ta’limni tashkil etishning
noan’anaviy shakllari.Ta’lim metodlari tushunchasi. An’anaviy o`qitish metodlari
klassifikatsiyasi. Ta’limda innovatsion metodlar. Interaktiv dars shakllari, metodlari
va vositalari.Ta’lim metodlarini tanlashga qo`yiladigan talablar.Ta’limning
zamonaviy vositalari. Ta’lim ko`rgazmali va texnik vositalar. Texnik vositalarga
qo`yiladigan didaktik talablar. Ta’lim vositalarining funksiyalari.Ta’limni tashxis
etish. O`zlashtirishni nazorat qilish prinsiplari. O`zlashtirishni tekshirish
bosqichlari. Pedagogik jarayonda bilimlarni nazorat qilish funksiyalari va shakllari.
O`quvchilar bilimini nazorat qilish turlari va metodlari.O`quvchilar o`zlashtirishi va
bilim sifatini baholashning reyting tizimi. Pedagogik testlar. Bilimlarni test usulida
baholashning o`ziga xos xususiyatlari.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning
ayrimlarini keltiramiz:
SHuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro
hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi
faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha
amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va
o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy
etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni
aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari
surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan
turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim
metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar
majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida
ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning
o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim
metodi
tuzilmasi
chizmada
quyidagicha
namoyon
bo’ladi
(M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra):
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib
turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars
boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va
o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim
tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm
asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini
ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol
uchun, tashhisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi
evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul»
(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida
qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga
imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib
ko’rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas,
shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish
mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
didaktik maqsad asosida;
ta’lim mazmuni asosida;
o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O’qituvchi
tomonidan
qo’llanilayotgan
ta’lim
metodlari
majmuasi
boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab
xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi
oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan
foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati
darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim
metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari
bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari
ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso’y fikrini quyidagicha davom
ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va
o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
yordam beradi. O’qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar
tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni
qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak».
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan
kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar
tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim
metodlarining
tasnifi
asosiy
didaktik
maqsadlar
bo’yicha
tizimlashtiriladi.
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo’yicha qo’llash
maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi).
O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol
qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi
sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining
o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular
e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va
tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va
savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan
javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash,
ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi.
O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash,
o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda
aks etadi.
O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat
va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va
hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni
qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini
aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon),
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy
rahbarlikni
olib
borish,
qismlarga
ajratish,
asosiylarini
aniqlash
va
umumlashtirishdan iboratdir.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda
muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini
kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir.
O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan
qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy
xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni
o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim
materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi,
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik
masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish,
dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish
jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi,
mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali
ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash,
mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat
va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda
namoyon bo’ladi.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar –
og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim
metodini to’g’ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq SHo’ro umumta’lim
maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, xatto ularni bir
necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-
tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g’ri, asoslangan
metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g’oya» mohiyat jihatidan noto’g’ri
bo’lishiga qaramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o’rin tutib
keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo’yicha ham, didaktik maqsadlar
bo’yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy
muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim
sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar
davom ettirildi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati
xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
2. Umumiy o‘rta ta’limning bir bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim 1-4-
sinflarni o‘z ichiga oladi. Milliy dasturlarimizda ta’kidlanganidek, bu bosqichda
ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
➢ o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga
tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
➢ ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy
majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va
hokazo. Mashhur rus olimi K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv predmetlari
tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet
hisoblagan. “Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi. Bola
ikki-uch yil ichida shunchalik ko‘p narsa o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil
qunt bilan metodik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana
olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir”, - deydi u. Boshlang‘ich
ta’limning 1-sinflarida bolalarga savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu
jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi: 1. alifbogacha tayyorgarlik davri. (bu davr 2
haftani qamrab oladi). 2. alifbo davri (o‘quv yilining 31-dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab,
sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga
oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni oshirishdan iboratdir. Mazkur davrning
o‘zi ham quyidagi 2 bosqichga bo'linadi: a) harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
b) unli tovush va harf о‘rganiladigan bosqich (1 hafta). Birinchi bosqichda
o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq, gap, so‘z, bo‘g‘in va tovushlar, nutqning
gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi,
bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning
unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish
ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning
bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida
hikoyalar tuzdiriladi. Maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalanib o‘zlari bilgan
she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar,
latifalardan ayttiriladi. Bundan tashqari ta’lim jarayonida yaxshi samara berishi
mumkin bo‘lgan metodlardan yana biri tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirishdir.
