Tangacha qanotlilar, parda qanotlilar va ikki qanotlilar turkumlari
1. Tangacha qanotlilar yoki kapalaklar turkumi
2. Parda qanotlilar turkumi
3. Ikki qanotlilar turkumi
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar 4 ta bosqichni tuxum, lichinka,
g‘umbak vayaga etgan hasharot bosqichini bosib o‘tadi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalari voyaga etgan hasharotga mutlaqo o‘xshamaydi. Tanasi qurtsimon,
terisi yumshoq, qorin va ko‘krak qismida oyoqlari bo‘ladi. Og‘iz apparati
kemiruvchi tipda. Qanotlari bo‘lmaydi. Bular bir necha turkumlarga bo‘linadi.
Tangachaqanotlilar yoki kapalaklar turkumi.
Tangacha qanotlilar
hasharotlar sinfining eng katta turkumlaridan biri bo‘lib, 100 mingdan ortiq turni
birlashtiradi. Rossiyada 8 mingdan ortiq turi ma’lum. Ular turli kattalikda, qanotini
yoygan holatda 2-8 mm dan (kichik kuyalar) 20-28 mm (tovusko‘z kapalaklar) (11-
12 tab).
Ikkala juft pardasimon qanoti tangachalar bilan qoplangan. Lichinkalari
qurtsimon, quruqlikda yashaydi. Ayrim turlarida masalan, tut ipak qurtida tola
chiqaruvchi bezlari bor. Mo‘ylovlari ipsimon, qilsimon, to‘g‘nag‘ichsimon,
yoysimon, patsimon bo‘lishi mumkin. Erkaklarida mo‘ylovlari urg‘ochilarnikiga
nisbatan kuchli taraqqiy etgan.
Og‘iz apparati gul nektarini so‘rishga moslashgan. So‘ruvchi naycha-
xartumchasi bo‘ladi. Ba’zi bir kapalaklarning og‘iz apparati reduksiyalangan va
ular oziqlanmaydi. Masalan, pillato‘qirlar, tustovuqko‘zlilar, to‘lqinlilar oilasi.
Qapalaklar qanoti tanasiga nisbatan katta (66rasm) tangachalari tanani qoplab
turadi. Qanotlarida rangdor pigmentlar bo‘ladi. Ba’zi turlarining urg‘ochilarida
qanotlari qisqa bo‘lib, uchishga yaroqsiz bo‘ladi.
Kapalaklarning qorin tuzilishi. Erkaklarining qornini ohirgi segmentida
kopulyativ qo‘shilish organi bor. Urg‘ochilarida oxirgi bo‘g‘imlarida joylashgan
ikkilamchi tuxum qo‘ygichlari bo‘ladi.
Kapalaklarning lichinkasi qurt deyiladi. Tanasi silindr shaklida, uch juft ko‘krak
va besh juft qorin oyoqlari bor. Lichinkalarning ko‘pchiligi erkin, ochiq hayot
kechiradi. Ba’zilari tuproqda, ayrimlari esa o‘ralgan yoki yopishtirilgan barglar
oralig‘ida yashab, barg o‘rovchilar gruppasini tashkil qiladi. G‘umbaklari
xarakatsiz. Ko‘pchilik kapalaklar tuxum, lichinka, g‘umbak yoki etuk hasharot
fazasida qishlaydi. Etuk individlari gul nektari bilan oziqlanadi. Qurtlari o‘simlik
to‘qimasini kemirib, katta zarar keltiradi. Tangacha qanotlilar uchta kenja
turkumga jag‘lilar, tuban so‘ruvchilar va oliy so‘ruvchilarga bo‘linadi.
Kapalaklarning 70dan ortiq oilalari ma’lum.
Asl kuyalar oilasi. Bular uylarda, kiyim –kechak, mebel va donlarni
zararlaydigan kuyalar kiradi. Ular ko‘pincha hayvon mahsulotlarida yashaydi.
Barg o‘rovchilar oilasi. Qanotlari uchburchak shaklida bo‘ladi, qurtlari o‘ralgan
barglar yoki meva ichida rivojlanadi. Olma qurti kapalagi shu oilaga kiradi.
Parvona kapalagi. Kechasi yorug‘likka uchib kelgani uchun parvona kapalagi
deb ataladi. Tanasi ingichkaroq, oyoqlari uzun, oldingi qanotlari qiyshiq,
uchburchak, orqa qanoti kalta. Bir necha ming turni o‘z ichiga oladi. Bularga o‘tloq
parvonasi, poya parvonasi, asalari qutilarida yashaydigan mum parvonasi misol
bo‘ladi.
To‘g‘nag‘ich mo‘ylovlilar yoki kunduzgi kapalaklar. Mo‘ylovlari to‘g‘nag‘ich
shaklda, qanotlari rangli, kunduzi hayot kechiradi. 700 ga yaqin turlari ma’lum.
Oq kapalaklar oilasi. Qanotlari oqish yoki sarg‘ish rangda, qurtlari karam,
sholg‘om va boshqa butgullilarga zarar keltiradi (69 rasm 11-12 tab).
Tovusko‘zlilar oilasi. Kapalaklari yirik, har bir qanotlarida ko‘z shaklli dog‘lari
bor. Bularga vakil qilib, dub xitoy ipak qurti, nok saturniyasi qanotlarini yoyganda
18 sm, qurtining uzunligi 13 sm kattalikda bo‘ladi. SHu oilaga dunyoda eng yirik
kapalaklardan biri attakus kiradi. Qanotlarini yoyganda 30 sm ga etadi.
Arvox kapalaklari. Mo‘ylovlari yoysimon, orqa qanoti oldingisiga nisbatan
kalta, qurtlarining 8- qorin bo‘g‘imi ustida shoxsimon o‘simtasi bor. Kapalaklari
gullarni nektarini so‘rib oziqlanadi. Bularga jonsiz bosh arvox kapalagi, qarag‘ay
arvox kapalaklari kiradi.
Odimchilar oilasi. Rossiyada 1,5 ming turi ma’lum. Kapalaklarning tanasi
ixcham, qurtlarining qorin oyoqlari ikki juft, shu sababli “odim” tashlab
o‘rmalaydi. Bularning qurtlarida harakatsiz xolat k r i p t i z m taraqqiy etgan.
Bularga qishki odimchi, qarag‘ay odimchisi, tut odimchisi kiradi.
Tunlamlar oilasi. Tangacha qanotlilar turkumining eng katta oilasi 20 minga
yaqin turi bo‘lib, 2 mingdan ortig‘i rossiyada uchraydi. Qurtlari qishloq xo‘jaligi
ekinlariga zarar keltiradi. Bularga ko‘k qurt tunlami, karam tunlami, kul rang g‘alla
tunlami, ko‘sak qurti, qarag‘ay tunlami, gamma tunlamlari kiradi. Bularning
barchasi tungi kapalaklar deb ataladi.
Parda qanotlilar turkumi
Bu yirik turkumlardan biri bo‘lib, 150 mingdan ortiq, rossiya xududida 20
mingdan ortiq turi ma’lum. Qanoti ikki juft, tiriq, pardasimon, og‘iz apparati
kemiruvchi yoki so‘ruvchi tipda. Qorinchaning birinchi bo‘g‘imi ko‘krak qismiga
qo‘shilgan, urg‘ochilarda tuxum qo‘ygichi yoki nayzasi bor. Lichinkalar oyoqsiz
yoki qurtsimon. Mayda turlarning kattaligi 0,2-0,55 mm. Boshi xarakatchan
o‘rnashgan. Uchta kichkina ko‘zi bor, mo‘ylovlari ipsimon yoki tirsaksimon. Og‘iz
apparati so‘ruvchi tipda bo‘lganlari arrakashlar, arilar, chumolilar, yaydoqchilar.
Ayrim vakillarining qorin qismida nayzasi bo‘ladi va u o‘ljani jaroxatlash va
dushmandan ximoyalash vazifasini bajaradi. Zaxarni maxsus bezlar ajratadi.
Asalari va ari zaxaridan tayyorlangan preparatlar meditsinada bod kasalligini
davolashda qo‘llaniladi. Parda qanotlilar o‘simliklarni changlatishda muxim rol
o‘ynaydi. Asalarilar asal va mum ishlab chiqaradi. Bazi turlari zararkunanda
hasharotlarga qarshi biologik kurashda ko‘llaniladi. Parda qanotlilar turkumi ikki
kenja turkumga bo‘linadi.
Botiq qorinlilar kenja turkumi. Bular qorinlarining botiqligi, oyoq
o‘ynagichining ikki bo‘g‘imli bo‘lishi bilan farq qiladi. Lichinkaning boshi yaxshi
taraqqiy etgan, ba’zan qorin oyoqlari bo‘ladi. Ular bir necha oilalarga bo‘linadi.
Arrakashlar oilasi. Tuxumlarini o‘simlik yoriqlariga yoki o‘simlik bargiga
bittadan yoki zanjircha xolida qo‘yadi. Lichinkalar soxta qurt deb ataladi. Bularga
sariq arrakash, qarag‘ay arrakashi, g‘ala arrakashlari misol bo‘ladi.
Xibchabellilar kenja turkumi. Bu kenja turkum ingichka belli, oyoqlar
o‘ynagichi oddiy yoki ikki bo‘g‘imli. Lichinkalari oyoqsiz, boshi kichik. Bular 10
tadan ko‘p oilalarni o‘z ichiga oladi.
Asl yaydoqchilar oilasi. Yirik serxarakat turlari kiradi. Ko‘pchilik turlari
ikki qanotli hasharotlar, shuningdek o‘rgimchaklar paraziti hisoblanadi.
Brakonidlar oilasi. Bularga mayda turlar kiradi. Asosan tangachaqanotli
hasharotlarda parazitlik qiladi. Masalan, a p a n t e l e s avlodi turlari kapalak
qurtlarini xaloq qiladi. A f i d i u s shiralarda parazitlik qiladi. Zararlangan shiralar
qorayadi va sharsimon ko‘rinishda bo‘lib puchlanib qoladi.
Xalsidsimonlar oilasi. Tanasi kichik metal rangida, ko‘zlari yo‘q,
mo‘ylovlari tirsakli 15 ta bo‘g‘imli bo‘ladi. 8 mingdan ortiq turi ma’lum. Ba’zilari
tuxumxo‘r, masalan, trixogrammalar olma qurti va boshqa qurtlarning tuxumlarini
kamaytirishda katta axamiyatga ega. (0.2-0,8 mm). Parazit a f e l i n u s olma qonli
shirasiga kurashish uchun rossiyadan boshqa evropa mamlakatlariga tarqatilgan.
Xalsidsimonlarning ayrim turalari fitofagdir. Bug‘doy va sebarga yo‘g‘on
oyoqlilari dukkakli o‘simliklar urug‘lari ichida rivojlanadi. Urug‘ sifatini buzadi.
CHumolilar. 5 mingdan ortiq turlari ma’lum. Mo‘ylovlari tirsakli, 12-13
bug‘imli. Bular jamoa bo‘lib yashab, qanotsiz ishchi, qanotli erkak, urg‘ochi va
yirik boshli ishchi-askarchalarga bo‘linadi. Inlarini erga, daraxt po‘stloqlari va
boshqa erlarga qo‘yadi. Hayvon va o‘simlik maxsuloti qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Bular shiralarning shirin chiqindilari bilan oziqlanishni xush ko‘radi. Bularga vakil
qilib malla chumoli, qora chumoli, argientina chumolilarini olish mumkin.
