TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

19,5 KB


TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY 
QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI 
  
 
 
Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari 
Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob’ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina 
fanning predmeti sifatida ta’riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar 
yordamida o‘rganiladi.  
«Sotsiologiya – jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishining 
umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, 
odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va 
umuman jamiyatda amalga oshirilish yo‘llari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi fandir».  
 
Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo‘lib, 
u insonning ichki dunyosini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish 
qonuniyatlarini o‘rganadi.  
Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o‘rinni egallab, u umumiy ijtimoiy 
qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o‘rganadi. tarix fani «ijtimoiy 
rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan 
birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o‘ziga xosligi va noyobligini 
ko‘rsatib beradi».  
 
Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo‘lish bilan birga, uning o‘zi majmuiy fan 
hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san’at tarixi va boshqalar 
kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o‘rinni egallab, bu fan turli 
bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o‘rganadi. 
Etnologik bilish ko‘pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil 
qilishda muhim rol o‘ynaydi.   
TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob’ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina fanning predmeti sifatida ta’riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar yordamida o‘rganiladi. «Sotsiologiya – jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va umuman jamiyatda amalga oshirilish yo‘llari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi fandir». Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo‘lib, u insonning ichki dunyosini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o‘rinni egallab, u umumiy ijtimoiy qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o‘rganadi. tarix fani «ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o‘ziga xosligi va noyobligini ko‘rsatib beradi». Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo‘lish bilan birga, uning o‘zi majmuiy fan hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san’at tarixi va boshqalar kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o‘rinni egallab, bu fan turli bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o‘rganadi. Etnologik bilish ko‘pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.   
Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. 
Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar  Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili 
bilan tarix falsafasi yoki storiosofiya shug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida 
o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega.  
Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan.  
Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi 
falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab 
olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini 
ilgari surdi.  
Hozirda jamiyat taraqqiyotining ikki xil yondashuvi mavjud. Formatsion 
ta’limotga ko‘ra, jamiyat quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan 
quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga hamda eng oliy maqsad, 
insoniyatning «oltin» asri kommunizmga qarab harakat qiladi. Bir formatsiyadan 
ikkinchisiga o‘tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish 
munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan 
ijtimoiy inqilob orqali sodir bo‘ladi.  
Sivilizatsion yondoshuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya’ni 
madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida  aniqlanishi masalasi nihoyatda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda ularning soni, klassifikatsiyasi va 
o‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizatsiya 
shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 8 ta buyuk 
madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy, 
appolon (Yunon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust) madaniyatlari yoki 
sivilizatsiyalaridir.   
Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo 
birbirlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion 
yondoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish 
usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, 
Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki storiosofiya shug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan. Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari surdi. Hozirda jamiyat taraqqiyotining ikki xil yondashuvi mavjud. Formatsion ta’limotga ko‘ra, jamiyat quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga hamda eng oliy maqsad, insoniyatning «oltin» asri kommunizmga qarab harakat qiladi. Bir formatsiyadan ikkinchisiga o‘tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bo‘ladi. Sivilizatsion yondoshuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya’ni madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda ularning soni, klassifikatsiyasi va o‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy, appolon (Yunon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust) madaniyatlari yoki sivilizatsiyalaridir. Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo birbirlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion yondoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga – an’analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka 
e’tibor qaratadi.  
  
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi 
Sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai nazaridan, - 
sotsiomadaniy asosga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik 
hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi tabiiy, 
oxir-oqibat hayotning ob’ektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab chiqarish usuliga bog‘liq 
bo‘ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish, inqiroz va barham topish 
bosqichlarini bosib o‘tdilar.  
Amerikalik yana bir siyosatshunos – S.Xantington «sovuq urush» tugaganidan 
so‘ng, o‘zgargan dunyoda ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga, 
zamonaviy dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan yangi 
paradigmani yaratishga harakat qildi. U «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» modelini ilgari 
surdi.  
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va «uchinchi 
dunyo»dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‘arbona, konfutsian, yapon, 
islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga 
olgan yangi tizimga o‘tmoqda.  
Bir qator g‘arb, ayniqsa amerikalik olimlarining qarashlarida avj olgan globalizm 
g‘oyalari, xususan, Ayru L.Strausning 1997 yilda nashr etilgan «Bir qutblilik. Yangicha 
dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya» maqolasida yangicha 
dunyoviy tartibotning «birqutblilik» konsepsiyasi o‘z ifodasini topdi. U xalqaro 
munosabatlarning zamonaviy tizimini majoziy ma’noda oddiy yong‘oqqa qiyoslaydi. 
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar uning umumiy qobig‘ini tashkil etsa, ichidagi 
asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi, buyruq beruvchi markaz – G‘arb 
tashkil etadi.     
  
