TARBIYANING UMUMIY METODLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

24,6 KB


TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 
2. Tarbiya metodlari tasnifi. 
3. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar
1. To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar
narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi.
O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib
olingan  narsalar  qaytarib  berilishi  to‘g‘risidagi  kattalardan  eshitgan  misollarni
aytishdi.
 O‘qituvchi  qanday  tarbiya  metodini  qo‘llagan?  Bu  metodning  samaradorligi
nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
2. O‘qituvchi quyidagicha hikoya qiladi:  O‘g‘lim (8 yosh) qorong‘idan va
balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga
oladigan  sharoitga  qo‘yaman:  Goho  ob-havo  qandayligini  bilib  kelish  uchun
xovliga, goho go‘yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga
yuboraman. 
      O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi
novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman.
     O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi
yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga “qog‘ozni ol”, deb murojat qildi. O‘sha o‘quvchi
Logotip
TARBIYANING UMUMIY METODLARI Reja: 1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 2. Tarbiya metodlari tasnifi. 3. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. 1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar 1. To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi. O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi? 2. O‘qituvchi quyidagicha hikoya qiladi: O‘g‘lim (8 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun xovliga, goho go‘yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga yuboraman. O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman. O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali? 3. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga “qog‘ozni ol”, deb murojat qildi. O‘sha o‘quvchi
sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga
o‘tirdi.
     O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo‘ladi va bu
nimaga bog‘liq?
4. Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz
uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu
sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar,  deyman.
-Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
Ota qo‘llagan rag‘batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
5. 4-sinf o‘quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvalari o‘g‘limning hamma ishi
joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko‘p vaqt ajratdim. Ishga kirganimdan so‘ng
”ikki baholar” ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir
qismi bajarilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo‘lgani uchun uni qayta
ko‘chirish kerak. Lekin qachon ulguradi. Uxlash vaqti bo‘lib qolardi.
Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo‘l tutardingiz?
Tarbiya  metodlari  haqida  tushuncha.  Tarbiya  metodi (yunoncha
«metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq
etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga
ta’sir etish usullaridir.
   Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga
ta’sir etish usullari yig‘indisidir.
Tarbiya  usullari  -  umumiy  metodning  bir  qismi,  alohida  harakati,  yanada
aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish
uchun tarbiyachi o‘ zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan
so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-
sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin.
T arbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir
ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita - bu usul
ham  emas,  metod  ham  emas.  Masalan,  mehnat  -  tarbiya  vositasi,  biroq  uni
ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish - bu usullar. So‘z
Logotip
sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga o‘tirdi. O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq? 4. Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman. -Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz. -Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota. Ota qo‘llagan rag‘batlantirish usuliga qanday baho berasiz? 5. 4-sinf o‘quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvalari o‘g‘limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko‘p vaqt ajratdim. Ishga kirganimdan so‘ng ”ikki baholar” ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo‘lgani uchun uni qayta ko‘chirish kerak. Lekin qachon ulguradi. Uxlash vaqti bo‘lib qolardi. Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo‘l tutardingiz? Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari yig‘indisidir. Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘ zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta- sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin. T arbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita - bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish - bu usullar. So‘z
(keng ma’noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan
bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi
shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
Tarbiya vositalari - bu usul ham emas, metod ham emas, usullar yig‘indisi.
2.Tarbiya  metodlari  tasnifi. Zamonaviy  pedagogikada  ba’zilari  amaliy
vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan
o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va
tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi
o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning
ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari
mustahkam  tutashib  ketadi.  U  o‘zida  ishontirsh,  faoliyatni  tashkil  etish,
o‘quvchilarning  xulq-atvorini  rag‘batlantirish  metodlarini  qamrab  oladi.
I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi:
tushuntirshli-  reproduktiv, muammoli  vaziyatli,  o‘rgatish  va  mashq  metodlari,
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini
hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda
gap ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va
mukofotlashdan  ko‘ra  ko‘proq,  deydi,  o‘qituvchilar  o‘zlari  (Men  termini  5-
bo‘limda  to‘laroq  yoritilgan)  namuna  bo‘lishlari  zarur.  Bu  “ahloq  o‘ynini
o‘ynash”ni  istamayotgan  o‘quvchilar  –  mehribonlik  ko‘rsatilmagan  yoki,  ular
ta’limda omadga erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan
– bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik
yordam taklif qiladi.1
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
• Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni
shakllantirishga ta’sir etuvchi.
• Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir
1Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012.  5 bet.
Logotip
(keng ma’noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. Tarbiya vositalari - bu usul ham emas, metod ham emas, usullar yig‘indisi. 2.Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli- reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash. Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda gap ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va mukofotlashdan ko‘ra ko‘proq, deydi, o‘qituvchilar o‘zlari (Men termini 5- bo‘limda to‘laroq yoritilgan) namuna bo‘lishlari zarur. Bu “ahloq o‘ynini o‘ynash”ni istamayotgan o‘quvchilar – mehribonlik ko‘rsatilmagan yoki, ular ta’limda omadga erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan – bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik yordam taklif qiladi.1 Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: • Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi. • Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir 1Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 5 bet.
etuvchi.
Hozirgi  vaqtda  o‘  zida  tarbiya  metodlaridagi  yagona  maqsad,  mazmun  va
tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’yektiv va qulay metodlar qo‘llaniladi. Ana
shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi:
• Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
• Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
• Xulq-atvorni va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.
Shaxs  ongini  shakllantirsh  metodlari o‘  quvchilarda  ma’  naviy-axloqiy
sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya,
tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, munozara,
namuna.
Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar
ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi.
O‘ quvchilarda g‘ oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va
xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash
lozim.
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan metoddir.
Tushuntirishning  vazifasi  o‘quvchilarni  yuksak  madaniyatli,  milliy  g‘urur
tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Suhbat. 
O‘quvchi  shaxsini  g‘oyaviy  va  ma’naviy-axloqiy  jihatdan
shakllantirishda  o‘qituvchining  jonli  so‘zi  eng  ta’sirchan  metod  hisoblanadi.
Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi,
o‘quvchilarning  suhbat  mazmuniga  bo‘lgan  munosabatlari  va  suhbatdan
kutilayotgan natijani hisobga olish zarur.
Hikoya. O‘ quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar
bilan  boyitilgan  hikoyalarni  katta  qiziqish  bilan  tinglaydilar.  Ularga  axloq
me’yorlari,  xalq  o‘tmishi,  tabiiy  boyliklar,  qahramonlar  hayoti  va  jasorati,
shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy
adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie,
gazeta  va  jurnallar  sahifalarida  hamda  Internet  matbuotida  e’lon  qilingan
Logotip
etuvchi. Hozirgi vaqtda o‘ zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’yektiv va qulay metodlar qo‘llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi: • Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. • Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari. • Xulq-atvorni va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari. Shaxs ongini shakllantirsh metodlari o‘ quvchilarda ma’ naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his- tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, munozara, namuna. Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. O‘ quvchilarda g‘ oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Hikoya. O‘ quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida hamda Internet matbuotida e’lon qilingan
ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat
ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan
so‘zlar  vositasida  adabiy tilda o‘tkazilishi  maqsadga  muvofiqdir. Suhbat  yoki
hikoya  mavzusining  o‘quvchilar  tomonidan  belgilanishi,  ularning  samarali
kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga
befarq qaramaydilar.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni
ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi
kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib
yuradilar.
O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib
topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday
holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni,
o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini
samarali  deb  hisoblash  mumkin.  Tarbiya  jarayonida  o‘z-o‘zini  tarbiyalash
metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati,
xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf
etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini  tahlil  (nazorat)  qilish  uchun  o‘quvchi  o‘zining  yurish-  turishi,
intizomi,  ijobiy  fazilatlarining  ortib  borishi  va  aksincha,  salbiy  odatlarining
kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini  baholash mavjud  fazilatlari,  xatti-harakati,  xulq-  atvorini  tahlil
qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish
zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin.
Logotip
ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar. Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq- atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti- harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish- turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq- atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli. O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin.
Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish
uchun  sababli  asos  bo‘lishi,  ya’ni,  tarbiyalanishni  xohlashi,  o‘zini  o‘rtoqlari,
atrofdagilarning  ko‘zi  bilan  ko‘rish  va  o‘z-o‘zini  takomillashtirishga  intilishi
lozim.
Maktab  amaliyotida  izohlash  ishontirishga  tayanadi.  Ishontirish  vositasida
o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi
ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur
metoddan boshqa metodlarning ta’ sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda
ma’naviy-axloqiy  sifatlarni  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  bahs-munozara  usuli
bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi.
Munozara  turli  nuqtai  nazarlar  to‘qnashgan  vaziyatda  o‘quvchilarda  ma’lum
hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq)
metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.
Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini
oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq
me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan
tarkib  topadi  va  shaxs  rivojlanishining  keyingi  bosqichlarida  mustahkamlanib
boradi.
O‘qituvchi  hamda  ota-onalar  bolalarda  ijobiy  odatlarning  tarbiyalanib
borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan
meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari
tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi.
Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi.
Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, tjobiy jarayondir. Mashq natijasini
ko‘nikma,  odat,  yangi  bilimlar  hosil  qilinadi,  o‘quvchining  aqliy  qobiliyati
rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
Logotip
Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim. Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’ sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat. Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi. O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, tjobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
O‘rgatish  tarbiyalanuvchilar  ijtimoiy  xulq-atvor  ko‘nikmalari,  odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlardir.
Topshiriq 
o‘quvchilarda  mehnat,  ijtimoiy  xulq  va  hayotiy  tajriba
ko‘nikmalarini  shakllantirish  maqsadida  qo‘llaniladigan  usul.  O‘quvchilarning
topshiriqlarni  jamoa  bo‘lib  bajarishlari  ularda  ijtimoiy  xulq  tajribalarini
shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga
sarflashga,  jamoa  uchun  mas’uliyatni  his  etishga  o‘rganadilar,  mehnat  qilish
o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish
jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik
talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini
oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari: rag‘batlantirish, tanbeh
berish, uyaltirish.
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho
berish  asosida  unga  ishonch  bildirish,  ko‘ngilini  ko‘tarish  va  uni  qo‘llab-
quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy
o‘zgarishlarni anglash olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz
turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya
uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va
boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-
nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli
bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi.
Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin
hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi
bo‘lmaydi,  tarbiya  jarayonida  ma’lum  yo‘lni  yuqori  darajadagi  samarali  va
Logotip
O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari: rag‘batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish. Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab- quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur. Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin. Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or- nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va