Arisimonlar bosh oilasi. Bular bir nechta oilaga bo‘linadi. Skolilar oilasi,
bular yirik, tanasi va oyoqlari tukli, urg‘ochi individ tuproqdagi lichinkani topib,
uni nayzasi yordamida shikastlaydi va ichiga tuxum qo‘yadi. Lichinka o‘lja bilan
oziqlanib rivojlanadi. Mo‘ylovli qo‘ng‘izlarni lichinkalarini kamaytirib foyda
keltiradi.
Taxlanma qanotli arilar oilasi. Oldingi qanotlari uzunasiga taxlanadi,
tanasi tuksiz, hasharotlarni o‘ldirib, oziq tayyorlaydi va u bilan lichinkalarni
boqadi. Vakil qovoqari. Bunday arilar pishgan muvalarni, uzumni kemirib
shikastlaydi.
Asalarisimonlar oilasi. Rossiyada 3,5 mingdan ortiq turi ma’lum. Gulli
o‘simliklarning nektari bilan oziqlanadi.
Tukli yoki qavoq arilar. Bular jamoa bo‘lib yashaydi jamoasi bir mavsum
uchun xosdir. Erkak individlari urg‘ochilarni urug‘lantirgandan so‘ng nobud
bo‘ladi.
Burgalar turkumi. Rossiyada 2500 taga yaqin turi ma’lum. Tanasi mayda,
qanotsiz, ikki yonbosh tomondan qisilgan (79 rasm). Og‘zi sanchib so‘ruvchi tipda
tuzilgan. YAxshi rivojlangan ko‘zi yo‘q. Ko‘zchalari bir juft. Oyoqlari
tirmashuvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda. Burgalar issiqqonli hayvonlarning
tashqi paraziti bo‘lib hisoblanadi. Ular tuxumlarini pol tirqishlariga, gilamlar
ostiga, ifloslangan joylarga qo‘yadi. Lichinkasi chuvalchangsimon, oyoqsiz,
surxarakat, uzunmo‘ylovli bo‘ladi. Odam burgasi 4-6 xaftada rivojlanadi. Bu
turkumning vakillari odam burgasi, kalamush burgasi, qurt burga va boshqalar
kiradi.
Ikki qanotlilar yoki pashshalar turkumi. Bu turkum eng yuqori
takomillashgan xisoblanib 8 mingga yaqin turi ma’lum. Rossiyada 20 mingga
yaqin turi ma’lum. (80 rasm) Bir juft pardasimon qanotlari bor. Boshi xarkatchan,
og‘iz organlari so‘rishga yoki yalashga moslashgan. Lichinkalari oyoqsiz,
g‘umbagi soxta pilla ichida bo‘ladi. Fasetkali ko‘zlari katta. Uzun mo‘ylovlilaridan
chivinlarda va pashshlarda, qisqa mo‘ylovlilardan so‘nalarda og‘iz bo‘laklari
yig‘indisi to‘laroq tuzilgan. CHivinlarning og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi tipda.
Qanotlari pardasimon, orqa qanotlari yo‘q. Qanot qoqishi juda tez, bir sekundda uy
pashshasi 330 marta, chivin 600 marta, ba’zilari 1000 martagacha bo‘lishi mumkin.
CHivinlarning oyoqlari juda uzun bo‘ladi.
Ikki qanotlilar ikkiga uzun va qisqa mo‘ylovlari kenja turkumlariga
bo‘linadi.
Uzunmo‘ylovlilar kenja turkumi. 2,5 mingdan ortiq turi ma’lum.
Mo‘ylovlari ko‘p bo‘g‘imli, g‘umbagi erkin, hayoti sernam erlar bilan bog‘liq.
Kuyachivinlar oilasi. Tashqi ko‘rinishidan mayda kapalaklarga o‘xshaydi.
Lchinalari chiriyotgan moddalarda, tuproq yoki suvda yashaydi. Vakil iskaptopar.