TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA PRINSIPLARI (Tarbiya jarayonining maqsadi, Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari, Tarbiya qonuniyatlari, Tarbiya prinsiplari)
Yuklangan vaqt
2024-04-30
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
33,7 KB
Ilmiybaza.uz
TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA PRINSIPLARI
Reja:
1. Tarbiya jarayonining maqsadi.
2. Tarbiya jarayonining mazmuni.
3. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari.
4. Tarbiya qonuniyatlari.
5. Tarbiya prinsiplari.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: Tarbiya jarayoni, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni
xususiyatlari, tarbiya mazmuni, jjtimoiy tarbiya, tarbiya prinsiplari, tarbiya
qonuniyatlari.
1. Tarbiya jarayonining maqsadi.
Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu tarbiya nazariyasi
sanaladi.
Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib
kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib
chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya
borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning
ma’lumotlaridan
foydalanadi.
Tarbiya
nazariyasi
pedagogikaning
boshqa
bo‘limlari: umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi va xalq ta’limi tizimini boshqarish
bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya jarayonini tashkil etishda, eng avvalo,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz berayotgan
o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetish talab
etiladi. Binobarin, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida shaxs
tarbiyasiga yondashuv ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi. XXI asr
insoniyat tarixida “kompyuter davri” bo‘lib qolmoqda. Bu esa shaxsni tarbiyalashga
o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi.
Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy
olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin,
tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo
mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga
tayanib ish ko‘rish zarur.
Ilmiybaza.uz
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan
turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan.
Maqsadsiz ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya
Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga
xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Uning muammosi pedagogikaning
dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon
etadi.
Tarbiya jarayoni umumiy ijtimoiy maqsadni hal etishga yo‘naltiriladi va aniq
vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra tarbiya maqsadi tarbiya
jarayonini tashkil etishda hal etiladigan vazifalar tizimidir.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab obyektiv
sabablar yetakchi rol o‘ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari,
insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy
madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo
davlat mafkurasining yetakchi g‘oyalari bo‘lib qolaveradi.
Shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof,
diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-
o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya
mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida
tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish
yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi
komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki
Ilmiybaza.uz
tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi
tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol
o‘ynaydi. U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo‘lida
amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakl, metod, vositalarini
to‘g‘ri tanlay oladi va tarbiya jarayoniga tadbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan
muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.
Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning
ko‘pdan-ko‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam
bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit
ravishda rivojlanadi.
Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib,
chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-
siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy
tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi,
shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy
shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga
keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning
atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini
vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy
munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviyati
boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. YA’ni, bola
shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit,
shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa
o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy
xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
Ilmiybaza.uz
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash,
bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga
keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil
qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan
ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi.
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi
zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati
jarayonidir. Bola xulqidagi “og‘ish”lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning
tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida
vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab,
sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta’sirini oila,
shu jumladan, ota-ona ham ma’qullashi lozim. Demak, qayta tarbiyalash
o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Tarbiya. O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol
inson bo‘lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari –
aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy,
jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha yondashish, ularni samarali tashkil
etish yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng
muhim vazifalardir.
2. Tarbiya jarayonining mazmuni. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya
mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik
xususiyati hamda obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-
hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo
falokat masalasidur”(. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish
emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy
g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik,
insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik,
insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod
zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, “Barkamol avlod –
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli
asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va
vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil
etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat
shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning
tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning
ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,
balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday
anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi
zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida
kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham
o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun
o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi
Ilmiybaza.uz
e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga
o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy
jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi,
ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi
asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash
jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi,
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi.
Tarbiyachi bola shaxsining o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish,
mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir
etish muhimdir.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni
ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum
shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi:
Tarbiya jarayonining o‘ziga xosligi. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda
vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xosligini anglab olish
muhimdir. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim
xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero,
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil
Ilmiybaza.uz
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy
tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga
xizmat qiluvchi ichki va tashkil (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi.
Subyektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari
mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi,
shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya
faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik
mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi.
Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati,
balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy
qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir.
Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy
sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli
davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud
sharoitda
harakat
qilishi
tarbiya
jarayonini
murakkablashtiradi.
Ta’lim
muassasalarida
olib
borilayotgan
tarbiya
shaxs
ongi,
dunyoqarashini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab
tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya
muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini
talab etadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim
muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni
qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib
boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila,
ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy
tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiybaza.uz
Bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz
tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, bolalar ma’lum muddatgina ta’lim
muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtining
asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi
va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt
jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga
oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining
ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida
sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil
etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib
boriladi.
Ayni
vaqtida
respublikada
o‘quvchilarning
ta’lim
muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib
bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda
xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha
bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarli yo‘nalish va
mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning
tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xaraktar va irodani tarkib toptirishda
muhim o‘rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil
etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va
metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat
qiladi. Shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni ketma-ket emas, balki yaxlit o‘zlashtirib
boradi, shu bois pedagogik ta’sir yaxlitlik, tizimlilik kasb etadi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik
talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror
toptirishni talab etadi.