TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

101,5 KB


TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR
reja:
1. Tamom bo‘lmagan jinoyatlar tushunchasi, belgilari va turlari.
2. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish.
3. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish.
4. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish.
1. TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR TUSHUNCHASI, BELGILARI
VA TURLARI
Amaldagi jinoyat qonunida tamom bo‘lgan jinoyat tushunchasi berilmagan. 
Lekin  jinoyat huquqida tamom bo‘lgan jinoyat deb - shaxsning sodir qilgan
ijtimoiy xavfli qilmishida jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha
alomatlari mavjud bo‘lsa, ushbu qilmish tamom bo‘lgan jinoyat deb topilishiga aytiladi.
Agarda,  jinoyat  moddiy  tarkibli  bo‘lsa -  ijtimoiy  xavfli  oqibat  kelib
chiqqandagina, jinoyat tamom bo‘lgan deb topilsa;
formal tarkibli jinoyatlarda esa - jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli
qilmishning o‘zi sodir qilingan payt tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi.
Jinoyat  sodir  qilish  bosqichlari  deb  - ijtimoiy xavfli  qilmish  sodir  etilishini
ifodalovchi harakatlar bosqichining majmuiga aytiladi. 
Ya’ni qasdning shakllanishi va rivojlanishi darajasini ifodalaydi. 
Ob’ektiv va sub’ektiv belgilariga ko‘ra, ushbu rivojlanish bosqichlari bir-biridan
farqlanadi.
1
Logotip
TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR reja: 1. Tamom bo‘lmagan jinoyatlar tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish. 3. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish. 4. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish. 1. TAMOM BO‘LMAGAN JINOYATLAR TUSHUNCHASI, BELGILARI VA TURLARI Amaldagi jinoyat qonunida tamom bo‘lgan jinoyat tushunchasi berilmagan. Lekin jinoyat huquqida tamom bo‘lgan jinoyat deb - shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishida jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lsa, ushbu qilmish tamom bo‘lgan jinoyat deb topilishiga aytiladi. Agarda, jinoyat moddiy tarkibli bo‘lsa - ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqandagina, jinoyat tamom bo‘lgan deb topilsa; formal tarkibli jinoyatlarda esa - jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishning o‘zi sodir qilingan payt tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi. Jinoyat sodir qilish bosqichlari deb - ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishini ifodalovchi harakatlar bosqichining majmuiga aytiladi. Ya’ni qasdning shakllanishi va rivojlanishi darajasini ifodalaydi. Ob’ektiv va sub’ektiv belgilariga ko‘ra, ushbu rivojlanish bosqichlari bir-biridan farqlanadi. 1
Jinoyat qonuni jinoyat bosqichlari degan tushunchani ishlatmaydi, balki tamom
bo‘lmagan jinoyatlar tushunchasini beradi. JK 25-moddasiga ko‘ra tamom bo‘lmagan
jinoyatlarga:
- jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish;
- jinoyatga suiqasd qilish kiradi.
Jinoyat bosqichlarining bir biridan farqi 
va tugallanish vaqti
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish 
jinoyatga suiqasd qilish
-
 
jinoyat
 
qonuni
 
bilan
qo‘riqlanadigan
 
ob’ektga
 
tajovuz
qilinmaydi;
-
 
jinoyat
 
qonuni
 
bilan
qo‘riqlanadigan
 
ob’ektga
 
tajovuz
boshlanmasdan
 
shaxsga
 
bog‘liq
bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatiladi.
-
 
jinoyat
 
qonuni
 
bilan
qo‘riqlanadigan
 
ob’ektga
 
tajovuz
boshlanadi;
-
 
jinoyat
 
qonuni
 
bilan
qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz boshlanib,
lekin shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga
ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi.
Ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlarda va harakatsizlik orqasidan sodir
qilinadigan jinoyatlarda jinoyat bosqichlari  (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish)
mavjud bo‘lmaydi.
2. JINOYaTGA TAYYoRGARLIK KO‘RISh
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-
sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi
boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish
deb topiladi.
Jinoyatga  tayyorgarlik  ko‘rishda,  shaxs  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan
2
Logotip
Jinoyat qonuni jinoyat bosqichlari degan tushunchani ishlatmaydi, balki tamom bo‘lmagan jinoyatlar tushunchasini beradi. JK 25-moddasiga ko‘ra tamom bo‘lmagan jinoyatlarga: - jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish; - jinoyatga suiqasd qilish kiradi. Jinoyat bosqichlarining bir biridan farqi va tugallanish vaqti jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyatga suiqasd qilish - jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz qilinmaydi; - jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz boshlanmasdan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatiladi. - jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz boshlanadi; - jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz boshlanib, lekin shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlarda va harakatsizlik orqasidan sodir qilinadigan jinoyatlarda jinoyat bosqichlari (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish) mavjud bo‘lmaydi. 2. JINOYaTGA TAYYoRGARLIK KO‘RISh Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart- sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda, shaxs jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 2
ob’ektga  tajovuz  qilishga  ulgurmasdan o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra,
to‘xtatilishi tushuniladi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mavjud bo‘lib,
ular quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin.
Ob’ektiv belgilariga:
- jinoyat sodir etish vositalarini; 
- jinoyat ishtirokchilarini izlab topish;
- jinoyat sodir qilish uchun kelishish;
- jinoyat ob’ektiga tajovuz boshlanmasdan tashqi ta’sir tufayli to‘xtalishi.
Sub’ektiv belgisini esa - jinoyatninng to‘g‘ri qasddan sodir etilishi tashkil etadi.
Ya’ni, shaxs sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini
anglaydi, tayyorgarlik ko‘rayotgan qilmishi qanday xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi
mumkinligiga ko‘za yetadi va shunday oqibatlar keltirib chiqarishini istab harakat qiladi
(moddiy tarkibli jinoyatlarda).
Formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs ijtimoiy xavfli qilmishining xavfliligi
xususiyatini anglaydi va shunday qilmishni sodir etishni istab harakat qiladi.
3. JINOYaT SODIR ETIShGA SUIQASD QILISh
Shaxsning qasddan sodir etadigan jinoyati boshlanib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan
holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga cuiqasd qilish deb
topiladi.
Jinoyatga suiqasd qilishning ham - ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mavjud bo‘lib,
ular quyidagilarda ifodalanadi.
Ob’ektiv belgilariga:
- suiqasd jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan harakatni ifodalashi;
- jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga qarshi qaratilgan tajovuzning
boshlanishi;
-  jinoiy  harakat  shaxsga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarga  ko‘ra  oxiriga
yetkazilmasligi. 
3
Logotip
