TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
19,5 KB
TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY
QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI
Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari
Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob’ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina
fanning predmeti sifatida ta’riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar
yordamida o‘rganiladi.
«Sotsiologiya – jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishining
umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi,
odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va
umuman jamiyatda amalga oshirilish yo‘llari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi fandir».
Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo‘lib,
u insonning ichki dunyosini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o‘rinni egallab, u umumiy ijtimoiy
qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o‘rganadi. tarix fani «ijtimoiy
rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan
birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o‘ziga xosligi va noyobligini
ko‘rsatib beradi».
Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo‘lish bilan birga, uning o‘zi majmuiy fan
hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san’at tarixi va boshqalar
kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o‘rinni egallab, bu fan turli
bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o‘rganadi.
Etnologik bilish ko‘pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil
qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.
Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili
bilan tarix falsafasi yoki storiosofiya shug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida
o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega.
Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan.
Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi
falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab
olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini
ilgari surdi.
Hozirda jamiyat taraqqiyotining ikki xil yondashuvi mavjud. Formatsion
ta’limotga ko‘ra, jamiyat quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan
quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga hamda eng oliy maqsad,
insoniyatning «oltin» asri kommunizmga qarab harakat qiladi. Bir formatsiyadan
ikkinchisiga o‘tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish
munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan
ijtimoiy inqilob orqali sodir bo‘ladi.
Sivilizatsion yondoshuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya’ni
madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi nihoyatda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda ularning soni, klassifikatsiyasi va
o‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizatsiya
shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 8 ta buyuk
madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy,
appolon (Yunon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust) madaniyatlari yoki
sivilizatsiyalaridir.
Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo
birbirlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion
yondoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish
usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga,