Taqrizning tuzilishi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

20,6 KB


Taqrizning tuzilishi
Taqriz (arab. - ijobiy baho) - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki
ilmiyommabop  asar  taxlili.  T.da  asarning  bibliografik  tavsifi,  shuningdek,
mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari,
muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho
beriladi,  uning asosiy  fazilatlari  va  nuqsonlari  qayd  qilinadi. T. asosan  keng
kitobxonlar  ommasi  uchun moʻljallanadi, ularni  yangi  asarlardan ogoh qiladi,
zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga
kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T.
matbuotda  eʼlon  qilinmaydi.  Rus  tanqidchiligi  tarixida  T.ning  rivojida  V.G.
Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar
haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim
masalalarini  koʻtaruvchi,  kitobxonni  hayot  va  adabiyot  haqida  oʻylashga
oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T.
xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da
asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T.
larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish
jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz
asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari
bayon  qilinadi  yoki  u  biron  munosabat  bilan  munozaraga  kirishadi.  Oʻzbek
adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan.
Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi.
Oybek,  Abdulla  Qahhor,  Shayxzoda,  Gʻafur  Gʻulom  kabi  yozuvchilar,
Logotip
Taqrizning tuzilishi Taqriz (arab. - ijobiy baho) - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar,
O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov,
M.  Qoʻshjonov,  Ozod  Sharafiddinov,  U.Normatov,  N.  Xudoyberganov,
I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar
yaratdilar.  Adabiy  jarayonda  paydo  bo‘lgan  yangi  asarni  birinchi  bo‘lib
baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda,
ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar
tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga
ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g’ri
yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera
oladi. Bugungi  adabiy jarayonda ham  taqrizchilik ma’lum  darajada rivojlanib
bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va
nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug’ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–
2009 yillar oralig’ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim
taqrizlarni  ko‘zdan  kechirdik.  Mustaqillikning  dastlabki  davrlarida  taqrizlar
ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari,
ba’zan esa to‘g’ridan to‘g’ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni
kuzatganda,  “Nigoh”  va  “Va’da”  ruknlari  kam  ko‘rinadi.  “Doimiy  hamroh”
ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda.
“Kitobingizni  o‘qidim”  ruknida  bosilayotgan  taqrizlar  rang-barangligi  bilan
e’tiborni tortadi. “Tuyg’ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir
Tursun Alining “Oy yaprog’i” to‘plamiga bag’ishlangan. U o‘quvchi diqqatini
tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming
bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini ko‘rganmisiz?”.
Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega
shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi
qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor
keyingi she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz.
Haqiqatan  ham  samimiy  dil  izhorlaridan  iborat  taqriz  o‘quvchini  “dilkashu
dardkash  shoir  bilan  suhbat”ga  chorlay  oladi.  Uni  o‘qigan  o‘quvchi  shoir
she’rlariga  xolislik  bilan  berilgan  bahodan  shunday  xulosa  chiqaradi.  A.
Logotip
O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar. Adabiy jarayonda paydo bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g’ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug’ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006– 2009 yillar oralig’ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g’ridan to‘g’ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda. “Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg’ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog’i” to‘plamiga bag’ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi. A.
Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog’idasan” she’riy to‘plamiga adabiyotshunos
Q.  Qahramonov  taqriz  yozgan  (2006,  №49).”Sermavj  tuyg’ular”  deb  atalgan
taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning
bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg’ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari
haqida fikr yuritilmagan. Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning
tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va
kamchiligini  ko‘rsatish,  fikrini  isbotlash  va  baholashdan  iborat.  Yangi  asarni
birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda,
ommaga  tushunarli  tarzda  o‘z  ifodasini  topadi.  Shuning  uchun  taqriz  ayrim
tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar
tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi
ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S.
Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009,
№14)  “Yog’du  ichra  gullagan  so‘z”  deb  nomlangan  taqrizida  buni  ko‘rish
mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon
etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog’du ichra gullagan so‘z –
she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi
otash – so‘zdagi  otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir
bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor
shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi
haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil
etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi.
Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi
izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga
“Onam  ayvonidan  keldingmi,  bahor?”  deya  entikmaydi.  Yoki  ota  uyining
devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-
ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor
she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga
erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot
berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq
Logotip
Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog’idasan” she’riy to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuyg’ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg’ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan. Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog’du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog’du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota- ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq
bo‘lmasa-da,  bajarmoqda.  Tilga  olingan  taqrizlarda,  birinchidan,  yangi  e’lon
qilingan asar  tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur  asarga  adabiy-badiiy
jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy
xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu
– uning yutug’imi, ijodiy g’alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga
chekinishmi,  bu  haqida  fikr  bildirilganda,  taqrizlarning  yanada  mukammalligi
ta’minlangan  bo‘lur  edi.  Shu  bilan  birga,  taqriznavislikda  bir  xillik,  ma’lum
qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon
etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta
taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga
taqriz  bo‘lib,  u  tanqidni  tanqid  ruhida  yozilgan.  Ikkinchisi,  X.  Sultonning
“Boburiynoma”  asariga  bag’ishlangan  “Ma’rifatning  badiiy  talqini”  deb
nomlangan  taqrizda  bu  ma’rifiy  romanning  yutuqlari  haqida  so‘z  yuritilgan.
Uchinchi  taqriz,  shoir  Mirpo‘lat  Mirzoning  “Saylanma”si  bosilib  chiqishi
munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub,
“Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi,
ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi,
ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida
so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg’onadi
yoki shoirni “go‘zal  va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb
hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda,
fikr  dalillar  yordamida  isbotlanishi  kerak  edi.  Yoki  shoir  Salim  Ashurning
“Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb
nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov
shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “…
yangi  kitob  shoir  ijodiy  mahoratining  she’rdan  she’rga,  kitobdan  kitobga
yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak
edi.  Taqrizda  bevosita  tahlildan  tashqari,  ijodkorga  munosabat  masalasi  ham
muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida
ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining
Logotip
bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu – uning yutug’imi, ijodiy g’alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag’ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg’onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining
va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi,
yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham
kitobxonga  rost  gapirishi  kerak.  Adabiyotshunos  olim  H.  Karimov  qalamiga
mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi
A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni
o‘qir  ekansiz,  adib  ijodiga  qiziqishingiz  oshadi.  Taqrizda,  garchand,  qissalar
mazmunini  so‘zlab  berishga  ko‘p  o‘rin  ajratilgan  bo‘lsa-da  (aslida,  V.
Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga
olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar
qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy”
qissasi  tahlilida  Nozima  obrazi  birmuncha  aniq  tahlil  etilgani  yaxshi.  Olim
taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini isbotlash
uchun  Belinskiy  maqolalariga  murojaat  qiladiki,  o‘quvchi  taqriznavis
da’volarining  asosli  ekanligiga  shubha  qilmaydi.  Ammo  yozuvchi  qissalari
adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning
o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib
yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan
bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning
yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va
hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida
ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga
da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda
asarning  qisqa  tahlili  orqali  uning  mohiyati  hamda  badiiyatiga  berilgan  baho
asosiydir.  Olimjon  Xoldor  Qamchibek  Kenjaning  ikki  jildli  “Saylanma”siga
yozgan “Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki
jildlikning  mundarijasi  haqida  so‘z  yuritilgan.  Muallif  o‘z  fikrlarini  isbotlash
uchun ko‘chirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la,
O.  Yoqubov,  M.  Shayxzoda  va  yana  qaysidir  adabiyotshunos  (nomi
berilmagan)ning fikrlarini keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q
ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois
Logotip
va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi. Olim taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, o‘quvchi taqriznavis da’volarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘z fikrlarini isbotlash uchun ko‘chirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois
tahlilga  kam  o‘rin  berilgan,  ammo  taqrizchi  “Saylanma”ning  qusurlarini  ham
birma-bir  ko‘rsatadi.  Shunisi  qiziqki,  adib  hikoyalarida  “xulosa  chiqarish  esa
ko‘pincha  o‘quvchining  o‘ziga  qoldiriladi”  deya,  bu  xususiyatni  ham  nuqson
sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub asarlarning ko‘pchiligida olimlar
ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois o‘quvchi nazariga havola etiladigan
har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan
qat’i  nazar,  mas’uliyat  bilan  yozilmog’i,  kitobxonda  shubha  emas,  ishonch
uyg’otishi  lozim.  Ayniqsa,  taqrizchilikda  bu  juda  muhimdir.  Ba’zan  shunday
bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni o‘qib qolasiz. Samimiy,
ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq o‘sha asarni topib
o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida
doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan. Agar e’tibor qaratsak, bosilayotgan
taqrizlarning ko‘pchiligi dabdabali va juda yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan
chiqadi. Ularning ba’zilari  shu sarlavhani oqlasa,  ba’zilari  “usti  yaltiroq, ichi
qaltiroq”  ekanligi  sezilib  qoladi.  Shuning  uchun  sarlavha  tanlanganda  ham
mas’uliyat va e’tibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning mazmun-
mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qo‘shjonovning “Adashganlar fojiasi”
deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bag’ishlangan. Unda ortiqcha
dabdaba ham yo‘q, ammo u asarning bor mazmunini o‘zida aks ettira olganligi
bilan  diqqatni  tortadi.  O.  Sharafiddinovning  “She’r  ko‘p,  ammo  shoirchi?”
maqolasi  nomidanoq  ayovsiz  tanqid  ruhida  ekanligi  seziladi.  Biz  nazardan
o‘tkazayotgan taqrizlarning ko‘pchiligida sarlavha o‘quvchiga ko‘p narsa va’da
qiladi,  ammo  ichidagini  o‘qisangiz,  va’daga  vafo  yo‘qligiga  amin  bo‘lasiz.
“Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda mas’uliyat yanada oshadi, chunki ular janr
talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri
vazifalarini talab qilishning hojati bo‘lmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan
olingan taassurotlar kitobxon bilan baham ko‘riladi. Shuning uchun tahririyatlar
ham ana shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao bo‘lur edi. “So‘qmoqlarda
toblangan  muhabbat”  deb  nomlangan  taqriz  (2005,  №  51)  R.  Bobojonning
“Muhabbat  mezoni”  romaniga  bag’ishlangan  ekan.  To‘g’risi,  men  ham  shu
Logotip
tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi. Shunisi qiziqki, adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa ko‘pincha o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi” deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub asarlarning ko‘pchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois o‘quvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan qat’i nazar, mas’uliyat bilan yozilmog’i, kitobxonda shubha emas, ishonch uyg’otishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni o‘qib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq o‘sha asarni topib o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan. Agar e’tibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning ko‘pchiligi dabdabali va juda yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning ba’zilari shu sarlavhani oqlasa, ba’zilari “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun sarlavha tanlanganda ham mas’uliyat va e’tibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning mazmun- mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qo‘shjonovning “Adashganlar fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bag’ishlangan. Unda ortiqcha dabdaba ham yo‘q, ammo u asarning bor mazmunini o‘zida aks ettira olganligi bilan diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning “She’r ko‘p, ammo shoirchi?” maqolasi nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi seziladi. Biz nazardan o‘tkazayotgan taqrizlarning ko‘pchiligida sarlavha o‘quvchiga ko‘p narsa va’da qiladi, ammo ichidagini o‘qisangiz, va’daga vafo yo‘qligiga amin bo‘lasiz. “Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda mas’uliyat yanada oshadi, chunki ular janr talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri vazifalarini talab qilishning hojati bo‘lmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar kitobxon bilan baham ko‘riladi. Shuning uchun tahririyatlar ham ana shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao bo‘lur edi. “So‘qmoqlarda toblangan muhabbat” deb nomlangan taqriz (2005, № 51) R. Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga bag’ishlangan ekan. To‘g’risi, men ham shu