TARIQSIMON DON EKINLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

35,5 KB


TARIQSIMON DON EKINLARI
  Reja.
 1. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
 2.  Makkajo‘xori  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
 3. Oq jo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
 4. Sholi xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish
muddatlari usullari va meyori.
 
Tariqsimon  don  ekinlari 
guruhiga  kiradigan  g‘alla  ekinlar
(tariqsimonlar  va  boshqa  oilalardan  bo‘lgan  o‘simliklar).  Bu  guruppaga:  a)
g‘allagullilar oilasiga kiruvchi tariqsimon o‘simliklar: tariq, sholi, makkajo‘xori, oq
jo‘xori  va  grupa  beruvchi  ekin-grechixagullilar  oilasidan  bo‘lgan  grechixa
o‘simligi kiradi. Bularning farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan
egatcha bo‘lmaydi , bitta ildizcha bilan o‘sib chiqadi: to‘pgulli ro‘vak yoki so‘ta
(makkajo‘xorida) ; boshoqlarning pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi
odatda, po‘kak bilan to‘lgan. Bahori, issiqtalab, qisqa kun o‘simliklari bo‘lib, bular
birinchi gruppaning tipik g‘alla ekinlariga qaraganda qurg‘oqchilikka anchagina
chidamli. (sholisidan boshqasi) bo‘ladi.
Tariq
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Tariq  qadimdan  ekib  kelinadigan  ekinlar
qatoriga kiradi. Dunyo bo‘yicha 36,2 mln|ga yerga ekiladi va o‘rtacha hosildorligi
Logotip
TARIQSIMON DON EKINLARI Reja. 1. Tariqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 2. Makkajo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Oq jo‘xori xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Sholi xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Tariqsimon don ekinlari guruhiga kiradigan g‘alla ekinlar (tariqsimonlar va boshqa oilalardan bo‘lgan o‘simliklar). Bu guruppaga: a) g‘allagullilar oilasiga kiruvchi tariqsimon o‘simliklar: tariq, sholi, makkajo‘xori, oq jo‘xori va grupa beruvchi ekin-grechixagullilar oilasidan bo‘lgan grechixa o‘simligi kiradi. Bularning farq qiladigan belgilari: donida uzunchasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi , bitta ildizcha bilan o‘sib chiqadi: to‘pgulli ro‘vak yoki so‘ta (makkajo‘xorida) ; boshoqlarning pastki gullari meva tugmaydi; poyasining ichi odatda, po‘kak bilan to‘lgan. Bahori, issiqtalab, qisqa kun o‘simliklari bo‘lib, bular birinchi gruppaning tipik g‘alla ekinlariga qaraganda qurg‘oqchilikka anchagina chidamli. (sholisidan boshqasi) bo‘ladi. Tariq Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Tariq qadimdan ekib kelinadigan ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo bo‘yicha 36,2 mln|ga yerga ekiladi va o‘rtacha hosildorligi
7,5 ts|ga ni tashkil etadi. Uning doni yorma bo‘ladigan eng muhim ekinlardan biri
hisoblanadi.  Ta’mi  va  oziq-ovqatlik  qiymati  jihatidan  tariq  yormasi  boshqa
yormalar ichida birinchi o‘rinda turadi. Tariq yormasi tarkibida oqsil va yog‘ni
ko‘p bo‘lishi, oson pishishi va yengil hazm bo‘lishi bilan farq qiladi. Tariqni yorma
olish  uchun  qayta  ishlashdan  chiqadigan  don  va  chiqindi  chorva  mollari  va
parrandalar uchun to‘yimli oziq hisoblanadi. Tariq somoni (0,51 oziq birligiga
teng) va to‘poni ham (0,42 oziq birligiga teng) yuqori oziqlik qiymatiga ega. 
Tariq  qurg‘oqchilikka  va  issiqqa  eng  chidamli  ekin  bo‘lganligi  tufayli
qurg‘oqchil hududlarda ekish uchun juda qo‘l keladi. 
Botanik xususiyatlari. Tariq qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub
o‘simlik hisoblanadi va ikkita avlodga bo‘linadi. Oddiy tariq (Panicum miliacum)
va boshsimon (Setaria italica) tariq. Ildizi popuk ildiz bo‘lib 1-1,5m chuqurlikka
kirib boradi va 1m eniga qarab tarqalib o‘sadi. Poyasi ichi kovak somon poyadan
iborat bo‘lib beshta bo‘g‘im oraliqlariga ega. Ularni uzunligi 15-40 mm gacha
bo‘ladi. Poyasi tukli, yaxshi tuplanadi va shoxlanadi. Tariqning poyasi tik o‘sadi,
bo‘yi 75-100 sm bo‘lib u to‘planish bo‘g‘imidan va yer usti poyasi bo‘g‘imlaridan
novda chiqaradi. Har bir tup o‘simligida 5 tagacha, oziqlanish maydoni katta
bo‘lganda 20 tagacha poya shakllanadi. Bargi oddiy, tukli, barg uzunligi 18-65 sm.
Tariqning to‘pguli ro‘vak, ko‘k itqo‘noqniki boshoqsimon ro‘vak bo‘ladi. Itqo‘noq
turkumi Xitoy tarig‘i deb ham ataladi. To‘pguli uzunligi 15-25 sm keladigan
sershoh (10-40 ta va undan ham ko‘p) ro‘vakdan iborat. Har qaysi shohchasining
uchida bittadan boshoqcha joylashadi. Uchta boshoqcha qobig‘i bor: ikkitasi gulni
ikki tomondan o‘rab turadi, uchinchisi birinchilaridan deyarli 2 marta qisqa bo‘ladi.
Tariq kech tuplanadi va tuplanish fazasi 1 chi guruh don ekinlarinikiga qaraganda
uzoqqa cho‘ziladi, shuning uchun dastlabki rivojlanish davrida u juda sekin o‘sadi.
O‘simliklari ro‘vak chiqarganda 2-4 kundan keyin gullaydi. Oldin ro‘vagining
ustki qismi, keyin o‘rta hamda pastki qismi gullaydi. Gullashi 7-15 kun davom
etadi. Tariq donining to‘lishish davri 1 chi guruh g‘alla ekinlarinikiga qaraganda
qisqa  bo‘ladi.  O‘simliklarning  poyasi  va  barglari  to  hosil  o‘rim-yig‘imigacha
ko‘kligicha  saqlanadi.  Tariq  poxolining  yuqori  oziqlik  qiymati  ana  shunga
bog‘liq.Tariq o‘zidan changlanadigan o‘simlik. 20% chetdan changlanadi. Tariq
doni mayda, yumaloq yoki oval shaklda. 1000 donasining vazni 5-8 g keladi.
Logotip
7,5 ts|ga ni tashkil etadi. Uning doni yorma bo‘ladigan eng muhim ekinlardan biri hisoblanadi. Ta’mi va oziq-ovqatlik qiymati jihatidan tariq yormasi boshqa yormalar ichida birinchi o‘rinda turadi. Tariq yormasi tarkibida oqsil va yog‘ni ko‘p bo‘lishi, oson pishishi va yengil hazm bo‘lishi bilan farq qiladi. Tariqni yorma olish uchun qayta ishlashdan chiqadigan don va chiqindi chorva mollari va parrandalar uchun to‘yimli oziq hisoblanadi. Tariq somoni (0,51 oziq birligiga teng) va to‘poni ham (0,42 oziq birligiga teng) yuqori oziqlik qiymatiga ega. Tariq qurg‘oqchilikka va issiqqa eng chidamli ekin bo‘lganligi tufayli qurg‘oqchil hududlarda ekish uchun juda qo‘l keladi. Botanik xususiyatlari. Tariq qo‘ng‘irboshlilar (Roaseaye) oilasiga mansub o‘simlik hisoblanadi va ikkita avlodga bo‘linadi. Oddiy tariq (Panicum miliacum) va boshsimon (Setaria italica) tariq. Ildizi popuk ildiz bo‘lib 1-1,5m chuqurlikka kirib boradi va 1m eniga qarab tarqalib o‘sadi. Poyasi ichi kovak somon poyadan iborat bo‘lib beshta bo‘g‘im oraliqlariga ega. Ularni uzunligi 15-40 mm gacha bo‘ladi. Poyasi tukli, yaxshi tuplanadi va shoxlanadi. Tariqning poyasi tik o‘sadi, bo‘yi 75-100 sm bo‘lib u to‘planish bo‘g‘imidan va yer usti poyasi bo‘g‘imlaridan novda chiqaradi. Har bir tup o‘simligida 5 tagacha, oziqlanish maydoni katta bo‘lganda 20 tagacha poya shakllanadi. Bargi oddiy, tukli, barg uzunligi 18-65 sm. Tariqning to‘pguli ro‘vak, ko‘k itqo‘noqniki boshoqsimon ro‘vak bo‘ladi. Itqo‘noq turkumi Xitoy tarig‘i deb ham ataladi. To‘pguli uzunligi 15-25 sm keladigan sershoh (10-40 ta va undan ham ko‘p) ro‘vakdan iborat. Har qaysi shohchasining uchida bittadan boshoqcha joylashadi. Uchta boshoqcha qobig‘i bor: ikkitasi gulni ikki tomondan o‘rab turadi, uchinchisi birinchilaridan deyarli 2 marta qisqa bo‘ladi. Tariq kech tuplanadi va tuplanish fazasi 1 chi guruh don ekinlarinikiga qaraganda uzoqqa cho‘ziladi, shuning uchun dastlabki rivojlanish davrida u juda sekin o‘sadi. O‘simliklari ro‘vak chiqarganda 2-4 kundan keyin gullaydi. Oldin ro‘vagining ustki qismi, keyin o‘rta hamda pastki qismi gullaydi. Gullashi 7-15 kun davom etadi. Tariq donining to‘lishish davri 1 chi guruh g‘alla ekinlarinikiga qaraganda qisqa bo‘ladi. O‘simliklarning poyasi va barglari to hosil o‘rim-yig‘imigacha ko‘kligicha saqlanadi. Tariq poxolining yuqori oziqlik qiymati ana shunga bog‘liq.Tariq o‘zidan changlanadigan o‘simlik. 20% chetdan changlanadi. Tariq doni mayda, yumaloq yoki oval shaklda. 1000 donasining vazni 5-8 g keladi.
Qancha  og‘ir  bo‘lsa,  po‘stliligi  shunchalik  past  bo‘ladi  yoki  aksincha.
Respublikamizning sug‘oriladigan va la’lmi yerlarida hozirda “Saratov-853” navi
ekilmoqda.
Tariq ro‘vagining shakliga ko‘ra 5 ta kenja turga bo‘linadi:
1) 
yoyiq ro‘vakli 2)sochoq ro‘vakli 3)tig‘iz ro‘vakli 
2) 
oval yoki yarim yig‘iq 5) yig‘iq ro‘vakli tariq.
Biologik xususiyatlari. Tariq urug‘i 8-100  C da una boshlaydi,-2,-30  C da
maysalari qattiq zararlanadi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko‘p talab qiladi.
Boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas, shunga ko‘ra
urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 25% talab etadi. Transpiratsiya
koeffitsiyenti 200-250 ga teng. N.I. Vavilov tariqni qurg‘oqchilikka eng chidamli
o‘simliklar  qatoriga  kiritgan.  Qurg‘oqchilikka  chidamliligiga  sabab  shuki,
qurg‘oqchil  sharoitga  tushib  qolganda  vaqtincha  o‘sishdan  to‘xtaydi,  barglari
o‘ralib oladi va namni kam bug‘latish uchun yer usti qismi yerga yoyilib oladi.
Tariq yorug‘sevar o‘simlik. Tariqni unumdor yerlarga ekish kerak. Qora va
kashtan tuproqli yerlar tariq uchun eng yaxshi yer hisoblanadi. Kislotali yerlarda
yomon, neytral va kuchsiz ishqoriy yerlarda yaxshi o‘sadi. Vegetatsiya davri o‘rta
hisobda 80 kunga  yetadi. Tariqning unuvchanligi  boshqa  g‘alla ekinlarinikiga
qaraganda past bo‘lib, o‘rta hisobda 52% ni tashkil etadi.
Tariq 30 ts don hosili va 60 ts poxolida o‘rta hisobda 90 kg azot, 42 kg
fosfor, 106 kg kaliy va 31 kg kalsiy bo‘ladi. Azot o‘zlashtirishi bo‘yicha u bahorgi
bug‘doyga  yaqin  turadi  va  qolgan  1  guruh  g‘alla  ekinlaridan  ustunlik  qiladi.
Ayniqsa u tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni yaxshi o‘zlashtiradi. Bu masalada
tariq faqat makkajo‘xoridan keyinda turadi. Tariq oziq moddalarni hatto hosil
yetilguncha ham bir xilda o‘zlashtirmaydi. U maysalash-tuplanish fazasida jami
oziq moddalarni 7% o‘zlashtiradi, tuplanish-gullash fazasida tuproqdan umumiy
oziq moddalarning 65% ni, gullash-hosili yetilishi davrida 28-30% ni o‘zlashtiradi.
Yerni ishlash. Maydonlarni begona o‘tlardan tozalash, yerda nam to‘plash
va uni saqlash tadbirlarini amalga oshirish kerak. Maydonlarni yuza yumshatish va
kuzda erta shudgorlash tariq yetishtirish agrotexnikasida muhim rol o‘ynaydi. Tariq
yerni  chuqur  (28-30  sm  gacha)  shudgorlashga  ta’sirchan  bo‘ladi.  Qurg‘qchil
hududlarda qor to‘sish va erigan qor suvlarini saqlab qolish tariq hosilini ancha
Logotip
Qancha og‘ir bo‘lsa, po‘stliligi shunchalik past bo‘ladi yoki aksincha. Respublikamizning sug‘oriladigan va la’lmi yerlarida hozirda “Saratov-853” navi ekilmoqda. Tariq ro‘vagining shakliga ko‘ra 5 ta kenja turga bo‘linadi: 1) yoyiq ro‘vakli 2)sochoq ro‘vakli 3)tig‘iz ro‘vakli 2) oval yoki yarim yig‘iq 5) yig‘iq ro‘vakli tariq. Biologik xususiyatlari. Tariq urug‘i 8-100 C da una boshlaydi,-2,-30 C da maysalari qattiq zararlanadi. Tariq keyingi fazalarda ham issiqni ko‘p talab qiladi. Boshqa don ekinlariga qaraganda namga unchalik talabchan emas, shunga ko‘ra urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 25% talab etadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 200-250 ga teng. N.I. Vavilov tariqni qurg‘oqchilikka eng chidamli o‘simliklar qatoriga kiritgan. Qurg‘oqchilikka chidamliligiga sabab shuki, qurg‘oqchil sharoitga tushib qolganda vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi, barglari o‘ralib oladi va namni kam bug‘latish uchun yer usti qismi yerga yoyilib oladi. Tariq yorug‘sevar o‘simlik. Tariqni unumdor yerlarga ekish kerak. Qora va kashtan tuproqli yerlar tariq uchun eng yaxshi yer hisoblanadi. Kislotali yerlarda yomon, neytral va kuchsiz ishqoriy yerlarda yaxshi o‘sadi. Vegetatsiya davri o‘rta hisobda 80 kunga yetadi. Tariqning unuvchanligi boshqa g‘alla ekinlarinikiga qaraganda past bo‘lib, o‘rta hisobda 52% ni tashkil etadi. Tariq 30 ts don hosili va 60 ts poxolida o‘rta hisobda 90 kg azot, 42 kg fosfor, 106 kg kaliy va 31 kg kalsiy bo‘ladi. Azot o‘zlashtirishi bo‘yicha u bahorgi bug‘doyga yaqin turadi va qolgan 1 guruh g‘alla ekinlaridan ustunlik qiladi. Ayniqsa u tuproqdan kaliy, kalsiy va fosforni yaxshi o‘zlashtiradi. Bu masalada tariq faqat makkajo‘xoridan keyinda turadi. Tariq oziq moddalarni hatto hosil yetilguncha ham bir xilda o‘zlashtirmaydi. U maysalash-tuplanish fazasida jami oziq moddalarni 7% o‘zlashtiradi, tuplanish-gullash fazasida tuproqdan umumiy oziq moddalarning 65% ni, gullash-hosili yetilishi davrida 28-30% ni o‘zlashtiradi. Yerni ishlash. Maydonlarni begona o‘tlardan tozalash, yerda nam to‘plash va uni saqlash tadbirlarini amalga oshirish kerak. Maydonlarni yuza yumshatish va kuzda erta shudgorlash tariq yetishtirish agrotexnikasida muhim rol o‘ynaydi. Tariq yerni chuqur (28-30 sm gacha) shudgorlashga ta’sirchan bo‘ladi. Qurg‘qchil hududlarda qor to‘sish va erigan qor suvlarini saqlab qolish tariq hosilini ancha
oshiradi. Tariq bahorgi ekinlar ekila boshlangandan keyin 3 hafta keyin ekiladi. Bu
davrga kelib tuproq ancha zichlashgan va begona o‘t bosgan bo‘ladi, shuning
uchun  ekish  oldidan  yerni  ishlashga  alohida  ahamiyat  beriladi.  Erta  bahorda
boronalanadi va 2 marta kultivatsiya qilinadi. 1 chi marta begona o‘tlar unib
chiqqanda 8-10 sm chuqurlikda, 2 chi marta ekish oldidan 4-5 sm chuqurlikda
kultivatsiya qilinadi. Tariq urug‘i yuza va tekis ekilishi uchun ekish oldidan yerga
katok bostiriladi.
