TARAMNI AJRATISH VA PILTA SHAKLLANTISH.

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

1,4 MB


 
 
 
 
 
 
TARAMNI AJRATISH VA PILTA SHAKLLANTISH.  
 
Reja 
1. Tolalarni bosh barabandan ajratish barabaniga o‘tish shartlari 
2. Tolali taramni ajratish 
3. Tarash mashinasida pilta shakllantirish  
4. Tarash darajasi 
5. Tarash mashinasining unumdorligi  
 
 
Tarash mashinasining asosiy tarash zonasida tolali mahsulot taram va 
tarandiga ajraladi. Uzun tolalardan iborat bo‘lgan taram bosh baraban sirtida 
xarakatlanib, ajratuvchi baraban garniturasi tishlariga borib uriladi va uning sirtiga 
o‘tadi. Ajratuvchi baraban garniturasi tishlarining qiyalik burchagi bosh 
barabannikiga qaraganda katta bo‘lganligi tolalarni bosh barabandan ajratuvchi 
barabanga o‘tishini ta’minlaydi, ammo tolalarning hammasi ham ajratuvchi 
barabanga o‘tmaydi (ular birin ketin o‘tadi) tolalar qisman bosh baraban sirtida 
qoladi, unga qoldiq qatlam deyiladi. Ajratuvchi baraban tezligi juda kichik, bosh 
baraban tezligi ancha katta, shuning uchun ajratuvchi baraban sirtiga o‘tgan tolali 
mahsulot qalinlashib (qayta-qayta o‘tish, ya’ni davriy qo‘shilish xisobiga) 
tekislanadi. 
  
Tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tish shartlari   
1. Bosh baraban bilan ajratuvchi baraban tishlarining o‘zaro qarama- qarshi 
joylashganligi va ularni harakat yo‘nalishining teskari ekanligi. 
2. Bosh baraban sirtida hosil bo‘ladigan markazdan qochma kuchning ajratuvchi 
baraban sirtidagidan 400-500 marta ko‘p ekanligi. 
TARAMNI AJRATISH VA PILTA SHAKLLANTISH. Reja 1. Tolalarni bosh barabandan ajratish barabaniga o‘tish shartlari 2. Tolali taramni ajratish 3. Tarash mashinasida pilta shakllantirish 4. Tarash darajasi 5. Tarash mashinasining unumdorligi Tarash mashinasining asosiy tarash zonasida tolali mahsulot taram va tarandiga ajraladi. Uzun tolalardan iborat bo‘lgan taram bosh baraban sirtida xarakatlanib, ajratuvchi baraban garniturasi tishlariga borib uriladi va uning sirtiga o‘tadi. Ajratuvchi baraban garniturasi tishlarining qiyalik burchagi bosh barabannikiga qaraganda katta bo‘lganligi tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tishini ta’minlaydi, ammo tolalarning hammasi ham ajratuvchi barabanga o‘tmaydi (ular birin ketin o‘tadi) tolalar qisman bosh baraban sirtida qoladi, unga qoldiq qatlam deyiladi. Ajratuvchi baraban tezligi juda kichik, bosh baraban tezligi ancha katta, shuning uchun ajratuvchi baraban sirtiga o‘tgan tolali mahsulot qalinlashib (qayta-qayta o‘tish, ya’ni davriy qo‘shilish xisobiga) tekislanadi. Tolalarni bosh barabandan ajratuvchi barabanga o‘tish shartlari 1. Bosh baraban bilan ajratuvchi baraban tishlarining o‘zaro qarama- qarshi joylashganligi va ularni harakat yo‘nalishining teskari ekanligi. 2. Bosh baraban sirtida hosil bo‘ladigan markazdan qochma kuchning ajratuvchi baraban sirtidagidan 400-500 marta ko‘p ekanligi.
 
 
3. Ajratuvchi baraban garnitura tishlarining qiyalik burchagini kattaligi sababli 
tolalarni ushlab qolish imkoniyatiga ega ekanligi. 
4. Ajratuvchi baraban garniturasi tolalar qatlamini ajratib olish uchun tamomila 
tozalangan holda kelishi (bosh barabanda bunday emas). 
5. Havo bosimi kuchining kattaligi, havo kuchi yunalishining tola ajralishiga ijobiy 
ta’siri. 
6. Bosh va ajratuvchi baraban orasidagi razvodka to‘g‘ri tanlanganligi. 
 
Tolali taramni ajratish  
Ajratuvchi baraban sirtidagi tolali taram quyidagi moslamalar orqali ajratib 
olinadi: tebranma taroqli mexanizm, valikli mexanizm, rotatsion mexanizm, 
pnevmatik moslama, elektrostatistik moslama. 
 
1-ajratuvchi baraban, 2-tolali taram, 3-tozalovchi tayoq, 4-ajratib uzatuvchi valik,  
5 - ajratuvchi valik, 6 - ezuvchi vallar, 7-zichlagich, 8-cho‘zish juftlari 
Valikli mexanizm yangi avlod tarash mashinalarida qo‘llanilib, tolalarni 
yaxshi to‘g‘rilashiga va taramdagi tugunchalarni kamayishiga xizmat qiladi. 
Bu mexanizmda tolali taram erkin holatda ajralishi uchun quyidagi shart 
bajarilishi lozim. 
ajr. b-n ajr. uzat. valikajr. valik va R  350 sN 
 
Pilta shakllantirish mexanizmi  
 
Tarash  mashinasining ajratuvchi  baraban  sirtidagi tolali katlam  
(taram) ajratuvchi valik, ezuvchi vallar, zichlagich, chuzish asbobi yordamida 
piltaga aylantirilib sungra pilta taxlagichda tazga joylanadi. 
 
TS-03 tarash mashinasida taramni ajratish tizimi takomillashgan, taram 
ajratuvchi barabandan Webspeed pilta shakllantiruvchi moslamaga avtomatik 
3. Ajratuvchi baraban garnitura tishlarining qiyalik burchagini kattaligi sababli tolalarni ushlab qolish imkoniyatiga ega ekanligi. 4. Ajratuvchi baraban garniturasi tolalar qatlamini ajratib olish uchun tamomila tozalangan holda kelishi (bosh barabanda bunday emas). 5. Havo bosimi kuchining kattaligi, havo kuchi yunalishining tola ajralishiga ijobiy ta’siri. 6. Bosh va ajratuvchi baraban orasidagi razvodka to‘g‘ri tanlanganligi. Tolali taramni ajratish Ajratuvchi baraban sirtidagi tolali taram quyidagi moslamalar orqali ajratib olinadi: tebranma taroqli mexanizm, valikli mexanizm, rotatsion mexanizm, pnevmatik moslama, elektrostatistik moslama. 1-ajratuvchi baraban, 2-tolali taram, 3-tozalovchi tayoq, 4-ajratib uzatuvchi valik, 5 - ajratuvchi valik, 6 - ezuvchi vallar, 7-zichlagich, 8-cho‘zish juftlari Valikli mexanizm yangi avlod tarash mashinalarida qo‘llanilib, tolalarni yaxshi to‘g‘rilashiga va taramdagi tugunchalarni kamayishiga xizmat qiladi. Bu mexanizmda tolali taram erkin holatda ajralishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim. ajr. b-n ajr. uzat. valikajr. valik va R  350 sN Pilta shakllantirish mexanizmi Tarash mashinasining ajratuvchi baraban sirtidagi tolali katlam (taram) ajratuvchi valik, ezuvchi vallar, zichlagich, chuzish asbobi yordamida piltaga aylantirilib sungra pilta taxlagichda tazga joylanadi. TS-03 tarash mashinasida taramni ajratish tizimi takomillashgan, taram ajratuvchi barabandan Webspeed pilta shakllantiruvchi moslamaga avtomatik
 
 
yo‘naltiriladi. Webspeed taramni bir joyga to‘plab uni o‘lchovchi zichlagichga 
yunaltirishga xizmat qiladi. 
 
 
1-ajratuvchi baraban, 2-ajratuvchi valik,  
3-Nepcontrol moslamasi joyi, 4-ezuvchi 
vallar, 5-taramni ko‘tarib turuvchi lotok, 6-
pilta shakllantiruvchi Webspeed qurilmasi,  
7-datchik, 8-jipslovchi vallar. 
Nepslar miqdorini aniqlovchi Nepcontrol TC-NCT qurilmasini ajratuvchi 
baraban zonasida yo‘naltiruvchi profil o‘rniga o‘rnatish mumkin.  
 
Bu moslama nepslar miqdori, xas-cho‘p, iflosliklar va maydalangan chigit 
bo‘laklarini aniqlab boshqarish tizimiga axborot uzatadi.  
 
Ezuvchi vallar 
Tolali taram tarkibida tozalanmay qolgan iflosliklar  va xas-cho‘plarni katta 
kuch ta’sirida ezuvchi vallar orqali maydalab, ularni tola bilan ilashish kuchi 
kamaytiriladi, natijada ular cho‘zish asbobigacha o‘z og‘irligi bilan tushib ketadi. 
Ezuvchi vallar diametri 76 mm bo‘lib qattiq po‘latdan tayyorlanadi va sirti nikel 
yoki xrom bilan qoplanadi. ularni aylanishdagi chayqalishi 0,01 mm dan oshmasligi 
kerak. 
 
Zichlagich 
Tolali taramdan pilta shakllantirish zichlagichlar yordamida amalga 
oshiriladi. zichlagich taralgan tolalarni (taramni) bir joyga (markazga) yig‘adi va 
harakat yo‘nalishi bo‘ylab zichlashishiga xizmat qiladi. Zichlagichlarning 
konstruksiyasi turlicha bo‘lib, ularning takomillashgani mahsulot qalinligini 
o‘lchash va nazorat qilish funksiyalarini birgalikda amalga oshiradi eng muqobili 
ellips shaklidagi uzaytirilgan zichlagichlar hisoblanadi.  
yo‘naltiriladi. Webspeed taramni bir joyga to‘plab uni o‘lchovchi zichlagichga yunaltirishga xizmat qiladi. 1-ajratuvchi baraban, 2-ajratuvchi valik, 3-Nepcontrol moslamasi joyi, 4-ezuvchi vallar, 5-taramni ko‘tarib turuvchi lotok, 6- pilta shakllantiruvchi Webspeed qurilmasi, 7-datchik, 8-jipslovchi vallar. Nepslar miqdorini aniqlovchi Nepcontrol TC-NCT qurilmasini ajratuvchi baraban zonasida yo‘naltiruvchi profil o‘rniga o‘rnatish mumkin. Bu moslama nepslar miqdori, xas-cho‘p, iflosliklar va maydalangan chigit bo‘laklarini aniqlab boshqarish tizimiga axborot uzatadi. Ezuvchi vallar Tolali taram tarkibida tozalanmay qolgan iflosliklar va xas-cho‘plarni katta kuch ta’sirida ezuvchi vallar orqali maydalab, ularni tola bilan ilashish kuchi kamaytiriladi, natijada ular cho‘zish asbobigacha o‘z og‘irligi bilan tushib ketadi. Ezuvchi vallar diametri 76 mm bo‘lib qattiq po‘latdan tayyorlanadi va sirti nikel yoki xrom bilan qoplanadi. ularni aylanishdagi chayqalishi 0,01 mm dan oshmasligi kerak. Zichlagich Tolali taramdan pilta shakllantirish zichlagichlar yordamida amalga oshiriladi. zichlagich taralgan tolalarni (taramni) bir joyga (markazga) yig‘adi va harakat yo‘nalishi bo‘ylab zichlashishiga xizmat qiladi. Zichlagichlarning konstruksiyasi turlicha bo‘lib, ularning takomillashgani mahsulot qalinligini o‘lchash va nazorat qilish funksiyalarini birgalikda amalga oshiradi eng muqobili ellips shaklidagi uzaytirilgan zichlagichlar hisoblanadi.
 
