TARMOQNING DASTURIY TAMINOTI MAHALLIY KOMPYUTER TARMOQLARINI SOZLASH
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
930,0 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH»
KAFEDRASI
KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI fanidan
KURS ISHI
“TARMOQNING DASTURIY TAMINOTI MAHALLIY KOMPYUTER
TARMOQLARINI SOZLASH”
Toshkent 2021
1
MUNDARIJA
Kirish ........................................................................................
3
1
Asosiy qism …………………………………………………
4
1.1
Tarmoqning dasturiy taminoti?........................……………
4
1.2
Mahalliy kompyuter tarmoqlari ……………………….……
15
2 Loyihaning bajarilish tartibi…………………………………
20
2.1
Xisobot………………………………………………………
29
Xulosa………………………………………………………… 30
Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………...
30
2
KIRISH
Tarmoqlar yil sayin har bir firma, kompaniya, ishlab chiqarish korxonasi va
o‘quv muassasalari uchun zarur, sifatli ish dastgohi bo‘lib bormoqda. Apparat va
dasturiy vositalarni rivojlanishi, mukammaligi va shu bilan bir qatorda
ko‘rinishidangina soddaligi, ko‘pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o‘z kuchlari
bilan o‘rnata oladigan darajaga keltirilgan. Ayniqsa Windows operatsion
tizimining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi
maxsus tarmoq dasturlarini xarid qilishdan ozod qiladi.
Zamonaviy hayotda mamlakatlar iqtisodiyotiga va millionlab kishilarning
yashash sharoitlariga elektr aloqa vositalari va axborotlashtirishning rivojlanish
darajasi ta’siri kundan kunga oshib bormoqda. Bu ta’sirning ijobiyligini oshirish,
rivojlanishni tezlatish uchun mamlakatni ishonchli xalqaro, shaharlararo va
mahalliy aloqa kanallari bilan ta’minlash masalalari, birinchi darajali ahamiyatga
egaligi
shubhasizdir.
Zamonaviy
texnologiyalarning
yutuqlari
jamiyatni
kompyuterlashtirish hisobiga, hozirgi kunda hayotimizning barcha sohalarida
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab
birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan aloqa
sohasida ishlovchi barcha mutahasislarga ma’lumki oxirgi paytda axborotning
uzatish hajmining oshishi, mavjud bo’lgan imkoniyatli kanallarning o‘zatuvchanlik
qobiliyatining yetishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video,
vediokonferensiya electron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq. Korporativ tarmoqlarda bu muammolarni yuqori chastotali uzatish
kanallarini arendaga berish yo‘li bilan hal qilish mumkin, lekin xonadon sektorida
va kichik biznes sektorida bu muammolarni hal qilish qiyinlashadi. Bunday
muammolarni hal qilishda hozirgi paytda nafaqat global telekomunikatsiya
tarmoqlarida, balki abonent linyalarida ham yangi texnologiyalarni qo‘llash yo‘lga
qo‘yilmoqda.
3
Kompyuterlarning operatsion tizimlari kompyuterlarning apparat vositalarining
rivojlanishi bilan rivojlanadi va takomillashadi. Xotira hajmlarining, sо’z
uzunligining ortishi, arxitekturaning takomillashishi bilan birga kompyuterlarning
imkoniyatlari kengaydi, bu yangi, takomillashgan ishlov berish ish tartiblarining
paydo bо’lishiga, foydalanuvchi va kompyuter orasida interfeysning rivojlanishiga,
ma’lumotlarni ishlov berish samaradorligining oshishiga sabab bо’ldi. Operatsion
tizimlarning rivojlanishida muhim bosqich bо’lib Unix operatsion tizimini
yaratilishi bо’ldi. Uning uchun dasturiy kod yuqori darajadagi S tilda yoziladi. Bu
operatsion tizimni turli turdagi kompyuterlarga oson о’tkazish imkoniyatini berdi
va yaxshi funksional imkoniyatlariga ega bо’lgan ixcham tizim shakliga keldi.
Barcha keyingi Sun OS, HP-Ux, AIX, QNX va boshqa kо’plab operatsion tizimlar
uning versiyalari bо’ldi. Firma-ishlab chiqaruvchilar Unix xossalarini о’z
apparatlari uchun moslashtirdilar.Shaxsiy kompyuterlarning paydo bо’lishi va
mahalliy tarmoqlarning yaratilishi bilan operatsion tizim tomonidan tarmoq
vazifalarini qо’llab-quvvatlash zarurati tug’ildi. 80-yillarda ishlagan kо’plab
mashinalarda MS DOC operatsion tizimi faqat fayllarni boshqarish va navbatma-
navbat dasturlarni ishiga tushirishga qodir bо’lgan. Keyingi operatsion tizimlarda
foydalanuvchiga qulay bо’lgan grafik interfeys, ishlov berishning kо’p
foydalanuvchili ish tartibi, sichqoncha yordamida ishlov berishni boshqarish
imkoniyatlari paydo bо’ldi. Operatsion tizimlarning muhim natijasi shaxsiy
kompyuterlar asosida mahalliy tarmoqlarni qurish uchun yaxshi platforma bо’lgan
OS/2 ning paydo bо’lishi bо’ldi. Mahalliy tarmoqlarning paydo bо’lishi bilan
ajratiladigan resurslar tushunchasi paydo bо’ldi, operatsion tizim tashqi dasturlarni
-tarmoq qobiqlari bilan tо’ldirdi Agarda tarmoqda kompyuterlar soni juda
ko‘p bo‘lsa yoki serverlarni polga qo‘yiladigan variantidan foydalanilsa, u holda
tanlovni
polda
turuvchi
shkaf
variantida
to‘xtatilib,
o‘lchamlarini
esa
rejalashtirilgan qurilmalarni sig‘dira oladigan va u shkafni serverlar xonasiga yoki
alohida xonaga o‘rnatiladigan qilish hamda bemalol shkafga qurilmalarni
joylashtiriladigan holda o‘rnatish lozim.
4
Shaxsiy kompyuterlarning paydo bо’lishi va mahalliy tarmoqlarning yaratilishi
bilan operatsion tizim tomonidan tarmoq vazifalarini qо’llab-quvvatlash zarurati
tug’ildi. 80-yillarda ishlagan kо’plab mashinalarda MS DOC operatsion tizimi
faqat fayllarni boshqarish va navbatma-navbat dasturlarni ishiga tushirishga qodir
bо’lgan. Keyingi operatsion tizimlarda foydalanuvchiga qulay bо’lgan grafik
interfeys, ishlov berishning kо’p foydalanuvchili ish tartibi, sichqoncha yordamida
ishlov berishni boshqarish imkoniyatlari paydo bо’ldi. Operatsion tizimlarning
muhim natijasi shaxsiy kompyuterlar asosida mahalliy tarmoqlarni qurish uchun
yaxshi platforma bо’lgan OS/2 ning paydo bо’lishi bо’ldi. Mahalliy tarmoqlarning
paydo bо’lishi bilan ajratiladigan resurslar tushunchasi paydo bо’ldi, operatsion
tizim tashqi dasturlarni -tarmoq qobiqlari bilan tо’ldirdi
Operatsion tizimning muhim vazifalaridan biri axborot xavfsizligini ta’minlashdan
iborat. Ayniqsa, bu muammo о’z ma’lumotlar bazasiga ega quvvatli serverlar
asosidagi korporativ tizimlarning paydo bо’lishi bilan dolzarb bо’ldi. Axborot
resurslarni va sirli axborotlarni himoyalash zarurati operatsion tizimlarning
takomillashishi va rivojlashishiga yangi turtki berdi. Korporativ operatsion tizimlar
katta ishlab chiqarish va moliya tuzilmalarida ishlashi kerak bо’ldi. Korporativ
tizimlar uchun turli ishlab chiqaruvchilardan bir turda bо’lmagan dasturni
va apparat vositalarining mavjud bо’lishi muhimdir, shuning uchun korporativ
operatsion tizim har xil turlardagi operatsion tizimlar bilan о’zaro ishlash va turli
apparatli platformalarda ham ishlashi kerak. 90-yillarda Netware 4.x va 5.0
Microsoft Windows nT 4.0 operatsion tizimlari, shuningdek, Unix- tizimlar keng
qо’llanilgan. Bu davrda yirik serverlar uchun OS/390 operatsion tizim yaratilgan, u
TCP/IP protokollar asosida foydalanuvchilar bilan tarmoqda о’zaro ishlashning
qо’shimcha vositalariga ega bо’lgan.
Operatsion tizim kompyuterning apparat qurilmalari - printerlar, skanerlar, barcha
turdagi OXQ, DXQ XQ ichki xotiralari, kesh-xotira bilan ishlashni о’z
zimmasiga oladi. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, joylashtirish, saqlash
va о’z vaqtida ma’lumotlarni о’qish ham operatsion tizimning vazifasi
hisoblanadi. Zamonaviy kompyuterlarda operatsion tizim multidasturli ish tartib,
5
virtual xotira bilan ishlash, real vaqt tartibida ishlash, konveyrli va superskalyar
ishlov berish kabi murakkab ishlov berish amallarini bajaradi. Operatsion
tizimning boshqa muhim vazifalari kompyuter о’zining resurslarini boshqarishi
hisoblanadi. Bu resurslar xotira, tо’plagichlar, kiritish- chiqarish qurilmalari
ishlatilishi jarayonida hisoblash jarayonlari orasida taqsimlanishi kerak. Jarayon -
bu ma’lumotlarga ishlov berish dasturini ishga tushirish yordamida bajarilishidir.
Boshqacha aytganda, bu foydalanuvchi tomonidan yozilgan dasturni dinamik
ishlatish jarayonlari
Resurslarni boshqarish quyidagi umumiy masalalarni yechishni о’z ichiga oladi:
- kerakli vaqt momentida, kerakli hajmda, kerakli jarayonda yechiladiganresurslar
(jarayonlar) masalalari uchun ajratiladigan resurslarni rejalashtirish
sо’raladigan resurslarga sо’rovni qoniqtirish;
- ajratiladigan resursdan foydalanishni nazorat qilish: - resurslarni ishlatish
jarayonlar orasidagi vaziyatlarni hal etish
Yuqorida keltirilganidek, tarmoqning kompyuterli qisimi ishchi stansiyalar,
serverlar, shaxsiy kompyuterlarni о’z ichiga oladi. Tarmoqning kommunikatsion
qisimiga kompyuterlar orasida ma’lumotlarning uzatilishini ta’minlaydigan
kabellar, passiv va aktiv tarmoq qurilmalari kiradi. Dasturiy ta’minotning asosini
tarmoq operatsion tizimi tashkil etadi. U foydalanuvchiga о’z kompyuteri bilan
ham avtomat ish tartibida, ham tarmoqning boshqa kompyuterlari axborot va
apparat resurslariga ruxsat etilgan ish tartibida ishlash imkoniyatini beradi. Ham
avtomat ishlov berish ish tartibida, ham tarmoq orqali о’zaro ishlash ish tartibida
foydalanuvchi kompyuter tarmog’ining OSI modelining pastki pog’onalariga
ma’lumotlarni uzatish va о’zgartirishni ta’minlaydigan tizim apparat- dasturiy
usullarini bilmaydi. Bu ishni tarmoq operatsion tizimi о’z zimmasiga oladi.
U barcha protokollar xossalarini, tarmoq manzillar kodlarini, kompyuterlar orasida
tarmoq orqali almashish ish tartiblarini, drayverlar va portlarning shakllanish
tartiblarini bilish zaruriyatidan ozod qiladi. Tarmoq operatsion tizimlarining asosiy
vazifasi foydalanuvchiga tarmoq resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini,
о’z kompyuterida ishlash bilan bu umumiy resurslarga erkin murojaat qilishni
6
ta’minlash hisoblanadi. Foydalanuvchiga resurs ma’nbai, belgili manzilini bilish,
bu resursga sо’rovni shakllantira olish va amaliy ishlov berish bо’ladi. Bu holda,
foydalanuvchi uning masalasi (topshirig’i) tarmoqning qaysi kompyuterida
bajarilayotganligini bilmasligi ham mumkin. Kompyuter tarmog’i
kompyuterlarning har biriga о’rnatilgan tarmoq operatsion tizimlarini boshqar
holda ishlaydi.
Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi
Bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari
Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalarning qanday taqsimlanganligiga bog’liq
ravishda ular uchta turli xil vazifalarni bajarishi mumkin:
- faqat boshqa kompyuterlarning so’rovlariga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan kompyuter tarmog’ining ajratilgan serveri vazifasini o’taydi; -----
- boshqa mashinaning resurslariga so’rovlar bilan murojaat qiladigan kompyuter
mijozli bog’lama vazifasini bajaradi;
- mijoz va server vazifasini birgalikda bajaruvchi kompyuter bir rutbali bog’lama
hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, tarmoq faqat mijoz yoki server tugunlaridan iborat bo’la
olmaydi. Kompyuterlarning o’zaro ishlashini ta’minlaydigan tarmoq quyidagi
sxemalarning biri bo’yicha qurilishi mumkin: bir rutbali bog’lamalar asosidagi
tarmoq bir rutbali tarmoqdir; mijozlar va serverlar asosidagi tarmoq ajratilgan
serverli tarmoq bo’ladi; barcha turdagi bog’lamalarni ichiga oladigan tarmoq
aralash tarmoq hisoblanadi. Bu sxemalarning har biri qo’llanish sohasini
7
belgilaydigan o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
1-rasm. Bir rutbali kompyuter tarmog’i.
Bir rutbali tarmoqlarda (1-rasm) barcha kompyuterlar bir-birlarining resurslariga
ruxsat etish imkoniyati nuqtai nazaridan teng. Har bir foydalanuvchi o’z xohishi
bo’yicha o’z kompyuterining qandaydir resursini ajratilgan deb e’lon qilishi
mumkin, bundan keyin boshqa foydalanuvchilar bu resurslarga murojaat qilishlari
va ularni ishlatishlari mumkin. Bir rutbali tarmoqlarda barcha kompyuterlarga
tarmoqdagi barcha kompyuterdagi potensial teng imkniyatlar beradigan operatsion
tizim o’rnatilad
2-rasm. Ajratilgan serverli kompyuter tarmog’i.
8
Ajratilgan serverli tarmoqlarda (2-rasm) tarmoq operatsion tizimlarning maxsus
variantlari ishlatiladi. Ular server vazifasida ishlash uchun optimallashtirilgan va
server operatsion tizimlari deyiladi. Bu tarmoqlarda foydalanuchi kompyuterlari
mijozning operatsion tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydi. RJ – 45 rozetkasi
har qanday rozetka kabi axborot muhitini iste’molchinig kompyuteri yoki boshqa
tarmoq qurilmasi bilan bog‘lanish hosil qilishda foydalaniladi. Bu rozetka
«o‘ralgan juftlik» kabeli yordamida mahalliy tarmoq qurishda ishlatiladi
Ajratilgan serverli tarmoqlarda mijoz operatsion tizimlari odatda, server
vazifalaridan ozod qilinadi, bu ularning tuzilishini sezilarli soddalashtiradi. Mijoz
operatsion tizimlarini ishlab chiqaruvchilar asosiy eʻtiborni tarmoq xizmatlarining
foydalanuvchi interfeysi va mijoz qismlariga qaratadilar. Soddaroq mijoz
operatsion tizimlari faqat asosiy tarmoq xizmatlari bo’lgan, odatdagi faylli
xizmatni va chop etish xizmatini quvvatlaydi. Shu bilan bir vaqtda ularga deyarli
imkon beradigan mijoz qismlarining keng to’plamini quvvatlaydigan universal
mijozlar ham mavjud. Katta tarmoqlarda mijoz-server munosabatlari bilan bir
qatorda bir rutbali aloqalardan ham saqlanadi. Bu ayniqsa, ko’plab komponentlar
tuzilmasi o’zgartirilmasdan tarmoqning umumiy tarkibiga kiritiladigan korporativ
tizimlar uchun dolzarbdir.
Har qanday tizim tushunarli va ratsional tuzilmaga ega bo’lishi va aniq qo’yilgan
o’zaro ishlash qoidali tayinlangan funksional qo’llanishga ega bo’lgan modullarga
bo’linishi mumkin. Har bir alohida modulning vazifasini yaqqol tushunish, tizimni
rivojlantirishda ishni sezilarli soddalashtiradi. Operatsion tizimning funksional
murakkabligi uning arxitekturasining murakkablashishiga olib keladi. Arxitektura
- bu turli dasturiy modullar asosida operatsion tizimlarni tarkibiy tashkil
etishidir. Odatda, operatsion tizim tarkibiga standart o’lchamlarda bajariladigan va
obyekt modullar, har xil turdagi kutubxonalar, dasturlarning dastlabki matnli
modullari, maxsus o’lchamli dasturiy modullar (masalan, operatsion tizimni
xotiraga yuklovchi moduli, kiritish-chiqarish drayverlari), hujjatlashtirish fayllari,
ma’lumot tizimining modullari kiradi. Operatsion tizimning qandaydir yagona
9
arxitekturasi mavjud emas, lekin operatsion tizimni tashkillashtirishga universal
yondashuvlar mavjud.
3-rasm. OT yadrosi va yordamchi modullar
Yadro va yordamchi modullar. Operatsion tizim arxitekturasini o’rganishga
umumiy yondashuv uning barcha modullarini ikki guruhga: yadro (operatsion
tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan modullar) va yordamchi vazifalarni
bajaradigan modullar guruhiga bo’linadi (3-rasm).
Yadro modullari jarayonlarni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish
kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Yadro operatsion modul tizimning yuragini tashkil
etadi, usiz operatsion tizim ishlamaydi va o’zining vazifalaridan birortasini ham
bajara olmaydi. Yadro tarkibiga dasturlarni qayta ulash, sahifalarni
yuklash/yuksizlash, umumiy dasturning uzilishlariga ishlov berish kabi hisoblash
jarayonining tashkil eilishini ichki tizim masalalarini yechadigan vazifalar kiradi.
Bu vazifalar amaliy dasturlar (ilovalar) uchun ruxsat etilmaydi. Yadro
vazifalarining boshqa guruhi amaliy masalalarga amaliy dasturiy muhit yaratish
bilan ularni quvvatlashga xizmat qiladi. Ilovalar u yoki bu harakatlarni, faylni
10
ochish va o’qish, grafik axborotni displeyga chiqarish, tizim vaqtini olishning
bajarilishi uchun so’rovlar bilan (tizim chiqaruvlari bilan) yadroga murojaat
qilishi mumkin. Yadroning ilovalar orqali chaqirilishi mumkin bo’lgan
vazifalarini
amaliy
dasturlashtirish
interfeysi
tashkil
etadi.
4-rasm. Foydalanuvchi va yadro ish tartibi
5-rasm. Hisoblash tizimining uch qatlamli
Bir necha kompyuterlarni ulashdagi muammolar, paket va kanallarni
kommutatsiyalash. Tarmoq vositalari ikki pog’onaga: tarmoq xizmatlariga (mijoz
va server qismi) va operatsion tizimlarning transport vositalariga bo’lingan edi.
11
Tarmoq xizmatlari kompyuter foydalanuvchilariga fayllarga ruxsat etish, pochta
xabarlarini almashtirish, tarmoqning ajratilgan printerlariga ruxsat etish kabi
servislarni havola etadi. Tarmoq serverlari va mijozlar o’zaro ishlay olishi uchun
tarmoq transport vositalari bo’lishi zarur. Operatsion tizimlarning tarmoq transport
vositalari tarmoq orqali kompyuterlar o’rtasida xabarlarni uzatadi. Rivojlangan
zamonaviy tarmoqlar, qoidaga ko’ra, kichik tarmoqlardan tashkil topadi. Ulardan
har biri har xil turdagi qurilmalardan tashkil topgan, turli tarmoq texnologiyalarini
ishlatadi va turli topologiyalarga ega bo’ladi.
Tarmoqning ikki kompyuterlari o’zaro ishlashgandagi holati uchun tarmoq
operatsion tizimining vazifasini ko’rib chiqamiz. Har bir kompyuter mijoz va
server qismlaridan iborat bo’lgan o’z operatsion tizimiga ega. Mos dasturlar-
redirektorlarga so’rovi kelganda: kompyuterning o’z lokal resurslariga yoki boshqa
kompyuterlarning tarmoq resurslariga yuborish zarurligini aniqlaydi. Interfeys bu
mustaqil obyektlar orasida mantiqiy va fizik o’zaro ishlashining o’rnatilgan
chegarasidir. Interfeys - obyektlarning o’zaro aloqa bog’lash parametrlarini,
amallarini va ko’rsatgichlarini ta’minlaydi. Fizik interfeys (port) bu kontaktlar
to’plamiga ega razyom bo’lib, uning uchun elektr aloqalar parametrlari va
uzatiladigan signallar xarakteristikalari qat’iy o’rnatilgan. Mantiqiy interfeys bu
kompyuter va tashqi qurilma joylashtirilgan dasturlarini o’zgartiradigan
o’lchamdagi xabarlar to’plami hamda bu xabarlar orasida almashish qoidalar
to’plamidan iborat.
12
13
6 – rasm. Ikki kompyuter dasturiy komponentlarining aloqasi.
7-rasm. Kompyuterning tashqi qurilmalar bilan aloqasi.
8-rasm. Tarmoqda masofadagi printerdan foydalanish
14
Mahalliy tarmoqlar. Mahalliy tarmoq xususiyatlari.
Vaqt kommutatsiyasi Vaqt T- kommutatorlari (time-vaqt so’zidan olingan)
virtual ulanishni kuvvatlaydi, bu ulanish faqat ma’lum vaqt oraliqlarida mavjud
bo’ladi. Konseptal ravishda vaqt komutatsiyasi xotira tizimidek qaralishi
mumkin, u turli vaqt oraliqlarini turli xotira yacheykalarini belgilaydi, shu
munosabat bilan bunday tizim oraliqlararo almashinuv xotirasi deyiladi (TSI) .
Vaqt oraliqlarining dasturiy vazifa konsepsiyasi turli ulanishlar uchun turli
oraliqlardagi aynan bir xil fazoviy kommutatsiya nuqtalarini ishlatishga ruxsat
beradi
STS-kommutatsiya (fazo –vaqt –fazo)
Dekada – qadamli ATSda yagona kommutatsiya bosqichini ishlatish
iqtisodiy samarani faqat bu bosqichning ma’lum o’lchamlarigacha mumkinligi
ko’rsatilgan edi. Bu birkaskadli kommutatsiya maydoniga nisbatan ham
adolatlidir; maydonning ma’lum sigimidan boshlab uni ko’p kaskadli qilishga
to’g’ri keladi. Ko’p kaskadli raqamli kommutatsiya maydonini tuzishda fazoviy va
vaqt kommutatsiya kaskadlarining turli kombinatsiyalari ishlatiladi. Masalan:
maydonning 1-kaskadi S fazoviy kommutatordan qurilishi mumkin, 2-kaskad esa
T vaqt kommutatorlaridan, 3- eng oxirgi kaskad yana S kommutatorlardan tuziladi.
STS deb ataluvchi bunday kommutatsiya maydoni 9 - rasmda ko’rsatilgan. U
birinchi va uchinchi kaskadlarda N ta S kommutatorlaridan va ikkinchi
15
kaskadda
M
ta
T
kommutatordan
iborat
9 – rasm. STS kommutatsiya maydoni.
10 – rasm. TST kommutatsiya maydoni.
Mahalliy tarmoqlar. Mahalliy tarmoq xususiyatlari.
Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bо’lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq
texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir
nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qо’llab-quvvatlashlariga va
yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima
sabab bо’ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini kо’p ishlab chiqarilishi va
ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta’minladi.
16
Dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan
qurilma va vositalarga mо’ljallangan maxsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning
uchun standart tarmoqni tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni bir-biri
bilan mos tushishiga tо’liq kafolat va ishonchga ega bо’ladi. Bozorda standart
mahalliy tarmoqlarning turli topologiyali, turli kо’rsatgichlilari juda kо’p,
foydalanuvchiga tanlash imkoniyati keng miqyosda mavjud. Lekin u yoki bu
tarmoqni tanlash muammosi baribir qolgan. Dasturiy vositalarni о’zgartirishga
qaraganda (ularni almashtirish juda oson) tanlangan qurilmalar kо’p yil xizmat
qilishi kerak, chunki ularni almashtirish nafaqat kо’p mablag’ ta’lab qilishdan
tashqari, kabellar yotqizilish va kompyuterlarni о’zgartirish, natijada butun tarmoq
tizimini о’zgartirishga tо’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun tarmoq qurilmasini
tanlashda yо’l quyilgan xatolik, dasturiy ta’minotni tanlashda yо’l qо’yilgan
xatolikka nisbatan ancha qimmatga tushadi.Ajratiladigan muhitda mahalliy tarmoq
Biz yuqorida kompyuter texnologiyasining ko’p jabhalarini o’rgandik. Go’yo
bizga boshqa imkoniyatlar kerak emasdek. Haqiqatdan ham dastlab cho’tda yoki
arifmometrda hisoblaganimizda, mashinkada materiallarni chop etganimizda,
ulardan ko’nglimiz to’q edi. Keyin DOS Norton Commander bilan kompyuterlar
hayotimizga kirib keldi. Ammo biz shu darajada to’xtab qolmadik- biz Windowsni
yaratdik. Alohida (individual) kompyuterning o’zi endi bizga kamlik qilib qoldi.
Biz tarmoqli informatsion tizim yaratish yo’lidamiz. Bu kabi tizimni uchta asosiy
elementlar: texnik vositalar; tarmoq operasion sistemasi; amaliy dasturlar majmui
tashkil etadi.
1985 yili IBM firmasi tomonidan Token – Ring tarmog’i taklif qilindi (birinchi
variantlari 1980 yillarda savdoga chiqarilgan). Token – Ring tarmog’ining
vazifasi IBM firmasi ishlab chiqarayotgan hamma turdagi kompyuterlarni (oddiy
shaxsiy kompyuterlardan to katta EXM gacha) birlashtirish edi. Kompyuter
texnikasini Dunyo miqyosida eng kо’p ishlab chiqaruvchi va eng obrо’li IBM
firmasi tomonidan taklif qilingan Token – Ring tarmog’iga etibor qilmaslikning
sira ham iloji yо’q albatta. Muhimi shundaki hozirgi vaqtda Token – Ring xalqaro
standart IEEE 802.5 sifatida mavjud. Bu holat Token – Ring tarmog’ini Ethernet
17
tarmoq mavqei bilan bir о’ringa qо’yadi,IBM firmasi о’z tarmog’ini keng
tarqalishi uchun hamma tadbir va choralarni amalga oshirdi: tarmoq xujjatlari
batafsil tayyorlab tarqatildi, hatto adapterlarni prinsipial sxemasigacha bu xujjat
tarkibiga kiritildi. Natijada kо’p firmalar, masalan 3 SOM, Novell, Western
Digital, Proteon kabi formalar adapterlarni ishlab chiqarishga kirishdilar.
Aytgancha, maxsus shu tarmoq uchun va shuningdek IBM PC Network boshqa
tarmoqlari uchun Net BIOS konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Avval ishlab chiqilgan
PC Network tarmog’ida Net BIOS dasturida adapterda joylashgan doimiy xotirada
saqlangan bо’lsa, Token – Ring tarmog’ida esa Net BIOS emulyatsiya dasturi
qо’llanilgan, bunday shaklda qо’llanilishi alohida qurilma xususiyatlariga oson
moslashuv imkonini beradi va shu bilan birga yuqori bosqich dasturlari bilan ham
moslashishni taminlab beradi.
Bu talablar quyidagilardan iborat: ishonchlilik, ma’lumotlarning to’liqligi va
xavfsizligi; dasturlar va ma’lumotlar omborini o’zgartirmasdan texnik vositalari
almashtirish imkoniyati; o’rnatish va foydalanishning soddaligi; turli amaliy
dasturlarni qo’llashning soddaligi; ma’lumotlar omboriga murojaat qilish va
undagi
axborotlardan
foydalanishda
qulaylik;
informatsion
sistemaning
"ochiq"ligi, ya’ni avvalgi xarajatlarni saqlagan holda ularning vazifalarini
kengaytirish imkoniyati.
Kompyuter tarmog’i qurilmalari Алока канали ва интерфейслар Тармок картаси
Трансивер (transceiver) Кайтаргич (Repeater) Концентратор (Hub) Куприк
(Bridge) Коммутатор (Switch) Маршрутизатор (Router)
Xulosa qilib aytganda, har qanday loyihalash soddalashtirilgan modellashni
namoyon qiladi. Shuning uchun, aslida kelajakda paydo bo‘lishi mumkin
bo‘ladigan barcha omillarrni oldindan ko‘ra bilish, barcha talablarni hisobga olish
amalda mumkin emas ekan va bironta narsani loyihalash bo‘yicha barcha eng
batafsil
yozilgan
qo‘llanmalar
uncha
katta
qiymatga
ega
emas.
Lekin lokal kompyuter tarmoqlarni loyihalashga eng umumiy masalalarni baribir
ifоdаlаsh mumkin, bunday loyihalashni ba’zi foydali prinsiplari taklif qilinishi va
18
unumli ishlatilishi mumkin. Faqat ularna har qanday amaliy holatlar uchun
mumkinligini va barcha bo‘lajak holatlar uchun yetarli deb qabul qilish kerak
emas. Qandaydir tashkilot uchun yangi tarmoqni o‘rnatganda bir necha omillarni
hisobga..olishimiz kerak ekan.
Kerakli tarmoq o‘lchamlari, talab qilinadigan tarkibi, iyerarxiya va
tarmoqlarni
asosiy
qismlari
qavatlar
va
korxona
binolari
bo‘yicha.
Asosiy yo‘nalishlari va axborotli oqimning intensivligi, jixozlarning texnik
tavsiflari, xonalarda va ular orasida kabel tizimlarni joylashtirish, shuningdek
kabelni..butunligini..ta’minot..choralari. Quyidagilarni etiborga olishimiz zarur
bo‘lar..ekan..Tarmoqni loyihalashda birinchi galda bor sharoitni va tarmoq
yechishi kerak bo‘lgan masalalarni taxlili turishi kerak. Tarmoq o‘lchamlari va
uning tarkibini aniqlash zarur ekan. Bunda tarmoq o‘lchamlari tarmoqga
birlashadigan kompyutelar soni ham, va ular orasidagi masofa tushuniladi. O‘zida
aniq tasuvvur qilish kerak, tarmoqga ulanishga qancha kompyutelar kerak bo‘ldi.
Shuning uchun korxona tashkilotlarga tarmoq loyihalashtirish uchun har bir omilga
etibor berish kerak ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Kompyuter tarmoqlarini
yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. – 160 bet.
2. M.M. Musaev M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Kompyuter
tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskuna lari). Akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 2-nashr «Ilm-ziyo» 2009. – 160 bet.
19
3. Informatika. Darslik/Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida.T.; –
TDIU, 2007 y.-213 bet.
4. Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchieva G.T., Alishov Sh.A. “ Iqtisodiyotda
axborot texnologiyalari”.O’quv qo’llanma. T: - “Sharq”, 2006.-130 bet.
5..Alimov R, Xodiev B, Alimov Q va boshqalar. “Milliy iqtisodda axborot
tizimlari va texnologiyalari”, T.: “SHarq”-2004. -124 bet.
6..Lutfullaev X.S., Abduғafforov A., Mirzaev N. Iqtisodiyotda axborot
texnologiyasi va tizimlari. T.:TDIU 2001-196 bet.
7. http://www.ziyonet.uz- axborot resurslari
8. http://www.aim.uz
9. Ro`zimov S.K. Komp’yuter savodxonligi.-T.: Fan, 2006. -372 bet.
10. Eshkabilov S.L. Internet-axborot qidiruvi.-T.:Fan, 2006.-113 bet.