Ekish muddatlari. Tariq maysalari, bir tekis chiqmaydi, unib gullashi ancha
cho‘ziladi, urug‘ining unuvchanligi past (52%) bo‘ladi. Tariq optimal muddatda,
ya’ni tuproqning urug‘ ekiladigan qatlamida nam yetarli va temperatura 12-150 ga
yetganda ekiladi. La’lmi yerlarda tariq aprel-may oylarida ekiladi. Sug‘oriladigan
yerlarda esa aprel oyining oxirida, ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilganda iyun va
iyulning boshlarida ekiladi.
Ekish  usullari. Tariq  biologik  xusuiyatlariga  ko‘ra,  qator  oralari
ishlalanadigan ekin (sertup bo‘ladi, ildizi asosan atrofga taralib o‘sadi). Shunga
ko‘ra,  tariq  keng qatorlab  ekilganda rivojlanishi  uchun qulay  sharoit  vujudga
keladi. Lekin u oddiy qatorlab va tor qatorlab ekilganda ham yaxshi yetishadi.
Tariqni sug‘oriladigan yerlarda 60x15, 51x15, 45x15, sxemada qo‘sh qatorlab va
qator  oralarini  45  sm  dan  qilib  yakka  qatorlab  ekish  keng  tarqalgan.  La’lmi
yerlarda esa oddiy usulda yoppasiga qatorlab ekiladi.
Ekish meyori. Gektargiga 8-30 kg orasiga o‘zgarib turadi. Urug‘ ekish
chuqurligi 3-8 sm gacha boradi. Yengil va nam kam tuproqli yerlarda tariq 8-10 sm
chuqurlikda ekiladi.   
Makkajo‘xori
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. 
Makkajo‘xori  har  xil  maqsadlarda
ishlatiladigan serhosil ekin bo‘lib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik
ahamiyatga ega.
Oziq-ovqat  sifatida  uning  doni  ishlatiladi.  Uning  doni  juda  to‘yimli
hisoblanib,  tarkibida  o‘rtacha  oqsil-  10,6%,  yog‘-4-8%,  kul-1,5%,  kletchatka-
10,6%, suv-14-15% hamda vitaminlar bor. Hamma qishloq xo‘jalik ekinlari uchun
yuqori  kontsentrlangan  ozuqa hisoblanadi,  1 kg  donida  78  g protein bo‘ladi.
Logotip
oshiradi. Tariq bahorgi ekinlar ekila boshlangandan keyin 3 hafta keyin ekiladi. Bu davrga kelib tuproq ancha zichlashgan va begona o‘t bosgan bo‘ladi, shuning uchun ekish oldidan yerni ishlashga alohida ahamiyat beriladi. Erta bahorda boronalanadi va 2 marta kultivatsiya qilinadi. 1 chi marta begona o‘tlar unib chiqqanda 8-10 sm chuqurlikda, 2 chi marta ekish oldidan 4-5 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Tariq urug‘i yuza va tekis ekilishi uchun ekish oldidan yerga katok bostiriladi. Ekish muddatlari. Tariq maysalari, bir tekis chiqmaydi, unib gullashi ancha cho‘ziladi, urug‘ining unuvchanligi past (52%) bo‘ladi. Tariq optimal muddatda, ya’ni tuproqning urug‘ ekiladigan qatlamida nam yetarli va temperatura 12-150 ga yetganda ekiladi. La’lmi yerlarda tariq aprel-may oylarida ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda esa aprel oyining oxirida, ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilganda iyun va iyulning boshlarida ekiladi. Ekish usullari. Tariq biologik xusuiyatlariga ko‘ra, qator oralari ishlalanadigan ekin (sertup bo‘ladi, ildizi asosan atrofga taralib o‘sadi). Shunga ko‘ra, tariq keng qatorlab ekilganda rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Lekin u oddiy qatorlab va tor qatorlab ekilganda ham yaxshi yetishadi. Tariqni sug‘oriladigan yerlarda 60x15, 51x15, 45x15, sxemada qo‘sh qatorlab va qator oralarini 45 sm dan qilib yakka qatorlab ekish keng tarqalgan. La’lmi yerlarda esa oddiy usulda yoppasiga qatorlab ekiladi. Ekish meyori. Gektargiga 8-30 kg orasiga o‘zgarib turadi. Urug‘ ekish chuqurligi 3-8 sm gacha boradi. Yengil va nam kam tuproqli yerlarda tariq 8-10 sm chuqurlikda ekiladi. Makkajo‘xori Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Makkajo‘xori har xil maqsadlarda ishlatiladigan serhosil ekin bo‘lib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sifatida uning doni ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli hisoblanib, tarkibida o‘rtacha oqsil- 10,6%, yog‘-4-8%, kul-1,5%, kletchatka- 10,6%, suv-14-15% hamda vitaminlar bor. Hamma qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yuqori kontsentrlangan ozuqa hisoblanadi, 1 kg donida 78 g protein bo‘ladi.
Makkajo‘xori silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xorining sut-
mum pishish vaqtida donidan konserva va bodroq tayyorlanadi.
Oxirgi yillarda makkajo‘xori dukkakli don ekinlari (soya, lyupin, mosh,
no‘xat)  bilan  aralash  ekilmoqda.  Undan  maqsad  ozuqa  qiymatini  oshirishdir.
Makkajo‘xori  doni  moyga,  kraxmalga  boy.  Makkajo‘xori  doni  tarkibida  yog‘
moddasi  ko‘p  bo‘lganligi  uchun  uning  uni  tez  achiydi.  Don  murtagi  maxsus
mashinalarda  ajratib  olinib,  qolgan  qismidan  un  tayyorlanadi,  chunki
makkajo‘xorining murtagi tarkibida 25-40 % gacha moy bo‘lib undan moy olinadi.
Doni tarkibida kleykovina kam miqdorda bo‘lgani uchun undan non yopilmaydi,
lekin  non  tayyorlashda  bug‘doy  va  javdar  uniga  qo‘shib  non  va  qandolat
mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. 
Makkajo‘xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan yorma,
pivo, kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi va boshqa har xil mahsulot olinadi.
So‘tasidan  qog‘oz,  karton,  kauchuk,  yog‘och  spirti,  kley,  sun’iy  probkalar,
plastmassa va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Makkajo‘xori qator oralari ishlanadigan ekin, boshqa ekinlar uchun yaxshi
o‘tmishdosh hisoblanadi va yerlarni begona o‘tlardan tozalaydi. U band shudgorda
ekiladigan  ekin  bo‘lib,  muhim  ahamiyatga  ega.  U  donli  ekinlarga  nisbatan
hashoratlar bilan kam zararlanadi, terimda doni to‘kilib ketmaydi, do‘ldan kam
zarar  ko‘radi.  Makkajo‘xorini  tezpishar  navlarini  ekish  ikki  marta  hosil  olish
imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo‘shib ekish mumkin. 
Makkajo‘xori juda qadimiy o‘simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan.
Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi bizni eramizdan 2300-2400 yil oldin ekib
kelgan.  Amerika  ochilgandan  so‘ng  makkajo‘xori  katta  ekin  maydonlarga
ekilganligi ma’lum. Amerikadan makkajo‘xori XU asrda Ovropaga keltirilgan, shu
paytda portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindiston, Hindi-Xitoy, Xitoy
mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo‘xori XU11 asrda ma’lum bo‘lgan.
XU111  asrning  oxiri  X1X  boshlarida  u  G‘arbiy  Xitoydan  O‘rta  Osiyoga
keltirilgan. Yer yuzida makkajo‘xori ekinini 110 ming gektar yerga ekiladi. Dunyo
bo‘yicha  makkajo‘xori  ekin  maydonining  25%  i  AQSH  da  joylashgan.
O‘zbekistonda makkajo‘xori don uchun 108,5 ming gektar yerga ekilgan.
Logotip
Makkajo‘xori silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xorining sut- mum pishish vaqtida donidan konserva va bodroq tayyorlanadi. Oxirgi yillarda makkajo‘xori dukkakli don ekinlari (soya, lyupin, mosh, no‘xat) bilan aralash ekilmoqda. Undan maqsad ozuqa qiymatini oshirishdir. Makkajo‘xori doni moyga, kraxmalga boy. Makkajo‘xori doni tarkibida yog‘ moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashinalarda ajratib olinib, qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo‘xorining murtagi tarkibida 25-40 % gacha moy bo‘lib undan moy olinadi. Doni tarkibida kleykovina kam miqdorda bo‘lgani uchun undan non yopilmaydi, lekin non tayyorlashda bug‘doy va javdar uniga qo‘shib non va qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Makkajo‘xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan yorma, pivo, kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi va boshqa har xil mahsulot olinadi. So‘tasidan qog‘oz, karton, kauchuk, yog‘och spirti, kley, sun’iy probkalar, plastmassa va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Makkajo‘xori qator oralari ishlanadigan ekin, boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi va yerlarni begona o‘tlardan tozalaydi. U band shudgorda ekiladigan ekin bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. U donli ekinlarga nisbatan hashoratlar bilan kam zararlanadi, terimda doni to‘kilib ketmaydi, do‘ldan kam zarar ko‘radi. Makkajo‘xorini tezpishar navlarini ekish ikki marta hosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo‘shib ekish mumkin. Makkajo‘xori juda qadimiy o‘simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi bizni eramizdan 2300-2400 yil oldin ekib kelgan. Amerika ochilgandan so‘ng makkajo‘xori katta ekin maydonlarga ekilganligi ma’lum. Amerikadan makkajo‘xori XU asrda Ovropaga keltirilgan, shu paytda portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindiston, Hindi-Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo‘xori XU11 asrda ma’lum bo‘lgan. XU111 asrning oxiri X1X boshlarida u G‘arbiy Xitoydan O‘rta Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida makkajo‘xori ekinini 110 ming gektar yerga ekiladi. Dunyo bo‘yicha makkajo‘xori ekin maydonining 25% i AQSH da joylashgan. O‘zbekistonda makkajo‘xori don uchun 108,5 ming gektar yerga ekilgan.
   O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 ts. don va
500-700 ts. silosbop ko‘k poya olish mumkin. Lekin ilg‘or fermer xo‘jaliklarida
makkajo‘xoridan juda yuqori hosil olinmoqda.
Botanik  xususiyatlari. Makkajo‘xori  qo‘ng‘irboshlar  (Poaceae)  oilasiga
(Zea mays) avlodi va turiga kiradi. Ildiz majmuasi sochiq ildiz, kuchli rivojlangan
tuproqda 1,5 -3m chuqurlikkacha kirib boradi. Yer ustki bo‘g‘imlaridan tayanch
yoki havoi ildizlar hosil qiladi. Bu ildizlar poyani tik ushlab turish uchun xizmat
qiladi. Poyasi  tik o‘suvchi, tsilindrsimon, silliq, yo‘g‘onlashgan  bo‘g‘imlardan
iborat, 8-25 va undan ko‘p bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘lar ekan. Poyaning ichi
po‘kak  bilan  to‘lgan,  uning  balandligi  0,5-4  m  gacha  boradi.  Barglari  yirik,
lentasimon shaklda, barg qini ham uzun u poyani o‘rab turadi. Poyanin har bir
bo‘g‘imida bittadan barg hosil bo‘ladi. Barg soniga qarab makkajo‘xori navining
ertapishar  navini  aniqlash  mumkin.  Ertapishar  navlarida  8-12  tagacha,
o‘rtapisharlarida 12-18 tagacha va kechpishar navlarida esa 18 tadan ko‘p barg
bo‘ladi. Makkajo‘xori  bir uyli, ayrim  jinsli  o‘simlik. Har bir  o‘simlikda 2 ta
to‘pgul:  changchi-sulton  va  urg‘ochi-so‘ta  hosil  bo‘ladi.  Shamol  orqali
changlanadi. Bir o‘simlikda sulton bilan so‘ta bir vaqtda gullamaydi (sulton 4-8
kun  oldin  gullaydi,  natijada  o‘simlik  chetdan  changlanadi).Onalik  to‘pguli
supurgidan 4-5 kun keyin gullaydi. Qurg‘oqchilikda bu muddat uzayib, natijada
so‘ta to‘la changlanmay, ba’zi hollarda umuman don hosil bo‘lmaydi. Poyada
so‘talar soni 1-3 tagacha bo‘lib, barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. So‘tada urg‘ochi
gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib, qator joylashgan o‘zakdan tashkil topgan. Har
bir so‘tada 500 ta dan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U tashqi qavatdan bir necha
qavat barglar bilan o‘ralgan. Makkajo‘xori doni po‘st, endosperm va murtakdan
iborat.
Makkajo‘xori donining shakli, ximiyaviy tarkibi va ichki tuzilishiga ko‘ra 8
ta:  tishsimon,  yaltiroq  (shishasimon),  serkraxmal,  shirin,  serkraxmal-shirish,
chatnaydigan, mumsimon va po‘stli kenja turlarga bo‘linadi.  
O‘zbekistonda makkajo‘xorining O‘zbekiston-361, AMV, O‘zbekiston-601,
Perekop-TV, O‘zbekiston-100 va xorijiy navlardan Avizo, Brilliant, Ilka, Tema,
Figaro va boshqa navlari ekilmoqda.
Logotip
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 ts. don va 500-700 ts. silosbop ko‘k poya olish mumkin. Lekin ilg‘or fermer xo‘jaliklarida makkajo‘xoridan juda yuqori hosil olinmoqda. Botanik xususiyatlari. Makkajo‘xori qo‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga (Zea mays) avlodi va turiga kiradi. Ildiz majmuasi sochiq ildiz, kuchli rivojlangan tuproqda 1,5 -3m chuqurlikkacha kirib boradi. Yer ustki bo‘g‘imlaridan tayanch yoki havoi ildizlar hosil qiladi. Bu ildizlar poyani tik ushlab turish uchun xizmat qiladi. Poyasi tik o‘suvchi, tsilindrsimon, silliq, yo‘g‘onlashgan bo‘g‘imlardan iborat, 8-25 va undan ko‘p bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘lar ekan. Poyaning ichi po‘kak bilan to‘lgan, uning balandligi 0,5-4 m gacha boradi. Barglari yirik, lentasimon shaklda, barg qini ham uzun u poyani o‘rab turadi. Poyanin har bir bo‘g‘imida bittadan barg hosil bo‘ladi. Barg soniga qarab makkajo‘xori navining ertapishar navini aniqlash mumkin. Ertapishar navlarida 8-12 tagacha, o‘rtapisharlarida 12-18 tagacha va kechpishar navlarida esa 18 tadan ko‘p barg bo‘ladi. Makkajo‘xori bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik. Har bir o‘simlikda 2 ta to‘pgul: changchi-sulton va urg‘ochi-so‘ta hosil bo‘ladi. Shamol orqali changlanadi. Bir o‘simlikda sulton bilan so‘ta bir vaqtda gullamaydi (sulton 4-8 kun oldin gullaydi, natijada o‘simlik chetdan changlanadi).Onalik to‘pguli supurgidan 4-5 kun keyin gullaydi. Qurg‘oqchilikda bu muddat uzayib, natijada so‘ta to‘la changlanmay, ba’zi hollarda umuman don hosil bo‘lmaydi. Poyada so‘talar soni 1-3 tagacha bo‘lib, barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. So‘tada urg‘ochi gulli boshoqchalar juft-juft bo‘lib, qator joylashgan o‘zakdan tashkil topgan. Har bir so‘tada 500 ta dan 1000 tagacha don hosil bo‘ladi. U tashqi qavatdan bir necha qavat barglar bilan o‘ralgan. Makkajo‘xori doni po‘st, endosperm va murtakdan iborat. Makkajo‘xori donining shakli, ximiyaviy tarkibi va ichki tuzilishiga ko‘ra 8 ta: tishsimon, yaltiroq (shishasimon), serkraxmal, shirin, serkraxmal-shirish, chatnaydigan, mumsimon va po‘stli kenja turlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda makkajo‘xorining O‘zbekiston-361, AMV, O‘zbekiston-601, Perekop-TV, O‘zbekiston-100 va xorijiy navlardan Avizo, Brilliant, Ilka, Tema, Figaro va boshqa navlari ekilmoqda.
Biologik xususiyatlari. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik. Urug‘i 8-100 C da
unib  chiqadi.  20-270  C  ‘simliklarning  o‘sishi  uchun  eng  qulay  temperatura
hisoblanadi. Unib chiqqan maysalari 2-30  C sovuqqa chidaydi. Makkajo‘xori 1 ts
quruq modda hosil qilishi uchun 174 ts dan 406 ts gacha, suli va arpaga qaraganda,
kamroq suv sarflaydi. Dastlabki rivojlanish fazalarida 1 sutkada gektariga o‘rtacha
30-40 m3, so‘ta chiqargandan sut pishiqligigacha 80-100 m3 suv sarflaydi. So‘ta
chiqarishidan 10 kun  oldin va chiqarib bo‘lgandan 20 kun keyin, tuproqda nam
yetishmasa, hosildorlik keskin pasayib ketadi. 
Makkajo‘xori serunum, oziq moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda yaxshi
o‘sadi. Har gektarda 1 ts don hosili to‘plash uchun tuproqdan 2,4-3 kg azot, 1-1,2
kg fosfor va 2,5-3 kg kaliy o‘zlashtiradi. Gektaridan 50-60 ts don yoki 500-600 ts
ko‘k massa hosili olinganda makkajo‘xori tuproqdan 150-180 kg azot, 60-70 kg
fosfor  va  160-190  kg  kaliy  o‘zlashtiradi.  Bu  oziq  moddalarning  yarmidan
ko‘prog‘ini vegetatsiya davrining 2 chi yarmida o‘zlashtiradi. Mineral o‘g‘itlar
yillik normasi azot 150-180, fosfor 60-90, kaliy 40-75 kg gektariga beriladi.
Azot  makkajo‘xori  o‘sishining  dastlabki  bosqichlarida  ayniqsa  katta
ahamiyatga ega. Azot yetishmasa o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi.
Fosfor  o‘simliklarning  dastlabki  o‘sishida,  ya’ni  bo‘lajak  to‘pgullar
shakllana boshlaganda (4-6 barg chiqarish fazasida) juda zarur. Bu vaqtda fosfor
yetishmasligi  so‘talarning  yaxshi  rivojlanmay,  don  qatorlarining  noto‘g‘ri
shakllanishiga sabab  bo‘ladi.  Makkajo‘xori  doni  shakllana-yotganda  fosforni
ayniqsa ko‘p o‘zlashtiradi.
Kaliy yetishmaganda uglevodlarning harakatlanishi sekinlashadi, barglarning
sintezlash faoliyati susayadi, ildiz tizimi zaiflashadi, natijada makkajo‘xori tuplari
yotib qola boshlaydi. O‘simliklar hosil tuga boshlagandan sut pishish davrigacha
kaliyni yaxshi o‘zlashtiradi Makkajo‘xorini o‘g‘itlash tizimi kuzda yoki bahorda
ekishgacha, ekish vaqtida asosiy o‘g‘itlashni va vegetatsiya davrida oziqlanishni
o‘z  ichiga  oladi.  Asosiy  o‘g‘it  sifatida kuzda yoki  bahorda organik  o‘g‘itlar
solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab gektariga 20-40 t. va undan ko‘p go‘ng
va kompost solish tavsiya etiladi.
Logotip
Biologik xususiyatlari. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik. Urug‘i 8-100 C da unib chiqadi. 20-270 C ‘simliklarning o‘sishi uchun eng qulay temperatura hisoblanadi. Unib chiqqan maysalari 2-30 C sovuqqa chidaydi. Makkajo‘xori 1 ts quruq modda hosil qilishi uchun 174 ts dan 406 ts gacha, suli va arpaga qaraganda, kamroq suv sarflaydi. Dastlabki rivojlanish fazalarida 1 sutkada gektariga o‘rtacha 30-40 m3, so‘ta chiqargandan sut pishiqligigacha 80-100 m3 suv sarflaydi. So‘ta chiqarishidan 10 kun oldin va chiqarib bo‘lgandan 20 kun keyin, tuproqda nam yetishmasa, hosildorlik keskin pasayib ketadi. Makkajo‘xori serunum, oziq moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Har gektarda 1 ts don hosili to‘plash uchun tuproqdan 2,4-3 kg azot, 1-1,2 kg fosfor va 2,5-3 kg kaliy o‘zlashtiradi. Gektaridan 50-60 ts don yoki 500-600 ts ko‘k massa hosili olinganda makkajo‘xori tuproqdan 150-180 kg azot, 60-70 kg fosfor va 160-190 kg kaliy o‘zlashtiradi. Bu oziq moddalarning yarmidan ko‘prog‘ini vegetatsiya davrining 2 chi yarmida o‘zlashtiradi. Mineral o‘g‘itlar yillik normasi azot 150-180, fosfor 60-90, kaliy 40-75 kg gektariga beriladi. Azot makkajo‘xori o‘sishining dastlabki bosqichlarida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Azot yetishmasa o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi. Fosfor o‘simliklarning dastlabki o‘sishida, ya’ni bo‘lajak to‘pgullar shakllana boshlaganda (4-6 barg chiqarish fazasida) juda zarur. Bu vaqtda fosfor yetishmasligi so‘talarning yaxshi rivojlanmay, don qatorlarining noto‘g‘ri shakllanishiga sabab bo‘ladi. Makkajo‘xori doni shakllana-yotganda fosforni ayniqsa ko‘p o‘zlashtiradi. Kaliy yetishmaganda uglevodlarning harakatlanishi sekinlashadi, barglarning sintezlash faoliyati susayadi, ildiz tizimi zaiflashadi, natijada makkajo‘xori tuplari yotib qola boshlaydi. O‘simliklar hosil tuga boshlagandan sut pishish davrigacha kaliyni yaxshi o‘zlashtiradi Makkajo‘xorini o‘g‘itlash tizimi kuzda yoki bahorda ekishgacha, ekish vaqtida asosiy o‘g‘itlashni va vegetatsiya davrida oziqlanishni o‘z ichiga oladi. Asosiy o‘g‘it sifatida kuzda yoki bahorda organik o‘g‘itlar solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab gektariga 20-40 t. va undan ko‘p go‘ng va kompost solish tavsiya etiladi.
