TA’LIMNI TASHKILIY SHAKLLARI
Reja:
1.Ta’limning tashkiliy shakllarining rivojlanishi.
2. Dars – o‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsga turlari va tuzilishi.
Tayanch iboralar!
Ta’limning tashkiliy shakllari, sinf-dars tizimi, dars tuzilishi, dars turlari, dars
shakllari, dars bosqichlari, zaonaviy dars talablari, darsga tayyorgarlik bosqichlari.
1.Ta’limning tashkiliy shakllarining rivojlanishi.
Ta’lim turlari va ularning tavsifi. Didaktik g‘oyalar (tizimlar) tarixiy
taraqqiyot jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi
tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlar ta’lim turlarini tavsiflash imkonini beradi.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davrlarida insoniyat taraqqiyoti davomida
orttirilgan hayotiy tajribalar amaliy harakatlar yordamida yosh avlodga uzatib
borilgan bo‘lsa, keyinchalik ular aniq belgilangan joy va ayrim toifa kishilar
tomonidan maxsus o‘qitila boshlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra
o‘qitish mazmun-mohiyati, tuzilishi va maqsadiga ko‘ra turli ko‘rinish va
shakllarda tashkil etib kelingan.
O‘qitishning ilk maxsus turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (er. av. 469-399
yillar) tomonidan tashkil etilgan savollarga javob topishdan iborat o‘qitish
hisoblanadi. O‘qitishning bu turi suqrotcha suhbat deb ataladi. Faylasuf (o‘sha
davrda bolalarni o‘qitish faylasuflar tomonidan olib borilgan) bolalarda qiziqish,
bilish bo‘lgan intilishni yuzaga keltiuvchi savollardan foydalangan. Bolalar
faylasuf rahbarligida mulohaza yuritish orqali voqea-hodisalarning mohiyatini
idrok etishgan. Ritorik savollarni muhokama qilish, odatda faylasufning
mulohazasi bilan to‘ldirish bilan yakunlangan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir
necha o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o‘qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash) jamoa asosida idrok etish
faoliyatining ilk turi bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy
Yevropada dogmatik o‘qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab
tili yetakchi o‘rin tutgan. Bolalar ta’lim (muqaddas kitobni o‘qib talqin qilish,
o‘qish, yozish va hisoblash)ni boshlang‘ich maktablarda olganlar. Dogmatik
o‘qitishda o‘quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o‘qish, yod olish, eslab
qolish va matnni so‘zma-so‘z takrorlashdan iborat bo‘lgan.
Oliy ta’lim madrasalarda berilgan. Madrasalarda o‘qitish fors tillarida olib
borilgan. Talabalar majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar. O‘quv rejasiga
grammatika, Qur’on, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot,
huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan.
Biroq talabalar foydalangan o‘quv adabiyotlari asta-sekin ancha ko‘p qirrali, turli-
tuman bo‘lib boradi. Maktab ta’limi erkaklar uchun mo‘ljallangan. Ammo badavlat
oila qiz bolani o‘qitish uchun uyga o‘qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta-sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni
ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Buning natijasida ta’limning ko‘rgazmali o‘qitish
turi rivojlanib boradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida quyidagi ta’lim turlari qo‘llaniladi:
Mujassamlashtirilgan ta’lim o‘quv materiallarini o‘quvchilarning bilish
xususiyatlariga imkon qadar moslashtirishni ifodalaydi. Unga ko‘ra mashg‘ulotlar
yaxlit mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilishga yo‘naltiriladi. O‘quv
materiallarini bu tarzda o‘zlashtirish bilish imkoniyatlari turlicha bo‘lgan talabalar
tomonidan mavzu mohiyatining puxta anglanishiga yordam beradi. Metodni
qo‘llashda o‘quvchilar qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari
qo‘llaniladi.
Modul ta’limi o‘quv materiallarini boblar, bo‘limlar yoki paragraflar majmui
tarzida o‘rganilishini ta’minlaydi. Bob, bo‘lim yoki paragraflar majmui bloklar
tarzida yaxlitlanadi. Bu ta’lim turini qo‘llash o‘quvchi (talaba)larni yangi
pedagogik bilimlar, zamonaviy PT hamda ilg‘or didaktik vositalardan xabardor
qilishda samarali sanaladi. Mazkur ta’lim turidan o‘quvchilarning mustaqil ta’lim
olishlarini yo‘lga qo‘yish, ularni o‘quv materiallari bilan ta’minlash va o‘quv
faoliyatlari yuzasidan monitoringni tashkil etishda foydalanish mumkin. Modul
ta’limi o‘quvchilarni masofada ham samarali natijalarni beradi. Bunda o‘quvchilar
bloklarda chop etilgan yoki kompyuter varianti ko‘rinishidagi o‘quv materiallari
bilan ta’minlanadilar. O‘quvchilar o‘quv materiallarini o‘rganganlaridan so‘ng
ularga nazariy bilimlarini mustaqil baholash, ularni mustahkamlashga xizmat
qiladigan topshiriq (mashq)lar yuboriladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim talabalarning ichki imkoniyatlari va ularni ro‘yobga
chiqarishga yo‘naltiriladi. Ushbu ta’lim turiga ko‘ra mashg‘ulotlarda amaliy
treninglardan keng foydalaniladi. Amaliy treninglar talabalarda pedagogik
bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ularning
imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi. O‘quv mashg‘ulotlarida
rivojlantiruvchi ta’lim elementi sifatida taqdimot metodidan foydalanish ham
kutilgan natijalarni beradi. Bu metod talabalarda pedagogik faoliyatni tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashish, o‘z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish
ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Tadqimot metodidan seminar mashg‘ulotlarda
talabalarning bilimlarini baholash maqsadida foydalanish mumkin.
Tabaqalashtirilgan ta’lim o‘quvchilarning layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini
aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. O‘quvchilarga
individual ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga imkon beradigan mazkur
ta’lim turini qo‘llashda ham DTSda belgilangan me’yordan kam bo‘lmagan BKM
o‘zlashtiriladi.
Mustaqil ta’lim o‘quvchilar tomonidan turli fanlar asoslarining mustaqil
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Ta’lim tizimida mustaqil ta’limdan foydalanishda
o‘qituvchi bilimlarni o‘zlashtirish manbalarini o‘quvchilarga tavsiya etadi, ularni
izlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni beradi hamda mustaqil ta’limni samarali,
maqsadga muvofiq tashkil etishga yordam beradigan metod, vositalardan xabardor
qiladi.
Hamkorlik ta’limining mohiyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim
jarayonida birgalikda ishlashlari, bir-birlarini chuqur tushuna olishlari, bir-birlariga
nisbatan yaqinlikni his qilishlari, ta’lim maqsadiga erishganlik natijalarini
hamkorlikda tahlil qilishidan iborat.
Individual ta’lim o‘qitishning eng qadimgi turi hisoblanadi. Hayotiy
tajribalarni ajdodlardan avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan.
Yozuv paydo bo‘lishi bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining
tajribalarini yoshlarga o‘rgatgan. O‘qituvchi va o‘quvchining bevosita va
individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. O‘qishni
tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan,
undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Faol o‘qitish (yoki interfaol ta’lim) ta’lim tizimida tobora ommalashayotgan
ta’lim turi sanaladi. U ta’lim sub’ektlari – o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar
guruhi o‘rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr
almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda
erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini erkin ifodalash, muammoli vaziyatlar
yechimlarini birgalikda izlash ko‘nikma, malakalarini shakllantiradi. Interfaol
ta’lim jarayonida bahs-munozara, muammoli vaziyat, trening, debat, intervyu,
taqdimot namoyish va o‘yin texnologiyalaridan maqsadli foydalanish kutilgan
natijani beradi.
Muammoli ta’lim zamonaviy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi ilg‘or PT
hisoblanadi. Undan ta’lim amaliyotida foydalanish talabalarda ijodiy izlanish,
kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy farazlarni ilgari surish, natijalarni
asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga
xizmat qiladi. Talabalarga pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid topshiriq va
masalalarni tavsiya etish ularda bilish faolligi va ijodiy qobiliyatni shakllantiradi.
Ta’limning bu turida muammoli topshiriqlar, shuningdek, muammoli pedagogik
vaziyatlarni hal qilish metodi faol qo‘llaniladi.
Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan o‘qitish) harakat (operatsiya)lar ketma-
ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib
keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Ushbu ta’lim turining maqsadi o‘quv
jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Unga ko‘ra o‘qitish murakkab
dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturiy ta’lim yangi didaktik, psixologik va
kibernetik g‘oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi.
Kompyuterli ta’lim o‘qitish jarayonini maxsus ta’lim dasturlariga muvofiq
tashkil etilishini nazarda tutadi. Rivojlangan mamlakatlarda kompyuter xizmatidan
ta’limda foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy
yo‘nalishlarni aniqlashga imkon berdi: o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish
samaradorligini ta’minlash; idrok etish qobiliyati (qo‘yilgan masalani hal etish,
mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz,
sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon
beruvchi jarayonlarga e’tibor)ni kuchaytirish.
Kompyuterlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o‘tkazish, baholash va
boshqarishda keng foydalaniladi, bu vaqtni tejash imkonini beradi, natijada
pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
So‘nggi yillarda innovatsion (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida
ahamiyat berilmoqda. Ushbu ta’lim o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 1) oldindan
ko‘ra bilish, ya’ni o‘quvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas,
balki uni uzoq kelajakni mo‘ljallashga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, o‘quvchi ijtimoiy
hayot va kasbiy faoliyatda taxmin qilish, ko‘zlash, modellashtirish va
loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur; 2) o‘quvchining hamkorlikda ta’lim
olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni,
madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishda global muammolarni hal
etish)da faol ishtirok etishini ta’minlash.
Bugungi kunda masofaviy ta’lim (lotincha “distantia” – masofdan
foydalanishga ehtiyoj oshmoqda. Masofaviy o‘qitish o‘quvchi qaerda va qanday
holatda bo‘lishidan qat’iy nazar muayyan ta’lim muassasasi ta’lim dasturini
o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Bu maqsadni amalga oshirishda zamonaviy
axborot texnologiyalari: darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o‘rganilayotgan
materialni kompyuter telekommunikatsiyalari orqali uzatish, videotasmalar,
munozaralar va seminarlar o‘tkazish, regional va milliy televidenie hamda ravdio
orqali o‘quv dasturlarini namoyish etish, kabelli televidenie va ovozli pochta, ikki
tomonlamali videokonferensiyalar, telefon orqali qayta aloqa bilan bir tomonlama
videotranslyatsiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali ta’lim
o‘qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan,
jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o‘qish imkonini yaratadi.
O‘yin texnologiyalari talabalarda pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish
ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonining
ishtirokchilari (o‘quvchi, ota-ona, pedagogik jamoa vakili, ekspert, ijtimoiy
tashkilotlarning xodimlari va b.sh.) sifatida turli rollarni bajarish talabalar
tomonidan zarur nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga imkon yaratadi. Rolli va
ishbilarmonlik o‘yinlari o‘yin texnologiyalarining asosiy shakllari sanaladi.
Ta’lim shakllarining rivojlanishi. Jahon pedagogik fani va amaliyotida
ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi
shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, ma’ruza,
auditoriyadan tashqari va maktabdan tashqari.
Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada XVI asrda keng
foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda
ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo‘la oladi, bu davrda o‘quvchilar
uchun asosiy o‘quv qo‘llanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Avesto”
(eramizdan avvalgi VII-VI asrlar) bo‘lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi
maktablarda individual o‘qitish jamoali o‘qitish bilan birga olib borilar edi.
O‘qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini ochadi va o‘quvchilar navbatma-navbat
kelib
ovoz
chiqarib
o‘qiydilar,
keyin
hamma
birgalikda
o‘qilganlarni
takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar
o‘qituvchining o‘quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy
tarbiyalash individual va jamoali mashg‘ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Otda
yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza
otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim
olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud
bo‘lmagan.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy
asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” (“Bolalarni maktabda
o‘qitish va tarbiyalash”) bo‘limida o‘quvchilarga jamoali o‘qitish haqida quyidagi
tavsiyalarni beradi: 1) agarda o‘quvchilar birgalikda o‘qisalar, ular zerikmaydilar,
fanni o‘rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun
o‘zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o‘qishi yaxshilanishiga
yordam beradi; 2) o‘zaro suhbatlarda o‘quvchilar kitobdan o‘qish yoki kattalardan
eshitgan qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; 3) bolalar birgalikda
yig‘ilganlarida bir-birilari bilan do‘stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar;
ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag‘rurlanadilar, . bir-
birlaridan yaxshi odatlarni o‘rganadilar
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) “Bilim olish yo‘lida o‘quvchiga maslahatlar”
nomli asarida maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi.
O‘qituvchi maktabda darsga tushinish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan o‘quv
materiallarini tanlab olishi, darsda o‘rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi
kerak. O‘quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda
o‘zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo‘lish va boshqa
darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi
XV asrda jamoali o‘qitishni tashkil etish g‘oyasini Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek davom
ettiradi.
Mutafakkir
o‘zining
madrasalarida
individual
mashg‘ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo‘lgan
shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga
odatda o‘z sohasida mashhur bo‘lgan olim mudarris (o‘qituvchi-professor) o‘qiydi,
amaliy mashg‘ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris
(o‘qituvchi) olib boradi. O‘qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar
hisoblangan.
2. Dars – o‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli.
XV va XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi
kuzatildi. Ushbu o‘zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga
kelishiga zamin yaratdi.
Ulardan biri ta’limning guruhli (jamoali) shakli sanaladi. U G‘arbiy Rossiya
(hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g‘arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk
bor qo‘llanilgan va o‘qitishning sinf-dars shaklining asosi bo‘lib qolgan. Bu
tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida
nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o‘quv
yili, o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillari kabi
tushunchalarni kiritdi. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada
bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Sinf-dars tizimining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi va
didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatib berdi.
Afzalliklari: yaxlit pedagogik jarayonning tartibli kechishini ta’minlovchi
tashkiliy tizim shakllanishi; jarayonlarning oson boshqarilishi: mavzuning jamoa
bo‘lib muhokama qilinishi, birgalikda izlash jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida
o‘zaro munosabatning shakllanishi; o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar tarbiyasiga
hissiy ta’sir ko‘rsatilishi; o‘quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish
imkoniyatining
mavjudligi,
bilimsizlikdan
bilimlarni
o‘zlashtirish
sari
harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun
qiyinchiliklarning
yuzaga
kelishi
va
kuchli
o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar
qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o‘qituvchi uchun o‘qitish
mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil
etish, shuningdek, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda
qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi
munosabatlarning qaror topmasligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan
o‘quvchilarni o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb
xususiyat
kasb
etdi.
Shunga
mos
ravishda
tanlab
o‘qitish
(tabaqalashtirilgan ta’lim) shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada
Maingeyms tizimi).
Yevropa va AQShda XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol,
mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining
samaradorligi sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati)
o‘qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan individual ta’lim
ta’lim tizimda eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika
va maktab tarixiga kirdi. Uni ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham
ataydilar.
Bu
tizimning
mazmuni
quyidagilardan
iborat:
o‘quv
faoliyatining
samaradorligi har bir o‘quvchining imkoniyati, qobiliyatiga bog‘liq: ta’lim
faoliyati ustun turadigan o‘qishni an’anaviy tashkil etish o‘quvchining mustaqil
o‘quv faoliyatining asosi hisoblanishi; o‘qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan
tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyasining ustaxonalar bilan almashtirilishi;
darslarning bekor qilinishi; o‘qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi,
o‘quvchining laboratoriya (ustaxona)larda o‘qituvchidan olingan topshiriq asosida
mustaqil shug‘ullanishlari va zarur bo‘lgan paytda o‘qituvchidan yordam
so‘rashlari.
XX asr 20-yillarida ta’limning loyihali tizimi targ‘ib qilindi. Tizimning
mazmuni o‘quvchilarning o‘zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlarini
ifodalaydi. Loyiha ishlari real hayot bilan bog‘langan bo‘lishi va o‘quv guruhlari
jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-
maishiy jihatlarini aks ettirish kerak bo‘lgan.
O‘tgan asrning 60-yillarida amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab
chiqqan Tramk rejasi ommalashdi. Ta’limning bu shakli mashg‘ulotlarni katta
(100-150 nafar kishilik) auditoriyada 10-15 kishidan iborat guruhlarda yoki va
o‘quvchilarning har biri bilan individual ishlarni olib borish g‘oyasini ilgari suradi.
Ma’ruzani tashkil etishga turli texnik vositalardan foydalangan holda o‘quv
vaqtining 40 foizi, seminarlarga 20 foizi va laboratoriyalarda individual ravishda
mustaqil ishlarni bajarishga 20 foizi ajratiladi.
