TARIXIY XOTIRANI SHAKLLANTIRISHDA MA’NAVIY
OMILLARNING O‘RNI
Mundarija
Kirish……………………………………………………………….……….3
I BOB. Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari
1.1. Milliy ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari………………….
…….5
1.2. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar……………………….8
II.Bob. Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni.
2.1. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini
shakllantiradigan asosiy omil sifatida………………………………………..……15
2.2. Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va muammolari……..…20
Xulosa…………………………………………………………..………….27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………
29
1
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va
an'analarimiz qayta tiklanib, yanada rivojlangandagina jamiyatimizda
o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy
barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega
insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi. Shunday ekan,
xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va
atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga
singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma'naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi kunda
eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Mavzuning ahamiyati. Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va
tashqi dunyosida namoyon bo‘ladi. Bu ruh va aql bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon
falsafasining tarkibiy qismi bo‘lgan Sharq falsafasida inson vujudida ikki qarama-
qarshi asos – modda va ruh dialektik bog‘liqlikda ekanligi va u inson mohiyatini
belgilashda bosh ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanadi. Inson o‘z aql-zakovati
bilan bu ikki asosni boshqarib hamda nazorat qilib turadi.
Kurs ishining obyekti: Milliy ruxiyat- millatning ichki xolati, kechinmalari,
xis-tuyg’ulari, ma’naviy dunyosi, uy-fikrlari, maqsad va maslaklari hamda
kayfiyatlari bilan bog’liq mulohazalari majmuidir.
Kurs ishining predmeti: Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari,
Milliy ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari, Ma’naviyatni shakllantiradigan
asosiy mezonlar, Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni,
Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini shakllantiradigan
asosiy omil sifatida hamda Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va
muammolaridan iborat.
2
Kurs ishining maqsadi:
Kurs ishining asosiy
tarixiy xotirani
shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni va o’ranilish yo’llariga yechim
topishdir.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, har biri ikki paragrafdan iborat
ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
3
I.Bob.Ma’naviyatning shakllanish tarixi va bosqichlari.
I.1.Milliy ma’naviyatning rivojlanish qonuniyatlari.
Milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomil jarayoni o’ta murakkab hodisa
bo’lib, uni chuqur va hartaraflama tadqiq etish uchun birnecha avlod jiddiy
terto’kishi kerak bo’ladi. Bizning ushbu qisqa kursdan maqsadimiz esa hadd-
ulimkon bu yo’ldagi dastlabki urinish bo’lib, faqat milliy
ma’naviyatimizningtarixiy takomil jarayoniga engil bir nazar tashlab o’tish
harakati sifatida baholashmumkin. Albatta, barcha asosiy jihatlarni qamrab olish
qiyin. Masalan, xalqog’zaki ijodi deb ataluvchi behudud ma’naviyat ummoni
haqida, ko’chmanchilikmadaniyatida aks etgan ma’naviyat unsurlari haqida
maxsus to’xtalish imkoninitopmadik. Urf-odatlarimiz, marosimlarimiz
ma’naviyatining tarixiy takomilihaqida ham maxsus tadqiqotlar lozim. Biz asosan
yozma merosga tayandik, ammoshu ham to’liq qamrovda emas. Albatta,
qo’limizdan kelganicha, aqlimiz etganichaharakat qildik.
Insoniyat tarixiy takomili hozirgi Evropa ilmida 4 asosiy davrga ajratiladi:
1. Ibtidoiy jamoa. 2. Qadimgi dunyo. 3. O’rta asrlar. 4. Yangi davr.
Ammo qadimshunoslar (arxeolog va paleontologlar) masalaga
birozo’zgacha qaraydilar. Ular 1) tosh asri, 2) bronza asri, 3) temir asri, deb
ibtidoiyjamoa va qadimgi dunyoni uch bosqichga bo’lib o’rganadilar.1
Yuqorida ham aytib o’tilganidek, har bir xalq ma’naviyatining
rivojlanishtarixi turli sabablarga ko’ra o’ziga xos qonuniyatlarga ega bo’ladi.
Bundan tashqarima’naviyatimizning tarixiy takomil jarayoni siyosiy tarixdan ham,
iqtisodiymunosabatlarning rivojlanish bosqichlaridan ham, madaniyat tarixidan
hammuayyan darajada farq qiladi. Bugungi kun jahon ilmining tajribasi
ko’rsatibturibdiki, avvalo, yaxlit tarixiy-ma’naviy jarayonning har qanday tasnifi
1 J.Rahimov J.«Ma’naviyat asoslari». O‘quv qo‘llanma, Т.: TDYU, 2009.
4
shartli va noto’liq bo’lishi o’z-o’zidan ma’lum. Ammo, baribir, bu borada
qandaydir o’zaktomirlar, asosiy bo’g’inlar ajratib olinmasa, umuman ilmiy
mulohaza yuritibbo’lmaydi.
Milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomili o’lkamiz xalqlari
madaniytaraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog’liq va ushbu sahnda yuz beruvchi
hodisadir. Faqat madaniy taraqqiyot o’ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini
tashkil etsa, millatning ma’naviy kamoloti bugungi kungacha o’z dolzarbligini
saqlabkelayotgan asosiy o’zak unsurlarga tayangan holda belgilanadi. Shu sababli
milliyma’naviyatimizning necha ming yillik takomilini birqator mavjud
alomatlargako’ra dastlabki tarzda uch asosiy davrga ajratib ko’zdan kechirishni
maqbul bildik:
1. Islomgacha milliy ma’naviyatimizning shakllanishi.
2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimiz takomili.
3. Yangi davrda jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz nisbati.
Bu davrlar o’z ichiga olgan muddatlariga ko’ra o’zaro aslo teng emas.
Birinchi davr necha ming yilni qamrasa, ikkinchi davr 8-9 asrni o’z ichiga oladi,
uchinchi davr esa bizning o’lkamiz - Turkiston uchun 5 asr chamasi davom etib,
oxirgi 200 yili ko’proq fojialarga to’liq bo’ldi.2
Ushbu davrlashtirishning asosida ko’proq tashqi belgilar yotadi.
Ularningeng muhimi manbalar ahvoli bilan bog’liq. Islomgacha ma’naviyatimiz
takomilihaqidagi eng muhim manbalar o’lkamizning bugungi milliy
hududlaridantashqarida topilgan bo’lib, asl matnlarning yaxlit va nisbatan
mukammallari«Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklardir. Ikkinchi qismi bilvosita
ma’lumotlarbo’lib, qadim Shumer, Bobil va Ashshur, qadimgi Misr va Yunon,
2 Xo‘jamurodov N. Ma’naviy qadryatlar va milliy o‘zlikni anglash, Т.: «Fan», 1991
5
Hind va Xitoymanbalarida, Eron shohanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks
etgandir. Uchinchiguruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita
yurtimiz hududidanyoki atrof-mintaqadan topilgan moddiy ashyolar va inshootlar
bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’nggi davrlargacha og’zaki an’ana
holida etib kelganxalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar,
xurofiy irim-sirimlarbo’lib, ular yuzasidan uzil-kesil xulosalar chiqarish, ayniqsa,
murakkabdir.
Umuman, bunday turli guruh manbalar o’zaro jiddiy qiyosiy tahlilni
talabqiladi va oxir-natijada ham ko’pincha muayyan darajada taxminiy
xulosalarchiqariladi. Islomgacha ma’naviyat haqidagi tasavvurlarimiz, shu
sabablarga ko’ra, baribir uzil-kesil bo’lishi qiyin va qancha qadim zamonlarga
kirib borsak, shuqadar tarixiy haqiqat va afsonalar qorishib, chatishib ketadi.
Islom davri manbalari qadim davrga nisbatan beqiyos darajada boy
vaishonchliroqdir. Islom davridan boshlab, aytish mumkinki, masalaga
ilmiyyondoshuv imkoni jiddiy tarzda oshadi va millatning ma’naviy
kamolotbosqichlari mintaqa madaniyati doirasida aniq tarixiylik kasb etadi.3
Uchinchi davr bizga eng yaqin bo’lgani sababli uni o’rganish masalalari
tadqiqotchilarning ancha keng doirasini qamrab olgan, chunki manbalar asosan
o’zbek, rus va qisman boshqa qardosh xalqlar tillarida saqlanganligidan bu sohada
imkoniyatlar etarli. Mustaqillikkacha ba’zi arxivlar davlat siri hisoblanib,
tadqiqotchilar nazaridan pinhon tutilgan bo’lsa, bugun ularning eshiklari ochildi va
tabiiyki, matbuotimizdagi eng ko’p nashrlar ushbu Yangi davr ma’naviyati
muammolariga aloqador bo’lmoqda.
1.2.Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
3 J.Rahimov J.«Ma’naviyat asoslari». O‘quv qo‘llanma, Т.: TDYU, 2009.
6
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar inson ongiga ta’sir
ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga
soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat hamda millatga xos ma’naviy, madaniy va
moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va
qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha.4
Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati Prezidentimiz Islom Karimovning
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida chuqur va har tomonlama asoslab
berilgan.Mazkur asarga tayangan holda ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlarni
shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga millat, xalq,
davlatchilik, madaniyat, me’moriy yodgorliklar, qishloq va suv xo‘jaligi bilan
bog'liq agrar madaniy an’analar, geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy
munosabatni ifodalovchi moddiy meros kiradi; ikkinchi guruhga xalqimizga xos
bir necha ming yillik diniy e’tiqod, ta’lim-tarbiya, shuningdek, barcha ilm-fan
sohalari va ular rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar va ularning asarlari,
xalq ijodini qamrab oluvchi madaniy meros; uchinchi guruhga xalqimizga xos
an’analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa
madaniy omillar; to‘rtinchi guruhga xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, mafkurasi,
xalqqa xos ma’naviy xususiyatlar, g‘oyalar, ruhiyat va o‘zaro ijtimoiy
munosabatlar; beshinchi guruhga hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy faoliyat
yuritayotgan, inson tarbiyasida katta ta’sirga ega umuman, ma’naviy dunyoqarash
shakllanishida bosh rol o‘ynaydigan ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot
vositalari, kutubxona, teatr, san’at saroylari va shu kabi boshqa ma’naviy ta’lim
vositalarini kiritish mumkin.Ma’naviyatni yuksaltirish masalasi har bir davr va
jamiyatga xos bo‘lib, bunda davlat va jamiyat oldida ma’naviyatni
4 Xo‘jamurodov N. Ma’naviy qadryatlar va milliy o‘zlikni anglash, Т.: «Fan», 1991
7
shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur
tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadi
ham yotadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Har qaysi xalq yoki millatningma’naviyatini
uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari,hayotiy qadriyatlaridan ayri holda
tasawur etib bo‘lmaydi. Buborada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar,
ko‘hnatarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat
qiladi»5.Masalan, shu zamindan yetishib chiqqan buyuk zotlar, olimu ulamolar,
siyosatchi va sarkardalar, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy
qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan
bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida xizmatlari katta.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshooatlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan
osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik
madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan
dalolat beradi va mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan dunyo me’morchilik
muzeyiga aylangan Samarqand, Xiva, Buxoro shaharlari va to‘rt mingdan ziyod
moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida
YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikmi tasdiqlaydi.
Bunday o‘lmas osori-atiqalar bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan
buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi va tabiiyki, insonning
ma’naviy dunyosini shakllantirishda qanday kuchli ta’sirga ega bo'lganini bildiradi.
Milliy ma’naviyatimizda xalq og‘zaki ijodi ham muhim o‘rin tutib, u
millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, uni avlodlardan avlodlarga o‘tkazib,
5 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.:”Ma’naviyat” 2008.29-30-betlar.
8
tarix sinovlaridan eson-omon chiqarib, o‘zligini saqlab kelayotgan el-yurtimizni
chuqur anglash, insonga xos ezgu fazilatlarini o‘zida ifoda etadi.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan biri bo‘lgan din azaldan inson
ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va
haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzularini o‘zida mujassam etgan, ularni
barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g'oya va qarashlaming yaxlit
bir tizimidir. Har bir ilmiy y a n g ilik , yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va
dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyat mezonlari shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir
o‘tkazadi.Prezidentimiz Islom Karimov «Har qaysi millatning o‘ziga xos
ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning оʼrni va
ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy
tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida sh akllanad i. Bolaning
xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar -
yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi
muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir».6Oila
muhitida paydo boiadigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi u m rbod qarzdorlik
burchi kabi odamiylik faziiatlari va oilaviy m u n osab atlarn in g negizi, oilaning
ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar haqida
so‘z ketganda, mahallaning o‘mi va ta’siri xususida to‘xtalish zarur. Ma’lumki,
o‘zbek mahallalari azaldan chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi.
O'zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar
holidan xabar olish, to‘y hashar va ma’rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat
o'tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos
urf-odat va an’analar, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
6 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.:”Ma’naviyat” 2008.52-bet.
9
Bu borada barchamiz uchun Prezidentimizning quyidagi fikrlari qadrli
«Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli q ad im -q ad im
d an odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani
bejiz emas. «Mahalla - ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy
haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz. Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi
ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo'lsak, kishi, bu boradagi haqiqiy
manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol
ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz».
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan yana biri ilmu ma’rifat, ta’lim-
tarbiya bo‘lib, ularga inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va
garovi sifatida qaralgan. Kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqning
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarning bugun qanday ta’Iim va tarbiya
olishiga bogʼliq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola
timsolida, awalo, shaxsni ko‘rishi zarur.
Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish ishi ta lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib qoladi.
Bu esa ta’Iim va tarbiya ishini uzluksiz va uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’Iim va tarbiya, ilm-fan, kasb-
hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida
maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlashga e’tibomi kuchaytirish muhim va jiddiy masalaga aylangan.
Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va tashqi dunyosida namoyon
bo‘ladi. Bu ruh va aql bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon falsafasining tarkibiy qismi
10
bo‘lgan Sharq falsafasida inson vujudida ikki qarama-qarshi asos – modda va ruh
dialektik bog‘liqlikda ekanligi va u inson mohiyatini belgilashda bosh ahamiyat
kasb etishi alohida ta’kidlanadi. Inson o‘z aql-zakovati bilan bu ikki asosni
boshqarib hamda nazorat qilib turadi. Birinchi asos – inson tanasi, jismining
ehtiyojidir. Tana moddiy bo‘lganligi tufayli uning ehtiyojlari ham moddiydir.
Inson moddiy dunyoda yashar ekan, tabiatning boshqa jonli mavjudotlaridan farqi
mehnat qilish jarayonida u o‘z aqlidrokini maqsadini amalga oshirish uchun
harakat qiladi. Yaqin yillargacha moddiylik falsafasi aql-zakovatimizni, iste’dodu
salohiyatimizni tanamiz ehtiyojlari, nafsimiz yo‘liga xizmat qildirdi. Inson
vujudidagi ikkinchi asos – ruh ham o‘z ehtiyojiga egadir. Bu insonning o‘z
mohiyatini anglash ehtiyojidir. Sharq falsafasida bu ma’naviy ehtiyoj yoki imon
deb ataladi. Imon (ma’naviy ehtiyoj) – insonni inson qiladigan, uning hayotini
go‘zallashtiradigan fazilatdir. Bu ehtiyojni qondirish uchun ham inson mehnat
qiladi, izlanadi va o‘z ma’naviy qiyofasini yaratadi. Insonning shu bugunga qadar
yaratgan jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarining negizi aynan shu ikki asosga:
modda va ruhga tayangan ehtiyojlardir. Inson vujudidagi bu ikki asos tarbiyaga va
parvarishga muhtoj. Tarbiya va parvarish orqali bu ikki asosning inson vujudida
muvozanati saqlanadi, mutanosibligi ta’minlanadi. Imonning yetilishi insonning
ma’naviy-ruhiy jihatdan yuksalishi, o‘z-o‘zini anglab yetishi, komil shaxs
darajasiga ko‘tarilishidir. Mustaqilligimiz tufayli erishgan eng katta va eng muhim
imkoniyatlardan yana biri fan bilan dinni, ilmiy dunyoqarash bilan bir-biriga
dushman deb qaraydigan tushunchalardan xalos bo‘lganimizdir. Umumjahon,
jumladan, Sharq falsafasining tub mohiyati ilm-fan erishgan yutuqlar bilan diniy
tushunchalarni uyg‘unlashtirish, ularning bog‘liqligini ochib berishdir. Islom
falsafasi insonni jismoniy va ruhiy borliq deb qarab, uning o‘tkinchi va mangu
hayoti mavjud ekanligini uqtiradi. Insonni inson etgan uning tanasi emas, balki
11
ruhidir. O‘lim tanani yashashdan to‘xtatadi, uni jasadga aylantiradi, shaxsiyatidan
ajratadi. Inson tanasi foniy, o‘tkinchi, o‘zgaruvchi, mavh bo‘luvchi shaklda
yaratilgan. Islom falsafasida ruh boqiydir, o‘lmasdir, buni tushunmagan va inkor
etganlar bilimsizdir, deb ta’kidlanadi. Ma’naviyati qashshoq yoki ma’naviyatdan
mahrum bo‘lgan odamdan biror narsa kutish aslo mumkin emas. Chunki u
yaxshilik va ezgulik haqida umuman o‘ylamaydi. Atrofiga va hatto ota-onasi,
qarindosh-urug‘lari taqdiriga ham befarq, loqayd holda shunchaki yashaydi.
Yuksak ma’naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi,
qayg‘uradi. Zotan mustaqil yosh mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati
yuksak barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz
“Yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori” degan hikmatli shiorni yanada
balandroq ko‘tardiki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni mustahkamlash,
rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zurur tamoyillardan biridir.
Ruhning poklanishi qurilayotgan huquqiy demokratik davlatimizning ajralmas
ma’naviy-axloqiy tamoyili hisoblanadi. huddi shu g‘oya islom dini va tasavvuf
ilmida ilgari surilgan. Ma’naviyat milliy xususiyatga ega ekanini hech qachon
unutmaslik kerak. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob
aqidalari, qadriyatlari, din, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-didaktik, falsafiy-
pedagogik qarashlar, ruhiy-psixologik jarayonlar va shu kabilar majmuasidir.
Mustaqillik yillarida bu borada olib borilgan tadqiqotlar natijasi o‘laroq,
ma’naviyatning quyidagi tarkibiy qismlari aniqlandi: madaniy-ma’rifiy
yuksaklik; ijtimoiy-didaktik taraqqiyot; falsafiy-pedagogik o‘sish; imon-
e’tiqodning butunligi; milliy axloq-odob me’yorlariga to‘la rioya qilish; ilm-
ma’rifatli bo‘lish; insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik;
milliy qadriyatlarga muhabbat; fidoyilik, mardlik, jasurlik, tashabbuskorlik;
poklanish; islom diniga e’tiqod; Vatan va xalq mustaqilligini doimiy himoya
12
qilish va unga xizmat qilish; ajdodlar va ularning merosiga chuqur hurmat va
shu kabilar.
13
II.Bob.Tarixiy xotirani shakllantirishda ma’naviy omillarning o’rni.
2.1.Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boyliklar millat ma’naviyatini
shakllantiradigan asosiy omil sifatida
Mustaqillik davrida O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning bevosita
tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida
vamaxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr
tayyorlashmasalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham
tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”,
“San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik
vama’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat
vamagistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki eng muhimi
“Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol
tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan
boshlash kerak bo’ladi.Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson
mohiyati moddiyat vama’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy
guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy
olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va
makonda o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin
ma’naviyathodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni
rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham
sezilmoqda. Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida“Ma’naviyat
asoslari” maxsus fan sifatida 1997-yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri
bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quvqo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va
nashr etildi. Ularning har biri fan rivojiga ozmi-ko’pmi muayyan
hissaqo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki, ma’naviyat
hodisasiningmohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har
14
jihatdanqoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli
sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha
millatma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq
belgilabolinmaganida edi. Ayni shu vazifa O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va
mukammalamalga oshirildi.
Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs
ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u
inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs
ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir
insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir
insonmuayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi,
muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-
ulg’ayar ekan, unga atrof muhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi.
Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridanbosh-lanadi. Har bir
shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga
mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi.
Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini
xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib
yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”7.Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati
voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqaridabo’lmaydi. Shunday ekan,
millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga egabo’lmay turib, alohida shaxs
ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari.Agarchi, tarixan va nazariy
jihatdan millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir
tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar
7 Islom Karimov.Asarlar.1-jild,s.81.
15
ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati
millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uningasosida kamol topadi.
Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra
qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida
tarbiyaolsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng
yomonholat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan
birhududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama
taziyqostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura
ruhidamajburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani
yo’q, ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona
vamakkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir
asoratlarqoldirdi. Eng achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga
mansub ziyolilarimiz bunday mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar.
Mustaqilliktufayli biz bugun endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf
qilishningqulay imkoniyatlarini qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan
unumlifoydalanish uchun ham inson o’z holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z
ustidajiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi.Hech bir xalq dunyoda
yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro
turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib,
o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon,
hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan
o’ziniboyita olgan emas.Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda
tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu insontabiatiga xos narsa. Ammo
bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalqma’naviy dunyosini qabul qilsa,
demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviyqiyofasini yo’qotgan millat
yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillikpoydevorini ma’naviy
16
muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatningtakomili esa o’sha
millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilanbevosita bog’liq va
ushbu zaminga tayanib yuksaladi.Milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun
qaysi manbalarga tayanish,uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident
asarlarida avvalboshidanoqaniq ko’rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu
manbalardan eng birinchiva asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk
ajdodlarimiz bizga qoldirganulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini
shakllantirish uchun butunkerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yipti, faqat uni
xolis nazar bilan astoydilqidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan
boshlab muntazam davometib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz,
dunyoga dong taratgan, jahonjamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan
olgan ma’naviy merossohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida
nishonlash haqidagifarmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy
ma’naviyatimizsarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod
e’tiborini jalbetish maqsadini ko’zda tutadi.Islom Karimov xalq ma’naviyatini
yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka
erishmasimizdan – 1990-yili O’zbekiston Prezidentisifatidagi birinchi nutqidayoq
ochiq-oydin bayon etgan bo’lib, ushbu ma’ruzadainson ruhiyatining nozik va
murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan,
umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik”yaqin o’tmishimizda
jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, busohada yangicha
vazifalar olg’a surilgan edi:
“Birinchi
navbatda
milliy
madaniyatimiz,
xalq
ma’naviy
boyliginingildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab
to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad
bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada
17
boyitish,so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining
erkinligini ta’minlashimiz kerak”.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o’zining ushbu
fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga
birinchidarajali ahamiyat ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g’urur va iftixor bilan
shunday debyozadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng
qadimgi toshyozuvva bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi
kundakutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar,
ulardamujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va
boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.
Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam
topiladi.”Prezidentning yangi asarida bu to’g’ridagi qarashlarini umumiy
ifodasibilan cheklanib qolmay, ushbu mavzuga alohida fasl bag’ishlab, unda milliy
ma’naviyatimizning shakllanishiga asos bo’lgan, bugungi kun yosh avlod
ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab
beradi. Biz bu o’rinda kitobning tegishli qismini to’liq takrorlashga harakat
qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o’tamiz.
18
2.2.Mustaqillik davrida ma’naviyatning takomili va muammolari.
XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish
ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllangan edi. Keyinchalik
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I.A.
Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini,
uningruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar
edi.”Ular yo’q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha
faoliyatinimarkaz izmiga bo’ysundirish asosan o’shalarga ishonib topshirilgan edi.
Allohga beadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu
makrdomiga to’liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg’a surgan marksistik
mafkurabizning necha ming yillik ma’naviy merosimiz, milliy an’analarimiz,
xalqimiz ruhiuchun mutlaqo begona bo’lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik
sharoitidachetdan zo’ravonlik yo’li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan
ongimizgasingdirishga urinilgan edi.
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz,- deb yozgan edi I.A.Karimov
mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo’l
emas,totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati
etkazganziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan
yo’lidir”.8
Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha,
mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish,
xalqma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir.
8 Islom Karimov.Asarlar.1-jild,s.359.
19
Mustaqillikmas’uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib
turipti.
“Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish,
iqtisodiyrivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy
yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz” 9. Chunki xalq
ma’naviyati o’nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy
sohada jiddiyyangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
I.A.Karimov
O’zbekiston
Prezidenti
lavozimiga
saylangan
dastlabkikunlardan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor
qaratibkelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi mavjud bo’lib, yurtimiz “sovet
sotsialistikrespublikasi” deb atalgan davrda - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash
sessiyasidaO’zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom
Abdug’anievichKarimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O’zbekiston
Prezidentining birinchinutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy
va ma’naviyyuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan
ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi10.
Ma’naviyat degan so’zni yuqori doiralardaishlatish mutlaqo urf bo’lmagan
o’sha zamonlardabu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari
uchun katta jasorat edi.Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident
“O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi.
Ushbukitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonnirivojlantirish-ning
ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini
rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.
9 Islom Karimov.Asarlar.3-jild,s.35.
10 I.Karimov.Istiqlol va ma’naviyat.T.-“O’zbekiston”-1994,s.65.
20