TARBIYANING TURLARI
Mavzu rejasi:
1. Tarbiya turlari haqida tushuncha. Ahloqiy, nafosat va ekologik tarbiya.
2. Fuqarolik, mehnat, iqtisodiy tabiya
3. Aqliy, jismoniy va huquqiy tarbiya
1.Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra
tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani
qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari
bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat,
jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga
bo‘yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar,
yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga
bo‘linadi.
Herbert Spencer - ingliz olimi “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har
tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o‘z ichiga olishi
kerak” - deb yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida
ulg‘ayishiga bog‘liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi. O‘zining "Butun shaxsni
rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko‘rsatib
o‘tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi.1(The elements of
teaching. Jems M. Banner. Gardners Books.)
1The elements of teaching. Jems M. Banner. Gardners Books.
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar,
demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog‘liqlikda
pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.
Axloq va ma’naviyat tushunchasi. Axloq va ma’naviyat chuqur ichki
o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi
ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari bo‘lgan individlar
ma’naviyatining o‘zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori
bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan
etukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning
uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga
ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Axloq - ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. Axloq -
ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi
sanaladi.
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri
bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan
qonun-qoidalar majmuidir.
Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining
mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Axloq - shaxs yoki guruh
faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi.
Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni
uyg‘unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan
amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag‘batlantirish va jazolash. Axloq jamiyatdagi
munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan
maqsadlarni ilgari suradi.
Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas,
hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy
kategoriya deb ataladi.
Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik,
jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy
tamoyillar deb ataladi.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o ’zlariga odamlar
orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi.
Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning
umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va
insonparvarlik (shaxsga o‘z-o‘zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida
munosabatda bo‘lish). Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik
va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o‘tish mumkin.
Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga
yo‘nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tish
to‘gri bo‘ladi.
Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga
intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning
hamkorlikdagi yashashida uyg‘unlikka intilib kelgan. Axloq me’yorlari insonning
yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari
natijasida yuzaga kelgan.
Axloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi ideallarni
esa, shaxs o‘zida tarkib toptirishni xohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Me’yor - bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid
uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar
ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero
ularda u yoki bu xulq- atvorning ko‘plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga
muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar - ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli
fazilatlari. Qadriyatlar xilma-xil tasnifga ega bo‘lib, eng umumiy tarzda mutlaq va
nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya’ni umumahamiyatli
(ob’ektiv) tavsifga ega bo‘lib, ular o‘zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai
nazardan, turlicha munosabatlar va barcha sub’ekt uchun ijobiy xususiyatga ega.
Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, ular faqat qandaydir
munosabat bilan yoki ma’lum bir sub’ektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo‘ladi.
Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni
taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli
tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari
orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib
boriladi.
Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida
ma’naviy-axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti- harakati va xulqi
aniqlanadi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni
ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar
haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi
degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib,
talabalar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgandagina,
rivojlangan deyish mumkin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson
tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-
tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil
etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid
tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir
xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng
asosiy bo‘lib hisoblanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar
xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-
harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’ yor va tamoyillar mohiyatini o‘
rganish, ularni anglab etishdan iboratdir.
2.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviy-axloqiy
tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan
insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o‘zaro bog‘liq vazifani shart qilib
qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, adolat, ezgulik
va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rinishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy
talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo‘naltirishi va
nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi,
ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ularning xatti- harakatlarini baholay
olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har bir inson
ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’ tiqod,
ma’ naviy moyilliklar, his-tuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlarni
shakllantirishdan iborat bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu
jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan
belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi.
O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy
dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda
rivojlantirishni taqozo etadi. O‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashning asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-
harakatlarni tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash;
3) axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy
tamoyillariga quyidagilar kiradi:
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya
ishiga o‘quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy
tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog‘lab olib borish; o‘quvchilarning faolligi;
jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning
ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda
kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida
sub’yekt-sub’yekt munosabatlarining o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq
tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli
bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizasiya va
boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam
aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada turli metod
va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari deganda, o‘quvchilarning axloqiy tasavvur
va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni,
shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat
usulidir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish
mumkin:
Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik
suhbat, izohlash, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, namuna va boshqalar.
Ma’naviy-axloqiy xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish,
pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar.
Ma’naviy-axloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag‘batlantirish,
musobaqa, tanbeh berish kabilar.
3.Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari. Ma’naviy-axloqiy
mavzudagi hikoya - axloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emosional
bayon etilishidir. Hikoya tarbiyalanuvchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir etib, ularga
axloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o‘zlashtirishga yordam beradi.
Yaxshi bayon tavsifiga ega hikoya axloqiy tushunchalarning mohiyatini ochib
berishgagina xizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy xulq-atvor
qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Ma’naviy-
axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo‘lib
xizmat qiladi, tarbiyalanuvchining xulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida
boyitadi.
Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) tarbiyalanuvchilarda ijobiy axloqiy hislarni uyg‘ota olish, hikoya
qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug‘idan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga
birgalishib achinish;
2)
tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining
mazmunini ochib berish;
3) ma’naviy-axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda,
tarbiyalanuvchilarning o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda ham foydalanish.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta’minlash uchun
quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Maktabgacha
yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning qisqa, emosional, tushunarli bo‘lishi
maqsadga muvofiq.
2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo‘rligida bayon qilinishi uning yaxshi
idrok qilinishini ta’minlaydi.
3. Ma’naviy-axloqiy mavzudagi hikoyaning yaxshi idrok qilinishi uchun unga
mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega.
4. Hikoyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona bayon etib bera
olish lozim. Ishonarsiz, bir xil ohangda hikoya qilish orqali buni amalga oshirib
bo‘lmaydi.
Tushuntirish metodi esa, tarbiyalanuvchilarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor
va qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli
so‘zi va namunasiga asoslaniladi. Masalan, ro‘paradan kelayotgan tanish kishiga
xushmuomalalik bilan salom berish uchun biroz to‘xtab u kishining yuziga qarab,
kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo‘lda davom etish kerak.
Tushuntirish va ko‘rsatish tabiiy bo‘lmog‘i lozim.
Ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar orqali tarbiyalanuvchilar axloq
me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir
qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi.
Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish,
xulqning axloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Suhbat vaqtida
tarbiyalanuvchilar o‘z fikrlarini erkin aytishlariga keng imkon berish lozim.
Shunda ular har bir xatti-harakatlarini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari
asosida bajarishga urinadilar.
Izohlash - tarbiyalanuvchilarga og‘zaki-emosional ta’sir ko‘rsatish metodi.
Milliy tarbiyamizda mazkur metod “ta’birlamoq” tarzida ham ishlatiladi.
Ta’birlamoq - tarbiyalanuvchida, tarbiyalanuvchilar guruhida uchrab turuvchi
xatti-harakatlarni sifatlamoqdir. Tushuntirish va hikoyadan farqli ravishda
izohlashning muhim jihati biror yosh guruhi yoki alohida tarbiyalanuvchiga ta’sir
etishga yo‘nalganligidadir. Mazkur metodni qo‘llashda maktabgacha yosh guruhi
va tarbiyalanuvchilar guruhining shaxsiy sifatlariga asoslaniladi. Maktabgacha
yosh guruhida sodda izohlash ko‘rinishidan foydalaniladi: «Mana bunday qilish
kerak», «hamma shunday qiladi» va boshqalar. Izohlash metodi yangi axloqiy
sifatlar yoki xulq-atvor shakllarini shakllantirish hamda tarbiyalanuvchilarda ma’
lum bir xatti- harakatlarga to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyalanuvchilarni axloqiy tarbiyalashda nasihat qilish muhim o‘rin tutadi.
Nasihat - sokin, xayrixoh vaziyatda tarbiyalanuvchini yaxshi yo‘lga solish, ta’lim
berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o‘git. Aynan nasihat tinglash va
unga rioya etish mazkur yosh guruhi uchun xosdir. Nasihat orqali tarbiyalanuvchi
psixikasiga tizimli ta’sir ko‘rsatilib, unda ma’lum bir faoliyat motivlari va
ustanovkalar hosil qilinadi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning axloqiy ongini shaklantirishda ko‘rsatma
berishdan ham foydalaniladi. Ko‘rsatmoq
- tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchilarga o‘rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda
yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat-e’tiborlarini
jalb qilishdir.
Ishontirish - tarbiyalanuvchilarni axloqiy tarbiyalashda katta yordam beradi
(«Kasal bo‘lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish kerak», «O‘rtog‘ini
urish yomon»). Ishontirish o‘z navbatida namuna ko‘rsatishni talab etadi. Namuna
tarbiyalanuvchining birinchi signal tizimiga faol ta’sir ko‘rsatib, harakatlanish
uchun aniq timsolni hosil qiladi va o‘z navbatida tarbiyalanuvchida axloqiy ong,
his-tuyg‘ u, ishonchni tarkib toptirib, uning faolligini oshiradi.
Ma’naviy-axloqiy xulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq -
ma’naviy-axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli metodidir. Unga
qoidalarni mashq qildirish - foydal odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish, o‘rgatilgan
tajribani yangilash, nazorat - o‘rgatilgan odatning to‘g‘ri va samarali ekanligini
tekshirish, o‘z- o‘zini nazorat qilish, tarbiyalanuvchini faollashtiruvchi shaxsiy
gigiena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, ko‘chada, shaxsda xulq- atvor
madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo‘la oladi. Mashq qildirish
natijasida tarbiyalanuvchida malaka va odatlar tarkib topadi.
Mashq metodining samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olishni
talab qiladi: 1) mashqlar tizimi; 2) ularning mazmuni; 3) mashqning tushunarli
bo‘lishi; 4) hajmi; 5) takrorlash tezligi; 6) nazorat va tuzatish; 7)
tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari; 8) mashqni bajarish joyi va
vaqti; 9) individual, guruhli va jamoaviy mashq shakllarini uyg‘unlashtirish; 10)
motivasiya hosil qilish va rag‘batlantirish. Mazkur omillar orasida mashqning
hajmi va sur’ati hamda kutiladigan natija o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlik
mavjud: mashq qanchalik ko‘p va tez-tez bajarilsa, uning yordamida
shakllantiriladigan sifatlar shunchalik tez rivojlanadi.
Talab - tarbiyalash maqsadida tarbiyalanuvchidan biror narsani qat’iyat bilan
so‘rab turish bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatini rag‘batlayydi
yoki bartaraf etishga xizmat qiladi.
Taqdim etish shakliga ko‘ra bevosita va bilvosita talab farqlanadi. Bevosita talab
uchun qat’iylik, aniqlik, mohiyatning tushunarli bo‘lishi xos bo‘lib, keskin ohang,
yuz harakatlari uyg‘unligi aks etadi.
Bilvosita talab (maslahat berish, yalinish, ta’ kidlash, qaytarish) bevosita
talabdan farqli ravishda tarbiyalanuvchida qayg‘urish, qiziqish, intilish kabi
psixologik omillarni chaqirishga xizmat qiladi. Maslahat berish orqali
tarbiyalanuvchida ma’lum xatti-harakatning foydali ekanligiga ishonch hosil
qilinadi. Tarbiyalanuvchi qachonki bildirilayotgan fikrni o‘ zi uchun muhim
ekanligiga ishonch hosil qila olgandagina maslahatni qabul qiladi. Yalinish -
agarda boshqa talab qilish ko‘rinishi kor qilmasligiga ko‘zi etsa, tarbiyalanuvchi
qalbida mehrni yangilash, uyg‘otish maqsadida uni biror narsaga ko‘ndirish uchun
iltimos qilish, o‘tinib so‘rashdir. Ta’kidlash - tarbiyalanuvchilar bilan o‘tkazilgan
har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan axloqiy mazmunni uqtirib,
tayinlashdir. Qaytarish - tarbiyalanuvchi jahli chiqib, qizishib biror kor-hol,
yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko‘rsatsa, uni bunday nomaqbul,
nojo‘ya tishdan, xatti-harakatdan o‘zini tutishga undash, tiyish.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchiga biror ish-harakat (masalan, turli joy va
vaziyatlarda o‘zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish usulini, yo‘l-
yo‘rug‘ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilish.
Mazkur metodni to‘g‘ri qo‘llash qoidalariga quyidagilar kiradi:
1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tarbiya maqsadini aniq tasavvurga ega
bo‘lishlari lozim. Ayniqsa, tarbiyalanuvchi o‘ rgatilayotgan ish-harakatning nima
uchun xizmat qilishini tushunib etmasa, tarbiyachining harakati zoe ketadi.
2.
Ish-harakatni bajarishga o‘rgatishda buyruqqa emas, tushuntirishga
asoslanish lozim. Masalan: «Qo‘shnilar bilan salomlashib yursang, ular seni yaxshi
ko‘rishadi», «Seni chiroyli kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing
kerak» va boshqalar.