Zamonaviy informatsion texnik jamiyatning muammolari 
asosan, xulq-atvor xarakteriga – an’analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e’tibor qaratadi. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi Sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai nazaridan, - sotsiomadaniy asosga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi tabiiy, oxir-oqibat hayotning ob’ektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o‘tdilar. Amerikalik yana bir siyosatshunos – S.Xantington «sovuq urush» tugaganidan so‘ng, o‘zgargan dunyoda ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga, zamonaviy dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan yangi paradigmani yaratishga harakat qildi. U «sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» modelini ilgari surdi. Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va «uchinchi dunyo»dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‘arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga olgan yangi tizimga o‘tmoqda. Bir qator g‘arb, ayniqsa amerikalik olimlarining qarashlarida avj olgan globalizm g‘oyalari, xususan, Ayru L.Strausning 1997 yilda nashr etilgan «Bir qutblilik. Yangicha dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya» maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning «birqutblilik» konsepsiyasi o‘z ifodasini topdi. U xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimini majoziy ma’noda oddiy yong‘oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar uning umumiy qobig‘ini tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi, buyruq beruvchi markaz – G‘arb tashkil etadi. Zamonaviy informatsion texnik jamiyatning muammolari Axborot ishlab chiqarish, uni saqlash va qayta ishlash jamiyatning texnologik 
jihatdan rivojlanishini belgilovchi muhim sohaga aylandi. Faylasuflarning sivilizatsiya 
taraqqiyotining axborot bosqichi to‘g‘risidagi fikrlarida axborot, axborot tizimlari va 
texnologiyalarining insoniyat hayotidagi roliga katta ahamiyat beriladi.  
Birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratilgan vaqtdan boshlab o‘tgan 70 yil ichida 
kompyuter texnikasi ulkan elektron-hisoblash markazlaridan tortib to chindan mislsiz 
imkoniyalarga ega bo‘lgan kichik hajmli maxsus kompyuterlargacha bo‘lgan salmoqli 
natijalarni qo‘lga kiritdi. Kompyuter inqilobi ishlab chiqarish va ta’lim sifatini 
o‘zgartirib yubordi, maishiy sohani va insonning butun turmush tarzini jadal ravishda 
o‘zgartirib yubormoqda.  
Butunjahon axborot tarmog‘i Internetning yaratilishi va faoliyat ko‘rsatishi 
insoniyatning texnika sohasida erishgan yutuqlari ko‘rsatkichidir. Internet kompyuter 
tarmog‘idan iborat. 
Axborot ishlab chiqarish, uni saqlash va qayta ishlash jamiyatning texnologik jihatdan rivojlanishini belgilovchi muhim sohaga aylandi. Faylasuflarning sivilizatsiya taraqqiyotining axborot bosqichi to‘g‘risidagi fikrlarida axborot, axborot tizimlari va texnologiyalarining insoniyat hayotidagi roliga katta ahamiyat beriladi. Birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratilgan vaqtdan boshlab o‘tgan 70 yil ichida kompyuter texnikasi ulkan elektron-hisoblash markazlaridan tortib to chindan mislsiz imkoniyalarga ega bo‘lgan kichik hajmli maxsus kompyuterlargacha bo‘lgan salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi. Kompyuter inqilobi ishlab chiqarish va ta’lim sifatini o‘zgartirib yubordi, maishiy sohani va insonning butun turmush tarzini jadal ravishda o‘zgartirib yubormoqda. Butunjahon axborot tarmog‘i Internetning yaratilishi va faoliyat ko‘rsatishi insoniyatning texnika sohasida erishgan yutuqlari ko‘rsatkichidir. Internet kompyuter tarmog‘idan iborat.