Dala  almashlab  ekishda  makkajo‘xori  kuzgi  don  ekinlari,  dukkakli  don
ekinlari, kartoshka, qand lavlagi, poliz ekinlari va qator oralari ishlanadigan boshqa
ekinlardan keyin siloslash uchun esa shudgorga ekiladi.
Makkajo‘xorining ildiz tizimi juda kuchli rivojlanganligi uchun tuproqni
chuqur haydashni talab qiladi. Shuning uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda
shudgor  qilinadi.  Yer  qotib  qolgan  bo‘lsa,  haydashdan  bir  necha  kun  ilgari
sug‘oriladi. Bahorda yer yetilishi bilan boronalanadi va 10-12 sm chuqurlikda
kultivatsiya qilinadi.
Urug‘ni ekishga tayyorlash. Makkajo‘xori urug‘i davlat standartiga to‘la
mos bo‘lishi, tozaligi  97-99%, namligi  14%  va unuvchanligi  kamida 88-96%
bo‘lishi kerak. Urug‘larni zamburug‘ kasalidalidan saqlash uchun 100 kg urug‘ni
100-150 g granozan yoki merkuran eritmasi bilan dorilanadi.
Urug‘ni ekish. Makkajo‘xor urug‘i tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda
ekiladi.  O‘zbekistonda  ob-havo  sharoitiga  qarab,  makkajo‘xori  ekishni  10
aprelgacha tugallash lozim.
Makkajo‘xori asosan 60x60 va 70x70 sm li sxemada kvadrat uyalab ekiladi.
Bunda chigit ekadigan seyalkalardan foydalaniladi.
 O‘suv  davrida  makkajo‘xori  3  marta  kultivatsiya  qilinadi.  O‘simlikda
o‘rtacha 3-4 ta barg hosil bo‘lganda birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. Makkajo‘xori
naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 martadan 6 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orish
o‘simlikning rivojlanish fazasi tuproq namligi hisobga olib belgilanadi. Birinchi
sug‘orish 9-10 barglar hosil bo‘lganda ya’ni o‘simlik to‘pgul chiqarmasdan oldin 2
marta sug‘oriladi,  uchinchi  sug‘orish  ro‘vaklashda va gullashda,  to‘rtinchisi
donning qotishida beriladi. Sug‘orish  normasi  600-800 m3  sizot  suvlari  yaqin
joylarda sug‘orish soni va normasi qisman kamaytiriladi. .
Makkajo‘xori  ekinidagi  begona  o‘tlarga  qarshi  gerbitsidlardan  ogekon,
atrazin, treflan ishlatiladi.
Makkajo‘xori silos uchun ekilganda doni sut-mum pishish davrida o‘riladi.
Don uchun ekilgan makkajo‘xori don to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda
yig‘ishtirib  olinadi.  Bunda  maxsus  kombaynlar  Xersones-200,  Xersones-7
ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo‘xorini o‘rish poyasini maydalash, so‘talarni
Logotip
Dala almashlab ekishda makkajo‘xori kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, kartoshka, qand lavlagi, poliz ekinlari va qator oralari ishlanadigan boshqa ekinlardan keyin siloslash uchun esa shudgorga ekiladi. Makkajo‘xorining ildiz tizimi juda kuchli rivojlanganligi uchun tuproqni chuqur haydashni talab qiladi. Shuning uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qotib qolgan bo‘lsa, haydashdan bir necha kun ilgari sug‘oriladi. Bahorda yer yetilishi bilan boronalanadi va 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Makkajo‘xori urug‘i davlat standartiga to‘la mos bo‘lishi, tozaligi 97-99%, namligi 14% va unuvchanligi kamida 88-96% bo‘lishi kerak. Urug‘larni zamburug‘ kasalidalidan saqlash uchun 100 kg urug‘ni 100-150 g granozan yoki merkuran eritmasi bilan dorilanadi. Urug‘ni ekish. Makkajo‘xor urug‘i tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda ekiladi. O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga qarab, makkajo‘xori ekishni 10 aprelgacha tugallash lozim. Makkajo‘xori asosan 60x60 va 70x70 sm li sxemada kvadrat uyalab ekiladi. Bunda chigit ekadigan seyalkalardan foydalaniladi. O‘suv davrida makkajo‘xori 3 marta kultivatsiya qilinadi. O‘simlikda o‘rtacha 3-4 ta barg hosil bo‘lganda birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. Makkajo‘xori naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 martadan 6 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orish o‘simlikning rivojlanish fazasi tuproq namligi hisobga olib belgilanadi. Birinchi sug‘orish 9-10 barglar hosil bo‘lganda ya’ni o‘simlik to‘pgul chiqarmasdan oldin 2 marta sug‘oriladi, uchinchi sug‘orish ro‘vaklashda va gullashda, to‘rtinchisi donning qotishida beriladi. Sug‘orish normasi 600-800 m3 sizot suvlari yaqin joylarda sug‘orish soni va normasi qisman kamaytiriladi. . Makkajo‘xori ekinidagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan ogekon, atrazin, treflan ishlatiladi. Makkajo‘xori silos uchun ekilganda doni sut-mum pishish davrida o‘riladi. Don uchun ekilgan makkajo‘xori don to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda yig‘ishtirib olinadi. Bunda maxsus kombaynlar Xersones-200, Xersones-7 ishlatiladi. Bu kombaynlar makkajo‘xorini o‘rish poyasini maydalash, so‘talarni
poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish kabi ishlarni bir yo‘la bajaradi.
So‘talar esa xo‘jalikda oddiy yanchig‘ichda yoki kombaynda yanchiladi.
Oq jo‘xori
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Oq jo‘xori muhim don ekini bo‘lib, turli
maqsadlarda ishlatiladi. Uning doni chorva mollari uchun to‘yimli oziqa, kraxmal
va spirt  ishlab  chiqarish  sanoatlari  uchun  qimmatli  xom  ashyo  hisoblanadi.
Donidan  un  tayyorlanadi.  Yem  sifatida doni,  ko‘kati  silos  tayyorlash  uchun
ishlatiladi.  Jo‘xorining  ko‘k  massasi  mollarga beriladi  yoki  silos  bostiriladi.
Jo‘xoridan  ko‘kat  oziq  sifatida  va  mollarni  o‘tlatishda  yaylov  o‘ti  sifatida
foydalaniladi.
Jo‘xorining 100 kg doni 119, ko‘k massasi 23,5, silosi 22,0 va pichani 49,2
oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15% protein bo‘lib, lizinga boy. Shirin jo‘xori
navlari poyasida 10-15% shakar bo‘lib, ular sirop tayyorlash uchun ishlatiladi.
Jo‘xori ro‘vagidan supurgi tayyorlanadi. Jo‘xorini qor to‘suvchi hamda garmseldan
himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin.
Jo‘xori  ekvatorial  Afrikadan kelib chiqqan. Misrda, Sharqiy va Janubiy
Osiyoda,  Manchjuriyada,  Xitoyda,  Hindiston  qadimdan  beri  ekilib  kelinadi.
O‘zbekistonda  jo‘xori  suv  bilan  kam  ta’minlangan  va  qisman  lalmi  yerlarda,
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda ekiladi. 
Jo‘xorining don hosili gektariga 25-50 s gacha, siloslanadigan ko‘k massa
hosili 200-300 s ga yetadi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 800-1000 s gacha
ko‘k massa hosili olish mumkin.
Botanik xususiyatlari. Jo‘xori Sorgum Moench- avlodiga mansub o‘simlik.
Bu avlodga donli, qandli va o‘tsimon turlari kiradi. O‘zbekistonda jo‘xorining 4 ta
madaniy turi: 
1.Sorgum vulgare Pers-yem-xashak, texnikaviy va oziq-ovqat maqsadlarida
ekiladi.
2.Sorgum cernum Host-Qo‘qon jo‘xori. oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
3. Sorgum jacushev-Yapon jo‘xorisi-yem-xashak sifatida ishlatiladi.
4. Sorgum sudanense-sudan o‘ti tarqalgan.
Ildiz tizimi popuk ildiz, tuproqqa 2-3 m chuqur kirib va atrofga 60-90 sm
gacha tarqalib o‘sadi. Poyasining pastki bo‘g‘imlaridan chiqadigan tayanch ildizlari
Logotip
poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish kabi ishlarni bir yo‘la bajaradi. So‘talar esa xo‘jalikda oddiy yanchig‘ichda yoki kombaynda yanchiladi. Oq jo‘xori Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Oq jo‘xori muhim don ekini bo‘lib, turli maqsadlarda ishlatiladi. Uning doni chorva mollari uchun to‘yimli oziqa, kraxmal va spirt ishlab chiqarish sanoatlari uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Donidan un tayyorlanadi. Yem sifatida doni, ko‘kati silos tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo‘xorining ko‘k massasi mollarga beriladi yoki silos bostiriladi. Jo‘xoridan ko‘kat oziq sifatida va mollarni o‘tlatishda yaylov o‘ti sifatida foydalaniladi. Jo‘xorining 100 kg doni 119, ko‘k massasi 23,5, silosi 22,0 va pichani 49,2 oziq birligiga teng. Doni tarkibida 15% protein bo‘lib, lizinga boy. Shirin jo‘xori navlari poyasida 10-15% shakar bo‘lib, ular sirop tayyorlash uchun ishlatiladi. Jo‘xori ro‘vagidan supurgi tayyorlanadi. Jo‘xorini qor to‘suvchi hamda garmseldan himoyalovchi ihota ekini sifatida ekish mumkin. Jo‘xori ekvatorial Afrikadan kelib chiqqan. Misrda, Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Manchjuriyada, Xitoyda, Hindiston qadimdan beri ekilib kelinadi. O‘zbekistonda jo‘xori suv bilan kam ta’minlangan va qisman lalmi yerlarda, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda ekiladi. Jo‘xorining don hosili gektariga 25-50 s gacha, siloslanadigan ko‘k massa hosili 200-300 s ga yetadi. Sug‘oriladigan yerlarda gektaridan 800-1000 s gacha ko‘k massa hosili olish mumkin. Botanik xususiyatlari. Jo‘xori Sorgum Moench- avlodiga mansub o‘simlik. Bu avlodga donli, qandli va o‘tsimon turlari kiradi. O‘zbekistonda jo‘xorining 4 ta madaniy turi: 1.Sorgum vulgare Pers-yem-xashak, texnikaviy va oziq-ovqat maqsadlarida ekiladi. 2.Sorgum cernum Host-Qo‘qon jo‘xori. oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. 3. Sorgum jacushev-Yapon jo‘xorisi-yem-xashak sifatida ishlatiladi. 4. Sorgum sudanense-sudan o‘ti tarqalgan. Ildiz tizimi popuk ildiz, tuproqqa 2-3 m chuqur kirib va atrofga 60-90 sm gacha tarqalib o‘sadi. Poyasining pastki bo‘g‘imlaridan chiqadigan tayanch ildizlari
bo‘ladi. Poyasining bo‘yi  2-2,5 m, tropik mamlakatlarda 6-7 m  gacha yetadi
Poyasida 8-25 tagacha bo‘g‘im bo‘ladi. Ichi yumaloq parenxima bilan to‘lgan,
ko‘pincha sershoh bo‘ladi. Poyasining uchi  to‘pgul bilan tugallanadi. Barglari
yirik, enli, lansetsimon, g‘ubor bilan qoplangan. Har bir o‘simlikda 10-25 ta va
undan ko‘p barg bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak, markaziy o‘qi to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lib,
uzunligi 15-16 sm gacha boradi. Markaziy o‘qdan yon shoxlar, ulardan bir qancha
ingichka shoxchalar  chiqadi.  Boshoqchalari  shoxchalarda  2  ta  yoki  3  ta  dan
joylashadi, uning 1 tasi bandsiz, guli ikki jinsli, qolganlari kalta bandli bo‘lib,
gullari faqat otalikdan iborat. Gullagandan keyin guli to‘kiladi, ba’zan saqlanib
qoladi. Boshoqcha qobiqlari qalin, baquvvat, keng, ko‘pincha yaltiroq tukli bo‘lib
donni o‘rab turadi. Oqjo‘xori doni yumaloq, oval, goho tuxumsimon, ikki yoni bir
muncha siqiq, po‘stli yoki po‘stsiz bo‘ladi. Donining  asl rangi har  xil . 1000 ta
donining og‘irligi 20-30 g ba’zan 20 gr dan kam keladi.
Jo‘xori  ro‘vagining  shakliga ko‘ra 3  ta turga bo‘linadi  :osilib  o‘suvchi
ro‘vagi 
1) uzun shohli, siyrak bo‘ladi-(effusum Korn):
2) tig‘iz, ro‘vagi tig‘iz-(contractum Korn)
3)g‘uj-(compactum)  
Asosan g‘uj ro‘vakli jo‘xori ko‘p ekiladi.
Jo‘xori navlari 3 guruhga bo‘linadi: don jo‘xori, shirin jo‘xori va supurgi
jo‘xori. 
O‘zbekistonda tumanlashtirilgan navlariga Sanzar, Uzbekiskiy-18, Qandli
jo‘xori,  O‘zbekiston  pakanasi,  Tashkentskoye  belozyornoye,  O‘zbekiston-5,
Shirin-91 navlari kiradi. 
Biologik xususiyatlari. Eng qurg‘oqchil o‘simlik hisoblanadi. Transpiratsiya
koeffitsiyenti 200  atrofida. Issiqsevar o‘simlik, urug‘i 10-120  C da unib chiqadi.
Harorat  16-180 bo‘lganda tez unib  chiqadi.  Sovuqda nobud  bo‘lishi  mumkin.
Gullash  uchun  maksimal  temperatura 14-150
 C,  yetilishi  uchun  10-120
 C
hisoblanadi.
 Jo‘xori  tuproqga uncha  talabchan  emas.  Sho‘r  yerlarda ham  o‘sadi.