“Alifbe” kitobi sahifalaridagi so‘zlarning talaffuzi, ularning o‘qilishi va ma’nolari
ustida ishlash kabi mashg‘ulotlar uyushtiriladi. Bu tarzdagi ishlarning har bir darsda
mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib borilishi dars samaradorligini
oshiradi. Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv
chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda
namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash, o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining
tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ikkinchi
bosqichda esa unli tovush va harflar o‘rgatiladi. Bunda quyidagi uch xususiyatni
o‘quvchilar tomonidan amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim: 1.
talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramaslik; 2. cho‘zib aytilishini nazorat qilish; 3.
faqat ovozdan tashkil topishi. Shuningdek, bu bosqichda o‘quvchilarni tovush bilan
harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf
o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar
kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida
ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos xususiyatlar, ya’ni, tovushlarni talaffuz
qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz. Bu tushunchalar
bolalarga ularning o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila
boriladi. Alifbo davri. 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi
barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga
tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar n, m, l kabilar, keyin esa
sirg‘aluvchi va boshqa undoshlar, ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalari (ng,
sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (’) bilan tanishtiriladi. O‘quvchilarning
tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari
uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovushni ajratish,
tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish,
bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu davrda
bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi, ikki harfli ochiq (na, ni, nu kabi), ikki harfli
yopiq (in, ol kabi), uch harfli yopiq bo‘g‘inlarni (mon, lim) o‘qishga o‘rgatiladi.
Alifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘quv materialining murakkablik
darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin: 1. unli tovush-harflar, ovozdor,
sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan
bosqich. 2. artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan r, k, v, kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st,
rasm kabi tuzilishdagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich. 3. o‘rganilganlar takrorlanib,
harf birikmalari ng, sh, ch, ikki tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo'ja,
jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so‘zlarni o‘qishga
o‘rgatiladigan bosqich. Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni
taqqoslashga, ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi holatini aniqlashga oid mashqlar
o‘tkaziladi. Masalan, (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo‘lgan
undoshlarning masalan, tong, rang, keng, lab-tish undoshi v, qorishiq undosh ch,
jarangli portlovchi j (go‘ja) va jarangli sirg‘aluvchi j (jurnal) kabilarni o‘rganishda
tovush artikulatsiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz
jufti talaffuz qilinadigan undoshli so‘zlar masalan, ko‘rib-ko‘rip, qaytdik-qayttik,
aytib-aytip, ketayotib-ketayotip, tortib-tortip, teribterip, olib-olip, obod-obot,
borishdi-borishti, jumladan, qisqa talaffuz qilinadigan i unlisi bor so‘zlar masalan,
bilan-blan, sira-sra, talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zlar: baland-balan,
do‘st-do‘s), Toshkent-Toshken, farzand-farzan, daraxt-darax kabilarni yozilgandek
o‘qish imloni o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik
o‘qitiladi. Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi
takomillashadi. O‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘zlarni ham
to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar. Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quyidagi bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur: 1. hamma tovushlarni tanishi va har qanday
holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; 2. so‘zning bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini
bilishi, so‘zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so‘z va
bo‘g‘inga ajrata olishi; 3. kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi; 4.
2-3 va 4 bo‘g‘inli so‘zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o‘qishi; 5. gaplarni
ohangiga rioya qilib o‘qishi; 6. o‘zi o‘qigan matnning mazmunini tushunib, ongli
o‘qishi; 7. o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab
berishi; 8. o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; 9. to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish
malakalariga ega bo‘lishi. Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh
yozma harflarni to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan
bo‘g‘in, so‘z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarni
yozish ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘rish rasm diktant kabi
ta’limiy diktant turlarini yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani
shakllantirishdir. Savod o‘rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3
qismi o‘qitilsa, 20 tagacha so‘z yoza olishlari talab qilinadi. Savod o‘rgatish
jarayonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tovush va harfni
tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli,
ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar
lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, bilimini boyitish, tafakkurini
shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi
bilan alohida o‘rin tutadi. Hozirgi kunda boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali,
evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Agar
o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati darajasida
topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi.
Didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarsih va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intelektual (aqliy) va harakatli
hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat,
kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu metod o‘quvchini ichki
imkoniyatlarini ishga tushirishga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga,
ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi,
uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish
motivlarini, ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror
kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan, didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik, va boshqa
yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilardagi tahlil qilish, mantiqiy fikrlash,
tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa
chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq
o‘stirish, til o‘rganish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy
o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni
funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
Didaktik o‘yin turlarini tanlashda, quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar
beradi:
➢ ishtirokchilarning tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash
guruhlar uchun o‘yinlar;
➢ ishtirokchilarning soni bo‘yicha – yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh,
sinf jamoasi, sinflararo jamoasi va ommaviy tarzdagi o‘yinlar;
➢ o‘yin jarayoni bo‘yicha – fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar asoslangan,
musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan;
➢ vaqt me’yori bo‘yicha – dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan
qismi, o‘yi maqsadiga erishguncha, g oliblar aniqlanguncha davom etadigan
o‘yinlar. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ta’lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik
o‘yinlar o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita sanaladi. Unga dam
olish yoki vaqt o‘tkazish vositasi emas, balki ta’lim beruvchi faoliyat sifatida qarash
lozim. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’limning 1-4 sinflari bola
hayotida muhim davrni tashkil qilib, o‘quvchining keyingi davrdagi o‘qish
jarayoniga bo‘lgan tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars mashg‘ulotlari vaqtida
har bir o'qituvchi o'z o‘quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolaning o'qish,
o'zlashtirish, bilim, ko'nikma, malakalarni egallash darajasi yuqori ko'rsatkichlarni
tashkil etadi.
4. XX asrning oxirgi XXI asrning boshida jamiyatimizning mustaqillikka
erishganligi bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlatning shakllanishi, milliy
istiqlol mafkurasining vujudga kelishi, o’z tilimiz va madaniyatimizdagi tiklanish,
axborotlar hajmining keskin ko’payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu ta’limini,
uning asosiy halqasi bo’lgan darsni mazmunan isloh qilishni taqozo qiluvchi zaruriy
omillardandir.
Metodik
adabiyotlarda
“Standart
dars”,”Nostandart
dars”,
“Zamonaviy dars” degan iboralarni ko’proq uchratamiz. Zamonaviy dars haqida
ba’zi olimlarning fikrlarini keldiramiz. M.A.Daminov “Zamonaviy dars o’quv
jarayonini faolashtirishdir” deb hisoblaydi. B.B.Shatalov esa “Zamonaviy dars har
bir o’quvchini va hammani o’qitish” deb hisoblaydi. O’zbekistondagi pedagogik
olimlar ham o’z taqiqotlari davomida zamonaviy dars muamolariga e’tiborni qaratib
“Zamonaviy dars eng avvalo, o’quvchi shaxsini ta’lim olish ehtiyojlarini mustaqil
tarzda qondirishga o’rgatuvchi usullar majmui” deb ko’rsatishadi. O’qituvchi darsda
o’zi “So’rab”, o’zi “Gapirib beruvchi” bo’lib qolmasligi kerak, balki o’quvchilarga
yangi bilimlarni o’zlashtirishga yaqindan turib ko’maklashuvi lozim. Ta’kidlash
joizki, hozirgi zamonaviy darslarda uning ishtirokchilari bo’lmish o’qituvchi va
o’quvchilarning vazifalari o’zgargan. O’qituvchi darsda yetakchi, yo’naltiruvchi,
ko’mak beruvchi rejissyor, boshqaruvchi vazifasini bajarsa, o’quvchi darsning faol
ishtirokchisiga aylanadi, u mustaqil ishlaydi, fikrlay, ijod qiladi. Bahs-munozarada
o’z fikr mulohazalarni himoya qiladi, unda o’z-o’zini boshqarish malakasi hosil
bo’ladi. Hozirgi kunda ilm-fan taraqqiyotining jadal rivojlanib borishi o’qituvchi,
o’quvchilar faoliyatini yanada takomillashtirib, dars mashg’ulotlariga yangicha
talqin berib, ta’lim samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu o’rinda e’tirof
etish joizki “Xalq ta’limi” jurnali 2006-yil 1-sonida e’lon qilingan professor
R.Jo’rayevning “Zamonaviy dars. U qanday bo’lmog’i lozim” nomli maqolasida
ham olib borilgan ilmiy taqiqotlar natijasiga ko’ra, bugungi darslarning yutuq va
kamchilliklari batafsil fikr yuritilgan bo’lib darslarni yangicha tashkillashtirish unga
yangi tus va shakl berish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi hamda
maskur masala shu kunning eng dolzarb muamolaridan biri ekanligi alohida
ta’kidlangan. Ko’p pedagogik adabiyotlarda ta’lim samaradorligiga erishishning
yuzlab usullari haqida ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Ammo ularning kamchiligi
shundaki, bu usullarni qo’llash asosan o’qituvchi zimmasiga yuklatilagan.
