Tarixiy tadqiqotlarda geografik axborot tizimlarining o‘rni. GPS va aerokosmofotosuratlardan foydalanish usullari.
Yuklangan vaqt
2024-04-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
27,2 KB
Tarixiy tadqiqotlarda geografik axborot tizimlarining o‘rni.
GPS va aerokosmofotosuratlardan foydalanish usullari.
Xaritalar xaqida tushuncha. Xaritalar turlari: geografik, siyosiy, tematik,
tarixiy-madaniy yodgorliklar xaritalari. Geografik axborot tizimilari. Kompyuterda
xaritalar yaratishning asosiy bosqichlari. Tarixiy tadqiqotlarda kompyuter
kartografiyasi.
GPS tushunchasi. GPS turlari. GPS dan tarixiy-arxeologik tadqiqotlarda
foydalanish usullari. Google Earth dasturi haqida umumiy ma’lumot. Google Earth
dasturidan
foydalanish
va
tarixiy-madaniy
yodgorliklarining
aerokosmofotosuratlarni tushirish.
Xarita – bu tarixiy hujjat bo‘lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi,
sodir bo‘lgan voqealar, vayron bo‘lgan va yana tiklangan shaharlar, daryo
o‘zanlarining o‘zgarishi, unutilgan qadimgi sug‘orish inshootlari, xalqlar tarixini
hududlar bilan bog‘lab o‘rganadi.
Antik davrda kartalar uchun maxsus atama bo‘lmagan. Rim imperiyasida
kartografik tasvirlarni tabula (doska) deb atashgan. Keyinroq ilk o‘rta asrlarda karta
lotincha “mappa” (dastlab polotno qismi yoki dastro‘mol ma’nosini anglatgan),
”mappa mundi” shaklida esa (dunyo kartasi) o‘sha davrda Yerning barcha
kartalariga nisbatan qo‘llanilgan. Kartografik tasvirlarga nisbatan “karta” so‘zining
qo‘llanilishi Uyg‘onish davrida lotinchadan “charta”(varaq, qog‘oz) so‘zidan, o‘z
navbatida u qadimgi yunon tilidagi “xartes” (papirusdan tayyorlangan qog‘oz)
so‘zidan olingan. Bu so‘z ilk bor Portugaliyadagi XIV asr kartalarida uchraydi.
Karta so‘zi aslida lotincha “chartes”-xartes so‘zidan olingan bo‘lib, yozuv uchun
mo‘ljallangan papirus varag‘i degan ma’noni bildiradi.
Qadimgi karta-tasvirlar loy taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan
bo‘lib, bizgacha boy tarixiy ma’lumotlarni olib kelgan. Miloddan avvalgi 2300
yillarda qadimgi bobilliklar ilk ibtidoiy kartalarni chizganlar. Unda yerning ba’zi
qismlari o‘z aksini topgan edi. Shuningdek, kartalar yaratish boy madaniyatli
qadimgi xalqlar - ossuriyaliklar, misrliklar va finikiyaliklarda eramizdan bir necha
ming yil avval shakllangan.
Antik manbalarda qadimgi yunon kartalari haqida bir qator ma’lumotlar
uchraydi. Gerodotning yozishicha, Milet hukmdori Aristogorning Sparta podshosi
Kleomon bilan muloqoti chog‘ida uning qo‘lida mis doskali karta bo‘lib, unda butun
yer kurrasi, ”hamma dengiz va daryolar” aks etgan.
Shuni unutmaslik kerakki, antik davrning yirik tarixchilarining ko‘pchiligi
geograf, shuning bilan birga kartograf bo‘lishgan. Ular orasida Evdoks, Dikearx,
Efor, Eratosfen, Pompeniy Mel, Ptolemeylar alohida o‘rin egallaydi.
Uyg‘onish davrida kartografik tasvirlarga nisbatan karta terminining
qo‘llanilishi lotincha “charta”-“varaq, qog‘oz” so‘zlaridan kelib chiqqan. Rossiyada
Pyotr I humkronligi davriga qadar karta atamasi o‘rniga “chizma yoki chizmachilik”
atamasi qo‘llanilgan. Bu atama asosida hududni chizmalar vositasida tasvirlash
tushunilgan. Pyotr I davriga kelib esa “landkarta”, keyinchalik esa “karta” atamasi
qo‘llanila boshlandi. V. Dalning 1881 yilda nashr etilgan izohli lug‘atida karta
atamasiga “qattiq jism, dengiz, okean va yer sharining hohlagan qismi chizmasi”
ta’rifi berilgan. Hozirgi kunda karta atamasi turli tillarda qo‘llaniladi. Masalan:
fransuz tilida “carte”, nemis tilida “karte”, italyan va portugal tillarida “carta”, turk
tilida “harita” va hokazo.
Tarixiy kartalar, asosan, o‘tmishdagi voqea va hodisalarni tasvirlab, jamiyat
tarixidagi muhim voqealarning geografiya bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi.
Tarixiy kartalar qadimgi madaniyat o‘choqlari, davlatlar, ijtimoiy harakatlar,
savdo yo‘llari va hokazolarni ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Tarixiy kartalar arxeologik, etnografik, tarixiy-iqtisodiy, siyosiy-tarixiy,
harbiy-tarixiy va tarixiy-madaniy kartalarga bo‘linadi. Bu tarmoqlar orasida tarixiy
kartalar umumiy bo‘lib, tarixiy jarayonlarni bir butunlikda tasvirlaydi. Alohida
hollarda esa voqea va hodisalar yoki fakt (dalil) larning alohida tomonlarini
ko‘rsatadi. Ular mustaqil (ma’lumot beruvchi va o‘quv kartalari hamda atlaslar) yoki
bezakli ahamiyatga ega bo‘lgan kartalarga bo‘linishi mumkin.
Zamonaviy xaritalar o‘z mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Umumgeografik xaritalar
Mavzuli xaritalar
Maxsus xaritalar
Mavzuli kartalarni quyidagi bloklarga ajratish mumkin:
Geologik kartalar.
Geofizik xaritalar.
Yer yuzasi relyefi va okean tubi xaritalari.
Botanik xaritalar.
Gidrologik xaritalar.
Zoogeografik xaritalar.
Aholi xaritalari.
Qishloq xo‘jaligi xaritalari.
Fan va madaniyat xaritalari.
Maishiy xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqash xaritalari.
Siyosiy va ma’muriy birliklar xaritalari.
Geoekologik xaritalar.
Turistik xaritalar va hokazo.
Tarix va arxeologiya sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining qator
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Kvadrakopter (multekopter, dronlar)dan foydalanish. Ma’lumki, tarixiy
madaniy meros yodgorliklarini aniqlashda va ularni tadqiq etishda bugungi kunda
jahon tajribasida Kvadrakopter (multekopter, dronlar)dan keng foydalaniladi.
Shuni ham qayd etish joizki, hozirgi paytda yodgorliklarni dronlardan turib
qidirishda asosan 2 ta vazifani bajarish ko‘zda tutiladi.
1. Yodgorliklarni samodan turib (aerovizual) kuzatish. Bu usuldan maqsad
yodgorliklarning joylashish tartibini, ularning bir-biriga va landshaft bilan bog‘liqlik
holatini aniqlashdan, hamda hali o‘rganilmagan yodgorliklarni topish va ularni
xaritaga tushirishdan iborat. Bu ma’lumotlar yodgorliklarni o‘rganish uchun
arxeologik ekspeditsiyalarni to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradi.
2. Yodgorliklarni samodan turib rasm (aerofotosyomka) va videoga
tushirishda keng imkoniyatlar taqdim etadi. Bunda yodgorliklarning umumiy
tuzilishi aniqlashtiriladi. Rasmlar odatda yirik va o‘rta masshtabda olinadi.
GPS, GIS (GAT). “GPS” – bu ingilizcha “Global Positioning System”
so‘zlarining birinchi harflaridan olingan bo‘lib, joylashuvning aniqlash global
tizimidir. GPS 24 ta navigatsion yo‘ldoshlar tizimidan iborat bo‘lib, ular yer atrofida
orbita bo‘ylab aylanishadi. Yo‘ldoshlar aniq vaqt va o‘zlarining joylashgan o‘rni
xaqida muntazam ravishda malumotlar berishadi. GPSdan foydalanish zamonaviy
informatsion texnologiyalarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lib, asosan kompyuter
ma’lumotlar ombori va geografik axborat tizimi (Geographic information system)
ga asoslanadi. GIS (yoki GAT – ya’ni geografik axborot tizimlari) bu – tabiat va
jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va
boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash,
yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan
apparat-dasturli kompleks.
Professional GPS qurilmalarni arxeologiyada qo‘llanilishi arxeologik
qidiruvning maxsus masofaviy uslubi hisoblanadi. Masofaviy uslub deb arxeologik
obektning alohida belgilarini ma’lum bir masofada aniqlashga aytiladi. Hozirda
arxeologiyada eng sermahsul, ixcham va nisbatan kam chiqim usuli bu albatta, GPS
texnologiyalaridir. GPSning asosiy vazifalari ma’lumotni yig‘ish, uni tekshirish, uni
tahlil qilishdan iborat. O‘z hususiyatlariga ko‘ra GPS 2 turga bo‘linadi: 1)
navigatsion pryomnik, 2) geodeziya aniqlik tizimi. Birinchisi, malum bir obyektni
hozirdagi barqaror koordinatalarini aniqlashni taminlaydi ya’ni siz yer yuzidagi o‘z
joylashuvingizni 15 metrgacha bo‘lgan aniqlikda aniqlashingiz mumkin. Bu turdagi
uskunalar ishlatishda qulay, ixcham va koordinatalarni qabul qilib olish uchun
ketgan vaqt bir necha soniya yoki daqiqalarni tashkil qilish mumkin. Geodeziya GPS
tizimi nisbatan murakkab qurilma hisoblansada, ammo u obyektni joylashishi
nuqtasini bir necha santimetrdagi xatolikda aniqlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston
xududida O‘zbekiston-Yaponiya (K. Kyudzo, B.A. Turg‘unov, Sh.Pidayev),
O‘zbekiston-Germaniya (SH.B. Shaydullayev, D. Xuff, K. Kaniut), O‘zbekiston-
Fransiya (P.Lerish, Sh.Raxmonov, T.Annayev, Sh. Pidayev), O‘zbekiston-Rossiya
(E.V.Rtveladze, Dj.Ilyasov, T.Mkrtichev, S. Bolelov, N.Dvurechenskaya),
O‘zbekiston-Chexiya (K.Abdullayev, A. Shaydullayev, L.Stancho), O‘zbekiston-
Xitoy (Vu Sin (Wu Xin), V. Sverchkov, N. Boroffka) va boshqa shu kabi xalqaro
ekspeditsiyalarda ham mahalliy va xorijlik arxeologlar tomonidan GPS va GIS
texnologiyasidan
keng
foydalanilmoqda
(SHerobod
tumanida
joylashgan
yodgorliklar sonining 200 dan oshganligini eslatib o‘tish kifoya).
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar
ishlatilib, ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan ularga GeoDraw
GeoGraph, (Rossiya), AtlasGis va WinGis (AQSH), ArcInfo, MapInfo (AQSH) va
boshqa dasturlarni keltirish mumkin.
GAT nimani kasb etishini tushunish uchun uning qanday qismlardan tashkil
topganligini va axborot texnologiyalardagi o‘rnini anglab yetishimiz kerak bo‘ladi.
Albatta, GAT bilan tanish bo‘lmagan inson “menga bu soha nima uchun kerak”
degan savolni berishi tabiiy xoldir. GAT bu kompyuterda tasvirlangan xaritadan
ham kattaroq tushunchadir. Birinchidan, bu texnologiya universal, ikkinchidan esa
inson hayoti va faoliyatini qamrab olgan hamda tez sur’atlar bilan rivojlanib
borayotgan sohadir. GAT xaritalarni tayyorlash va chop etishdan tashqari aero va
kosmik suratlarni ham qayta ishlash imkoniyatini beradi.
GAT ya’ni geografik axborotlar tizimi XX asrning 50-60 yillarida yer yuzida
joylashgan obyektlarni kompyuter xotirasida saqlash va tasvirlash vositasi sifatida
yaratiladi. Geografik axborotlar tizimini yaratishda AQSH, Kanada va Yevropaning
bir nechta davlatlari faoliyat olib borishgan. Ushbu davlatlar tomonidangeografik
axborotlar tizimi sohasida ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilgan. GAT texnologiyasi
xozirgi kunda deyarli barcha sohalarda keng qo‘llanilayotgan axborot
texnologiyalaridan biri. Uni universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘rganishadi.
GAT yoki GIS texnologiya inson hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan
butun bir industriya hisoblanadi. Biroq shu bilan birga texnologiyaning bu turiga
aniq bir ta’rif berish mushkul. Bu oddiygina tizimli bilimlar to‘plami emas, balki
bizni o‘rab turgan dunyoga o‘ziga xos qarash hisoblanadi.
GAT-bizni o‘rab turgan olamdagi obyektlarni xaritalash, so‘ngra unga tegishli
bo‘lgan ko‘plab parametrlar asosida ushbu obyektlarni taxlil etish, ularni namoyish
etish vazifasini bajaradi. Biz GAT yordamida ko‘plab shaxsiy va global
muammolarni yechish imkoniga ham ega bo‘lamiz.
Ma’lumotlar tizimi nima?. Ma’lumotlar tizimi raqamli formatga aylantirilgan
ma’lumotlar bazasidir. Ular ma’lum bir koordinatalar tizimiga bog‘langan va
geografik belgilariga ko‘ra birlashtirilgan ma’lum bir qatlamlar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Biz bunday ma’lumotlar asosida sodir bo‘layotgan voqea-
xodisalarni nazorat qilishimiz, yer sharining xoxlagan bir nuqtasini izlab topishimiz
yoki xoxlagan bir obyekt xarakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. GAT
texnologiya xozirgi kunda barcha soxalarda keng qo‘llanilayotgan va ko‘plab
muammolarni yechish imkonini berayotgan texnologiya hisoblanadi.
GATning asosiy funksiyalari:
Maxsus va umumgeografik ma’lumotlarni taxlil etish;
Geohududiy modellashtirish;
Geoma’lumotlarni to‘plash va modellashtirish uchun tayyorlash;