TARBIYAVIY ISHLARNING YO’NALISHLARI MAQSAD VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
30,2 KB
TARBIYAVIY ISHLARNING YO’NALISHLARI MAQSAD VA
VAZIFALARI
Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan
ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga
oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor
insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash
birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal
qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-
insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.
Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi.
CHunki komil inson sifatlarini tarbiya
sohasidagi ilmlarini
xulosalab,
mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta:
1. Ezgu niyat, fikr;
2. Ezgu so’z, xushmuomila;
3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
SHu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan
iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik
sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy-amaliy o’quv, malaka,
ko’nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda xar bir sohaga mos ilm, bilim hosil
qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini
kengayganligini ko’rsatadi.
Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning, ta’lim tarbiyaning zamonaviy
qonuniyatlari,
mazmuni,
usullari,
vositalari
bilan
kishilarni,
yoshlarni,
mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun, uning metodologik asoslari,
maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti
uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to’g’risida» gi qonunida ta’lim
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustivor deb e’lon qilinadi.
Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy
konstitutsiyaviy xuquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-amaliy
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual
jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini
ta’minlash, o’zi hohlagan shu sohada faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy-ma’naviy
tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan
ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichining o’ziga hos vazifalari kelib chiqadi.
Ta’lim pedagoglarning faorliyatidan va o’quvchi talabalarning faoliyatidan
iborat qo’shaloq jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning
natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-
tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar
yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.
Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha
bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil
qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir.
Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg’unlash yagona
jarayondir.
Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda
shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog’i sifatida, fan
sifatida shakllanadi. O’zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi.
Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. YAqin
vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi
yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi,
pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi
ilg’or pedagogik g’oyalarni paydo bo’lishi, rivojlanishi ularning bugungi kundagi
ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi.
Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshida qaratilgan tarmoq
pedagogikalar mavjud. Jumladan, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim
pedagogikasi, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim
pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, menejment, davolash pedagogikasi,
gerontopedagogikasi, harbiy pedagogika, yangi pedagogika texnologiyalari kabidir.
Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o’rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy o’quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim tarbiya.
Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda
tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro
amaliy va nazariy muloqotidir.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida
rejalashtiriladi.
B) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni
izlab topiladi.
V) belgilangan maqsad uchun hizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni
qaysisini va qaerda ishlashini rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim-tarbiya tizimi,
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni
tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-
sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini
tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa
moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib
komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan
uzok davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning
uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy
sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga
bo’lagn munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-oanlarimiz va atrofdagilarning bir-
birlariga bo’lgan munosabatlarini ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular
avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng asta-sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini
anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi
tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday
usuldan foydalanishiga bog’liq.
Usul- yunoncha atama bo’lib- aynan nimagadir yo’l, usul orqali maqsadga
erishish yo’lini bildiradi. Usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1) so’z orqali ifodalash usuli
2) ko’rgazmalilik usuli
3) amaliy namuna usuli
4) rag’batlantirish va jazo usuli
Yuqoridagi usullar o’z navbatida quyidagi guruhchalarga bo’linadi: 1-guruh -
so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va usullar;
2-guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy sana’t va boshqa ko’rish orqali
tarbiyalash usullariga;
3- guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali
berish,
o’rnak
ko’rsatish,
boshqalarni
amaliy
mehnatini
misol
qilib
ko’rsatish;
4- guruh-o’quvchi
talabalarning
yaxshi
bajargan
ishlarini,
o’rtoqlari
oldida
yoki
ota-onalar
majlisida
ma’qullash,
minnatdorchilik
bildirish,
iqtisodiy
yordam, stipendiyalarni oshirish, maqtov yorliqlari topshirish,
suratlarini
hurmat
taxtachasiga
osish
va
boshqa
og’zaki
«rahmat»,
«barakalla» kabi rag’batlantirish usullarini kiritish mumkin.
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o’z
xatosini tushungan bo’lsayu, sizga qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan
bo’lsa, uni jazolashga zarurat yo’q. Endi bu xatoni qaytarmayman, degan ma’noda
Sizga qarayapti.
Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyinga gall ham xato qilsa
va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo’llaniladi: tushuntirish,
tanbeh berish, ogohlantirish, qattiq ogohlantirish, uyaltirish. Yuqoridagi jazo
turlarini o’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz hech kimning g’uvohisiz qo’llaydi.
Ammo gruppadosh o’rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa,
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uyat - bu insonning eng nozik sezgisi bo’lib, o’quvchining o’rtoqlari yoki
jamoa orasida izza qilishi eng yuqori jazo hisoblanadi.
O’quvchining jamoa orasida izza qilishni eng oxirgi chorasiz qolganda ko’llash
mumkin. Eng ma’quli o’quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda unga ishonch
bildirib, qaltis yo’ldan qaytarish mumkin.
Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarini ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi
kabi nozik tuyg’ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa
orasida uyaltirish, yaxshi o’ylab ko’rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash
mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o’quvchini yoki farzandingizni
qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo’lish kerak.
Agar bu jazo usullari o’zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan
maktab ma’muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak.
Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda.
SHuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida yagona
davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o’z vaqtida va ijobiy hal
etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq
oshirishlarini ta’minlashlari kerak.
Ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta’lim tizimini
boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog’liq. Kelajagi buyuk
jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o’rni va roliga yangi
avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida, prezidentimiz
ma’ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga
oshirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Ta’lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun
asosiy yo’nalishdir. Barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash tajribalarini o’rganish,
umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika
nazariyasining asosiy masalalarini ta’lim amaliyotiga va fan yutuqlarini nazarda
tutgan holda, I.A. Karimov asarlari asosida ijodiy hal qilish pedagogikaning
burchidir. I.A. Karimov o’z asarlarida kelajagi buyuk O’zbekiston Respublikasining
organlarini tashkil etish va boshqarish va ularning rahbarlik faoliyatiga doir muhim
prinsiplarini har taraflama mufassal ishlab chiqdi. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti
bilan bog’lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limi organlari va maktabning hamma
ishini O’zbekiston Respublikasi davlatining ko’rsatmasi, fan va texnika yutuqlari
hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni
talab etdi. CHunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor
bo’lmasdan turib, to’la to’kis bilimga ega bo’lmasdan turib, idora qilish ilmini
bilmasdan turib boshqarish mumkin emas. Xalq ta’limi ishlarini maktab ishini kasb-
hunar kollejlari ishini va unga rahbarlik qilishda qo’zg’algan maqsadlarga erishish
uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy
metodika, mantiq, etika-estetika kabi fanlar erishgan yutuqlarini muntazam o’rganib
borish, tahlil qilish hamda bu muvaffaqiyatlarni keng qo’llanishi zarur.
Boshqaruv muassasalari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida
yagona davlat siyosatini muttasil yetilgan masalalarni o’z vaqtida va gokobiy hal
etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga muvofiq
oshirish ishini ta’minlashi kerak.
Ta’lim tizimini boshqarishda markazlashgan rahbarlikni keng demokratiya
bilan mustaqillik va tashabbuskorlikngi rivojlantirish bilan birga qo’shib olib borish
bilan birga o’ziga xos xususiyatlari va shart sharoitlarini hisobga olish imkonini
beradi.
Yuqoridan turib, bir xil andoza bichib berish demokratiya va markazlashgan
rahbarlikka butunlay yot narsadir.
Barcha tadbirlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda bo’lish
usullarida, nazoratni amalga oshirish usullarida, har xil yo’llarini qo’llash asosiy,
muhim bo’lgan birliklarni buzmaydi, balki u birlikni ta’minlaydi.
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yuridik
va jismoniy shaxslarni ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Xalq ta’limi vazirligi Uzbekiston Respublikasida maorifga bevosita rahbarlik
qiladi.
U barcha tipdagi maktablar, bog’chalarga rahbarlik qiladi. Oliy va o’rta maxsus
ta’lim Vazirligi, barcha universitetlarga, kasb-hunar kollejlarga, liseylarga rahbarlik
qiladi. Ular pedagogika jamoatchiligini xalq ta’limi bo’limlari va maktablariga
yordam berishlariga jalb etadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. «O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: SHarq,
1997-65 b.
2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent:
O’zbekiston 1992-62 b.
3. Karimov I.A. «YAngi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent:
O’zbekiston 1993. – 24 b.
4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard
maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2000.
5. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72 b.
6. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi
Xoliqov L.) –Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b.
7. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» –
Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.
8. Yo’ldoshev J.G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». –
Toshkent: O’qituvchi 1992, – 28 b.
9. Kaykavus. «Qobusnoma». – Toshkent: O’qituvchi 1986, – 118 b.
10. Musurmonova O. «Oila ma’naviyat-milliy g’urur». – Toshkent:
O’qituvchi. 1999, – 200 b.
11. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994, – 112
b.
12. Ochilova M. Ochilova N. «O’qituvchi odobi». – Toshkent: O’qituvchi,
1993\7. – 136 b.
13. Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Toshkent: O’qituvchi, 1979, – 232
b.
14. Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994.
15. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: “O’qituvchi”. 1994.
16. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik
asoslari. T.: 1996 y.
17. Ochil S. Mustaqillik va tarbiya masalalari. T.: “O’zbekiston”, 1995.
18. Popov G.X. O’quvchining shaxsiy ishini tashkil etish. T.: “O’qituvchi”,
1992 y.
19. Solixo’jaeva S.S. Bolalar va o’smirlar gigenasi. T.: “Ibn Sino”, 1991.
20. Uzoqov X., G’ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T.:
“O’qituvchi”. 1992.
21. Farobiy A.N. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy, 1993.
22. Frolov P.T. YOsh direktor maktabi. T.: “O’qituvchi”, 1991.
23. Jo’raev A. Tarbiyaviy darslar o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994.
24. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.:
“O’qituvchi”, 1994.
25. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.:
“O’qituvchi”, 1995.
26. Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T.: “Fan”, 1994.