Nostandart darslar va ta’limning interfaol usullarida markaziy o’rinda o’quvchi
shaxsi qo’yilgan, bunda o’qituvchi tashkilotchi va mazmunni to’ldiruvchi vazifasini
bajaradi, tadqiq qiladi biz nostandart darslar va ta’limning interfaol usullarning
ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. Ularni to’ldirish, yangilarni o’ylab topish,
samaradorligini oshirish albatta barchamizdan izlanishni talab etadi. Ayrim
pedagogik
texnologiyalarni
o’quv
mashg’ulotlariga
qo’llash
jarayonida
o’zgartirishga, to’ldirishga, takomillashtirishga to’g’ri keladi. Bunda o’qituvchining
pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
DIDAKTIK TALABLAR HAQIDA Endi darsga qo’yilgan didaktik talablarga
to’xtalib o’tamiz. Ular quyidagilardan iborat. 1. Darsning ta’limiy-tarbiyaviy
maqsadini aniq belgilash. Darhaqiqat har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda
puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy
maqsadini belgilaydi. 2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish. 3.
Dars mavzusining mohiyatini o’quvchilarning mustaqil fikrlab o’zlashtirishiga
erishish. Agar o’quvchi muamoli vaziyatni o’zining hayotiy tajribasiga tayanib
yechadigan bo’lsa, u nafaqat o’quvchi tafakkurini kuchaytiradi, balki uning
xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu jarayonda
qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini
qamrab oladi. U ham bo’lsa, o’quvchi u muammoli vaziyatni o’zi mustaqil hal
qilganda unda qiziqish, ya’ni o’z mehnatining mahsulini ko’rishdan qoniqish
tuyg’usi
paydo
bo’ladi.
T.V.Kidyavtsev
(Т.В.Кидявцев),
I.Ya.Lerner
(И.Я.Лернер), A.M.Matyushkin (А.М.Матюшкин), M.I.Mahmutov singari olimlar
muammoli vaziyatni psixologik o’rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga
yo’naltirilgan qaror qabul qilish jarayoniga tayanib, ta’limning muammoli
“tadqiqot” usulini taklif qilishdi. Mazkur ta’lim metodi o’quvchini “ilk
kashfiyotchi”, “tadqiqotchi” qiyofasiga keltiradi va muammoni o’zi hal qilishga
undaydi. Bu yerda o’qituvchining roli muammoli vaziyatni rejali maqsadga
yo’naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u o’quvchilar oldiga
masalani qo’yadi va zarur hollarda yordam ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi. Bu
usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul
hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda o’quvchi qandaydir darajada qandaydir yangilikni
o’zi kashf qiladi. Natijada o’quvchi o’quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan
yondashadi. O’tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta’lim usulining
samarali ekanligini isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday o’quvchining
tafakkurida minimal darajada bo’lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan.
Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki, bu
tizim yordamida pedagoglar o’quvchilarning o’quv faoliyatini muammoli
vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga
erishdilar. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, muammoli ta’lim standart “Ma’lumot
uzatish” ta’limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an’anaviy
(standart) usulda uzatiladigan materialni o’quvchi aqliy qobiyatini faollashtiruvchi
zaruriy vositaga aylantiradi. Shunday bo’lsada, biz quydagi muammoli ta’limni
standart ta’lim usuli bilan qiyoslab ko’ramiz. Standart ta’lim uslubida, birinchi
navbatda, o’qituvchi “tayyor” bilimlarni uzatadi, o’quvchi esa ularni passiv holda
o’zlashtiradi. Shundan so’ng o’zlashtirgan bilim xotirada mustahkamlanadi va
nazariy holda amaliy o’quv topshiriqlarini yechish jarayonida qo’llaniladi. Shuning
uchun ham bu usul bilimlarini o’zlashtirish va hayotda qo’llash uslubi deb ataladi.
Muammoli ta’lim esa an’anaviy (standart) ta’lim usulida shu bilan farq qiladiki, u
o’quvchidan umuman ma’lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab
emas. Farq shundaki, bu usul o’quvchilarga masalalarni yechish jarayoni ularning
o’quv faoliyatida qanday o’rin tutishini tushuntirib beradi. Muammoli ta’limda
ma’lum bir muammo pedagogik rahbarligida o’quvchi tamonidan mustaqil
o’zlashtiriladi. 4. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul
qilishga, hayot bilan chambarchas bog’lashiga erishish. 5. Mavzu mazmunida mos
ta’lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish
darajasida bo’lishi zarur. Ta’lim jarayoning doimiy ravishda qat’iy belgilangan va
uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt davomida tashkil etilishi,
mutaxassislik fani bo’yicha mavzularga har o’quv yilida takror murojaat qilinishi,
o’quvchilar ta’limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada bo’lavermasligi kabi
holatlar hatto o’qituvchining o’zida ham darsda tayyorlashga nisbatan befarqlikni
yuzaga keltiradi. Iqtisodiy o’quvchilarni matematik fikrlashlarni taraqqiy ettirishda
mustaqil fikrlashga o’rgatishda ularga turli misol, masalalarni turli usullar bilan
yechishni o’rgatish yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, maktab dasturiga kiritilgan
mavzular yoki o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi mavzular ularda yana ham
katta qiziqish uyg’otadi. Bu esa o’quvchini o’z-o’zining mavzuga katta qiziqish
bilan kirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarni
tanlash va ulardan ko’proq o’quvchilarning foydalanishiga erishishi. 7.
O’quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish. Bugungi
kunda Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” asosida amalga oshirilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va uni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ya’ni O’zbekistonda ta’limning
zamon talablari darajasida yuqori bosqichga olib chiqishdir. Islohotlarning bosh
maqsadi komil inson va malakaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Ma’lumki o’quvchi har tomonlama mukamal shaxs sifatida shakllanishi hamda
ma’lum bir yo’nalishda yuqori darajadagi kasbiy bilim malakaga ega bo’lishi ta’lim
jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ta’lim mazmuni o’z navbatida, o’quv reja,
o’quv dastur, o’quv predmedlarini o’z ichiga olib ta’limning asosiy tashkiliy shakli
dars orqali amalgam oshiriladi. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha
davom etib kelayotgan ta’lim jarayoni bo’lib, yildan yilga uning mazmuni va
metodlari rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki,
jamiyat taraqqiyoti bilan hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har
bir darsda o’quvchi nimanidir o’rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o’zlashtiradi,
hamda uning zaminida xohish-istak, qiziqish, ma’lum maqsad sari intilish paydo
bo’ladi. Shuningdek, dars o’quvchini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni o’quvchi
darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, ma’naviy rivojlanadi. Zero dars
ma’lumdan noma’lumga bilishdan yana bilishga intilish sari doimiy ravishda
davomli ta’lim jarayonidir. Darsning yana bir jihati- u ta’limning boshqa shakllari
bo’lgan fan olimpiadalari, tanlovlar, sayohatlar, to’garaklar, turli tematik kechalar
va boshqa tadbirlar uchun asos sifatida xizmat qiladi. 8. O’quvchilarning dars
mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o’z tarixi, milliy urf-odatlari
hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish. 9. Dars mavzusini boshqa
o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash. 10. O’quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo