TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI (Hujjat turlari va xususiyatlari: guvohnoma, yo‘riqnoma, hujjatlarning zaruriy qismlari, Shartnoma hujjati va uning zaruriy qismlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-13

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

24,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
 
Reja:  
1. Hujjat turlari va xususiyatlari: guvohnoma, yo‘riqnoma, hujjatlarning 
zaruriy qismlari. 
2. Ustav, nizom hujjatlari, hujjatlarning zaruriy qismlari.  
3. Shartnoma hujjati va uning zaruriy qismlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI Reja: 1. Hujjat turlari va xususiyatlari: guvohnoma, yo‘riqnoma, hujjatlarning zaruriy qismlari. 2. Ustav, nizom hujjatlari, hujjatlarning zaruriy qismlari. 3. Shartnoma hujjati va uning zaruriy qismlari.
Ilmiybaza.uz 
 
Tayanch so‘z va iboralar: ish yuritish, til, tafakkur, uslub, nutq uslublari, 
hujjat turlari, ichki va tashqi hujjatlar, guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, so‘z boyligi. 
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, 
boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa 
tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu 
hujjatlar guruhiga nizomlar, yo‘riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.  
Guvohnoma 
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini 
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga 
bo‘linadi. 
1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har 
bir kishi ishga yoki o‘qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu 
guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o‘qishini tasdiqlovchi hujjat 
bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish 
huquqini beradi. 
2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o‘tkazishga) oid 
vakolatini ko‘rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. 
Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali 
daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha: 
1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so‘z muqova ustiga yoziladi; 
2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi; 
3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (to‘liq yoziladi); 
4) lavozimi; 
5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat 
ko‘rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi; 
6) tashkilot rahbarining imzosi; 
Ilmiybaza.uz Tayanch so‘z va iboralar: ish yuritish, til, tafakkur, uslub, nutq uslublari, hujjat turlari, ichki va tashqi hujjatlar, guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, so‘z boyligi. Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo‘riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi. Guvohnoma Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi. 1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o‘qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o‘qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi. 2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o‘tkazishga) oid vakolatini ko‘rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha: 1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so‘z muqova ustiga yoziladi; 2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi; 3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (to‘liq yoziladi); 4) lavozimi; 5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko‘rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi; 6) tashkilot rahbarining imzosi;
Ilmiybaza.uz 
 
7) shaxsiy imzo; 
8) guvohnoma egasining surati; 
9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak); 
3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat 
vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada 
rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida 
keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi. 
Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo‘lishi alohida 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan 
shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish 
muddati ko‘rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar 
imzosigina bo‘ladi. 
Yo‘riqnoma 
Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan 
huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: 
1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. 
2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi). 
3. Matnning kirish qismi, bo‘limlari, kichik bo‘limlari va h.k. 
4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning 
imzosi. 
5. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami 
indeksi 
Ilmiybaza.uz 7) shaxsiy imzo; 8) guvohnoma egasining surati; 9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak); 3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi. Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to‘g‘ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish muddati ko‘rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo‘ladi. Yo‘riqnoma Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. 2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi). 3. Matnning kirish qismi, bo‘limlari, kichik bo‘limlari va h.k. 4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi. 5. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi
Ilmiybaza.uz 
 
Nizom 
Muassasa yokl uning tarkibiy bo‘linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari, 
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom 
ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko‘rik, musobaqa, tanlov va 
boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis 
etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan 
tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan 
tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan 
kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy 
maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Nizomning asosiy zaruriy qismlari: 
1. Hujjat turining nomi. 
2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi. 
3. Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy 
vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti. 
4. Muassasa rahbari imzosi. 
5. Sana va joyi. 
6. Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi. 
Ustav 
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, 
muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. 
Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan 
me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U 
ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. 
Qoida 
Ilmiybaza.uz Nizom Muassasa yokl uning tarkibiy bo‘linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Nizomning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjat turining nomi. 2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi. 3. Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti. 4. Muassasa rahbari imzosi. 5. Sana va joyi. 6. Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi. Ustav Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Qoida
Ilmiybaza.uz 
 
Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan 
ma’muriyat o‘rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va 
undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani 
uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).  
Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va 
tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar 
soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, 
studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan 
foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi.  
Shartnoma 
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o‘rnatish 
haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. 
Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan. 
Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan 
fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va 
mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq bo‘lishi kerak. Shartnomalar hajm 
jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 
1. Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va 
h.klar). 
2. Shartnoma tuzilgan sana. 
3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi). 
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar 
vakillarining to‘liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi. 
5. Shartnoma matni. 
6. Tomonlaming huquqiy manzillari. 
Ilmiybaza.uz Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi). Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi. Shartnoma Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan. Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq bo‘lishi kerak. Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 1. Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar). 2. Shartnoma tuzilgan sana. 3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi). 4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar vakillarining to‘liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi. 5. Shartnoma matni. 6. Tomonlaming huquqiy manzillari.