TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR (Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
33,1 KB
Ilmiybaza.uz
TARBIYA JARAYONINI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR
XORIJIY TAJRIBALAR
Jahon tarbiya konsepsiyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi,
maqsadli, uzluksiz ma’naviy tarbiyaning tutgan o‘rni. Yaponiyada fuqaroni
tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’lim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan
faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi. Xitoyda Konfutsiylik
axloqining besh asosiy ustuni.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki,
jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan
amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki
ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda
maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda
rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash
zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning
ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj
kuchaydi.
Ilmiybaza.uz
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib
borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas,
balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi
kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z
aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini
yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr
rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir
parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Ta`lim - tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan
hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh
avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p
variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik
vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning
muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol
ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham
chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘
miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina
bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan.
Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –
e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni,
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni
«Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan
ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq.
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab
davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari
Ilmiybaza.uz
shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da
xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv
dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va
intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi
ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda
ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961
yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish
boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil),
matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter
texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy
qilindi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni
yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va
adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda.
Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan
bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu
dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni
G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk
Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini
ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz
o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti
matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi
esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy
matematik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi
majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va
tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan
predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo»
Ilmiybaza.uz
ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir
etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga
oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi
yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator
farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan
asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar
kiritilgan.
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil
milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim
tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim
tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor.
Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni
qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir.
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha
bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib
kelmoqda.
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib,
uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq
bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya
birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota
onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80
foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi.
Ilmiybaza.uz
Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar.
Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar
ham mavjud.
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la
haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan
haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar
ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi
(Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi.
Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi
maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq
yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning
ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning
sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir.
To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta
maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom
ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning
turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining
―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta
maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi.
Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat
tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv
yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari
mumkin.
Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga
tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi.
Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi.
Ilmiybaza.uz
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z
ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga
saylanadigan
Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda
o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini
olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni
davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim
sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini
keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar
o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.
Ilg‘or xorijiy ta’lim tizimlari
FRANSIYADA TA’LIM TIZIMINING AMALGA OSHIRILISHI
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi
o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiya ta’limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol
topishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida
o`quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish va shunga
xos kasbga yo`naltirishdan iborat. Boshlang`ich sinflardagi o`qish ertalabki va
tushdan keyingi qismlarga bo`linadi.
Fransiyada boshlang`ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha
bo`lgan bolalar jalb etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida
ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va
sport. O`quvchilar 11yoshda boshlang`ich maktabni tugallab o`rta maktabga
o`tadilar.
Fransiyada oliy ta’lim professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida
qaror topdi. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik
institutlar mavjud. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari
muassasalar ko`zda tutilmagan. Biroq maktablarda va liseylarda turli to`garaklar
mavjud. O`quvchilar uchun turli sport seksiyalari sayohatlar, musobaqalar o`quv
Ilmiybaza.uz
muassasasining o`zida tashkil etiladi.Fransuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun
kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:
Universitetlar;
Oliy texnologiya maktablari;
Oliy muhandislik maktablari;
Oliy arxitektura maktablari;
Oliy tijorat maktablari;
Siyosiy fanlar oliy maktabi;
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;
Oliy tibbiyot o`quv muassasalari;
Oliy badiiy maktablar;
O`zluksiz ta’lim [malaka oshirish]
Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o`z talabalariga uch siklda bilim beradilar.
Birinchi sikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan
yakunlanib, o`qish ikki yil davom etadi. Talabalar uni metriz, magistr darajalari
bilan yakunlaydilar. Uchinchi siklda o`qish bir ikki yil davom etadi.
biron-bir predmetni chuqurlashtirib o`rganilganligi haqida diplom (bir yil);
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to`g`risida diplom (bir yil);
uchinchi sikl doktorlik dissertasiyasi (bir, ikki yil);
davlat doktorlik dissertasiyasi-biron-bir sohani mukammal o`rganib,
dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar
mavjud.
Ular
odatda
sanoat,
maishiy
xizmat
ko`rsatish,
informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. O`qish muddati 2 yil bo`lib, darslar haftasiga
30-35 soatni tashkil etadi. O`qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti
ham ko`zda tutilgan.
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday insitutlar faoliyat ko`rsatib, qishloq
ho`jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik
hisobi, amaliy san’at bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday insitutlarga
kirish imtixonsiz amalga oshiriladi.