3. Tarbiyalanuvchilarga o‘rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul vaqt va miqdor
hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum muddat zarur, shoshilish kerak
emas. Dastlab tarbiyalanuvchini harakatlarni to‘g‘ri bajarishi haqidagi qayg‘urish,
keyin uni tez amalga oshirishiga intilish zarur.
4. Tarbiyalanuvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi nima bilan
tugashini ko‘rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos poyabzal, silliq va
g‘ijimlangan kiyimni taqqoslab ko‘rsatish orqali tarbiyalanuvchini bunday
holatlarni bartaraf etishga o‘rgatib borish mumkin.
5. O‘rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin ko‘ngildan, qiziqish
bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida bo‘lmasligi hamda o‘z-o‘zini nazorat
qilish bilan uyg‘unlikda olib borilishi lozim.
6. O‘rgatish o‘yin orqali amalga oshirilsa, yaxshi samara beradi. O‘ yinda
tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o‘z
xohishiga ko‘ra bajaradi.
Muammoli vaziyat o‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi, ammo
uning o‘ziga xos tomoni tarbiyalanuvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik
namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi,
masalan birorta hikoya ma’lum bir erida to‘xtatiladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni
tavsiya etadi. Tarbiyalanuvchilarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi
ijobiy, insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga
real muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o‘yini ketyapti. Bir jamoaning sardori
yaxshi o‘yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqea sodir
bo‘ldi: u jamoadagi bir o‘yinchi koptokni noto‘g‘ri tepgani uchun uni qattiq uradi.
Undan o‘yinchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun o‘yinchidan kechirim
so‘rash talab etiladi. U kechirim so‘rashdan bosh tortadi, demak, uni o‘yindan
chetlashtirish kerak. Tarbiyalanuvchilariga avval tarbiyachining yordamida,
keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.
Ma’naviy-axloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh
metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy axloqiy sifatlarni
mustahkamlash, tarbiyalanuvchi xulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida
foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’ qiqlash, tahsinlash, tergash,
uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish - jazo berishning
yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so‘z aytish, tanbeh berish, urishib
qo‘yish. Maqtash - tarbiyalanuvchini uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi
tomonlarini ko‘rsatib gapirish, yaxshi qilib ko‘rsatish.
Taqdirlash
-
tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor
ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash - tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga,
tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash - tarbiyalanuvchini
«ofarin», «balli» kabi so‘zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash
- vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib,
tekshirib, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun koyib, «yo‘li»dan qaytarib turish.
Uyaltirish - noma’qul qilig‘i uchun tarbiyalanuvchiga o‘ta noqulaylik tug‘dirish,
xijolot qildirish. Shavqlantirish - tarbiyalanuvchining xulqi, muvafaqqiyatlari,
kelajagiga g‘oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko‘tarinkilik bilan
zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.
Estetik tarbiya va uning vazifalari - tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‘ u,
estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli.
Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan inson
shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik
orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida
qayta yaratishga qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga mo‘ljallangan
tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaxsning har tomonlama
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini,
go‘zallikni ko‘ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go‘zallikni his qila olishga
o‘rgatish;
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
3) estetik didni, go‘zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish - bu faqatgina badiiiy
dunyoqarashni o‘stirish, o‘qilgan kitoblar, ko‘rilgan kinofilbmlar, tinglangan
musiqiy asarlar sonini ko‘paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga
ta’sir ko‘rsatish, shaxs ma’naviyatini boyitish, xulq-atvorini boshqarish va
tuzatishdir. Agar befarqlik, loqaydlik namoyon bo‘lsa, inson o‘zining
antiestetikligini namoyon etadi. Agar o‘quvchi go‘zallikni his qilishning ijobiy
odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini o‘zlashtirgan bo‘lsa, u holda uning estetik
madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol gapirish mumkin.
Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar o‘qishadi, ko‘rgazma va konsertlarda
ishtirok etadi, biroq ijtimoiy axloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik
madaniyatdan uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki
dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaxs estetik madaniyatini
shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik
ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni tarkib toptirish, ularning
psixologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar
estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan
o‘zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida
-
nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan
xususiyat estetik ong deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati
estetik mulohaza deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig‘indisi orqali
shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida
yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan,
takomillashgan go‘zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaxsning estetik
voqelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning
bunday shakllari 6. Estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnikalashib
borgani sari, ularning ko‘ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat
estetik tarbiyaning eng muhim omili bo‘lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish texnikasi
va texnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaxsga estetik ta’sir ko‘rsata
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaxs o‘z mehnatidan
ko‘proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, mehnat estetik tarbiya omili
bo‘la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili - bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy
ravishda munosabatda bo‘lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani
uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt- ganda, tabiat hech narsa bilan
almashtirib bo‘lmaydigan go‘zallik manbai.U estetik his-tuyg‘u, kuzatuvchanlikni
rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali
ifodalansa, yanada o‘zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o‘rin egallaydi. San’at voqelikka
estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining
darajasi ko‘p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik
ko‘p ahamiyat kasb etishiga bog‘ liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaxsga mo‘ljallanganligi bilan,
dunyoga keng va ochiq ko‘z bilan qarash tuyg‘usini shakllantirish, nafosatni
bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo‘lida ijodkorlik qobiliyatini
vujudga keltirishi bilan izohlanadi.
Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali
o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq,
Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro
sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv,
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga
mansublik.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan
axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.
2. O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g’risida ma’lumotlar
berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va
malakalar hosil qilish.
3. O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror
toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik
hissini shakllantirish.
4. O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat
tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari
bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni
himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb
etish.
Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy,
ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va
mahalliy yig’imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida
qayd etilgan burchlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi
har bir kishining muqaddas burchidir.
2.O‘quvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlarining
ahamiyati. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari,
qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g’oyaviy
birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat
ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g’oyaviy mazmunni
ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar
muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-
umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat
madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi
g’oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi.
Ramzlar – bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u
yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini
ifodalagan.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi
taqozo etiladi. Bular:
1) o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak
darajada uyushtirilishi kerak;
2) fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi
va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
3) tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;
4) oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi
fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
5) o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy
rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e’tiborni
qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan
foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Bunda o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Ushbu maqsadda
diagnostik (tashhis qo‘yish), statistik va qiyosiy tahlil tahlilni olib borish lozim.
Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan
fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:
- fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi
majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik;
- milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’usiga ega bo‘lish;
- davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti
hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo‘lish;
- mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik;
- ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat va itoatda
bo‘lish;
- mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida
qayg’urish;
- davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga sodiq, ularga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash;
- ijtimoiy faollik;
- demokratik tamoyillarga amal qilish;
- tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish;
- fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish;
- huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish;
- to‘g’ri so‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lmish;
- o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish;
- baynalminallik, o‘zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda
bo‘lish va boshqalar.
3. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari
va metodlari. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik
(lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg’usini
shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning
a’zosi sifatida uning sha’ni, obro‘-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun
kurasha olishi zarur.
«Vatan atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini bildiradi,
Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo‘llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam
yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda
tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq
nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir»11.
Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug’ilib o‘sgan
vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to‘g’risida qayg’urishi hamda uning porloq
istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:
1. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va
qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g’ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy
boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g’amxurlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi
kurashish.
7. Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq) o‘zga millat va
elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid
mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferantsiyasi, viktorina, uchrashuv,
ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va
baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish,
kinofilьmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
111 Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’raev N. Vatan tuy\usi. – Toshkent, O’zbekiston,
1996. – 139-bet.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil
etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy
mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib,
mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1)
o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini
bo‘yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
2)
o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining
davlat qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi
tahdidlarning oldini olishga tayyorlash;
3)
o‘quvchilarda g’oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda
terrorizm va diniy ekstremistik g’oyalarga qarshi nafrat tuyg’usini tarbiyalash;
4)
o‘quvchilarning vatan himoyasini ta’minlash borasidagi harbiy-
texnik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
5)
o‘quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni
ko‘ra olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish;
6)
ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi
yo‘lga qo‘yilgan boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari muhim
ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rtasida bht (boshlang’ich harbiy ta’lim o‘quv
fani) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish
imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera
oladi. o‘qituvchi rahbarligida «shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi
ekskursiyalar ham o‘quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg’usini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan
nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni
qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va
tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g’risida
ma’lumotlar berish;
- o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy
idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik,
huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning
ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning
qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstituttsiyasi va ramzlarini, shuningdek,
fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan
ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi
hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko‘lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga
olish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi
quyidagi holatlar bilan o‘lchanadi:
-o‘quvchilar tomonidan "O‘zbekiston davlat va huquqi asoslari",
"Konstitutsiyaviy huquq" kabi o‘quv fanlarining o‘zlashtirilish darajasi, ya’ni,
huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;
- ularning umumjamiyat axloqiy-huquqiy me’yorlariga amal qilishlari
hamda maktab va boshqa o‘quv yurtlari ichki tartib-qoidalari, shuningdek,
o‘quvchilar qoidalariga rioya qilishlari, tartib-intizomni buzish hollarining
kamayganligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, xatti-harakatlari mohiyatini ongli tahlil
etish qobiliyatiga ega ekanliklari – huquqiy ongning muayyan darajasi;
- ijtimoiy-huquqiy faolliklari (o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruv organlari,
yoshlar uyushmalari, tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, jamoat tashkilotlari
hamda huquq-tartibotni himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyatini uyushtirishdagi
ishtiroklari) – amaliy-huquqiy faoliyat ko‘lami.
O‘quvchilardagi qiziqishni inobatga olgan holda huquqiy mazmundagi,
xususan, "Biznes faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari", "Maishiy xizmat
turlaridan foydalanishning huquqiy mohiyati", "Oldi-sotdi munosabatlarining
huquqiy-axloqiy negizlari", "Yoshlar jinoyatchiligi va uning oqibatlari", "XXI
asrga narkotiklarsiz qadam tashla!", "Sening huquq va burchlaring", "Yoshlar
ijtimoiy mehnatini tashkil etish shartlari", "Nikoh-muqaddas bitim", "Tabiatni
muhofaza qilishning huquqiy asoslari", "Terrorizm – mudhish jinoyat", "Qonuniy
harakat va harakatsizlik nima?" kabi mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil
etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida ularni huquqiy
adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, jinoiy xatti-harakatlar va ularning oqibatlari
xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan
uchrashuv va konferentsiyalar o‘tkazish, shuningdek, huquqiy mavzudagi
kinofilьmlar namoyish etish g’oyat muhim.
SHaxsda huquqiy sifatlarni qaror topishi uning ijtimoiy – huquqiy
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog’liq. Doimiy ravishda,
maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish shaxsda huquqiy madaniyat
unsurlarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy
tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g’oyalari o‘quvchilar
huquqiy madaniyatini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutadi.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida o‘quvchilar faoliyati mazmunini
tahlil etish, ularda o‘z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondoshuvni qaror toptirish,
shuningdek, o‘z faoliyatlarini real baholashga o‘rgatib borish talab etiladi.
SHaxs huquqiy madaniyatini quyidagi ikki asosiy qismga ajratish mumkin;
1) huquqiy ong;
2) huquqiy faoliyat.
Huquqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, u jamiyat
taraqqiyotning ma’lum bosqichida – davlat, mulk va mulkiy munosabatlarning
paydo bo‘lishi, aholining keskin sur’atda tabaqalashuvi, huquq, huquqiy
munosabatlar tushunchalarining paydo bo‘lish jarayonida ularga yondosh
tushuncha sifatida qo‘llanilgan hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tashkil
etish chog’ida ko‘zga tashlanadi.
Huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy-psixologik hodisa
sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy faoliyat huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli
yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish,
ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy
munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy
xatti–harakatlar majmui.
Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar
e’tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy
tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat.
1.Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘
quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga
erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil
qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari
uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o‘ quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy
boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini
belgilash malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab
turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga
bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar
bilan tanishtirish.
2.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari:
1.
Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi.
2.
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga
qo‘shib olib borilishi.
3.
Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi.
4.
Mehnat faoliyatining majburiyligi va vij doniyligi.
5.
Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga
qo‘shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning
mehnat haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va
shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat
- o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan
buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va
nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish;
ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
3. Jismoniy tarbiyaning vazifalari. Jismoniy tarbiya deganda organizmning
morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga
oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va
sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini
maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish
tizimi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar
yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy
tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi:
1) bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning
morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini
oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini
mustahkamlash;
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil
harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik,
chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini
ta’minlaydi;
3) hayotiy muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish -
bolada maxsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Harakatga doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-
harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va
ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog‘lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy
ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalarning jismoniy mashg‘ulotlarga
faol munosabati natijasida yuzaga keladi;