Yevropada o‘rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo‘lishi bilan
ta’limning ma’ruza-seminar tizimi asoslandi. Ma’ruza, seminar, amaliy va
laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo‘yicha amaliyot bugungi kunga qadar
ma’ruza-seminar tizimda o‘qishning asosiy shakllari bo‘lib kelmoqda. Ushbu tizim
odatda oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim amaliyotida faol qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
amaliyotida ham samarali foydalaniladi.
Dars – o‘quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli
shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim
amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan
foydalaniladi.
Ta’limning ommaviy shakli sinfdagi jami o‘quvchilarning o‘qituvchi
rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko‘zda tutadi. Guruhli shaklida esa
o‘quvchilar 3-6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar.
Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Individual shakli
har bir o‘quvchining alohida mustaqil ishlashini ko‘zda tutadi. Bu jarayonda
o‘qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun guruh o‘quv faoliyatini boshqarib
boradi, o‘quv hamkorligini qaror toptiradi. Ommaviy ishlashning samaradorligi
ko‘p jihatdan o‘qituvchining guruhni yaxlit nazorat qilish hamda har bir
o‘quvchining ishini ko‘zdan qochirmaslik bilan bog‘liq. Biroq, ommaviy ishlash
individual farqlarni hisobga olmaydi, u fanlarni o‘rtacha o‘zlashtiradigan
o‘quvchiga mo‘ljallangan. Shuning uchun ba’zi o‘quvchilar berilgan ish sur’atidan
ortda qoladilar, ayrimlar esa zerikib qiynalib ketadilar.
Ta’lim olishning jamoaviy (ommaviy) shakli shakllangan, turg‘un o‘quvchilar
guruhi bilan o‘quv faoliyatini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Ta’limning guruhli shakliga ko‘ra o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida guruh
o‘quvchilarining bilish faoliyatlarini boshqaradi. O‘quvchilarni jamoaviy,
umumlashtirilgan-guruhli va tabaqalashtirilgan guruhlarga taqsimlash mumkin.
Ta’limning jamoaviy shakli ko‘p hollarda tabaqalashtirilgan guruhlar faoliyatini
tashkil etishda qo‘llaniladi. O‘quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli
o‘qituvchi va o‘quvchilarning dinamik yoki o‘zgaruvchan tartibli juftliklarida
kechayotgan munosabatlaridir.
Umumlashtirilgan-guruhli
shakl
har
biri
guruh
tomonidan
yagona
topshiriqning faqatgina bir qismi bajarilishi nazarda tutiladi.
Tabaqalashtirilgan-guruhli shakl o‘quv imkoniyatlari, ko‘nikmalari bir
darajada shakllangan o‘quvchilar bilan ishlanishini ifodalaydi. Bunda o‘quvchilar
juft bo‘lib ishlashlari ham mumkin.
Ta’limning individual shakli o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar bilan
bevosita aloqalarini ko‘zda tutmaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra sinf jamoasi yoki
muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq o‘quvchi
o‘zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo‘lida maxsus tayyorlangan
kartochkalardan foydalanish mumkin.
Ta’lim maqsadlari va foydalanishning qulayligi nuqtai nazaridan ta’lim
shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, qo‘shimcha va yordamchi ta’lim.
Dars – ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi
nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars
tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish,
tashkiliy tartib va o‘quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy
jihatdan foydalidir. O‘quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini
bilishi o‘qituvchi uchun har bir o‘quvchi faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim
shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi
hisoblanadi.
Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning
mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning
idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda
rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega,
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri
xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini
bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki
o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
3. Darsga turlari va tuzilishi.
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv
materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar va jamoa sifatida
sinfning xususiyatlariga bog‘liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan:
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yoshlarini hisobga olib o‘quv ishlarining
turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o‘rganilganni
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto, tekshirish
darslari ham bu yerda ko‘pincha ishlar boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni
og‘zaki yetkazish. qiziqarli hikoyani o‘qish. Darsning aynan mana shu turi aralash
(kombinatsiyalashgan) yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Aralash darsning
taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish (o‘quvchilar bilan savol-javob qilish);
yangi materialni o‘rganish; mavzuni o‘zlashtirishni dastlabki tekshirish; mashq
yordamida yangi bilimlarini mustahkamlash; avval o‘rganilgan bilimlarni suhbat
ko‘rinishida takrorlash; o‘quvchilarning bilimlarini baholash; uyga vazifa berish.
Yangi bilimlarni o‘rganish (o‘quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirish)
darsi o‘quvchilarni ularga tanish bo‘lmagan yangi material mazmuni bilan
tanishtirish jarayoni bo‘lib, bunday dars bir nechta savollarni o‘z ichiga oladi,
ularni o‘rganish uchun ko‘p vaqt talab qiladi. O‘qituvchi darsning mazmuni, aniq
maqsadi va mustaqil ish shakllariga ko‘ra yangi materialni o‘zi bayon etadi. Ayrim
hollarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mustaqil faoliyat olib boradilar. Ushbu
dars quyidagi tuzilishga ega: 1) yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan
avvalgi materialni takrorlash; 2) o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan
ishlashni tushuntirishi; 3) bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki
mustahkamlash; 4) uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o‘quv ishining asosiy mazmuni ilgari
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor
tushunib olish hisoblanadi.
O‘quvchilar bilimlarni yangi manbalar bo‘yicha o‘rganib, chuqurlashtiradilar,
o‘zlariga tanish qoidaga muvofiq yangi mazmundagi masalalarni yechadilar, ilgari
olgan bilimlarini og‘zaki va yozma takrorlaydilar. Bu kabi darslar quyidagi
tuzilmaga ega bo‘ladi: 1) uy vazifasini tekshirish; 2) og‘zaki va yozma mashqlarni
bajarish; 3) topshiriq bajarilishini tekshirish; 4) uyga vazifa berish.
Ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish va mustahkamlash darslari
bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus
darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni
o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari
bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini
daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qaerda qanday qoida
qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar)
ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va
tizimlashtiriladigan, o‘quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to‘ldiriladigan
va o‘rganilayotgan kursning muhim g‘oyalari ochib beriladigan darslar
hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va o‘quv kurslarining
yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi.
Takrorlash va umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib
berish yoki o‘qituvchining o‘quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi
mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi
bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini
egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning
bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan
ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini
talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi
mumkin.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik
jarayonning
yaxlitligini
ta’minlaydi
va
ta’limiy,
tarbiyaviy-rivojlantirish
vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Darsning ta’limiy vazifasi har bir darsning ta’lim vazifalarini belgilash, darsni
axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish, dars
mazmunini optimallashtirish, idrok etishning ilg‘or texnologiyalarini kiritish, turli
shakl, metod va vositalaridan o‘rinli foydalanish, dars tuzilishiga ijodiy
yondashish, ta’lim berishda jamoaviy, guruhli va individual shakllarini qo‘llash,
operativ qayta aloqani ta’minlash, nazorat va boshqaruvni tashkil etish, darsning
samarali kechishini ta’minlashdan iborat.
Darsga qo‘yiladigan talablarning tarbiyaviy xarakterini o‘quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, ta’limiy faoliyat jarayonida erishish zarur
bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish (qo‘yish), o‘quv ishlari maqsadi va
mazmunidan kelib chiqib, tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlar
(tirishqoqlik,
tartiblilik,
mas’uliyatlilik,
intizomlilik,
mustaqillik,
qobiliyatlilik, halollik, mehnatsevarlik, tirishqoqlik va boshqalar)ni shakllantirish,
o‘quvchilarga pedagogik talablarni qo‘yish, ular bilan hamkorlikka erishish,
ularning yutuqlaridan quvonish kabi holatlar tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida qo‘yiladigan pedagogik talablarning o‘quvchi shaxsini
rivojlantirish imkoniyati o‘quvchilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik kabi
sifatlarni tarbiyalashda ko‘rinadi. Bunda o‘quv materiallarining o‘quvchilar idroki
imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini
loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish,
rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual,
emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish,
boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida o‘quvchilarning darslarga
qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart
darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Noan’anaviy darsning ko‘plab turlari
bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil
etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan,
shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli
bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga
erishishni ta’minlaydigan o‘quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini
ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga
o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga
erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari,
samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi
qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan
boshlanadi.
Tashxis
didaktik
jarayon
kechadigan
barcha
sharoitlarni
oydinlashtirish,
uning
natijalarini
belgilashdir.
Unda
o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati,
uning
amaliy
ahamiyati,
dars
tuzilishi,
yangi
axborotni
o‘zlashtirish,
mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
va tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan
qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni
kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan
qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta
o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi
darsning an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan
farqlanadi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy
ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan
chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va
qobiliyatini
rivojlantirishdan
iborat.