ob’ektga tajovuz qilishga ulgurmasdan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, to‘xtatilishi tushuniladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin. Ob’ektiv belgilariga: - jinoyat sodir etish vositalarini; - jinoyat ishtirokchilarini izlab topish; - jinoyat sodir qilish uchun kelishish; - jinoyat ob’ektiga tajovuz boshlanmasdan tashqi ta’sir tufayli to‘xtalishi. Sub’ektiv belgisini esa - jinoyatninng to‘g‘ri qasddan sodir etilishi tashkil etadi. Ya’ni, shaxs sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini anglaydi, tayyorgarlik ko‘rayotgan qilmishi qanday xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘za yetadi va shunday oqibatlar keltirib chiqarishini istab harakat qiladi (moddiy tarkibli jinoyatlarda). Formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs ijtimoiy xavfli qilmishining xavfliligi xususiyatini anglaydi va shunday qilmishni sodir etishni istab harakat qiladi. 3. JINOYaT SODIR ETIShGA SUIQASD QILISh Shaxsning qasddan sodir etadigan jinoyati boshlanib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga cuiqasd qilish deb topiladi. Jinoyatga suiqasd qilishning ham - ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda ifodalanadi. Ob’ektiv belgilariga: - suiqasd jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan harakatni ifodalashi; - jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga qarshi qaratilgan tajovuzning boshlanishi; - jinoiy harakat shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmasligi. 3
Jinoyatga  suiqasd  qilish  ham  tayyorgarlik  ko‘rish  singari  ob’ektiv  tomondan
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Lekin jinoyatga
suiqasd  qilishda  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  ob’ektga tajovuz  boshlanib,
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmasligida ifodalanadi.
Sub’ektiv  belgisini  esa -  jinoyatga  suiqasd  faqatgina, to‘g‘ri  qasddan  sodir
etiladigan jinoyalarda mavjud bo‘lishida ifodalanadi.
Ya’ni  shaxs  sodir  etayotgan  ijtimoiy  xavfli  qilmishi  jinoyat  sodir  etishga
qaratilganligini  anglaydi,  jinoyati  qanday  xavfli  oqibatlar  keltirib  chiqarishi
mumkinligiga ko‘za yetadi va shunday oqibatlar keltirib chiqarishini istab turib tajovuz
qiladi, bu moddiy tarkibili jinoyatlarda kuzatiladi. 
Formal  tarkibli  jinoyatlarda esa  - shaxs  jinoyat  sodir  etishga  bevosita
qaratilgan harakatini istab sodir qilishi tushuniladi.
- moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd - shaxsning o‘ylagan ijtimoiy xavfli oqibati
kelib chiqmasligida ifodalansa;
- formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs qilishi lozim bo‘lgan harakatlarini to‘liq
bajara olmasligida ifodalanadi.
Jinoyat huquqi suiqasdni bir necha turlarga bo‘lib o‘rganadi. Ular:
№
Suiqasd turlari
1.
Suiqasdni amalga
oshirilganlik darajasiga ko‘ra
tamom bo‘lmagan suiqasd;
tamom bo‘lgan suiqasd.
2.
Suiqasdni yaroqlilik
darajasiga ko‘ra
Yaroqsiz ob’ektga nisbatan;
yaroqsiz vositalar bilan.
Tamom bo‘lgan suiqasd deb - jinoiy maqsadga erishish uchun aybdor o‘ziga
bog‘liq  bo‘lgan  barcha  harakatlarni  amalga  oshiradi,  ammo  uning  o‘ziga  bog‘liq
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jinoyat oxiriga yetkazilmasligi tushuniladi. 
4
Logotip
Jinoyatga suiqasd qilish ham tayyorgarlik ko‘rish singari ob’ektiv tomondan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Lekin jinoyatga suiqasd qilishda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga tajovuz boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmasligida ifodalanadi. Sub’ektiv belgisini esa - jinoyatga suiqasd faqatgina, to‘g‘ri qasddan sodir etiladigan jinoyalarda mavjud bo‘lishida ifodalanadi. Ya’ni shaxs sodir etayotgan ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat sodir etishga qaratilganligini anglaydi, jinoyati qanday xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘za yetadi va shunday oqibatlar keltirib chiqarishini istab turib tajovuz qiladi, bu moddiy tarkibili jinoyatlarda kuzatiladi. Formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatini istab sodir qilishi tushuniladi. - moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd - shaxsning o‘ylagan ijtimoiy xavfli oqibati kelib chiqmasligida ifodalansa; - formal tarkibli jinoyatlarda esa - shaxs qilishi lozim bo‘lgan harakatlarini to‘liq bajara olmasligida ifodalanadi. Jinoyat huquqi suiqasdni bir necha turlarga bo‘lib o‘rganadi. Ular: № Suiqasd turlari 1. Suiqasdni amalga oshirilganlik darajasiga ko‘ra tamom bo‘lmagan suiqasd; tamom bo‘lgan suiqasd. 2. Suiqasdni yaroqlilik darajasiga ko‘ra Yaroqsiz ob’ektga nisbatan; yaroqsiz vositalar bilan. Tamom bo‘lgan suiqasd deb - jinoiy maqsadga erishish uchun aybdor o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshiradi, ammo uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jinoyat oxiriga yetkazilmasligi tushuniladi. 4
Ya’ni shaxs jinoiy maqsadga erishishi uchun qilishi shart va lozim deb o‘ylagan
barcha harakatlarini to‘liq bajarishi tushuniladi. Masalan: shaxs qasddan odam o‘ldirish
uchun birovga zahar beradi, lekin shaxsga tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligi tufayli u
tirik qoladi.
Tamom bo‘lmagan suiqasd deb - shaxs jinoiy maqsadga erishishi uchun qilishi
shart deb o‘ylagan barcha harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, to‘liq
bajara olmasligi tushuniladi. Masalan: shaxs o‘g‘rilik qilishi uchun bajarishi lozim
bo‘lgan harakatlarni mulkning egasi kelib qolganligi tufayli, to‘liq bajara olmasligi.
"Yaroqsiz" ob’ektga tajovuz qilish – shaxsning xatosi tufayli jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ob’ektga zarar yetkazilmasligida ifodalanadi. 
Ya’ni  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  ob’ekt  ijtimoiy  xavfli  tajovuz
boshlangunga qadar boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelib qolgan bo‘ladi.
Bunda shaxs ko‘p hollarda jinoyat ob’ektiga nisbatan emas, balki, predmetiga
nisbatan xato qiladi. 
Ushbu holatda shaxsning harakatlari tamom bo‘lgan suiqasd sifatida e’tirof etiladi
va kvalifikatsiya qilinmoqda. Masalan: shaxs qasddan odam o‘ldirish uchun pichoq
uradi lekin o‘sha shaxs boshqa bir sabablarga ko‘ra oldinroq vafot etgan bo‘ladi. 
Ushbu holatda shaxsni javobgarlikka tortish asosini – shaxs jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazayotganda, uning yaroqsizligini
bilmasdan turib tajovuz qilganligi bilan ifodalanadi va uning harakatlari qasddan odam
o‘ldirishga nisbatan suiqasd deb kvalifikatsiya qilinadi.
Lekin bugungi kunda ushbu fikrlarga qarshi chiqayotgan bir qancha olimlar bor,
ularning  fikrlariga  ko‘ra,  ushbu  hoatda  aybdorning  harakatlari  jinoyat  sifatida
baholanishi kerak emas deb hisoblashadi va o‘z fikrlarini jinoyat qonuni amalda mavjud
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni  himoya qiladi  deb ta’kidlashadi. Ya’ni  “yaroqsiz”
holdagi ob’ektlar jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydi deb hisoblashadi.
"Yaroqsiz" vositalar bilan suiqasd qilish deganda - jinoyatni oxiriga yetkazish
uchun yaroqsiz bo‘lgan, ya’ni amalda ishlatib bo‘lmaydigan vositalarni qo‘llab tajovuz
qilinishi tushuniladi. 
5
Logotip
Ya’ni shaxs jinoiy maqsadga erishishi uchun qilishi shart va lozim deb o‘ylagan barcha harakatlarini to‘liq bajarishi tushuniladi. Masalan: shaxs qasddan odam o‘ldirish uchun birovga zahar beradi, lekin shaxsga tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligi tufayli u tirik qoladi. Tamom bo‘lmagan suiqasd deb - shaxs jinoiy maqsadga erishishi uchun qilishi shart deb o‘ylagan barcha harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, to‘liq bajara olmasligi tushuniladi. Masalan: shaxs o‘g‘rilik qilishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni mulkning egasi kelib qolganligi tufayli, to‘liq bajara olmasligi. "Yaroqsiz" ob’ektga tajovuz qilish – shaxsning xatosi tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektga zarar yetkazilmasligida ifodalanadi. Ya’ni jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ekt ijtimoiy xavfli tajovuz boshlangunga qadar boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz holatga kelib qolgan bo‘ladi. Bunda shaxs ko‘p hollarda jinoyat ob’ektiga nisbatan emas, balki, predmetiga nisbatan xato qiladi. Ushbu holatda shaxsning harakatlari tamom bo‘lgan suiqasd sifatida e’tirof etiladi va kvalifikatsiya qilinmoqda. Masalan: shaxs qasddan odam o‘ldirish uchun pichoq uradi lekin o‘sha shaxs boshqa bir sabablarga ko‘ra oldinroq vafot etgan bo‘ladi. Ushbu holatda shaxsni javobgarlikka tortish asosini – shaxs jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazayotganda, uning yaroqsizligini bilmasdan turib tajovuz qilganligi bilan ifodalanadi va uning harakatlari qasddan odam o‘ldirishga nisbatan suiqasd deb kvalifikatsiya qilinadi. Lekin bugungi kunda ushbu fikrlarga qarshi chiqayotgan bir qancha olimlar bor, ularning fikrlariga ko‘ra, ushbu hoatda aybdorning harakatlari jinoyat sifatida baholanishi kerak emas deb hisoblashadi va o‘z fikrlarini jinoyat qonuni amalda mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi deb ta’kidlashadi. Ya’ni “yaroqsiz” holdagi ob’ektlar jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydi deb hisoblashadi. "Yaroqsiz" vositalar bilan suiqasd qilish deganda - jinoyatni oxiriga yetkazish uchun yaroqsiz bo‘lgan, ya’ni amalda ishlatib bo‘lmaydigan vositalarni qo‘llab tajovuz qilinishi tushuniladi. 5
Ushbu holatda shaxsni javobgarlikka tortish asosini – shaxs jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish maqsadida foydalanayotgan
vositasining amalda yaroqli deb o‘ylashi tashkil etadi. Masalan: shaxs qasddan odam
o‘ldirish uchun zahar beradi lekin ushbu zahar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilayotgan
vaqtga kelib o‘zining insonga zarar yetkazish xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. 
Bu  esa,  tamom  bo‘lmagan  suiqasd  sifatida  e’tirof  etilib,  umumiy  asoslarda
javobgarlikni keltirib chiqaradi va ushbu holatda ham shaxsning harakatlari qasddan
odam o‘ldirishga nisbatan suiqasd deb kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va suiqasd qilganlik uchun javobgarlik.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga cuiqasd qilganlik
uchun javobgarlik JK Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni
belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi (JK 25-moddasi 3-qismi). 
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida to‘xtatilganda uning harkatlari
JK Maxsus qismi tegishli moddasi va JK 25- moddasining 1-qismiga havola qilgan
holda kvalifikatsiya qilinadi (Mas: JK 25-moddasi 1-qismi, JK 97-moddasi 1-qismi).
Shaxs jinoyatga suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilganda esa, uning harkatlari JK
Maxsus qismi tegishli moddasi va JK 25- moddasining 2-qismiga havola qilgan holda
kvalifikatsiya qilinadi (Mas: JK 25-moddasi 2-qismi, JK 97-moddasi 1-qismi).
Lekin jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun
tayinlanadigan jazoning muddati va miqdori JK Maxsus qismi tegishli moddasida yoki
qismida tamom bo‘lgan jinoyatlar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan jazo turlarining
eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim. Ushbu holatda modda
sanksiyasida nazarda tutilgan jazolardan eng og‘irinin to‘rtdan uch qismidan oshib
ketmasligini  nazarda  tutadi  va  bu  qoida  sanksiyada  nazarda  tutilgan  barcha  jazo
turlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
4. JINOYaT SODIR ETIShDAN IXTIYoRIY QAYTISh
6
Logotip
Ushbu holatda shaxsni javobgarlikka tortish asosini – shaxs jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish maqsadida foydalanayotgan vositasining amalda yaroqli deb o‘ylashi tashkil etadi. Masalan: shaxs qasddan odam o‘ldirish uchun zahar beradi lekin ushbu zahar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilayotgan vaqtga kelib o‘zining insonga zarar yetkazish xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu esa, tamom bo‘lmagan suiqasd sifatida e’tirof etilib, umumiy asoslarda javobgarlikni keltirib chiqaradi va ushbu holatda ham shaxsning harakatlari qasddan odam o‘ldirishga nisbatan suiqasd deb kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va suiqasd qilganlik uchun javobgarlik. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyat sodir etishga cuiqasd qilganlik uchun javobgarlik JK Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi (JK 25-moddasi 3-qismi). Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida to‘xtatilganda uning harkatlari JK Maxsus qismi tegishli moddasi va JK 25- moddasining 1-qismiga havola qilgan holda kvalifikatsiya qilinadi (Mas: JK 25-moddasi 1-qismi, JK 97-moddasi 1-qismi). Shaxs jinoyatga suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilganda esa, uning harkatlari JK Maxsus qismi tegishli moddasi va JK 25- moddasining 2-qismiga havola qilgan holda kvalifikatsiya qilinadi (Mas: JK 25-moddasi 2-qismi, JK 97-moddasi 1-qismi). Lekin jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun tayinlanadigan jazoning muddati va miqdori JK Maxsus qismi tegishli moddasida yoki qismida tamom bo‘lgan jinoyatlar uchun tayinlanishi nazarda tutilgan jazo turlarining eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan oshmasligi lozim. Ushbu holatda modda sanksiyasida nazarda tutilgan jazolardan eng og‘irinin to‘rtdan uch qismidan oshib ketmasligini nazarda tutadi va bu qoida sanksiyada nazarda tutilgan barcha jazo turlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. 4. JINOYaT SODIR ETIShDAN IXTIYoRIY QAYTISh 6