 
 
 
1-pilta, 2-o‘lchovchi zichlagich, 3- o‘lchovchi richag, 4- signal o‘zgartirgich, 5-
datchik. 
Uzun qirqimlarda rostlash 
 
Datchik chiqaruvchi voronkada piltaning chiziqiy zichligini o‘lchaydi. Bu 
signalga mos ravishda ta’minlovchi silindrning aylanish sonini o‘zgartiradi. Datchik 
pilta chiziqiy zichligining barcha diapozonida nazorat qiladi. 
 
Qisqa qirqimlarda rostlash 
 
TS-03 rusumli tarash mashinasi qisqa kesimda piltaning chiziqiy zichligini 
boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim piltaning bir tekisligini sezilarli 
darajada yaxshilaydi. U 1 m dan kam uzunlikda ishlaydi. Sensofeed integral tizim 
pilta chiziqiy zichligini uzliksiz o‘lchab , o‘lchov natijalari asosida ta’minlovchi 
silindrning aylanishlar sonini o‘zgartiradi.  
 
Cho‘zish asbobi 
 
Cho‘zish asbobi zichlagichdan kelayotgan signal asosida cho‘zish juftligi 
tezligini avtomatik o‘zgarishini amalga oshirib, bir tekis pilta chiqarish vazifasini 
bajaradi. 
 
Cho‘zish asbobi ayrim holatlardagina piltaning chiziqiy zichligini pasaytirishi 
yoki ko‘paytirishi mumkin.  
 
Tryuchler firmasining tarash mashinalari pilta taxlagich qurimasida IDF 
cho‘zish asbobi ishlatilmoqda. U quyidagi afzalliklarga ega:  
 
- ikki zonali 3x3 cho‘zish asbobi va servouzatmalar bilan jihozlangan;  
  
- kichik inersiya massasi hisobiga yuqori dinamik boshqarish xususiyati 300% 
gacha cho‘zish imkonini beradi.  
  
- pilta chiqarish tezligi 500 m/min gacha oshirilgan.  
1-pilta, 2-o‘lchovchi zichlagich, 3- o‘lchovchi richag, 4- signal o‘zgartirgich, 5- datchik. Uzun qirqimlarda rostlash Datchik chiqaruvchi voronkada piltaning chiziqiy zichligini o‘lchaydi. Bu signalga mos ravishda ta’minlovchi silindrning aylanish sonini o‘zgartiradi. Datchik pilta chiziqiy zichligining barcha diapozonida nazorat qiladi. Qisqa qirqimlarda rostlash TS-03 rusumli tarash mashinasi qisqa kesimda piltaning chiziqiy zichligini boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim piltaning bir tekisligini sezilarli darajada yaxshilaydi. U 1 m dan kam uzunlikda ishlaydi. Sensofeed integral tizim pilta chiziqiy zichligini uzliksiz o‘lchab , o‘lchov natijalari asosida ta’minlovchi silindrning aylanishlar sonini o‘zgartiradi. Cho‘zish asbobi Cho‘zish asbobi zichlagichdan kelayotgan signal asosida cho‘zish juftligi tezligini avtomatik o‘zgarishini amalga oshirib, bir tekis pilta chiqarish vazifasini bajaradi. Cho‘zish asbobi ayrim holatlardagina piltaning chiziqiy zichligini pasaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Tryuchler firmasining tarash mashinalari pilta taxlagich qurimasida IDF cho‘zish asbobi ishlatilmoqda. U quyidagi afzalliklarga ega: - ikki zonali 3x3 cho‘zish asbobi va servouzatmalar bilan jihozlangan; - kichik inersiya massasi hisobiga yuqori dinamik boshqarish xususiyati 300% gacha cho‘zish imkonini beradi. - pilta chiqarish tezligi 500 m/min gacha oshirilgan.