TARBIYANING UMUMIY METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI
Reja:
1.Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha.
2.Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari.
3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish
shartlari.
Tayanch so’zlar: Tarbiya shakllari, tarbiyaning umumiy metodlari,tarbiyaning
vositalari.,maqsad, mazmun, shakl.
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining
mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga
ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li;
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab
amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi,
tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi
o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-
sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy
metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori
darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga
bog’liq.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni
to’g’ri muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga
qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta
vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni
umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.
3.2.Tarbiya metodlari tasnifi.
Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo’yicha guruhlarga ajratishga olib keladi.
Pedagogikada biron bir asos bo’yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab
chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko’p qo’llanishiga qarab ishontirish, mashq,
namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o’rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda
ushbu metodlarni ko’p uchratamiz. Pedagog o’quvchilar bilan birgalikda axloqiy
normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga jalb etib, ularga namuna
bo’lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o’quvchilarni xatti-harakatlarini muhokama qilib,
ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi.
Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko’ra
ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni,
ikkinchidan ularni ongli, samarali qo’llashni ifodalaydi.Tahlillar shuni ko’satadiki,
klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga)
ta’sir etish yo’naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini,
qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo’naltirilgan metodlar bor. Ular ongni
shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va
faoliyatiga yo’naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va
faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va
tuzatishga yo’naltirilga metodlar mavjud bo’lib, ular xulqni stimullashtiruvchi
metodlar deyiladi.Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya
metodlari klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko’ra
har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat
tashkil etadi. Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o’rin egallab, butun
pedagogik jarayonni umumiy metodlarini to’rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi.
Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to’rt guruhga
ajratilganligini ko’plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo’lamiz:
a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama;
b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq,
o’rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish;
d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o’yin, taqdirlash va jazolash;
e) nazorat, o’z-o’zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so’rov, faoliyat
natijalarini tahlil qilish.
Metodlarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo’yicha emas,
balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har qanday
holatda mo’ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakllanadi.
Psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda
shakllanadi. Birinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda
munosabatlarni, yo’nalganlikni, ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi.
Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar yotadi.
Birinchi navbatda insonni ishonchi uning xattiharakatlarida ifodalanadi.Ikkinchi
guruh metodlari tarbiyani faoliyatda amalga oshishi prinsipiga amal qilishni talab
etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit yaratmasdan shakllantirib bo’lmaydi.
Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi
guruh metodlari yordamida pedagoglar va tarbiyalanuvchilarni o’zlari o’z xatti-
harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar.
Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va
tahlil etishga yo’naltirilgan bo’lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi.
Agar tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka
erishiladi hamda ularni o’z-o’zini tarbiyalashi stimullashadi.
3.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar,
e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, histuyg’usi va
irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki,
ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va
maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot
mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi
usullar qo’llaniladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni,
davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish
ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng
ko’p ishlatiladigan usuldir.Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak
madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga
yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan
huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat
bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning
ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda
konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi.
Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda
o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu
tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarda ma’naviy-
axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va
suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda
uyushtirilishi mumkin:
a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin
tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar);
b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi);
v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro
munosabatlar va boshqalar);
g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi,
elektronika va boshqalar).
Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy,
ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining ijobiy
natijalarini beradi. Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda
etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish
juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta. Hikoya.
O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan
boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq
o’tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va
san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari - radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon
qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham,
hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar
vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya
mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini
ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq
qaramaydilar.
O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va
ibrat olishlari nihoyatda muhim.O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi,
ayniqsa, yoshlarga kata ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini
qanday tutishini, kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday
bajarishini kuzatib yuradilar.
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, xulq-
atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib
topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda
ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar
borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurishturishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak.
Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar,kinofilm
va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning
ongiga kuchli ta’sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar
o’tkaziladi.
O’quvchilar o’z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan
faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar. Namunada xalq pedagogikasi
g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy
tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib
kelganlar. Masalan, «qush uyasida ko’rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu oddiy
xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga
boravermaymiz. Bu bilan xalq «uyingda tartibli bo’l, aks holda bolang ko’chada
tartibsiz bo’ladi», «bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi
bo’ladi».
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya
va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga
yo’naltirilganligidir. Ushbu metodni qo’llash sinfning o’quvchilarining umumiy yoki
jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari bilan ish olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari
qo’llaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi». O’smirlar
bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini
izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo’llaniladi:
1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko’nikmalarini tarkib toptirish va
mustahkamlash;
2) tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o’quvchilari
ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to’g’ri, ongli munosabatni hosil qilish.
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi
ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda
o’smirlar ishonuvchan bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum
ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan
boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. Munozara
tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy
sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida bahs», «Mashhur
bo’lish yo’llari», «Biz madaniyatli kishilarmizmi?» va hokazolar)da o’tkaziladi.
Munozara turli nuqtai nazarlar to’qnashgan vaziyatda o’quvchilarda ma’lum hodisaga
nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. Munozara asosida turli qarashlar
yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadga
muvofiq. Munozara uchun mustaqil mulohaza va qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta
savol tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan munozara ishtirokchilari oldindan
tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara ishtirokchilarini o’zi tayinlashi ham
mumkin. Chiqishlar jonli, erkin va qisqa bo’lishi zarur. Matnni yozish kerak emas,
agar shunday holat yuz bersa munozara
zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va
dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
3.4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq - atvor me’yorlarinishakllantirish.
Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashq yordamida
bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish,
ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar
bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keying bosqichlarida
mustahkamlanib boradi.O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning
tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O’quvchilar odatlarni o’z
yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga
kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida tarkib
toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p
marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o’quvchi uchun ongli,
ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi,
o’quvchining aqliy
qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi
ortadi.O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlardir.O’rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O’qituvchi bu harakatlarni
ko’rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va
o’zaro munosabatni yo’lga qo’yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi
mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq istak va harakatlarni
boshqarish, ish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi. Maxsus
mashqlar madaniy xulq ko’nikma va malakalarini hosil qiladi,
mustahkamlaydi.Topshiriq o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul.
O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq
tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar o’z kuchlarini
unum ishiga sarflashga, jamoa uchun ma’suliyatni his etishga o’rganadilar, mehnat