Tanlovlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari
Reja:
1.Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar
2.Sinfdan tashqari ishlarning shakllari va vazifalari
3.Kuni uzaytirilgan guruhlarning ish turlari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar
mavzuining asosiy maqsadi, mazmuni asosan o‘zbekcha to‘g‘ri talaffuz, imlo va
ifodali o‘qish yuzasidan o‘quvchilar egallagan bilim va malakalarini
takomillashtirish masalalariga qaratiladi. Аyni maqsadda quyidagi mavzularni
tavsiya qilamiz:
1. «Kimning nutqi ifodali?» ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va
yaqin maktablar o‘rtasida tanlovlar tashkil qilish.
2. Tanish va notanish matndan ifodali o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etish.
Bunday mashg‘ulotlar boshlang‘ich taʼlimni bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo‘yiladigan bir daqiqada 70-100 so‘z tezligida o‘qish (DTS. 252) kabi
minimal talabni bajarishning tajribada sinalgan omillaridan biridir.
3. «Savodxonlikning siri nimada?» ruknida o‘zbekqoraqalpoq yoki o‘zbek-
qozoq tillarida «Unli tovushlar bahslashadi», «Undosh tovushlar bahslashadi»,
«Qo‘shimchalar bahslashadi» kabi mavzularda muloqot, munozara kechalari
o‘tkazish: ota-ata; basbos: kelbel: tosh-bosh va shu kabilar. Bu tadbirda didaktik
tamoyilga amal qilish lozim: А-O: huro nimayu, xurmo nima? Yoki amir nimayu
amr nima? Аfzal nimayu abzal nima? meʼyorida murakkablasha boradi. Bu rukn
yozuv, yozma nutqqa qo‘yilgan talablarni bajarishda samarador usuldir. (DTS.254)
4. Sheʼrxonlar bellashuvi - mushoira. Bu DTS da boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun meʼyor sifatida taʼkidlangan 20-25 ta sheʼrni yoddan ayta
bilish, 12-15 ta matnni sinfdan tashqari o‘qishga daʼvat qiluvchi (DTS. 254) o‘yin-
musobaqa xarakteridagi eng samarador omildir.
5. Mohir maqolchilar bellashuvi. Buni tanlagan, yaʼni bahs obʼekti bo‘lmish
mavzu doirasidagina tashkil qilgan maʼqul:
a) «Do‘stlik» mavzusi bellashudi. I guruh vakili aytadi: Do‘stinga qo‘shiq ayt,
mehringni qo‘shib ayt. II guruh vakili javob beradi: Do‘stlik ipi uzilmasin, qonun
yo‘li buzilmasin…
b) «Ilm» mavzusi bellashadi.
v) «Odob» mavzusi bellashadi kabilar.
Birinchi bosqichda imloviy malakalarni takomillashtirishga oid sinfdan
tashqari ishlarning eng samaradori didaktik xarakterdagi grammatik o‘yinlar
hisoblanadi.
Zero, grammatik o‘yin o‘quvchining til sezgirligiyu didi va nihoyat, iqtidori,
ijodini namoyish qiluvchi asosiy omildir.Tajribada sinalgan, ijobiy natija berib
kelayotgan, o‘quvchilarni til o‘rganishga qziqtiradigan didaktik xarakterdagi
grammatik o‘yinlar (mavzulari turlari)ga baʼzi bir namunalar:
1. O‘rganilayotgan til va ona tili (o‘zb-qq, o‘zb-qozoq, o‘zbturkman) alifbosi
tartibida o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga bir xil o‘qiladigan so‘zlarga misollar
(meʼyori tadbir rejasi, dasturiga bog‘liq) keltirng va maʼnosini sharhlang. Ularning
har ikki tildagi shaklini (muqobil variantini) xattaxtada yozib ko‘rsating, fonetik
farqlarini tushuntiring. Misollar: aka, amma, arra…non, …tut…qochoq.
Mazkur o‘yindan tubandagi uch maqsad nazarda tutilmoqda: o‘quvchida
so‘zga zaruriyat hissini orttirish, o‘sha so‘zlarning ikki tildagi lug‘aviy maʼnosini
o‘rgatish, nihoyat, ularning har ikki tildagi imlosini o‘rgatish. Zero, o‘quvchi daryo
o‘rtasida turib suv izlayotgan kimsadir. Daryo to‘la suv-o‘quvchi chanqoq.
