TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA
Reja:
1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Asosiy kategoriyalari.
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Tarbiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch so’z va iboralar: Tarbiya, kategoriya, gigiena, Falsafa, psixologiya,
tarbiya ishlar metodikasi, anatomiya, fiziologiya, etika, pedagogika.
1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni ba
rkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tas
hkil etish masalalarini o‘rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e'tibor
qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy
-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar
mohiyatini chuqur
va
atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri keladi.
Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o’zgarib bormoqda. Ayniqsa, XX
I asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib keldi. Biroq, fan-
texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab
chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta'sir etmasin, tarbiya
nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo m
utafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga ta
yanib ish ko’rish zarur bo’ladi.
Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mu
tafakkirlarining qimmatli ma'naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiya-
tiga ega bo’ladi. Muhammad alXorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-
Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Ta
rag’ay
Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamg
a mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini chuqur
o’rganmagan va e'zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok
etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan
xabardor bo’lmagan inson o’zligini hech hachon anglab yetolmaydi. O’tmish mad
aniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunala
ri va ularda ilgari surilgan ezgu g’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz,
izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga
tayangan holda shaxsni ma'lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovch
faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan
turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib
chiqib asoslangan. Tarbiya maqsadi kelajakda nimaga erishish, uning uchun qa
nday sa'yi-
harakatlarni amalga oshirish bilan bog’lik jarayondir. Eng oddiy harakatdan
tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo
muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.
Maqsadsiz, ma'lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya
maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedago
gikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin.
Ilg’or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg’unligini
namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga
yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak,
tarbiya maqsadi - bu tarbiya orqali hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya
Tarbiya tushunchasi. TARBIYA– shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy,
axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon,
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini
ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning
insonligini
ta’minlaydigan
eng
qadimgi
va
abadiy
qadriyatdir.
Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda
jamiyatning
barcha
tarbiyaviy
vositalarini
o‘z
ichiga
oladi.
Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va
ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish
talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analardir. Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun
zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik,
yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish
qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib,
o‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir
jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki
odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir
avloddan boshqasiga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda «Tarbiya» atamasi keng va tor
ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning
jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini
ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini
anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum,
uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televidenieva boshqalarni
ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga
ta’limva ma’lumotolish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji,
dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oilava tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat
tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga
kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina
mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi
ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakathayotida halqiluvchi ahamiyat
kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha
shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va
rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab
chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh
avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham
yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda
samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho‘ro
zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa
sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat
sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi
turadi, degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq
tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy
ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi
tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu
jarayonda
irsiy
va
biologik
xususiyatlar
deyarli
hisobga
olinmadi.
Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orkali har qanday odamni istagan ijtimoiy
qiyofaga solish mumkin, degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning
shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining
tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy
tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida
tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxssifatida emas,
istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon
tarzida qarash qaror topdi, Bu holtarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki
tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan
edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu
yondashuv
tarziga
borib
taqaladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga yangi
hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq
pedagogikasi
boyliklari,
o‘zbek
mutafakkirlarining
pedagogik
qarashlari
sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va
amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi
tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga
olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga
keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va
holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini
berdi.
2. Asosiy kategoriyalari.
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari,
qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng
muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy
kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga
erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim
kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish),
bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan
shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni, talablariga mos ravishda bir
qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish,
ularning
dunyoqarashini
shakllantirishni
bilish
nazariyasining
umumiy
qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos
bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs
tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani
falsafa fani bilan bog‘liqdir. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ta‘lim
muassasalaridagi tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli
pedagogika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va
ularni o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi.
Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning
qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy
ishlar bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga
tayanadi. Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida
amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib,
tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati
va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun
psixologiya
fanining
yutuqlariga
tayanib
ish
olib
boradi.
Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini
quyidagicha ifodalash mumkin:
- Falsafa
- Psixologiya
- Gigiyena
- Tarbiya ishlar metodikasi
- Anatomiya, fiziologiya
- Etika
- Pedagogika
O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular
organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining
rivojlanishini
bilmasdan
unga
ta‘sir
ko‘rsatib
bo‘lmaydi.
Anatomiya,
fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan
hisoblanadi. Shuning uchun ham Tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan
chambarchas bog‘liq ish ko‘radi. Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda
o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-
sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani
gigiyena
fani
bilan
ham
bog‘langan.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish
zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday
ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.
4. Tarbiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Tarbiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq,
to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada
yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga
tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini
o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish
metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish
metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;
I. Kuzatish metodi
Pedagogikaning kuzatish metodi ta`lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati
bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda
yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu
metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan maqsad qanday
amalga oshayotganligini aniqlash, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro aloqalari,
individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida
yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali
bo`ladi.
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga
olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va
mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Odatda pedagogik kuzatish orqali o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishlari,
ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli
ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o`quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning
ilmiy
dunyoqarashlarini
shakllanishi,
fikrlash
jarayoni
kuchi,
xulosalar
chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar
chiqarishga
imkoniyat
tug’diradi.
Bunday
kuzatishlar
pedagogika
fani
mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi.
II. Suhbat metodi
Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning
qanchalik to`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi.
Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona
va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi.
Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish
yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi.
Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo`naltira
olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira
bilishi g’oyat muhimdir.
Bunda:
suhbat uchun oldindan savol tuzish;
vaqti va o`tkazish joyini belgilash;
suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi;
suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
mahmadona va bachkana bo`lmaslik;
6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;
7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa
chiqarish, lozim bo`lsa qo`shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish
pedagogik jihatdan qimmatlidir.
III.
Bolalar ijodini o`rganish metodi
Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va
ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos
individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar
chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy
xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan
kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli
yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli,
iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi
uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o`rganish
manbai ko`p bo`lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo`yicha konkurslar,
maktablar bo`yicha ko`rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.
IV. Test, so`rovnomalar metodi
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test
savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini
bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish,
aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday
kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar
chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini
maktab,
oliy
va
o`rta
maxsus
ta`lim
tizimiga
tadbiq
etdi.
Test
sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini
yoppasiga aniqlash, baholashdir.
Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar
tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test
savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning
mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.
V.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va
yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`limtarbiya ishlarini
yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi,
ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi.
Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va
sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq
daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi
va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar
tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning
o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish
darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari,
turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.
Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini
aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik
tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-
tarbiyachilarning
ilmiy-pedagogik
faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida
o`tkaziladi.
VI.
Eksperiment-tajriba sinov metodi
“Eksperiment”so`zi lotincha “sinab ko`rish”, “tajriba qilib ko`rish” ma`nosini
anglatadi.
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy
faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida
o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor
beriladi.
O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni
aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-
tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining
borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:
1) tabiiy eksperiment; 2) laboratoriya eksperimenti; 3) amaliy tajriba.
Pedagogik
eksperiment
o`z
mazmuniga
ko`ra
didaktik,
tarbiyaviy,
maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi.
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:
ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va
kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.
ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob`ekt belgilash,
amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.
tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning
tayyor turishi;
4) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish
va tavsiyalar berish kerak.
VII. Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini
namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi
sohasidagi, jumladan,
ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi
muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik
shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali
aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika
ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning
mustaqil
bo`lguniga
qadar
statistika
sohasidagi
chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud
edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur
islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa
bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.