Bu
ishlar
o‘quv
dasturi
talablari,
o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini
hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik
vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish
va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish,
dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish
asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar,
gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik
ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol
bajarishlariga
kam
e’tibor
berayotganliklari,
ularni
sinfda
tekshirishga
urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari
ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini
tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar
kamdan-kam hollarda o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan
qiyinchiliklarini
ko‘rsatib
beradilar,
ularni
bartaraf
etish
yo‘lini
esa
ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib
qoldi.
Ta’lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham
foydalaniladi:
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa
jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni
rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini
faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy,
guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar
hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli
o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan
oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak
topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va
maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini
tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun
yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad,
o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq
bo‘ladi.
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil
etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini
hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va
radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik
tarix, botanika fanlarining ayrim sohalari, shuningdek, chet tili, etnografiya,
stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida
o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari
emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va
tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy
bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Odatda o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida
mustaqil ishlashlari ularda maslahat (konsultatsiya)ga nisbatan ehtiyojni yuzaga
keltiradi. Maslahatni tashkil etish vaqtida asosan o‘quvchi savol beradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv
materialini egallashda
qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Maslahat davomida o‘qituvchi
o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan,
ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni
mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Ta’limning mazkur turi
o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor
berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi.
To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga
tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri
aniqlashga yordam beradi.
Ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayyan soha
yo‘nalishi bo‘yicha chuqur, differensatsiyalashgan kasbiy bilimlar berish
imkoniyatini yaratadi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy
tizimidan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko‘rinishida 80
minut davom etadi. Ularning o‘ziga xosliklari quyidagilardan iborat:
- ma’ruza o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta
hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (80 minut tashkil
etiladi);
- amaliy mashg‘ulot akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi
rahbarligi ostida olgan o‘quv axborotlari (leksiya va mustaqil ishlari)ni
chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo‘llash va ularning o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishini nazorat qilish shakli;
- akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish asosiy shakli sifatida
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi;
- o‘quv guruhi o‘quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy
tartibi odatda butun ta’lim davomida saqlanib qoladi);
- o‘quv guruhlari to‘plami akademik litsey, kasb-hunar kollejida kurslardan
iborat bo‘ladi;
- kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari jadvalga binoan yagona o‘quv rejasi va
dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
- o‘quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta’tillarga bo‘linadi;
- har bir semestr hamma o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya (imtihon
topshirish) bilan yakunlanadi;
- akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish muhim fanlar bo‘yicha
attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi bo‘yicha bitiruv
malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunlanadi.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarda ta’lim ma’ruza, seminar, laboratoriya
ishi, o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik ishlari (O‘ITI), o‘quvchilarning mustaqil
o‘quv ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi
shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash shakli
sifatida kundalik, oraliq va yakuniy nazorat, baholash reytingi tizimidan, referat va
kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Ta’limning tashkiliy shakllarining rivojlanishi ta’riflab bering.
2. Ta’limning individual shakli qanday afzalliklarga ega?
3. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
4. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi?
5. Noan’anaviy darslar deganda nimani tushunasiz?
6. Fan to‘garaklarini tashkil etilishi qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
7. Darsga tayyorgarlik qanday bosqichlarda kechadi?
8. Ta’limning ma’ruza-amaliy qismi qanday xususiyatlarga ega?
9. Har bir darsda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish va
baholash zarurmi? Agarda zarur deb hisoblasangiz mumkin bo‘lgan metodik
variantlarini ko‘rsatib bering.
Ta’limni tashkiliy shakllari.
1. Dars nima.?
A) Maqsadsiz ko‘zlangan ta’lim jarayoni.
V) Ma’lum maqsad ko‘zlangan ta’lim jarayoni.
S) O‘qituvchi raxbarligida bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchiga yetkazuvchi
ta’lim.
*D) Ma’lum maqsad ko‘zlangan alohida xonada yoshlar bilan o‘qituvchi
xamkorligida olib boriladigan ta’lim jarayoni.
2.O‘quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash yo‘li
bilan ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlari va idrok etish
faolliklarini rivojlantirish. Bu ta’rif qaysi o‘qish turiga tegishli?
A) kompyuterli ta’lim;
V) tushuntirish–namoyishli ta’lim;
S) masofali ta’lim;
*D) muammoli ta’lim;
3. Tinglash, o‘qish, mexanik yod olish, eslab qolish va matnni so‘zma-so‘z
takrorlash qaysi o‘qishda asosiy faoliyat turlari hisoblangan. Bu yerda
o‘qishning qaysi turi tasvirlangan?
A) tushuntirish;
*V) sokratcha;
S) arxaik;
D) kompyuterli;
Ye) dogmatik.
4. Bu darsning tuzilishi quyidagicha: yangisi uchun asos hisoblangan ilgarigi
materialni takrorlash, o‘qituvchining yangi materialni tushuntirib berishi va
darslik bilan ishlash, tushunishini tekshirish va bilimlarini, dastlabki
mustahkamlash, uyga vazifa. Darsning qaysi turi haqida gap bormoqda?
A) bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darsi;
V) ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi;
*S) yangi material bilan tanishish darsi;
D) bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;
5. O‘qituvchining darsga tayyorlanishida quyidagi bosqichlar ko‘rsatiladi:
A) yordamchi, sinfdan tashqari ish;
V) konsultatsiya, instruktaj, konferensiya;
S) didaktik, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
*D) diagnostika (tashxis qilish), bashorat (prognoz) qilish, loyihalashtirish
(rejalashtirish);
6. Pedagogning qaysi jarayonini sahnadagi aktyorlar faoliyatiga o‘xshatish
mumkin?
A) Hamma javoblar to‘g‘ri
V) Estetik his-tuyg‘u
S) Muloqot, bilimi
*D) Xatti-harakat, dars olib borish jarayonini
7. Sinfda yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning asl sababini kimdan axtarish
kerak?
A) O‘quvchidan
V) Pedagogik Kengashdan
S) Maktab direktoridan
*D) O‘qituvchidan
ADABIYoTLAR:
1. Abdullaeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim
muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari,
2019. -280 b.
2. Avliyakulov N. Pedagogik texnologiyalar. –T.: “Fan va texnologiyalar”,
2018 y.
3. Mavlonova R.A.,Raxmonqulova N.X. va boshqalar. Umumiy
pedagogika//darslik// Toshkent: 2016 y. 538 b.
4. Ataeva N., Salaeva M., Hasanov S. Umumiy Pedagogika //darslik// Fan va
texnologiya nashiriyoti, 2013 y 862- b.
5. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. - T: “Iqtisod-moliya”,
2010 y. 424 b.
6. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. Pedagogika. 1-qism //darslik//. –
Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010 y. 400 b.
7. Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. Darslik. – T: “Alisher
Navoiy nomidagi Milliy kutubxona”, 2005y
8. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006
9.Podlasыy I.P. Pedagogika. V 3-x chastyax. Uchebnik. - M, izd-vo “Vlados”,
2008g.
10. Golovanova N.F. Obщaya pedagogika. Uchebnoe posobie. – M.: “Rech”,
2005g.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T: O‘zbekiston, 2018y.
11. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni /Barkamol
avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq”, 1998y.
12. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida”gi Qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-
T.: “Sharq”, 1998y.
13.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Yoshlarga
oid
davlat
siyosati
to‘g‘risida”gi Qonun. –T.: O‘zRQ-406-son. 2016 yil 14 sentyabr.
14.“2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatalar strategiyasi”. –T.: “Adolat”, 2017 y.
15. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” Qonuni.
O‘RQ-419-son. 2017 y.
16. Mirziyoev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. //O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan oliy Majlis palatalarining qo‘shma
majlisidagi nutqi // T: “O‘zbekiston”, 2016. – 56 b.
17. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik
–
har
bir
rahbar
faoliyatining
kundalik
qoidasi
bo‘lishi
kerak.//Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruza// –T.: “O‘zbekiston”, 2017y. – 104 b.
18. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi //O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
qabul
qilinganining
24
yilligiga
bag‘ishlangan
tantanali
marosimdagi ma’ruzasi 07-12-2016 // -T: “O‘zbekiston”, 2017 y. - 48 b.
19. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 y. – 491 b.
20. Xasanboev J., To‘rakulov X., Xaydarov M., Xasanboeva O., Usmonov N.
Pedagogika fanidan izohli lug‘at. -T.: “Fan va texnologiya”, 2009y.
21. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. -Toshkent:
Turon-Iqbol, 2006.