Lug‘atlarimiz grammatik o‘yinning mazkur turiga alifbo sirasidagi harflardan 2-3
tasi ilgaridan aniq belgilanadi. Chunki bellashuvchilar faqat o‘sha harflargagina
so‘z topadilar, aksincha o‘yin qoidasi buziladi. Ilovalarga qarang.so‘zdan to‘lib
toshgan; o‘quvchi bisotida so‘z yo‘q. Ijodiy fikr mahsulotini og‘zaki va yozma
shakllarda to‘g‘ri ravon ifodalash uchun o‘quvchiga so‘z kerak. (А. Q. G‘ulomov
«Buxoro muallimi» 2000 yil, №23, 1-15 dekabr).
Fikrimizcha, so‘zga chanqoq o‘quvchining ehtiyojini qondirishda didaktik
xarakterdagi grammatik o‘yin topshiriqlari eng samarador lisoniy-didaktik omildir.
2. Harf miqdoriga ko‘ra: «Uchlik», «To‘rtlik», «Beshlik» tarzida
nomlanadigan o‘yinlar. Bu o‘yin o‘quvchilarning so‘z zaxirasini boyitadi, imloviy
malakalarinimustahkamlaydi, takomillashtira boradi. O‘yinning sharti va tartibi:
uch, to‘rt, yoki besh marta yozilgan
birinchi qatordagi so‘zlar ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi qatorlarda
takrorlanmasligi lozim. Ikkinchidan, «Uchlik», «To‘rtlik», «Beshlik» larni chapdan
o‘ngga, yuqoridan pastga o‘qilganda ayni o‘sha so‘z kelib chiqishi shart:
1. non non non non non non ota ona opa ost ort ola nok nay nom nam nil nor
2. olma olma olma olma olma olma olma olma lola lo‘li lanj lama lavr lavh
lupa lutf mavj maza makr mashq mavr madh mana maosh adib ajib azob amal amin
alif alam alla
3. bodom bodom bodom bodom bodom bodom bodom ovoza ovqat ozg‘in
olmosh ozuqa osmon olqish davra dalil darg‘a devon do‘kon devon
Daroz oshpaz oshxo‘r oshko‘k oqshom ochqich ochko‘z ofto mavzu madad
mayna makka masal muqim muhim
-Bu o‘yin ijrosidan nimaga erishdik?
-Keltirilganlarning birinchisidan 7 yoki 17, ikkinchisidan 13 yoki 26,
uchinchisidan 20 ta, jami 40 ta yoki 69 ta so‘zning maʼnosi, talaffuzi va imlosi
grammatik o‘yin vositasida osongina o‘rgatiladi.
Аgar bunga ikkinchi guruhniki ham qo‘shilsa, yuzdan ortiq so‘zning
maʼnosiyu imlosi va talaffuziga doir mashq bajarilgan bo‘ladi. Xuddi shunday, bu
o‘yin topshirig‘iga ishtirokchilarning ona tili materiallariga ham qiyoslashi,
aniqrog‘i, muqobil variantlaridan birini tanlab oddiy tarjima qilishlari ham talab
qilinsa, o‘qituvchi beqiyos muvoffaqiyatga erishgan hisoblanishi tabiiy, albatta.
Shuningdek, DTS da belgilangan 700 so‘zning faol o‘zlashtirilishiga katta
ulush qo‘shildi, umumiy o‘rta taʼlimda leksika yuzasidan o‘zlashtiriladigan 1400
yangi so‘zga (DTS. 252, 255) lisoniy baza yaratildi.
3. «Unli tovushlar bahslashadi», «Undoshlar bahslashadi» ruknlarida harf
almashtirish, harflardan birining o‘rnini o‘zgartirish, harflardan birini tushirish,
harf orttirish kabi grammatik o‘yinlar ikkinchi tilni o‘rganuvchilarning so‘z
boyligini orttirishga qaratilgan samarali didaktik tadbirlardan biri hisoblanadi: toy,
tosh, tol, tok, tor…temir, ko‘mir, parcha, archa…barra, arra, malla, alla, patir, atir;
asta, xasta, dasta va sh.k.
O‘yinning tartibi va shartlari:
Boshlovchi yoki o‘qituvchi guruhlardan o‘yinga ishtirok qiluvchilarga o‘yin
davomida «Unlini o‘zgart, hosil qilingan so‘z maʼnosini tushuntir», «Undoshlardan
birini o‘zgart, hosil qilingan so‘z maʼnosini tushuntir», «Unli harf qo‘sh», «Undosh
harf qo‘sh» kabi ko‘rsatmalar berib turadi. O‘yin davomida har ikki so‘z
ishtirokida gap tuzish, uni ona tiliga (qq, qozoq, turkman) qiyoslash fonetik,
lug‘aviy farqlarini aniqlash kabi topshiriqlar ham didaktik tamoyil meʼyorida
qo‘shila boradi. Аyni holat pirovard maqsad hisoblanadi.Аyrim metodik
qo‘llanmalarda grammatik o‘yinning ayni ko‘rinishiga to‘la mos keladigan
«Tovushdosh so‘zlar» atamasi ishlatilgan. Qo‘llanma mualliflari bu atama
mazmunidagi tadbirlarning maktabda fonetikani o‘rgatish jarayonida tovush
juftlarining maʼno farqlash vazifalari ekanligini juda to‘g‘ri taʼkidlab, uni o‘yin-
mashqlari sirasiga kiritganlar.
Fikrimizcha, fonetikani o‘rgatishda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning
muhim omili hisoblanuvchi mazkur o‘yin-mashqlarini noo‘zbek sinflarda
o‘kaziladigan sinfdan tashqari ishlarda ham «Tovushdosh so‘zlar» o‘yini atamasi
bilan kiritib, uni qisman murakkabroq mazmunda qo‘llanish, shubhasiz, samarali
tadbir bo‘ladi. Tadqiqotchilar tavsiyasiga ko‘ra, o‘qituvchi topshirig‘i bilan
o‘quvchilar berilgan so‘zga, birinchidan, tovushdosh so‘zlar tanlaydilar: ot-ol-osh;
ot-it-o‘t-et; aka-ada-aya; bir-pir-kir-qir; loy-moy soytoy-boy va sh.k.Ikkinchidan,
faqat unlilarni almashtirib, ularning maʼno farqlash vazifasini aniqlaydilar: u-o:
bur-bor, tur-tor, qurqor, dur-dor7 va sh.k.
Аyrim metodik qo‘llanmalarda bunday tadbirlar majmuiga nisbatan tilsim
topishmoqlar atamasi ishlatilgan.
Darhaqiqat, muallif o‘yin-topshiriqlarining keng maʼnoda didaktik
xarakterdagi serqirra grammatik o‘yinlarning o‘quvchi nutqiy salohiyatini
takomillashtirish, uni izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil fikrlashga
o‘rgatishdagi umumdidaktik
ahamiyatini taʼlim aksiomasi darajasida to‘g‘ri ko‘rsatgan.Boshlang‘ich
sinfo‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dasturidan
«Sheʼrxonlar», «Mohir maqolchilar» bellashuvi ruknida olib boriladigan
mashg‘ulot bahsmushoira tarzida bo‘ladi. Uning tartibi va sharti: O‘yinni
boshlovchi-olib boruvchi yoki o‘qituvchi topshirig‘i bilan guruhlardan 2-
3nafardanjami 4 yoki 6 nafar o‘quvchi taklif qilinadi. Ular ikki tomonda safga
tizilib turadilar. Kurʼa tashlash yo‘li bilan birinchi bo‘lgan guruhdan bir vakil
alifboning biror harfi bilan ikki yoki to‘rt misra sheʼr aytib, uning muallifi
kimligini taʼkidlaydi. Unga «raqib» bo‘lgan tomon vakili birinchi guruh boshlagan
harf bilan ikki, to‘rt misra sheʼrni yod o‘qiydi. Belgilangan vaqtda o‘sha harf bilan
boshlanuvchi yoki tugovchi sheʼriy misra keltirolmagan tomon mag‘lub
hisoblanadi.
Namunalar: