Tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati va metodologik asoslari.
Talabalarni o’qitish va tarbiyalashning tashkiliy shakllarining asoslari
Umumiy ma’lumot. Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya
nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy
jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish
muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan
yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham
qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya
borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning
ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa
bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning
mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra
yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday
deydi: ,,Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat -
yo falokat masalasidur”. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy
ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning
asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib
kelayotgan
yosh
avlod
zimmasiga
yuklanadi.
O‘zbekiston
Respublikasining ,,Ta’lim to‘qrisida” gi Qonuni, ,,Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi” da mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va
vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan
to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan
kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu
munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va
pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy)
ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini
uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli
kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni
olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning
murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham
o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun
o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning
birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya
jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi,
ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi,
ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va
istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi
anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi,
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish
kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya
qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri - o‘quvchilik
yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport,
badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq
me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy
munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan
vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta
o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl
va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim
o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning
amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu
g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Har qanday ijtimoiy
jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya
maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy
munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiya tamoyillari.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-
atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning
shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek,
jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida
quyidagi tamoyillar yotadi:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy - siyosiy
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda
tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston
Respublikasining ,,Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni hamda ,,Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi” g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi - erkin, ijodkor,
mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yо‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda
umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,
iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan
iborat.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan
ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu
asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash о‘quvchining
tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-
to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning
shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
3.O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy
pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim
unsurlaridan biri - bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy
hayoti va faoliyatining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson
kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim
ahamiyatga egadir.
4.Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning
shakl, metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat
qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos
xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5.Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari
mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil
etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining
boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati,
o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va
anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali
bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan
faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
6.Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy
munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama
kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va
o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat
amalga oshiriladi.
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga
oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim
ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati
aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero,
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li
zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda
tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va
ob’ektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari,
qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv
omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal
etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli
obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida
shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va
boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik
shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga
quyidgicha xulosa qilish mumkin:
1.Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni
har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini
aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
2.Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil
etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi,
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi,
intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3.Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan
holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu
boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash
milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi
o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga
har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik,
intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan,
turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va
noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek,
shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini