TARBIYAVIY TADBIRLARDA INTEGRATSIYA. MAKTAB, OILA VA MAHALLANING O‘ZARO INTEGRATSIYASI
Yuklangan vaqt
2024-05-16
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
75,5 KB
Ilmiybaza.uz
TARBIYAVIY TADBIRLARDA INTEGRATSIYA. MAKTAB, OILA VA
MAHALLANING O‘ZARO INTEGRATSIYASI
Mashg'ulotdan maqsad: tarbiyaviy tadbirlarni samarali tashkil etishga o’rgatish,
integratsiya haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Kerakli jihozlar: Tarbiyaviy tadbirlarga oid uslubiy qo'llanmalar, tarqatma va
didaktik materiallar.
Bilishi kerak bo’lgan manbalar:
- Tarbiyaviy tadbirlarga oid adabiyotlarni;
- Tarbiyaviy tadbirlarda integratsiyaga oid adabiyotlarni o'rganish.
Bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar:
Tarbiyaviy tadbirlarda integratsiyaga oid adabiyotlarni o'rganish;
Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasini o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
Tarbiyaviy tadbirlarga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'ish;
Tarbiyaviy tadbirlarda integratsiya haqida bilimlar berish;
Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishning ahamiyati haqida
suhbat;
- egallagan bilimlarni nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Hozir respublikamizda pedagogik innovatsiyalarning
yaratilishi va rivojlanishi, keng pedagogik jamoatchiligining harakati, umumta’lim
maktablarining moderinizatsiya qilinishi, standartlarni takomillashtirilishi va
Ilmiybaza.uz
dasturlarning yangilanish jarayoni ketmoqda. Yangiliklarni yaratish, izlash,
to'plash, qoilash ishlari jadallashib bormoqda. M aktabda innovatsiyalar masalasini
muhokama etganda, tarbiya tizimlarida innovatsiyalar tashkil topishi to'g'risidagi
masalalarni gapirib o'tmay boimaydi. Lekin buning uchun avval tarbiyaviy
tizimning ichki tushunchasini kiritamiz. Shundan keyin tarbiyaviy tizimni falsafiy
va texnologik jihatdan ko'rib chiqishda innovatsiyalar yuzaga kelishini o'rganamiz.
Shunday qilib. pedagogikada «tarbiya» kategoriyasining bir vaqtda, bir necha
tushunchalari mavjud tarbiyani o'rganayotgan avlodga tarbiyani eng muhim
ijtimoiy tajribalarni yetkazish bo'yicha maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida
tushunish eng keng tarqalgan tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib,
har qanday tarbiya jarayonining asosi, haqiqatda,o'qitish hisoblanadi, degan
xulosaga kelish to'g'ri boiadi. Ushbu holatda tarbiya jarayoni didaktik vositalar
bilan ko'rina boshlavdi. Tarbiya jarayoni o'zining o'ziga xosligini «saqlab qolish»
uchun
«tarbiya,
tarbiya...tarbiya!»
birgalikdagi
monografiya
mualliflari
V.A.Karakovskiy
va
psixolog
X.I.Laymete
taklif
etgan
uning
boshqa
tushunchasidan foydalanadilar. Agarda tarbiya jarayonini «Laymete bo'yicha»
qaraydigan bo'lsak, unda tarbiya tizimi didaktikadan iborat bo'lmavdi, balki bir
tomondan psixologo-pedagogik, boshqa tomondan esa ijtimoiy-pedagogik
tizimdan iborat bo'ladi. Bu o'z navbatida tarbiya tizimi o'quvchilarga faqat didaktik
tizim sifatida emas (o'qituvchilar, darslar, darsliklar, uy vazifalari orqali), balki
ijtimoiy omil sifatida bolalarning atrof-muhitga jalb etilganligi orqali; otaonalar,
o'qituvchilar va bolalar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali, albatta, har
bir ta’lim muassasalarida tashkil topadigan m a’lum psixologik muhit orqali ta’sir
ko‘rsatadi. Didaktik tizim tushunchasi pedagogikada ancha qadimdan shakllangan.
Maktabning didaktik tizimi ta'lim maqsadlari, o'qish mazmuni, uni tashkil
etishning metod va shakllari orqali ifodalanadi. Albatta, tarbiyaviy maqsadlar
o'rganilayotgan material mazmuni, uni yetkazish shakli va metodlari hamda shu
kabilarni belgilash orqali o'qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Lekin
tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantiqida didaktik tizim o'zi tarbiyaviy
tizimining didaktik tizimida ishtirok etadi, ya’ni uning tizimi hisoblanadi. Ta’lim
Ilmiybaza.uz
muassasining tarbiyaviy vazifasi, birinchi navbatda, o'quvchilar dunyoni anglab
yetishi, boshqalar orasida o'z o'rnini topish qadriyatlarni shakllantirishdan iborat.
Lekin mana shu vazifani faqat o'qitish jarayonida amalga oshirib boimaydi: u
individual manfaatlarini qondirish bilan bogiiq dam olish doirasidagi o'yin,
mehnat, ijodiy faoliyat bilan ham bogiiq. Shunday qilib. xususan, tarbiya tizimi
innovatsiyalarini o’rganish imkoniyati paydo boiadi. Uni yaratish va rivojlantirish
jarayonida har gal qator aniq masalalarni hal etish kerak boiadi: yuqorida nomlari
keltirilgan mualliflar ularning beshtasini alohida urg'u bilan ko'rsatadilar: 1.
Bolalarda dunyoning yaxlit va ilmiy asoslangan ko'rinishini shakllantirish. 2.
Fuqarolik, o'zini anglashni, vatani taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish. 3.
Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish. ular orasida mana shu
qadriyatlarga mos boigan xulqni shakllantirish. 4. O'sib kelayotgan kelajak avlodda
shaxs xususiyatlari sifatida «ijodkorlikni» shakllantirish. 5. O'z-o'zini anglashni
shakllantirishda bolaga yordam ko'rsatish. Albatta, bu masalalar ro'yxatini davom
ettirish mumkin. Lekin har qanday holatda ham mana shu vazifalarning o*zi
yuqorida sanab o'tilgan tarbiyalash vazifalarining «alohidaligini» ko'rsatadi.
Yuqorida bavon etilgan didaktik qarashlarda innovatsiyalar yuzaga kelishi va
shakllanishi imkonivatlarini chuqur muhokama qilish hamda tarbiya tizimini
falsafiv va texnologik jihatlarini o'rganishda tarbiyaviy innovatsiyalardan
foydalaniladi. Tarbiya tizimining falsafiv jihati tarbiyaning mazmun-maqsadlarini
asoslashni va tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni ko'zda
tutadi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi
qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim
to’g’risida"gi qonuni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay
oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim
yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqozo etadi. Zero, ta’lim-
tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas
Ilmiybaza.uz
an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida
shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va
vazifalarni
singdirish;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar
yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-
yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy
mafkuraga
sadoqat
ruhida
tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va
insoniy
fazilatlar
ruhida
tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari,
ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida
tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman
mamlakatdagi
mavjud
muhitni
butunlay
o’zgartirishga;
ikkinchidan,
insonning
hayotda
o’z
o’rnini topishini
tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi
mavjud
salohiyatni
to’la
ro’yobga
chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy
dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik
jamiyatini
barpo
etadigan
komil
insonlarni
tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Kontsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi. Milliy
tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur,
millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik
fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy,
Ilmiybaza.uz
aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga
oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari
asosliligini ta’minlaydi.
Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila
yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan
masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi
syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega
ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda
qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy
aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol
bo’la oladi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi
qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy
vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart
hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan.
Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy,
ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda xalqimizning
boy
milliy,
madaniy,
tarixiy
an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini
ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz
fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila,
mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.
2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Ilmiybaza.uz
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga
oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab
boradi;
2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi;
3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol
qatnashishlarini ta’minlaydi;
4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik
madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi
tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-
birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana
shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
- O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va
muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
- O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi
ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-
yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
- O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan
holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
- O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar
berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Ilmiybaza.uz
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan
sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars
tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi
turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan
iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la
o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir
vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan
axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni
vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola
xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan
darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta
samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari
tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa,
uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig
asosiy yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni
maktab talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari,
ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida
bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun
pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-
javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.Sinf
rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish
shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z
qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan
Ilmiybaza.uz
tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi. Sinf ota-onalar
majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq
majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar,
munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan
majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga
ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota-onalar sinfi
saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.
Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari
tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga
kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki
onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar
yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani
o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan
o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi
g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda
yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va
metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa
bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar
bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali
shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash
sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning
xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki
Ilmiybaza.uz
shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga
o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali
amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish
maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati,
xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish,
o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va
hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan
tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini
tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Nazorat savollari:
Ilmiybaza.uz
1. Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil
etishning o’rnini qanday izohlaysiz ?
2. Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda interfaol
usullarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
3. O’quv jarayonida integratsiyani tatbiq etishning ilmiy asoslari nimada?
4. Integratsiyalashgan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirishga oid
usullar haqida tushuncha bering?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mavlonova R., Rahmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash. -
Toshkent. 2011. B.182.
2. Omonov H.T. Olamning umumiy ilmiy manzarasini yaratishda fanlar
integratsiyasi va differentsiatsiyasining roli // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar
fanlar. -2007. - № 3. B.437.
3.
Nuriddinova
M.I.
Tabiatshunoslikni
o’qitish
metodikasi.-
O’quv
qo’llanma.T., 2005.
4.Shirinboyev Sh. Tabiatshunoslik darslarida ekologik tarbiya// “Boshlang‘ich
ta’lim”. -1993. - №5-6. B.319.
5. Norbo‘tayev X.B., Shoyqulova N. Fanlararo ekologik tarbiya. Uslubiy
qo‘llanma. - Toshkent: “DIZAYN-PRESS”, 2012. B.106.