Navlarining tezpisharligiga qarab vegetatsiya davri 90-145 kun davom etadi. O‘rta
pishar navlari 10-15 kundan keyin maysalaydi. Maysalangandan 40-45 kundan
Logotip
bo‘ladi. Poyasining bo‘yi 2-2,5 m, tropik mamlakatlarda 6-7 m gacha yetadi Poyasida 8-25 tagacha bo‘g‘im bo‘ladi. Ichi yumaloq parenxima bilan to‘lgan, ko‘pincha sershoh bo‘ladi. Poyasining uchi to‘pgul bilan tugallanadi. Barglari yirik, enli, lansetsimon, g‘ubor bilan qoplangan. Har bir o‘simlikda 10-25 ta va undan ko‘p barg bo‘ladi. To‘pguli ro‘vak, markaziy o‘qi to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lib, uzunligi 15-16 sm gacha boradi. Markaziy o‘qdan yon shoxlar, ulardan bir qancha ingichka shoxchalar chiqadi. Boshoqchalari shoxchalarda 2 ta yoki 3 ta dan joylashadi, uning 1 tasi bandsiz, guli ikki jinsli, qolganlari kalta bandli bo‘lib, gullari faqat otalikdan iborat. Gullagandan keyin guli to‘kiladi, ba’zan saqlanib qoladi. Boshoqcha qobiqlari qalin, baquvvat, keng, ko‘pincha yaltiroq tukli bo‘lib donni o‘rab turadi. Oqjo‘xori doni yumaloq, oval, goho tuxumsimon, ikki yoni bir muncha siqiq, po‘stli yoki po‘stsiz bo‘ladi. Donining asl rangi har xil . 1000 ta donining og‘irligi 20-30 g ba’zan 20 gr dan kam keladi. Jo‘xori ro‘vagining shakliga ko‘ra 3 ta turga bo‘linadi :osilib o‘suvchi ro‘vagi 1) uzun shohli, siyrak bo‘ladi-(effusum Korn): 2) tig‘iz, ro‘vagi tig‘iz-(contractum Korn) 3)g‘uj-(compactum) Asosan g‘uj ro‘vakli jo‘xori ko‘p ekiladi. Jo‘xori navlari 3 guruhga bo‘linadi: don jo‘xori, shirin jo‘xori va supurgi jo‘xori. O‘zbekistonda tumanlashtirilgan navlariga Sanzar, Uzbekiskiy-18, Qandli jo‘xori, O‘zbekiston pakanasi, Tashkentskoye belozyornoye, O‘zbekiston-5, Shirin-91 navlari kiradi. Biologik xususiyatlari. Eng qurg‘oqchil o‘simlik hisoblanadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 200 atrofida. Issiqsevar o‘simlik, urug‘i 10-120 C da unib chiqadi. Harorat 16-180 bo‘lganda tez unib chiqadi. Sovuqda nobud bo‘lishi mumkin. Gullash uchun maksimal temperatura 14-150 C, yetilishi uchun 10-120 C hisoblanadi. Jo‘xori tuproqga uncha talabchan emas. Sho‘r yerlarda ham o‘sadi. Navlarining tezpisharligiga qarab vegetatsiya davri 90-145 kun davom etadi. O‘rta pishar navlari 10-15 kundan keyin maysalaydi. Maysalangandan 40-45 kundan
keyin  nay  o‘raydi,  55-65  kundan  keyin  ro‘vak  chiqaradi.  5-6  kundan  keyin
gullaydi.
Jo‘xori, kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, makkajo‘xori va boshqa
ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Jo‘xorining o‘zi bahorgi don ekinlari, ertagi
navlari esa kuzgi don ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi.
Yerlarni  asosiy  ishlash  ang‘izni  yumshatish  va kuzda chuqur  (25-30  sm)
shudgorlashdan iborat. Erta bahorda boronalangan yerlar 5-6 sm chuqurlikda 2
marta yoppasiga kultivatsiya qilinadi.
O‘g‘itlash. Jo‘xori  organik  va mineral  o‘g‘itlarga ta’sirchan.  Kuzgi
shudgorlash oldidan gektariga 15-20 t. go‘ng, 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor,
50-60 kg kaliy solinadi. 
Urug‘ni ekish. Tuproqning 3-5 sm li yuza qatlami 12-150 S gacha qiziganda
qator oralarini 60-70 sm dan va qatordagi uyalar orasini 15-20 sm dan qilib
punktirlab ekiladi. Shuningdek, 65x65, 70x70 sm va 90x90 sm sxemada kvadrat-
uyalab ekish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Bunda har qaysi uyaga 4-6 tadan urug‘
tashlanadi va har gektar maydonda 60-80 ming tup ko‘chat bo‘lishi ta’minlanadi.
Jo‘xori ko‘kati va pichan qilish uchun ekiladigan bo‘lsa, qatorlab va 45x15 sm
sxemada qo‘sh qatorlab ekish ma’qul.
 Ekish  meyori. Punktirlab  ekishda  gektariga  10-14  kg,  kvadrat-uyalab
ekishda 6-10 kg va qo‘sh qatorlab ekishda 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 3-5 sm,
yengil tuproqli yerlarda 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Don uchun-8-10 kg,
ko‘kat uchun-15-20 kg urug‘ sarflanadi.
Urug‘  ekilgandan  keyin  yerga yo‘l-yo‘l  yoki  halqali  katak  bostiriladi.
Qatqaloq  bossa  yoki  begona  o‘tlar  o‘sib  ketsa,  ekin  maysalaguncha  yoki
maysalangandan keyin o‘simlik qatorlariga ko‘ndalangiga boronalanadi.
Begona o‘tlarga qarshi  kurashish  uchun  tuplanish  fazasida jo‘xoriga
gerbitsidlar  purkaladi.  Birinchi  kultivatsiyadan  keyin  jo‘xori  mineral  o‘g‘itlar
(N20P30) bilan oziqlantiriladi. Bunda go‘ng, parrandalar ahlati, kuldan foydalanish
mumkin.
 Don jo‘xorining doni to‘kilmaydi, u doni to‘liq yetilganda kombaynda
o‘riladi.  Shirin  jo‘xori  doni  mum  pishiqlik  davrida pastdan  o‘riladi.  Supurgi
jo‘xori,  odatda doni to‘liq  yetilishi boshlarida qo‘lda o‘riladi, ro‘vagining bandi
Logotip
keyin nay o‘raydi, 55-65 kundan keyin ro‘vak chiqaradi. 5-6 kundan keyin gullaydi. Jo‘xori, kuzgi don ekinlari, dukkakli don ekinlari, makkajo‘xori va boshqa ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Jo‘xorining o‘zi bahorgi don ekinlari, ertagi navlari esa kuzgi don ekinlari uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Yerlarni asosiy ishlash ang‘izni yumshatish va kuzda chuqur (25-30 sm) shudgorlashdan iborat. Erta bahorda boronalangan yerlar 5-6 sm chuqurlikda 2 marta yoppasiga kultivatsiya qilinadi. O‘g‘itlash. Jo‘xori organik va mineral o‘g‘itlarga ta’sirchan. Kuzgi shudgorlash oldidan gektariga 15-20 t. go‘ng, 120-150 kg azot, 100-120 kg fosfor, 50-60 kg kaliy solinadi. Urug‘ni ekish. Tuproqning 3-5 sm li yuza qatlami 12-150 S gacha qiziganda qator oralarini 60-70 sm dan va qatordagi uyalar orasini 15-20 sm dan qilib punktirlab ekiladi. Shuningdek, 65x65, 70x70 sm va 90x90 sm sxemada kvadrat- uyalab ekish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Bunda har qaysi uyaga 4-6 tadan urug‘ tashlanadi va har gektar maydonda 60-80 ming tup ko‘chat bo‘lishi ta’minlanadi. Jo‘xori ko‘kati va pichan qilish uchun ekiladigan bo‘lsa, qatorlab va 45x15 sm sxemada qo‘sh qatorlab ekish ma’qul. Ekish meyori. Punktirlab ekishda gektariga 10-14 kg, kvadrat-uyalab ekishda 6-10 kg va qo‘sh qatorlab ekishda 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ 3-5 sm, yengil tuproqli yerlarda 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Don uchun-8-10 kg, ko‘kat uchun-15-20 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan keyin yerga yo‘l-yo‘l yoki halqali katak bostiriladi. Qatqaloq bossa yoki begona o‘tlar o‘sib ketsa, ekin maysalaguncha yoki maysalangandan keyin o‘simlik qatorlariga ko‘ndalangiga boronalanadi. Begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun tuplanish fazasida jo‘xoriga gerbitsidlar purkaladi. Birinchi kultivatsiyadan keyin jo‘xori mineral o‘g‘itlar (N20P30) bilan oziqlantiriladi. Bunda go‘ng, parrandalar ahlati, kuldan foydalanish mumkin. Don jo‘xorining doni to‘kilmaydi, u doni to‘liq yetilganda kombaynda o‘riladi. Shirin jo‘xori doni mum pishiqlik davrida pastdan o‘riladi. Supurgi jo‘xori, odatda doni to‘liq yetilishi boshlarida qo‘lda o‘riladi, ro‘vagining bandi