TARBIYASI OGʻIR BOLALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
1. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar bilan ish olib boorish
2. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning
uslublari va texnologiyalari
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiyasi og‘ir bolalar, o‘spirin,
xotira, tafakkur, tasavvur, Pedagogik taʼsir, kompleks tizimi, tarbiya vositalari,
shakl, mazmun.
28.1. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar bilan ish olib
borish. Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi ogʻir
oʻspirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli oʻgʻil-qizlar oʻspirin hisoblanishadi. Bu davr
shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga ham
oʻsmirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir. Oʻspirinlik yoshida bolaning
hayot sharoitlari va faoliyati ancha oʻzgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi roʻy
beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo boʻladi.
Jamoada oʻspirinning ijtimoiy maqomida oʻzgarishlar roʻy beradi,ota-onalar va
ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi. Bu yoshda oʻspirinning vaqtinchalik
oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir boʻladi. Oʻspirinning shakllanishida ota-
onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala
guruhini tanlash bilan band boʻladi va oxir oqibat oʻzini qulay sezadigan, unga
hurmat bilan munosabatda boʻlinadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika
toʻgaragi boʻlishi mumkin. Shu bilan birga bu guruh oʻsmirlar yigʻilishib, ichib-
chekib oʻtirishadigan yertoʻla ham boʻlishi mumkin.
Bu yoshda oʻspirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari
paydo boʻladi. Ota-ona oʻz farzandiga yosh bolaga boʻlganday qarashadi, bola esa
bu gʻamxoʻrlikdan chiqib ketmoqchi boʻladi. Shuning uchun uning kattalar bilan
munosabatida koʻp nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan
qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham oʻzgaradi: boʻysunish
pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga oʻtmoqchi boʻladi. Bir vaqtning oʻzida
tengdoshlar bilan ham oʻzaro munosabatlarning xarakteri oʻzgaradi. Oʻspirinda
kattalik xissi tugʻiladi va xissiyot mustaqil boʻlishga intilish, kattalarning xohish
istaklariga qarshi chiqishda namoyon boʻladi. Kichkina bolaga qaraganda
oʻspirinning qiziqishlari ham ancha oʻzgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir
qatorda oʻspiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir. Shunday qilib
oʻspirinlik yoshining quyidagi oʻziga xos xususiyatlarni ajratsak boʻladi:
emotsional voyaga yetmaganlik, oʻz xulq-atvorini toʻliq nazorat qila olmaslik, oʻz
ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini toʻgʻri baholay olmaslik,
katta boʻlishga intilish.
Oʻspirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim
xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida boʻlgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik
va kattalik oʻrtasidagi davrdir. Shaxs hali oʻzini katta deb hisoblashi uchun yetarli
rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va
oʻz harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli
rivojlangan.
Oʻspirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular
uchun axloqiy va huquqiy jihatdan masʼul boʻlishga qodir. Shuni taʼkidlash joizki,
oʻspirin oʻz xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir.
Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga
olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta oʻspirinlik va
oʻsmirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul
qilsak boʻladi.Tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar jismoniy jihatdan sogʻ-salomatdirlar,
biroq ularning taʼlim-tarbiyasi buzilgan. Ular oʻz tengdoshlaridan oʻqishda ortda
qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular oʻzlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni
yoqtirishmaydi, oʻzlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli
shugʻullana olishmaydi. Tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar maktab intizomi va tartibini
buzishadi, oʻqishni xohlashmaydi, oʻqituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan
nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, oʻzlarini omadsiz deb bilishadi, ular
daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar isteʼmol qilishadi,
huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan oʻspirinlar jismoniy yoki jinsiy zoʻrlik
oqibatida oʻz jonlariga qasd qilishadi.
Oʻspirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy
pedagogik hodisa boʻlib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan
tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yoʻlga qoʻyilganligi natijasidir. Amaliyotda
isbotlanganidek oʻspirinni oʻrab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy
pedagogik darajalari, yoʻnalishlari, oʻspiringa taʼsir qilish jihatidan turli boʻladi.
Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni
boshqarsa, koʻcha-koʻyda ularni boshqarib boʻlmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks
etmasligi mumkin emas. Chunki oʻspirinlar boʻsh vaqtlarining aksariyati aynan
koʻchada oʻtkazishadi. U yerda ularning muomalasi, yaʼni eng muhim ijtimoiy
ehtiyojlaridan biri shakllanadi. Oʻquvchi oʻspirinlar uchun asosiy faoliyat bu
oʻqishdir. Biroq oʻqish tarbiyasi ogʻir oʻspirinlar uchun oʻqituvchilar va
tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular oʻzlariga
muhim boʻlgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, oʻzi
kabi oʻspirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qoʻpollik uchun tanbeh
berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda
ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo boʻlmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va
maktabda taʼlim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi boʻyicha maktab va
barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish
uchun birlashtiradi. yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik
jamoasining faoliyatini tubdan oʻzgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar
muassasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qoʻshilishadi va ular bilan
yaqin hamkorlikda boʻlishadi. Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning
uchun pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular
bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Pedagogik tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va
maktabdan tashqari jamoaning ularning xulq-atvoriga taʼsirini oʻrganadi. Ular
bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni
bajarishi lozim:
1. Oʻspirin bilan aloqa oʻrnatish;
2. Oʻspirin bilan yaxshi oʻzaro munosabatlarni oʻrnatish;
3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini
oʻrganish. Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan pedagogik
texnologiya ham samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning oʻspirin bilan
aloqasining bir nechta bosqichlari koʻrsatilgan:
1. Qarashlarida roziliklarning toʻplanishi;
2. Uning qiziqishlarini bilib olish;
3. Oʻsmirlikning roziligi;
4. Xususiyatlari va sabablarini tushunish;
5. Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini oʻrganish;
6. Yurish-turish va oʻzaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish
Yu.V.Vasilkova tarbiyasi ogʻir oʻspirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich
yondoshuvni ilgari suradi:
I. Oʻspirin bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatish;
II. Oʻspirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish;
III.Pedagogik tarbiyasi ogʻirligining sabablarini aniqlash;
Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;
Oʻspirin shaxsiyatiga ijobiy taʼsir qiluvchi faoliyat turini tanlash;
Tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayonining birlashishi, oʻspirin faoliyatini oʻz-
oʻzini mukammallashtirishga qaratish. Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv
oʻspirinlar guruhlari paydo boʻladigan mikro muhitlarga faol taʼsir qilishni talab
qiladi. Kriminologlarning maʼlumotiga koʻra voyaga yetmaganlar aksar
jinoyatlarini guruh boʻlib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida
huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha koʻpgina tafsiyalar indevidual profilaktika
tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek ajratib olingan oʻspirinning
huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham
kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar oʻspirinning yashash
joyidagi guruhning aʼzosi boʻlganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati,
ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa aʼzolariga bogʻliq boʻlishi bilan izohlanadi.
Demak biz pedagogik tarbiyasi ogʻir bolalar bilan individual faoliyat olib
borishning muhimligini eʼtirof etgan holda oʻspirinlarni oʻrab turgan mikro muhit
bilan oʻzaro aloqalarini oʻrganish zarurligini ham taʼkidlab oʻtamiz.
Pedagogik taʼsirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va
mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi ogʻir
bolalarni sinf jamoasi, oʻqituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining
normallashuvi natijasida oʻsmir guruhlarning rejali qayta toʻgʻirlash hisoblanadi.
Bu munosabatlarning normallashuvi oʻsmir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi
taʼsir koʻrsatadi. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan ish olib borish ommaviy
soʻrovnoma va anketa toʻldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik
qarovsiz oʻsmirlar guruhlarining qayerda paydo boʻlganligi haqida maʼlumot olish
imkonini beradi. Tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi
parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi,
muomala qilish joylar va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yoʻnalishi.
Muomalaning bu parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda oʻsmir
guruhlari bilan ishlashning eng toʻgʻri va samarali shakl-vositalarini qoʻllashga
yordam beradi, ijtimoiy pedagog oʻsmirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham
muhim. Ijtimoiy tarkibi turli boʻlgan oʻsmirlar guruhlarida oʻzaro axborot
almashuv va muomala qilish qiziqarli boʻladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida